{"id":23654,"date":"2022-08-23T11:42:08","date_gmt":"2022-08-23T06:42:08","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23654"},"modified":"2022-08-23T11:42:08","modified_gmt":"2022-08-23T06:42:08","slug":"saudiya-arabistonidagi-ozbeklar-ajdodlar-merosini-organish-yolida-hamkorlik-%ef%bb%bfasriy-aloqalarning-bugungi-rivoji%ef%bb%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz","title":{"rendered":"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff"},"content":{"rendered":"<p class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Garchi mamlakatlarni azaldan tarixiy, madaniy va diniy rishtalar bog\u2018lab kelgan bo\u2018lsa-da, ulardan yaqin yillargacha unumli foydalanilmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Saudiya Arabistoni bilan aloqalar batamom yangi darajaga olib chiqildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2016 yildan O\u2018zbekistonda boshlangan ochiq va konstruktiv tashqi siyosat sharoitida arab davlatlariga nisbatan qarashlar o\u2018zgardi. O\u2018zbekistonning arab davlatlaridagi tashqi siyosati mintaqa atrofida barqarorlik hamda xavfsizlik belbog\u2018ini barpo etish masalalarini o\u2018z ichiga olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni podshohligi o\u2018rtasidagi gumanitar aloqalar asosan madaniyat, ta\u2019lim, fan, sport va din kabi sohalarni qamrab oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har yili Saudiya Arabistoniga O\u2018zbekistondan ko\u2018plab insonlar borib, Haj va Umra ziyoratlarini ado etishmoqda, ularning soni yildan-yilga ortib boryapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston-Saudiya aloqalari O\u2018zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018yicha Harakatlar strategiyasida ko\u2018zda tutilgan asosiy vazifalar hamda Saudiya Arabistonida qabul qilingan \u201cVision 2030\u00bb (Nigoh 2030) dasturida belgilangan rejalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cVISION 2030\u00bb DASTURI<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cVision 2030\u00bb (Nigoh 2030) nomi bilan ma\u2019lum bo\u2018lgan dasturda 2030 yilgacha Saudiya Arabistonini misli ko\u2018rilmagan darajada rivojlantirish, uni Yaqin Sharqning mustahkam va mutlaq birinchi moliyaviy markaziga aylantirish, arab-musulmon dunyosida yetakchilik maqomini mustahkamlash va shu orqali jahonda yetakchi iqtisodiy kuch markazlaridan biri maqomiga erishish bo\u2018yicha aniq vazifalar belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya Arabistonining iqtisodiy kelajagi uchun poydevor vazifasini o\u2018tayotgan \u201cVision 2030\u00bb yangilanayotgan O\u2018zbekistonning ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cVision 2030\u00bb dasturi doirasida Saudiya Arabistoni O\u2018zbekistonga yangicha nigoh bilan qarayotgani hamkorlik aloqalariga faollik tusini bermoqda. Hamkorlikni rivojlantirish yo\u2018lida o\u2018ndan ortiq istiqbolli rejalar tayyorlanayotgani hisobga olinsa, O\u2018zbekiston-Saudiya munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Binobarin, Saudiya Arabistoni O\u2018zbekiston energetika bozorida faollashmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2021 yilning 23 yanvarida Buxoro shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan O\u2018zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumi va O\u2018zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashining birinchi yig\u2018ilishida ham hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bo\u2018yicha o\u2018nlab kelishuvlarga erishildi. Jumladan, O\u2018zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va podshoh\u00a0Faysal\u00a0nomidagi Islom tadqiqotlari markazi o\u2018rtasida o\u2018zaro anglashuv memorandumi\u00a0<a href=\"https:\/\/mift.uz\/uz\/news\/buhoroda-uzbekiston-saudija-biznes-forumi-va-uzbekiston-saudija-tadbirkorlik-kengashining-jiilishi-bulib-utdi\">imzolandi<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ARABISTONDA \u00abO\u2018ZBEK DIASPORASI\u00bb<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arabistonda \u00abo\u2018zbek diasporasi\u00bbning vujudga kelishi Sovet tuzumining\u00a0noinsoniy\u00a0siyosati va mislsiz qatag\u2018onlari bilan bog\u2018liq. Sovet jamiyatida ziddiyatlarga to\u2018la,\u00a0XX\u00a0asrning 20-30 yillarida o\u2018zbek millati vakillaridan minglab kishilar xorijiy mamlakatlarga, jumladan, Arabistonga chiqib ketishga majbur bo\u2018lgan. Arab manbalarining ko\u2018rsatishicha, 1909 yilda\u00a0buxoriylar\u00a0soni Makkada 20 mingdan ziyodni tashkil etib, jami Makka aholisining 13,3 foizini tashkil etgan. Ular Makkadagi eng katta xorijiy diaspora deb tan olingan. 1917 yildagi oktyabr revolyutsiyasidan keyin bu raqam keskin oshib borgan. Tadqiqotlar shuni ko\u2018rsatadiki, Arabistonga borib qolgan o\u2018zbeklar asosan, avval Afg\u2018oniston va Xitoy Xalq Respublikasi hududida yashagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arxiv hujjatlarining ma\u2019lumoticha,\u00a0XX\u00a0asr 60 yillarida Saudiya Arabistoni va Misr Arab Respublikasida 37 ming sonli turkistonliklar yashagan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda o\u2018zbek, tojik, turkman, qirg\u2018iz, qozoqlar birgalikda bir nom bilan \u00abturkistonliklar\u00bb deb ataladi. Yurtdoshlarimiz o\u2018zlarining ism-shariflariga u yoki bu shaharlarimizdan birini qo\u2018shib aytishgan. Shuning uchun ular \u00abBuxoriy\u00bb, \u00abFarg\u2018oniy\u00bb, \u00abAndijoniy\u00bb, \u00abSamarqandiy\u00bb, \u00abMarg\u2018iloniy\u00bb, \u00abNasafiy\u00bb, \u00abNamangoniy\u00bb deb o\u2018zlarini tanishtirishlari bejiz emas. Ko\u2018p hollarda esa vatandoshlarimiz O\u2018rta Osiyodan ekanliklarini bildirish maqsadida \u00abTurkistoniy\u00bb, \u00abal-Buxoriy\u00bb nomlarini o\u2018z ism-shariflaridan keyin qo\u2018shib qo\u2018yishadi. Islom dunyosida Imom\u00a0al-Buxoriyning\u00a0mavqei\u00a0va obro\u2018lari shu qadar balandki, yurtdoshlarimiz O\u2018zbekistondagi qaysi joydan kelib chiqmasin, ularni \u00abbuxoriylar\u00bb deb atashadi. Saudiya Arabistonida ham \u00abbuxoriylar\u00bb ko\u2018pchilikni tashkil etadi. Avvalo, hozirda Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar soni haqida bir oz mulohaza bildirib o\u2018tsak. Biz uchratgan kitob va maqolalarda ular haqida turlicha ma\u2019lumot beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abMuborak haj safari\u00bb kitobining muallifi\u00a0Nurulloxon\u00a0Hoji Abdulloh o\u2018g\u2018li \u00abSaudiyada\u00a0400 ming atrofida o\u2018zbeklar yashaydi\u00bb, deb yozadi. Saudiya Arabistoni fuqarosi, muhojir o\u2018zbek, marhum\u00a0Abdulvohid\u00a0Yassa\u00a0\u00abJon ketar, vatan ketmas\u00bb maqolasida \u00abBu mamlakatda 350 ming o\u2018zbek, qozoq, turkman va tojiklardan iborat turkistonliklar bor\u00bb, deb qayd qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u2019zi ma\u2019lumotlarda 500 ming, 700 ming o\u2018zbek Saudiya Arabistonida yashashi haqida xabar beriladi. Iste\u2019fodagi general Burhoniddin\u00a0Marg\u2018iloniyning\u00a0ta\u2019kidlashicha, Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarida o\u2018zbeklardan chiqqan<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">15 general va 80\u00a0ga\u00a0yaqin ofitser (mayor va polkovniklar) xizmat qilar ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ILMIY-MADANIY ALOQALAR<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2009 yil O\u2018zbekistonda Saudiya Arabistoni madaniyati kunlari o\u2018tkazilgan, javoban 2010 yilda O\u2018zbekiston tomoni ham xuddi shunday tadbirlarni a\u2019lo darajada Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyod hamda ikkinchi poytaxt maqomidagi shahar \u2014 Jiddada tashkillashtirgan edi. Unda o\u2018zbek milliy hunarmandchilik hamda tasviriy san\u2019at namunalari ko\u2018rgazmasi, o\u2018zbek san\u2019atkorlarining chiqishlari saudiyaliklarda juda chuqur taassurot qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston\u00a0Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan Saudiya Arabistoni podshohligi Qirol\u00a0Abdulaziz nomidagi Markaz o\u2018rtasida o\u2018zaro hamkorlik haqidagi memorandum ar-Riyad shahrida imzolangan. Bu \u2013 mazkur ikkala tashkilot o\u2018rtasidagi ilmiy hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish uchun muhim zamin yaratdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya Arabistoni tomoni institut qo\u2018lyozmalar fondi laboratoriyasini ta\u2019mirlash uskunalari bilan jihozlash va xodimlarning malakasini oshirishga amaliy yordam ko\u2018rsatdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, saudiyalik mutaxassislar institutga tashrif buyurib, qo\u2018lyozmalarni ta\u2019mirlovchi xodimlarga master-klass o\u2018quv darslarini o\u2018tdilar. Ayni vaqtda institut xodimlari ham Saudiya Arabistoniga borib, u yerda qo\u2018lyozmalarni ta\u2019mirlash borasida o\u2018zlarining malakalarini oshirib, o\u2018zlarining hamkasblari bilan uchrashdilar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchrashuvlar asnosida O\u2018zbekiston Respublikasida boy madaniy va ma\u2019naviy merosimizni tadqiq etish borasida olib borilayotgan izlanishlar hamda ularning samaralari, xususan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, uning boy qo\u2018lyozmalari fondi va institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda erishilgan natijalar, \u00abMarkaziy Osiyo olimlarining islom ilmlari rivojiga qo\u2018shgan hissasi\u00bb, \u00abO\u2018zbekistonning buyuk allomalari va shaharlariga bag\u2018ishlab o\u2018tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlar\u00bb kabi mavzularda ma\u2019ruzalar qilishdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu esa o\u2018z navbatida vatanimizdan yetishib chiqqan Imom -Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk allomalarimizning nafaqat islom, balki umumjahon sivilizatsiyasi qo\u2018shgan ulkan hissalarini kengroq yoritishga imkon berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Podshoh\u00a0Faysal\u00a0nomidagi islom tadqiqotlari markazi rahbariyati Sharqshunoslik instituti qo\u2018lyozmalari asosida ajdodlarimiz boy merosini o\u2018rganish va nashr etishga katta e\u2019tibor qaratdilar hamda uni hamkorlikda amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdi. Pirovard natijada institut tashkilotchiligida Markaziy Osiyo mintaqasida Haj va Umra masalalariga bag\u2018ishlangan nufuzli xalqaro anjuman o\u2018tkazildi va institut xodimlarining maqolalaridan iborat alohida to\u2018plam shaklida nashr etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmiy tadqiqot sohasida ham saudiyaliklar o\u2018z mamlakatlari tarixi va madaniyatiga oid O\u2018zbekistonda saqlanayotgan qo\u2018lyozmalarni hamkorlikda tadqiq qilish mavzusiga katta e\u2019tibor qaratadi. Ayniqsa, qo\u2018lyozma fondlarimizda islom sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo\u2018shgan ajdodlarimizning arab tilidagi qadimiy asarlarini o\u2018rganish ikkala\u00a0yurt\u00a0tadqiqotchilari salohiyatlarini safarbar qilish uchun unumdor maydondir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, diniy-dunyoviy ilm taraqqiyotiga mislsiz xizmat qilgan Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy, Imom Termiziy,\u00a0Abulmuin\u00a0Nasafiy\u00a0kabi ulamolarning ilmiy merosini hamkorlikda tadqiq qilish ikki\u00a0yurt\u00a0olim va tadqiqotchilari uchun samarali bo\u2018ladi. Zero, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018nalishida tajriba va fikrlar almashinuvi, muloqotlar, ilmiy bahslar o\u2018z natijasini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunonchi ar-Riyod shahridagi \u00abTadqiqotlar va ma\u2019rifiy aloqalar\u00bb markazi tomonidan 2019 yil 9-11aprel kunlari 18\u00a0ta Osiyo davlatidan jami 90dan ziyod taniqli arabshunoslar ishtirokida birinchi \u00abOsiyo arabshunosligi\u00bb konferensiyasini o\u2018tkazildi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiyada Osiyo arabshunosligining Yevropa arabshunosligidan ustun jihatlari namoyon bo\u2018ldi. O\u2018zbekistondan ishtirok etgan 7 nafar\u00a0mutaxassis o\u2018zbek arabshunosligining turli qirralarini ochib berdi: O\u2018zbekistonda arabshunoslikning tarixi va bugungi kuni, O\u2018zbekiston ta\u2019lim muassasalarida arab tilini o\u2018qitish holati, yurtimiz qo\u2018lyozma fondlarida saqlanayotgan arab\u00a0qo\u2018lyozma\u00a0asarlari, arab adabiyoti namunalarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilish muammolari, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk arab tilshunoslarining arabshunoslikka qo\u2018shgan hissalari kabi mavzular shular jumlasidan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston-Saudiya Arabistoni o\u2018rtasidagi ilmiy tadqiqot sohasida o\u2018zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish bo\u2018yicha bir qator yo\u2018nalishlarda hamkorlik qilish mumkin.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Masalan, O\u2018zbekiston olimlari, xususan, arabshunoslari oldiga arab tilini mukammal o\u2018rganish va arab tilidagi qo\u2018lyozma manbalarini hozirgi zamon talablari hamda yoshlarimizni mazkur ilmiy yutuqlar bilan tanishtirishga javob beruvchi shaklda tayyorlash borasida qo\u2018yilayotgan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda keyingi yillarda Osiyo arabshunoslarining navbatdagi xalqaro konferensiyalaridan birining Toshkent shahrida o\u2018tkazilishi O\u2018zbekiston uchun arab mamlakatlari, xususan, Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan o\u2018zaro manfaatli aloqalari yanada rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abYangi O\u2018zbekistonda yangi renessans istiqbollari\u00bb mavzusida saudiyalik mutaxassislar bilan xalqaro simpoziumlar tashkil etish, mamlakatlar qo\u2018lyozma fondlari o\u2018rtasida ma\u2019lumot almashinuvi, xususan yurtdoshlarimiz tomonidan\u00a0XX\u00a0asrning boshlarida Arabiston diyorlariga olib chiqib ketilgan qo\u2018lyozma manbalarning hamkorlikdagi tadqiqi yo\u2018lga qo\u2018yilsa maqsadga muvofiq bo\u2018lardi. O\u2018zbekiston ilm-fan va madaniyat kunlarini Saudiya Arabistonida o\u2018tkazish, ilmiy sohada olimlar o\u2018rtasida muloqot maydonini yaratish, diniy-dunyoviy ilm taraqqiyotiga mislsiz xizmat qilgan Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy, Imom Termiziy,\u00a0Abulmuin\u00a0Nasafiy\u00a0kabi ulamolarning ilmiy merosini hamkorlikda tadqiq qilish ajdodlarimizning boy ma\u2019naviy va ilmiy merosini yanada chuqur o\u2018rganish va targ\u2018ib qilish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahrom ABDUHALIMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari doktori, professor<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><a href=\"https:\/\/uza.uz\/posts\/401169\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span style=\"color: #0000ff;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0O\u2018zA<\/span><\/strong><\/span><\/a><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Garchi mamlakatlarni azaldan tarixiy, madaniy va diniy rishtalar bog\u2018lab kelgan bo\u2018lsa-da, ulardan yaqin yillargacha unumli foydalanilmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Saudiya Arabistoni bilan aloqalar batamom yangi darajaga olib chiqildi. 2016 yildan O\u2018zbekistonda boshlangan ochiq va konstruktiv tashqi siyosat sharoitida arab davlatlariga nisbatan qarashlar o\u2018zgardi. O\u2018zbekistonning arab davlatlaridagi tashqi siyosati mintaqa atrofida barqarorlik hamda xavfsizlik belbog\u2018ini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23652,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0421\u0430\u0443\u0434\u0438\u044f \u0410\u0440\u0430\u0431\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u045e\u0437\u0431\u0435\u043a\u043b\u0430\u0440, \u0430\u0436\u0434\u043e\u0434\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0435\u0440\u043e\u0441\u0438\u043d\u0438 \u045e\u0440\u0433\u0430\u043d\u0438\u0448 \u0439\u045e\u043b\u0438\u0434\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a, \ufeff\u0430\u0441\u0440\u0438\u0439 \u0430\u043b\u043e\u049b\u0430\u043b\u0430\u0440\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0431\u0443\u0433\u0443\u043d\u0433\u0438 \u0440\u0438\u0432\u043e\u0436\u0438\ufeff\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0421\u0430\u0443\u0434\u0438\u044f \u0410\u0440\u0430\u0431\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u045e\u0437\u0431\u0435\u043a\u043b\u0430\u0440, \u0430\u0436\u0434\u043e\u0434\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0435\u0440\u043e\u0441\u0438\u043d\u0438 \u045e\u0440\u0433\u0430\u043d\u0438\u0448 \u0439\u045e\u043b\u0438\u0434\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a, \ufeff\u0430\u0441\u0440\u0438\u0439 \u0430\u043b\u043e\u049b\u0430\u043b\u0430\u0440\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0431\u0443\u0433\u0443\u043d\u0433\u0438 \u0440\u0438\u0432\u043e\u0436\u0438\ufeff\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-23T06:42:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"629\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz\",\"name\":\"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-23T06:42:08+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-23T06:42:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u0421\u0430\u0443\u0434\u0438\u044f \u0410\u0440\u0430\u0431\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u045e\u0437\u0431\u0435\u043a\u043b\u0430\u0440, \u0430\u0436\u0434\u043e\u0434\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0435\u0440\u043e\u0441\u0438\u043d\u0438 \u045e\u0440\u0433\u0430\u043d\u0438\u0448 \u0439\u045e\u043b\u0438\u0434\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a, \ufeff\u0430\u0441\u0440\u0438\u0439 \u0430\u043b\u043e\u049b\u0430\u043b\u0430\u0440\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0431\u0443\u0433\u0443\u043d\u0433\u0438 \u0440\u0438\u0432\u043e\u0436\u0438\ufeff\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg\",\"width\":1024,\"height\":629},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u0421\u0430\u0443\u0434\u0438\u044f \u0410\u0440\u0430\u0431\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u045e\u0437\u0431\u0435\u043a\u043b\u0430\u0440, \u0430\u0436\u0434\u043e\u0434\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0435\u0440\u043e\u0441\u0438\u043d\u0438 \u045e\u0440\u0433\u0430\u043d\u0438\u0448 \u0439\u045e\u043b\u0438\u0434\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a, \ufeff\u0430\u0441\u0440\u0438\u0439 \u0430\u043b\u043e\u049b\u0430\u043b\u0430\u0440\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0431\u0443\u0433\u0443\u043d\u0433\u0438 \u0440\u0438\u0432\u043e\u0436\u0438\ufeff","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u0421\u0430\u0443\u0434\u0438\u044f \u0410\u0440\u0430\u0431\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u045e\u0437\u0431\u0435\u043a\u043b\u0430\u0440, \u0430\u0436\u0434\u043e\u0434\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0435\u0440\u043e\u0441\u0438\u043d\u0438 \u045e\u0440\u0433\u0430\u043d\u0438\u0448 \u0439\u045e\u043b\u0438\u0434\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a, \ufeff\u0430\u0441\u0440\u0438\u0439 \u0430\u043b\u043e\u049b\u0430\u043b\u0430\u0440\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0431\u0443\u0433\u0443\u043d\u0433\u0438 \u0440\u0438\u0432\u043e\u0436\u0438\ufeff","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-23T06:42:08+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":629,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz","name":"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg","datePublished":"2022-08-23T06:42:08+00:00","dateModified":"2022-08-23T06:42:08+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u0421\u0430\u0443\u0434\u0438\u044f \u0410\u0440\u0430\u0431\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u045e\u0437\u0431\u0435\u043a\u043b\u0430\u0440, \u0430\u0436\u0434\u043e\u0434\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0435\u0440\u043e\u0441\u0438\u043d\u0438 \u045e\u0440\u0433\u0430\u043d\u0438\u0448 \u0439\u045e\u043b\u0438\u0434\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a, \ufeff\u0430\u0441\u0440\u0438\u0439 \u0430\u043b\u043e\u049b\u0430\u043b\u0430\u0440\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0431\u0443\u0433\u0443\u043d\u0433\u0438 \u0440\u0438\u0432\u043e\u0436\u0438\ufeff","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/Saudiya-1.jpg","width":1024,"height":629},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23654&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Saudiya Arabistonidagi o\u2018zbeklar, ajdodlar merosini o\u2018rganish yo\u2018lida hamkorlik, \ufeffasriy aloqalarning bugungi rivoji\ufeff"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23654"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23654"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23654\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23655,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23654\/revisions\/23655"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23652"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23654"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23654"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23654"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}