{"id":23539,"date":"2022-08-17T10:25:17","date_gmt":"2022-08-17T05:25:17","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23539"},"modified":"2022-08-17T11:09:33","modified_gmt":"2022-08-17T06:09:33","slug":"boboxonovlarning-o%ca%bblmas-ma%ca%bcnaviy-xazinasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz","title":{"rendered":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi (O\u02bbzMI) mamlakatimizdagi imon ahlini birlashtirib turuvchi, ularga ma\u02bcnaviy rahbarlik va homiylik qiluvchi katta nufuzga ega bo\u02bblgan rasmiy diniy, mustaqil nodavlat tashkilotdir. O\u02bbzMI 1943 yilda tashkil etilgan. U kezlari O\u02bbrta Osiyo va Qozog\u02bbiston musulmonlari diniy boshqarmasi deb yuritilgan. O\u02bbzMI XV-XVI \u2013 asrlarda qurilgan imoratlardan tarkib topgan tarixiy me\u02bcmoriy yodgorlik \u2013 \u201cBaroqxon\u201d madrasasi binosida faoliyat yuritib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23537 size-full tie-appear\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon2.jpg\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" srcset=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon2.jpg 660w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon2-300x225.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"495\" \/><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasi \u201cBaroqxon\u201d madrasasi ro\u02bbparasidagi \u201cTilla Shayx\u201d jome\u02bc masjidi hovlisida bunyod etilgan \u201cMo\u02bbyi Muborak\u201d (XVI asr) madrasasida joylashgan edi. U 1943 yilda diniy idora asoschisi, marhum muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1860-1957 y.) tomonidan tashkil etilgan. Kutubxona ochilgach, \u201cMo\u02bbyi Muborak\u201d madrasasi qayta ta\u02bcmirlangan (XX asr), yangi xonalar qo\u02bbshilgan. Unga dastlab idora raisi, muftiy, shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon shaxsiy kutubxonasidan mingdan ortiq qo\u02bblyozma taqdim etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kutubxona mudiri etib navoiyshunos, bedilshunos olim Nodirxon domla Alauddinov (1899-1975) tayinlangan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23535#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. U dastlabki kitoblarni tartiblash, sohalarga ajratish va ro\u02bbyxatga olish ishlarini amalga oshirgan. Nodirxon domla 1943 yildan 1970 yilgacha kutubxonani aholidan sotib olingan va hadya qilingan qo\u02bblyozma va toshbosma yodgorliklar bilan boyitgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xorijiy davlatlardan keltirilgan kitob va davriy jurnallar kutubxonaning alohida katta majmuini tashkil etadi. Hozir u yerda 20 mingga yaqin diniy va ilmiy kitob saqlanadi. Shundan 3 mingga yaqini nodir qo\u02bblyozmalardir. Diniy idora ularni tasniflash uchun O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti xodimlari H.Hikmatullayev va A.Kaziberdiyevni jalb etgan, biroq turli sabablarga ko\u02bbra bu ish chala qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda kutubxonada ancha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Kitoblarning saqlanishini nazorat qilish yaxshi yo\u02bblga qo\u02bbyilgan. Juda eskirib ketgan kitoblar ta\u02bcmirlanmoqda. Kutubxona xazinasini boyitish ishlariga ham keng ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda kutubxonada turli tillarga tarjima va sharhlari bilan nashr qilingan Qur\u02bconi karim nusxalari to\u02bbplanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Ta\u02bclim, fan va madaniyat masalalari bo\u02bbyicha tuzilmasi (ISESCO) tomonidan 2007 yilda Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e\u02bclon qilinishida bu yerda Usmon Mus\u02bchafi saqlanishining o\u02bbrni katta bo\u02bbldi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23535#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Zero, bu manba o\u02bbn besh asrlik tarixni o\u02bbzida mujassam etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkentdagi Usmon Mus\u02bchafi qanchalik ko\u02bbp vaqt o\u02bbtsa, shunchalik ko\u02bbp tadqiqotchilar \u2013 sharqshunoslar, paleograflar, tilshunoslar, san\u02bcatshunoslar va boshqa soha vakillarining diqqatini o\u02bbziga jalb etib kelmoqda. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, eng qadimiy Qur\u02bcon nusxalari bo\u02bbyicha ko\u02bbplab tadqiqotlar amalga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimning mazkur kutubxona fondidagi<strong>\u00a0\u201c<\/strong>Katta Langar\u201d nomi bilan mashhur qadimiy qo\u02bblyozmasi va Sankt-Peterburg nusxasi bir kitobning ikki bo\u02bblagi ekanini aniqlandi. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Katta Langar qishlog\u02bbidagi \u201cLangar ota\u201d masjidida 2003 yilning 11 dekabriga qadar saqlanib, shu kuni O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasiga keltirilgan 12 varaqdan iborat bu noyob qo\u02bblyozma hijoziy xatda teriga yozilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23535#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Langarlik nuroniy otaxonlarning so\u02bbzlariga ko\u02bbra, 1941 yili ushbu qo\u02bblyozmaning 143 varag\u02bbi mavjud bo\u02bblgan. Ammo dahriylik mafkurasi hukm surgan sho\u02bbro tuzumi davrida muqaddas qadamjolar va ulardagi osori atiqalarni yo\u02bbqotishga qaratilgan xatti-harakatlar ushbu noyob nusxa anchagina qismining yo\u02bbqolishiga sabab bo\u02bblgan. 1983 yilga kelib, undan 63 varaq qolgan. Xuddi o\u02bbsha yillari boshlangan diniy qadriyatlar, masjidu maqbaralardagi osori atiqalarga qarshi kurashning yangi to\u02bblqini bu nodir qo\u02bblyozma taqdirini yana ham salbiy tomonga o\u02bbzgartirdi. Ana shu mash\u02bcum davrda Qur\u02bconning musodara qilinishidan qo\u02bbrqqan qishloq oqsoqollari uni o\u02bbz uylariga yashirgan. Ammo, faqat 12 varag\u02bbinigina saqlab qolishga muvaffaq bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, \u201cKatta Langar\u201d qadimiy nusxalarining ba\u02bczi varaqlari Buxoro (2 ta) va Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondida (1 ta) saqlanib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 24 mayda qabul qilingan \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ\u02bbib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori ijrosini ta\u02bcminlash maqsadida musulmonlar idorasi tomonidan qadimiy yozma asarlarni saqlash va restavratsiya qilish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ilg\u02bbor xorijiy tajriba o\u02bbrganildi, sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida o\u02bbquvlar tashkil etildi va chet ellik mohir ekspertlar yurtimizga taklif etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy idoraning konservatsiya va restavratsiya laboratoriyasida O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita, Madaniyat vazirligi hamkorligida \u201cMo\u02bbyi muborak\u201d muzeyida saqlanayotgan \u201cKatta Langar Qur\u02bconi\u201d sahifalari mahalliy va Luvr muzeyi restavratorlari ishtirokida restavratsiya qilindi. Bu ishlarning birinchi bosqichi 2019 yil 7-11 noyabr va ikkinchi bosqichi 2020 yil 4-11 fevral kunlari yakunlandi. Ta\u02bcmirlash ishlarining yakuniy bosqichini 2021 yil 25-29 may kunlari Luvr \u00a0muzeyi mutaxassislari Aksel Delo va Aureliya Streri Alisher Navoiy nomidagi O\u02bbzbekiston Milliy kutubxonasi \u201cRestavratsiya va konservatsiya\u201d bo\u02bblimi bosh mutaxassisi Shuhratulloh Po\u02bblatov, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi vakillari Kamoliddin Mahkamov va Saidrahmat Ikramov ko\u02bbmagida amalga oshirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kutubxona fondida saqlanayotgan qadimiy Sharq qo\u02bblyozma asarlari to\u02bbplami dunyodagi boy va beqiyos ilmiy ahamiyatga ega bo\u02bblgan jamg\u02bbarmalardan biri hisoblanadi. Xazinadagi eng qadimiy asarlardan biri bo\u02bblgan, ming yildan ko\u02bbproq tarixga ega, kufiy xati bilan ko\u02bbchirilgan Usmon Mus\u02bchafi bunga tasdiq bo\u02bbla oladi. Umuman Qur\u02bcon nusxalari ko\u02bbpligi bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondidan keyingi o\u02bbrinda turadigan ushbu kutubxonada VIII-XX asrlarga mansub nodir nusxalar saqlab kelinadi. Shuningdek, jamg\u02bbarmada turkiy, arabiy va forsiy asarlar yig\u02bbilgan bo\u02bblib, ular fanning turli sohalariga oiddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kutubxonada fiqh, kalom, hadis, tafsir, adabiyot, arab grammatikasi kabi fan sohalariga oid asarlar jamlangan. 711 kitob fiqh ilmiga oid bo\u02bblib, ulardan biri Burhonuddin Marg\u02bbinoniy (vaf. 1187 y.) qalamiga mansub \u201cHidoya\u201d asarining qo\u02bblyozma nusxasidir. Hanafiy fiqhiga oid eng mo\u02bbtabar manba sanaluvchi bu kitobdan asrlar mobaynida butun islom olami madrasalarida qo\u02bbllanma sifatida foydalanilgan. Shu bilan birga, u yerda Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud Buxoriyning (vaf. 1346 y.) \u201cMuxtasarul viqoya\u201d, Lutfulloh Nasafiy Fozil Kaydoniyning\u00a0(vaf. 750\/1349 y.).\u00a0\u201cFiqh Kaydoniy\u201d, \u201cUsulush Shoshiy\u201d, \u201cJung\u201d (qozilik hujjatlari to\u02bbplami),\u00a0\u201cHayratul fuqaho\u201d (\u201cFaqihlar hayrati\u201d) asarlarining nusxalari saqlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmiga oid 80 ga yaqin asarlar to\u02bbplangan. Ular orasida Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning (810-870) \u201cSahihul Buxoriy\u201d, Hakim Termiziyning (820-932) \u201cNavodirul usul fi ma\u02bcrifat axbor Rasul\u201d (\u201cRasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar\u201d), Valiyuddin Muhammad Xatib Tabriziyning \u201cMishkotul masobeh\u201d asarlari bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aqoid ilmi bo\u02bbyicha Abu Hanifaning \u201cFiqhul akbar\u201d, Abu Hafs Umar Nasafiyning \u201cAqoidun nasafiyya\u201d, Sa\u02bcduddin Taftazoniyning \u201cSharh Aqoidin nasafiyya\u201d asarlari saqlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tafsir ilmiga oid kitoblar ham talaygina. Jumladan, Jaloliddin Suyutiyning \u201cTafsirun Jalolayn\u201d, Abu Barakot Nasafiyning \u201cMadorikut tanzil\u201d,\u00a0 Mahmud Zamaxshariyning \u201cTafsirul kashshof\u201d, Abdulloh ibn Abul Qosim Bayzoviyning \u201cAnvorut tanzil va asrorut ta\u02bcvil\u201d, Yaqub Charxiyning \u201cTafsir Yaqub Charxiy\u201d asarlari to\u02bbplangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf va adabiyotga taalluqli asarlar orasida Alisher Navoiyning \u201cDevoni Navoiy\u201d, \u201cLisonut tayr\u201d, Boborahim Mashrabning \u201cQissai Devonai Mashrab\u201d, Hofiz Sheroziyning \u201cDevoni Xoja Hofiz\u201d, Abdulqodir Bedilning \u201cDevoni Bedil\u201d,\u00a0 Muhammad Fuzuliyning \u201cDevoni Fuzuliy\u201d, Fariduddin Attorning \u201cMantiqut tayr\u201d, So\u02bbfi Allohyorning \u201cSabotul ojizin\u201d, \u201cMaslakul muttaqin\u201d asarlari ham mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvufga oid\u00a0 asarlar sirasiga \u201cNaqshbandiya tariqatiga oid risola\u201d, \u201cAnis tolibin\u201d, \u201cSilsilai Naqishbandiya\u201d, \u201cSharhut ta\u02bcarruf li mazhabit tasavvuf\u201d, \u201cManoqibul g\u02bbovsiya\u201d, \u201cNurul muridin\u201d, \u201cMinhojul orifin\u201d kabi asarlar nusxalarini qo\u02bbshish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0XIX asr oxiri \u2013 XX asr boshlarida Markaziy Osiyo hududida maktab va madrasalar, kutubxonalar ko\u02bbpaygani xattot va kitoblar soni ortishiga sabab bo\u02bbldi. Markaziy Osiyoda hukmronlik qilgan xonliklardagi saroy, madrasa va xususiy kutubxonalar va ularning sohiblari faoliyatini o\u02bbrganish O\u02bbzbekiston ilm-fani va madaniyati tarixini yanada boy ma\u02bclumotlar bilan ta\u02bcminlashga yo\u02bbl ochadi.\u00a0 Shu ma\u02bcnoda Boboxonovlar asos solgan mazkur fondning tarixi va undagi asarlarni tadqiq etish ham g\u02bboyat muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23535#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Mirmaxmudov N. Nodirxon-domla \/\/ Islam na territorii b\u044bvshey Rossiyskoy imperii, Ensiklopedicheskiy slovar. V\u044bp. \u21163 , M., 2001. \u2013 C.75<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23535#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Toshkent islom madaniyati poytaxti \/ Z.Islomov tahriri ostida. \u2013 T., Toshkent islom universiteti, 2007. \u2013 B. 14.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23535#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Deroche F. \u201cNote sur les fragments coraniques anciens de Katta Langar(Ouzbekistan)\u201d \/\/ Patrimoine manuscrit et vie intellectuelle de l\u02bb Asia sentrale islamique. Cahies d\u02bbAsie centrale, VII (Tashkent\u2013Aix-en-Provence, 1999). \u2013 P. 65\u201373; Rezvan E.A. Yet another \u201c \u02bbUthmanic Qur\u02bban\u201d \/\/ Manuscripta Orientalia. Vol. 6, No.1 March 2000. \u2013 P. 49-69.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shovosil ZIYODOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>direktori, tarix fanlari doktori<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi (O\u02bbzMI) mamlakatimizdagi imon ahlini birlashtirib turuvchi, ularga ma\u02bcnaviy rahbarlik va homiylik qiluvchi katta nufuzga ega bo\u02bblgan rasmiy diniy, mustaqil nodavlat tashkilotdir. O\u02bbzMI 1943 yilda tashkil etilgan. U kezlari O\u02bbrta Osiyo va Qozog\u02bbiston musulmonlari diniy boshqarmasi deb yuritilgan. O\u02bbzMI XV-XVI \u2013 asrlarda qurilgan imoratlardan tarkib topgan tarixiy me\u02bcmoriy yodgorlik \u2013 \u201cBaroqxon\u201d madrasasi binosida &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23536,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-17T05:25:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-08-17T06:09:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1000\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"677\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz\",\"name\":\"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-17T05:25:17+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-17T06:09:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg\",\"width\":1000,\"height\":677},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-17T05:25:17+00:00","article_modified_time":"2022-08-17T06:09:33+00:00","og_image":[{"width":1000,"height":677,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz","name":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg","datePublished":"2022-08-17T05:25:17+00:00","dateModified":"2022-08-17T06:09:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/boboxon1.jpg","width":1000,"height":677},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23539&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BOBOXONOVLARNING O\u02bbLMAS MA\u02bcNAVIY XAZINASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23539"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23539"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23539\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23542,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23539\/revisions\/23542"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23536"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23539"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23539"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23539"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}