{"id":23293,"date":"2022-08-08T09:51:03","date_gmt":"2022-08-08T04:51:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23293"},"modified":"2022-08-08T09:51:14","modified_gmt":"2022-08-08T04:51:14","slug":"o%ca%bbzbekistonlik-hojilarga-yaratilgan-shart-sharoitga-butun-dunyo-musulmonlari-havas-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>HAJ \u2014 2022<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Fuqarolarimizning diniy e\u02bctiqod borasidagi huquq va erkinliklari to\u02bbla ta\u02bcminlanib, mo\u02bbmin-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar. Bu haqda so\u02bbz yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan so\u02bbng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega bo\u02bblgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini ta\u02bckidlash lozim.\u00a0<\/em><strong><em>Prezident Shavkat Mirziyoyevning\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>O\u02bbzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigidan.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohim. Haj mavsumi \u2014 ulug\u02bb amallar ado etiladigan, oliy maqsadlar, ezgu niyatlar ushalishi so\u02bbraladigan, duo-tilaklar ijobat bo\u02bbladigan palla. Shu bois, har bir mo\u02bbmin-musulmon kishi umri davomida bir marta bo\u02bblsada, Ka\u02bcbatullohni tavof qilishni, Arafotda turishni, Safo va Marva tepaliklarida sa\u02bcy qilishni orzu etadi. Zotan, haj inson hayotini yaxshiliklar sari tubdan o\u02bbzgartiradigan, bir so\u02bbz bilan aytganda, Jannat mukofoti va\u02bcda qilingan buyuk ibodatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong>\u201cMabrur hajning mukofoti faqat jannatdir\u201d, \u201cKim Alloh uchun haj qilib, fahsh so\u02bbz aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasidan yangi tug\u02bbilgandek bo\u02bblib qaytadi\u201d,<\/strong>\u00a0deb marhamat qilganlar. Demak, go\u02bbzal odob, chiroyli xulq va chin ixlos ila qilingan hajning mukofoti jannatdir.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabiiyki, ana shunday buyuk ibodatni ado etish uchun yurtimiz mo\u02bbmin-musulmonlariga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarni, bu borada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarni e\u02bctirof etish zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Keyingi yillarda Haj va Umra safarlarini yuqori darajada tashkil etishga katta e\u02bctibor qaratilmoqda. Natijada yurtimizdan umraga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar yuborildi va haj qiluvchilar soni 2016 yilda 5200 nafar, 2017 yilda 7200 nafarni tashkil etgan bo\u02bblsa, bu yil 12 ming nafardan oshdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Butun dunyoda kuzatilgan pandemiya tufayli ikki yil haj ibodati ado etilmadi. O\u02bbtgan davr mobaynida davlatimiz rahbari ilgari surgan\u00a0<strong>\u201cInson qadri uchun\u201d<\/strong>\u00a0tamoyili asosida ziyoratchilarimizga yanada mukammal sharoitlar yaratish bo\u02bbyicha pishiq-puxta ishlar qilindi. Haj ziyoratini ado etish uchun yo\u02bblga chiqqan yurtdoshlarimizni kuzatishdan tortib, to kutib olishgacha bo\u02bblgan jarayonlarning barchasi yuqori darajada tashkil etildi. Bu esa hojilar kayfiyatiga ko\u02bbtarinkilik, shijoatiga jo\u02bbshqinlik va risoladagidek ibodat qilishlari uchun kuch bag\u02bbishladi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yilgi haj mavsumida o\u02bbzbekistonlik hojilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga butun dunyo musulmonlarining havasi keldi. Gap shundaki, yurtdoshlarimiz uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan, hammasi hojilar manfaatiga xizmat qiladigan, barcha sharoit yaratilgan joylarda ibodat qilishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari ilgari surgan inson qadri va manfaatlari har narsadan ustunligi tamoyilining amaldagi ifodasini fuqarolarimiz bu muborak zaminda ham his etdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Madinai<\/strong><strong>\u00a0munavvara ziyorati<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hojilarimiz ibodatlarini xotirjam<strong>\u00a0<\/strong>bajarishlari uchun Madinai munavvarada barcha qulayliklarga ega besh yulduzli<strong>\u00a0<\/strong>\u201cZamzam Pullman\u201d va \u201cCrown Plaza\u201d mehmonxonalari o\u02bbzbekistonliklar xizmatida<strong>\u00a0<\/strong>bo\u02bbldi. Ushbu turar joy majmualarining<strong>\u00a0<\/strong>Masjidu Nabaviyning shundoqqina yonginasida joylashgani yurtdoshlarimizning<strong>\u00a0<\/strong>namoz va ziyoratlarni ko\u02bbproq ado etishiga<strong>\u00a0<\/strong>imkon berdi. Ushbu mehmonxonalarda uch<strong>\u00a0<\/strong>mahal issiq taomdan tortib, 24 soat uzluksiz tibbiy punktlargacha barcha sharoitlar<strong>\u00a0<\/strong>muhayyo qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odatga ko\u02bbra, hamyurtlarimiz ziyoratni<strong>\u00a0<\/strong>Madina shahridan boshladilar. Bu bejiz<strong>\u00a0<\/strong>emas, albatta. Chunki ushbu muborak kent<strong>\u00a0<\/strong>islom olamining markazi, payg\u02bbambarlik yeri, vahiy manzili sifatida alohida qadrlanadi. Shu bois, dunyo musulmonlari tabarruk ziyoratgohlarni o\u02bbz bag\u02bbriga olgan, ko\u02bbplab oyatlar nozil bo\u02bblgan mazkur shahar tomon talpinadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtdoshlarimiz dastlabki uch kun davomida Payg\u02bbambar alayhissalom ravzalarini ziyorat qilib, Uhud tog\u02bbi, islom olamida birinchi qurilgan masjid \u2014 Quboda, keyin esa Qiblataynda bo\u02bbldilar. Asosiy vaqtlarini esa Rasul alayhissalomning muborak Masjid an-Nabaviyida toat-ibodatda o\u02bbtkazdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Buyuk ibodat<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Madinai munavvara ziyoratini tamomlagan hamyurtlarimiz Makka shahrida izzat-ikrom ila kutib olindi. Ikki shaharning orasi 460 kilometrni tashkil etadi.<strong>\u00a0<\/strong>Ushbu masofa avtobusda o\u02bbrtacha tezlikda<strong>\u00a0<\/strong>5-6 soatda bosib o\u02bbtiladi. Tilidan \u201clab-bayka\u201d tushmagan yo\u02bblovchilar muborak<strong>\u00a0<\/strong>shaharga ohistalik ila kirib keldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ziyoratchilarimiz 25 qavatli, shahar<strong>\u00a0<\/strong>kaftdek ko\u02bbrinib turadigan, barcha shart-sharoitlarga ega \u201cAbroj al-Hidoya\u201dda joylashdilar. Mehmonxonaning kiraverishidagi<strong>\u00a0<\/strong>\u201cO\u02bbzbekiston\u201d yozuvi va davlatimiz bayrog\u02bbi<strong>\u00a0<\/strong>har bir o\u02bbzbekistonlik hojiga o\u02bbzgacha g\u02bburur bag\u02bbishladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ka\u02bcbatullohga 24 soat davomida uzluksiz avtobus qatnovi qo\u02bbyilgani hojilarga<strong>\u00a0<\/strong>ko\u02bbp bor Baytullohga borish uchun imkon berdi. Vatandoshlarimiz shu asnoda zulhijja<strong>\u00a0<\/strong>oyining sakkizinchi kunida haj amallarini bajarishga kirishib, oppoq ehromlarini bog\u02bblagan holda \u201clabbayka\u201d aytib, Mino<strong>\u00a0<\/strong>vodiysi tomon yo\u02bbl oldilar. Niyat bilan<strong>\u00a0<\/strong>ehromga kirish, Arafotda turish va Baytullohni tavof qilish hajning farzlari<strong>\u00a0<\/strong>sanaladi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yil Mino vodiysida o\u02bbzbekistonlik hojilar uchun shinam chodirlar ajratildi. Keng va tekis hududda qad ko\u02bbtargan<strong>\u00a0<\/strong>chodirlar har yilgidan farqli ravishda<strong>\u00a0<\/strong>yumshoq o\u02bbrinlar, yostiq-choyshablar, maxsus<strong>\u00a0<\/strong>sovitkichlar bilan jihozlandi. Ozoda,<strong>\u00a0<\/strong>saranjom-sarishta ushbu maskanda salqin<strong>\u00a0<\/strong>ichimliklar hozirlandi va samovarlarda<strong>\u00a0<\/strong>choy qaynab turdi. Taomlar esa uch mahal<strong>\u00a0<\/strong>har bir chodirga yetkazib berildi. Allohga<strong>\u00a0<\/strong>shukrki, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ham keng va qulay joylar hozirlashga<strong>\u00a0<\/strong>erishildi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz ziyoratchilari arafa kuni erta<strong>\u00a0<\/strong>tongdan hajning yana bir farzini bajarish<strong>\u00a0<\/strong>maqsadida Arafot tomon yo\u02bbl oldilar.<strong>\u00a0<\/strong>Hadislarda keltirilishicha, Arafot eng ulug\u02bb manzillardan biri. Bu yerda qilingan duolar shak-shubhasiz qabul bo\u02bbladi. Buni yaxshi anglagan hojilar har damni g\u02bbanimat bilib, undan oqilona foydalanishga intildilar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom manbalarida Arafot duolar qabul va niyatlar ijobat bo\u02bbladigan ulug\u02bb makon ekani bayon etilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong>\u201cDuolarning eng yaxshisi Arafotda qilingan duodir\u201d<\/strong>, deb xushxabar berganlar (Imom Termiziy rivoyati).\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo ushbu tabarruk joyda iltijo qilayotgan bandalari ila faxrlanadi va so\u02bbraganlarini ato etadi. Shundoq murodbaxsh kunlarda insonlar ota-onasi, qarindoshi, do\u02bbstu birodari va butun musulmonlar haqiga duo qilishga bor kuch-quvvatlarini sarf etadilar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtdoshlarimiz bu yil haji akbar bo\u02bblishini eshitib, ibodatda yanada sobit turdilar. Haji akbar \u2014 eng ulug\u02bb haj, katta haj ma\u02bcnosini anglatadi. Mo\u02bbtabar kitoblarimizda bu hajning ajri va fazilati katta ekani, xususan, 70 ta hojining savobi berilishi aytilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hojilarimiz Arafot vodiysiga chiqqanlarida Allohdan, avvalo, o\u02bbzlarining gunohlarini mag\u02bbfirat qilishni, dillariga tugib qo\u02bbygan niyatlarini, yurtimizni samoviy, aroziy balolardan saqlashini so\u02bbrab, chin dildan duolar qilishdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arafot vodiysida Prezidentimizning O\u02bbzbekiston xalqiga Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo\u02bbllagan tabrigini eshitib, hojilarimizning quvonchlari cheksiz, kayfiyatlari nihoyatda chog\u02bb bo\u02bbldi. Zero, tabrikni yurtda eshitish boshqa, musofirchilikda, uzoq joylardan turib eshitish boshqa ekan. Tabrikni Muhammad alayhissalom tug\u02bbilib o\u02bbsgan, Qur\u02bconi karim nozil bo\u02bblgan ulug\u02bb joylarda eshitish insonga o\u02bbzgacha ruh baxshida etarkan. Hojilarimizning qaysi biri bilan gaplashmang, mamnunliklarini ifoda qildi. Davlatimiz rahbarining yurtimiz mo\u02bbmin-musulmonlariga ko\u02bbrsatayotgan bunday yuksak e\u02bctibori va ehtiromi hojilarimizni ruhlantirib yubordi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hojilarimiz Arafot vodiysida kun botgunga qadar duoyu tazarrularda bo\u02bblib, Muzdalifa vodiysi tomon yo\u02bbl oldilar. Ular Qurbon hayitining uchinchi kuniga qadar muborak joylarda toat-ibodatda bardavom bo\u02bbldilar, hajning shaytonga tosh otish, tavofi ifoza kabi qolgan ruknlarini ham ado etdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Allohning mehmonlariga xizmat qilish \u2014 katta sharaf<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haj qiluvchi kishi Alloh taoloning<strong>\u00a0<\/strong>mehmonidir. Haj amalini bajarayotgan<strong>\u00a0<\/strong>kishiga ko\u02bbmak bergan, uning og\u02bbirini yengil<strong>\u00a0<\/strong>qilgan inson ulug\u02bb savoblarga noil bo\u02bblishi<strong>\u00a0<\/strong>haqida ko\u02bbplab dalillar bor. Shu ma\u02bcnoda,<strong>\u00a0<\/strong>\u201cHaj \u2014 2022\u201d tashkilotchilari va ishchi guruh a\u02bczolari ana shunday ulug\u02bb darajalarni maqsad qilib, Rahmonning mehmonlariga<strong>\u00a0<\/strong>O\u02bbzi rozi bo\u02bbladigan darajada sidqidildan<strong>\u00a0<\/strong>xizmat etishga harakat qildilar. Xususan,<strong>\u00a0<\/strong>\u201cHaj \u2014 2022\u201d delegatsiyasi, ishchi guruhlar,<strong>\u00a0<\/strong>ellikboshilar doimo ularning yonida, shifokorlar sog\u02bbliqlaridan xabardor bo\u02bblib<strong>\u00a0<\/strong>turdi. Oshpazlar esa ibodatga quvvat bo\u02bbladigan tansiq milliy taomlardan tayyorlab<strong>\u00a0<\/strong>berdi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarimiz, ahli ilmlarimiz va<strong>\u00a0<\/strong>ellikboshilar ziyoratchilar bilan doimiy<strong>\u00a0<\/strong>suhbatlar o\u02bbtkazib, ibodatlarini chiroyli<strong>\u00a0<\/strong>ado etishlariga yaqindan ko\u02bbmakchi bo\u02bbldilar.Hojilarga sifatli transport xizmatlari ko\u02bbrsatish, ularni belgilangan manzilga kechiktirmasdan yetkazib qo\u02bbyish maqsadida<strong>\u00a0<\/strong>ko\u02bbplab avtobuslar ham jalb etildi. Bizning bosh maqsadimiz ziyoratchilarning har<strong>\u00a0<\/strong>bir qadamini osonlashtirib, ko\u02bbp vaqtini<strong>\u00a0<\/strong>ibodatga sarflash edi va bunga Alloh muvaffaq qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>E\u02bctirof\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh nazari tushgan muqaddas manzil \u2014<strong>\u00a0<\/strong>Makkaga har yili ziyoratchilar oqib keladi.<strong>\u00a0<\/strong>Bir xil libos, bir maqomdagi insonlarga<strong>\u00a0<\/strong>munosabat ham bir xil. Ammo biz, o\u02bbzbekistonliklar nafaqat mahalliy aholi, balki xorijliklarning ham o\u02bbzgacha mehrini<strong>\u00a0<\/strong>har qadamda tuydik. Binobarin, musulmon<strong>\u00a0<\/strong>olamida ulug\u02bb muhaddis Imom Buxoriy avlodlarining hurmati baland bo\u02bblib, ularga o\u02bbzgacha havas bilan qarashadi, alohida izzat-ikrom ko\u02bbrsatiladi. Ana shunday kezda ulug\u02bb muhaddis va allomalarga beshik bo\u02bblgan zamin farzandi ekaningdan faxrlanib ketarkansan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondanligimizni bilganlar darhol yoniga chorlab, joy beradi. Ulug\u02bb allomalar yetishib chiqqan yurtimizga borish, Imom Buxoriy mangu qo\u02bbnim topgan manzilni ziyorat qilish istagini aytadi. Demak, O\u02bbzbekiston yaqin kelajakda musulmon dunyosining diqqat markazidagi mo\u02bbtabar manzilga aylanishi shubhasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz hojilari islom dinining beshinchi farzini bajarish chog\u02bbida davlatimizning ko\u02bbmagini, beqiyos g\u02bbamxo\u02bbrligini his qilib turdilar. Zotan, taraqqiyotimizning yangi davrida dinimiz arkonlarini ado etish uchun barcha shart-sharoitlar hozirlanmoqda. Pirovardida, hojilarimiz tartib, odob jihatidan, amallarni bajarish bo\u02bbyicha ham ko\u02bbpchilikka ibrat bo\u02bbldilar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya Arabistonining yetakchi OAVlari \u2014 \u201cHaramain Archives\u201d, \u201cHaramain servant\u201d, \u201cAlriyadh\u201d va \u201cIqra\u201d kabilar o\u02bbzbekistonlik ziyoratchilar haqida ko\u02bbp bor lavhalar namoyish etdi. Ularda hojilarning husni xulqi, o\u02bbzlarini tutishlariga alohida to\u02bbxtalinar ekan, ular munosib izzat-ikrom qilingani yuqori baholandi. Bu O\u02bbzbekistondagi islohotlarning munosib e\u02bctirofi bo\u02bbldi, desak ayni haqiqat.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bularning barchasi odamlarni rozi qilish yo\u02bblida olib borilayotgan xayrli ishlar mevasidir. Aholisi rozi yurtga Yaratgan ham ne\u02bcmatlarini yog\u02bbdiradi, inshaalloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hojilik \u2014 ibrat maktabi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haj qilgan kishining yuzida nur paydo bo\u02bbladi. Hayoti farovon va osuda, yaxshi<strong>\u00a0<\/strong>ishlarga rag\u02bbbati oshadi. Shunday qilib,<strong>\u00a0<\/strong>yurtdoshlarimiz haj ibodatining barcha<strong>\u00a0<\/strong>ruknlarini bajarib bo\u02bbldilar. Ziyoratchilar safar yakunida tavofi vidoni bajarib, joriy yilning 14 iyulidan 4 avgustiga<strong>\u00a0<\/strong>qadar navbatma-navbat ona Vatanga qaytib<strong>\u00a0<\/strong>keldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabarruk joylarda gunohdan pok bo\u02bblib,<strong>\u00a0<\/strong>yurtimizga sog\u02bb-omon qaytgan vatandoshlarimiz ibratli fazilatlari, jamiyat<strong>\u00a0<\/strong>hayotidagi faol ishtiroki bilan barchaga<strong>\u00a0<\/strong>namuna bo\u02bblib, o\u02bbsib kelayotgan yosh avlodni<strong>\u00a0<\/strong>vatanparvar, ma\u02bcnaviyatli, ma\u02bcrifatli,<strong>\u00a0<\/strong>ota-onasiga, yurtiga xizmat qiladigan sodiq, solih farzandlar bo\u02bblishiga o\u02bbz hissalarini qo\u02bbshadilar. Yordamga muhtoj kishilar, kambag\u02bballar, miskin va faqirlarning<strong>\u00a0<\/strong>holidan xabardor bo\u02bblishga ko\u02bbproq hissa<strong>\u00a0<\/strong>qo\u02bbshishga harakat qiladilar.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo hamyurtlarimiz hajlarini mabrur, duolarini mustajob aylasin.<strong>\u00a0<\/strong>Yurtimizni ofat-kulfatlardan o\u02bbzi asrasin. O\u02bbzbekistonimizning dunyo maydonida<strong>\u00a0<\/strong>nomi va o\u02bbrni bundanda sarbaland bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dil izhorlari<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muzaffar ESHMURODOV,<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Navoiy viloyati:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Allohga behisob hamdu sanolar bo\u02bblsinki, haji akbar bo\u02bblishdek<strong>\u00a0<\/strong>ulug\u02bb maqom bizga nasib etdi. Bu<strong>\u00a0<\/strong>uchun, avvalo, Yaratganga shukronalar aytamiz va bu yilgi haj mavsumini tashkillashtirgan barcha<strong>\u00a0<\/strong>mutasaddilarga minnatdorlik<strong>\u00a0<\/strong>bildiramiz. Chunki safar chog\u02bbida<strong>\u00a0<\/strong>yurtdoshlarimizga xizmat ko\u02bbrsatish uchun katta tayyorgarlik ko\u02bbrilgani shundoq sezildi. Hatto<strong>\u00a0<\/strong>boshqa mamlakat fuqarolari bizga havas bilan qaradi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha qulayliklarga ega mehmonxonada yashab, masjidda jamoa<strong>\u00a0<\/strong>bo\u02bblib namoz o\u02bbqishimiz, Masjidul<strong>\u00a0<\/strong>Haramda ibodat qilmoqchi bo\u02bblsak, tunu kun avtobuslar qatnovi<strong>\u00a0<\/strong>tashkil etilgani hukumatimiz ko\u02bbmagi, respublika rahbariyati g\u02bbamxo\u02bbrligi<strong>\u00a0<\/strong>deb Haq taologa shukronalar aytdik. Albatta, bunday qulayliklar ibodatlarni mukammal ado etishga omil bo\u02bbldi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qayd etish joizki, Haj va Umra amallarini bajarishdan tortib, muborak<strong>\u00a0<\/strong>joylarda kishi o\u02bbzini qanday tutishigacha bo\u02bblgan barcha amallar guruh rahbarlari tomonidan doimiy tarzda o\u02bbrgatildi. Taqdim etilgan \u201cHaj \u2014 buyuk<strong>\u00a0<\/strong>ibodat\u201d kitobida amallar bajarilishi jarayonida o\u02bbqiladigan duolar, ularning talaffuzidan tortib, mazmun-mohiyatigacha tushuntirilgan.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday sidqidildan qilingan mehnat ziyoratlar, ibodatlarni risoladagidek bajarib xotirjam bo\u02bblishga zamin hosil qildi. Mehribon Alloh taolo<strong>\u00a0<\/strong>ibodatlarimizni qabul aylab, hojilarimizning hajini mabrur aylagan<strong>\u00a0<\/strong>bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dilafro\u02bbz EGAMB<\/strong><strong>E<\/strong><strong>RDIYEVA,<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Namangan viloyati:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Biz yaqin bir oy davomida Saudiya Arabistonining muqaddas ikki shahri \u2014 Madina va Makkada bo\u02bblib, islomning beshinchi arkonini yuksak saviyada ado etdik. Ming karra shukr! Tabarruk maskanlar, ulug\u02bb ziyoratgohlarda O\u02bbzbekistonimizga tinchlik va ofiyat, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan xayrli va savobli ishlarga yuksak marralar, xalqimizga esa omonlik tilab, duo qildik.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bunday muborak joylarda bo\u02bblish har kimga ham nasib etavermaydi. Buni yaxshi anglagan yurtdoshlarimiz har damni g\u02bbanimat bilib, har soniyadan unumli foydalanish harakatida bo\u02bblib, haj amallarini mukammal ado etishga intildilar. Ularning ibodatlarini Alloh o\u02bbz dargohida qabul aylagan bo\u02bblsin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin domla XOLIQNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 6\u00a0<\/strong><strong>avgust<\/strong><strong>, 15<\/strong><strong>9<\/strong><strong>(6<\/strong><strong>81<\/strong><strong>) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>HAJ \u2014 2022 Fuqarolarimizning diniy e\u02bctiqod borasidagi huquq va erkinliklari to\u02bbla ta\u02bcminlanib, mo\u02bbmin-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar. Bu haqda so\u02bbz yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan so\u02bbng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega bo\u02bblgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini ta\u02bckidlash lozim.\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyevning\u00a0O\u02bbzbekiston xalqiga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23291,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-08T04:51:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-08-08T04:51:14+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"579\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-08T04:51:03+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-08T04:51:14+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg\",\"width\":660,\"height\":579},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-08T04:51:03+00:00","article_modified_time":"2022-08-08T04:51:14+00:00","og_image":[{"width":660,"height":579,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg","datePublished":"2022-08-08T04:51:03+00:00","dateModified":"2022-08-08T04:51:14+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/yuz-45.jpg","width":660,"height":579},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23293&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23293"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23293"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23295,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23293\/revisions\/23295"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23291"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23293"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23293"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}