{"id":23270,"date":"2022-08-05T08:49:12","date_gmt":"2022-08-05T03:49:12","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23270"},"modified":"2022-08-04T10:49:28","modified_gmt":"2022-08-04T05:49:28","slug":"alish%d0%b5r-navoiyning-insonparvarlik-g%ca%bboyalaridan-ta%ca%bclim-tizimida-foydalanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz","title":{"rendered":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy qoldirgan ma\u02bcnaviy meros nafaqat xalqimizning, balki butun insoniyatning ma\u02bcnaviy mulkiga aylangan. Chunki, hazratning insonparvarlik g\u02bboyalari millatidan, jinsidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat\u02bciy nazar umuminsoniyatning manfaatiga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy ijodining markazida inson turadi. Allomaning nazaridagi inson ijodkor, qobiliyatli, bilimli, sabr-qanoatli, rostgo\u02bby adolatli, halol, insofli mehnatsevar va kamtarlik kabi insoniy fazilatlarga ega bo\u02bblgan shaxs.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiyning fikricha, Allohning irodasi bilan tog\u02bbu toshlar, o\u02bbsimliklar dunyosi, dengiz va okeanlar, bir so\u02bbz bilan aytganda butun borliq yaratilgan. Ammo hazrati inson bu mo\u02bbjizalarning eng asosiysidir. Shu tufayli dunyodagi barcha noz-ne\u02bcmatlar, yaxshi narsalar inson uchun yaratilgan. Aql-farosat sohibi bo\u02bblgan inson bu imkoniyatlardan oqilona foydalanishi lozim. Boshqacha aytganda, inson aql farosati, tafakkuri, muomala madaniyati, o\u02bbzini tutishi, tevarak-atrofga bo\u02bblgan munosabati bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Mutafakkir \u201cNasoyimul muhabbat\u201d asarida avliyolarga xos bo\u02bblgan 16ta sifatga, ya\u02bcni tavba, halol luqma bilan ovqatlanish, o\u02bbz kasbi bilan kun o\u02bbtkazish, shariatga rioya etish, tariqat odobini saqlash, kamsuqumlik, farzandlari va xizmatkorlariga qo\u02bbpollik qilmaslik, chuchuk tilli, rahmdil, saxiy va mard bo\u02bblish, ilmlilik, xushxulqlik, rozi-rizolik bilan kun kechirish, sabrli, sadoqatli va vafoli bo\u02bblish, riyozat chekishdan qo\u02bbrqmaslik xislatlariga alohida e\u02bctibor qaratgan [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy insonga hayotdagi faoliyatiga, kasbi-koriga, foydali ishlariga qarab baho bergan. Allomaning barcha asarlarida komil insonga xos sifatlar yoritib berilgan. Jumladan, odob to\u02bbg\u02bbrisidagi fikr-mulohazalari e\u02bctiborga loyiq. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, istarasi issiq va yoqimli bo\u02bbladi. Bunday inson doimo izzat-hurmatga loyiq. Yutuq va erishilgan natijalar odob orqali kelishi, obro\u02bb misqollab yig\u02bbilishi va botmonlab to\u02bbkilishi mumkinligi hayotning sinovidan o\u02bbtgan haqiqatdir. Shuningdek, mutafakkirning komil insonga xos g\u02bboyalaridan biri qo\u02bbli ochiqlik, saxiylikdir. \u201cKaram \u2013 bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko\u02bbtarmoq va uni o\u02bbsha qiyinchiliklardan qutqarmoq. Karam \u2013 birovning mashaqqat tikanining og\u02bbirligini ko\u02bbtarmoq va u tikan uchidan gulidek ochilmoq va o\u02bbsha qilgan ishlarni tilga keltirmaslik, og\u02bbziga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uni yuziga solmaslikdir\u201d [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Himmatli kishilar xalqning orasida obro\u02bbga sazovor bo\u02bbladi. Alloma odamlarni insofli, saxovatli, adolatli, ahil va karomatli bo\u02bblishga, bir-biriga yordam berishga da\u02bcvat etadi. Mutafakkir ehsonni ulug\u02bblab: \u201cEhson degan sifatni abadiy saodat bil. Kishilik bog\u02bbining ko\u02bbngilga yoqar daraxti ehsondir. Barcha maqbul sifatlar va holatlar ehsonga qarashlidir, bu sifat va holatlarni u o\u02bbz ichiga olgan hamda shuning o\u02bbzida voqeadir. U barcha ezguliklarni o\u02bbzida to\u02bbplagan va barcha yaxshiliklar haqiqatdan unga tegishlidir\u201d [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiyning fikricha, yaxshilikni o\u02bbziga maqsad qilib olgan odamlar saxiy va himmatli bo\u02bbladi. \u201cSaxiylik kishilar bog\u02bbining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o\u02bblkasining to\u02bblqinli daryosi, balki u to\u02bblqinli daryoning asl gavharidir\u201d [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy odamlarga saxiylikni xalqqa, davlatga faqat mol-mulk bilan emas, balki o\u02bbzidagi aql va bilim yordamida ularga ma\u02bcnaviy ko\u02bbmak ham berishi kerakligini aytadi. Shoir saxiylik himmatli bo\u02bblish bilan bog\u02bbliq ekanini uqtirib shunday deydi: \u201cSaxiylik odamning odobidir, himmat uning joni, himmat dunyoga yuz ming kushoyish bo\u02bblar, himmatsiz kishi er sendek emas, jonsiz badanli kishi tirik emas\u201d [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy komil insonga xos xislatlar tavoze, ishq, vafo, saxovat himmat, muruvvat, ilm, kamtarlik kabi fazilatlar ekanini aytadi. \u201cQanoat \u2013 bu buloqdir, suvini olgan bilan qurimaydi, xazinadir. Naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir, urug\u02bbi lazzat va shafqat mevasini beradi; daraxtdir, shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasini yetkazadi\u201d, deb ifodalaydi. \u201cSabr achchiqdir, ammo u foyda beruvchi, qattiqdir, ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlarni ochqichdir. Achchiq so\u02bbzli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida maqsad hosil bo\u02bbladi. Badxo\u02bbr dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so\u02bbngida sog\u02bbliq yuz beradi\u201d [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiyning fikricha, har bir inson xalqiga xizmat qilishi va foyda keltirishi kerak. O\u02bbz manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo\u02bbymasligi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqqa ish, so\u02bbz va ko\u02bbngil bilan ham foyda keltirish kerak. El-yurt manfaati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy inson desa bo\u02bbladi. Hazratning insonga muhabbati vatanga muhabbati bilan bog\u02bblanib ketgan. \u201cHayratul abror\u201d dostonida shoir Hirotning tabiatini, tiniq chashmalarni tog\u02bbu toshlarni yuksak mehr-muhabbat bilan kuylaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda Hirot, Misr bilan bir qatorda Samarqandning tilga olinishi bu ko\u02bbhna kentning dunyo tamaddunida o\u02bbz o\u02bbrni borligiga yana bir bor ishonch uyg\u02bbotadi, qalblarimizni quvontiradi, Vatanga bo\u02bblgan sadoqat tuyg\u02bbusini oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy ilgari surgan xalqparvarlik, insonparvarlik g\u02bboyalaridan bugungi kunda ta\u02bclim tizimining barcha bo\u02bbg\u02bbinlarida oqilona foydalanish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biridir. Hazratning g\u02bboyasida so\u02bbz va ishning birligiga amal qilish fikri ilgari surilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U o\u02bbz mablag\u02bbidan xalq uchun masjidlar, madrasalar, hammomlar, shifoxonalar, hovuzlar, ko\u02bbpriklar, rabotlar qurdirgani tarixiy manbalarda o\u02bbz aksini topgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi asosiy vazifamiz \u2013 mutafakkirning umrboqiy g\u02bboyalaridan, xayrli ishlaridan ibrat olish va uni hayotimizning mazmuniga aylantirish. Bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiyning ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda va uning asarlari qaytadan nashr etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2020 yil 19 oktyabrda Prezident Sh.M.Mirziyoyevning \u201cBuyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori qabul qilingan edi. Bu qarorda mutafakkirning asarlarida teran ifoda etilgan milliy va umuminsoniy g\u02bboyalarning jahon tamaddunida tutgan o\u02bbrni va bu g\u02bboyalarning yoshlar qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi ahamiyati nazarda tutilgan. Ulug\u02bb shoirning adabiy-ilmiy merosini yanada chuqurroq o\u02bbrganish va targ\u02bbib qilish maqsadida tegishli vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, qarorda \u201cOliy va o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim vazirligi, Xalq ta\u02bclimi vazirligi, Maktabgacha ta\u02bclim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Alisher Navoiyning asarlarini uzluksiz o\u02bbqitish konsepsiyasini ishlab chiqishi hamda 2021-2022 o\u02bbquv yillarida barcha ta\u02bclim muassasalarida shu asosida o\u02bbqitish yo\u02bblga qo\u02bbyilsin\u201d, deb ta\u02bckidlangan. Qarorda \u201cNavoiy va yoshlar\u201d maxsus dasturini ishlab chiqish, umumta\u02bclim maktablarida \u201cNavoiy vorislari\u201d g\u02bbazalxonlik tanlovini va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarida \u201cNavoiyni anglash\u201d mavzusida insholar tanlovini o\u02bbtkazish va g\u02bboliblarni taqdirlash vazifasi belgilab berilgan edi. Bu vazifalar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbquvchi-yoshlarda ma\u02bcnaviy, axloqiy, insonparvarlik sifatlarini shakllantirishda, Navoiy merosidan foydalanishni takomillashtirish uchun quyidagilarga e\u02bctibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo\u02bbladi:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u2013 Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi o\u02bbquvchilar uchun Navoiy asarlaridagi maqolot, hikoyat va rivoyatlar asosida multimediyalar tayyorlansa;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 boshlang\u02bbich sinflarda o\u02bbqitiladigan tasviriy san\u02bcat, musiqa darslarining imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilsa;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 boshlang\u02bbich sinf o\u02bbquvchilari uchun Navoiy asarlarining lug\u02bbati ishlab chiqilsa;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 umumta\u02bclim maktablari va akademik litseylarda \u201cNavoiyning til sandig\u02bbi\u201d tashkil etilsa;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 oliy ta\u02bclim muassasalarida \u201cNavoiy pedagogikasi\u201d maxsus kurs yoki tanlov fan sifatida o\u02bbqitilsa;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida o\u02bbqitiladigan ijtimoiy fanlardagi mavzularga Navoiyning insonparvarlik g\u02bboyalari singdirilib, ular tinglovchilarga yetkazilsa;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Navoiyning bolaligi, o\u02bbsmirligi, o\u02bbspirinligi va katta yoshdagi hayotiy faoliyati aks etgan seriallar tayyorlanib xalqimizga taqdim etilsa;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 mutafakkirning ijodi faqat tavallud kunida yoki bayramlarda emas, yil davomida tizimli ravishda o\u02bbrganilsa millatimizning quyoshi bo\u02bblgan hazrat Navoiyning ruhiyati oldidagi ma\u02bcnaviy burchimizni bajargan bo\u02bblamiz.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvarda \u201cYangi O\u02bbzbekistonning 2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan taraqqiyot strategiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi farmoni qabul qilindi. Bu farmonda \u201cInson qadri uchun\u201d tamoyili asosida yettita ustuvor yo\u02bbnalishdan iborat \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201d ishlab chiqildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taraqqiyot strategiyasida \u201cBuyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib etish\u201d belgilab berilgan. Prezidentimiz 2022 yilni \u201cInson qadrini ulug\u02bblash va faol mahalla yili\u201d deb e\u02bclon qildi. \u201cQadr \u2013 odamning odamlar orasida, xalqning xalqlar orasida topgan hurmati, o\u02bbrni, obro\u02bb e\u02bctiborini, nufuzini bildiradi. Inson qachon xor, baxtsiz bo\u02bbladi? Agarda el nazaridan qolsa yoki qadr-qimmati yerga urilsa, poymol qilinsa. Sho\u02bbro davrida xalqimiz ocharchilikni ham ko\u02bbrdi, zog\u02bbora non, kunjara yedi o\u02bblmadi, sinmadi. Lekin beqadrlikdan yuraklari ezilib yashadi\u201d. Qornimga emas, qadrimga yig\u02bblayman deb yubordi [7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda \u201cInson qadri ustuvor bo\u02bblgan jamiyat va xalqparvar davlat\u201d g\u02bboyasi asosida Yangi O\u02bbzbekistonni barpo etishning zarur, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma\u02bcrifiy asoslari yaratildi. Bundan sal kam olti asr oldin hazrat Navoiy ilgari surgan insonparvarlik g\u02bboyasining taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar bilan hamohang ekanini ko\u02bbrish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu g\u02bboyalar mamlakatimizning kelajagiga, xalqimizning farovon va osoyishta hayot kechirishiga, inson qadr-qimmatining ulug\u02bblanishiga xizmat qiladi. Navoiyning ijod bulog\u02bbidan suv ichgan bu g\u02bboyalar xalqimizni va mamlakatimizni porloq cho\u02bbqqilar sari undayveradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">1.O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi \u201cYangi O\u02bbzbekistonning 2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan taraqqiyot strategiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi\u00a0 PF-60-son Farmoni.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">2.O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19-oktyabrdagi \u201cBuyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">3.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to\u02bbplami,7-tom \u201cXamsa\u201d, \u201cXayratul abror\u201d. \u2013T.: Fan. 1991.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">4.Alisher Navoiy. \u201cMahbubul qulub\u201d. Mukammal asarlar to\u02bbplami. 20 jildlik. 14-jild. \u2013T.: 1998.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">5.Alisher Navoiy. \u201cNasoyimul muhabbat\u201d. To\u02bbla asarlar to\u02bbplami. 10-jild. \u2013T.: G\u02bbafur G\u02bbulom nashriyoti. 2012.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">6.S.Nishonova. Sharq uyg\u02bbonish davri pedagogik fikrlar taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi. 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta\u02bclimotlar tarixi. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. \u2013T.: 1998.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">7.M.Quronov va boshqalar. \u201cQadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O\u02bbzbekiston\u201d. Uslubiy qo\u02bbllanma. \u2013T.: Ma\u02bcnaviyat, 2019.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdumajid\u00a0ABDUMANNATOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jismoniy tarbiya va sport bo\u02bbyicha<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0oshirish instituti Samarqand filiali dotsenti<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">pedagogika fanlari nomzodi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy qoldirgan ma\u02bcnaviy meros nafaqat xalqimizning, balki butun insoniyatning ma\u02bcnaviy mulkiga aylangan. Chunki, hazratning insonparvarlik g\u02bboyalari millatidan, jinsidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat\u02bciy nazar umuminsoniyatning manfaatiga xizmat qilmoqda. Navoiy ijodining markazida inson turadi. Allomaning nazaridagi inson ijodkor, qobiliyatli, bilimli, sabr-qanoatli, rostgo\u02bby adolatli, halol, insofli mehnatsevar va kamtarlik kabi insoniy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23264,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-05T03:49:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-08-04T05:49:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz\",\"name\":\"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-05T03:49:12+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-04T05:49:28+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-05T03:49:12+00:00","article_modified_time":"2022-08-04T05:49:28+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz","name":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg","datePublished":"2022-08-05T03:49:12+00:00","dateModified":"2022-08-04T05:49:28+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_116.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23270&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ALISH\u0415R NAVOIYNING INSONPARVARLIK G\u02bbOYALARIDAN TA\u02bcLIM TIZIMIDA FOYDALANISH"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23270"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23270"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23270\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23271,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23270\/revisions\/23271"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23264"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23270"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23270"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23270"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}