{"id":23260,"date":"2022-08-04T08:54:51","date_gmt":"2022-08-04T03:54:51","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23260"},"modified":"2022-08-03T17:55:24","modified_gmt":"2022-08-03T12:55:24","slug":"bujayriy-nisbali-roviylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz","title":{"rendered":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalarning hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotlar natijasi shuni ko\u02bbrsatadiki, Bujayriy nisbasi biror joy yoki kasbga emas, Bujayr ismli shaxsga nisbatan berilgan. U Bujayr ibn Hozimning ismidir. Misrlik tadqiqotchi olim Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd tuzgan \u201cO\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi\u201dda: \u201cBujayr\u201d so\u02bbzi \u201ckichkina qorinchasi bo\u02bblgan bobo\u201d ma\u02bcnosini bildiradi<\/span><a name=\"_ftnref1\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn1\">[2:53]<\/a>, deyilgan. Aslida ham arab tilida \u201cBujayr\u201d so\u02bbzi \u201ckichik qorin\u201d degan ma\u02bcnoni anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bujayrning avlodlari, ya\u02bcni farzandu nabiralari ham o\u02bbz zamonasining olimi, mashhur roviylari bo\u02bblgan. Ularga Bujayrning ismi nisbat qilib berilib, bu silsila nasabda ham roviylar silsilasining tarix sahifalarida ham Bujayriy nisbasi bilan o\u02bbrin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida bu roviylar silsilasi haqida qisqacha to\u02bbxtalib o\u02bbtsak:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulardan biri Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Sug\u02bbdiy, Bujayriy bo\u02bblib, u yuqorida nomi zikr qilingan Bujayr ibn Hozimning o\u02bbg\u02bblidir. Muhammad ibn Bujayr ham zamonasining taniqli hadis roviylaridan bo\u02bblib, Qa\u02bcnabiy, Abu Valid Tayolisiy, A\u02bcorim va Ahmad ibn Yunus kabi ko\u02bbplab o\u02bbz davrining taniqli roviylardan hadis rivoyat qilgan. O\u02bbz navbatida undan o\u02bbg\u02bbli Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr va Muhammad ibn Hotam ibn Haysamlar hadis rivoyat qilgan. Muhammad ibn Bujayr 268\/882 yil sha\u02bcbon (mart) oyida vafot etgan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn1\">[7:143; 2:108]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulardan yana biri Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Bujayriydir. U yuqorida keltirilgan Muhammad ibn Bujayrning katta o\u02bbg\u02bbli. Abu Amr Usmon ibn Muhammad o\u02bbz davrining taniqli roviylari Movoliy Bani Hoshim va Husayn ibn Asvad Kufiydan hadis rivoyat qilgan. O\u02bbz navbatida undan Abdurohman ibn Fath Sarroj Samarqandiy hadis rivoyat qilgan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn1\">[1:7-8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Najmiddin Umar Nasafiyning \u201cAl-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand\u201d kitobida Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayriydan rivoyat qilingan hadis quyidagicha keltirilgan: Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr: Bizga Mu\u02bcmil ibn Hishom hadis aytdi, dedi. U: Bizga Ismoil ibn A\u02bcliya esa Ayubdan, u esa Abu Qalobadan, u esa Molik ibn Huvayris Rozillohu anhudan hadis aytdi, \u2013 dedi. U: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordik, biz o\u02bbsha vaqtda yosh zabardast yigit edik. U zotning huzurlarida (shariat arkonlarini o\u02bbrganish uchun) yigirma kecha bo\u02bbldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni oilamizga mushtoq bo\u02bblgan deb o\u02bbylab, ahlimizda qoldirib kelganlarimiz haqida so\u02bbradilar, biz u zotning savollariga javob berdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofidagilarga mehribon do\u02bbst edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cOilalaringizga qaytib boringlar, ularni (Islomga) buyuringlar, (dinni) o\u02bbrgatinglar va meni namoz o\u02bbqiganimni ko\u02bbrdingiz, xuddi shunday ularga namoz o\u02bbqib beringlar. Namoz vaqti kirganda sizlardan biringiz azon aytsin va yoshi ulug\u02bbingiz imom o\u02bbtib sizlarga namoz o\u02bbqib bersin\u201d, dedilar\u201d, dedi\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn4\">[12:492]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bujayriy nisbasi bilan mashhur bo\u02bblgan allomalardan yana biri Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy, Samarqandiy, Bujayriydir. U yuqorida zikr etilgan Muhammad ibn Bujayrning kichik o\u02bbg\u02bbli. Muhaddis Abu Hafs Bujayriy 223\/838 yili Samarqandning So\u02bbg\u02bbd muzofotidagi Xushufag\u02bbn qishlog\u02bbida tug\u02bbilib\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn3\">[3:60; 4:374; 5:327]<\/a>, 311\/923 yili vafot etgan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn4\">[2:54; 6:162; ]<\/a>. Abu Hafs Bujayriyning bolalik va yoshlik davri tug\u02bbilib o\u02bbsgan ona qishlog\u02bbi Xushufag\u02bbnda o\u02bbtgan. U dastlabki ta\u02bclimni otasi Muhammad ibn Bujayrdan olgan. Keyinchalik Abu Hafs Bujayriyni ilm o\u02bbrganishga bo\u02bblgan shijoati va Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo\u02bblgan hadislarni eshitish, o\u02bbrganishga bo\u02bblgan qiziqishi sababli o\u02bbsha davrda ilm-fan o\u02bbchog\u02bbi hisoblangan Xuroson, Basra, Kufa, Iroq, Shom, Misr, Hijoz kabi bir qancha shahar va mamlakatlarga ilmiy safar qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma safari chog\u02bbida Damashq shahriga borganini tarixchi olim Abulqosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh \u2013 Ibn Asokir \u201cTarixul madinati Dimashq va zikri fazliha va tasmiyati min hilliha minal amasil\u201d (\u201cDamashq shahrining tarixi, uning fazilati va undagi joylarning nomlanishiga misollar\u201d) kitobida bunday keltiradi: \u201cHofiz Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Samarqandiy Bujayriy ta\u02bclim olish va hadis jamlash niyatida Damashq shahriga borgan. U yerda Ahmad ibn Abdulvohid ibn U\u02bcbud, Abu Omir Muso ibn Omir Mariy, Hishom ibn Xolid, Muhammad ibn Hoshim Ba\u02bclabakkiy, Sulaymon Hamsiy, Ayub ibn Ali ibn Haysam Kanoniy kabi ko\u02bbplab taniqli olimlardan hadislar tinglagan va ta\u02bclim olgan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn6\">[8:320]<\/a>. Demak, Alloma Damashqda ko\u02bbplab taniqli olimlar bilan uchrashgan, ular bilan ilmiy muloqotda bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ya\u02bclo Xaliliy o\u02bbzining \u201cIrshod\u201d nomli asarida bunday keltiradi: Abu Hafs Bujayriy Iroq va Shomga borganda Nazr ibn Tohirdan, Kufada Abu Kurayb, Usmon ibn Abu Shaybadan, Basrada Bundor va Abu Musodan, Shomda Sulaymon ibn Salama Xaboiriy, Ahmad ibn Abdulvohid Damashqiy va Hishom ibn Ammordan va Makka shahrida Muhammad ibn Zunbur va Husayn ibn Hasan Marvaziydan hadis tinglagan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn1\">[1:9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy hadis bo\u02bbyicha asosiy ta\u02bclimni Abu Mahmud Muhammad ibn Muoviya (Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiyning tog\u02bbasi), Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy Samarqandiy, Iso ibn Hammod Zug\u02bbba Misriy, Is\u02bchoq ibn Shohin Vositiy, Abu Soib Silm ibn Jannoda Kufiy, Abd ibn Humayd Keshiy (Abd ibn Humayd Keshiyning \u201cMusnadi Keshiy\u201d nomli kitobi bo\u02bblib, u Imom Buxoriyning ustozlaridan hisoblanadi)\u00a0va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy kabi ko\u02bbplab mashhur muhaddis olimlardan olgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn9\">[5:327; 9:490]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201d to\u02bbplamiga yozilgan eng mo\u02bbtabar sharhlardan biri bo\u02bblgan Ibn Hajar Asqaloniyning \u201cFathul boriy\u201d (\u201cIjodkorning ochib bergan sharhi\u201d) kitobining Muqaddimasida bunday keltiriladi: \u201cUmar ibn Muhammad Bujayriy: \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning: Men \u201cJome\u02bcus sahih\u201d kitobimni Masjidul Haramda tasnif qildim. Bu kitobdagi har bir hadisni Alloh taolodan yaxshilik so\u02bbrab, istixora qilib \u2013 ikki rakat namoz o\u02bbqib, uning sahihligiga ishonch hosil qilganimdan keyin kiritdim\u201d, deb aytayotganini eshitdim\u201d, deydi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn10\">[9:490]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu rivoyat orqali Abu Hafs Bujayriy hadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri deb e\u02bctirof etilgan Imom Buxoriy hazratlari bilan bir davrda yashaganini, ikkalasi bir biri bilan uchrashganini va Imom Buxoriyning bu so\u02bbzini aynan o\u02bbzidan eshitganini anglab olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy hadis o\u02bbrganish va to\u02bbplash bilan birga, ko\u02bbplab shogirdlar ham yetishtirgan. Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiyning \u201cTakmilatul ikmol\u201d kitobida Muhammad ibn Sobir Buxoriy, Abu Nazr Muhammad ibn Bakr Dehqon Samarqandiy, Muhammad ibn Ahmad ibn Imron Shoshiy, Mu\u02bctamar ibn Jibril Karminiy, A\u02bcyun ibn Ja\u02bcfar Samarqandiy, Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Ali Muaddab Shoshiy va Iso ibn Muso Koshoniy kabi o\u02bbz zamonasining mashhur muhaddis va roviylari aynan Abu Hafs Bujayriydan hadis tinglagani va undan rivoyat qilgani qayd etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn14\">[5:327]<\/a>. Bundan tashqari, Abu Hafs Bujayriydan uning o\u02bbg\u02bbli Abulhasan Muhammad ibn Umar, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy, Abu Yahyo Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Is\u02bchoq ibn Hozim Samarqandiy, Muhammad ibn Hotam Koshoniy, Abulfazl Ahmad ibn Ismoil ibn Yahyo ibn Hozim Azdiy Samarqandiy va Ali ibn Bindor Sayrafiy kabi olimlar ham tahsil olgan va hadis rivoyat qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn15\">[8:37]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shoshlik allomalarning hayoti va ilmiy merosini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha ulkan ishlarni amalga oshirgan t.f.d Ne\u02bcmatullo Muhammedov o\u02bbzining \u201cShosh vohasi olimlarining ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi\u201d kitobida: \u201cAbu Bakr Qaffol Shoshiy Xurosonga borib, Muhammad ibn Is\u02bchoq ibn Xuzayma, Muhammad ibn Is\u02bchoq Sarroj, Umar ibn Muhammad ibn Buxayr<\/span><a name=\"_ftnref16\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0(Manbalarda turlicha \u201cBujayr\u201d, \u201cBuhayr\u201d va \u201cBuxayr\u201d ko\u02bbrinishda kelgan).\u00a0Samarqandiy kabi yetuk olimlardan dars olgan va boshqa tabaqalardan hadislar tinglagan\u201d, deb keltirgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn17\">[10:52]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi manbalardan ko\u02bbrinib turibdiki, Abu Hafs Bujayriy fiqh, hadis, usul va tilshunoslik ilmi bo\u02bbyicha tengi yo\u02bbq olim deb e\u02bctirof etilgan. U Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy kabi bir qancha allomalarga ustozlik qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy ilm-fanga yetuk allomalarni yetkazib berish bilan kifoyalanib qolmasdan, o\u02bbzining boy ilmiy ijodi bilan ham ulkan hissa qo\u02bbshgan. Hadis va tafsir ilmi sohasida bir qancha asarlar yaratgan. Manbalarda keltirilishicha, alloma \u201cSahih\u201d hadislar to\u02bbplami va \u201cTafsir\u201d kabi asarlarning muallifi hisoblanadi. \u201cSahih\u201d to\u02bbplamining qo\u02bblyozma nusxalari xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda<\/span><a name=\"_ftnref18\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn18\">[3:60; 11:206]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning \u201cKitobus safina\u201d (\u201cKema kitobi\u201d) nomli yana bir asari ham bo\u02bblib, bu borada Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd o\u02bbzining \u201cO\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi\u201d kitobida bunday keltiradi: \u201cAbu Hafs Bujayriydan uning Ahmad ismli nabirasi \u201cJome\u02bcus sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u02bbplam\u201d) va \u201cKitobus safina\u201d (\u201cKema kitobi\u201d) kitoblarini o\u02bbqib o\u02bbrgangan. Bu kitoblarni Abu Hafsning o\u02bbzi yozgan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn19\">[2:145; 6:370]<\/a>. Afsuski bu kitob bizning davrimizgacha yetib kelmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning qalamiga mansub \u201cJome\u02bcul musnad\u201d va \u201cTafsir\u201d asarlarining bir qismini qo\u02bblyozma nusxasi hozirgi kunda Damashq shahridagi Zohiriya kutubxonasida 1067-raqam ostida saqlanmoqda\u201d<\/span><a name=\"_ftnref21\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn21\">[3:60]<\/a>. Bu asarning elektron nusxasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi elektron bazasida ham mavjud. Asar 124 varaqdan iborat bo\u02bblib, \u201cJome\u02bcul musnad\u201dning uchdan bir qismini ya\u02bcni o\u02bbttizinchi \u2013 \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning betobliklari va vafotlari\u201d bobini va \u201cTafsir\u201d kitobining avvalgi qismini qamrab olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bujayriy nisbasi bilan tanilgan roviylardan yana biri Abulhasan Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Bujayr Samarqandiy, Bujayriydir. U muhaddis Abu Hafs Umar ibn Muhammadning o\u02bbg\u02bbli. Abulhasan Muhammad ibn Umar ham ko\u02bbplab mamlakatlarda safarda bo\u02bblib, Ali ibn Abdulaziz Bag\u02bbaviy, Is\u02bchoq Dabriy, Bishr ibn Muso, Abu Muslim Kajjiy, Abdulaziz ibn Hasan ibn Bakr ibn Sharud, Ubayd ibn Muhammad ibn Ibrohim Kashuriy, Mu\u02bcoz ibn Musanno va boshqa kishilardan hadis rivoyat qilgan. Abulhasan Muhammad ibn Umar 345\/956 yilning rabiul avval (iyul) oyida vafot etgan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn1\">[1:7-8; 2:108]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bujayriy nisbasi bilan mashhur bo\u02bblgan roviylardan yana biri Abulabbos Ahmad ibn Muhammad ibn hofiz Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr Samarqandiy, Bujayriydir. U Muhammad ibn Umarning o\u02bbg\u02bbli ya\u02bcni muhaddis Abu Hafs Umar ibn Muhammadning nabirasi. Alloma xalq orasida Ahmad Bujayriy va Ahmad Xushufag\u02bboniy nomlari bilan mashhur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmad Bujayriy boshlang\u02bbich ilmini tug\u02bbilib o\u02bbsgan qishlog\u02bbi Xushufag\u02bbonda bobosi Abu Hafs Bujayriydan olgan. Yuqorida ta\u02bckidlanganidek Abu Hafs Bujayriy \u201cAl-jome\u02bc as-sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u02bbplam\u201d) va \u201cKitob as-safina\u201d (\u201cKema kitobi\u201d) nomli kitoblar tasnif etgan. Ahmad Bujayriy esa bobosidan ushbu ikki kitobni eshitib, ta\u02bclim olgan va ularni to\u02bbliq o\u02bbzlashtirgan. Keyinchalik Ahmad Bujayriy o\u02bbz davrining ko\u02bbplab yirik muhaddislaridan ko\u02bbplab hadis tinglab, ularni yozib olgani bois u taniqli roviylardan biri bo\u02bblib ulg\u02bbayadi. O\u02bbz navbatida undan ham bir qancha ilmi toliblar hadis rivoyat qilgan. Ahmad Bujayriy 372\/982 yilning rabiul avval (sentyabr) oyida vafot etgan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn1\">[6:370]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu sulola nafaqat nasab jihatidan balki X asrlarda hadis rivoyat qilish bo\u02bbyicha ham ma\u02bclum va mashhur bo\u02bblgan. Bujayriy nisbasi bilan ijod qilgan allomalardan ba\u02bczilari o\u02bbzining ulkan ilmiy faoliyati bilan ilm-fanning hadis va tafsir kabi sohalari rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan. Lekin shu choqqacha ularning hayoti va ilmiy merosi bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli tadqiqot ishlari olib borilmagan. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mazkur allomalardan biri Abu Hafs Bujayriyning hayoti, faoliyati va uning \u201cJome\u02bcul musnad\u201d kitobini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha muayyan ishlar boshlab yuborilgan. Tadqiqotlar davomida Bujayriy nisbali allomalarning faoliyatiga doir yangi ma\u02bclumotlar yuzaga chiqadi, degan umiddamiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Adabiyotlar ro\u02bbyxati<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Umar Muhammad ibn Ali Azhariy. Mustaxriju a\u02bcla sahihil Buxoriy va musammo bil Jomi\u02bcil musnad. \u2013Qohira. 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xayriddin Zirikliy. A\u02bclom. J. 5. Dorul ilm, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J. 2. \u2013 Bayrut, 1979.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiy. Takmilatul ikmol. J. 3. \u2013 Makka. Jome\u02bca ummul quro, 1410\/1990.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 2. \u2013 Bayrut, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Hotam Muhammad ibn Habbon. Siqot. J, 9. \u2013 Bayrut: Dor al-fikr, 1975.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abulqosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh Shofi\u02bc. Tarixul madinati Dimashq va zikri fazliha va tasmiyati min hilliha minal amasil. J. 45. \u2013 Bayrut, 1995.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. J. 2. \u2013 Misr: Miriy Kubro matbaasi, Muqaddimasi.1301\/1884.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhamedov N. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi. \u2013 T.: TIU, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Tazkiratul huffoz. J. 2. \u2013 Bayrut, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand. \u2013 Tehron, 1999<\/span>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalarning hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin. Tadqiqotlar natijasi shuni ko\u02bbrsatadiki, Bujayriy nisbasi biror joy yoki kasbga emas, Bujayr ismli shaxsga nisbatan berilgan. U Bujayr ibn Hozimning ismidir. Misrlik tadqiqotchi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23258,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-04T03:54:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-08-03T12:55:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz\",\"name\":\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-04T03:54:51+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-03T12:55:24+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-04T03:54:51+00:00","article_modified_time":"2022-08-03T12:55:24+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz","name":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg","datePublished":"2022-08-04T03:54:51+00:00","dateModified":"2022-08-03T12:55:24+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_115.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23260&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23260"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23260"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23261,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23260\/revisions\/23261"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23258"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}