{"id":23242,"date":"2022-08-04T08:20:28","date_gmt":"2022-08-04T03:20:28","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23242"},"modified":"2022-08-03T17:20:41","modified_gmt":"2022-08-03T12:20:41","slug":"sadriddin-ayniy-tadqiqotida-buxorolik-adiblar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz","title":{"rendered":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta Osiyoning o\u02bbtmishi, madaniyati, o\u02bbzbek va tojik xalqlari adabiyotining tarixi, bu qardosh xalqlarning klassik shoirlari, tazkiranavislari, adiblari va ma\u02bcrifatparvar olimlari to\u02bbg\u02bbrisida tadqiqot ishi olib borgan va olib borayotgan har bir ilm ixlosmandi sharqshunos va adabiyotshunos olim, Buxoro tarixining mohir bilimdoni Sadriddin Ayniyning (1878-1954)\u00a0<em>\u201cNamunai adabiyoti tojik\u201d<\/em>\u00a0(\u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d) asariga murojaat etadi. Uning yirik ilmiy-adabiy tadqiqoti \u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d asari uch qismdan iborat bo\u02bblib, 1926 yilda Moskvada arab imlosida tojik tilida nashr etilgan [1]. Asar ikkinchi marta 2007 yilda fors tilida Eronda [2] va uchinchi bor 2010 yilda Dushanbeda kirill yozuvida tojik tilida, Ayniy\u00a0<em>\u201cKulliyot\u201d<\/em>\u00a0(Asarlar to\u02bbplami)ning 16 jildi sifatida chop etildi [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu antologiyada X asrdan boshlab to 1925 yilgacha O\u02bbrta Osiyoda yashab ijod etgan 228ta shoir, yozuvchi, olim, tazkiranavis allomaning hayoti va ijodi haqida ma\u02bclumotlar keltiriladi. Jami 228ta shoirni qamrab oluvchi bu tazkirada yuzdan ortiq \u201cBuxoriy\u201d taxallusi bilan ijod qilgan buxorolik ijodkorlar o\u02bbrin olgan. Shuni ham aytish joizki, adabiyotshunos olim o\u02bbz asariga 50dan ortiq o\u02bbzbek olimi, shoiri, tarixchisi va tazkiranavisini ham kiritgan. Ayniyning shaxsi va faoliyatiga xos muhim fazilatlaridan biri, bu uning ikki tilda, ya\u02bcni o\u02bbzbek va tojik tilida barakali ijod etganidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d\u00a0<\/em>asaridagi biografik ma\u02bclumotlar ixcham va xarakterlidir. Ayniy shoirlar to\u02bbg\u02bbrisida berilgan ma\u02bclumotlarda u adibning ijod bobidagi iqtidoriga, shaxsiyatiga, axloq-odobiga alohida e\u02bctibor beradi. Adabiyotshunos olim Buxoroda yashab ijod etgan, o\u02bbz nomini abadiyatga muhrlagan, zamonasining o\u02bbqimishli, ziyoli kishilari to\u02bbg\u02bbrisidagi qimmatli ma\u02bclumotlarni berib o\u02bbtgan. Adibning asarlari, uning sharqshunoslik, tarix va adabiyotshunoslik masalalariga doir\u00a0<em>\u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d<\/em>\u00a0asari boy faktik materiallarni chuqur ilmiy tahlil etishga qaratilgan. Tadqiqotchi qaysi ijodkor haqida ilmiy tekshirish ishiga kirishmasin, birinchi navbatda bu ijodkor yashagan davrning tarixiga to\u02bbxtaladi. U ijodkorning shaxsi bilan aloqador barcha tarixiy, adabiy manbalar, xalq og\u02bbzaki ijodidagi afsona va rivoyatlarni ham sinchiklab o\u02bbrganadi. U ijodkorning asarlarida uchraydigan ayrim avtobiografik va tarixiy ma\u02bclumotlarga diqqatni jalb etib, ularni ham tadqiqot doirasiga tortadi. Bunday keng va batafsil tadqiq usuli har bir ilmiy xulosaning mantiqiy asosini ta\u02bcminlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharqshunos olim Ayniy bu tazkirasiga tartib berishda o\u02bbzbek, fors-tojik adabiyoti tarixida X-XIX asrlarda tuzilgan Xoja Hasan Nisoriyning\u00a0<em>\u201cMuzakkir ul-ahbob\u201d<\/em>, Mutribiy Buxoriyning\u00a0<em>\u201cTazkirat ush-shuaro\u201d<\/em>, Qori Rahmatullo Vozehning\u00a0<em>\u201cTuhfatul ahbob\u201d<\/em>, Muhammad as-Saolibiyning\u00a0<em>\u201cYatimat ad-dahr\u201d,<\/em>\u00a0Muhammad Avfiy Buxoriyning\u00a0<em>\u201cLubob ul-albob\u201d<\/em>, Alisher Navoiyning\u00a0<em>\u201cMajolis un-nafois\u201d<\/em>, Davlatshoh Samarqandiyning\u00a0<em>\u201cTazkirat ush-shuaro\u201d<\/em>, Fazliy Namangoniyning\u00a0<em>\u201cMajmuai shoiron\u201d<\/em>, Afzal Maxdum Pirmastiy Buxoriyning\u00a0<em>\u201cAfzal-ut-tazkor fikri zikr-ush-shuaro v-al-ash\u02bcor\u201d<\/em>, \u00a0Sharifjon Maxdum Sadr Ziyoning\u00a0<em>\u201cTazkirat-ush-shuaroi mutaqaddimin\u201d<\/em>\u00a0tazkirasidan va boshqa yuzlab devonlar va tarixiy nodir kitoblardan ham foydalangan. Olim ularni sinchiklab o\u02bbrgangan va tarixiy asarlarning yaxshi jihatlarini ijodiy rivojlantirgan.\u00a0<em>\u201cNamunai adabiyoti tojik\u201d<\/em>\u00a0nomli yaxlit barkamol bir asar ana shu ilmiy aziyat va mashaqqat zamirida tug\u02bbilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shubhasiz, antologiyaga kiritilgan 228ta shoir, yozuvchi va tarixchi-tazkiranavis haqida qisqacha, lekin mazmunli ma\u02bclumot berish Ayniydan yuksak iste\u02bcdod va ulkan ijodiy mehnat talab qilgan. Bu mehnat eng avvalo turli davrda yozilgan, yirtilib ketgan, o\u02bbchgan va xira tortgan qo\u02bblyozmalarni, tarixni, adabiyot tazkiralarini, turli to\u02bbplamlarni, xalq orasidagi har xil afsonalarni, rivoyatlarni, madaniy va tarixiy yodgorliklarni sinchiklab o\u02bbrganish, shu o\u02bbrganilgan tarixiy faktlarni tanqidiy tadqiq qilib, obyektiv baholash, shundan so\u02bbnggina undan foydalanishdek murakkabliklar bilan izohlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d\u00a0<\/em>asarining birinchi qismida Abdulloh Ja\u02bcfar Rudakiydan boshlab, Fitrat Zo\u02bbrdo\u02bbzi Samarqandiy, Sayido Nafasiylargacha bo\u02bblgan davrdagi adiblar qamrab olinadi. Bu qismda tilga olingan Buxoriylar: Abulhasan Rudakiy Buxoriy, Shayx Abulabbos Fazl ibni Abbos Buxoriy, Mansur Ahmad Daqiqiy Buxoriy, Mirzo Abulhasan Og\u02bboch Buxoriy, Ma\u02bcnavi Buxoriy, Am\u02bcaqi Buxoriy, Kamoli Buxoriy, Hamid Buxoriy, Shamsuddin Kardari Buxoriy, Shayx Sayfuddin Boxarzi Buxoriy, Javhari Zargari Buxoriy, Nosir Buxoriy, Xoja Ismat Buxoriy, Burunduqi Buxoriy, Shamsuddin Ahmad Ohangari Buxoriy, Shahobuddin Ahmadi Buxoriy, Tohiri Buxoriy, Sayfi Buxoriy, Xayoli Buxoriy, Mushfiqi Marvi Buxoriy, Boqiy Darzi Buxoriy, Xoja Hasan Nisori Buxoriy, Marhumi Buxoriy, Mutribi Buxoriy, Arshii Buxoriy, Gulshani Buxoriy, Mavlai Sharifi Buxoriy, Qozi Lutfulloh Shokiri Buxoriy, Muhammadis\u02bchoq Shavkat Buxoriy, Imloi Buxoriydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu bobda jami 75 shoir va 5 shoiraning ijodiy faoliyatiga tegishli ma\u02bclumotlar va ijodidan namunalar berilgan. Tilga olingan 80 shoir va shoiradan, bevosita Buxoroda kamol topgani 30dan ortiq bo\u02bblsa, o\u02bbsha vaqtda hayot bo\u02bblgani 20ga yaqin bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Antologiyaning ikkinchi qismi hajm jihatidan ancha katta. Bu qismda 132 qalam ahli, adabiyotshunos va o\u02bbz davrining yetuk olimlari, ayrim tarixnavislar haqida ham ma\u02bclumot beriladi. Tazkiraning bu bobida Ayniy XIII asrdan XX asrning boshigacha, ya\u02bcni 1905 yilgacha bo\u02bblgan davrdagi adiblarning ijodi, hayoti, ayrim tarixiy voqealar va hodisalar xususida fikr yuritadi. Antologiyaning ikkinchi qismida (jami 132 shoir) Mansurxoja Ansobi Buxoriy, Akobirxoja Akbari Buxoriy, Mirbaqoxoja Otashii Buxoriy, Afzali Buxoriy, Muhammadamin Hakimi Buxoriy, Habibulloh Avhadi Buxoriy, Otajon Payravi Buxoriy, Naberaxoja Tavfiqi Buxoriy, Qozi Abdullohxoja Tahsini Buxoriy, Isomuddin Soqibi Buxoriy, Tursunboqiy Jaloli Buxoriy, Qozijon Jur\u02bcati Buxoriy, Muhammadsidiq Hayrati Buxoriy, Muhammadsidiq Hashmat Buxoriy, Ahmadjon Hamdamii Buxoriy, Qoziy Rahmatii Xijlati Buxoriy, Xamo\u02bbshii Buxoriy, Mullohusayn Donishi Buxoriy, Mullorajab Donishi Buxoriy, Shamsuddin\u00a0 Do\u02bcii Buxoriy, Ahmad-Maxdumi Muhandisi Donishi Buxoriy, Qori Karomat Dilkashi Buxoriy, Qori Abdulmajid Zufununi Buxoriy, Qoziy Rashid Mirinoyatullohi Buxoriy,\u00a0 Qoziy Abdulaziz Roqimi Buxoriy, Idrisxoja Rojii Buxoriy, Mirzorahim Zakii Buxoriy, Abdulqodirxoja Savdoi Buxoriy, Mullo Mahmud Simoi Buxoriy, Mirzosiroj Hakimi Buxoriy, Muhammadsharif Shevani Buxoriy, Sharif-Maxdum Shirini (Mu\u02bctasimi) Buxoriy, Shirini Buxoriy, Shamsuddin-maxdum Shohini Buxoriy, Hoji Azimi Shar\u02bcii Buxoriy, Qori Hoshim Shoiqi Buxoriy, Tohirxoja Zariri Buxoriy, Mirzo Muhammadsharif Sadri Ziyoi Buxoriy, Muhammad Ya\u02bcqub Kenjaali Buxoriy, Inoyati Buxoriy, Iso Maxdum Buxoriy, Hoji Ibrohim Osimi Buxoriy, Mullosharif Akbari Buxoriy, Sadriddin Ayniy Buxoriy, Qori Hisomuddin Foiqi Buxoriy, Qozi Qurbonxon Fitrati Buxoriy, Qozi Abduroziq Fikrati Buxoriy, Mirzoshoh Foizi Buxoriy, Abdurauf Fitrati Buxoriy, Kamoli Buxoriy, Qozi Komili Buxoriy, Sodiqxoja Gulshani Buxoriy, Mullo Nazrulloh Lutfii Buxoriy, Abduroziq Muniri Buxoriy, Qozi Mullosa\u02bcdiy Mohiri Buxoriy, Hoji Jahongir Majnuni Buxoriy, Abdulmajid Muztaribi Buxoriy, Hoji Ne\u02bcmatulloh Muhtarami Buxoriy, Hoji Hodiy Masruri Buxoriy, Mirzo Abdulvohid Munzimi Buxoriy, Sayid Mahmudxojai Buxoriy, Komilxoja Nikhati Buxoriy, Mirqori Noiri Buxoriy, Qozi Sayidjon Nazmii Buxoriy, Muhammadsoleh Navhai Buxoriy, Qori Rahmatulloh Vozehi Buxoriy, Xalifa Ashurmuhammad Yakdili Buxoriy haqida ma\u02bclumotlar berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning uchinchi so\u02bbnggi qismida esa tojik va o\u02bbzbek shoirlarining 1905-1925 yillardagi ijodi haqida fikr yuritadi [4:345]. Ayniyning\u00a0<em>\u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d<\/em>\u00a0asarida Ahmad-Maxdum Muhandis Donishi Buxoriy (1827-1897) haqida keltirgan fikr-mulohazalari qimmatli hisoblanadi. Adibning yozishicha, Buxorodagi dastlabki maorifparvarlik va taraqqiyparvarlik g\u02bboyalari Ahmad Donishdan boshlangan. Ayniy Ahmad Donish bilan shaxsan uchrashib, uning suhbatidan bahramand bo\u02bblmagan bo\u02bblsa ham, lekin uning\u00a0<em>\u201cNavodir ul-vaqoe\u02bc\u201d<\/em>\u00a0(\u201cNodir voqealar\u201d) asari orqali tanishgani, bu asar dunyoqarashida katta burilish yasaganini aytadi. Muallif o\u02bbz asarida Ahmad Donishning\u00a0<em>\u201cNavodir ul-vaqoe\u02bc\u201d<\/em>\u00a0asariga katta o\u02bbrin ajratib uning asosiy mazmun-mohiyatini to\u02bbliq ochib bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniyning mashhur taraqqiyparvar ulamo Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo (1867-1932) haqida yozgan tarixiy ma\u02bclumotlari ham muhim. Buxoroning so\u02bbnggi amiri Said Olimxon 1917 yilda islohot farmonini e\u02bclon qilishi arafasida Sadr Ziyoni qozikalonlikka tayinlaydi. Sadr Ziyo amir farmonidan keyin Buxorodan badarg\u02bba qilinib, Qarshiga qozi etib jo\u02bbnatiladi. 1918 yil mart oyida Kolesov voqealari munosabati sabab, Qarshida uning yaqin qarindoshlari qatl etiladi. U yetmish kunlik mahbuslikdan keyin Shahrisabzga qozilikka tayinlangan. Sharifjon Maxdum Sadr Ziyoning ulkan ma\u02bcnaviy xazinasi istiqlol davri odamlarini ham barkamol shaxs qilib shakllantirish yo\u02bblida beminnat xizmat qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi ilm ixlosmandlariga o\u02bbzidan juda katta boy madaniy va ma\u02bcnaviy meros qoldirgan Sharifjon Maxdum Sadr Ziyoning shaxsi haqida Ayniy o\u02bbz kitobida shunday yozadi: \u201cQozi Muhammadsharif Sadr Ziyo Buxoriy domullo Abdushukur Oyatning o\u02bbg\u02bbli bo\u02bblib, o\u02bbz zamonasining ustod-mutafakkirlaridan edi. Ma\u02bcrifatparvar otasining soyasida kasbu-kamol topdi. Buxoro inqilobidan (1920) keyin Buxoroga qaytib sho\u02bbro hukumatining xizmatiga kirdi. She\u02bcr kam yozardi. Nazmda ko\u02bbzga ko\u02bbringan asari uning\u00a0<em>\u201cTazkirat ush-shuaro\u201d<\/em>sidir. Lekin boshqa asarlari ham ko\u02bbp, masalan,\u00a0<em>\u201cRo\u02bbznoma\u201d, \u201cNavodiri Ziyoiya\u201d, \u201cTazkirat ul-hattotin\u201d<\/em>\u00a0va boshqalar. U\u00a0<em>\u201cTazkirat ul-hattotin\u201d<\/em>\u00a0kitobida o\u02bbz davrining ma\u02bclum va mashhur hattotlarining tarjimai holi va ijodiy faoliyati haqida ma\u02bclumotlar beradi. Sadri Ziyo arab va fors tili grammatikasini, mumtoz adabiyotni, tarix fanini, xattotlik san\u02bcatini puxta egallagan edi\u201d [5:329].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharif\u00adjon Maxdum Sadr Ziyo o\u02bbsha vaqtda endi adabiyot olamiga kirib kelgan va ilk she\u02bcrlari bilan tanila boshlagan yosh Sadriddinxo\u02bbja Ayniydagi iste\u02bcdodni payqagan va uning Buxoro madrasalarida tahsil olishi, shu sharif shaharning ilmiy-adabiy muhitidan xabardor bo\u02bblishiga keng yul ochib bergan. Ayniy 1891-1892 yillarda shu ma\u02bcrifatparvar adib xonadonida xizmat qiladi. Sharifjon Maxdumning jo\u02bbshqin adabiy davralari yosh Ayniy uchun \u201chayotbaxsh sarchashma\u201d bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Ayniyning mang\u02bbitlar sulolasi xonadonining vakillaridan bo\u02bblgan, boylik, shon-shuhrat va toju taxtga qiziqmay o\u02bbzining butun umrini ilm-ma\u02bcrifatga bag\u02bbishlagan Muhammad Siddiqxon Hashmat Buxoriyga oid fikri ham ancha qiziqarlidir. Adib u haqida qo\u02bbyidagicha yozadi: \u201cMuhammad Siddiqxon Hashmat Buxoriy \u2013 birodari amir Abdulahadxon\u00a0 hukmronligi va jiyani Mir Olimxon (Amir Sayid Olimxon \u2013 F.T) davrida 35 yil (1303-1338) mahbuslikda edi. Shu davr mobaynida o\u02bbzini ilmiy ijodga va kitobdorlikka bag\u02bbishladi. Buxoroda Hashmatning xususiy kutubxonasidek biror mashhurroq kutubxona yo\u02bbq edi. Hashmat Buxoriy forsiy, turkiy va arabiy tilda she\u02bcrlar bitar edi. Turli risolalar yozdi, tahrir etdi. Jumladan,\u00a0<em>\u201cNomai Xusravon\u201d<\/em>\u00a0nomli tazkiraga ta\u02bclif bergan edi. Hashmat, Buxoro inqilobidan keyin 1339 hijriyda 35 yillik mahbuslikdan ozod bo\u02bblib, Buxoro Sho\u02bbrolar Jumhuriyati hukumatida kutubxonachi bo\u02bblib xizmat qilardi. Lekin, 1341 hijriyda, (1923) o\u02bbzining ayrim avlodlari (amirzodalari) va amir xonadoni vakillari qatori Afg\u02bbonistonga jo\u02bbnatildi\u201d [6:426].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniy o\u02bbzining\u00a0<em>\u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d<\/em>\u00a0asarida Abdurauf Fitrat Buxoriy (1886-1938) to\u02bbg\u02bbrisida keltirgan ma\u02bclumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, U Fitrat Buxoriyning\u00a0<em>\u201cMunozara\u201d, \u201cSayyohi hindi\u201d, \u201cRahbari Najot\u201d, \u201cOila\u201d, \u201cSayha\u201d\u00a0<\/em>va<em>\u00a0\u201cMusulmononi Dor-ur-rohat\u201d<\/em>\u00a0kabi asarlari haqida qisqacha, lekin muhim ma\u02bclumotlarni quyidagicha keltirib o\u02bbtadi: \u201c<em>\u201d<\/em><em>Rahbari najot\u201d<\/em>\u00a0\u2013 bu risola turli\u00a0 masalalardan iborat bo\u02bblib, aqliy va naqliy dalillardan bayon topgan, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda rahnamo edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniy Fitratning asarlariga to\u02bbxtalarkan, negadir yangi maktablar uchun yozgan\u00a0<em>\u201cMavludi sharif\u201d<\/em>\u00a0va\u00a0<em>\u201cMuxtasar islom tarixi\u201d<\/em>\u00a0nomini keltirmaydi, buning boisi, bu asarlarning diniy ruhi sarlavhadayoq aks etgani bo\u02bblsa kerak. \u201c<em>Musulmononi Dor-ur-rohat\u201d<\/em>\u00a0asari Ismoilbek Gasprinskiyning\u00a0<em>\u201cDor-ur-rohat musulmonlari\u201d<\/em>\u00a0nomli asarining forsiy tarjimasi edi [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adabiyotshunos va sharqshunos olim Ayniyning ilmiy-adabiy asarida buxorolik ijodkorlar to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar muhim ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo\u02bblib, ular o\u02bbtmishdagi Buxoro adabiyoti, tarixi va ilmu ma\u02bcrifatini o\u02bbrganishda qimmatli manba sifatida xizmat qila oladi. Eng asosiysi, adibning bu asari xalqimizning ma\u02bcnaviy merosi bo\u02bblib, barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham u \u201cFan xalqqa boylik keltiradi\u201d, deb yozgan edi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin Ayn\u04e3. Namunai adabiyoti to\u04b7ik. \u2013 Moskva: Chopxonai nashriyoti markazii xalqii Jamohiri sho\u02bbravii So\u02bbsiyolisty, 1926.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin Ayn\u04e3. Namunai adabiyoti to\u04b7ik. Peshguftor az Muhammadjon Shakur\u04e3 Buxoroy. \u2013 Tehron, 1385 h. sh.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin Ayn\u04e3. Namunai adabiyoti to\u04b7ik. Tahiya va nashri kitob bo qo\u02bbshish va zeri Kamoliddin Ayn\u04e3. Az xati forsii to\u04b7ik\u04e3 bargardoni Ahmadjon Ho\u04b7iyev. \u2013 Dushanbe: chopxonai \u201cMega Basim\u201d, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin Ayn\u04e3. Namunai adabiyoti to\u04b7ik. \u2013 Moskva: Chopxonai nashriyoti markazii xalqii Jamohiri sho\u02bbravii So\u02bbsiyolist\u04e3, 1926. \u2013 B. 345.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin Ayn\u04e3. Namunai adabiyoti to\u04b7ik. \u2013 Moskva: Chopxonai nashriyoti markazii xalqii Jamohiri sho\u02bbravii So\u02bbsiyolist\u04e3, 1926. \u2013 B. 329.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin Ayn\u04e3. Namunai adabiyoti to\u04b7ik. \u2013 Moskva: Chopxonai nashriyoti markazii xalqii Jamohiri sho\u02bbravii So\u02bbsiyolist\u04e3, 1926. \u2013 B. 426.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Farrux T\u0415MIROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>BuxDU, t.f.f.d.(PhD) dotsent<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbrta Osiyoning o\u02bbtmishi, madaniyati, o\u02bbzbek va tojik xalqlari adabiyotining tarixi, bu qardosh xalqlarning klassik shoirlari, tazkiranavislari, adiblari va ma\u02bcrifatparvar olimlari to\u02bbg\u02bbrisida tadqiqot ishi olib borgan va olib borayotgan har bir ilm ixlosmandi sharqshunos va adabiyotshunos olim, Buxoro tarixining mohir bilimdoni Sadriddin Ayniyning (1878-1954)\u00a0\u201cNamunai adabiyoti tojik\u201d\u00a0(\u201cTojik adabiyotidan namunalar\u201d) asariga murojaat etadi. Uning yirik ilmiy-adabiy tadqiqoti \u201cTojik &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23240,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-04T03:20:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-08-03T12:20:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz\",\"name\":\"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-04T03:20:28+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-03T12:20:41+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-04T03:20:28+00:00","article_modified_time":"2022-08-03T12:20:41+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz","name":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg","datePublished":"2022-08-04T03:20:28+00:00","dateModified":"2022-08-03T12:20:41+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_114.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23242&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SADRIDDIN AYNIY TADQIQOTIDA BUXOROLIK ADIBLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23242"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23242"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23245,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23242\/revisions\/23245"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23240"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23242"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23242"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}