{"id":23207,"date":"2022-08-02T09:56:28","date_gmt":"2022-08-02T04:56:28","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23207"},"modified":"2022-08-02T09:56:28","modified_gmt":"2022-08-02T04:56:28","slug":"samarqandning-qoraxoniylar-davri-jome%ca%bc-masjidi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz","title":{"rendered":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta Osiyoda islom dinining yoyilishi ma\u02bcnaviy hayotdan tashqari me\u02bcmorchilikka ham o\u02bbz ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatgan. VIII asrning boshida Samarqandni arab xalifaligining qo\u02bbshini zabt etgach, bu yerda ham islom dinining tarqalishiga zamin yaratiladi. Yuqorida ta\u02bckidlaganimizdek, yangi din va mafkura nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ham katta ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Xususan, bu moddiy madaniyatda, ayniqsa, me\u02bcmorchilikda yaqqol namoyon bo\u02bbladi. Ilk islom davrida shahar tushunchasi jome\u02bc masjidining bor yoki yo\u02bbqligi bilan belgilangan [8:208]. Oddiy qilib aytganda masjidlar O\u02bbrta Osiyo me\u02bcmoriy landshaftining odatiy va muhim qismiga aylanadi [13:68]. VIII-IX asrlarda masjidlar qurilishi islom me\u02bcmorchiligining ajralmas qismi bo\u02bblib qoladi. O\u02bbrta Osiyoda islom diniga xos inshootlar Somoniylar davridan boshlab keng ko\u02bblamda barpo etila boshlandi. Bu davrda islom dini Movarounnahr xalqining ma\u02bcnaviy va ma\u02bcrifiy hayotining ajralmas qismiga aylanadi. Endilikda shahar maqomini olmagan qishloqlarda ham jome\u02bc masjidini qurish an\u02bcanaga aylanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rivojlangan O\u02bbrta asrda yozma manbalardan yetib kelgan ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Samarqand shahri va uning atrofida 15 ta, jumladan, Abul Abbos al-Qoid, Abul Qosim, al-Bakriyin, Bilol ibn Ismoil al-Muqriy, ad-Dahhok ibn Muzohim al-Hiloliy, Jome\u02bc, al-Manara, Iz, Nahr al-Qassarin mahallasidagi masjid, Abbos ko\u02bbchasidagi masjid, Abu Abd ar-Rahmon ko\u02bbchasidagi masjid, Muqotil ko\u02bbchasidagi masjid, as-Sog\u02bba, al-Fuudayl ibn Iyad, Shoxuvayx kabi masjidlar mavjud bo\u02bblgan [9:57-58].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandning \u201cJome\u02bc\u201d masjidi Qoraxoniylar davrida ham Afrosiyobning qadimgi qismi hisoblangan akropolda, ya\u02bcni qal\u02bcadan g\u02bbarbda joylashgan. Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra G\u02bbarbiy Qoraxoniylar davlatining asoschisi Ibrohim Tamg\u02bbochxon masjidni yangidan qurdirgan. Bu masjid 1212 yilda Qoraxoniylar sulolasining oxirgi hukmdori Usmonning Muhammad Xorazmshohga qarshi ko\u02bbtargan isyoni davrida vayronaga aylangan. Muhammad Xorazmshohning buyrug\u02bbiga binoan yarim vayrona holatiga kelib qolgan masjid qaytadan quriladi. Lekin ko\u02bbp o\u02bbtmay Chingizxonning Samarqandni istilo qilishi davrida masjid tamomila vayron etilgan va boshqa tiklanmagan [6:77-99].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davri masjidlarining eng ajoyib namunalaridan biri aynan Samarqandda barpo etilgan (1-rasm). XII asr muallifi Abu Hafsa as-Samarqandiy shunday ma\u02bclumotlarni qoldirgan: \u201cSamarqanddagi jome\u02bc masjidi o\u02bbrnida qadimda ma\u02bcjusiylar ibodatxonasi bo\u02bblgan, Usmonning xalifaligi davrida Samarqand istilo qilingach bu yerdagi sanamlar vayron qilinib, ibodatxona \u201cJome\u02bc\u201d masjidiga aylantirilgan\u201d [9:57]. Bu masjidda ilk arxeologik qazishmalarni XIX asrning oxiri va XX asrning boshida N.I.Veselovskiy, V.V.Bartold va V.L.Vyatkin olib borgan. Bu arxeologik izlanishlar natijasida masjid X asrdan XIII asrning boshiga qadar faoliyat ko\u02bbrsatgani ma\u02bclum bo\u02bbldi. Uning dastlabki o\u02bblchami 79,6&#215;89 m. bo\u02bblib, deyarli kvadrat shaklida bo\u02bblgan. Qoraxoniylar davriga kelib bu \u201cJome\u02bc\u201d masjidi qayta tiklangan. Endilikda uning o\u02bblchami 79,6&#215;119,1 m.ga kengaytirilgan. Qoraxoniylar davlatining xoqoni Ibrohim Tamg\u02bbachxon davrida masjid devorlari ganchkorlik panellari bilan bezatiladi va yog\u02bboch ustunli galereya-ayvon qo\u02bbshiladi. Bu masjidni keyinchalik Muhammad Horazmshoh 1212-1214 yillarda yanada kengaytirgan. Natijada masjidning uzunligi 137 m. ga yetgan [10:273].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1969-1974 yillarda \u201cJome\u02bc\u201d masjidining tarixi va me\u02bcmorchiligini yoritib beruvchi muhim materiallar qo\u02bblga kiritilgan. Xususan, M. Saadiyev 1971-1974 yillarda bu yerda olib borilgan qazish ishlarida dastlab 7&#215;7 kv m.li xonani ochadi. Bu xona sharq tomondan mehrobning devoriga tutashib ketgan. Xona devorlarining kengligi 45-60 sm atrofida bo\u02bblib, ichki tomoni ganch qilingan. Ganchda yashil, jigarrang va atirgul tusli naqshlarning izi saqlanib qolgan. Xonaning poli yon tomoni bilan qo\u02bbyilgan pishiq g\u02bbishtlar (g\u02bbishtning o\u02bblchamlari 32x32x4, 29x16x4, 30x16x4,5) yordamida qoplab chiqilgan. Bu xonaning shimolida va janubiy tomonida kirish eshiklari bor. Xona polini tozalash jarayonida sirti silliqlangan kichik o\u02bblchamli pishiq g\u02bbishtlar va geometrik ornament berilgan o\u02bbyma terrakotali plita siniqlari aniqlandi. Bu yerda joylashgan kvadrat bino Qoraxoniylarning maqbarasi bo\u02bblishi mumkin deb taxmin qilinadi [12:92-102]. Chunki bu yerda uchta sahna ham aniqlangan. Arxeolog V.L. Vyatkin 1929 yilda \u201cJome\u02bc\u201d masjidi hududining shimoli-g\u02bbarbiy qismida arxeologik qazishma olib borishi jarayonida geometrik, o\u02bbsimliksimon va epigrafik xarakterga ega relyefli naqshlar bilan qoplangan o\u02bbndan ortiq butun va siniq terrakotali plitalarni aniqlagan. Biroq u masjidning kirish qismidagi bezaklari deb, noto\u02bbg\u02bbri taxmin qilingan. Bu plitalar M.Ye.Massonning epigrafik izlanishlaridan keyin, Qoraxoniy xoqonlardan Ibrohim ibn Husaynning (1180-1198 yy) maqbarasiniki ekani ma\u02bclum bo\u02bbldi [12:98].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjid va maqbaraga yaqin joyda, ya\u02bcni majmuadan 30 m. g\u02bbarbda qabriston ham joylashgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida masjiddan shimoli-sharq tomonda X asrda bir qator maqbaralarni ham o\u02bbz ichiga olgan diniy-memorial majmua shakllana boshlagani ma\u02bclum bo\u02bbldi. Masjidning polida yon tomoni bilan yotqizib chiqilgan pishgan g\u02bbishtlardan iborat ustunning asoslari topilgan. G\u02bbishtlar ganchli suvoq yordamida qalab chiqilgan. Masjidning shifti va ayvonini ko\u02bbtarib turuvchi ustunlar ham pishgan g\u02bbishtlar yordamida ko\u02bbtarilgan. G\u02bbishtli ustunlar O\u02bbrta Osiyoning masjidlariga xos bo\u02bblib, X-XII asrlardagi Eron masjidlarida ham uchraydi. Xazara va Termizdagi Chorustun masjidlarida shunday ustunlar mavjud bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">S.Xmelniskiy masjidning qurilgan vaqtini bu davr diniy inshootlarining me\u02bcmoriy parallellari asosida somoniylar davriga qadar qadimiylashtirdi. IX-X asrlarda xalifalikda Kufadagidek ustunli-saroy tipidagi masjidlar keng tarqalgan bo\u02bblib, Samarqand \u201cJome\u02bc\u201d masjidi ularga juda o\u02bbxshash. Samarqanddagi bu qadimiy masjidning shimol va janub tomoniga pishiq g\u02bbishtli ustunlardan iborat ayvon biriktirilgan. Ayvon esa bozorga qaratilgan. Shu tariqa bunday yirik inshootlarni shaharning savdo-hunarmandchilik qismiga yaqin qilib qurish an\u02bcanasi vujudga keladi [13:65-66].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davrida masjidlarning keng hovlisi va uning ichki tomoni bo\u02bbylab ayvon ustunlarining mavjud bo\u02bblishi, shu davr arxitekturasining o\u02bbziga xos xususiyatidir. Pishiq g\u02bbishtli ustunlar ayvon tomini ko\u02bbtarib turishga mo\u02bbljallangan va ayvonning panasida ko\u02bbplab namozxonlarning issiq va sovuqda ibodat qilishlarini qulaylashtirishga qaratilgan [10:274].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XI asrning oxiridan e\u02bctiboran masjidlarning qurilishida pishgan g\u02bbishtdan foydalanish boshlangan. Xom g\u02bbisht esa fuqaroviy monumental inshootlarning asosiy materiali bo\u02bblib qolavergan. Masjidning mehrobiga yaqin joydagi polidan sirtiga o\u02bbymakorlik bilan bezak berilgan, olovda qorayib ketgan uchta yirik yog\u02bboch bo\u02bblaklari topilgan. Ularning uzunligi va eni 20 sm.ga yaqin bo\u02bblsa-da, ulardagi naqsh kompozitsiyalarini tiklash mumkin. Ularning yuqori qismi xilma xil o\u02bbyma naqshlar, quyi qismi esa bir-biriga bog\u02bblanib ketgan xochsimon bezaklardan iborat. Yog\u02bbochlarning yon tomonlariga esa beshpanjali palma va ma\u02bclum uslubga solingan barglardan iborat naqsh berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afrosiyob \u201cJome\u02bc\u201d masjidining mehrob qismiga va maqbaraning poliga yirik o\u02bblchamli pishiq g\u02bbishtlar yotqizib chiqilgan. IX asrga oid Qohiradagi ibn Tulun masjidi va Amir Temur qurdirgan Samarqanddagi jome\u02bc masjididagi g\u02bbishtlarning yotqizilish uslubi Afrosiyob masjidining poliga ham xos. Bundan tashqari masjidning ichki qismidagi devorlarning yuzasiga ham mayda figurali silliqlangan pishgan g\u02bbishtlar yordamida bezaklar berilgan. Bunday g\u02bbishtlarning 10 xil tipi aniqlandi. Z shaklidagi, S ko\u02bbrinishli va bantikli naqshlar berilgan g\u02bbishtchalar. Bunday shakldagi g\u02bbishtlar Bashanda (IX-X asrlarga oid Masjidi as-Sag\u02bbit) va Arslonbobo (XI-XII asrlar) masjidining devorlarini ham bezashda ishlatilgan. X-XII asrlarda O\u02bbrta Osiyoda turli shakldagi pishgan g\u02bbishtlar yordamida bino devoriga bezak berish an\u02bcana hisoblangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjid xonalaridan birining devorida aniqlangan yozuv binoning yoshini aniqlashga imkon beradi. Yozuv sharqiy devorga, poldan 0,9 sm balandga besh qator qilib tushirilgan. Uning so\u02bbngida 1208 yilda bitilgani ko\u02bbrsatilgan. Ma\u02bclumki, masjid mo\u02bbg\u02bbullar hujumi davrida yoqib yuborilgan. Arxeologik tadqiqotlar davomida mo\u02bbg\u02bbullarga tegishli kamon uchi va ko\u02bbmirga aylanib qolgan yog\u02bboch ustun, tom yopishda foydalanilgan to\u02bbsin bo\u02bblaklari aniqlangan. O\u02bbtgan asrning boshidan 80 yillariga qadar o\u02bbtkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Afrosiyob \u201cJome\u02bc\u201d masjidi sharqdan g\u02bbarbga tomon bir muncha toraygan, qiblaga bir oz burilgan va to\u02bbg\u02bbriburchakli hovli bilan o\u02bbrab olingani aniqlangan. Hovli shimoldan janubga 89 m., sharqdan g\u02bbarbga esa 140 m.ga cho\u02bbzilib ketgan. Masjidda yozgi, qishki va yordamchi xonalar ham mavjud bo\u02bblgan. Uning yettita darvozasi bo\u02bblib, uchtasi shimol, uchtasi g\u02bbarb, bittasi sharq tomonda joylashgan edi. Devorlarning ko\u02bbp qismi juda yomon saqlangan, lekin shimoliy va qisman janubiy devorlari ancha yaxshi saqlanib qolgan. Bu devorlar asosan paxsadan qurilgan bo\u02bblsa-da, ayrim hollarda yirik o\u02bblchamli (50x26x10sm) pishgan g\u02bbishtdan ham foydalanilgan. Rivojlangan O\u02bbrta asrda masjidlarning hovlisini yopiq ayvonli qilib barpo etish urf bo\u02bblgan. Marvdagi XI asrga oid, Qohiradagi ibn Tulun, Naindagi va Amir Temurning jome\u02bc masjidlari xuddi shunday reja asosida barpo etilgan [12:97-01].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afrosiyobdagi \u201cJome\u02bc\u201d masjidi Somoniylar davrida qadimgi ibodatxonaning o\u02bbrniga qurilgan. U Qoraxoniylar davrida mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangidan qurilgan. Turli mamlakatlarda masjidlar qurishda mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib yondashilgan. Afrosiyob \u201cJome\u02bc\u201d masjidini qurishda yozning issig\u02bbi va qishning qahraton sovug\u02bbi hisobga olingan. Masjidlarni ayvonli qilib barpo qilish asosan XI-XIII asrlarga xos uslub hisoblanadi. Ayvonlarni ustunlar ko\u02bbtarib turgan. Odatda O\u02bbrta asrlarda O\u02bbrta Osiyoning masjidlari ustunlar, yog\u02bboch va pishiq g\u02bbishtdan barpo etilgan [8:168]. Islom davrida oldingi dinlarga oid diniy inshootlarni masjidlarga aylantirish hollari uchraydi. Masalan, Buxorodagi nasroniylarning cherkovini Banu Hanzal qabilasi masjidga aylantirgan [12:102].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">V\u0406\u0406\u0406 asrning boshida Buxoroda birinchi \u201cnamozgoh\u201dga asos solingan. Birinchi jome\u02bc masjidi shahar arkida bunyod etilgan. V\u0406\u0406\u0406 asrning oxirida u ark va shahristonning o\u02bbrtasidagi yangi binoga ko\u02bbchirilgan. [2:179].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Poykentda bir nechta masjidning o\u02bbrni aniqlangan [10:274-278]. \u201cBoykand jome\u02bc masjidining mehrobi Movarounnahrda eng chiroyli hisoblangan\u201d, deb yozma manbalarda ma\u02bclumotlar keltiriladi [8:181]. Butun islom olamida masjidlarning shakllanish evolyutsiyasi uch davrni: 1 bosqich V\u0406\u0406-V\u0406\u0406\u0406 asrlar, 2 bosqich \u0406X-XV asrlar va 3 bosqich XV\u0406 asr va XV\u0406\u0406\u0406 asrning boshini o\u02bbz ichiga oladi [7:95].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrda Somoniylar davriga kelib islom dini va mafkurasi uzil-kesil g\u02bbalaba qozongan. Amirlikning deyarli barcha shaharlarida masjidlar qurila boshlagan. Musulmon muarrixlari hatto katta qishloqlarda ham jome\u02bc masjidi borligini qayd etgan. Movarounnahrdagi ilk islom inshootlarida buddaviylik ibodatxonalari arxitekturasining ta\u02bcsirini kuzatish mumkin. Musulmon madrasalarining me\u02bcmoriy yechimlari buddaviylik monastr me\u02bcmorchiligidan kelib chiqqani haqida ham fikrlar mavjud [4:30]. Markaziy Sug\u02bbdning Arbinjon-Rabinjon rustoqining markazi Rabinjontepada IX-X asrlarda faoliyat yuritgan jome\u02bc masjidining xarobalari topilgan. Arxeologik tadqiqotlarga ko\u02bbra, bu masjid islomdan oldingi ibodatxona o\u02bbrnida qurilgan [6:155]. Karmana yaqinidagi Deggaron masjidi [11:61] va Buxorodagi Mag\u02bboki Attor [14:29] ham islomga qadar mavjud bo\u02bblgan otashparastlarning ibodatxonasi ustida barpo etilgan degan taxminlar mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrda Tohiriylar va Somoniylar davriga kelib masjid va madrasalar qad rostlagan. Bu jarayon Qoraxoniylar davriga kelib ham davom etgan. Aynan Somoniylar davrining targ\u02bbibotchilari sabab dastlab, Yettisuv va Sharqiy Farg\u02bbonada Qoraxoniy xonlari va ularning qo\u02bbl ostidagi minglab turkiy qabilalar asta-sekin islomni qabul qilgan. Ular asosan IX-X asrlar mobaynida islom diniga o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davrida Yettisuvda va Movarounnahrning barcha viloyat va rustoqlarida joylashgan shaharlarda masjid, madrasa va minoralar qurish ko\u02bbpayadi. Ma\u02bclumki, Qoraxoniylarning dastlabki hududlari Yettisuv va Sharqiy Farg\u02bbona hisoblangan. Ular islom dinini boshqa turk qabila va sulolalaridan ancha oldin qabul qilgan. Farg\u02bbonada ham masjid va shu kabi islom me\u02bcmorchiligiga xos mahobatli inshootlar somoniylar davridan boshlab bunyod etilgan. Axsikat jome\u02bc masjidi [1:119-122], O\u02bbzgand va Safed Bulondagi maqbaralar yuqoridagi fikrimizning isbotidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Somoniylarning hukmdori Ismoil ibn Ahmad 893 yilda Taroz shahrining bosh nasroniy soborini jome\u02bc masjidiga aylantirgan. Aynan somoniylar davrida qoraxoniy sulolasining asoschisi xoqon Satuq X asrning boshida islom dinini qabul qilgan. Uning o\u02bbg\u02bbli Bug\u02bbroxon Xorun ibn Muso esa 960 yilda islom dinini davlat dini deb e\u02bclon qilgan [3:92].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniy xoqonligining poytaxti Bolosog\u02bbunda X-XI asrlarda Yettisuvdagi eng yirik masjid qurilgan. Ammo masjidning qoldiqlari yetib kelmagan bo\u02bblsa-da, minorasi saqlanib qolgan. XII asrning oxiri va XIII asrning boshida qorluq yabg\u02bbusining poytaxti \u2013 Qoyaliq shahrining markazida jome\u02bc masjidi barpo etilgan. Masjidning qibla tomonida pishiq g\u02bbishtdan mehrob qurilgan. Masjid yong\u02bbin oqibatida vayron bo\u02bblgan [3:94-96].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davrida Yettisuvda islom dini to\u02bbliq tarqalib, yangi madaniyat allaqachon me\u02bcmorchilikka ham kirib ulgurgan edi. Avvalambor yirik shaharlarning deyarli hammasida jome\u02bc masjidlari qad ko\u02bbtargan. Aqirtosh, Taroz, Ko\u02bbstoba, Qulan, O\u02bbrnek kabi shaharlarda ham masjidlar bo\u02bblgan [11:99-122].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta asrlarda masjidlar shunchaki diniy muassasa yoki inshoot bo\u02bblmasdan muhim ijtimoiy-ma\u02bcnaviy institut hisoblangan. VII asrda Madina shahrida Musulmon olamidagi dastlabki masjid bunyod etilgan. Masjidlarga qishloq, mahalla yoki butun shahar aholisi hayit bayrami yoki juma namozidan tashqari jamoat uchun ahamiyati yuqori bo\u02bblgan masalalarni muhokama qilish uchun ham to\u02bbplanishgan. Masjidlarda do\u02bbstona va ish yuzasidan uchrashuvlar belgilangan, musofirlar yoki uysizlar tunashgan. Masjidlar keyinchalik, madrasalarning paydo bo\u02bblishiga qaramasdan diniy mafkuraviy va huquqiy targ\u02bbibotning asosiy maskani bo\u02bblib qolaverdi. Shuningdek, falsafiy, adabiy va fiqh mavzusida ham munozaralar bo\u02bblib turgan. IX asrga qadar islom mamlakatlarida sud jarayonlari ham masjidda o\u02bbtkazilgan. Masjidlarning asosiy va rasmiy vazifasi jamoat bo\u02bblib, namoz amalini bajarish va diniy va\u02bcz o\u02bbqish bo\u02bblsa-da, ayrim hollarda hukmdorlarni tan olish, uni duo qilish \u2013 \u201cxutba\u201d ham o\u02bbqilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XI asrga qadar masjid ko\u02bbplab vazifalarni ado etgan bo\u02bblsa-da, aynan shu asrga kelib turli yo\u02bbnalishlarni bajarishga mo\u02bbljallangan masjid tiplari ham shakllana boshlagan edi. XI asr va XIII asrning boshidagi O\u02bbrta Osiyo masjidlarining vazifasi nuqtai nazaridan bir nechta guruhlarga ajratish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi guruh masjidlari juma jome\u02bc masjidlaridir. Bu yerga juma namozini o\u02bbqish uchun butun shahar yoki qishloqning aholisi (erkaklar) yig\u02bbilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi guruh \u201cnamozgoh\u201d, \u201cmusalla\u201d [8:169] yoki \u201chayitgoh\u201d deb nomlanuvchi masjidlar, bu yerda ikki marotaba ya\u02bcni \u201cIyd al-Fitr (Ro\u02bbza hayiti)\u201d va \u201cIyd al-Adha (Qurbon hayiti)\u201d nishonlangan. Bunday diniy bayramlar bilan bog\u02bbliq namoz shahardan tashqarida yoki uning chekkasida joylashgan masjidlarda ado etilgan. Dastlabki paytlarda bu tip masjidlarining binosi bo\u02bblmagan, aksincha atrofi devor bilan o\u02bbralgan qibla tomonda qurilgan mehrobdan iborat bo\u02bblgan. XI-XII asrlarga kelib yuqori toifali kishilarning namoz o\u02bbqishi uchun mehrob oldida gumbazsimon ayvon qurilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi guruh masjidlari shahar va qishloqlardagi mahalla yoki guzarlarning masjidlari. Ammo XI-XII asrlarga oid mahalla, guzar masjidlari kam saqlanib qolgan. Keyingi davrlarda ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda mahalla masjidlari ko\u02bbpaygan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbrtinchi guruh masjidlari ziyoratgohlarda qurilgan. Islomga qadar ham ziyoratgohlarda ibodatxona qurish rasm bo\u02bblgan. Shariat bo\u02bbyicha qabr yoki maqbarada namoz o\u02bbqish mumkin emasligi uchun [13:68-70] ularning yonida alohida kichik masjidlar qurilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Samarqand jome\u02bc masjididan tashqari, yuqorida tilga olingan masjidlarga o\u02bbxshash masjidlarni shahar va uning atrofida ko\u02bbp bo\u02bblganini kuzatish mumkin. Samarqand jome\u02bc masjidi o\u02bbzining me\u02bcmoriy yechimlari va mahobatli ko\u02bbrinishi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, u diniy, ma\u02bcrifiy va madaniy markaz sifatida Movarounnahrda alohida ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23203 size-full tie-appear\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/qoraxoni.jpg\" sizes=\"(max-width: 748px) 100vw, 748px\" srcset=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/qoraxoni.jpg 748w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/qoraxoni-300x213.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"748\" height=\"531\" \/><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>1-rasm.<\/strong>\u00a0<em>Samarqanddagi Qoraxoniylar davriga oid jome\u02bc masjid chizmasi (M.Ahmedov bo\u02bbyicha)<\/em>\u00a0[13:71.Ris.30].<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.Anarbayev. Axsiket \u2013 stolitsa drevney Fergan\u044b. \u2013T., 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.Arapov. Arxitektura Uzbekistana. Xudojestvennaya kultura Sentralnoy Azii i Azerbaydjana IX-XV vv. Tom IV. Arxitektura.-Samarkand-Tashkent: MITSAI, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">K.M.Baypakov. Arabskiye zavoyevaniya, islam i islamizatsiya Yujnogo Kazaxstana i Jet\u044bsu \/\/ Izvestiya Natsionalnoy akademii nauk Respubliki Kazaxstan. Seriya Ob\u0449yestvenn\u044bx nauk 1 (274). 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">V.V.Bartold. O xristianstve v Turkestane v domongolskiy period (Po povodu semerechenskix nadpisey). \/\/ Soch. T. 11. ch. 2. \u20131964.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yu.F.Buryakov, O.M.Rostovsev. Arxeologicheskiye issledovaniya Rabindjana \/\/ V\u044bp. 19. \u2013T., 1984.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yu.F.Buryakov, M.Sadiyev, M.N.Fedorov. Sobornaya mechet Samarkanda v XI \u2013 nachale XIII vv. S. 77-100 \/\/ Afrasiab. V\u044bp. 4. \u2013T., 1975.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zaxedi Shaxab. Evolyutsiya arxitektur\u044b mechetey Irana (V\u0406\u0406-XV\u0406\u0406\u0406 vv.) \/\/ AMIT.1 (38)\/2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Havqal. Kitob surat al-Ard. Movarounnahr \/\/ Arab tilidan tarj., izohlar muallifi Sh.S.Kamoliddin, mas\u02bcul muharrir F.S.Hasanov. \u2013T., 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kamoliddin Shamsiddin. Nov\u044by istochnik po istoricheskoy gegorafii Sredney Azii. Noveyshiye issledovaniya sochineniya \u201cal-Kand fi zikr \u02bbulama\u02bb Samarkand\u00bb Abu Xafsa an-Nasafi. LAP LAMBERT Academic Publishing. Saarbruecken, 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">D.K.Mirzaaxmedov, S.D.Mirzaaxmedov. Uzbekistan \/\/ Religii Sentralnoy Azii i Azerbaydjana. Tom V. Islam. \u2013Samarkand.: MITSAI, 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">V.A.Nilsen. Mechet Diggaron v selenii Xazara (arxitekturno-arxeologicheskiy ocherk) \/\/ Trud\u044b instituta istorii i arxeologii. V\u044bp. 7. Material\u044b po arxeologii Uzbekistana. \u2013T., 1955.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">M.Saadiyev. Nov\u044bye dann\u044bye o sobornoy mecheti Afrasiaba. \/\/ IMKU. V\u044bp.14. \u2013T., 1978.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">S.Xmelniskiy. Mejdu Samanidami i Mongolami. Arxitektura Sredney Azii XI \u2013 nachalo XIII veka. Chast I. Berlin-Riga, 1996.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">V.A.Shishkin. Arxeologicheskiye rabot\u044b v mecheti Magoki-Attari v Buxare \/\/ Trud\u044b instituta istorii i arxeologii. V\u044bp. 7. Material\u044b po arxeologii Uzbekistana. \u2013T., 1955.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Akbar NAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>SamDU Arxeologiya kafedrasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>doktoranti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbrta Osiyoda islom dinining yoyilishi ma\u02bcnaviy hayotdan tashqari me\u02bcmorchilikka ham o\u02bbz ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatgan. VIII asrning boshida Samarqandni arab xalifaligining qo\u02bbshini zabt etgach, bu yerda ham islom dinining tarqalishiga zamin yaratiladi. Yuqorida ta\u02bckidlaganimizdek, yangi din va mafkura nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ham katta ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Xususan, bu moddiy madaniyatda, ayniqsa, me\u02bcmorchilikda yaqqol namoyon bo\u02bbladi. Ilk &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23205,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-02T04:56:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz\",\"name\":\"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-02T04:56:28+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-02T04:56:28+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-02T04:56:28+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"13 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz","name":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg","datePublished":"2022-08-02T04:56:28+00:00","dateModified":"2022-08-02T04:56:28+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_112.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23207&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAMARQANDNING QORAXONIYLAR DAVRI JOME\u02bc MASJIDI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23207"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23207"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23207\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23208,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23207\/revisions\/23208"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23205"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23207"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23207"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23207"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}