{"id":23159,"date":"2022-07-28T08:43:17","date_gmt":"2022-07-28T03:43:17","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23159"},"modified":"2022-07-27T14:43:36","modified_gmt":"2022-07-27T09:43:36","slug":"sibir-buxoriylari-tarixidan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz","title":{"rendered":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbarbiy Sibirda Buxoro amirligidan borib yashab qolgan xalqlar talaygina bo\u02bblib ular \u201cSibir Buxoriylari\u201d nomi bilan tarixda mashhur bo\u02bblgan\u00a0<a href=\"http:\/\/file\/C:\/Users\/Gumanitar\/Documents\/%D1%81%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D0%B1%D1%83%D1%85%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%202022%20%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%91%D1%80.docx#_ftn1\">[1:77-85]<\/a>. Sibirda yashagan O\u02bbrta Osiyoliklar xonliklar davridan oldin ham u yerda umrguzaronlik qilgan. Asrlar davomida G\u02bbarbiy Sibir deyarli Buxoro amirligining koloniyasiga aylanib qolayozgandi. Sibir Buxoriylari bu yerda yashayotgan tatarlar (aslida turkiy xalqlar) bilan so\u02bbzlashib asta-sekin o\u02bbz tillarini ma\u02bclum ma\u02bcnoda o\u02bbzgartirib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U yerlarga ko\u02bbchib borgan savdogarlar, harbiy askar va diniy ulamolar o\u02bbz missiyalarini bajarish maqsadida turli qishloq va mahallalarga asos solgan. Aynan buxoroliklar birinchi marta Sibirga mushukni olib borgan. Dunyoga mashhur \u201cSibir mushugi\u201d aslida Turkistonliklar tomonidan u yerga olib borilgan va tarqatilgan. Sibirdagi Uchmir tog\u02bbi avvaldan turkiylarning uch din qo\u02bbshilgan muqaddas makoni hisoblangan. Bu yerlar biz keltirayotgan davrdan ham bir necha ming yil oldin turkiy qavmlarning ona yeri bo\u02bblgan. Uch boshli tog\u02bbni qadim turkiylar muqaddas hisoblagan va unda bir xosiyat bor deb bilgan. Ancha ko\u02bbp sonli va turli tarmoqli turkiy qabilalar Sibir, Oltoy, O\u02bbrta Osiyo, Sharqiy Turkiston va boshqa joylarda qadim zamonlardan beri yashab kelgani hammaga ma\u02bclum. Bizning ajdodlarimiz ham bugungi O\u02bbzbekiston chegarasidagina emas, balki migratsion jarayonlar to\u02bblqinida bemalol u yerda, bu yerda yashagan. Shuning uchun ham \u201cDashti Qipchoq, G\u02bbarbiy Sibir hududida va qadimgi Qrim yerlarida ular yashamagan, u yerdan kelganlar bizga begona\u201d degan fikr noto\u02bbg\u02bbri bo\u02bbladi. Biz o\u02bbzbeklar tarixini o\u02bbrganishda o\u02bbsha davrdagi erkin migratsion to\u02bblqinlar va sharoitlarni inobatga olishimiz lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiylarning asl vatani Oltoy, Sibir, O\u02bbrta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Xurosonning katta qismi va boshqa yerlardir. Navbatdagi migratsiya to\u02bblqinlari natijasida umumiy nom ostida G\u02bbarbiy Sibirda Buxoro qishloqlari paydo bo\u02bblgan\u00a0<a href=\"http:\/\/file\/C:\/Users\/Gumanitar\/Documents\/%D1%81%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D0%B1%D1%83%D1%85%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%202022%20%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%91%D1%80.docx#_ftn2\">[2:69]<\/a>. U yerda O\u02bbzbekistonning hamma yeridan ko\u02bbchib borgan xalqlarni uchratish mumkin edi\u00a0<a href=\"http:\/\/file\/C:\/Users\/Gumanitar\/Documents\/%D1%81%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D0%B1%D1%83%D1%85%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%202022%20%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%91%D1%80.docx#_ftn3\">[3]<\/a>. Hatto Toshkentdan borgan insonlarning ham o\u02bbz mavzesi bo\u02bblgan. Tarixiy evirilishlar sabab rus mustamlakachilarining qadami u yerga ham yetib borgan va O\u02bbrta Osiyoliklardan tashkil topgan G\u02bbarbiy Sibirdagi ko\u02bbplab qishloqlarni ular o\u02bbz tasarrufiga kiritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, Bahovuddin Naqshbandiy tariqatining vakillari ham islom dinini tarqatish va mustahkamlash maqsadida bu yerlarga kelib joylashgan. Buxoro aholisining Sibirda ko\u02bbpayishiga bu tariqat ta\u02bcsiridagi migratsion to\u02bblqinlar ham ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, XIV asrning oxirida Irtish daryosi bo\u02bbyiga 366 nafar shayx islomni tarqatish maqsadida kirib kelgan\u00a0<a href=\"http:\/\/file\/C:\/Users\/Gumanitar\/Documents\/%D1%81%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D0%B1%D1%83%D1%85%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%202022%20%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%91%D1%80.docx#_ftn4\">[4]<\/a>. XX asrning boshida Tyumen (turkiyda Tuman), Tobolsk va Tar uyezdida Buxoro volosti mavjud bo\u02bblgan. U yerda asosan buxorolik savdogarlar va islom ulamolari istiqomat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular hozirgi Tyumen, Tobolsk, Tara, Tomsk hududlari bo\u02bbylab joylashgan va O\u02bbrta Osiyo hududlari bilan doimiy savdo-sotiq ishlarini olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari ular hunarmandchilik, qishloq xo\u02bbjaligi va chorvachilik bilan ham shug\u02bbullangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tyumenda Buxoro nomli rasmiy shahar-posyolkalar bo\u02bblgan. U yerdan uncha uzoq bo\u02bblmagan Emboyevlar, To\u02bbrayevlar, Madyarovlar, Merimovlar kabi qishloqlarda ham asosan Buxoro va uning atrofidan kelgan aholi istiqomat qilgan. Shuningdek, bugungi Omsk viloyati hududida ham XV-XVII asarlarda Buxorodan ko\u02bbchib kelgan xalqlarning Yalanko\u02bbl, Ulan ko\u02bbl, Kazatovo, Aybatkan, Tuzqazgan va boshqa joy nomlari mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rus hukumati ham Buxoro savdogarlarini qo\u02bbllab-quvvatlagan. Mahalliy hukumatga ularni soliqlardan batamom ozod qilish, ularga hurmat-ehtirom ko\u02bbrsatish vazifasi yuklatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rus hukumatiga sibir yerlarini o\u02bbzlashtirishda buxorolik savdogarlarga ehtiyoj tug\u02bbilgan. Ular ming yillardan beri savdogarlik ilmi va an\u02bcanalarini asrab kelayotgani uchun ham, bu tadbirkorlarning malaka va tajribalarini puxta o\u02bbrganishga rus jamiyati va davlatida zarurat va ehtiyoj tug\u02bbilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVI asrning oxiridan boshlab Buxoro savdogarlari Sibir shaharlari bilan Xitoy o\u02bbrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarda muhim rol o\u02bbynagan. Ular Sibirga Xitoydan shohi matolar, uy-ro\u02bbzg\u02bbor buyumlari, chinni idishlar, choy va qullar olib kelgan. Sibirdan esa asosan mo\u02bbyna olib ketilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVII asrdan boshlab Buxoro savdogarlari Sharqiy Sibirdagi rus shaharlariga savdo-iqtisodiy xizmatlar ko\u02bbrsata boshlagan. Irkutskka 1684 yilda buxoroliklarning birinchi savdo karvoni oyrot elchiligi bilan birga 170 tuyada tovar olib kelgani haqida ma\u02bclumotlar mavjud\u00a0<a href=\"http:\/\/file\/C:\/Users\/Gumanitar\/Documents\/%D1%81%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D0%B1%D1%83%D1%85%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%202022%20%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%91%D1%80.docx#_ftn5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu mol va tovarlar asosan choy va tamakidan iborat edi. Ular qul bozorlariga qullar ham keltirib turgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, 1672 yilda Krasnoyarsk shahriga 12 nafar tadbirkor-savdogar kelgani haqida ham ma\u02bclumotlar saqlanib qolgan. Buxoro savdogarlari Sibir aholisining orasida katta nufuz va obro\u02bb-e\u02bctiborga sazovor bo\u02bblgan. 1795 yildagi 5-ro\u02bbyxatga olish taftishida 1370 nafar tatarlar nomi ostidagi aholining 1218 nafari buxorolik edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVIII asrda Buxoroda jami 20000 nafar buxoroliklar istiqomat qilar edi. 1897 yilgi aholini ro\u02bbyxatga olish daftarida ularning soni 11000, 1926 yilda esa 26000 nafar deb ko\u02bbrsatilgan\u00a0<a href=\"http:\/\/file\/C:\/Users\/Gumanitar\/Documents\/%D1%81%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D0%B1%D1%83%D1%85%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%202022%20%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%91%D1%80.docx#_ftn6\">[6]<\/a>. Tar uyezdida ularning soni 11715 nafarni tashkil etgani qayd etilgan. Aslini olganda ular XVIII asrda 20000 nafarni tashkil etgan bo\u02bblsa, ajdodlarimizning bolajonligi va serfarzandligini inobatga olsak, ularning soni undan bir necha barobar ko\u02bbp bo\u02bblishi kerak edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sibir Buxoriylari keyinchalik \u201cSibir tatarlari\u201d nomi ostidagi milliy nufuzni paydo bo\u02bblishida katta rol o\u02bbynagan. \u201cBuxorolik\u201d degan milliy-hududiy an\u02bcana 1930 yillardagi hujjatlarda ham uchrab turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular oxirgi marta 1926 yilda ro\u02bbyxatga olingan. Keyinchalik Sovet davlatining yagona xalq yaratish g\u02bboyasi tufayli alohida qayd etilmasdan aralashtirib yuborilgan. Turkiston qishloqlaridan borgan aholi uzoq yillik tarixiy aralashishlar davrida o\u02bbzlarining asl tillarini unutishgan, lekin qaysidir ma\u02bcnoda urf-odatlarini saqlab qolgan va ularning orasida hali hanuzgacha turkistonliklarni eslatadigan shaxslar uchrab turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sibir xalqlarining ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotini shakllantirishda Sibir Buxoriylarining o\u02bbrni va roli katta bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aynan ular Sibirda birinchi bo\u02bblib o\u02bbquv muassasasi \u2013 madrasa va kutubxona tashkil etgan\u00a0<a href=\"http:\/\/file\/C:\/Users\/Gumanitar\/Documents\/%D1%81%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D0%B1%D1%83%D1%85%D0%BE%D1%80%D0%B8%D0%B9%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%202022%20%D1%82%D0%B0%D0%B9%D1%91%D1%80.docx#_ftn7\">[7]<\/a>.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">V.P.Klyuyeva. Buxarskiye ob\u0449in\u044b v Sibiri (kones XVI\u00a0\u2014 nachalo XIX\u00a0vv.) \/\/Problem\u044b ekonomicheskoy i sotsialno-politicheskoy istorii dorevolyutsionnoy Rossii. Tyumen, 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">G.L.Fayzraxmanov. Buxars\u044b v Zapadnoy Sibiri v XVII \u2013 nachale XX vekov \/\/ Vestnik Bashkirskogo universiteta. 2005. \u21163.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shohista O\u02bbljayeva. G\u02bbarbiy Sibirdagi o\u02bbzbeklar tarixi va taqdiriga yana bir qisqa nazar\u2026\u00a0<a href=\"http:\/\/e-tarix.uz\/vatan-tarixi\/1082-garbiy-sibirdagi.html\">http:\/\/e-tarix.uz\/vatan-tarixi\/1082-garbiy-sibirdagi.html<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tayga.info: Kogda buxars\u044b vperv\u044bye poyavilis v Sibiri? \/\/ https:\/\/tayga.info\/162043<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/pandia.ru\/text\/77\/472\/10604.php\">https:\/\/pandia.ru\/text\/77\/472\/10604.php<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/ural.academic.ru\/1781\">https:\/\/ural.academic.ru\/1781<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sibirskiye buxars\u044b. Istoriya ischeznuvshego naroda \/\/\u00a0<a href=\"https:\/\/nuz.uz\/intervyu\/1181189-sibirskie-buharczy-istoriya-ischeznuvshego-naroda.html\">https:\/\/nuz.uz\/intervyu\/1181189-sibirskie-buharczy-istoriya-ischeznuvshego-naroda.html<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>SHAHISTAXON O\u02bbLJAYEVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TIQXMMI MTU professori, t.f.d,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0NODIRA RAHMONB\u0415RDIYEVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TIQXMMI MTU katta o\u02bbqituvchisi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>GO\u02bbZAL TOSH\u0415VA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TKTI assistenti<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G\u02bbarbiy Sibirda Buxoro amirligidan borib yashab qolgan xalqlar talaygina bo\u02bblib ular \u201cSibir Buxoriylari\u201d nomi bilan tarixda mashhur bo\u02bblgan\u00a0[1:77-85]. Sibirda yashagan O\u02bbrta Osiyoliklar xonliklar davridan oldin ham u yerda umrguzaronlik qilgan. Asrlar davomida G\u02bbarbiy Sibir deyarli Buxoro amirligining koloniyasiga aylanib qolayozgandi. Sibir Buxoriylari bu yerda yashayotgan tatarlar (aslida turkiy xalqlar) bilan so\u02bbzlashib asta-sekin o\u02bbz tillarini ma\u02bclum &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23157,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-07-28T03:43:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-07-27T09:43:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz\",\"name\":\"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg\",\"datePublished\":\"2022-07-28T03:43:17+00:00\",\"dateModified\":\"2022-07-27T09:43:36+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-07-28T03:43:17+00:00","article_modified_time":"2022-07-27T09:43:36+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz","name":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg","datePublished":"2022-07-28T03:43:17+00:00","dateModified":"2022-07-27T09:43:36+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_110.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23159&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SIBIR BUXORIYLARI TARIXIDAN"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23159"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23159"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23159\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23160,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23159\/revisions\/23160"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23157"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23159"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23159"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23159"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}