{"id":23134,"date":"2022-07-26T15:04:17","date_gmt":"2022-07-26T10:04:17","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23134"},"modified":"2022-07-26T15:04:17","modified_gmt":"2022-07-26T10:04:17","slug":"moturidiya-ta%ca%bclimoti-davomchisi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz","title":{"rendered":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbhna tarixning hali ochilmagan qanchadan-qancha siru sinoatlari bor. Istiqlol sharofati bilan dunyo tamadduniga tamal toshi qo\u02bbygan bobokalonlarimiz nomi yana qayta tiklanyapti. Ularning bir vaqtlar e\u02bctibordan chetda qolgan, qarovsiz ahvolga tushgan muqaddas qadamjolari, tabarruk maskanlari obod manzillarga aylanmoqda. Buyuk allomalarimiz mangu qo\u02bbnim topgan ziyoratgohlar ta\u02bcmirlanib, boy ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy merosi tadqiq etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiya maktabining eng yirik namoyandalaridan biri Abu Muin Nasafiy ana shunday ulug\u02bb allomalardan edi. U o\u02bbzining ma\u02bcnaviy ustozi, buyuk mutakallim imom Abu Mansur Moturidiy ta\u02bclimotini yanada rivojlantirib, bu ta\u02bclimot butun Sharq mamlakatlariga keng tarqalishida beqiyos xizmat ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muin Nasafiy boshlang\u02bbich bilimni oilada otasi va bobosidan olgan, so\u02bbngra Samarqand, Buxoro shaharlarida zamonasining peshqadam imomlari sabog\u02bbida bo\u02bblgan. Keyinchalik muayyan vaqt ushbu shaharlarda yashab, madrasalarda dars bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aqida masalalari har qanday davrda ham, har qanday jamiyatda ham alohida ahamiyat kasb etgan. Shu bois, bu muhim masala har doim ilm ahlining diqqat-e\u02bctiborida bo\u02bblib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muin Nasafiy shu yo\u02bbnalishda bir nechta asarlar yaratgan. Uning \u201cTabsirat ul-adilla\u201d asari imom Abu Mansur Moturidiy asos solgan Moturidiya ta\u02bclimotining dunyo bo\u02bbylab yoyilishiga katta xizmat qildi. Alloma bu asarida o\u02bbsha davrdagi buzg\u02bbunchi toifalarga keskin raddiyalar bildirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiyning \u201cKitob at-tavhid\u201d hamda Abu Muin Nasafiyning \u201cTabsirat ul-adilla\u201d kitobini o\u02bbzaro qiyosiy tahlil etgan olimlar fikricha, u \u201cKitob at-tavhid\u201ddan keyingi nufuzli kitob sanaladi. \u201cQasiydal-qavoid fi ilm al-aqoid\u201d asarida ham botiniy toifaga mansub kishilarning xato qarashlariga raddiyalar beradi. Shu jihatdan Abu Muin Nasafiyning bu asarlari bugungi kunda ham o\u02bbz ahamiyatini yo\u02bbqotmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arab tilini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha Fran\u00adsuz ilmiy instituti tadqiqotchilari hajmi 1000 sahifadan ortiq bo\u02bblgan \u201cTabsirat ul-adilla\u201d kitobini 1990 va 1993 yillarda Damashq shahrida ikki jild holida nashr ettirgani ham bu asarning ulkan ma\u02bcnaviy qiymatidan dalolat beradi. Ushbu nashrni tayyorlashda asarning 1269 yili Buxoroda Muhammad ibn Hasan ibn al-Husayin ismli xattot tomonidan ko\u02bbchirilgan va Misrning Iskandariya shahri, shuningdek, Qohiradagi \u201cDor ul-kutub al-Misriyya\u201d va mashhur al-Azhar universiteti kutubxonalarida saqlanayotgan mo\u02bbtabar qo\u02bblyozmalariga tayanilgan. Uning ilm ahliga yaxshi tanish bo\u02bblgan yana bir kitobi \u201cBahr al-Kalom fi ilm al-Kalom\u201d ham alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda ushbu asarning qo\u02bblyozma nusxalari Dubay, Damashq, Bag\u02bbdod, Qohira va Iskandariya shaharlaridagi kutubxonalarda saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afsuski, Abu Muin Nasafiyning hayoti va asarlari sobiq tuzum davrida umuman o\u02bbrganilmagan. Istiqlol sharofati bilan ko\u02bbplab allomalarimiz qatorida uning hayoti va asarlarini ilmiy asosda o\u02bbrganish ishlari yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Allomaning ruhi mangu qo\u02bbnim topgan manzil obod go\u02bbshaga aylantirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alloma qadamjosi obod bo\u02bbldi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari 2017 yilning 24-25 fevral kunlari Qashqadaryoga tashrifi chog\u02bbida Abu Muin Nasafiyning Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog\u02bbida joylashgan qadamjosini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratga keluvchilarga zarur sharoitlar yaratish, ushbu maskanda kutubxona tashkil etish hamda alloma asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkazish bo\u02bbyicha tavsiyalar bergan edi. Shundan so\u02bbng bu muqaddas maskanga katta e\u02bctibor qaratildi. Dastlab alloma qabri ustidagi maqbara ta\u02bcmirlanib, yanada chiroyli ko\u02bbrinishga keltirildi. Atrofi obodonlashtirilib, qadimiy yozuvlar mavjud bo\u02bblgan, keyingi paytda ancha e\u02bctibordan chetda qolgan qabr toshlari tartib bilan terib chiqildi. Maqbara yonidan joy olgan eski masjid ham qayta ta\u02bcmirlanib, naqshinkor bezaklar solindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Bu yerda kichikroq masjid bo\u02bblib, ta\u02bcmirtalab ahvolga kelib qolgandi, \u2014 deydi mazkur ziyoratgoh xodimi Shavkat Karimov. \u2014 Adashmasam, bu masjid ancha yillar ilgari bunyod etilgan. Shu bois, maskandagi bunyodkorlik ishlari davrida unga ham e\u02bctibor qaratildi. Joyi alloma maqbarasiga juda yaqin bo\u02bblib qolgani uchun biroz naridan yangi, 320 o\u02bbrinli zamonaviy, yorug\u02bb va shi\u00adnam masjid qurildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ming yoshli tut<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ziyoratgoh hovlisidagi keksa tut daraxtining yoshi ming yildan oshgan. Moziyning qanchadan-qancha yaxshi-yomon kunlariga guvoh bu daraxt ko\u02bbrinishidan ming yil avval ekilganga o\u02bbxshamaydi. Bunga esa mahalliy aholi chiroyli izoh beradi: qaysi manzilga odam e\u02bctibori tushib, obodonlashtirilsa, atrof go\u02bbzallashib, tabiat ham yosharib boraveradi. Shundan bo\u02bblsa kerak, bir paytlar bu joylar e\u02bctibordan chetda qolganda, daraxtlar qurib, shoxlari sinib, go\u02bbyo o\u02bbsishdan to\u02bbxtagan. Bugun esa ming yillik daraxt yana yosharib borayotir. Odamlarning gapi rostligiga ziyoratgohga borsan-giz o\u02bbzingiz guvoh bo\u02bblasiz. Keksa tut-ning yonida yana bir nechta daraxt bor. Ularning ham yoshi to\u02bbrt yuz, to\u02bbrt yuz ellik yil. Barcha daraxtlar alohida muhofazaga olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Bir paytlar o\u02bbz ilmi bilan dovruq taratgan, kishilar qalbiga ezgulik ulashgan bobomiz merosi bugun keng ko\u02bblamda o\u02bbrganilayotgani bizni quvontiradi, \u2014 deydi Qarshi tumani Qovchin qishlog\u02bbida yashovchi ijodkor Nuriddin Egamov. \u2014 Shunday ulug\u02bb alloma bilan faxrlanamiz. Uning kitoblarini o\u02bbqib, o\u02bbrganib bormoqdamiz. Bir paytlar mutafakkir bobomiz qadamjosiga e\u02bctibor umuman yo\u02bbq edi. Bugun esa aziz va mo\u02bbtabar maskanga, go\u02bbzal joyga aylandi. Qishlog\u02bbimiz ham obod bo\u02bblib, o\u02bbzgacha chiroy ochdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>XI asrda qazilgan quduq<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas qadamjo hovlisi o\u02bbrta-sidagi quduq oldiga bir muddat to\u02bbxtarkansiz, uning tubiga termilgancha xayolga berilishingiz tabiiy. Tarixi XI asrga borib taqaladigan bu quduq ne-ne allomalaru qanchadan-qancha ahli donishlar, podshohu gadolarning chanqog\u02bbini qondirgan. Undan bir qultum suv ichganingizda bexosdan qulog\u02bbingizga olis moziydan karvon qo\u02bbng\u02bbirog\u02bbi jarangi, Buyuk ipak yo\u02bbli orqali Buxoro tomon ketayotgan tuyalarning bu tabarruk maskan tomon burilgani, ziyorat istagida shoshilayotgan odamlarga ko\u02bbzingiz tushgandek bo\u02bbladi. Ko\u02bbz oldingizdan o\u02bbtayotgan xayoliy tasvirlar bu yerda necha bor amalda takrorlangan bo\u02bblsa ajabmas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, bu quduq bir paytlar og\u02bbziga katta tosh bostirilib, yopib tashlangan. Uning ustiga supa qilinib, Ikkinchi jahon urushi yillarida odamlar paxta dalasida ishlab, shu yerda dam olgan. 1950-yillarga kelib qishloq keksalaridan biri supa tagida quduq borligini aytib qoladi. Qishloq ahli supani buzib, tagidan katta tosh bilan yopib qo\u02bbyilgan quduqni topadi. Shundan so\u02bbng quduq atrofi tozalanib, tuyalarga qovg\u02bba bog\u02bblab, charx yordamida bir necha kun suv tozalanadi. Aholi esa bu quduqdan foydalana boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi paytda ziyoratgohdagi keng ko\u02bblamli bunyodkorlik ishlari natijasida yangi zamonaviy tipdagi 320 o\u02bbrinli masjid qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, maskanda yangi kutubxona ham bor. Bu yerga tashrif buyuruvchilar kutubxona fondida saqlanayotgan ikki mingga yaqin badiiy adabiyot, ilmiy va ma\u02bcrifiy kitobni o\u02bbqib, Nasafiyning noyob asarlaridan bahramand bo\u02bblishi mumkin. Yaqin atrofdagi mahallalarning bolalari uchun kutubxona eshiklari doim ochiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ziyoratgohda tashkil etilgan muzeyda qadimgi Samarqand qog\u02bboziga bitilgan Qur\u02bconi karimning asl nusxasi, matoga to\u02bbqib yozilgan muqaddas oyatlar, Abu Muin Nasafiy qalamiga mansub qo\u02bblyozmalar, tarixchi olimlarning kitoblari saqlanmoqda. Allomaning hayoti va asarlari multimedia vositalari orqali aks ettirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Aqida ilmi maktabi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir davrda bo\u02bblgani kabi bugun ham jaholatga asir kuchlar, razolat botqog\u02bbiga botgan oqimlar o\u02bbz maqsadlariga erishish yo\u02bblida muqaddas islom ta\u02bclimotini teskari talqin etib, undan qurol sifatida foydalanishga intilmoqda. Bu oqimlar o\u02bbzlaricha to\u02bbg\u02bbri deb ilgari surayotgan yolg\u02bbon aqidalar, asossiz da\u02bcvolarga qarshi kurashish kuchli isbotlangan ilmiy xulosa, raddiyalar bitilgan manbalarni talab etadi. Bunday raddiyalarni Abu Muin Nasafiy kabi allomalarimiz ilmiy merosidan topamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aqida ilmining buyuk namoyandalaridan biri, islom dini sofligini saqlashga qaratilgan ko\u02bbplab ilmiy asarlar muallifi Abu Muin Nasafiy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini tadqiq etish, asarlaridagi bugungi kun uchun eng dolzarb hikmatlarni yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Davlatimiz rahbari topshirig\u02bbiga asosan, 2017 yil noyabr oyidan O\u02bbzbekiston musulmonlar idorasi Qashqadaryo viloyatidagi vakilligi binosida aqida ilmi maktabi ish boshladi, \u2014 deydi vakil o\u02bbrinbosari Muhammadi Qorayev. \u2014 Dastlab 11 o\u02bbquvchi qabul qilingan bu maktabda buyuk mutafakkirlarimiz Imomi A\u02bczamning \u201cFiqh ul-akbar\u201d, So\u02bbfi Olloyorning \u201cSabot ul-ojizin\u201d, Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning \u201cHidoya\u201d, Imom Najmiddin Umar an-Nasafiyning \u201cAqoidi Nasafiy\u201d, Imomi Tahoviyning \u201cAqidat ut-tahoviy\u201d hamda Abu Muin Nasafiyning \u201cAt-tamhid li qova\u02bcidit tavhid fi ilm il-kalom\u201d, \u201cTabsirat ul-adilla\u201d, \u201cBahr ul-kalom fi ilm il-kalom\u201d kitoblari o\u02bbqitilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, yoshlarimizni turli diniy-siyosiy oqimlarning buzg\u02bbunchi g\u02bboyalaridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda Abu Muin Nasafiy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Akbar RAHMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d muxbiri<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 26 iyul, 150(672) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko\u02bbhna tarixning hali ochilmagan qanchadan-qancha siru sinoatlari bor. Istiqlol sharofati bilan dunyo tamadduniga tamal toshi qo\u02bbygan bobokalonlarimiz nomi yana qayta tiklanyapti. Ularning bir vaqtlar e\u02bctibordan chetda qolgan, qarovsiz ahvolga tushgan muqaddas qadamjolari, tabarruk maskanlari obod manzillarga aylanmoqda. Buyuk allomalarimiz mangu qo\u02bbnim topgan ziyoratgohlar ta\u02bcmirlanib, boy ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy merosi tadqiq etilmoqda. Moturidiya maktabining eng yirik namoyandalaridan biri &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23133,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-07-26T10:04:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz\",\"name\":\"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2022-07-26T10:04:17+00:00\",\"dateModified\":\"2022-07-26T10:04:17+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-07-26T10:04:17+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz","name":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg","datePublished":"2022-07-26T10:04:17+00:00","dateModified":"2022-07-26T10:04:17+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/20220726_yuz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23134&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTI DAVOMCHISI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23134"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23134"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23134\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23135,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23134\/revisions\/23135"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23133"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23134"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23134"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23134"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}