{"id":23128,"date":"2022-07-26T10:15:20","date_gmt":"2022-07-26T05:15:20","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23128"},"modified":"2022-07-26T10:15:31","modified_gmt":"2022-07-26T05:15:31","slug":"qutayba-ibn-muslim-maqbarasi-haqida-yangi-ma%ca%bclumotlar-qadimshunoslar-mulohazalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz","title":{"rendered":"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">amol al-Qarshiyning \u201cMulxakat as-Surax\u201d asarida Markaziy Osiyoning VIII-XIII asrlar tarixiga oid ko\u02bbplab qiziqarli voqealari qatorida Qutayba ibn Muslim to\u02bbg\u02bbrisida ham ma\u02bclumotlar qoldirilgan. Unda yozilishicha,\u00a0<strong>Ganam Abu Xafs Qutayba ibn Muslim ibn Amr al-Baxili\u00a0<\/strong>(660-715 yillar yashagan) taniqli arab lashkarboshisi, O\u02bbrta Osiyoda islom dinining tarqalishida faol qatnashgan tarixiy shaxs bo\u02bblgan [1]. Bunga qo\u02bbshimcha tarzda boshqa bir manbada Qutayba ibn Muslim \u2013 mashhur arab lashkarboshisi va Xuroson amiri bo\u02bblgani, 705-715 yillarda Marvda hukm surgani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot berilgan [2:335].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ma\u02bclumotlar arab manbalarida ancha keng yoritilgan ko\u02bbrinsa-da, ularning aksariyat qismi bir-birini takrorlaydi [3:125,5:268,8:416]. Shunday manbalardan biri al-Balozuriyning \u201cFutux al-Buldon\u201d asari hisoblanadi. Bu asarga berilgan \u201cIzohlar\u201d qismida kitobni nashrga tayyorlovchilar keltirgan 145-izohda Qutayba ibn Muslim al-Baxili to\u02bbg\u02bbisida qisqa ma\u02bclumot berilgan. Bu ma\u02bclumotlar shuningdek, at-Tabariy, Ibn-Xallikan, az-Zarakli kabi mualliflarning asarlarida ham uchrashiga havola yozilgan [5:65]. Kitobda Qutayba ibn Muslim al-Baxilining 669 yilda tug\u02bbilgani, uning otasi xalifa Yazid davrida taniqli inson bo\u02bblgani aytiladi. Qutayba xalifa Abdul Malik ibn Marvon davrida Ray shahrining noibi, 704 yildan vafotiga qadar Xuroson o\u02bblkasiga voliy-hokim bo\u02bblgani to\u02bbg\u02bbrisida ham ma\u02bclumot qoldirilgan. Shuningdek, manbada Qutaybaning 715 yilda Farg\u02bbonada bo\u02bblgani, xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko\u02bbtargani, lekin askarlari uni qo\u02bbllab-quvvatlamagani va ular Qutaybani o\u02bbldirgani bayon qilinadi [4:65].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir manba muallifi \u2013 Jamol al-Qarshiyning yozishicha, 715 yilning avgust oyida \u201cQutayba qo\u02bbzg\u02bbaloni\u201d [7:108] paytida o\u02bbz lashkarlari xalifa Sulaymon ibn Abd al-Malik (715-717 yillar)ning amr farmoniga ko\u02bbra o\u02bbldiradi [5:119].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada Olma-otada chop etilgan Jamol al-Qarshiyning \u201cal-Mulxakat bi-s-surax\u201d asarida quyidagicha ma\u02bclumotlarni ko\u02bbrish mumkin: \u201cAbu Xafs Qutayba ibn Muslim ibn Amr al-Baxili 716 yil zulhijja oyining 26 sida, ya\u02bcni chorshanba kuni Farg\u02bbonada o\u02bbldirilgan va Kalij qishlog\u02bbida dafn etilgan\u201d [8:114].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda Qutayba ibn Muslimning tug\u02bbilgan sanasi va vafot etgan vaqti borasidagi ma\u02bclumotlarga e\u02bctibor qaratish lozim ko\u02bbrinadi. Ko\u02bbplab ma\u02bclumot beruvchi manba va adabiyotlarda uning tug\u02bbilgan sanasi haqida alohida ma\u02bclumot uchramaydi. Faqat birgina manbaning izohlar qismida uning tug\u02bbilgan yili 669 yil ekaniga ishora qilingan [6:65]. Yana shu manbaning o\u02bbzida uning 55 yoshda vafot etgani yoziladi [6:32]. Shuningdek, boshqa manbalarda ham u 715 yilda o\u02bbldirilgani, u vafot etgan vaqtda 55 yoshda ekani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlar qoldirilgan [9:76,10:55,11:487]. Ochiq ensiklopediya hisoblangan Vikipediyada Qutayba ibn Muslimning tug\u02bbilgan sanasi 668 yil sifatida kiritilgan [13]. Ayrim internet sahifalarida Qutayba ibn Muslimning 661 yilda tug\u02bbilgani, u Movarounnahrda 13 yil hukmronlik qilgani va 48 yoshida shahid ketgani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlar keltirilgan [14].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu jihatdan manbalarga e\u02bctibor qaratgan holda 715 yil Qutayba ibn Muslimning vafot etgan sanasi bo\u02bblsa, u vafot etgan vaqtda 55 yoshda bo\u02bblgani nazarda tutilsa, Qutayba ibn Muslim 660 yilda tavallud topgani eng to\u02bbg\u02bbri sana bo\u02bblishi kerak, deb o\u02bbylaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbplab tarixiy manbalarda Qutayba ibn Muslim hozirgi Andijon viloyati Jalaquduq tumani Paxtakor fermerlar uyushmasiga qarashli Qilichmozor (bu termin turli manbalarda Kulidj, Qlich, Kulidj-Mazar, ko\u02bbrinishlarida uchraydi) qishlog\u02bbi hududida joylashgan qabristonda dafn etilgan deyiladi [5:108]. Bu fikrni taniqli sharqshunoslar V.V.Bartold, B.G\u02bbofurov, B.Axmedovlar ham tan olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo ta\u02bckidlash joizki, Qutayba ibn Muslimning halok bo\u02bblgan joyi va uni qabri adabiyotlarda ayrim manbalarga havola qilingan holda turli joylarda ko\u02bbrsatiladi. Masalan, Balozuriy o\u02bbz asarida (IX asr) keltirgan arab shoiri Ibn Juman al-Baxilining she\u02bcrida qabr Xitoyda deyilsa, Tabariyda (X asr) Xurosonda deyiladi. Yana bir manba Narshaxiyning \u201cBuxoro tarixi\u201dda (XII asr) Qutayba ibn Muslim qabri Farg\u02bbona vodiysida ekani qayd etiladi [15:170-171]. Arxeolog V.A.Shishkin, etnograf O.A.Suxareva Qutayba ibn Muslimning Buxorodagi qabri haqida xabar beradi. Ammo Sadriddin Ayniy bu fikrga e\u02bctiroz bildirib, Qutaybaning Buxoroda mozori emas, qadamjosi bo\u02bblganini ta\u02bckidlaydi [15:171]. Jamol al-Qarshiyning yozishicha, Qutayba ibn Muslim Kulidj qishlog\u02bbidagi qadimgi qabristonga qo\u02bbyilgan [8:114-115]. Boshqa bir manbada arab sarkardasi Sarxangning karvon saroyi yaqinidagi Kox qishlog\u02bbiga dafn etilgan [10:55]. Mashhur sharqshunos V.V.Bartold Kulidj va Kox atamalari bir ma\u02bcnoga ega ekanini, faqat Kulidj (Klich) so\u02bbzi arab alifbosida Kox deb, buzib yozilganini aytadi. Boshqa bir manbaga ko\u02bbra, Qutayba Ustrushonaning Mink degan joyida halok bo\u02bblgan [15:171].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida ta\u02bckidlaganimizdek, Jamol al-Qarshiy aytgan fikr, ya\u02bcni Qutayba ibn Muslim Kulidj (Qlich, Qilich bir-birlariga yaqin) qishlog\u02bbida dafn etilgan degan ma\u02bclumot haqiqatga yaqin. Qolaversa, mahalliy aholi orasida Qilich Mozor (Kulidj Mazar) atamasi uzoq vaqtdan beri keng foydalaniladi [17:26-27].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ziyoratgohda masjid va maqbara qadim davrlardan buyon mavjud bo\u02bblgan. Biroq sovetlar davridagi dinga munosabat bu ziyoratgohga ham ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Uzoq vaqt unga e\u02bctibor qaratilmagan. Onda-sonda ayrim olimu ulamolar maqbara va masjidga tashrif buyurib turgan. Hali biror marta ham bu yodgorlikning xususiyatlari ochib berilmagan, mutaxassislar tomonidan o\u02bbrganilmagan (A.K.Pisarchik bundan mustasno).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dastlab, 1925 yilda Ye.K.Betger Qilich Mozorni borib ko\u02bbrgan va 6ta me\u02bcmoriy bezak qoplamalarini qayd etgan. Bezakli qoplamalarning bittasida<strong><em>\u00a0\u201c\u2026 djumad-ul-avval oyida\u2026\u201d\u00a0<\/em><\/strong>yozuvi bitilgani aniqlangan [15:174]. 2021 yilda topilgan me\u02bcmoriy bezak qoplamalardagi (3-rasm) o\u02bbyib bitilgan yozuvlarni tadqiq etgan xattot, Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bo\u02bblim mudiri G\u02bbanijon Xoji aka Qosimovning fikricha, bezakli qoplamlarning birida\u00a0<strong><em>\u201cash-shahid\u201d\u00a0<\/em><\/strong>so\u02bbzi arab xatining<strong>\u00a0<em>suls<\/em>\u00a0<\/strong>turida yozilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1946 yilda etnograf A.K.Pisarchik Xalq tilidagi \u201cImom shayx Qutayba mozori\u201dni ziyorat qilgan. Uning yozishicha uncha katta bo\u02bblmagan maqbara pishiq g\u02bbishtdan tiklangan. Uni mashhur me\u02bcmor Yusuf Ali Musayev bir necha marta, oxirgi marta 1938 yili ko\u02bbrgan. Bu binoning portal (old kirish qismi \u2013 peshtoqi \u2013\u00a0<em>mualliflar<\/em>) qismining balandligi 4 metr, eni 3 metr bo\u02bblgan [15:172]. Uni qoldiqlari, ya\u02bcni \u201cme\u02bcmoriy bezak qoplamalari\u201dning 2ta bo\u02bblagi o\u02bbrganish uchun Toshkentga O\u02bbrta Osiyo davlat universiteti (hozir O\u02bbzbekiston Milliy universiteti) arxeologiya kafedrasi muzeyiga olib ketilgan [15:172]. Bino va uning portal (peshtoq) qismini qachon va kim bunyod etgani noma\u02bclum. Hozirgacha bu majmuada arxeologik qazishmalar olib borilmagan. Faqat ayrim arxeologlar (M.Ye.Masson) va etnograflar (A.K.Pisarchik) tashrif buyurib yodgorlikdan qoraxoniylar davriga oid materiallar yig\u02bbishgani aytiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qutayba ibn Muslim maqbarasi va masjidining hududida keyingi 100 yilda olib borilgan qurilish va ta\u02bcmirlash ishlari paytida yana bir necha me\u02bcmoriy bezak qoplamalari (plitkalar) topilgan. 2021 yil aprel-may oylaridagi obodonlashtirish va ko\u02bbkalamzorlashtirish ishlari vaqtida maqbaraning sag\u02bbana va yon qismida yangi aniqlangan ana shunday topilmalar topildi (3-rasm). Buni hisobga olib Andijon viloyati madaniy meros boshqarmasi qurilish ishlarini vaqtincha to\u02bbxtatdi. Shundan so\u02bbng ziyoratgoh hududida arxeologik kuzatuv ishlari olib borish rejalashtirildi va O\u02bbzbekiston Respublikasi madaniy meros bosh boshqarmasi arxeologiya bo\u02bblimining boshlig\u02bbi A.Yorqulov kichik hajmdagi ishlarni amalga oshirdi (maqbaraning sharqiy qismida 2&#215;1 m. hajmda chuqurligi 1-1,5 m. keladigan, janubiy tarafda 3&#215;1 va chuqurligi 0,5 m. keladigan shurflar tushirilgan).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi FA Milliy arxeologiya markazi Samarqand arxeologiya institutining alohida guruhi 2021 yilning may va iyun oylarida ziyoratgohning sharqiy tomonida, Qutayba ibn Muslim qabri atrofida 9&#215;9 metr o\u02bblchamdagi maydonda (1-rasm) arxeologik qazishma ishlarini olib bordi (6-rasm). Qazishma ishlarida Andijon viloyati Madaniy meros boshqarmasi, Bobur jamoat fondi, Qilichmozor mahalla masjidining xodimlari qatnashdi. Mavjud madaniy qatlamlar va qurilish qoldiqlari o\u02bbrganildi. Madaniy qatlamlardagi topilmalar juda kam miqdorda, asosan sopol buyumlarning mayda parchalari qayd etildi (5-rasm). Bu tushunarli holat, qadimgi maqbara, qadamjo, ibodatxona va masjidlarda xo\u02bbjalikda foydalaniladigan buyumlar (asosan sopol idishlar) kam uchraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin ziyoratgoh atrofidan ko\u02bbp sonli topilmalar aniqlangan bo\u02bblib, ular asosan Qoraxoniylar davriga oid (4-rasm). Yozma manbalarda uchraydigan \u201cRaboti Sarxang\u201d degan joyda Kox deb ataladigan qishloqqa e\u02bctibor qaratilsa, tadqiqotlar vaqtida ziyoratgohdan 700 m. shimolda Qilichmozortepa arxeologik yodgorligi joylashganini, ziyoratgohning janubi-sharqiy tomonidagi mahalliy qabriston va unga tutash yerlarda esa qariyb 5 ga. maydonni egallagan qadimgi tepalik o\u02bbrni bo\u02bblganini aniqlash mumkin (7-rasm). Fikrimizcha, aynan shu yerda qadimgi davrda, qolaversa, aynan Qutayba ibn Muslim bu hududlarga kirib kelgan vaqtda Kox qishlog\u02bbi yoki yuqorida aytilgan \u201cRaboti Sarxang\u201d degan joy bo\u02bblgan bo\u02bblishi kerak [15:172,18]. Shu atrofdagi ko\u02bbtarma materiallar va tepaliklar bundan dalolat bermoqda. Bu borada yanada aniq ma\u02bclumotlarni aytish uchun albatta kelajakda bu hududni arxeologlar to\u02bbliq o\u02bbrganishi kerak bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qabr va sag\u02bbanaga tegmagan holda olib borilgan arxeologik qazishmalar Qilichmozordagi buzilgan maqbara ostidagi qabr ko\u02bbhna ekanini va uning qurilish tarixining davriy sanalari va xususiyatlariga ko\u02bbra quyidagicha bo\u02bblganini ko\u02bbrsatmoqda:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1) Qabr ustida eng dastlabki paxsadan ko\u02bbtarilgan to\u02bbrtburchak supasimon inshoot qayd etildi: O\u02bblchamlari 280x300x380x400 sm, qalinligi 75 sm.dan 115 sm.gacha boradi (2-rasm). Sifatli loydan yaxshi pishirilgan paxsa yordamida tiklangan. Paxsa juda qattiq va yaxshi saqlangan. Supasimon inshoot pishirilgan somonli loydan bir necha marta suvalib ta\u02bcmirlangan (6-rasm).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2) Supasimon inshoot vaqti-vaqti bilan ta\u02bcmirlangan, buning uchun 26x26x4 sm, 27x27x4 va 27x27x4,5 sm. o\u02bblchamli qizg\u02bbish rangli pishiq g\u02bbishtdan qurilma ostiga terilib, inshoot kuchaytirilgan. Qabr usti inshooti \u2013 sag\u02bbana ham bir necha bor somonli loy shuvoq qilingan (hozirda saqlangan sag\u02bbana 1975 yilda tiklangan). Uni ustida 4 dona (undan 2 donasi Toshkentga olib ketilgan) me\u02bcmoriy bezak qoplamalari turgan [15:172-173].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3) Qoraxoniylar davri (X-XIII asrlar yoki 942-1212 yillar) qurilishi supacimon inshootning shimoli-sharqiy burchagida har ikki tomonda 24x24x4 cm; 25x25x4 sm; 26x26x4 sm. o\u02bblchamli och sariq rangli g\u02bbishtlardan tiklangan binoning bo\u02bblagi saqlangan (6-rasm). Bu davrdagi mahobatli bino (maqbara) mana shu supasimon inshootning ostidagi qabr bilan bog\u02bbliq bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda butun O\u02bbrta Osiyoda ulug\u02bb insonlarga qadamjo va ziyoratgohlar, maqbaralar barpo etish keng tarqalgan bo\u02bblib, Qutayba ibn Muslim uchun ham alohida maqbara qurilgan. Bu arxitektura obidasi O\u02bbrta Osiyoda keng tarqalgan bir peshtoqli (odnoportaln\u044bye) maqbaralar [20:156-178] sirasiga kirishi ehtimoldan holi emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">4) Maqbarada saqlanmagan mahobatli binoning portal (peshtoq) qismiga taalluqli me\u02bcmoriy bezak qoplamalarining bo\u02bblaklari (3-rasm) uchraydi. Bo\u02bblaklar maqbara va masjidning atrofida tarqalgan va bu hududdagi mahobatli binoga taalluqli bo\u02bblishi kerak. Bunday tipdagi portal (peshtoq) bo\u02bblaklari Urgut tumani hududida joylashgan XII asrga oid \u201cZakari Varrak\u201d nomli shaxsga atab qurilgan mahalliy aholi tilida Ravotxo\u02bbja deb aytiladigan maqbaraning kirish qismida (8.1-rasm) va X asr oxiriga oid Samarqand viloyati Nurobod tumani Tim qishlog\u02bbi Arabota mahalla fuqarolar yig\u02bbini hududida joylashgan Arab ota maqbarasining peshtoq qismida ham uchraydi (8.2-rasm). Maqbaraning ko\u02bbrki uning mahobatli peshtoqidir. Peshtoqning poyalarida kufiy yozuvi bor. Arab ota maqbarasi Movarounnahrda saqlanib qolgan eng qadimgi musulmon maqbaralaridan biri hisoblanadi. Uning peshtoqi o\u02bbsha davrda yaratilgan shu tipdagi binolarning dastlabki yetuk namunasidir. XI-XII asrlardagi arxitektura rivojiga u katta ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan [21:82,26:215-216]. Balki Qutayba ibn Muslimga atab qurilgan maqbarada ham xuddi shu usulda inshoot qurilgan bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi atrofida topilayotgan me\u02bcmoriy bezak qoplamalarining bo\u02bblaklari tayyorlanish texnikasi va o\u02bblchamlariga ko\u02bbra ikki, ya\u02bcni X-XIII va XIV-XV asrlar bilan davrlanishi mumkin. Ziyoratgohdan topilgan kvadrat shaklidagi pishiq g\u02bbishtlar o\u02bblchamlariga ko\u02bbra Qoraxoniylar va Temuriylar (?) davri qurilishi amaliyotida foydalanilgan qurilish materiallari hisoblanadi. Bu davrlarga oid kulolchilik buyumlari (4-rasm) va qo\u02bbl tegirmon toshlari qabristondan va unga yaqin hududlardan ko\u02bbplab topilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">5) 1935-1940 yillarda yengil ta\u02bcmirlash ishlari olib borilgan. 1975 yili eng so\u02bbnggisi va keng hajmlisi o\u02bbsha paytdagi Andijon viloyati rahbari Bektosh Raximov boshchiligida amalga oshirilgan. Qabr ustiga ikki xonali maqbara tiklangan. Hozirda bu maqbara buzilgan va yangisi tiklanishi rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qilichmozor qishlog\u02bbida arxeologlarning birinchi marta olib borgan qazishmalari natijasida bu yerda Qoraxoniylar davriga (X-XIII asrlar) oid katta aholi yashash makoni bo\u02bblgani (fikrimizcha, bu manbalarda keltirilgan \u201cRaboti Sarxang\u201d degan joy, ya\u02bcni hozirgi vaqtda ziyoratgohning janubi-sharqiy qismidagi tepalik) va unda mahobatli bino (masjid va maqbara) faoliyat ko\u02bbrsatgani aniqlandi. Buni bir necha gektar maydonda yoyilib yotgan Qoraxoniylar davrining kvadrat o\u02bblchamdagi pishiq g\u02bbishtlari ham tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qazishmalar jarayonida maqbaraning janubiy tomonida tushirilgan 1&#215;1 m. maydondagi va chuqurligi 0,5 m. keladigan kichik hajmli shurf ichida aniqlangan bitta tanga va qabriston hududida ko\u02bbtarma material sifatida topilgan yana bir tanga (yomon saqlangan) Samarqand arxeologiya instituti numizmat-olimlariga o\u02bbrganish uchun berilgan. Mutaxassislardan olingan (tangalarni A.Ataxadjayev o\u02bbrganib, ma\u02bclumot bergan) dastlabki ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, ulardan biri Qoraxoniylardan \u201cIloq Nasr b. Ali\u201dga tegishli bo\u02bblib, 403\/1012-1013 yillarda zarb etilgan. Ikkinchi tanga Qoraxoniylardan \u201cAxmad b. Ali\u201d (xoqon)ga tegishli bo\u02bblib, u Axsiketda, 413\/1022-1023 yillarda zarb qilingani aniqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhim topilmalardan biri yuqorida tilga olingan naqshli va arab alifbosida yozuvi o\u02bbyib gul solingan me\u02bcmoriy bezak qoplamalarining bo\u02bblaklari hisoblanadi. XX asrning 40-yillarida M.Ye.Masson Toshkentga olib ketilgan me\u02bcmoriy bezak qoplamalarining bo\u02bblaklaridan bittasini o\u02bbrganib, unga sana beruvchi yozuv bitilganini aniqlagan. Parchaga 581-589 hijriy yillariga yoki 1185-1193 milodiy yillariga to\u02bbg\u02bbri keladigan yozuv tushirilgan. Demak, qabr atrofidagi qurilish qoldiqlari XII asr oxiri bilan bog\u02bbliq. Ya\u02bcni maqbaraning qurilishi 1185 yilda boshlanib 1193 yili yakuniga yetgan, degan xulosaga kelish mumkin (Maqbarani qurilishiga eng yaqin o\u02bbxshashlik 582 hijriy yili yoki 1186 yili bitkazilgan Janubiy O\u02bbzgan maqbarasini keltirish mumkin) [15:172-174]. Uni ta\u02bcmiri esa Temuriylar davri ya\u02bcni XIV asr bilan bog\u02bbliq bo\u02bblishi mumkin. Xususan, 1375 yilda Sohibqiron Amir Temur Farg\u02bbona vodiysining sharqiy nuqtasidagi Qoraxoniylar poytaxti bo\u02bblgan O\u02bbzgan shahriga tashrif buyurgan. Aytish joizki, Amir Temur Farg\u02bbona vodiysiga sharqdan kirib kelib, O\u02bbzgand, Marg\u02bbilon, Xo\u02bbjand orqali Samarqand tomon yo\u02bbl olgani ma\u02bclum [27:82]. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Amir Temur yo\u02bblda Qutayba ibn Muslim maqbarasini ziyorat etgan bo\u02bblishi kerak. Chunki o\u02bbsha davrda Sohibqiron va uning hamrohlari islom dunyosidagi bu ziyoratgohni bilmasligi mumkin emas edi [22:206-206].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib uncha katta bo\u02bblmagan maydondagi arxeologik qazishmalar natijasida qabrning atrofidan topilgan me\u02bcmoriy bezak qoplamalarining bo\u02bblaklaridagi yozuvlar 1185-1193 yillarda (yoki 581-589 xijriy yillari), shahid bo\u02bblgan insonga bag\u02bbishlab mahobatli bino (maqbara) qurilganini ko\u02bbrsatmoqda. Bu qabr islom dinining Movarounnahrda tarqalishida jonbozlik qilgan, shu yerda halok bo\u02bblgan va shu o\u02bblkada xoki poyi qo\u02bbnim topgan Qutayba ibn Muslimga taalluqli ekani haqiqatga yaqindir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Qilichmozordagi ko\u02bbhna qabriston kamida o\u02bbn to\u02bbrt asrlik tarixga ega va Qutayba ibn Muslimning qo\u02bbnim topgan so\u02bbnggi maskani bo\u02bblgan. Chunki aksariyat yozma manbalar va olingan qo\u02bbshimcha arxeologik ma\u02bclumotlar shundan dalolat bermoqda.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Djamal al-Karshi. Mulxakat as-Surax. Perevod s arabskogo i primechaniya Saidova Abdukaxxora. \u2013Dushanbe: Irfon. 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Istaxriy. \u201cKitab al-Masalik val-Mamalik\u201d Yo\u02bbllar va o\u02bblkalar kitobi. Xuroson va Movarounnahr. Tadqiqot, arab tilidan tarjima, izoh va ko\u02bbrsatkichlar muallifi R.T.Xudayberganov. Mas\u02bcul muharrir t.f.d., prof., akademik D.Yu.Yusupova. \u2013 T.: Fan, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muxammad Narshaxi. Istoriya Buxar\u044b. Perevod s persidskogo N.L\u044bkoshina. Pod redaksiyey V.V.Bartolda. \u2013 T., Tipo-Litografiya, 1897.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Axmad ibn Yaxya ibn Djabir Al-Balazuri. Zavoyevaniye Xorosana (Izvlecheniye iz sochineniya \u201cFutux Al-Buldan\u201d). Perevod s arabskogo, predisloviye, kommentariy i ukazateli kandidata istoricheskix nauk G.Goibova. Otvetstvenn\u044by redaktor \u2013 kandidat istoricheskix nauk Yu.S.Malsev. \u2013 Dushanbe.: Donish, 1987.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Djamal al-Karshi. Mulxakat as-Surax. Perevod s arabskogo i primechaniya Saidova Abdukaxxora. \u2013Dushanbe: Irfon. 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Axmad ibn Yaxya ibn Djabir Al-Balazuri. Zavoyevaniye Xorosana (Izvlecheniye iz sochineniya \u201cFutux Al-Buldan\u201d). Perevod s arabskogo, predisloviye, kommentari 0439 i ukazateli kandidata istoricheskix nauk G.Goibova. Otvetstvenn\u044by redaktor \u2013 kandidat istoricheskix nauk Yu.S.Malsev. \u2013 Dushanbe.: Donish, 1987.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">B.X.Matboboyev, Z.Z.Mashrabov. Andijon tarixi (qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha). \u2013 T.: Sharq, 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Djamal al-Karshi. al-Mulxakat bi-s-surax (Upominaniye o nekotor\u044bx znamenit\u044bx pravitelyax i vaziryax) \/\/ Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. Otv. red. A.K.Muminov. Vvedeniye, perevod s arabsko-persidskogo, kommentarii, tekst, faksimile Sh.X.Voxidova, B.B.Aminova. \u2013 Almat\u044b: Dayk-Press, 2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muxammad Narshaxi. Istoriya Buxar\u044b. Perevod s persidskogo N.L\u044bkoshina. Pod redaksiyey V.V.Bartolda. \u2013 T., Tipo-Litografiya, 1897.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Bakr Muhammad Ibn Ja\u02bcfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. \u2013 T.: Sharq mash\u02bcali jurnaligi ilova. Sharq bayozi, 1993.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmed b. Yahya el-Bel\u00e2zur\u00ee (\u00d6l. 279\/892). Futuhu l-Buldan \/ \u00dclkelerin Fetihi. Terc\u00fcme Dr. Mustafa Fayda. Ni\u015fanca Mah. Zekai Dede Sk. No: 22 Ey\u00fcp\/\u0130stanbul. Siyer Yay\u0131nlar\u0131. 1.Bask\u0131: Ocak 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu-l-\u02bbAbbos Ahmad ibn Yahyo al-Balozuriy. Futuh al-buldon. Xurosonning fath etilishi \/ So\u02bbz boshi, arab tilidan tarjima, sharhlar, izohlar va ko\u02bbrsatkichlar muallifi Sh.S.Kamoliddin. \u2013 T.: ToshDSHI, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki\/%D0%9A%D1%83%D1%82%D0%B5%D0%B9%D0%B1%D0%B0_%D0%B8%D0%B1%D0%BD_%D0%9C%D1%83%D1%81%D0%BB%D0%B8%D0%BC\">https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki\/Kuteyba_ibn_Muslim<\/a>;\u00a0<a href=\"https:\/\/dic.academic.ru\/dic.nsf\/ruwiki\/1538088\">https:\/\/dic.academic.ru\/dic.nsf\/ruwiki\/1538088<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/samtur.uz\/na\/915-on-prines-v-samarkand-islam.html\">https:\/\/samtur.uz\/na\/915-on-prines-v-samarkand-islam.html<\/a>;\u00a0<a href=\"https:\/\/uzbekistan.travel\/ru\/o\/mavzolej-kutejby-ibn-muslima\/\">https:\/\/uzbekistan.travel\/ru\/o\/mavzolej-kutejby-ibn-muslima\/<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.K.Pisarchik. Nekotor\u044bye dann\u044bye po istoricheskoy topografii gorodov Fergan\u044b \/\/ Sbornik statey posvya\u0449yenn\u044bx iskusstvu tadjikskogo naroda. \u2013 Stalinabad. 1956.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Bakr Muhammad Ibn Ja\u02bcfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. \u2013 T.: Sharq mash\u02bcali jurnaliga ilova. Sharq bayozi, 1993.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O.Raximov. Qilichmozor qishlog\u02bbidagi ziyoratgoh \/\/ Hidoyat. 2016. \u211610.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammadjonov. O\u02bbzbekiston tarixi: 7-sinf. Qayta ishlangan uchinchi nashr. \u2013 T.: Sharq, 2017. \u2013 50 b; Sarxang \u2013 \u0633\u0631\u0647\u0646\u06af \u2013 sarhang \u2013 polkovnik \u2013 lashkarboshi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">G.A.Voskanyan. Russko-Persidskiy slovar. Okolo 30000 slov. \u2013 Moskva. Russkiy yaz\u044bk, 1986. \u2013 S. 469. Shu o\u02bbrinda manbalarda keltirilgan \u201cRaboti Sarxang\u201d degan joyni \u2013 \u201cLashkarboshi qarorgohi\u201d, \u201cLashkarboshi qo\u02bbrg\u02bboni\u201d deb ham talqin qilish mumkin.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">S.Xmelniskiy. Mejdu arabami i tyurkami. Ranneislamskaya arxitektura Sredney Azii. \u2013 Berlin-Riga. 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.Arapov. Uzbekistan \/ Xudojestvennaya kultura Sentrlnoy Azii i Azerbaydjana IX-XV vv. Tom IV. Arxitektura. \u2013 Samarkand-Tashkent: MITSAI, 2013. \u2013 S.180; B.Usmonov. Farg\u02bbona vodiysi Amir Temur va Temuriylar davrida. \u2013 Farg\u02bbona: Farg\u02bbona nashriyoti, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">S.Jalilov. Soxibqironning Farg\u02bbonaga tashrifi (ixcham tadqiqot) \/\/ Imom al-Buxoriy saboqlari. 2002. \u21163.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Bakr Muxammad ibn Dja\u02bbfar an-Narshaxi. Ta\u02bbrix-i Buxara. Istoriya Buxar\u044b. Vstupitelnaya statya D.Yu.Yusupovoy. Perevod, kommentarii i primechaniya Sh.S.Kamoliddina. Arxeologo-topograficheskiy kommentariy Ye.G.Nekrasovoy. \u2013T.: SMI-ASIA, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu-l-\u02bbAbbos Ahmad ibn Yahyo al-Balozuriy. Futuh al-buldon. Xurosonning fath etilishi \/ So\u02bbz boshi, arab tilidan tarjima, sharhlar, izohlar va ko\u02bbrsatkichlar muallifi Sh.S.Kamoliddin. \u2013 T.: ToshDSHI, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Taniqli matnshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vahob Raxmon \u201cBoburnoma\u201dda keltirilgan \u201cRabotaki Urchini\u201d va mazkur termin, ya\u02bcni \u201cRaboti Sarxang\u201d har ikkisi bir xil atama bo\u02bblib, \u2013 \u201cIkki suv orasi\/dagi makon\u201d ma\u02bcnosini beradi, deb hisoblaydi;\u00a0<em>2)<\/em>\u00a0Rabot \u2013 o\u02bbrta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi. Dastlab g\u02bboziylarga mo\u02bbljallab qurilgan maxsus bino. Keyinchalik rabot faqat qo\u02bbrg\u02bbon, istehkom ma\u02bcnosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.M.Prib\u044btkova. Arxitektura Sredney Azii IX-X vv. \/\/ Arxitektura stran Sredizemnomorya, Afriki i Azii. VI-XIX vv. 8-tom \/ Vseob\u0449aya istoriya arxitektur\u044b v 12 tomax. \u2013 Moskva. Izdatelstvo literatur\u044b po stroitelstvu, 1969. \u2013 S. 215-216;\u00a0<a href=\"https:\/\/e-tarix.uz\/obidalar\/998-maqola.html\">https:\/\/e-tarix.uz\/obidalar\/998-maqola.html<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">B.Usmonov. Farg\u02bbona vodiysi Amir Temur va Temuriylar davrida. \u2013 Farg\u02bbona: Farg\u02bbona nashriyoti, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>BOQIJON MATBOBOYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi FA Milliy arxeologiya markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand arxeologiya instituti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>XIKMATULLA XOSHIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi FA Milliy arxeologiya markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand arxeologiya instituti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa (PhD) doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ZAFAR RAXMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi FA Milliy arxeologiya markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>amol al-Qarshiyning \u201cMulxakat as-Surax\u201d asarida Markaziy Osiyoning VIII-XIII asrlar tarixiga oid ko\u02bbplab qiziqarli voqealari qatorida Qutayba ibn Muslim to\u02bbg\u02bbrisida ham ma\u02bclumotlar qoldirilgan. Unda yozilishicha,\u00a0Ganam Abu Xafs Qutayba ibn Muslim ibn Amr al-Baxili\u00a0(660-715 yillar yashagan) taniqli arab lashkarboshisi, O\u02bbrta Osiyoda islom dinining tarqalishida faol qatnashgan tarixiy shaxs bo\u02bblgan [1]. Bunga qo\u02bbshimcha tarzda boshqa bir manbada Qutayba &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23126,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u049a\u0423\u0422\u0410\u0419\u0411\u0410 \u0418\u0411\u041d \u041c\u0423\u0421\u041b\u0418\u041c \u041c\u0410\u049a\u0411\u0410\u0420\u0410\u0421\u0418 \u04b2\u0410\u049a\u0418\u0414\u0410 \u042f\u041d\u0413\u0418 \u041c\u0410\u042a\u041b\u0423\u041c\u041e\u0422\u041b\u0410\u0420 (\u049b\u0430\u0434\u0438\u043c\u0448\u0443\u043d\u043e\u0441\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0443\u043b\u043e\u04b3\u0430\u0437\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u049a\u0423\u0422\u0410\u0419\u0411\u0410 \u0418\u0411\u041d \u041c\u0423\u0421\u041b\u0418\u041c \u041c\u0410\u049a\u0411\u0410\u0420\u0410\u0421\u0418 \u04b2\u0410\u049a\u0418\u0414\u0410 \u042f\u041d\u0413\u0418 \u041c\u0410\u042a\u041b\u0423\u041c\u041e\u0422\u041b\u0410\u0420 (\u049b\u0430\u0434\u0438\u043c\u0448\u0443\u043d\u043e\u0441\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0443\u043b\u043e\u04b3\u0430\u0437\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-07-26T05:15:20+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-07-26T05:15:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"15 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz\",\"name\":\"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg\",\"datePublished\":\"2022-07-26T05:15:20+00:00\",\"dateModified\":\"2022-07-26T05:15:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u049a\u0423\u0422\u0410\u0419\u0411\u0410 \u0418\u0411\u041d \u041c\u0423\u0421\u041b\u0418\u041c \u041c\u0410\u049a\u0411\u0410\u0420\u0410\u0421\u0418 \u04b2\u0410\u049a\u0418\u0414\u0410 \u042f\u041d\u0413\u0418 \u041c\u0410\u042a\u041b\u0423\u041c\u041e\u0422\u041b\u0410\u0420 (\u049b\u0430\u0434\u0438\u043c\u0448\u0443\u043d\u043e\u0441\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0443\u043b\u043e\u04b3\u0430\u0437\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u049a\u0423\u0422\u0410\u0419\u0411\u0410 \u0418\u0411\u041d \u041c\u0423\u0421\u041b\u0418\u041c \u041c\u0410\u049a\u0411\u0410\u0420\u0410\u0421\u0418 \u04b2\u0410\u049a\u0418\u0414\u0410 \u042f\u041d\u0413\u0418 \u041c\u0410\u042a\u041b\u0423\u041c\u041e\u0422\u041b\u0410\u0420 (\u049b\u0430\u0434\u0438\u043c\u0448\u0443\u043d\u043e\u0441\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0443\u043b\u043e\u04b3\u0430\u0437\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u049a\u0423\u0422\u0410\u0419\u0411\u0410 \u0418\u0411\u041d \u041c\u0423\u0421\u041b\u0418\u041c \u041c\u0410\u049a\u0411\u0410\u0420\u0410\u0421\u0418 \u04b2\u0410\u049a\u0418\u0414\u0410 \u042f\u041d\u0413\u0418 \u041c\u0410\u042a\u041b\u0423\u041c\u041e\u0422\u041b\u0410\u0420 (\u049b\u0430\u0434\u0438\u043c\u0448\u0443\u043d\u043e\u0441\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0443\u043b\u043e\u04b3\u0430\u0437\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-07-26T05:15:20+00:00","article_modified_time":"2022-07-26T05:15:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"15 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz","name":"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg","datePublished":"2022-07-26T05:15:20+00:00","dateModified":"2022-07-26T05:15:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u049a\u0423\u0422\u0410\u0419\u0411\u0410 \u0418\u0411\u041d \u041c\u0423\u0421\u041b\u0418\u041c \u041c\u0410\u049a\u0411\u0410\u0420\u0410\u0421\u0418 \u04b2\u0410\u049a\u0418\u0414\u0410 \u042f\u041d\u0413\u0418 \u041c\u0410\u042a\u041b\u0423\u041c\u041e\u0422\u041b\u0410\u0420 (\u049b\u0430\u0434\u0438\u043c\u0448\u0443\u043d\u043e\u0441\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0443\u043b\u043e\u04b3\u0430\u0437\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/ibnmuslim.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23128&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI HAQIDA YANGI MA\u02bcLUMOTLAR (qadimshunoslar mulohazalari)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23128"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23128"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23128\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23129,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23128\/revisions\/23129"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23126"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23128"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23128"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23128"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}