{"id":23040,"date":"2022-07-19T09:29:44","date_gmt":"2022-07-19T04:29:44","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23040"},"modified":"2022-07-19T09:29:44","modified_gmt":"2022-07-19T04:29:44","slug":"samarqand-hadis-va-kalom-ilmi-maktablarining-ijtimoiy-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz","title":{"rendered":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2017 yil 15 iyunda Toshkent shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan \u201cIjtimoiy barqarorlikni ta\u02bcminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash \u2013 davr talabi\u201d mavzusidagi videoselektor yig\u02bbilishida bergan tavsiya va ko\u02bbrsatmalari asosida Samarqandda Hadis va Kalom ilmi maktablari tashkil etildi. Bu ilm dargohlarida ko\u02bbplab talabalar ta\u02bclim olib, aqida va hadisga oid asarlarni puxta o\u02bbrganmoqda va xalqimiz ma\u02bcnaviyatini oshirishga katta hissa qo\u02bbshmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tashkil qilingan bu maktablar uzoq o\u02bbtmishning bugungi kunimizdagi davomi desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi. Chunki, bu maktablar buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy va Imom Moturidiy asos solgan maktablarning bevosita davomchisidir. Moturidiylik kalom maktabi nafaqat Movarounnahr diyori, balki butun dunyo musulmonlari e\u02bctiqod qiladigan ta\u02bclimotga asos bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz bildirgan taklifdan kelib chiqib, 2017 yil 8 noyabrda O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi va Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raislarining bevosita ishtiroki va ko\u02bbrsatmasiga binoan, Samarqandda Kalom ilmi va Hadis ilmi maktabi o\u02bbz faoliyatini boshladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2017-2018 o\u02bbquv yilida bu maktablarga Samarqand viloyatidan imtihon asosida tanlab olingan imom xatiblar, noib imomlar va erkin tinglovchilar jalb qilindi. Ilmiy maktablarda dars mashg\u02bbulotlarini olib borish va tinglovchilarga sof e\u02bctiqodni singdirish maqsadida Kalom ilmi maktabiga 6 nafar, Hadis ilmi maktabiga 5 nafar tajribali o\u02bbqituvchi-mudarrislar tanlab olinib, O\u02bbMI buyrug\u02bbi asosida dars mashg\u02bbulotlarini olib bordi. Tinglovchilar matn o\u02bbqish, matnni yod olish, ilmiy mulohaza qilish, sof aqida asosida targ\u02bbibot ishlarini amalga oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari bo\u02bbyicha yetarli bilim va ko\u02bbnikmaga ega bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maktablarda aqida ilmiga oid Imom A\u02bczamning \u201cFiqhul akbar\u201d, Imom Nasafiyning \u201cAqidatun Nasafiyya\u201d, Imom Tahoviyning \u201cAqidatut Tahoviyya\u201d, Sirojiddin O\u02bbshiyning \u201cBad\u02bcul amoliy\u201d, Mullo Aliy Qoriyning \u201cSharhul fiqhil akbar\u201d, Sa\u02bcduddin Taftazoniyning \u201cSharhu aqoidin Nasafiyya\u201d, Shujoiddin Turkistoniyning \u201cSharhu aqidatit Tahoviyya\u201d, Mullo Aliy Qoriyning \u201cZav\u02bcul maoliy\u201d, Imom Moturudiyning \u201cKitobut tavhid\u201d asarlari, hadisga oid Imom Buxoriyning \u201cAdabul mufrad\u201d va \u201cSahihul Buxoriy\u201d asarlari o\u02bbqitilmoqda. Shu bilan bir qatorda faroiz ilmidan \u201cSirojiyya\u201d, fiqh ilmidan \u201cHidoya\u201d, usulul fiqh ilmidan \u201cUsulu Shoshiy\u201d asarlaridan ta\u02bclim berilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dars berish uslubi birinchi kitob to\u02bbliq o\u02bbqitilgandan so\u02bbng ikkinchi kitobni boshlash tarzida davom etmoqda. Ba\u02bczi matnlar o\u02bbquvchilar tomonidan to\u02bbliq yozib borilib, ularning xattotlik malakalari ham oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maktab o\u02bbqituvchi va o\u02bbquvchilari dars mashg\u02bbulotlari bilan birga ilmiy-tadqiqot, tarjima ishi va ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kalom ilmi maktabida 2018-2019 o\u02bbquv yilida 20 nafar tinglovchi ta\u02bclim oldi. Shundan 13 nafari oliy va o\u02bbrta diniy ta\u02bclim olganlar va 7 nafari erkin tinglovchi sifatida darslarda to\u02bbliq ishtirok etdi. Maktabda olib borilgan dars mashg\u02bbulotlari an\u02bcanaviy Sharqona \u201cUstoz-shogird\u201dlik uslubi asosida o\u02bbtkazildi va bu uslub o\u02bbz samarasini ko\u02bbrsatdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmi maktabida 2018-2019 o\u02bbquv yilida 20 nafar tinglovchi ta\u02bclim oldi. Shundan 1 nafari magistr, 11 nafari oliy va o\u02bbrta diniy ta\u02bclim olganlar va 8 nafari erkin tinglovchi sifatida darslarda to\u02bbliq ishtirok etdi. Tinglovchilar uchun darslik kitoblarni O\u02bbMI to\u02bbliq ta\u02bcminladi. Hozirgi paytda bu maktablarda 30ga yaqin tinglovchilar o\u02bbz bilim va malakalarini oshirib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, hamma davrda ham islomning sof g\u02bboyalariga qarama-qarshi fikrlarni ilgari surgan toifalar faoliyat yuritgan. Kalom va hadis ilmi maktabi aksariyat aholisi musulmon bo\u02bblgan xalqimizni ana shunday yot g\u02bboyalardan himoyalashga xizmat qiladi. Chunki, ko\u02bbpchilik asosan ilmsizlik oqibatida adashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kalom ilmi maktabida o\u02bbqitilayotgan kitoblarning orasida Imom Moturidiyning \u201cKitobut tavhid\u201d asari ham darslik sifatida o\u02bbqitilayotgani hozirgi ixtiloflarga barham berishga xizmat qilishiga shubha yo\u02bbq. O\u02bbshanday qiyin zamonlarda odamlarni birlashtirib, ular orasidagi ixtiloflarni sezilarli darajada kamaytira olgan bu asar hozir ham o\u02bbz kuchini yo\u02bbqotgan emas. Aksincha, kundan-kunga o\u02bbz mavqeiga ega bo\u02bblmoqda. Chunki, undagi ma\u02bclumotlar kuchli dalillar bilan isbotlab berilgan bo\u02bblib, bu dalillardan xabardor bo\u02bblgan har bir kishi adashgan toifalar aytayotgan gaplarning xato ekanini anglab yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misol tariqasida aytadigan bo\u02bblsak, alloma \u201cKitobut tavhid\u201d asarida ohod hadislarga ijtihodsiz amal qilish xato ekanini bayon qilib bunday deydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cOhod xabar \u2013 insonda ilm sobit qilish va rahmat Nabiysidan bo\u02bblgan haq ekaniga guvohlik berish borasida mutavotir xabar yetgan darajaga yetmaydi. Shunday ekan, unga amal qilish yoki amal qilmaslik ijtihod orqali va roviylarning holatlariga, odamlar ochiq amal qilgan ishlarda va insonlar tomonidan ihota qilingan xabarlarda (ya\u02bcni, mutavotir va mashhur hadislarda) joizligiga ijtihod qilish orqali vojib bo\u02bbladi. Shundan so\u02bbng, xato bo\u02bblishi ehtimoli bo\u02bblsa ham g\u02bbolib zann (mujtahidning to\u02bbg\u02bbri deb bilgan fikri)ga ko\u02bbra ikki vajhdan biriga amal qilinadi. Zero, ko\u02bbpincha ilm yo\u02bbllarining eng oliysi bo\u02bblgan his (ko\u02bbrish, eshitish, ta\u02bcm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) ilmida ham tuyg\u02bbularning zaifligi yoki his qilinuvchi narsaning uzoqligi yoki ko\u02bbz ilg\u02bbamas darajada bo\u02bblgani sababli, inson g\u02bbolib zannga ko\u02bbra amal qiladi. Demak, ohod xabarga amal qilish yoki qilmaslik vajhini o\u02bbrganish jarayonida bu xabar to\u02bbg\u02bbrisida qamrovli ilm hosil qilish mumkin emas. Mujtahid ijtihodsiz qaysi vajhga moyil bo\u02bblsa ham baribir xabarning haqqidan yuz o\u02bbgirgan bo\u02bbladi. Shuning uchun, u ikki vajhda (amal qilish yoki qilmaslikda) ham ijtihod qilishi lozim bo\u02bbladi\u201d [2:71].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturudiy aynan hozirgi yangi chiqqan toifalarning: \u201cBiz hadislarning zohiriga ko\u02bbra amal qilamiz\u201d, degan so\u02bbziga raddiya berib, ohod hadislarga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri amal qilish hadisning haqqidan yuz o\u02bbgirish bo\u02bblib qolishi haqida so\u02bbz yuritmoqda. Chunki, ohod hadis insonda zarracha shubha qoldirmaydigan qat\u02bciy ilmni paydo qilish borasida mutavotir hadis yetgan darajaga yetmaydi. Qolaversa, ohod hadislar ba\u02bczan bir-biriga xilof tarzda keladi. Shuning uchun mujtahid ohod hadislarni yaxshilab o\u02bbrganib,\u00a0 ularni qat\u02bciy dalillar (muhkam oyat va mutavotir hadislar)ga qiyoslab, so\u02bbng amal qilish yoki qilmaslikka fatvo beradi. Mujtahid xato qilgan bo\u02bblishi ham mumkin. Chunki, ohod hadislarni o\u02bbrganish jarayonida keng qamrovli ma\u02bclumot hosil qilishning iloji yo\u02bbq. Shuning uchun, mujtahid g\u02bbolib zann bilan fatvo beradi. Mujtahid to\u02bbg\u02bbri topgan, ikki ajr xato qilgan bo\u02bblsa, bir ajr olgani kabi unga ergashganlar ham har ikki holatda ajr olaveradi. Ammo, hadis ilmini chuqur bilmagan odamning oldidan chiqqan barcha hadislarning zohiriga qarab amal qilib ketaversa, hadislarga yengil yondashgani uchun gunohkor bo\u02bblishi bilan birga odamlarning orasida ixtilof ko\u02bbpayib ketishiga sababchi bo\u02bblib qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy Allohga makon bor deydiganlarga raddiya berib bunday deydi: \u201cMusulmonlar Allohga makon isbot qilish borasida ixtilof qildi. Ba\u02bczilar: \u201cAlloh Arshning ustida qaror topgan\u201d, dedi. Ularning nazdida Arsh farishtalar ko\u02bbtarib turadigan taxtdir. Ular o\u02bbzlarining bu so\u02bbzlariga Alloh taoloning:\u00a0<strong>\u201cRahmon Arshga istivo qildi\u201d<\/strong>, (Toho surasi, 5-oyat) oyatini va odamlar qo\u02bbllarini osmonga ko\u02bbtarib duo qilishlari va yaxshiliklar osmondan kelishini umid qilishini dalil qiladi. Bundan tashqari, ular o\u02bbz so\u02bbziga Alloh taoloning:\u00a0<strong>\u201cSo\u02bbng Arshga istivo qildi\u201d\u00a0<\/strong>(A\u02bcrof surasi, 54-oyat) oyatini Alloh avval Arshda bo\u02bblmay, so\u02bbng Arshda qaror topganiga dalil qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczilar: \u201cAlloh barcha makonda\u201d, dedi. Ular o\u02bbzlarining bu so\u02bbzlariga Alloh taoloning:\u00a0<strong>\u201cVa U osmonda iloh va Yerda iloh\u201d<\/strong>\u00a0(Zuxruf surasi, 84-oyat) va\u00a0<strong>\u201cBiz unga\u00a0<\/strong>(insonga)<strong>\u00a0jon tomiridan ko\u02bbra yaqinroq\u201d\u00a0<\/strong>(Qof surasi, 16-oyat) oyatlarini dalil qildi. Bundan tashqari, ular: \u201cAllohni bitta makonga nisbat berish Uni chegaralashni keltirib chiqaradi. Chunki, Allohga bir makon nisbat berilsa, u makon Undan kattaroq bo\u02bblishi va u makonning chegarasi Allohning chegarasi bo\u02bblishi lozim bo\u02bbladi. Har bir chegarali narsa esa, o\u02bbzidan kattaroq narsadan kichikroq bo\u02bbladi. Bu ayb va nuqsondir. Qolaversa, Alloh makonda degan so\u02bbzning zamirida U makonga muhtoj degan ma\u02bcno yotadi (Chunki, biz guvoh bo\u02bblgan makonli narsalarning barchasi makonsiz tura olmaydi). Rabbimiz bundan pok va oliy bo\u02bblgan zotdir\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczilar: \u201cAllohni bitta yoki barcha makon bilan vasflaganda (ya\u02bcni, Arshning Rabbi, Osmonlar va Yerning Rabbi, Olamlar Rabbi kabi so\u02bbzlarni aytganda), Alloh barcha makonni saqlab, qoim qilib turuvchi, degan ma\u02bcnonigina nazarda tutish durust bo\u02bbladi\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">(Abu Mansur Moturidiy aytadi):\u00a0<strong>\u201cOsmonlar va Yerning mulki Unikidir\u201d\u00a0<\/strong>(Baqara surasi, 107-oyat), deb borliqning hammasini Allohga nisbat berilishi yoki\u00a0<strong>\u201cOsmonlar va Yerning Rabbi\u201d\u00a0<\/strong>(Maryam surasi, 65-oyat),\u00a0<strong>\u201cHamd olamlarning Rabbi uchundir\u201d\u00a0<\/strong>(Fotiha surasi, 1-oyat), deb Alloh taoloni borliqning hammasiga nisbat berilishi Alloh taoloni buyuklik va oliylik bilan vasflash ma\u02bcnosida keladi.\u00a0<strong>\u201cAlloh albatta, taqvodorlar bilan birga\u201d\u00a0<\/strong>(Nahl surasi, 128-oyat)<strong>, \u201cVa albatta, masjidlar Alloh uchundir\u201d\u00a0<\/strong>(Jin surasi, 18-oyat), deb xos narsalarni Allohga nisbat berilishi ularni o\u02bbz jinsdoshlariga nisbatan afzallik va ulug\u02bblik bilan vasflash ma\u02bcnosida keladi. Bulardan maxluqotni birini ikkinchisiga nisbat berilganda tushuniladigan ma\u02bcno tushunilmaydi. Alloh taolo makon mavjud bo\u02bblishidan oldin ham bor edi. Barcha makon yo\u02bbq bo\u02bblib ketib, U zot esa makondan oldin bo\u02bblganidek boqiy qolishi joiz ishdir. Shunday ekan, U zot makon mavjud bo\u02bblishidan oldin bo\u02bblganidek bordir. Rabbimiz o\u02bbzgarish, ko\u02bbchish va yo\u02bbq bo\u02bblishdan oliy bo\u02bblgan Zotdir. Chunki, bular hodislik belgilari va foniylik dalolatlari bo\u02bblib, olamning hodis ekani va foniy bo\u02bblishi bu belgi va dalolatlar orqali bilingandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu masalada quyidagi aslga tobe bo\u02bblinadi: \u201cAlloh taolo:\u00a0<strong>\u201cHech narsa Unga o\u02bbxshash emas\u201d\u00a0<\/strong>(Shuro surasi, 11-oyat), deb maxluqotlardan birortasi Unga o\u02bbxshash bo\u02bblishini inkor qildi. Yana Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201cRahmon Arshga istivo qildi\u201d\u00a0<\/strong>(Toho surasi, 5-oyat), deb Arshni O\u02bbziga nisbat berdi. Biz bu ikki oyatni jamlab, Alloh taoloni maxluqotlarning sifatlari bilan sifatlanishdan poklagan holda (ya\u02bcni, Alloh taoloning istivosi maxluqotlarning istivosiga o\u02bbxshamaydi, deb e\u02bctiqod qilgan holda va istivoning ma\u02bcnosini bilish bilan shug\u02bbullanmagan holda) Arshga istivo qilganini tasdiq etishimiz vojib bo\u02bbladi\u201d\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu so\u02bbzlar bilan Imom Moturidiy oyatlar orasida ziddiyat yo\u02bbqligi va ularni qanday muvofiqlashtirish kerakligini ko\u02bbrsatib bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash lozimki, Imom Moturidiyning bu asari barcha zamonda adashgan toifalarga raddiya berishda asosiy qurol bo\u02bblib qolaveradi. Mana shunday mo\u02bbtabar asarlar Kalom ilmi maktabida o\u02bbqitilayotgani hozirgi kunda uchrayotgan buzg\u02bbunchi g\u02bboyalarga qarshi turishda va ularga raddiya berishda eng samarali yo\u02bbl hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiyning asari haqida gapirar ekanmiz, muallifning qanday buyuk inson bo\u02bblgani haqida so\u02bbz ochmasdan ilojimiz yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMiftahus saodat va misbahus siyodat\u201d kitobining muallifi Toshko\u02bbprizoda u haqida shunday deydi: \u201cAhli sunna va jamoaning kalom ilmidagi raisi ikki kishidir. Ulardan biri hanafiy, ikkinchisi shofe\u02bciy. Hanafiysi \u2012 Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturidiy \u2012 imomul huda\u201d [5:68].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taniqli muarrix Kafaviy va boshqa qator mualliflarning yozishicha, Imom Moturidiy o\u02bbz zamonasidayoq \u201cImomul huda\u201d (\u201cHidoyatga boshlovchi imom\u201d), \u201cRofi\u02bcu a\u02bclomi ahlis sunna val jamoa\u201d (\u201cAhli sunna val jamoaning bayrog\u02bbini baland ko\u02bbtaruvchisi\u201d), \u201cImomul mutakkallimiyn\u201d (\u201cMutakallimlarning imomi\u201d), \u201cMusahhihu aqoidil muslimiyn\u201d (\u201c Musulmonlarning aqidalarini tuzatuvchi\u201d), \u201cShayx\u201d va \u201cImom\u201d kabi yuksak nomlarga sazovor bo\u02bblgan alloma sifatida tan olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma Abu Nasr Iyoziy, Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Nusayr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Muqotil Roziy va Muhammad ibn Fazl kabi ustozlardan ta\u02bclim olgan. Ayniqsa, uning ilm sohasida yuksalishida Samarqand hanafiy maktabining asoschilaridan Abu Bakr Juzjoniyning o\u02bbrni katta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda \u201cX-XII asrlarda Samarqanddagi yirik ilmiy markaz \u201cJuzjoniya\u201d deb nomlangani aytilgan. Aynan uning \u201cJuzjoniya\u201d deb nomlanishi Samarqandga birinchi bo\u02bblib hanafiylik mazhabini olib kirgan Abu Bakr Sulaymon Juzjoniy (vaf. IX asr) nomi bilan bog\u02bbliq. Ko\u02bbplab hanafiy tabaqotlarida Samarqand ulamolarining silsilasi Abu Bakr Sulaymon Juzjoniyga borib taqaladi\u201d [3:100], deb keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiyning shogirdlariga kelsak, ular ko\u02bbpchilikni tashkil etgan. Alloma \u201cJuzjoniya\u201d (keyinchalik \u201cIyoziya\u201d deb nomlangan) madrasasini boshqargan vaqtda minglab talabalarga dars bergan va o\u02bbsha davrdagi ko\u02bbplab olimlar undan ta\u02bclim olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aynan mana shu maktab Moturidiyya kalom maktabining asosi bo\u02bblib xizmat qilgan. Imom Moturidiy shu maktabda o\u02bbz g\u02bboyalarini ilgari surib, islomning asl mohiyatini qamrab olgan moturidiylik aqidaviy mazhabini tashkil etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi davrda Moturidiy ta\u02bclimotini batafsil o\u02bbrgangan va bu ta\u02bclimotning mohiyatini chuqur bilgan Abul Yusr Pazdaviy (vaf. 1099 y.), Abul Muin Nasafiy (vaf. 1114 y.), Saffor Buxoriy (vaf. 1134 y.), Abu Hafs Nasafiy (vaf. 1142 y.), Ali ibn Usmon O\u02bbshiy (vaf. 1173 y.), Nuriddin Sobuniy (vaf. 1184 y.) va Umar Hanafiy (vaf. 1200 y.) kabi olimlar moturidiylik ta\u02bclimotini rivojlantirish orqali bu maktabni davom ettirdi [1:466].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy hanafiylik ta\u02bclimotiga suyangan holda davr talabidan kelib chiqib, uni rivojlantirdi va islom dinining e\u02bctiqodiy asoslarini qayta ishlab chiqdi. Bu bilan u Movarounnahr islom ilohiyot maktabining rivojlanishiga katta hissa qo\u02bbshdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning qarashlari va ta\u02bclimoti \u201cKitobut tavhid\u201d va \u201cTa\u02bcvilotul Qur\u02bcon\u201d asarida bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy ilgari surgan aqida naql (Qur\u02bcon va hadis) va aql asosida qurilgan bo\u02bblib, islom ta\u02bclimotida ilk bor \u201cbilish nazariyasi\u201dni ilmiy asoslab bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Moturidiy o\u02bbzining yuksak ilmiy faoliyati bilan butun Islom dunyosida alohida e\u02bctiborga sazovor bo\u02bbldi. Hozirgi kunda dunyo musulmonlarining yarmidan ko\u02bbpi u asos solgan Moturidiya aqidaviy mazhabiga e\u02bctiqod qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiyning vafoti to\u02bbg\u02bbrisida: \u201cU Abul Hasan Ash\u02bcariy vafotidan to\u02bbqqiz yil o\u02bbtib, 333\/944 yilda vafot etgan\u201d [7:127], deb aytiladi. Haqiqatda ham Imom Moturidiy 944 yili Samarqandda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy yashagan davr islom olamida turli o\u02bbzgarishlar avj olgan, ayniqsa turli firqalar tomonidan aqidaviy buzilishlar yuzaga kelgan paytga to\u02bbg\u02bbri keldi. Shunday sharoitda u Ahli sunna va jamoa e\u02bctiqodini himoya qilib xavorij, rofiza, karromiyya, jahmiyya, mushabbiha va boshqa botil aqidalarning da\u02bcvolariga raddiyalar berdi va islomning asl mohiyatini ochib berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda tashkil qilingan Kalom ilmi va Hadis ilmi maktabi aynan Imom Moturidiy va Imom Buxoriy asos solgan maktablarning davomchisi o\u02bblaroq faoliyat olib bormoqda. Bundan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad yurtimizdan o\u02bbz ajdodlariga munosib bo\u02bblgan buyuk alloma va mutafakkirlarning yetishib chiqishidir. Bir marta bunday buyuk zotlarni yetishtirgan yurt ikkinchi marta yetishtirishi yanada osonroq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">B\u00fcy\u00fck t\u00fcrk bilgini. Im\u00e2m M\u00e2t\u00fcr\u00eed\u00ee ve M\u00e2t\u00fcr\u00eed\u00eelik. Milletleraras\u0131tart\u0131\u015fmal\u0131 \u0130lm\u00ee Toplant\u0131. Dr. Shovosil Ziyodov. M\u00e2t\u00fcr\u00eediyye doktrininin \u00f6zbekistan\u02bcda ara\u015ftirilmasi: problemler ve \u00e7\u00f6z\u00fcmler. \u0130stanbul-2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Mansur Moturidiy. Kitobut tavhid. Bakr To\u02bbpol o\u02bbg\u02bbli tadqiqi. \u2013 Bayrut: \u201cDoru sodr\u201d.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">L.Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. \u2012 T.: Toshkent islom universiteti, 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O.A.Qoriyev. Farg\u02bbona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg\u02bbinoniy. \u2012 T.: Fan, 2009.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoid ilmi va unga bog\u02bbliq masalalar. \u2012 T.: SHARQ, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. \u2013 Toshkent: \u201cHilol nashr\u201d, 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Abdurrahmon Xomis. Usuluddin inda Imom Abu Hanifa. \u2012J.1. \u2013 Saudiya Arabistoni. \u201cDorus Somiiy\u201d.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Obidjon XURSANDOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2017 yil 15 iyunda Toshkent shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan \u201cIjtimoiy barqarorlikni ta\u02bcminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash \u2013 davr talabi\u201d mavzusidagi videoselektor yig\u02bbilishida bergan tavsiya va ko\u02bbrsatmalari asosida Samarqandda Hadis va Kalom ilmi maktablari tashkil etildi. Bu ilm dargohlarida ko\u02bbplab talabalar ta\u02bclim olib, aqida va hadisga oid asarlarni puxta o\u02bbrganmoqda va xalqimiz &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23038,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-07-19T04:29:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz\",\"name\":\"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg\",\"datePublished\":\"2022-07-19T04:29:44+00:00\",\"dateModified\":\"2022-07-19T04:29:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-07-19T04:29:44+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz","name":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg","datePublished":"2022-07-19T04:29:44+00:00","dateModified":"2022-07-19T04:29:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/bukhari_buxoriy2022_108.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23040&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAMARQAND HADIS VA KALOM ILMI MAKTABLARINING IJTIMOIY AHAMIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23040"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23040"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23040\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23041,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23040\/revisions\/23041"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23038"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23040"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23040"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23040"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}