{"id":22991,"date":"2022-07-15T09:32:03","date_gmt":"2022-07-15T04:32:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22991"},"modified":"2022-07-15T09:32:03","modified_gmt":"2022-07-15T04:32:03","slug":"turkistonda-jadidlar-harakatining-rivojlanishi-va-unda-g%ca%bbozi-yunusning-tutgan-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz","title":{"rendered":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlar harakati Turkiston o\u02bblkasida tasodifan shakllanib qolgan harakat bo\u02bblmay, balki chuqur asoslarga ega, tarixiy ildizlardan oziqlangan holda vujudga keldi, shakllandi va kuchli ijtimoiy, siyosiy va amaliy mohiyatga ega bo\u02bblgan harakatga aylandi. Bu harakat bir tomondan islom dinining asoslariga, uning ma\u02bcrifatparvarlik g\u02bboyalariga, ikkinchi tomondan ilg\u02bbor ilm-fan yutuqlariga tayanishni, milliy qadriyat va o\u02bbzlikni saqlab qolgan holda zamon kishisini tarbiyalashni o\u02bbz oldiga maqsad qilib olgan edi. Bu harakatni yuzaga keltirgan yana bir omil Chor hukumati amaldorlarining Rossiyadagi musulmonlarga bepisandlik qilishi va musulmon aholini oyoq uchida ko\u02bbrsatishi va buning natijasida mahalliy musulmon qatlamida paydo bo\u02bblgan xo\u02bbrlik hissi edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Garchi chor ma\u02bcmurlari musulmonlar yashaydigan hududlarda qanday yaxshi narsalarni joriy qilgan bo\u02bblsalar, bu gimnaziyalarning ochilishi bo\u02bbladimi, zavod va fabrikalarning qurilishimi, bularning barchasini ular eng avvalo o\u02bbzlarining manfaatlari uchun amalga oshirdi. Qurol va quvvat nuqtayi nazaridan ojiz bo\u02bblgan mahalliy xalq orasidan maydonga chiqqan bir guruh taraqqiyparvarlar mustamlaka va xo\u02bbrlik balosidan xalqni qutqarish uchun jadidlar harakatiga asos soldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkistondagi jadidlar harakatining rivojlanishi ham silliq kechgani yo\u02bbq. Bu yerda ham Buxoroda bo\u02bblgani kabi jadid-qadim munozaralari, ikki qatlamning o\u02bbzaro tushunmasligi kabi muhit hukmron edi. \u201cSadoyi Turkiston\u201d gazetasining 1914-yil 23-may kungi sonida chop etilgan \u201cJadid va qadim nedur?\u201d maqolasi so\u02bbzimizga isbot bo\u02bbla oladi. Maqola muallifi Abdulloh Shoshiy jadid va qadim kalimalarida hech qanday gunoh yo\u02bbqligini ta\u02bckidlab, balki haqiqiy gunoh \u201crasmiy qabihchamiz ila odati shar\u02bciyyadadir\u201d, deydi [1:2]. Shu boisdan ham o\u02bbzaro ixtiloflarni tugatib, ikki tomon ham bir-birini eng avvalo tushunib olishlari lozimdir. Shuningdek, muallif musulmonlarning ikkinchi manbasi bo\u02bblmish hadisdan \u201cBinobarin Hazrati Imom Rabboniyni mujaddidi soniy derlar. Yani sanoyi hijriyaning ikkinchi minggida dinni jadid qilg\u02bbuvchi, rivojlantirguvchi va nusrat yuborguvchi deyiladir va ham hadisda kelibdurki, \u201cAlloh taolo hazrati yuborur va paydo qilur bu ummat marhamatining nafi uchun va dini islomning rivoji va taraqqiysi uchun har yuz yil boshida mujaddid yuboradur\u201d, misolini keltirib, ilohiy mohiyat va dinning o\u02bbzi jadidlikni ya\u02bcni islohotchilikni talab qilishini yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkistondagi jadidlar harakatining rivojlanishiga G\u02bbozi Yunus ham o\u02bbzining salmoqli hissasini qo\u02bbshdi. U ham taraqqiyparvarlar bo\u02bblgan Mahmudxo\u02bbja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Obidjon Mahmudov va boshqa shu kabi insonlarning maslak va maqsadlari yo\u02bblida xizmat qildi. U bir tomondan turli xil bid\u02bcat va xurofotlarga chirmashib ketgan islomni pok va musaffo holatga keltirish lozimligini ta\u02bckidlasa, boshqa tomondan xalqni yangi usul maktablarida o\u02bbqishga targ\u02bbib etdi. G\u02bbozi Yunus ham aksariyat ziyolilar kabi eski usul maktablari o\u02bbz\u00a0 umrini o\u02bbtab bo\u02bblganini, undan endi hech qanday foyda yo\u02bbqligini aksincha qaytaga zarar keltirishini ta\u02bckidladi. Jumladan, u o\u02bbzining \u201cEski maktablar haqinda\u201d nomli she\u02bcrida shunday yozadi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbz oching Turon eli, biz ilmsiz pomolmiz,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ish agar bu yo\u02bblda ketsa ne bo\u02bblur ahvolimiz.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi maktablar ochildi bizga lozimdur o\u02bbqish<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm olsaq yaxshi bo\u02bblg\u02bbay bizning hama af\u02bcolimiz.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eski maktab orqasida bo\u02bbldi Turkiston harob<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmsizlik orasida bitguvsi islomimiz. [2:3]<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbozi Yunus ongli musulmon sifatida islom dinining mintaqa hayotida tutgan o\u02bbrnini chuqur anglagan. U bu dinning eng yetuk vakillari bo\u02bblmish ulamolarga murojaat qilib, ulardan Turkiston xalqlarini uyg\u02bbotishni, jaholatdan ma\u02bcrifatga yo\u02bbnaltirishni, turli xil fitna va fasodlarni tugatishni so\u02bbragan. G\u02bbozi Yunus ularning asl vazifasi firqalarga bo\u02bblinib olib janjallashishda emas, balki millat va xalqni ma\u02bcrifatli qilishda ekanini ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, G\u02bbozi Yunus o\u02bbzining \u201cAl-Ulamo varasatul anbiyo\u201d (Ulamolar payg\u02bbambarlarning me\u02bcrosxo\u02bbridir) nomli maqolasida: \u201cIslom dinining qabulina musharraf bo\u02bblg\u02bbon va islomiyat tarbiya ila tarbiyalanmish har bir musulmon yuqoridagi hadisi sharifni janob sayyidil-a\u02bczam va rasuli karimimizning qavli sharifi bo\u02bblg\u02bboniyg\u02bba inonmishlar. Demakki, bir pok musulmon ulamo laqabi va a\u02bclosig\u02bba yetushkan vaqtida anbiyo sifatlari ila mutassif bo\u02bblib va anbiyolarning o\u02bbz millatlarig\u02bba fidokorona xizmatlarinda sabot etganlari kabi vorisliqg\u02bba yetushkanlari uchun din va millatlarig\u02bba fidokorona xizmatlar ila isbot huquq etsalar vorisi anbiyo bo\u02bblurlar. Ulamo laqabi va a\u02bclosig\u02bba yetushkan zoti kiromning vorisi anbiyo bo\u02bbldiqlarinda hech bir musulmonning shubhag\u02bba tushurajak yer yo\u02bbqdir. Nabiylar har birlari shaxs vohid bo\u02bbldiqlari holda sabot va matonatlarining soyasida o\u02bbz qavmlarini ruhoniyatg\u02bba da\u02bcvatlari ila barobar madaniyatg\u02bba targ\u02bbiblari soyasida o\u02bbz qavmlarini boshqa qavmlarg\u02bba qiyos qabul etilmas darajada yuqori ko\u02bbtarmishdir\u201d [3:1], deb yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbozi Yunusning fikricha olimlar o\u02bbz qavmlarining har qanday sitamlariga chidam, sabr va matonat ko\u02bbrsatib, insonlarni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solishga qanday intilgan bo\u02bblsa ulamolar ham shunday namuna ko\u02bbrsatgan holda odamlarga saodatli manzilni ko\u02bbrsatishi lozimdir. Shuningdek, ular huddi payg\u02bbambarlardek faqatgina dinga emas, balki madaniyatga ham chaqirishi, odamlarni ratsional tafakkur qilishga, olamni va ijtimoiyotni mulohaza qilishga da\u02bcvat qilishi darkor. Agar \u201c\u2026o\u02bbzlari voris bo\u02bblganlariga inonsalar Alloh A\u02bczimush-shan tarafidan berilgan bir quvvat ila millatni ittifoq va nizomg\u02bba solub Janobi Alloh, Kalomi-sharif va Rasuli Akramimiz taraflaridan ularg\u02bba omonat qo\u02bbyilmush vazifalarg\u02bba tushunib Janobi Allohg\u02bba mutavassil bo\u02bblib, millatlarig\u02bba lozim bo\u02bblg\u02bbon xizmatlarini ado etsunlar. Diniy, milliy, madaniy va siyosiy biror habar bo\u02bblg\u02bbonlarini ko\u02bbrsatub millatning o\u02bbziga munosib har bir jamiyatg\u02bba tavvodde\u02bc va zoyif etsunlar\u201d [3:2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbozi Yunus madrasalarni isloh etish masalasini ham boshqa aksariyat jadidlar singari amalga oshirilishi zarur bo\u02bblgan vazifalardan biri deb bildi. Bu to\u02bbg\u02bbrida uning o\u02bbzi: \u201cTurkistonda islohi madariys masalasi ko\u02bbpdan beri qo\u02bbzg\u02bbolg\u02bbon bo\u02bblinsada, ma\u02bclum qora kuchlarning (G\u02bbozi Yunus qora kuchlar deganda chor va bolsheviklar hukumatini nazarda tutmoqda \u2013 M.Alijonov) qarshi harakati va eskichilarning teskari tutqon yo\u02bbllari orqasida, har bir zamon kutar lekin islohi madariys tovushina chuqurroq qabr qazilur edi. Islohi madarischilar garchi Ho\u02bbqand va Toshkand shaharlarida bor bo\u02bblsa-da, eskilarning quvvati oldida chekkalarda pusib yotmoqqa majbur edilar. O\u02bbzgarish boshlanishi bilan madrasani zamonga muvofiq isloh etishni amal qilib olg\u02bbon kichkina guruhlarga nafas olish mumkin bo\u02bblib, yonlarig\u02bba tarafdorlar to\u02bbplashg\u02bba imkoniyat hosil bo\u02bbldi\u201d [4:1], deb ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1917-1918-yillarda Qo\u02bbqonning ba\u02bczi madrasalarida va Toshkentning mashhur Baroqxon madrasasida ta\u02bclimni isloh qilish tarafdorlari bosh ko\u02bbtaradi. Biroq Farg\u02bbonada boshlangan Muxtoriyat atrofidagi voqealar sabab bu ezgu niyat amalga oshmasdan qoldi. G\u02bbozi Yunusning fikricha, Toshkentdagi madrasalarni isloh qilishga harakat qilayotgan talabalar o\u02bbzlariga Baroqxon madrasasini umumiy qarorgoh qilib olib, \u201ceskilar va eskichilar\u201d bilan kurashdi. Islohot tarafdorlari madrasadan 40-50 yildan beri faoliyat olib borayotgan \u201cmuborak\u201d ho\u02bbjalarni haydab chiqarib, ularning o\u02bbrniga o\u02bbzini ko\u02bbrsata olgan, zamon zayli bilan yashab, uning talablariga javob beradigan mudarrislar ishga joylandi. Biroq \u201c&#8230;shunday bo\u02bblsa ham xalqning ruhi bilan hisoblashmoqqa to\u02bbg\u02bbri keldi, va birdan (madrasalarni \u2013 M.Alijonov) isloh etish mumkin bo\u02bblmadi\u201d [4:1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbozi Yunusning taraqqiyparvarlikka doir g\u02bboyalari ayniqsa u faoliyat ko\u02bbrsatgan \u201cIshchilar dunyosi\u201d jurnalidagi maqolalarida yaqqol namoyon bo\u02bbldi. Jurnalning birinchi sonida bosilgan \u201cMaslak va maqsad\u201d maqolasida G\u02bbozi Yunus: \u201cMaslagimiz prog\u02bbrammasini to\u02bbliq amalga oshirish, unda shariati nabaviyada ustuvor turib qo\u02bbl uchi bilan kun ko\u02bbruvchi faqir xalqimizni moddiy va ma\u02bcnaviy jihatlarini yaxshilamakka intilish, shu yo\u02bblda syezdlar, yig\u02bbinlar tashkil etish, ish borishi bilan ishchilar uchun maktablar, dorulfununlar, qiroatxonalar, shifoxonalar va madaniy muassasalar bunyod etish, sanoatni yo\u02bblga qo\u02bbyish, siyosatda chor mikroblarini surib tashlab o\u02bbrniga turk-islom siyosati o\u02bbrnatmoq yo\u02bblida jon fido etmakdir, vassalom\u201d [5:3], deb o\u02bbzining va davr taraqqiyparvarlarining maqsadini ochiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadid taraqqiyparvarlari o\u02bbzbek yoshlarini horijiy o\u02bbquv yurtlarida o\u02bbqitishni ham maqsad qilgan bo\u02bblib, ular bu yo\u02bblda xalq ilmiy tafakkurini yuksaltirish va bu omilni\u00a0 taraqqiyotning eng kuchli vositasi sifatida hal qilinishi lozim bo\u02bblgan milliy masala\u00a0 darajasiga ko\u02bbtardi. Ular Turkistonda oliy ta\u02bclim muassasalarining yo\u02bbqligi va bu borada amaliy tajriba ham pastligi sabab jadid taraqqiyparvarlari yoshlarni chet ellarda o\u02bbqitish, ayniqsa, Yevropa ilm-fani yutuqlari bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish orqali Turkistonni erk va ozodlikka olib chiqishni maqsad qilgandi. Shu maqsadda ilk marotaba 1909-yil 12-mayda Toshkentdagi Turkiston jadidlarining \u201cJamiyati xayriya\u201dsi talabalarning ilk guruhini Rossiyaning Peterburg, Saratov, Qozon, Ufa, Orenburg shaharlariga o\u02bbqishga yubordi. Bu jarayon jadallik bilan rivojlanib bordi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1909-yil 18-iyulda Buxorodagi \u201cTarbiyali atfol\u201d jamiyati shu yilning o\u02bbzida Fitrat, Usmonxo\u02bbja Po\u02bblatxo\u02bbja o\u02bbg\u02bbli, Ato Xo\u02bbja, Mazhar Burxonov kabi ko\u02bbpgina yoshlarni Istanbulga o\u02bbqishga yo\u02bbllagan [6:4]. Bu harakatlar natijasida Buxorodan Istanbulga yuborilgan talabalar soni 1911-yilda 15 nafarni tashkil etgan bo\u02bblsa, 1912-yilda 30 nafarga yetgan. Qolaversa, \u201cKo\u02bbmak\u201d tashkiloti ham o\u02bbzbek yoshlarini horijda o\u02bbqitish borasida katta ishlarni amalga oshirgan. Bu tashkilotning yuzaga kelishida Maorif komissariyati O\u02bbzbek bilim hay\u02bcati qoshidagi o\u02bbrta, oliy maktablarda o\u02bbquvchi o\u02bbzbek yoshlarining \u201cAdabiyot\u201d to\u02bbgaragi asosiy o\u02bbzak bo\u02bblib xizmat qildi [6:4]. Bu tashkilotning yuzaga kelish jarayoni to\u02bbg\u02bbrisida Salimxon Tillaxonov quyidagilarni yozadi: \u201cKo\u02bbmak\u201d uyushmasining maqsadi Turkiston talabalariga oliy tahsil asoslarini yaratmoq, horijga va ichki Rossiyaga borib o\u02bbquvchilarning ishlarini yengillashtirmoqdir\u201d [7:2]. Shuningdek, Salimxon Tillaxonov o\u02bbz maqolasida uyushma Toshkent dorulfununi va boshqa maktablarda o\u02bbqigan o\u02bbquvchilarni ta\u02bclim olishlarini samarali davom ettirishi uchun tashkil qilinganini qayd etgan. Yana Rossiya va chet ellarda talabalar uchrashi mumkin bo\u02bblgan mashaqqatlarni prognoz qilib Sayyidalixo\u02bbja, Ibrohim Orifxonov, Kamol Dadaxo\u02bbja o\u02bbg\u02bbli, Rizqi Rahimiy, Abduvohid Jahongir, To\u02bblagan Mo\u02bbmin o\u02bbg\u02bbli, Ochil Xo\u02bbja, Ahmad Shakuriy, Tohir Shokiriy, Salimxon Tillaxonlar to\u02bbplanib 1922-yil 2-mayda \u201cKo\u02bbmak\u201d uyushmasiga asos solinganini yozgan [7:2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbozi Yunus o\u02bbzining \u201cQizil bayroq\u201d gazetasidagi maqolalari orqali o\u02bbzbek yoshlarining horijda tahsil olishlari lozimligini aytib, shu maqsadda tashkil etilgan \u201cKo\u02bbmak\u201d uyushmasining faoliyatiga ham butun xalqning e\u02bctiborini qaratishga harakat qildi. Jumladan, bu gazetaning 1922-yilgi 200-sonida bosilgan \u201cSharaflik ko\u02bbmak\u201d maqolasida, \u201c\u2026eski idora vaqtida ilm yo\u02bblida ko\u02bbrgan to\u02bbsuqlarimiz to\u02bbg\u02bbrisida ko\u02bbp yozdiq, ko\u02bbp qichqirdiq, nihoyat quruq shovqun-surondan foyda chiqmaslig\u02bbini tushunib amaliy suvratda ishka boshladiq\u201d, deb [8:3] qo\u02bbllab-quvvatlaydi va keyingi yillarda o\u02bbzbek yoshlarida uyg\u02bbongan \u201cilm yo\u02bblidagi yolqinliq\u201dni\u00a0 alohida e\u02bctirof qiladi. Shuningdek, G\u02bbozi Yunus ayni vaqtda yoshlarda ilmga nisbatan uyg\u02bbongan hisni mahkam ushlab qolgan holda oldingga harakat qilish lozimligini urg\u02bbulab, \u201cMana shu hisning o\u02bbzbek yoshlarida uyg\u02bbonishi o\u02bbzbek milliyatini ilmsizlik orqasida bo\u02bbynig\u02bba o\u02bbralg\u02bbon zanjirdan qutqaza\u2026\u201d [8:3] olishligiga ishonadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbozi Yunus \u201cKo\u02bbmak\u201d uyushmasining faoliyatiga baho berib: \u201c\u201cKo\u02bbmak\u201d uyushmasi a\u02bczolari bu to\u02bbg\u02bbrida charchamasdan ishlab turadirlar. Bular hukumatdan ko\u02bbmak kutib o\u02bblturmasdan, ionalar to\u02bbplab ishka boshladi. \u201cKo\u02bbmak\u201d uyushmasi iona to\u02bbplash bilan ishning yaxshi samaralik chiqmaslig\u02bbini ko\u02bbzda tutib hukumatimizdan ko\u02bbmak so\u02bbrab tegishlik o\u02bbrunlarg\u02bba murojaat qildi. Shuning bilan barobar qo\u02bbshni jumhuriyatlarga ham ko\u02bbmak so\u02bbrab murojaat qilg\u02bbon edi. Bu murojaatga birinchi quchoqni Buxoro hukumati ochdi. Buxoro hukumati \u201cKo\u02bbmak\u201d uyushmasi a\u02bczolaridan ikki kishini [6:9] o\u02bbz masorifi bilan chet ellarda o\u02bbqutishni o\u02bbz ustiga oldi. Eshitishimizga qarag\u02bbonda Buxoro hukumati Turkistondan yana ikki o\u02bbquvchi yuborishni o\u02bbz ustiga olg\u02bbon. Har holda Buxoro hukumatining bir qarindoshliq muruvvatini butun Turkiston xalqi esidan chiqormaydur\u201d, deb ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, yuqoridagi ishlarni taraqqiyparvar ziyolilarning ko\u02bbpchiligi qizg\u02bbin qo\u02bbllab-quvvatladi, biroq oradan ozgina fursat o\u02bbtmasdan horijda tahsil olayotgan talabalarning kam-ko\u02bbstlari uchun\u00a0 yig\u02bbilgan pul juda oz ekani ma\u02bclum bo\u02bbldi. Bu haqda G\u02bbozi Yunus: \u201cRossiyada o\u02bbqig\u02bbuvchi talabalarimizning soni borg\u02bbon sari ko\u02bbpayishi aniqdir. Bultur butun Rossiyada Turksitonlik o\u02bbqig\u02bbuvchilar 20ga yetmagani holda, bu yilgi o\u02bbqush vaqtida (agar borg\u02bbuvchi o\u02bbquvchilarg\u02bba turli to\u02bbsiqlar bo\u02bblmasa) 200dan oshishi mumkindir. Bultur Moskovda va Peterburgda o\u02bbqig\u02bbuvchi talabalarimizning maishiy va o\u02bbqush asboblari yetishmagani orqasida, ularning qandog\u02bb qiyin hollarg\u02bba tushkanliklari ko\u02bbpimizga ma\u02bclumdir\u201d [9:2], deb xabar beradi va barchani talabalar uchun ionalar to\u02bbplashga chaqiradi. G\u02bbozi Yunus talabalarning iqtisodiy muammolarini hal qilish uchun: \u201cRossiyada o\u02bbqig\u02bbuvchi talabalarimiz uchun, o\u02bbzimizdan to\u02bbplang\u02bbon nalog\u02bblardan bir miqdorini chiqarish kerak. Hamda o\u02bbzimizning milliy boylig\u02bbimiz bo\u02bblg\u02bbon vaqflarning yillik daromadidan bir qismini ajratib, Rossiyada o\u02bbqig\u02bbuvchi talabalarimizni ovqat, kiyim va o\u02bbqush qurollari bilan ta\u02bcmin etishimiz kerak. Bundan boshqa hech chora yo\u02bbqdir\u201d, deb yechim taklif qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xullas G\u02bbozi Yunus jadid va faol jamoat arbobi sifatida XX asrning boshidagi taraqqiyparvarlik jarayonlarida faol ishtirok etdi. U jadid taraqqiyparvarlari qatorida Turkistonning azaliy va o\u02bbz yechimini kutib yotgan muammolarini dadil ko\u02bbtarib chiqib, xalq va hukumat e\u02bctiborini ularga qaratishga harakat qildi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulloh ash-Shoshiy. Jadid va qadim nedur? \/\/ Sadoyi Turkiston. \u20131914-yil 23-may. \u2013\u2116 12.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">G\u02bbozi Yunus. Eski maktabalar haqinda \/\/ Ishtirokiyun. \u20131919-yil 25-iyun. \u2013\u2116 129.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Al-Ulamo varasatul-anbiyo \/\/ Turon. \u20131917-yil 6-sentabr. \u2013\u2116 2.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">G\u02bbozi Yunus. Madrasalarimizda islohot \/\/ Turkiston. \u20131923-yil 6-fevral. \u2013\u2116 57.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">G\u02bbozi Yunus. Maslak va maqsad \/\/ Ishchilar dunyosi. \u20131918-yil 4-yanvar. \u2013\u2116 1.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bahrom Irzayev. Turkiston jadidlarining ko\u02bbmak tashkiloti. \u2013T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi. 2016.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ko\u02bbmakning javobi. \/\/ Turkiston. \u2013 1923-yil 29-iyul. \u2013\u2116 163.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Baroqxon talabasi. Sharaflik ko\u02bbmak \/\/ Turksiton. 1922-yil 22-iyul. \u2013\u2116 200.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">G\u02bb. O\u02bbqig\u02bbuvchi talabalarga ko\u02bbmak berish lozim \/\/ Turkiston. 1922-yil 6-sentabr. \u2013\u2116 216.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muslimbek ALIJONOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qatag\u02bbon qurbonlari xotirasi davlat<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">muzeyi kichik ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jadidlar harakati Turkiston o\u02bblkasida tasodifan shakllanib qolgan harakat bo\u02bblmay, balki chuqur asoslarga ega, tarixiy ildizlardan oziqlangan holda vujudga keldi, shakllandi va kuchli ijtimoiy, siyosiy va amaliy mohiyatga ega bo\u02bblgan harakatga aylandi. Bu harakat bir tomondan islom dinining asoslariga, uning ma\u02bcrifatparvarlik g\u02bboyalariga, ikkinchi tomondan ilg\u02bbor ilm-fan yutuqlariga tayanishni, milliy qadriyat va o\u02bbzlikni saqlab qolgan holda zamon &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22989,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-07-15T04:32:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz\",\"name\":\"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg\",\"datePublished\":\"2022-07-15T04:32:03+00:00\",\"dateModified\":\"2022-07-15T04:32:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-07-15T04:32:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz","name":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg","datePublished":"2022-07-15T04:32:03+00:00","dateModified":"2022-07-15T04:32:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/jadidd.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22991&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING RIVOJLANISHI VA UNDA G\u02bbOZI YUNUSNING TUTGAN O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22991"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22991"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22991\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22992,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22991\/revisions\/22992"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22989"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22991"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22991"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22991"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}