{"id":22860,"date":"2022-07-08T09:19:06","date_gmt":"2022-07-08T04:19:06","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22860"},"modified":"2022-07-07T09:19:18","modified_gmt":"2022-07-07T04:19:18","slug":"abdurauf-fitratning-ekologik-madaniyat-va-bilimlarga-oid-qarashlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz","title":{"rendered":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlik harakati namoyandasi Abdurauf Fitratning ijod yo\u02bbli juda rang-barang. U Turkistondagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi muammolardan tashqari, o\u02bblkadagi tabiat, atrof-muhit va ekologik muammolarga taalluqli qimmatli fikrlarni ham ilgari surgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat: \u201cAql \u2013 Alloh tomonidan berilgan, insonlarni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi eng buyuk ne\u02bcmat\u201d, deb ta\u02bcriflaydi. Odamzod tabiat, uning hodisalari va jonzotlar oldida ancha ojiz bo\u02bblganini, dastavval yirtqich hayvonlar hujumidan, iqlim o\u02bbzgarishlaridan, ochlik va suvsizlikdan, tabiiy ofatlardan hamisha qo\u02bbrqib og\u02bbir hayot kechirganini, keyinchalik bu qiyinchiliklarni Alloh bergan aql bilan birin-ketin yengib borganini aytadi [1:82]. Insonda tabiat hodisalariga munosabat va tabiatni anglash, asrab-avaylash tufayli ekologik madaniyat va bilimlar shakllanib borganini ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat tabiat, atrof-muhit, bir so\u02bbz bilan aytganda, ekologik madaniyat va bilimlarni ham mukammal egallagan adibdir. U jug\u02bbrofiya \u2013 bu yer yuzi va undagi aholini o\u02bbrganish ilmi ekanini, islom ulamolari uni yunonlardan o\u02bbrganganini qayd etadi [2:100]. Fitrat islom mutafakkirlari jug\u02bbrofiya ilmi rivoji uchun sayohatga chiqib, ma\u02bclumot to\u02bbplagani va bu fanni nodir asarlar bilan boyitganini aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat jug\u02bbrofiya fani rivojiga hissa qo\u02bbshgan qator allomalarning hayot yo\u02bbli va asarlari haqida qimmatli ma\u02bclumotlar keltirgan. U Abu Is\u02bchoq Istaxriy 340 yili dunyo kezib, \u201cKitobul aqolim\u201d (\u201cIqlimlar haqida kitob\u201d), Ibn Havqal Mas\u02bculiy 28 yil davomida sayohat qilib, 350 yili \u201cAl-masolik val mamolik\u201d (\u201cYo\u02bbllar va mamlakatlar\u201d), Idrisiy (493-576) \u201cNus\u02bchatul mushtoq fi axboril ofoq\u201d kitoblarini yozganini bildiradi [3:101].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat geografiya fanining ahamiyatiga to\u02bbxtalar ekan, \u201cEndi jug\u02bbrofiya fani bizga kerakmi-yo\u02bbqmi?\u201d degan savolni o\u02bbrtaga tashlaydi [4:101]. Uning fikricha, odamlar tijoratni rivojlantirish yoki boshqa xalqlar tarixini o\u02bbrganish uchun sayohatga chiqadi. Jug\u02bbrofiya ilmini bilmay turib, bu sayohatlarni amalga oshirish qiyin. Shu bois odamlarga geografiya fani va geografik bilimlar kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat aqliy bilimlar haqida to\u02bbxtalib, ularni bir necha qismga ajratadi: 1.Tabiiy ilm. 2 Riyoziy ilm. 3. Falsafiy ilm. So\u02bbng tabiiy ilmni ham guruhlarga bo\u02bblib, tabobat, hikmat, nabotot, mahluqot va ma\u02bcdanlar ilmiga ajratadi [5:102].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat tabobat ilmi inson a\u02bczolarining kasalliklari va ularni davolash yo\u02bbllarini o\u02bbrganishga xizmat qilishini aytib, bu sohada ko\u02bbplab olimlar izlanishlar olib borgani va kelajak avlodga qimmatli asarlar yozib qoldirganini aytadi. Buyuk mutafakkir Ibn Sino haqida fikr bildirib, \u201cUning nomi bilan qiyomatgacha faxrlansak arziydi\u201d [6:104], deydi va uning ijodi, tibbiyot sohasida erishgan yutuqlarini bayon etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat tabiat ilmi \u2013 koinotdagi jismlarning mavjudlik sabablari, nabotot ilmi \u2013 o\u02bbsimliklarning turli navlari, xususiyatlari, ularni yetishtirish yo\u02bbllari, maxluqot ilmi \u2013 turli xil hayvonlar va ularning tabiati, ma\u02bcdanlar ilmi \u2013 yerosti boyliklarining kelib chiqishi, turlari va xususiyatlari haqida ekanini ta\u02bckidlaydi [7:106].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat tabiiy ilmlar haqida ma\u02bclumot berib: \u201cEmdi ko\u02bbraylik-chi, tabiiy ilmlarni o\u02bbrganish bizga lozimmi yo yo\u02bbq?\u201d degan savolni o\u02bbrtaga tashlaydi. Bu savolga javoban muqaddas kitoblarda keltirilgan holatlardan misollar keltiradi. Shuningdek, tabiiy ilmlar yordamida boshqa millatlar taraqqiyotga erishganini aytib: \u201cBas, bizga ham tabiiy ilmlarning tahsili lozim va zarur\u201d [8:106] deb, xalqni tabiiy fanlarni puxta o\u02bbrganishga chorlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat pokizalik inson salomatligi va umrining uzayishiga xizmat qiladigan asosiy omil ekanini aytadi. Turkiston o\u02bblkasida mavjud kasalliklarning asosiy sababi ifloslikdir, deb kuyinadi. U rivojlangan davlatlar aholisi tozalikni hayotining garovi qilib olganini, farzandlarini tozalikka o\u02bbrgatishini aytadi. Fitrat islom dini odamlarni pokizalikka buyurganini, badan va libosini pokiza saqlash iymondan ekanini ta\u02bckidlaydi va odamlarni tozalikka rioya etishga, atrof-muhitni obod saqlashga chorlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat salomatlik haqida to\u02bbxtalar ekan, o\u02bbz huzurini muhofaza qilolmagan millat oxir-oqibat halokatga duchor bo\u02bblishini aytadi. Rivojlangan mamlakatlarda xalq salomatligini saqlash yo\u02bblida ko\u02bbplab ishlar amalga oshirilayotganini ta\u02bckidlaydi. Odamlarni manzarali bog\u02bblar yaratish, hasharlar orqali ko\u02bbchalarni tozalab, ekologik sof maskanlarni ko\u02bbpaytirishga undaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat dunyoda xastalik turi juda ko\u02bbp ekani, bugungi olimlarning tadqiqotlariga ko\u02bbra, bezgak, sil, rishta, qizamiq, suvchechak, chubushak va boshqa kasalliklar turli yo\u02bbllar bilan odamlarga yuqishini, olimlar bu holatni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab deb mikroblarni ko\u02bbrsatayotganini aytib o\u02bbtadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat: \u201cMikrob nima?\u201d deb, u haqda bunday yozadi: \u201cKoinotda biz ko\u02bbra oladigan maxluqotdan tashqari, ko\u02bbz ko\u02bbra olmaydigan maxluqlar ham bor. Lekin asrimiz hakimlari eng kichik zarralarni ko\u02bbruvchi mukammal asboblari bilan bu ko\u02bbzga ko\u02bbrinmas maxluqlarni ko\u02bbrib, ularni bir-biridan farqlaydi\u201d [9:167]. Olimlar mikroblarni ikki guruhga ajratganini ta\u02bckidlab: \u201cBirinchisi \u2013 foydali mikroblar, ular jonzotlarning mavjudligi va salomatligini ta\u02bcminlab turadi, ikkinchisi \u2013 turli kasalliklar tarqatib yuradi\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat mikroblar asosan suvda yashashini ta\u02bckidlaydi. Shahar tashqarisidagi buloq va ariqlar atrofi turli chiqindilardan xoli bo\u02bblgani sababli suvida mikroblar yo\u02bbqligini, lekin shahardagi ariqlar xalajoylar tagidan o\u02bbtganini, quduq va hovuzlar ochiq turishini, ko\u02bbl suvlari nazorat qilinmasligini, bunday joylar mikroblar makoni ekanini ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat Buxoroda yoz oylarida xuruj qiladigan bezgak kasalligi to\u02bbg\u02bbrisida: \u201cIstanbuldagi doktorlar bilan suhbatlashganimda, ular hali Buxoroni ko\u02bbrmay turib, \u201cBuxoro atrofida ko\u02bbllar bor ekan-da\u201d, dedi\u201d, deb ta\u02bckidlaydi [10:167]. Buxoroda bezgak tarqalishiga asosiy sabab uning suvi ekanini, zararli mikroblar suvdan odamga bir necha yo\u02bbllar bilan o\u02bbtishini yozadi. \u201cBiz, turkistonliklar ko\u02bbpchiligimiz xalajoylarning yonidan o\u02bbtgan suvni hovuzlarda to\u02bbplab, bir tarafida yuz, qo\u02bbl, oyoq yuvib, ikkinchi tarafidan esa zavq bilan chanqog\u02bbimizni qondiramiz! Vaholanki, bu suvda to\u02bbplangan mikroblar ichgan suvimiz orqali halqumdan yoki tish milklaridan qonga so\u02bbrilib, jigarga, yurakka yoki boshqa a\u02bczoga borib o\u02bbrnashadi, u yerda ko\u02bbpayib turli kasalliklarni keltirib chiqaradi\u201d [11:167] deb, odamlarning tozalikka yondashuvini ko\u02bbrsatib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat quduq toza joydan qazilgan va usti doimo yopiq holatda bo\u02bblsa, suv toza saqlanib, uni bexavotir ichish mumkinligini aytadi. Shaharda bunday quduqlarni qazish mushkul ekanini, chunki qabriston va notoza hududlarga yaqin joylarda qazilishini, ifloslangan oqimlar quduq suviga aralashib ketishini, undan ichilganda, mikroblar to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri inson organizmiga o\u02bbtishini, bu esa salomatlikka jiddiy xavf tug\u02bbdirishini aytib, odamlarni suvdek pokiza ne\u02bcmatni turli chiqindilardan asrashga da\u02bcvat etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat odamlarga hasharotlar orqali ham mikrob yuqishini ta\u02bckidlaydi. Chivin va pashsha mikrobli suvlarga qo\u02bbnib, ularni taom va idishlarga ko\u02bbchiradi, chaqish orqali tanaga, undan qonga zararli bakteriyalarni o\u02bbtkazadi, deb aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat toza ichimlik suvi haqida: \u201cTabiblar har bir xalqning salomatligi ichayotgan suvining tozaligiga bog\u02bbliq. Mamlakat suvi iflos bo\u02bblsa, aholi salomatligi ham yaxshi bo\u02bblmaydi\u201d [12:168], deb aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat Fransiya olimlari va tabiblarining toza ichimlik suvi olish borasida amalga oshirgan ishlari to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbzlab, ular odamlar mikrobsiz suv ichishi uchun bir qancha hayratlanarli darajadagi mashinalar ishlab chiqarganini, biroq bu zamonaviy texnika ham to\u02bbliq foyda bermaganini ta\u02bckidlaydi. U eng yaxshi va foydali chora sifatida suvni yaxshilab qaynatib, toza idishga solib qo\u02bbyib ichish yaxshi bo\u02bblishini aytadi [13:168]. Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini shakllantirishga e\u02bctibor qaratib, odamlarni imkon boricha hovuz, quduq va ariqlar suvini toza saqlashga, ifloslantirmaslikka chorlaydi va dinda ham suvni toza saqlash buyurilganini eslatib o\u02bbtadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat tuproqni ham mikroblar shakllanadigan joy sifatida ko\u02bbrsatib, barcha chiqindilar tuproqqa aralashganidan so\u02bbng vaqt o\u02bbtishi bilan havo harorati va shamol kuchiga qarab, atrofga zararli bakteriyalar tarqalishini ta\u02bckidlaydi. Mikroblar tuproqdan inson organizmiga hasharotlar, suv va havo orqali o\u02bbtishini aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat bu muammolarning oldini olish va bartaraf etish choralari shahar ko\u02bbchalarini pokiza va havosini toza saqlashdan iboratligini ta\u02bckidlaydi. Fransiya va Rossiyadagi keng va ozoda ko\u02bbchalarni misol keltirib, bu ko\u02bbzbo\u02bbyamachilik uchun qilinmaganini, u yerlarda atrof-muhitni toza saqlash uchun to\u02bbg\u02bbri va zarur qonunlar qabul qilinganini ta\u02bckidlaydi. \u201cBaxtga qarshi bizning ko\u02bbchalarimiz iflosligi shunday nafrat uyg\u02bbotadiki, ta\u02bcriflashga ojizmiz\u201d [14:169] deb, shaharlarning ekologik jihatdan toza va ozoda bo\u02bblishi har bir millatning hayoti uchun muhim ekanini, islom dini ham ko\u02bbchalarni toza tutishga amr etganini eslatib, odamlarni ekologik muammolardan xoli yashayotgan xorijliklardan ibrat olishga chorlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat yerosti boyliklaridan oqilona foydalanish orqali farovon hayot kechirayotgan xalqlar va taraqqiy etgan davlatlar to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli ma\u02bclumotlarni keltiradi. Angliya, Fransiya kabi davlatlar yerosti boyliklari, jumladan, toshko\u02bbmir, temir va neft orqasidan taraqqiyotga erishgan bir vaqtda, Turkiston o\u02bblkasida amirlar va xonlar o\u02bblkada yashirinib yotgan neft, temir va toshko\u02bbmir kabi ma\u02bcdanlarni topib ishlatish to\u02bbg\u02bbrisida o\u02bbylamayotganini qattiq qoralaydi. \u201cUlar ittifoq bo\u02bblib, ma\u02bcdanlarni topib, ulardan foydalanmas ekan, bugun yo erta dunyoning bir tarafidan begonalar kelib, ma\u02bcdanlarni qazib dunyo-dunyo foyda topadi, boylarimiz esa hasrat barmoqlarini tishlab qolaveradi. Lekin u vaqtda hasratning foydasi bo\u02bblmaydi\u201d [15:176], deb kuyinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiston o\u02bblkasining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi mintaqadagi yerusti va yerosti boyliklarining ayovsiz talon-taroj qilinishiga va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida ekologik muvozanat buzilishiga olib keldi. Bu Fitratning yuqoridagi qarashlari o\u02bbta muhim chaqiriq ekanining isbotidir. Bu fikrlar uning uzoqni ko\u02bbra olgan millat fidoyisi bo\u02bblganini, yerosti boyliklari qanday qiymatga egaligini o\u02bbz zamonida e\u02bctirof etgan taraqqiyparvar ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat hayot uchun eng, avvalo, toza havo zarurligini, qanchadir vaqt ovqatlanmay o\u02bbtirish mumkin, lekin havosiz bir daqiqa ham yashab bo\u02bblmasligini aytadi [16:194]. Toza havo va ko\u02bbkalamzorlashgan maskanlar insonlar uchun foydali ekanini, hamma yerda havo musaffo, turli zaharli gazlardan xoli bo\u02bblishi zarurligini, Fransiya va Rossiyada hukumat bolalar uchun bog\u02bblar, bahavo maskanlar barpo etganini, xushhavo va obod maskanda o\u02bbsgan yoshlar har tomonlama sog\u02bblom bo\u02bblishini alohida ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat ko\u02bbkalamzorlashgan joylar va obod mahallalarda tozalikni saqlash zarurligini, u salomatlikning muhim sharti ekanini aytadi. Tozalik kattalar uchun qay darajada shart bo\u02bblsa, yosh avlod uchun undan ham zarurroq ekanini, chunki ular kattalarga qaraganda kasalga tez chalinuvchan bo\u02bblishini, bolaning tozaligiga chaqaloqligidan e\u02bctibor berish lozimligini, uni ifloslikdan hazar qilishga o\u02bbrgatish kerakligini ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitrat tozalik va gigiyenaga e\u02bctibor qaratib, ota-ona va o\u02bbqituvchilarga quyidagi chaqiriq bilan murojaat qiladi: \u201cBas, ota-onalar, muallimlar bolalarning yuz-qo\u02bblini doim sovunlab yuvib, har tahoratda tishlarini misvok qildirib, kiyimlarini tez-tez almashtirib turishi lozim, ular mumkin qadar chivin va pashshasiz uylarda yashashi kerak\u201d [17:195].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytish mumkinki, jadidlik harakati namoyandasi Abdurauf Fitrat chin ma\u02bcnoda millat fidoyisi, ekologik madaniyat va bilimlarning faol targ\u02bbibotchisidir. Fitrat, birinchidan, aholini tabiatni asrab-avaylashga, resurslardan oqilona foydalanishga chorlagan bo\u02bblsa, ikkinchidan, xonadonlar, ko\u02bbchalar, qishloq va shaharlarni ozoda saqlashga, bog\u02bblar va obod maskanlar barpo etishga undagan, uchinchidan, odamlarda tabiiy va ekologik bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan, to\u02bbrtinchidan, har bir oilada tozalikka qat\u02bciy rioya qilish orqali sihat-salomatlikni ta\u02bcminlashga zamin yaratgan.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 5-jild. Ilmiy risolalar. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 4-jild. Darslik va o\u02bbquv qo\u02bbllanmalar, ilmiy maqola va tadqiqotlar. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.Aliyev. Abdurauf Abdurahim o\u02bbg\u02bbli Fitrat. \u2013 T., 1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">D.Alimova. Jadidlik harakatining ijtimoiy-siyosiy mohiyati va jadidlar tafakkuri \/\/ Jadidlik. Davriy to\u02bbplam. \u21161. \u2013 T.: Universitet. 1999.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">H.Boltaboyev. Fitrat va jadidlik. \u2013 T., 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ravshan TURSUNOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mirzo Ulug\u02bbbek nomidagi O\u02bbzbekiston Milliy universiteti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tarix fanlari nomzodi, dotsent<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jadidlik harakati namoyandasi Abdurauf Fitratning ijod yo\u02bbli juda rang-barang. U Turkistondagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi muammolardan tashqari, o\u02bblkadagi tabiat, atrof-muhit va ekologik muammolarga taalluqli qimmatli fikrlarni ham ilgari surgan. Fitrat: \u201cAql \u2013 Alloh tomonidan berilgan, insonlarni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi eng buyuk ne\u02bcmat\u201d, deb ta\u02bcriflaydi. Odamzod tabiat, uning hodisalari va jonzotlar oldida ancha ojiz &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22858,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-07-08T04:19:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-07-07T04:19:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"436\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz\",\"name\":\"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg\",\"datePublished\":\"2022-07-08T04:19:06+00:00\",\"dateModified\":\"2022-07-07T04:19:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg\",\"width\":660,\"height\":436},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-07-08T04:19:06+00:00","article_modified_time":"2022-07-07T04:19:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":436,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz","name":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg","datePublished":"2022-07-08T04:19:06+00:00","dateModified":"2022-07-07T04:19:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/fitrat.jpg","width":660,"height":436},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22860&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABDURAUF FITRATNING EKOLOGIK MADANIYAT VA BILIMLARGA OID QARASHLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22860"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22860"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22860\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22861,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22860\/revisions\/22861"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22858"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22860"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22860"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22860"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}