{"id":22686,"date":"2022-06-27T15:24:11","date_gmt":"2022-06-27T10:24:11","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22686"},"modified":"2022-06-27T15:24:36","modified_gmt":"2022-06-27T10:24:36","slug":"islomda-kiyinish-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI"},"content":{"rendered":"<aside dir=\"auto\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohiym.\u00a0Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo\u02bblsin.\u00a0Payg\u02bbambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo\u02bblsin.<\/span><\/aside>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Libos \u2013 bu\u00a0Allohning O\u02bbz bandalariga ato etgan tengsiz ne\u02bcmatlaridan biri desak, mubolag\u02bba qilmagan bo\u02bblamiz. U insonni issiq-sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitadi va kishiga ziynat bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo shunday marhamat qiladi \u201cEy Odam bolalari, darhaqiqat, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan libosini ham nozil qildik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo libosidir\u201d (A\u02bcrof surasi: 26-oyat).<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitadigan hamda ularga ziynat bo\u02bbladigan har turli liboslarni yaratib bergani, ularga bu narsalarni bichish, tikish va tayyorlash uchun imkon berganini \u201cnozil qildik\u201d degan so\u02bbz bilan eslatar ekan, avratlarni mazkur liboslar ila to\u02bbsishga amr etmoqda.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avrat o\u02bbrinlari erkaklarda kindikdan tizzagacha bo\u02bblgan joyni o\u02bbz ichiga oladi. Demak, mazkur joylarni berkitish vojibdir. Imom Ahmad o\u02bbzlarining \u201cMusnad\u201d nomli hadis to\u02bbplamlarida rivoyat qilishlaricha, Jarhad ismli sahobiy sonini ochib turgan paytda Nabiy alayhissalom uning yonidan o\u02bbtib qoldilar va \u201cEy Jarhad, soningni yop(!), zero, son avratdir\u201d, dedilar.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur hadisi sharifni hujjat qilib aksar ulamolar, jumladan, hanafiy mazhabi ulamolari son avratdir, deydilar. Shunday ekan, kishi eng kamida o\u02bbzgalarga badanining mazkur joylarini ochiq holda ko\u02bbrsatmasligi lozim. Aks holda, gunohkor bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini mukammal shariat bo\u02bblgach, unda barcha narsaning odobi va madaniyati mufassal tarzda bayon qilib berilgan. Shu jumladan dinimiz ta\u02bclimotida kiyinish madaniyatining ham o\u02bbziga xos odoblari mavjud bo\u02bblib, quyida ular haqida qisqacha so\u02bbz yuritamiz.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1. Libos insonning terisini ko\u02bbrsatadigan darajada yupqa va shaffof bo\u02bblmasligi lozim.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2. Tor bo\u02bblmasligi. Ba\u02bczi liboslar terini ko\u02bbrsatadigan darajada yupqa bo\u02bblmasa-da, ammo avrat yerlarining shaklini ko\u02bbrsatib qo\u02bbyadigan darajada tor bo\u02bbladi. Bu ham mumkin emas.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3. Erkak kishi kiyinishda o\u02bbzini ayollarga o\u02bbxshatib olmasligi yoki aksincha, ayol erkakcha kiyinmasligi lozim. Imom Buxoriy o\u02bbzlarining \u201cSahih\u201d to\u02bbplamlarida Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam (kiyinishda) o\u02bbzini ayollarga o\u02bbxshatadigan erkaklarni va erkaklarga o\u02bbxshab kiyinadigan ayollarni la\u02bcnatladilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">4. Kiyim olishda haddan oshmaslik, odamlardan ajralib turish uchun o\u02bbta qimmat libosni xarid qilmaslik. Imom Ahmad o\u02bbz \u201cMusnad\u201dlarida Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: \u201cKimki, dunyoda shuhrat libosini kiysa, Qiyomat kunida Alloh unga xorlik libosini kiygazadi\u201d. Demak, musulmon kishi odamlarga kibru havo qilish, o\u02bbzini ulardan yuqori tutish yoxud shuhrat qozonish uchun kiyinmasligi lozim. Chunki bu narsa uni kibru havoga berilib, o\u02bbzidan mamnun bo\u02bblishga yetaklaydi. Bu esa ma\u02bcnaviy illatlar sirasiga kiruvchi zararli xislatlardan biridir.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">5. Erkaklarga tilla taqinchoqlar va ipak liboslarning haromligi. Imom Abu Dovud o\u02bbzlarining \u201cSunan\u201d nomli hadis to\u02bbplamlarida Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilishlaricha, bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam ipak matoni olib o\u02bbng tomonlariga qo\u02bbydilar, tillani olib chap tomonlariga qo\u02bbydilar. So\u02bbng: \u201cMana bu ikki narsa ummatimning erkaklariga haromdir!\u201d, dedilar.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">6. Libos kiyishda o\u02bbng tomondan kiyish sunnatdir. Oysha onamiz (roziyallohu anho) aytadilar: \u201cNabiy alayhissalomga poklanishda (ya\u02bcni tahorat va yuvinishlarda), soch tarashda va oyoq kiyim kiyishda o\u02bbng tomondan boshlash yoqar edi\u201d (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Bu hadisda faqat poyafzal kiyish zikr qilingan bo\u02bblsa-da, hadisda tilga olingan sunnat bo\u02bblmish o\u02bbng tomondan boshlash boshqa turdagi liboslarni kiyishga ham taalluqli hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarning ta\u02bckidlashlaricha, ovqatlanish, kiyinish va hokazolar kabi insonning karomati va obro\u02bbsiga dalolat qiladigan ishlarda o\u02bbng qo\u02bblni ishlatish yoki o\u02bbng tomondan boshlash mustahabdir. Istinjo kabi past ishlarda esa chap qo\u02bblni ishlatish lozim. Chunki o\u02bbng qo\u02bbl oliy ishlar uchun, chap qo\u02bbl esa yuqorida aytilganidek, zarurat bo\u02bblgan, ammo o\u02bbzi past narsalardan sanaluvchi ishlar uchundir.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">7. Oq rangdagi liboslarning afzalligi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinishicha, Nabiy alayhissalom shunday deganlar: \u201cKiyimlaringizdan oq ranglisini kiyinglar, zero, u liboslaringizning eng yaxshisidir. Va mayyitlaringizni ham unga (ya\u02bcni oq rangli matoga) kafanlang!\u201d (Abu Dovud rivoyati).<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">8. Kiyimlarni pok tutish lozimligi. Islom dini poklik dinidir. Bu poklik ma\u02bcnaviy va moddiy pokizalikni taqozo etadi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimning Muddassir surasida Nabiy alayhissalomga qarata va u kishi orqali butun insoniyatga xitob qilar ekan: \u201cKiyimlaringni pok tut!\u201d, degan. Demak, libos pokizaligi musulmon kishining hayotida nihoyatda muhim o\u02bbrin tutadi. Shu bois ham namozning shartlaridan biri libosning pokligidir. Undan tashqari, poklik va orastalik iymondan ekanligiga dalolat qiluvchi bir qancha rivoyatlar ham kelgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">9. Kiyim kiyishda ayrim duolarni o\u02bbqishning savobli ekanligi. Musulmon kishi aksar vaqtda Allohni zikr qiladi, Uni yodga oladi. Bu narsa uning qalbi poklanib, yaraqlashiga, ruhan yuksalishiga va gunohlari o\u02bbchirilib, darajalari oshishiga sabab bo\u02bbladi. Nabiy alayhissalom ko\u02bbp hollarda Allohni zikr qilardilar, uyga kirishda, chiqishda, uyquga yotishda, uyqudan turishda, taomlanish oldidan, taomdan so\u02bbng va hokazo. Shu jumladan, libos kiyishda ham aytish savobli va mustahab bo\u02bblgan ba\u02bczi bir zikru duolar borki, ularning ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz. \u201cAlhamdu lillahillaziy kasaaniy haza va rozaqoniyhi min g\u02bboyri havlin minniy valaa quvvah\u201d. Ya\u02bcni \u201cBarcha hamdu sanolar mening o\u02bbzimda hech qanday kuch-qudrat va imkoniyat bo\u02bblmagan holda bu libosni menga kiydirgan va rizq qilib bergan Allohga xosdir\u201d.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">10. Insonning ustida, ya\u02bcni libosida Alloh ne\u02bcmatining asari ko\u02bbrinib turishi. Agar kimgadir Alloh kengchilik va davlat ato etgan bo\u02bblsa, u inson o\u02bbzining imkoniyati va maqomiga mos ravishda yaxshi kiyimlardan kiyishi, tashqi ko\u02bbrinishiga e\u02bctibor berishi, pokiza va orasta kiyinishi maqsadga muvofiqdir. Zero, Alloh taolo biron kimsaga ne\u02bcmat ato etgan bo\u02bblsa, o\u02bbsha insonda mazkur ne\u02bcmatning asari va alomati ko\u02bbrinib turishini yaxshi ko\u02bbradi. Abul Ahvas nomli sahobiy o\u02bbz otasidan rivoyat qiladi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga past (eskirib ketgan, uvada) kiyimlarda keldim. Shunda u kishi menga \u00abSening mol-davlating bormi?\u201d, dedilar. Men: \u201cBor!\u201d, dedim. \u201cNimalaring bor?\u201d, so\u02bbradilar yana ul Zot sollallohu alayhi vasallam. Men: \u201cAlloh menga tuya, qo\u02bby va otlar hamda qullar ato qilgan\u201d, dedim. Buni eshitgach, Nabiy alayhissalom: \u201cAlloh senga mol-dunyo ato qilgan bo\u02bblsa, Uning senga bergan ne\u02bcmati va ikromining asari ko\u02bbrinib tursin!\u201d, dedilar (Abu Dovud rivoyati).<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xuddi shunga o\u02bbxshash voqea mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh bilan ham ro\u02bby bergan. O\u02bbylaymizki, mazkur voqeani keltirish foydadan xoli emas.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir kuni Abu Hanifaning hamsuhbatlaridan birining ustida eskirib, uvadasi chiqqan kiyimlarga ko\u02bbzi tushdi. Odamlar tarqalib, majlisda faqat Abu Hanifayu haligi kishining yolg\u02bbiz o\u02bbzi qolgach, Imom unga yuzlanib, dedi:<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Anavi joynamozni ko\u02bbtargin-da, tagidagini ol.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kishi joynamozni ko\u02bbtardi, qarasa, tagida ming dirham pul bor edi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Uni olib, ust-boshingni tartibga keltir, \u2013 dedi Abu Hanifa.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunda:\u00a0\u2014\u00a0Men o\u02bbzimga to\u02bbqman, \u2013 dedi haligi kishi, \u2013 Alloh menga boylik, mo\u02bblchilik ato qilgan. Bu pullaringizga ehtiyojim yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu so\u02bbzlarni eshitgach, Abu Hanifa rahmatullohi alayh haligi kishiga:<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Alloh taolo senga boylik va farovonlik ne\u02bcmatini ato qilgan ekan, Qani U bergan ne\u02bcmatlarning asari?! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: \u201cAlbatta, Alloh O\u02bbz bandasining ustida unga bergan ne\u02bcmatining asarini ko\u02bbrishni sevadi\u201d, \u2013 degan so\u02bbzlari senga yetib kelmaganmi? Hamonki, boy ekansan, o\u02bbzingni tartibga keltirib, ust-boshingga qarab yurishing darkor. Toki o\u02bbz yaqinlaringni g\u02bbamga botirmagaysan, \u2013 deya nasihat qildi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolodan barchamizni taqvo libosi ila ziynatlashini, xatoyu kamchiliklarimizni esa O\u02bbzining satri ila berkitishini so\u02bbrab qolamiz.<\/span><\/p>\n<div dir=\"auto\" style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Rahmatulloh Sayfuddinov,<\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"auto\" style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Toshkent shahar bosh imom-xatibi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"auto\" style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0<a href=\"https:\/\/t.me\/AhliSunnaValJamoaUz\/889\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">AhliSunnaValJamoaUz<\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohiym.\u00a0Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo\u02bblsin.\u00a0Payg\u02bbambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo\u02bblsin. Libos \u2013 bu\u00a0Allohning O\u02bbz bandalariga ato etgan tengsiz ne\u02bcmatlaridan biri desak, mubolag\u02bba qilmagan bo\u02bblamiz. U insonni issiq-sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitadi va kishiga ziynat bo\u02bblib xizmat qiladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi \u201cEy Odam bolalari, darhaqiqat, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22684,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-27T10:24:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-06-27T10:24:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"600\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"394\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz\",\"name\":\"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-27T10:24:11+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-27T10:24:36+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg\",\"width\":600,\"height\":394},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-27T10:24:11+00:00","article_modified_time":"2022-06-27T10:24:36+00:00","og_image":[{"width":600,"height":394,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz","name":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg","datePublished":"2022-06-27T10:24:11+00:00","dateModified":"2022-06-27T10:24:36+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/kiyinish.jpg","width":600,"height":394},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22686&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22686"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22686"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22686\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22688,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22686\/revisions\/22688"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22684"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22686"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22686"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22686"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}