{"id":22681,"date":"2022-06-27T10:21:53","date_gmt":"2022-06-27T05:21:53","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22681"},"modified":"2022-06-27T10:21:53","modified_gmt":"2022-06-27T05:21:53","slug":"zamonaviy-iqtisodiyotda-islom-banklarining-ahamiyati-va-xususiyatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz","title":{"rendered":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2020 yilning boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida <strong>\u00abO\u02bbzbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili\u00bb<\/strong> bo\u02bbyicha amalga oshirilgan tadqiqot doirasida o\u02bbtkazilgan so\u02bbrovnoma natijalariga ko\u02bbra bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sababi sifatida avvalambor diniy qarashlar, kreditlar bo\u02bbyicha yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko\u02bbrsatilgan. Agar mamlakatda islom moliya muassasasi tashkil etilsa, yuqoridagi so\u02bbrovnomada ishtirok etgan qatnashuvchilarning aksariyati bu muassasa xizmatidan foydalanishi mumkinligini ta\u02bckidlashgan. Hatto, an\u02bcanaviy banklar ham O\u02bbzbekistonda islom moliya muassasasi tashkil qilish moliya tarmog\u02bbida halol va shaffof raqobat yuzaga kelishiga, natijada mamlakatga sarmoyalar oqimining o\u02bbsishiga va diversifikatsiyasiga olib kelishi haqida o\u02bbz fikrini bildirgan [5]. Islom banklariga ehtiyojning ortishiga sabab jamiyat uchun zararli bo\u02bblgan faoliyatning ta\u02bcqiqlanishi, real aktivlarga asoslanganlik, moliyaviy inqirozning risk darajasining pastligidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cMamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo\u02bbyicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. <\/em><em>Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi\u201d <\/em>[6]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom bank ishi va moliyasi shariat tamoyillariga asoslangan bo\u02bclib, odatda foiz sifatida talqin qilingan riboni to\u02bclash yoki olishni taqiqlaydi. Islom jamiyatining O\u02bbrta asrlarda kreditlash vositasi bu \u201cQarz al-hasan\u201d deb atalgan foizsiz kreditlardir. Qizig\u02bbi shundaki, shariat pulning vaqt qiymatini tan oladi, chunki islom qoidalariga ko\u02bbra to\u02bblov muddati kechiktirilgan holda sotiladigan tovarning narxi uning hozirgi qiymatidan farq qilishi mumkin. Shariat biznes operatsiyasida ortiqcha to\u02bblovlarni tan olgan bo\u02bblsada, kreditlash faoliyatida buni taqiqlaydi. Islom moliyasi &#8220;<em>Fiqh al-Muamalat&#8221; <\/em>nomi ostida qayd etilgan operatsiyalar ustuvorligi asosida rivojlandi. Bu operatsiyalarni asosan quyidagilarga ajratish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1) Qarzga asoslangan moliyalashtirish: Bu yerda moliyachi asosiy aktivlarni sotib oladi yoki quradi va keyin uni mijozga ustama evaziga sotadi. Savdo bir yoki bir necha bo\u02bblib to\u02bblash bilan kechiktirilgan to\u02bblov asosida amalga oshiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2) Lizingga asoslangan moliyalashtirish: Moliyachi asosiy aktivlarni sotib oladi yoki quradi va keyin uni mijozga ijaraga beradi. Ijara muddati tugagandan so\u02bbng (yoki ijaraga mutanosib ravishda) egalik huquqi to\u02bbliq yoki qisman mijozga o\u02bbtadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3) Foyda va zararni taqsimlashda: Moliyachi va mijozning sherigi amalga oshirgan foyda yoki zarar oldindan kelishgan nisbatga muvofiq taqsimlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom shariatida <em>ribodagi<\/em> cheklovlardan tashqari, e\u02bctiborga olinishi kerak bo\u02bblgan boshqa taqiqlar ham mavjud. Misol uchun, shariatga ko\u02bbra, barcha shartnomalar \u201c<em>g\u02bbarar<\/em>\u201d<em>dan <\/em>xoli bo\u02bblishi kerak, bu tor ma\u02bcnoda haddan tashqari noaniqlik deb talqin etiladi. Demak, yuqorida aytib o\u02bbtilganidek, islom moliya institutlari moliyaviy derivativlarni va boshqa turdagi shartnomalarni (shu jumladan sug\u02bburta polislarining turli shakllarini) qo\u02bbllashda ba\u02bczi cheklovlarga duch keladi. Bundan tashqari, islomiy moliyaviy tashkilotlarga alkogol, qimor o\u02bbyinlari, noislomiy moliyaviy xizmatlar, pornografiya, tamaki mahsulotlari yoki qurollar bilan bog\u02bbliq faoliyat bilan shug\u02bbullanadigan kompaniyalarga sarmoya kiritishga ruxsat berilmaydi. Islomiy moliya institutlarining barchasida ijroiya boshqaruvi va islom ulamolaridan tashkil topgan <em>shariat <\/em>kuzatuv kengashi mavjud bo\u02bblib, ular tashkilot faoliyatini <em>islom<\/em> <em>shariatiga <\/em>muvofiq amalga oshirilishini nazorat qilib boradi va ta\u02bcminlaydi<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom moliyasi xizmatlari yiliga 15-20 foizga o\u02bbsib bormoqda va yalpi aktivlari hozirgi kunda taxminan 2.88 trillion dollarga teng bo\u02bblib, ularning 80% islom banklari (yoki islomiy darchalar), 15% sukuk (islom obligatsiyalari, qimmatli qog\u02bbozlar), 4% islom investitsiya fondlari va 1% <em>Takoful <\/em>(Islom sug\u02bburtasi) hissasiga to\u02bcg\u02bcri keladi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2012 yildan 2019 yilgacha butun dunyo bo\u02bcylab islomiy moliya aktivlarining umumiy qiymati 2024 yil uchun prognoz bilan [4]. <em>(AQSH dollarida)<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari bugungi kunda juda yuqori o\u02bbsish sur\u02bcatiga ega bo\u02bblgan moliyaviy sohadir. Islomiy moliyaviy xizmatlarning ayrim shakllari hozirda kamida 70 mamlakatda mavjud. Islom banklari nafaqat islom shariatida taqiqlangan foizlarga asoslangan tranzaksiyalarni man qiladi, balki axloqiy va ijtimoiy bo\u02bblmagan amaliyotlarni ham taqiqlaydi. Amaliy ma\u02bcnoda islom bank ishi \u2013 bu oddiy pul kreditini moddiy aktivlar va real xizmatlarga asoslangan operatsiyalarga aylantirishdir. Islom bank tizimi modeli iqtisodiy farovonlikka erishishga yordam beradigan tizimga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda musulmon va musulmon bo\u02bblmagan mamlakatlarda islom banklarining o\u02bbsishi jadallashmoqda va islomiy moliya, ayniqsa bank ishi bugungi kunda dunyodagi eng tez rivojlanayotgan moliyaviy tarmoqlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda dunyoda 300dan ortiq islom banklari mavjud. Islom banklarining asosiy markazlari, asosan, Yaqin Sharq va Fors ko\u02bbrfazi mintaqasida: Eron, Quvayt, Malayziya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirligida joylashgan. Bu banklar nazorat qiladigan aktivlarning umumiy miqdori taxminan 200-500 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Statistik ma\u02bclumotlar bu banklarda yiliga 10-15% o\u02bbsish sur\u02bcati mavjudligini ko\u02bbrsatmoqda [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom mamlakatlari hisoblangan Eron, Pokiston va Sudanda islom banklari faoliyatiga ruxsat berilgan. Bangladesh, Misr, Indoneziya, Iordaniya va Malayziya kabi boshqa mamlakatlarda an\u02bcanaviy banklar bilan bir qatorda islom banklari xizmat ko\u02bbrsatmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amaliy nuqtai nazardan, islom bank ishi va moliyasi quyidagi tamoyillarga amal qiladigan tizim hisoblanadi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Risklarni taqsimlash: Shartnomaning har bir ishtirokchisining o\u02bbrtasida munosib risk yoki daromad taqsimoti aks ettirilishi kerak.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha moliyaviy operatsiyalar \u201cmoddiy yakuniylikka\u201d ega bo\u02bblishi kerak, ya\u02bcni haqiqiy asosiy iqtisodiy bitim bilan bevosita bog\u02bbliq bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzgalar mehnatini o\u02bbzlashtirib olishga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi. Bitimning hech bir tomoni ekspluatatsiya qilinmasligi kerak.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom shariatiga to\u02bbg\u02bbri kelmaydigan faoliyatni moliyalashtirishning taqiqlangani: Bitimdan Qur\u02bcon Karim tomonidan taqiqlangan mahsulotlarni (masalan, alkogol, cho\u02bbchqa go\u02bbshti, qimor o\u02bbyinlari, pornografiya va boshqalar) ishlab chiqarish uchun foydalanib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbararning ta\u02bcqiqlangani: Shariat qonuni shartnoma shartlarining to\u02bbliq shaffofligini talab qiladi. Narxlar, yetkazib berish muammolari va boshqa shartlar bo\u02bbyicha har qanday noaniqlikka yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maysir (tahminlarga asoslangan)ning ta\u02bcqiqlangani \u2013 Shariat qonuniga ko\u02bbra, derivativlar kabi spekulyativ operatsiyaga investitsiya kiritish noqonuniy hisoblanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hech qanday qoidabuzarlikka yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi: Bank o\u02bbzining barcha operatsiyalarida shariatni buzmaydi [2:13-14].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom iqtisodiyoti tizimi islom moliyasiga oid asarlarda shariatga amal qiluvchi bozor tizimi sifatida ta\u02bcriflanadi. Islom banklari ilgari surgan, xususan, islomiy moliyalashtirishning eng asosiy operatsiyalari mudoraba, mushoraka, murobaha va qarz-ul hasanadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklarini moliyalashtirishni uchta usulga bo\u02bblish mumkin: Sherikchilik shartnomasi (ulushli moliyalashtirish), savdo kelishuvlari (qarz bilan bog\u02bbliq moliyalashtirish) va subkontraktlar.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sherikchilik shartnomasi: Islom moliyasida ishtirok etishning asosiy shakllari (foyda va zararni taqsimlash) bu:<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mudoraba shartnomasi foydani taqsimlash shartnomasi bo\u02bblib, unda bank loyihani moliyalashtirish uchun zarur kapitalni to\u02bbliq ta\u02bcminlaydi, mijoz esa ekspertiza, boshqaruv va ishchi kuchi bilan ta\u02bcminlaydi. Loyihadan olingan foyda ikki tomonning oldindan kelishgani (qat\u02bciy nisbat) asosida taqsimlanadi, ammo yo\u02bbqotish holatlarida umumiy zararni bank qoplaydi. Misol: Mudoraba kelishuvi shartini kelishib olganingizdan so\u02bbng, siz bankka mablag\u02bbni yetkazib berasiz, keyin bank mablag\u02bbni aktivlarga yoki loyihalarga investitsiya qiladi, bunday biznes foyda yoki zarar ko\u02bbrishi mumkin. Foyda siz va bankingiz o\u02bbrtasida oldindan kelishilgan nisbat asosida taqsimlanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mushoraka (hamkorlik, qo\u02bbshma korxona yoki foyda va zararni taqsimlash (PLS)) asosida barcha manfaatdor tomonlar biznesda sherik sifatida ishtirok etadi. Ular zararni va foydani birgalikda baham ko\u02bbradi. Har bir sherik foyda-zarardan o\u02bbz ulushini kelishilgan shartlar asosida biznesdagi dastlabki sarmoyasiga mutanosib ravishda oladi. Qo\u02bbshma korxona mustaqil yuridik shaxs, bank ma\u02bclum muddatdan keyin yoki ma\u02bclum shart bajarilgandan keyin qo\u02bbshma korxonani bosqichma-bosqich tugatishi mumkin. Misol: Bank investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun bir yoki bir nechta hamkorlar bilan aktsiyadorlik sheriklik shartnomasini tuzadi. Daromadlar va zararlar qat\u02bciy ravishda tegishli kapital qo\u02bbyilmalariga nisbatan taqsimlanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Savdo kelishuvining islom moliyasidagi asosiy shakllari (notijorat va zararni taqsimlash yoki savdoga asoslangan):<\/span>\n<ol>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Murobahani moliyalashtirish ustama tamoyiliga asoslanadi, bunda bank mijoz uchun tovarlarni sotib olish va ularni oldindan belgilangan narxda mijozga qayta sotish huquqiga ega. Savdo kelishuvi odatda aylanma mablag\u02bblar va savdoni moliyalashtirishda qo\u02bbllanadi. Misol: Texnikasini yangilashga muhtoj bo\u02bblgan korxona o\u02bbz nomidan texnika sotib olish uchun islom bankiga murojaat qiladi va shu bilan birga bankdan ustama asosida texnika sotib olish to\u02bbg\u02bbrisida shartnoma tuzadi. Agar bankning sotib olish narxi 100 000 AQSh dollari bo\u02bblsa, u mashinani korxonaga, masalan, 12 oyga 110 000 dollarga teng bo\u02bblib to\u02bblash sharti bilan sotishi mumkin. Bank oxirgi to\u02bblov to\u02bblanmaguncha o\u02bbz egalik huquqini saqlab qoladi va shuning uchun bankning pozitsiyasi to\u02bbliq ta\u02bcminlanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">b) Musovama xarajatlarni oshkor qilish majburiyatisiz amalga oshiriladi. Bu oddiy bozor savdosi hisoblanadi. Musovama shartnomasida molning oldingi bahosi e\u02bctiborga olinmaydi. Xaridor sotuvchi bilan o\u02bbzaro tortishib, molni kelishuv asosida baholab oladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">c) Ijarani moliyalashtirish. Bu lizingga o\u02bbxshaydi. Ijara lizing moliyasining shariatdagi tushunchasi. Lizing ijarada har ikki tomon ham kelishilgan boshqa shartlar asosida bankning mijozi tomonidan talab qilinadigan aktivni sotib oladi va so\u02bbngra bu aktivni mijozga ma\u02bclum muddatga ijaraga beradi. Misol: Bank mijoz uchun aktiv sotib oladi va keyin uni belgilangan ijara to\u02bblovi evaziga mijozga ma\u02bclum muddatga ijaraga beradi. Shariat lizing beruvchi bankni mulkka egalik qilishini saqlab qolish sharti bilan mulk xizmatlari uchun ijara to\u02bblovlariga ruxsat beradi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">d) Istisna shartnomasi islom banki tomonidan kompaniyaning aylanma mablag\u02bblarini moliyalashtirishda qo\u02bbllanadi. Bunga lizing orqali moliyalashtirilmaydigan tovar yoki xizmatlar kiradi. Istisna shartnomalari asosan mahsulot ishlab chiqarish, qurilish va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda qo\u02bbllanilishi mumkin.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Subkontraktlar:<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">a) Sukuk \u2013 bu davlat va xususiy kompaniyalar amalga oshirishi mumkin bo\u02bblgan muayyan o\u02bbrta yoki uzoq muddatli loyihani moliyalashtirish uchun bank chiqargan obligatsiyalar.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">b) Vakala shartnomasi \u2013 bu boshqaruvchining ma\u02bclum bir vazifani bajarishi uchun uning nomidan vakil sifatida (agent) boshqa bir shaxsning xizmatidan foydalanishni anglatadi. Agentga xizmati uchun haq to\u02bblanadi. Misol: Mijoz ma\u02bclum shartlar asosida bankdan kimgadir murojaat qiladi. Shuning uchun bank moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun agent hisoblanadi va bankka uning xizmatlari uchun haq to\u02bblanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">v) Qarz-ul hasana so\u02bbzma-so\u02bbz tarjimada yaxshi qarz deb tarjima qilingan bo\u02bblsa-da, amalda muhtoj bo\u02bblgan jismoniy shaxs yoki muassasaga foizsiz qarz berish degan ma\u02bcnoni anglatadi. Qur\u02bconi Karimda insonga o\u02bbziga kerak bo\u02bblganidan ortiqcha yoki boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq boylik berilishi Alloh taoloning marhamatidir deyilgan. Bunday kishi bu ne\u02bcmat uchun Allohga shukr qilishi kerak va shukr qilishning eng yaxshi yo\u02bbli qo\u02bbshimcha boyligini jamiyatning boshqa muhtoj a\u02bczolariga berishdir. Jamiyatning muhtoj qatlamlari kelishilgan sanada foizsiz qaytarish sharti bilan qarz oladi. Qarzdor pulni qaytarish imkoniyatiga ega emasligi aniqlansa, pul unga sadaqa sifatida berilishi ham mumkin.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">d) Juala \u2013 xizmat to\u02bblovi, maslahat to\u02bblovi, joylashtirish to\u02bblovi va boshqalar. Ikki tomonning o\u02bbrtasida nazarda tutilgan shartnoma shartlariga muvofiq, ma\u02bclum bir xizmat ko\u02bbrsatish uchun to\u02bblov sifatida bittasi ikkinchisiga ma\u02bclum miqdorda pul to\u02bblaydi. Islom banklari xizmatlarining bu usuli odatda konsultatsiyalar va professional xizmatlar, fondlarni joylashtirish va ishonchli xizmatlar kabi tranzaktsiyalarga nisbatan qo\u02bbllanadi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyidagi jadvalda islom banki va an\u02bcanaviy bank faoliyati taqqoslandi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Jadval <\/em><em>\u2116<\/em><em>1<\/em><\/span><\/p>\n<table>\n<tbody>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>An\u02bcanaviy bank faoliyati<\/strong><\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Islom banki faoliyati<\/strong><\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pul ayirboshlash va qiymatni saqlash vositasidan tashqari tovardir. Shuning uchun uni nominal qiymatidan yuqori narxda sotish va ijaraga berish ham mumkin.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pul tovar emas, lekin u ayirboshlash vositasi va qiymatni saqlash vositasi sifatida ishlatiladi. Shuning uchun uni nominal qiymatidan yuqori narxda sotish yoki ijaraga berish mumkin emas.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqt qiymati kapitalga foizlarni hisoblash uchun asosdir.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tovar savdosidan yoki xizmatlar ko\u02bbrsatishdan olinadigan daromad foyda olish uchun asos bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bank mablag\u02bblaridan foydalangan holda tashkilot zarar ko\u02bbrgan taqdirda ham foizlar undiriladi. Shuning uchun u foyda va zararni taqsimlashga asoslanmagan.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banki foyda va zararni taqsimlash asosida ishlaydi. Agar tadbirkor zarar ko\u02bbrgan bo\u02bblsa, bank bu yo\u02bbqotishni qo\u02bbllanilgan moliyalashtirish usuliga qarab taqsimlaydi (Mudarabah, Musharaka).<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naqd pul mablag\u02bblarini berish, moliyalashtirish yoki aylanma mablag\u02bblarni moliyalashtirishda tovarlar va xizmatlar almashinuvi bo\u02bbyicha kelishuv tuzilmaydi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Murabaha, Salam va Istisna shartnomalari bo\u02bbyicha mablag\u02bblarni taqsimlashda tovarlar va xizmatlar almashinuvi bo\u02bbyicha shartnomalar bajarilishi shart.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">An\u02bcanaviy banklar pulni inflyatsiyaga olib keladigan tovar sifatida ishlatadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banki savdo bilan bog\u02bbliq faoliyatdan foydalangan holda iqtisodiy tizimning real sektorlari bilan aloqa o\u02bbrnatishga intiladi. Chunki pul real aktivlar bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgani uchun u iqtisodiy taraqqiyotga bevosita hissa qo\u02bbshadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">An\u02bcanaviy bank asosiy e\u02bctiborni kreditlashga qaratadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banki asosiy e\u02bctiborni sarmoyaga qaratadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">An\u02bcanaviy banklar faqat moliyaviy mezonlar asosida ish yuritadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari investitsiyada axloqiy mezonlarga asoslanadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">An\u02bcanaviy banklarning faoliyati inson omiliga (asosan kapitalizm nazariyalariga) asoslanadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari faoliyati islom shariatining qoidalariga asoslanadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Investor yoki kreditor oldindan belgilangan foiz stavkasi bo\u02bbyicha savdo qiladi yoki daromadni kafolatlaydi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari kapitalning egasi bilan investor o\u02bbrtasida risk taqsimotini tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Derivativlar savdosi asosida foydani maksimallashtirishni tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini tomonidan cheklovlar mavjud bo\u02bblsa-da, u foydani maksimal darajada oshirishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zakot tizimi mavjud emas.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamonaviy islom bank tizimida islom banklari \u201cZakot yig\u02bbish markazlari\u201dga aylanishi uchun xizmat qiluvchi birlik sifatida ko\u02bbriladi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular qarzga pul berib, foiz bilan qaytarib olishadi. Pul \u2014 bu tovar va motivator.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishtirok etish hamkorligi mavjud. Korxonani tushunish juda muhimdir.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tizimda muntazam to\u02bblovlarni amalga oshirmaydiganlardan (masalan, jarimalar yoki oshirilgan foizlar) qo\u02bbshimcha pul olish mumkin.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari kompensatsiyadan tashqari qo\u02bbshimcha pul talab qilishga haqli emas. Bankning ixtiyoriga ko\u02bbra erta to\u02bblovlarda puldan chegirma ham mavjud.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbpincha bank manfaati birinchi o\u02bbrinda turadi va kapitalga mos ravishda o\u02bbsish maqsadi yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson manfaatlari ustuvor bo\u02bblib, o\u02bbsish tenglikka qaratilgan.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Loyihani baholash ko\u02bbp kuch talab etmaydi, chunki avans\/ssudadan olinadigan daromad belgilangan. Shuning uchun xavflar qaysidir ma\u02bcnoda boshqa tomonga yuklanishi mumkin.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Foyda va zararni taqsimlash mavjud bo\u02bblgani sabab, islom bankchiligida loyihalarni qo\u02bbllash va baholashga ko\u02bbproq e\u02bctibor qaratish lozim.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">An\u02bcanaviy banklar o\u02bbz mijozining ishonchli ekaniga ko\u02bbproq e\u02bctibor beradi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular loyihalarning moliyaviy imkoniyatlariga e\u02bctibor qaratadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tomonlar munosabatlarda kreditorlar va qarz oluvchilar shaklida belgilanadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklaridagi munosabatlar hamkorlar, investorlar, treyderlar, xaridorlar va sotuvchilar sifatida belgilanadi.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"299\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">An\u02bcanaviy banklar ularga qo\u02bbyilgan barcha depozitlarni kafolatlashi kerak.<\/span><\/p>\n<\/td>\n<td width=\"300\">\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari shaxsiy hisobvaraqlarga qo\u02bbyilgan pullarni kafolatlaydi, ammo mudaraba investitsiyalariga kafolat bermaydi, chunki boshqa tomonning yo\u02bbqotishlarini bo\u02bblishadi [3:34-47].<\/span><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari jamg\u02bbarmalarni foyda va zararni taqsimlash asosida safarbar qilsa, an\u02bcanaviy tijorat banklarida esa bunga o\u02bbxshash tushuncha yo\u02bbq, ular shunchaki qarzdor yoki kreditor munosabatlariga asoslangan. An\u02bcanaviy banklar oldindan belgilangan qat\u02bciy foiz stavkalari asosida shartnoma tuzadi va shu orqali o\u02bbz daromadini kafolatlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda islomiy moliya tizimi jahon bozorida o\u02bbz mavqeiga ega bo\u02bblgan va jahon iqtisodiyotini rivojlantirishning muhimligini isbotlagan tizimdir. Boshqa moliya institutlari bilan teng raqobat qilish uchun islom banklari raqobatbardosh bo\u02bblishi va jismoniy shaxslar va korxonalarning talablariga javob berishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom banklari ko\u02bbrsatadigan xizmatlarda, islom tamoyillari bilan bir qatorda boshqa ekologik omillarni va bugungi global muammolarni ham hisobga olishi kerak. Shunday qilib, islom banklarining moliyaviy xizmatlari iqtisodiy tarmoqlarda an\u02bcanaviy banklarga nisbatan har bir muqobil mahsuloti bilan solishtirganda samaraliroqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom davlatlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarida islom banklarining soni ortib bormoqda. Sof islomiy banklar bilan bir qatorda, an\u02bcanaviy banklar ham islomiy banklarning ehtiyojini qondirish uchun bu jarayonda ishtirok etmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Al-Augby, S., Majewski, S., Nermend, K., &amp; Majewska, A. (2015). Islamic Banking System as an effective element of Economy. Zeszyty Naukowe Uniwersytetu Szczeci\u0144skiego. Finanse. Rynki finansowe. Ubezpieczenia, 75, 9.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Journal Finanse, Rynki Finansowe, Ubezpieczenia, Islamic Banking System as an effective element of Economy, june 2015, Salam Al-Augby, Sebastian Majewski, Kesra Nermend, Agnieszka Majewska.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Baber, H. (2013). Islamic Banking in Indian Economy-An Empirical Approach of Future Crisis. International Monthly Refereed Journal of Research In Management &amp; Technology Volume II.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.statista.com\/statistics\">https:\/\/www.statista.com\/statistics<\/a> 2021<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/12\/29\">https:\/\/kun.uz\/uz\/news\/2020\/12\/29<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/president.uz\">https:\/\/president.uz<\/a>12.2020 y. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqidan. statista.com 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbktamjon AMONOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom iqtisodiyoti va moliyasi yo\u02bbnalishi magistranti<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2020 yilning boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida \u00abO\u02bbzbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili\u00bb bo\u02bbyicha amalga oshirilgan tadqiqot doirasida o\u02bbtkazilgan so\u02bbrovnoma natijalariga ko\u02bbra bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sababi sifatida avvalambor diniy qarashlar, kreditlar bo\u02bbyicha yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko\u02bbrsatilgan. Agar mamlakatda islom moliya muassasasi tashkil etilsa, yuqoridagi so\u02bbrovnomada ishtirok etgan qatnashuvchilarning aksariyati bu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22679,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-27T05:21:53+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz\",\"name\":\"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-27T05:21:53+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-27T05:21:53+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-27T05:21:53+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz","name":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg","datePublished":"2022-06-27T05:21:53+00:00","dateModified":"2022-06-27T05:21:53+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_106.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22681&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22681"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22681"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22681\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22682,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22681\/revisions\/22682"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22679"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22681"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22681"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22681"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}