{"id":22650,"date":"2022-06-24T09:23:55","date_gmt":"2022-06-24T04:23:55","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22650"},"modified":"2022-06-24T09:23:55","modified_gmt":"2022-06-24T04:23:55","slug":"libos-insonning-id-kartasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz","title":{"rendered":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadimdan libos insonning ijtimoiy mavqei, kasb-korini anglatgan. Boyonlar, musofir darveshlar, hunarmand-savdogarlar, shuningdek, urug\u02bb va elatlarni-da libosiga qarab tanisa bo\u02bbladi. Boisi kiyim madaniyat ko\u02bbzgusi. Bugun yirtiq-yamoq shim, kalta paypoq kiygan yoshlar ko\u02bbpayib bormoqda. Bu ham madaniyat belgisi, deguvchilar topiladi. Ammo bu kabi \u201curf\u201dlar xalqimizning qadimdan meros kiyinish madaniyatiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotganini ko\u02bbrib, og\u02bbrinamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz \u201cO\u02bbzbekiston belgisi\u201d ko\u02bbkrak nishoni sovrindori, P.Benkov nomidagi Respublika rassomlar tayyorlash maktabining liboslar dizayni katta o\u02bbqituvchisi Malika Qo\u02bbziyeva bilan shu mavzuda suhbatlashdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0<strong>Libos inson xususiyati, fe\u02bcl-atvoriga qanchalik bog\u02bbliq va qadimda turkiy xalqlarda qanday kiyinish uslublari bo\u02bblgan?\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Libos insonning turli xususiyati, madaniyati, tarbiyasi, didi va fe\u02bcl-atvorini ta\u02bcriflab beruvchi ko\u02bbzgudir. Turkiy xalqlarning eng qadimgi va ilk muhim bo\u02bbg\u02bbinlaridan biri bu \u2013 og\u02bbuz beklari, ya\u02bcni ona sut bergan ilk farzandi \u2013 o\u02bbzbeklar bo\u02bblgan deyishadi. Shuning uchun ham turkiy xalqlar ichida eng katta tarixga ega bugungi turklar O\u02bbzbekistonni ota yurtimiz, deb atashadi. Shu sabab turkiy xalqlar madaniyati bir-biriga yaqin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kamoliddin Behzod chizib qoldirgan bebaho miniatyura asarlarida ham ota-bobolarimizda kiyinish madaniyati yuksak bo\u02bblganini ko\u02bbrish mumkin. Undan ham avvalgi, Afrosiyob (Samarqand), Varaxsha (Buxoro), Xolchayon (Surxondaryo), Qizyotgan qal\u02bca (Qadim Xorazm-Qoraqalpog\u02bbiston) kabi qadimgi devoriy suratlar orqali hatto eramizdan avvalgi, bugungi ko\u02bbplab xalqlar hali yer yuzida bo\u02bblmagan davrlarda vatanimiz hududida o\u02bbziga xos liboslar mavjud bo\u02bblganini kuzatamiz. Qolaversa, qadimdan O\u02bbzbekiston Buyuk ipak yo\u02bbli orqali G\u02bbarb va Sharqqa kiyim-kechak, poyabzal va bosh kiyimlar uchun barcha iqlim va o\u02bblkalarga zarur bo\u02bblgan paxta, ipak, qorako\u02bbl, momiq, oshlangan ko\u02bbn va teri yetishtirib yetkazib bergani va bugungi kunda ham yurtimiz dunyoga turli libos uchun qimmatbaho tabiiy materiallarni yetishtiruvchi eng yirik eksportyorlardan bo\u02bblib kelayotgani bejiz emas. Bu o\u02bbzbek xalqining qadimdan yuksak did bilan kiyinish madaniyatiga ega xalqlardan bo\u02bblganini isbotlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0<strong>Liboslarning<\/strong>\u00a0<strong>jamiyatdagi<\/strong>\u00a0<strong>ahamiyati<\/strong>\u00a0<strong>va<\/strong>\u00a0<strong>ularning<\/strong>\u00a0<strong>mutanosibligi<\/strong>\u00a0<strong>haqida<\/strong>\u00a0<strong>ham<\/strong>\u00a0<strong>to\u02bbxtalib<\/strong>\u00a0<strong>o\u02bbtsangiz?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Libos, ayniqsa, bosh kiyim hamma davrlarda, hamma xalqlarda muhim ahamiyatga ega bo\u02bblgan. Bosh kiyimga qarab odamning ijtimoiy mavqei, millati, qaysi elat yoki urug\u02bbga mansubligi, qaysi tabaqadan ekani, yoshi, jinsi, oilaviy maqomigacha bilish mumkin bo\u02bblgan. Bejiz hukmdorlar toj, qalandar-darveshlar qalpoq, ma\u02bclum yoshga qarab xorazmliklar cho\u02bbgirmani turli rangdagisini, toshkentlik yigitlar uylangan yoki bo\u02bbydoqligiga, unashtirilganini bildiruvchi kashtali do\u02bbppilar kiymagan. Shuning uchun bosh kiyim avvalo egasining maqomini ko\u02bbrsatib turuvchi \u201cma\u02bclumotnoma\u201d bo\u02bblgan. Bosh kiyim ustki libos bilan mutanosib bo\u02bblishi ham kerak. Nafaqat kiyinish uslubi, balki liboslar ranglari ham bir-biriga mos bo\u02bblsa, nur ustiga nur (bu mutanosiblikni, ayniqsa, ayol-qizlar qoyillatadi). Sababi libos insonning butun boshli \u201cID kartasi\u201d vazifasini bajaradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashhur rus yozuvchisi Konstantin Paustovskiyning 1916 yilda o\u02bbzi ko\u02bbrgan va uni dahshatga solgan voqea \u2013 Vatan ozodligi uchun kurashgan minglab o\u02bbzbeklarni Moskva ko\u02bbchalari bo\u02bbylab bir necha kun davomida haydab o\u02bbtilgani haqida yozar ekan, ularning boshidagi do\u02bbppisini asosiy belgi sifatida ko\u02bbrsatadi: \u201cKo\u02bbchalar bo\u02bbylab soqchilar yashil rang chopondagi minglab o\u02bbzbeklarni haydab borishardi. O\u02bbrta Osiyodagi qo\u02bbzg\u02bbolonlar bostirilgach, o\u02bbzbeklarni Murmansk sari, shimoliy qutb temir yo\u02bblini qurib, o\u02bblib ketmog\u02bbi sari boshlab ketar edi. Quruq qor uchqunlari ularning kumushrang naqshli qora do\u02bbppilarini qoplardi. Bu mahkumlarning o\u02bbtishi bir necha kunlab davom etdi\u2026\u201d \u2013 deb yozadi u.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0<strong>Liboslar tarixi mutaxassisi sifatida qaysi qadimgi libosni hozirgi davrga qaytarishni xohlaysiz?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Men aslida liboslar dizayneriman. Ko\u02bbpincha tarixiy libos va kiyimlar loyihalari ustida ishlaganim tufayli va Pavel Benkov nomidagi rassomlar maktabida uzoq yillardan buyon liboslar tarixidan dars berib kelayotganim sabab ko\u02bbp yillardan buyon o\u02bbzbek va jahon xalqlari liboslari tarixini o\u02bbrganaman. Tabiiyki, o\u02bbz ijodimda ham bu juda qo\u02bbl keladi. Parijda, Londonda, Moskvada, Lyuksemburgda, Urumchida bo\u02bblib o\u02bbtgan ko\u02bbplab xalqaro libos tanlovlari va festivallarda taqdirlangan liboslarim aynan tarixiy mavzuda ishlangani va dizaynida ananaviy o\u02bbzbek matolaridan keng foydalanilgani \u2013 bular barchasi ushbu sohada hali katta ijodiy imkoniyatlar borligini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi yillarda milliy o\u02bbzlikni anglashga katta e\u02bctibor qaratilmoqda, maqom, baxshichilik, milliy hunarmandchilik kabi yo\u02bbnalishlar rivojlantirilmoqda. Bu albatta milliy liboslar rivojiga, ularni ommalashtirishga xizmat qildi. Ammo shu bilan birga, milliy matolarimizdan, ayniqsa, ayollar kiyimlarida ishlatiladigan ipak matolardan didsizlarcha foydalanish hollari afsuski ko\u02bbpaydi. Bu muammolarning yechimi milliy liboslar tarixini chuqur tahlil qilib o\u02bbrganishda, deb hisoblayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0<strong>Yoshlar kiyinishda G\u02bbarbga ko\u02bbr-ko\u02bbrona taqlid qilishi haqida fikringiz qanday?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bilasizmi, bunday mavzularning kun mavzusi qilib katta muhokamaga olib chiqilishi nafaqat yoshlar, balki aksariyat katta yoshli yurtdoshlarimizda ham kiyinish bobida bilim va zakovat yetarli emasligidan dalolat beradi. Bu holatni men yoshlarimizning zamonaviy bo\u02bblaman deb yarashsa-yarashmasa kiyib, begona madaniyatlarga ergashib ketayotgani, xalqimizning tarixiy merosidan, kiyinish madaniyatidan bexabar bo\u02bblib qolayotganidan deb tushunaman. Bunday mavzularni katta muhokamaga olib chiqishdan ko\u02bbra yoshlarga o\u02bbrnak bo\u02bbladigan milliy dizayndagi liboslarni urfga aylantirish borasida bosh qotirsak yaxshi bo\u02bblar edi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yulduz O\u02bbRMONOVA<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">suhbatlashdi.<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"color: #0000ff;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a style=\"color: #0000ff;\" href=\"https:\/\/uza.uz\/posts\/266217\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u02bbzA<\/a><\/span><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadimdan libos insonning ijtimoiy mavqei, kasb-korini anglatgan. Boyonlar, musofir darveshlar, hunarmand-savdogarlar, shuningdek, urug\u02bb va elatlarni-da libosiga qarab tanisa bo\u02bbladi. Boisi kiyim madaniyat ko\u02bbzgusi. Bugun yirtiq-yamoq shim, kalta paypoq kiygan yoshlar ko\u02bbpayib bormoqda. Bu ham madaniyat belgisi, deguvchilar topiladi. Ammo bu kabi \u201curf\u201dlar xalqimizning qadimdan meros kiyinish madaniyatiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotganini ko\u02bbrib, og\u02bbrinamiz. Biz \u201cO\u02bbzbekiston belgisi\u201d ko\u02bbkrak &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22648,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-24T04:23:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz\",\"name\":\"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-24T04:23:55+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-24T04:23:55+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-24T04:23:55+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz","name":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg","datePublished":"2022-06-24T04:23:55+00:00","dateModified":"2022-06-24T04:23:55+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/IDkard.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22650&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Libos \u2013 insonning \u201cID kartasi\u201d"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22650"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22650"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22650\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22651,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22650\/revisions\/22651"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22648"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22650"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22650"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22650"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}