{"id":22562,"date":"2022-06-21T10:05:12","date_gmt":"2022-06-21T05:05:12","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22562"},"modified":"2022-06-21T10:05:12","modified_gmt":"2022-06-21T05:05:12","slug":"yoshlarning-ekologik-ongi-va-madaniyatini-yuksaltirishda-islom-dinida-ilgari-surilgan-g%ca%bboyalardan-oqilona-foydalanish-zarurati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz","title":{"rendered":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Butun dunyoda ilmiy jamoatchilikning oldida turgan dolzarb masalalardan biri \u2013 bu ekologik barqarorlik va xavfsizlikni ta\u02bcminlash bilan bog\u02bbliq tadqiqotlarni yanada keng ko\u02bblamda olib borishdan iborat. Zero, bugungi kunda barqaror ekologik vaziyatni, atrof-muhit musaffoligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muhim subyektiv omili bo\u02bblgan ekologik ongni shakllantirish, rivojlantirish va yuksaltirish, shuningdek \u201cekologiya sohasidagi ishlarning ahvolini yaxshilash\u201d [1:20-21] dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolar ayniqsa, yoshlarning ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish bilan bog\u02bbliq masalalarni tadqiq qilish orqali ularning atrof muhit sofligini ta\u02bcminlashdagi mas\u02bculiyatini yanada oshirib borish bugungi kunning asosiy vazifasiga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixiy taraqqiyotdan ma\u02bclumki, inson tabiatning bir bo\u02bblagi sifatida Alloh in\u02bcom etgan ne\u02bcmatlardan o\u02bbz ehtiyojini doimiy ravishda qondirib kelgan. Ammo bugungi kunda bu ehtiyojlarning oshib borishi va isrofgarchilikka yo\u02bbl qo\u02bbyilishi ko\u02bbplab muammolarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, tabiat muvozanatining buzilishida antropogen ta\u02bcsirning oshib borayotganini alohida ta\u02bckidlash joiz. Zero, insoniyat taraqqiyotining bugungi bosqichida ilm-fan, texnika shu darajada rivojlandiki, bu yadro energiyasi, quyosh energiyasi, kimyo sanoatining rivojlangani, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgani, axborot texnologiyalarining rivojlantirilgani va fan-texnikaning boshqa yanada murakkab sohalarining o\u02bbzlashtirilgani bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga tabiatning yer osti va yer usti boyliklaridan sof iqtisodiy utilitar-merkantil manfaatlar yo\u02bblida foydalanish \u201ctabiat-jamiyat-inson\u201d tizimidagi munosabatlarning kun sayin buzilishiga, bu esa o\u02bbz navbatida, aql bovar qilmas yangi ekologik muammolarning yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Bu muammolarni bartaraf etish bugungi kunda insoniyatning oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri bo\u02bblib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada O\u02bbzbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda: \u201cEkologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo\u02bblib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko\u02bbp jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog\u02bbliqdir\u201d [2:110], deb ta\u02bckidlagan edi. Darhaqiqat, bugun barcha xalq, millat va elatlarning vazifasi \u2013 bu atrof-muhitga ziyon yetkazmagan holda tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani bajarishda jamiyat a\u02bczolarining, ayniqsa o\u02bbsib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasida tabiiyki, ezgulik g\u02bboyalari singdirilgan insonni tabiatga munosabatini barqarorlashuviga xizmat qiluvchi eng muhim qadriyatlarimizdan biri bo\u02bblgan islom dining ahamiyati beqiyos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizga ma\u02bclumki, islom dini ezgulikka asoslangan bo\u02bblib, insonlarni halollikka, poklikka, tabiatga nisbatan odilona, oqilona munosabatda bo\u02bblishga da\u02bcvat etadi. Hadislarda Payg\u02bbambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: \u201cPok bo\u02bblinglar, zero Islom pok dindir va faqat pok kishilar jannatga kirur\u201d [3:3]. Islom dini odamlarni atrof-muhitni asrashga, hayvonot va o\u02bbsimlik dunyosiga zarar yetkazmaslikka, ne\u02bcmatlardan o\u02bbz ehtiyoji uchun foydalanganda isrof etmaslikka, Alloh yaratgan tabiatdagi muvozanatni va jipslikni buzmasdan ulardan to\u02bbg\u02bbri foydalanishga, ona zaminga mehr-muhabbatli bo\u02bblishga va tabiatdan oqilona foydalanishga chaqiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, \u201cBaqara\u201d surasining 205 oyatida o\u02bbsimlik va hayvonot olami inson uchun eng zarur narsalar ekani ta\u02bckidlangan. Kim bularga zarar yetkazsa, insoniyatga zarar yetkazgan bo\u02bbladi. Qur\u02bconi Karimda barcha jonzotlar insonlar kabi \u201cummat\u201d ekani ta\u02bckidlanadi. Aynan shu ta\u02bckid insonni o\u02bbzi kabi ummat bo\u02bblgan barcha jonli mavjudotga nisbatan mehribon bo\u02bblishga undaydi. Bu xususda Alloh taolo \u201cAn\u02bcom\u201d surasida bunday deydi: \u201cYer yuzidagi har bir jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir\u201d (38 oyat), ya\u02bcni hayvonlarning har bir turi yoki oilasi alohida olingan ummat hisoblansa, aynan shu hukm bilan ular boshqa ummatlar orasida yashashga, mavjudlik haqqiga egadir [4:257].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida hayvonot olamiga alohida e\u02bctibor berilgani kabi nabotot olamiga ham juda katta urg\u02bbu beriladi. Unga ko\u02bbra nabotot olami Allohning insonga ato qilgan ulug\u02bb ne\u02bcmatlaridan biri bo\u02bblib, bu olam bo\u02bblmasa, yer yuzida hayot bo\u02bblmas edi. Jumladan, Zumar surasi, 21oyatda \u201cAlloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan oqizib qo\u02bbyganini ko\u02bbrmadingizmi! So\u02bbngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi. Keyin u quriydi. Bas, uni sarg\u02bbaygan holida ko\u02bbrursan. So\u02bbngra uni quruq cho\u02bbpga aylantirur. Albatta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir\u201d [5:43], deb aytilgan. Shuning uchun ham Alloh bu olamni insonga hayot vositasi, unga va chorvasiga rizq qilib bergani haqida ko\u02bbp g\u02bboyalar ilgari surilgan. Ko\u02bbrinib turibdiki, atrof muhitni toza saqlash, tabiatni muhofaza qilish, Alloh in\u02bcom etgan hayvonot va nabotot olami inson manfaatlariga xizmat qiladi. Xususan, \u201cU quyosh va oyni muttasil harakatlantirib, sizga beminnat xizmatkor qilib qo\u02bbydi. Shuningdek, sizga kecha ila kunduzni ham beminnat xizmatkor qilib qo\u02bbydi. Va U sizga barcha so\u02bbragan narsalaringizdan berdi. Agar Allohning ne\u02bcmatlarini sanasangiz, sanog\u02bbiga yeta olmassizlar. Albatta, inson o\u02bbta zolim va o\u02bbta noshukurdir\u201d (Ibrohim surasi, 33-34-oyatlar). \u201cVa sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni \u2013 hammasini O\u02bbz tomonidan beminnat xizmatkor qilib qo\u02bbydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat (belgi)lar bordir\u201d (Josiya surasi, 13-oyat) [6:30-31], kabi misollarni ham keltirib o\u02bbtish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yer yuzidagi barcha narsalar inson uchun yaratilgan, ularga oqilona yondashgan holda, to\u02bbg\u02bbri va yaxshi munosabatda bo\u02bblish maqsadga muvofiqdir. Zero, Alloh taolo \u201cBaqara\u201d surasining \u201cU yer yuzidagi barcha narsani sizlar uchun yaratgan\u201d deb boshlanadigan 29-oyatida inson uchun, uning tasarrufi va foydasi uchun yaratgan narsalarga, jumladan, yer osti boyliklari va konlarga ishora qiladi [7:48-49].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz buni to\u02bbg\u02bbri anglagan holda yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas\u02bculiyatli vazifani ado etishda birinchi galda ma\u02bcnaviy qadriyatlarimizda ilgari surilgan g\u02bboyalarga tayanishimiz kerak. Bu g\u02bboyalar yoshlarning tabiatga va hayvonot dunyosiga bo\u02bblgan ijobiy munosabatini shakllantirishda, umuman \u201ctabiat-jamiyat-inson\u201d tizimi munosabatlarini uyg\u02bbunlashtirishda beqiyos ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida ta\u02bckidlaganimizdek, islom dini xalqimizning tabiatga munosabatini to\u02bbg\u02bbri shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. U ona Vatanimizning tabiatini asrab-avaylashga bo\u02bblgan mehr-muhabbatni kuchaytiradi va uni asrash orqali o\u02bbsib kelayotgan avlod uchun zarur hayotiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, \u201ctabiat-jamiyat-inson\u201d tizimi munosabatlarini muvozanatga keltirishda, Alloh in\u02bcom etgan ne\u02bcmatlardan oqilona foydalanish, tabiatni asrab-avaylashga oid islom dinidagi g\u02bboyalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, ma\u02bcnaviy qadriyatlarimiz asosida farzandlarimizning ongiga atrof-muhitni ozoda tutish, havoning ifloslanishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik, mamlakatimiz tabiatini, hayvonot va o\u02bbsimlik dunyosini asrash kabi tushunchalarni singdirib borishimiz kerak.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat\u02bciy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik \u2013 har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo\u02bblishi kerak. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">I.A.Karimov. O\u02bbzbekiston XXI asr bo\u02bbsag\u02bbasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari \/\/ Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo\u02bblida. T.6. \u2013 T.: 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">M.No\u02bbmonov. Islomda tabiatga munosabat. \u2013T.: Movarounnahr, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sh.Otaboyev, S.Mirvaliyev va E.Tursunov \u2013 Ekologiyada madaniyat va ma\u02bcnaviyat muammolari. \u2013T.: Nishon noshir nashriyoti, 2009 y.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayyid Mubashshir Taroziy Sof tabiat dini \/ Tarj. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. \u2013 T.: Hilol-nashr, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xusan DJURAKULOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>mintaqaviy filiali, falsafa fanlari bo\u02bbyicha<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0falsafa doktori (PhD), dotsent<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Butun dunyoda ilmiy jamoatchilikning oldida turgan dolzarb masalalardan biri \u2013 bu ekologik barqarorlik va xavfsizlikni ta\u02bcminlash bilan bog\u02bbliq tadqiqotlarni yanada keng ko\u02bblamda olib borishdan iborat. Zero, bugungi kunda barqaror ekologik vaziyatni, atrof-muhit musaffoligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muhim subyektiv omili bo\u02bblgan ekologik ongni shakllantirish, rivojlantirish va yuksaltirish, shuningdek \u201cekologiya sohasidagi ishlarning ahvolini yaxshilash\u201d &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22560,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-21T05:05:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz\",\"name\":\"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-21T05:05:12+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-21T05:05:12+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-21T05:05:12+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz","name":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg","datePublished":"2022-06-21T05:05:12+00:00","dateModified":"2022-06-21T05:05:12+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_102.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22562&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN G\u02bbOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22562"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22562"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22562\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22563,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22562\/revisions\/22563"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22560"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22562"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22562"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22562"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}