{"id":22550,"date":"2022-06-20T09:32:33","date_gmt":"2022-06-20T04:32:33","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22550"},"modified":"2022-06-20T09:32:33","modified_gmt":"2022-06-20T04:32:33","slug":"borliq-haqidagi-kons%d0%b5psiyaning-o%ca%bbziga-xos-talqini","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz","title":{"rendered":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, falsafa ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Bu shakl borliq to\u02bbg\u02bbrisida, unda insonning o\u02bbrni qanday ekani, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari haqida ma\u02bclumot beradi. U insonlarning dunyoqarashini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, falsafaning borliq haqidagi ta\u02bclimoti o\u02bbta muhim va dolzarbdir. Faylasuflarning hech biri borliq tushunchasini chetlab o\u02bbtmagan. Har biri o\u02bbzining borliq haqidagi shaxsiy fikrlarini bildirib, mavzuning turli qirralarini ochishga harakat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, borliq mavzui qadimiy, lekin navqirondir. Fikrimizning dalili sifatida taniqli faylasuf Baxtiyor To\u02bbrayevning \u201cBorliq (falsafiy tahlil)\u201d monografiyasini olish mumkin. Bizning nazarimizda bu monografiyada \u201cborliq\u201d tushunchasi har tomonlama, ya\u02bcni dialektik nuqtai nazardan ilmiy, yaxlit holda tahlil qilingan. O\u02bbquvchiga borliq haqida to\u02bbliq tasavvur beradi, desak, xato bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Borliq muammosini tushuntirishda yakdil fikr shakllangan bo\u02bblmasa-da, (chunki u munozarali) Baxtiyor To\u02bbrayev o\u02bbzining ko\u02bbp yillik izlanishlari, hayotiy tajribasi, jahon falsafasining borliq haqidagi fikrlarini xulosa qilishi natijasida o\u02bbquvchiga mukammal tushuncha beradi. \u201cBorliq, \u2013 deb yozadi B.To\u02bbrayev, \u2013 bu mavjudlikning barcha (moddiy va ma\u02bcnaviy) shakllarini, (real va noreal) turlarini va (o\u02bbtmishdagi, hozirgi va kelajakdagi) ko\u02bbrinishlarini o\u02bbziga qamrab oluvchi eng umumiy va universal falsafiy kategoriyadir\u201d. Muallif borliqni tushuntirishda ko\u02bbproq tabiiy fanlar bo\u02bbyicha qilingan kashfiyotlarga murojaat qiladi va ularga tayanib, shaxsiy fikrlarini mustahkamlaydi. Shuni ham ta\u02bckidlash lozimki, B.To\u02bbrayev fundamental matematika, fizika, biologiya, ximiya, genetika fanlarining kashfiyotlari bilan yaqindan tanish va bu fanlarning muammolarini mukammal o\u02bbrgangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">74 paragrafdan iborat bu monografiyada borliqning sxemasi shunday tasvirlab berilganki, muallif o\u02bbz fikrlarini bu sohalarni mukammal o\u02bbrgangan holda muomalaga kiritgani bilinib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz yuqorida qayd etilgan paragraflarning ba\u02bczilari haqida to\u02bbxtalamiz. Jumladan, muallif monografiyaning birinchi bobida borliqning umumiy mohiyati va mazmunini ochib berishda substansiya, aksidensiya va substrat, borliq va yo\u02bbqlik, mavjudlik va reallik tushunchalariga e\u02bctibor qaratgan. Bu sohalar borliq falsafasining keng qirralarini tushunishga yordam beradi. Muallif borliq haqidagi ta\u02bcriflarni tahlil qilgan holda, unga o\u02bbz ta\u02bcrifini beradiki, bu mening nazarimda boshqalaridan o\u02bbzining qisqaligi, lekin keng qamrovli ekani bilan farq qiladi: \u201cBorliq \u2013 bu mavjudlikning barcha (moddiy va ma\u02bcnaviy) shakllarini, (real va noreal) turlarini va (o\u02bbtmishdagi, hozirgi va kelajakdagi) ko\u02bbrinishlarini o\u02bbziga qamrab oluvchi eng umumiy va universal falsafiy kategoriyadir\u201d. Bu ta\u02bcrifda borliqqa nisbatan birorta soha nazardan chetda qolmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Monografiyaning ikkinchi bobi birinchisining mantiqiy davomi bo\u02bblib, unda borliqning shakllari tahlil qilinadi. Bu bob borliqning aktual va potensial, real va virtual jihatlariga yangicha yondashilgan holda ma\u02bclumotlar berilganki, ular har qanday o\u02bbquvchini mulohazaga chorlaydi. Jumladan, muallif (namoyon bo\u02bblib turgan) aktual borliq bilan potensial borliqning o\u02bbzaro munosabatlarini quyidagicha ta\u02bcriflaydi: \u201cBorliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida aktual voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan aktual borliqdir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, borliqda harakat mavjud, o\u02bbzgarish mavjud. Bu \u2013 borliq ichidagi xususiyat. Borliq bilan harakat ajralmas, bir butundir. Borliq harakatsiz, harakatsiz borliq bo\u02bblishi mumkin emas. Tadqiqotda bu jarayon chuqur ilmiy tahlil qilingani yaqqol ko\u02bbzga tashlanadi. B.To\u02bbrayev mavzuni kashfiyotlarga asoslangan holda tasvirlaydi va borliqning shakllarini dalillar yordamida ko\u02bbrsatib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Monografiyaning uchinchi bobidagi ma\u02bclumotlar o\u02bbquvchini borliq kategoriyasiga yanada jiddiyroq yondashishga undaydi. Chunki unda ko\u02bbpgina adabiyotlarda yoritilmagan ma\u02bclumotlar aks etgan. Muallif fazo va vaqtni, vaqtning mukammal ta\u02bcrifidan u haqdagi nazariya va qarashlar, substansional va relyatsion konsepsiyalar, vaqtning turli modellari, ko\u02bblam tushunchasi, davomiylik xususiyatlari, izotroplik va anizotroplik, egilganlik xususiyatlari va topologik unsurlarigacha batafsil tahlil qilgan. Uning bu sohalarni mukammal bilib xulosalar chiqargani, falsafadagi borliq kategoriyasi to\u02bbg\u02bbrisidagi tasavvurlarni kengaytiradi va boyitadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, mavzu hozirgi zamon fan yutuqlari asosida tahlil qilinib, xulosalar chiqariladi. Olim predmetni tushuntirishga o\u02bbta mas\u02bculiyat bilan yondashadi. Shubhali xulosalarga o\u02bbrin qoldirmaydi. Fanlarga tayanib ish ko\u02bbrar ekan, ular nafaqat tabiat sirlarini ochib beruvchi va taraqqiyotni siljituvchi vosita, balki inson dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil ekanini ham ko\u02bbrsatib beradi. Muallif borliqdagi tabiiy va ijtimoiy sohalarning o\u02bbzaro dialektik munosabatlarini ochib beradi. Bunga dalil sifatida kitobdagi \u201ctartiblanganlik\u201d, \u201cmo\u02bbljallanganlik\u201d, \u201cfazo va vaqt modellari\u201d, \u201cbog\u02bblanganlik\u201d, \u201co\u02bblchamlilik\u201d paragraflarini keltirish mumkin. Ulardagi tahlillar borliqdagi turli xususiyatlar inson faoliyati bilan bog\u02bblanganini, ularni bilish olamni yaxlit tushunishga yordam berishini anglatadi. Borliq kategoriyasini to\u02bbliq tasavvur qilishga yordam beruvchi tushunchalar ilk bor muomalaga olib kirilgani mavzuni yorqinroq tushunishga asos bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbrtinchi bobda mavzu yanada qiziqarli va tushunarli tarzda bayon qilingan. O\u02bbquvchi yoki mutaxassis uni o\u02bbqib, yetarlicha kerakli ma\u02bclumot olishi mumkin. Borliqning materiya shakli haqida yuzlab, minglab adabiyotlar, maqola va risolalar, qarashlar mavjud bo\u02bblsa-da, muallif mavzuga yangicha yondashib, xulosalar chiqargan. Uning materiyaning tuzilishi, mikro, makro va mega, anorganik va organik, ijtimoiy dunyolar haqidagi fikrlari o\u02bbquvchini yangi mulohazalarga undaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Monografiyaning beshinchi bobi borliqning shakli bo\u02bblgan kosmologiyaga qaratilgan. Uning mohiyati, kosmologik modellar, Eynshteynning silindrsimon koinot modeli, nostatsionar modellar, portlash nazariyasi, statsionar kengayuvchi koinot modellari kabi bir qancha boshqa sohalar tadqiq qilingan. Bularning barchasi insonning borliq haqidagi bilimini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Muallif bu sohalarni alohida-alohida tadqiq qilish bilan birga, ular orasidagi dialektik munosabat, aloqadorlik va bog\u02bblanishlarni ham tasvirlab beradi. Bunday yondashuv B.To\u02bbrayev dialektikaning barcha qirralari va mazmun-mohiyatini ilmiy jihatdan yaxshi bilgan yetuk faylasuf ekanidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oltinchi bobda ong borliqning ma\u02bcnaviy shakli sifatida tahlil qilingan. Unda nutq, til, tafakkur, ong va uning tarkibiy unsurlari to\u02bbg\u02bbrisida fikrlar bildirilgan. Ayniqsa bu bobdagi idrok, fikr, tafakkur, tushuncha, hukm kabilarga qisqa va tushunarli ta\u02bcriflar berilgan. O\u02bbquvchi ulardan o\u02bbz faoliyatida qiynalmasdan bemalol foydalanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yettinchi bob olamning birligi va xilma-xilligi masalalariga bag\u02bbishlangan. O\u02bbquvchi bu bobdan olamning murakkabligi va xilma-xilligining birligi haqida qiziqarli falsafiy g\u02bboyalar olishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kichik hajmdagi (holbuki, borliq haqida bir necha jildli asar yozish mumkin), lekin mazmunan boy bu asarning asosiy paragraf va boblarini tilga olar ekanmiz, quyidagi xulosalarga kelamiz. Bu asar tinmay olib borilgan izlanishlar va mashaqqatli mehnat natijasidir. Faylasuf olim o\u02bbzining bilimiga amal qilsa, o\u02bbz fikr va mulohazalarini bemalol oshkor eta oladi. Natijada tadqiq etilayotgan soha yoki jarayonga nisbatan zaruriy yoki tasodifiy omillarni mukammal tahlil qilib, xulosa chiqaradi. Predmet yoki hodisaning o\u02bbtmishdagi, hozirdagi, kelajakdagi faoliyatini nisbatan aniq baholaydi. Jarayonni to\u02bbliq his qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Monografiyani o\u02bbqib shunga amin bo\u02bblasizki, B.To\u02bbrayevda ana shu xislat va xususiyatlar mujassamlashgan. O\u02bbz mehnati va ilmi bilan bilish nazariyasining ma\u02bclum bir qismini mukammallashtirgan. Monografiyaning nazariy jihatdan kuchliligi shundaki, (yuqorida ta\u02bckidlanganidek) fikrlar fan yutuqlari bilan asoslangan. Ba\u02bczi mualliflar o\u02bbz asarlarining ko\u02bbp qismini iqtiboslar bilan to\u02bbldirsa, B.To\u02bbrayev bu an\u02bcanadan uzoqlashgan. Kitobda iqtiboslar ham keltirilib, ularning mazmun-mohiyatiga xolisona baho berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Monografiya sodda va ravon tilda yozilgan. Bu monografiya, falsafa fanining borliq to\u02bbg\u02bbrisidagi xulosalarini yanada oydinlashtiradi, mavhumlikdan aniqlikka yetaklaydi, shaxsning dunyoqarashini kengaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kitobning yana bir xususiyati shundaki, undagi barcha materiallar lotin grafikasida ham takrorlab berilgan. Bu yoshlarimiz uchun alohida qulaylikdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa shundan iboratki, B.To\u02bbrayev nafaqat tabiatshunoslik falsafasining yirik namoyandasi, balki ijtimoiy falsafa taraqqiyotiga ham yetarli hissa qo\u02bbshgan yetuk ijodkordir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ziyodulla DAVRONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Toshkent davlat moliya instituti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Falsafa fanlari doktori, professor<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, falsafa ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Bu shakl borliq to\u02bbg\u02bbrisida, unda insonning o\u02bbrni qanday ekani, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari haqida ma\u02bclumot beradi. U insonlarning dunyoqarashini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, falsafaning borliq haqidagi ta\u02bclimoti o\u02bbta muhim va dolzarbdir. Faylasuflarning hech biri borliq tushunchasini chetlab o\u02bbtmagan. Har biri o\u02bbzining borliq haqidagi shaxsiy fikrlarini bildirib, mavzuning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22548,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-20T04:32:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz\",\"name\":\"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-20T04:32:33+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-20T04:32:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-20T04:32:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz","name":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg","datePublished":"2022-06-20T04:32:33+00:00","dateModified":"2022-06-20T04:32:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_101.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22550&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BORLIQ HAQIDAGI KONS\u0415PSIYANING O\u02bbZIGA XOS TALQINI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22550"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22550"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22550\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22551,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22550\/revisions\/22551"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22548"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22550"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22550"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22550"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}