{"id":22483,"date":"2022-06-15T09:14:51","date_gmt":"2022-06-15T04:14:51","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22483"},"modified":"2022-06-15T09:14:51","modified_gmt":"2022-06-15T04:14:51","slug":"mahmudxo%ca%bbja-b%d0%b5hbudiy-samarqand-jadidlarining-yirik-namoyandasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz","title":{"rendered":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlik harakatini chuqur o\u02bbrganish, o\u02bbsha davrda ijod qilgan va faoliyat yuritgan ziyolilar, taraqqiyparvarlarning ezgu maqsadlarini keng targ\u02bbib qilish davlatimizning doimiy diqqat e\u02bctiborida bo\u02bblib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Parlamentga yo\u02bbllagan murojaatnomasida bu masalaga alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtdi: \u201cUmuman, biz jadidlik harakati, ma\u02bcrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o\u02bbrganishimiz kerak. Bu ma\u02bcnaviy xazinani qancha ko\u02bbp o\u02bbrgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko\u02bbp savollarga to\u02bbg\u02bbri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ\u02bbib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi\u201d [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlik harakati va uning mohiyati bugungi kun uchun ham dolzarb va ahamiyatlidir. Prezidentimiz 2020 yil 30 sentyabrda imzolagan \u201cMa\u02bcrifatparvar jadidlik harakati namoyandalarini mukofotlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmonda jadidlar faoliyati yana bir bor e\u02bctirof etildi. XX asrning boshida o\u02bbzining ma\u02bcrifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy ta\u02bclim-tarbiya tizimini yaratish va yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta\u02bcminlashga qo\u02bbshgan beqiyos hissasi uchun Abdulla Avloniy, Mahmudxo\u02bbja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov \u201cBuyuk xizmatlari uchun\u201d ordeni bilan mukofotlandi [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlik harakati XIX asrning oxiri XX asrning boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim va Tataristonda yuzaga keldi. Qator ma\u02bcrifatli shaxslarning yangi siyosiy va ijtimoiy g\u02bboyalarni ilgari surishi jadidlik harakatiga asos soldi. \u201cJadid\u201d so\u02bbzi arab tilidan olingan bo\u02bblib, yangi degan ma\u02bcnoni anglatadi. Bu davrda boshlangan yangi siyosiy, ma\u02bcrifiy va ijtimoiy jarayonlar jadidlik yoki taraqqiyparvarlar harakati deb nomlandi. Harakat asoschisi qrimlik Ismoilbek Gaspirinskiy edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlik harakati keyinchalik mintaqaning boshqa hududlarida ham keng yoyila boshladi. Xususan, XIX asrning oxiri XX asrning boshida Turkiston mintaqasidagi jarayonlarda jadidlik harakati muhim ahamiyat kasb etdi va qator ilg\u02bbor g\u02bboyalar ilgari surildi. O\u02bbsha vaqtda Turkiston aholisining moddiy ahvoli og\u02bbir bo\u02bblib, xalq orasida savodsizlik, diniy mutaassiblik keng tarqalgan edi. Jadidlarning fikriga ko\u02bbra, xalqni g\u02bbaflat uyqusidan uyg\u02bbotishning yagona yo\u02bbli ularni ma\u02bcrifatli qilish edi. Bu yo\u02bblda yangicha tuzum va tartiblarni joriy etish, yangi usul maktablarini ochish va insonlarni ilg\u02bbor jahon tajribasidan voqif qilish lozim edi. Shu bois jadidlik harakatining mohiyati millat va jamiyatning tafakkurini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlik harakatining yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish uchun o\u02bbsha davrdagi tarixiy jarayonlarga to\u02bbxtalish maqsadga muvofiqdir. XIX asr oxirida Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olganidan so\u02bbng xonlik davridagi tartibotni bekor qila boshladi. Turkistonning taraqqiyotdan ancha orqada qolib ketgani o\u02bblkada temir yo\u02bbl qurilishidan, dastlabki sanoat korxonalarining bunyod etilishidan, rus olimlarining O\u02bbrta Osiyoga olib kelgan yangi ilmiy g\u02bboyalaridan keyin ma\u02bclum bo\u02bbla boshladi. Xonliklar davridagi monarxiya tuzumi sababli o\u02bblkada hali-hanuz o\u02bbrta asrlarga xos hayot tarzi hukm surar edi. Bu omillar yurtning ziyolilari va taraqqiyparvarlarini uyg\u02bbotdi. Turkistondagi jadidlar sifatida Mahmudxo\u02bbja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fitrat, Cho\u02bblpon, Ashurali Zohiriy, Is\u02bchoqxon Ibrat, Fayzullo Xo\u02bbjayev, Abdulvohid Burxonovni ta\u02bckidlash mumkin. Ular milliy uyg\u02bbonish harakatining boshida bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJadidlik mohiyatga ko\u02bbra siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va mag\u02bblubiyatga uchrash davri bo\u02bblib, ularni shartli ravishda to\u02bbrtga bo\u02bblish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929 yillarni o\u02bbz ichiga oladi\u201d [3:519].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda ham jadidlik harakati keng yoyilib, ularning bir qator yetuk namoyandalari yetishib chiqdi. Samarqand jadidlarining eng ko\u02bbzga ko\u02bbringan vakili, shubhasiz, Mahmudxo\u02bbja Behbudiydir. \u201cTurkistondagi jadidlik harakatining taniqli namoyandasi Mahmudxo\u02bbja Behbudiy (1875-1919) mashhur dramaturg va publitsist, jamoat arbobi bo\u02bblishidan tashqari, o\u02bbz davrining yirik olimi, noshir va matbuotchisi sifatida chuqur iz qoldirdi\u201d [4:37].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">M.Behbudiy 1875 yilning 30 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog\u02bbida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo\u02bbja Solihxo\u02bbja o\u02bbg\u02bbli Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo\u02bbja urganchlik bo\u02bblib, amir Shohmurod zamonida (1785-1800) Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda imom-xatiblik bilan shug\u02bbullanib kelgan otasi Behbudxo\u02bbja vafot etadi. Yosh Mahmudxo\u02bbja tog\u02bbasi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramog\u02bbida o\u02bbsib voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik tog\u02bbasi Mulla Odildan o\u02bbrganadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlar Turkistonni qoloqlik, savodsizlik botqog\u02bbidan olib chiqishning eng muhim omili xalqni savodli, ma\u02bcrifatli qilish ekanini yaxshi tushunar edi. Shu bois ular yangi usuldagi maktablarni tashkil qildi. Bu maktablarni o\u02bbsha davrning ilg\u02bbor kishilari, boylar moddiy va tashkiliy jihatdan qo\u02bbllab-quvvatladi. Bunday maktablar dastlab 1893 yili Samarqandda, 1898 yili Qo\u02bbqonda Salohiddin domla, 1899 yil eski Toshkentda Munavvar Qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan tashkil etildi. 1900 yili Buxoroda ham Jo\u02bbraboy qori yangi usuldagi maktablarni barpo etdi. 1903 yili M.Behbudiy o\u02bbz mablag\u02bbi hisobidan Jomboyda xuddi shunday maktab ochdi. Jadid Hoji Muin va Shakuriy shu maktabda dars bergan [5:169-170].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmudxo\u02bbja Behbudiy nafaqat yangi usul maktablarini tashkil qilish, balki ularni zamonaviy darsliklar, dunyoviy ilmlar bilan ham ta\u02bcminlash ishiga bosh-qosh bo\u02bbldi. O\u02bbzi qator darslik va risolalar yaratdi. \u201c1903 yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi va Rajabamin qishloqlarida uning tashabbusi bilan yangi maktablar ochildi. Behbudiy bu maktablar uchun \u201cRisolai asbobi savod\u201d, \u201cRisolai jug\u02bbrofiyai umroniy\u201d, \u201cKitobul atfol\u201d, \u201cAmaliyoti islom\u201d, \u201cTarixi islom\u201d kabi darslik va risolalar yozdi [6:11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiy jadidlar yetakchisi, mintaqada taraqqiyparvarlik harakatining a\u02bczosi sifatida Samarqand shahrida turli yig\u02bbin, kecha va mashvaratlarni tashkil qildi. Bu kabi yig\u02bbilishlarga turli shaharlardagi taraqqiyparvar kishilar taklif etildi. Buxorolik mashhur ma\u02bcrifatparvar Sadriddin Ayniy Mahmudxo\u02bbja Behbudiy haqida bunday eslaydi: \u201c1908 yilda dars sheriklarimizdan bo\u02bblg\u02bbon Mirzo Abdulvohid bilan Buxorodan Samarqandg\u02bba kelgan edik. Bu sayohatimizda mulla Abdulqodir Shakuriy, mulla Ismatullo Rahmatullozoda va bir qancha Samarqand ma\u02bcrifatparvarlari oqshom majlisi uchun bizni bir yerga chaqirg\u02bbon edi\u201d [7:238].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">S.Ayniyning qo\u02bbshimcha qilishicha, bu uning Behbudiy bilan birinchi uchrashuvi edi. U bunday xotirlaydi: \u201cBu kecha Mahmudxo\u02bbja ko\u02bbpincha fanniy masalalardan so\u02bbz chiqarib, yerdan, ko\u02bbkdan, oydan, yulduzdan, qisqasi, ul vaqtg\u02bbacha biz eshitmagan narsalardan ko\u02bbpgina so\u02bbyladi\u201d [7:238].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiy faol noshirlik faoliyati bilan Turkistonda milliy matbuot rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan. Uning tashabbusi bilan o\u02bbzi va boshqa taraqqiyparvarlarning ma\u02bcrifatparvarlik g\u02bboyalarini keng targ\u02bbib qilish maqsadida gazeta va jurnallar faoliyat ko\u02bbrsata boshladi. Behbudiyning sa\u02bcy-harakatlari va muharrirligida 1913 yildan \u201cSamarqand\u201d gazetasi chiqa boshlagan. Unda o\u02bbsha davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalariga e\u02bctibor kuchli edi. Gazetaning 1913 yil 30 iyuldagi sonida turkistonlik yoshlarning og\u02bbir ijtimoiy ahvoli, bolalarni maktabda o\u02bbqitishning ahamiyati haqida to\u02bbxtalib, bunday deyilgan: \u201cBoshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosig\u02bba tobe ekan, bizni ulamo bil\u02bcaks avomg\u02bba tobedur. Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o\u02bbttuz sana so\u02bbngra yana yomonroq bo\u02bblur, musulmonlik ilm va adab ila qoim, millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur\u201d [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, Buhbudiyning bevosita ishtiroki va tashabbusi bilan 1917 yil 16 apreldan boshlab \u201cHurriyat\u201d, 1918 yildan 1922 yilgacha \u201cMehnatkashlar tovushi\u201d gazetasi nashr etilgan va ularda mustaqillik, insonlarni ilm olishga, zamonaviy fikrlashga da\u02bcvat etuvchi maqolalar chop qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiyning noshirlik faoliyatida \u201cOyina\u201d jurnali alohida ahamiyatga ega. 1913 yilning 20 avgustidan chiqa boshlagan bu jurnalda milliy birdamlik, turkiy xalqlarning hamjihatligi kabi masalalar ko\u02bbtarilgan. Millat va uning haq-huquqlari, tarixi, til va adabiyoti masalalari, dunyodagi ahvolga doir qiziqarli maqolalar berib borilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiyning millat taraqqiyotida xorijiy tillarni o\u02bbrganishning ahamiyati haqidagi fikrlari diqqatga sazovor. U xorijiy tillarni o\u02bbrganish zamonning zarurati ekanini ta\u02bckidlab, uni diniy tomondan ham asoslashga harakat qildi: \u201cYana bir til va xat borki, butun olam bir-birila aning ila so\u02bbylaydur. Ul faranse tili xatidur. G\u02bbayridinning ilm va xatini o\u02bbrganmoq shariatcha durustdur. Hadisi sharifdan ma\u02bclum bo\u02bbladurki, janob Payg\u02bbambar (S.A.V.) o\u02bbz sahobalaridan Zayd bin Sobit(g\u02bba) yahudiy xatini o\u02bbqub-o\u02bbrganmoqqa buyurgan ekan. Va ul janob amri hazrat nubuvvat panohi ila yahudiy xatini o\u02bbrganib, hazrat Payg\u02bbambar (S.A.V.)g\u02bba yahudiylardan keladurg\u02bbon xatlarni o\u02bbqub berar ekan. (\u201cSahihul Buxoriy\u201d, 4-juz, 156-sahifa)\u201d [9:14].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiy Turkistonda islom dinining o\u02bbrni va mavqei yuqoriligi, diniy ulamolarning xalq orasidagi obro\u02bbsini inobatga olgan holda, o\u02bbz g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilishda diniy va dunyoviy qarashlardagi muvozanatni saqlashga harakat qilgan. Bu haqda tarix fanlari doktori, professor Q.Rajabovning quyidagi fikrlarini keltirish o\u02bbrinli: \u201cBehbudiy ham din va millatni ittifoq etishga, islohot o\u02bbtkazishga, ziyoli va taraqqiyparvarlarni, boy va ulamoni birlashtirishga da\u02bcvat etdi. U taraqqiyparvarlar va ulamolarning xalq orasida obro\u02bbsi unchalik katta emasligi, shu bois qadimiy ulamolar bilan hamkorliksiz ish olib borilsa muvaffaqiyatga erishish qiyinligi to\u02bbg\u02bbrisida kuyunib so\u02bbzlar edi\u201d [10:9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiyning ma\u02bcrifatparvarlik g\u02bboyalari, jamiyatni isloh qilish, jaholatga qarshi kurashish masalalaridagi fikrlari uning \u201cPadarkush\u201d asarida yorqin ifodalangan. Bu asarda dunyoviy ilmlarni egallashning ahamiyati, keng dunyoqarashli yoshlarning mamlakatni taraqqiy ettirishdagi roli mohirona tasvirlangan: \u201cOlimi zamoniy bo\u02bblmoq uchun bolalarni, avvalo, musulmoniy xat va savodini chiqarub, zaruriyatiy diniya va o\u02bbz millatimiz tilini biladirg\u02bbondan so\u02bbngra hukumatimizning nizomli maktablariga bermoq kerakdur, ya\u02bcni gimnaziya va shahar maktablarini o\u02bbqub tamom qilg\u02bbonlaridan so\u02bbng Peterburg, Maskov dorilfununlariga yuborib, dokturlik, zakunchilik, injenerlik, sudyalik, ilmi san\u02bcat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni o\u02bbqutmoq lozimdir\u201d [11:44].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmudxo\u02bbja Behbudiyning yurt ozodligi, millat taraqqiyoti yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatlarini tadqiq etishda uning siyosiy faoliyatini ham inobatga olish lozim. 1917 yildagi fevral inqilobi va Rossiya podshosi Nikolay Romanovning taxtdan ag\u02bbdarilishi Turkiston jadidlarini faollashtirib yubordi. \u201cHurriyat\u201d gazetasining 1917 yil 13 may sonida Behbudiyning \u201cMuhtaram samarqandiylarg\u02bba xolisona arz\u201d nomli murojaati chop etildi. Unda ozodlik, hurriyat haqida quyidagicha fikr bildiriladi: \u201cHozirda bo\u02bblsa, Xudoi taolo bizg\u02bba hurriyat berdi. Diniy va milliy islohot va taraqqiyimiz uchun harakat va sa\u02bcy etmoqqa yo\u02bbl ochuqdir\u201d [12:471].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">M.Behbudiy 72 kun umr ko\u02bbrgan Turkiston Muxtoriyatining parlamenti \u2013 Milliy Majlis tarkibiga kiritilgan edi. O\u02bbsha vaqtda zamonaning eng ilg\u02bbor ziyolilari, taraqqiyparvarlaridan tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatida mas\u02bcul lavozimni egallash Behbudiyga faxr bag\u02bbishlagan edi. U: \u201c27 noyabrda Ho\u02bbqandda umumiy musulmon syezdida Turkiston Muxtoriyati e\u02bclon qilindi. Muborak va xayrli bo\u02bblsin! Kamina ham majlisda bo\u02bblish uchun iftixor etaman. Yashasun Turkiston Muxtoriyati!\u201d [12:493], degan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq juda qisqa muddatdan so\u02bbng \u2013 1918 yilning fevralida bolsheviklar tomonidan Turkiston Muxtoriyati hukumati tarqatib yuborildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Turkiston mintaqasida XIX asr oxiri XX asr boshida ro\u02bby bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o\u02bblkada zamonaviy fikrlaydigan taraqqiyparvarlarning maydonga chiqishiga sabab bo\u02bbldi. Ularning millatni uyg\u02bbotish, jaholatga qarshi kurashish, mamlakatni taraqqiy ettirish yo\u02bblidagi mardonavor kurashi jadidlik harakati nomi bilan tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Mahmudxo\u02bbja Behbudiy bu harakatda millat fidoyisi sifatida muhim rol o\u02bbynadi. Uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini, tarixiy jarayonlarda tutgan o\u02bbrnini yoritish, tahlil qilish alohida tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi. \/\/\u00a0<a href=\"https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020\">https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/3860\">https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/3860<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi. 3 tom. \u2013T.: \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d davlati ilmiy nashriyoti, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Q.Rajabov. Mahmudxo\u02bbja Behbudiyning Bolqon urushlari va Anvar Posho haqidagi fikrlari \/\/ \u201cMahmudxo\u02bbja Behbudiy diniy-ma\u02bcrifiy qarashlarining zamonaviy talqinlari\u201d mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. \u2013T., 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Tuzuvchilar: H.Sodiqov., R.Shamsitdinov., P.Ravshanov. va boshqalar. \u2013T.: Sharq, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zarafshonning Behbudiysi. To\u02bbplovchi va nashrga tayyorlovchi: Akram Haydarov. \u2013T.: Sahhof, 2020<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mahmudxo\u02bbja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. Ikkinchi jild. \u2013T.: Akademnashr, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cSamarqand\u201d gazetasi, 1913 yil 30 iyul. \u211631<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cOyina\u201d jurnali, 1913 yil 20 avgust. \u21161.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Q.Rajabov., M.Haydarov. Turkiston tarixi (1917-1924 yillar). \u2013T.: Universitet, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mahmudxo\u02bbja Behbudiy. Padarkush. Tanlangan asarlar. \u2013T.: Ma\u02bcnaviyat, 1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mahmudxo\u02bbja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. Birinchi jild. \u2013T.: Akademnashr, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Gulmamat Ahmedov,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand Davlat muzey qo\u02bbriqxonasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix va etnografiya bo\u02bblimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jadidlik harakatini chuqur o\u02bbrganish, o\u02bbsha davrda ijod qilgan va faoliyat yuritgan ziyolilar, taraqqiyparvarlarning ezgu maqsadlarini keng targ\u02bbib qilish davlatimizning doimiy diqqat e\u02bctiborida bo\u02bblib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Parlamentga yo\u02bbllagan murojaatnomasida bu masalaga alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtdi: \u201cUmuman, biz jadidlik harakati, ma\u02bcrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o\u02bbrganishimiz kerak. Bu ma\u02bcnaviy xazinani qancha ko\u02bbp o\u02bbrgansak, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22481,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-15T04:14:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz\",\"name\":\"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-15T04:14:51+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-15T04:14:51+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-15T04:14:51+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz","name":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg","datePublished":"2022-06-15T04:14:51+00:00","dateModified":"2022-06-15T04:14:51+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_98.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22483&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MAHMUDXO\u02bbJA B\u0415HBUDIY \u2013 SAMARQAND JADIDLARINING YIRIK NAMOYANDASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22483"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22483"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22483\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22484,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22483\/revisions\/22484"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22481"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22483"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22483"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22483"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}