{"id":22422,"date":"2022-06-13T10:42:55","date_gmt":"2022-06-13T05:42:55","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22422"},"modified":"2022-06-13T10:43:12","modified_gmt":"2022-06-13T05:43:12","slug":"ajdodlarimiz-m%d0%b5rosida-yolg%ca%bbonchilik-illatining-qoralanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz","title":{"rendered":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cYolg\u02bbonchilikdan saqlaninglar, chunki u<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>yomonlik bilan birga do\u02bbzaxda bo\u02bbladi\u201d.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hadisdan.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyat sarvari insonning tabiatida ijobiy va salbiy xulqiy sifatlar mavjud bo\u02bbladi. Odam doimo o\u02bbzidagi ijobiy xulqiy fazilatlarni asrash, salbiy xulqiy odatlaridan saqlanishga intiladi. Kishilardagi eng salbiy xulqiy odatlardan biri yolg\u02bbonchilik hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson har qanday fikrning noto\u02bbg\u02bbriligini bilgani holda tasvirlashi yolg\u02bbon hisoblanadi. Lekin har qanday noto\u02bbg\u02bbri da\u02bcvoni ham yolg\u02bbon deb bo\u02bblmaydi, chunki bunday holat shoshqaloqlik, e\u02bctiborsizlik va boshqa oqibatlar natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Odatda jamiyatda hech qachon yolg\u02bbon gapirmaydigan rostgo\u02bby kishilar juda ozchilikni tashkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cO\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati\u201dda \u201cyolg\u02bbon\u201d so\u02bbziga quyidagicha tavsif berilgan: 1. Haqiqatga zid, noto\u02bbg\u02bbri, haqiqatda bo\u02bblmagan;<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqiy emas, soxta, yasama yolg\u02bbondakam;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatga to\u02bbg\u02bbri kelmaydigan noto\u02bbg\u02bbri gap, narsa, uydirma [1].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, \u201cYolg\u02bbonni suv qilib ichmoq\u201d, \u201cyolg\u02bbonaka(m)\u201d, \u201cyolg\u02bbondan\u201d, \u201cyolg\u02bbonlamoq\u201d, \u201cyolg\u02bbonlik\u201d, \u201cyolg\u02bbonchi\u201d (\u201caldoqchi\u201d, \u201ckazzob\u201d, \u201cqasamxo\u02bbr\u201d, \u201cduzzi\u201d), \u201cyolg\u02bbon-yashiq\u201d (\u201cuydirma\u201d) kabi iboralar ham uchraydi. Insonlar orasida \u201cBu dunyo yolg\u02bbonchi dunyo, oxirat esa chin dunyo\u201d, degan kalimani qo\u02bbllanilishi ham bejiz emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kishining xoh qasddan, xoh odatiy bo\u02bblsin biror narsa yoki hodisa haqida noto\u02bbg\u02bbri xabar berishi yolg\u02bbonchilik hisoblanadi. Xalqimizda \u201cOdamning olasi ichida, narsaning olasi sirtida\u201d, \u201cShirin yolg\u02bbondan achchiq haqiqat yaxshi\u201d, \u201cYov makrini yolg\u02bbon yashirar\u201d kabi naqllar ham mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimizda harom qilingan katta gunohlardan biri yolg\u02bbondir. Turli maqsadlarda boshqalarni aldash va laqillatish uchun to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblmagan so\u02bbzlarni ishlatadigan, yolg\u02bbon gapirmay turolmaydigan odamni \u201cyolg\u02bbonchi\u201d, \u201ckazzob\u201d, \u201cbeburd\u201d, \u201cyuzsiz\u201d deydi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda insonlarni yolg\u02bbonchilikdan qaytarib \u201cYolg\u02bbon so\u02bbzdan yiroq bo\u02bblinglar!\u201d deb ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har doim yolg\u02bbondan saqlanib, rost gapirish odobli, iymonli kishilarning sifatidir. Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) uqtirganlaridek, \u201cYolg\u02bbondan saqlaninglar, chunki iymon bir tomonda, yolg\u02bbon bir tomondadir. Yolg\u02bbon bilan iymon bir kishida jam bo\u02bblmaydi\u201d, \u201cMo\u02bbmin kishida hamma xulqlar bo\u02bblishi mumkin, ammo xiyonat va yolg\u02bbonchilik bo\u02bblmaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonchilik \u2013 munofiqlik alomatidir. Hadisda yozilganidek, \u201cMunofiqlikning alomati uchta: Agar gapirsa yolg\u02bbon gapiradi, omonatga xiyonat qiladi, va\u02bcdasiga xilof qiladi\u201d. Shu sabab yolg\u02bbonchilik yaxshilarning ishi emas. Yolg\u02bbon so\u02bbzlar insonlarni bee\u02bctibor qiladi. Yolg\u02bbonchilikni gavharni xuddi oddiy toshdek xor qilganga tenglashtirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisda sakkiz toifa kishilar Tangri maxluqlarining orasida eng yomoni hisoblanib, birinchisi yolg\u02bbonchilar ekani uqtirilgan [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kimki, chin so\u02bbzni yolg\u02bbonga qotadi, bebaho durni najosatga otadi. Kundalik hayot va turmushda insonning boshiga tushadigan ko\u02bbpgina noxushliklar va ko\u02bbrgiliklar uning yolg\u02bbon gapirishidan keyin hosil bo\u02bbladi. Sotqinlik, makr-hiyla, aldash, insofsizlik, haqsizlik, e\u02bctiqodsizlik, dushmanlik, xiyonatkorlik, loqaydlik kabi salbiy odatlarning hammasi yolg\u02bbonchilikdan paydo bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayrim kishilar biror manfaat ko\u02bbrish uchun yolg\u02bbon gapirishadi, lekin yolg\u02bbondan foyda ko\u02bbrishmaydi. Payg\u02bbambar (S.A.V.) marhamat qiladilarki: \u201cRostgo\u02bbylikda xavfu xatar ko\u02bbrsanglar ham rost so\u02bbzlanglar, shunda najot topasizlar. Chunki baribir yolg\u02bbonning oxiri voy\u201d. Inson yolg\u02bbon gapirsa undan fayzu barakot ketadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) ta\u02bckidlaganlaridek: \u201cAgar kishi yolg\u02bbon gapirsa, farishta u kishidan yolg\u02bboni yetib boradigan joygacha uzoqlashadi\u201d. Foyda ko\u02bbraman, deb ayrim kishilar savdo-sotiqda ham yolg\u02bbon ishlatadi, tarozidan uradi, sutga suv qo\u02bbshadi va h.k. Savdodagi yolg\u02bbonchilik qut-omadni ketkazadi. Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) dedilarki, \u201cMabodo yolg\u02bbon gapirib sotiladigan narsaning aybini yashirsalar, savdolarining barakasi ketkaziladi. Bir insonga zarar yetkazgan va uni aldagan kishi bizdan emas\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi kishilar o\u02bbzaro muloqotda suhbatdoshini yolg\u02bbon gaplar bilan ishontirishga harakat qilib, yolg\u02bbondaka qasam ichadiki, bu holat insonni jannatdan mahrum qilib, uning do\u02bbzaxga kirishiga sabab bo\u02bbladi. Bunga Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) javob berganlar: \u201cKimki yolg\u02bbon qasam ichib, birovning haqqini o\u02bbzlashtirsa, Alloh taolo unga jannatni harom etib, do\u02bbzaxga kirishni vojib qiladi\u201d. Shunda bir kishi: \u201cAgarda ozgina narsasini olsa hammi?\u201d deb so\u02bbradi. Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.): \u201cAgarda daraxtning shoxidek narsasini olsa ham\u201d deb javob qaytarganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon guvohlik berishlik ham eng yomon illatlardan biridir. Yolg\u02bbon guvohlik berish noto\u02bbg\u02bbri hukm chiqarishga, jinoyatchi aybsiz, beayb kishi esa jinoyatchi bo\u02bblib qolishiga sabab bo\u02bbladi. Sharqda yolg\u02bbon guvohlik berish katta gunohlardan biri sanaladi. Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.): Sizlarni uchta katta gunohlardan ogoh qilaymi, dedilar: Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo\u02bblish, yolg\u02bbon guvohlik berish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonchilikni azim gunohlardan ekani Payg\u02bbambar (S.A.V.)ning quyidagi hadislarida ham aytib o\u02bbtilgan. Abdurahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladi. Rasululloh (S.A.V.) uch bor: \u201cEng katta gunohi azimlar xususida sizlarga xabar qilaymi?\u201d dedilar. Sahobalar: \u201cHa yo Rasullulloh: \u201cAllohga shirk keltirmoqlik, ota-onaga itoatsizlik \u2026.\u201d dedilar, yonboshlab yotgan edilar, o\u02bblturib oldilar. So\u02bbngra \u201cYolg\u02bbon gap ham eng katta gunohi azimlardan emasmi?\u201d deb takror va takror aytaverdilar. Biz hatto ichimizda \u201cQaniydi, endi bas qilsalar!\u201d, deb turardik [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon gapirishdan qutulgan yoki so\u02bbzlamagan kishi xushxulq egasiga aylanadi, izzat-hurmatga ega bo\u02bbladi. Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.)\u00a0 deydilarki: \u201c\u2026garchi, mazaxga qolsa ham, yolg\u02bbonni tark qilgan kishi uchun jannat ravzasidan bir uyga kafilman. Xulqini chiroyli qilgan kishiga eng oliy jannatdan bir uyga kafilman\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayrim kishilar o\u02bbz xatolarini yashirish uchun yolg\u02bbon so\u02bbzlaydi. Ba\u02bczi kishilar boshqa odamlarni o\u02bbz istak-xohishiga bo\u02bbysundirish uchun yolg\u02bbon ishlatadi. Yolg\u02bbonchi gapi noto\u02bbg\u02bbri ekanini bilib tursa-da, bu odatga o\u02bbrganib qolgani uchun undan aslo qaytmaydi. Hadisda yolg\u02bbonchilikdan saqlaning, aks holda u yomonlik bilan do\u02bbzaxda bo\u02bblinadi, \u201cRivoyatning yomoni yolg\u02bbonchilikdir\u201d, \u201cYolg\u02bbonchilikdan hazar qilinglar, chunki yolg\u02bbonchilik yomon ishga boshlaydi, yomon ish do\u02bbzaxga boshlaydi\u201d, deb ta\u02bckidlangan. Bir kishi yolg\u02bbon gapiraversa, shu ishda bardavom bo\u02bblsa, Allohning huzurida \u201cYolg\u02bbonchi kazzob\u201d, deb yoziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi insonlar eshitgan narsalarini yolg\u02bbonmi yoki rostmi uni surishtirmay gapirib yurishadi. Hadisda \u201cEshitgan narsaning barchasini gapirib yurishlik shu kishining yolg\u02bbonchiligiga yetarli dalildir\u201d, deyilgan. Yolg\u02bbon tufayli insonga quyidagi azob-uqubat keladi: Inson xalq nazaridan qoladi; martabasi tushadi; har xil tashvishlarga qoladi; insonning kaltabin ekanidan dalolat beradi; inson turli xil nodonliklarga va balo-ofatlarga yaqinlashadi; doimo insonning dunyo va oxiriga zarar beradi; inson ko\u02bbzga yomon ko\u02bbrinib, mehr-oqibatdan uzoqlashadi va hokazo.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonning katta gunoh ekanini Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) o\u02bbz hadislarida ta\u02bckidlaydiki: \u201cYolg\u02bbonchi Allohning dushmanidir\u201d. Payg\u02bbambar (S.A.V.) uch xil holatda ezgu maqsadlar yo\u02bblida noiloj ishlatiladigan yolg\u02bbon uchun gunoh yozilmaydi deganlar: Erning xotiniga murosa uchun aytgan yolg\u02bbon gaplari, er-xotinni yarashtirish uchun ishlatilgan yolg\u02bbon gap; Ikki arazlashgan insonni yarashtirib qo\u02bbyish maqsadida gapirilgan yolg\u02bbon gap.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz yolg\u02bbon haqida yana:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 aqllilikning alomati yolg\u02bbon gapirmaslikdir;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 qo\u02bblingdan kelmagan narsani tilingga keltirma;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 yolg\u02bbon va\u02bcda berish bekorga dushman orttirishdir, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muborak hadislarda ta\u02bckidlanganidek: \u201cYolg\u02bbon gapirgan har bir yolg\u02bbon gapi unga gunoh bo\u02bblib yoziladi. Uch holat esa bundan mustasno!<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Urushda, chunki urush hiyla va makrsiz bo\u02bblmaydi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Erning xotiniga murosa uchun gapirgan yolg\u02bbon gapi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arazlashgan ikki kishini murosa yoki sulhga keltirish niyatida gapirilgan yolg\u02bbonlar.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda yolg\u02bbonchilik nuqsoni har bir mo\u02bbminda bo\u02bblishi mumkin. \u201cOdamlarni murosaga keltirish uchun ularga yaxshi gaplarni tashigan kishi yolg\u02bbonchi hisoblanmaydi [2:116-124]. Bu \u201chiylai shar\u02bciy\u201d deb ataladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cQani bir odam mening ustimdan yolg\u02bbon hadis so\u02bbzlasa, u kishi jahannamdan o\u02bbziga o\u02bbrin hozirlasin\u201d [4]. Shu hadisda ta\u02bckidlanganidek: \u201cKimki, Alloh nomidan qasamyod qilsa, Alloh uni yolg\u02bbonchi qiladi!\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon bilan insonning hamma muammolari hal bo\u02bblmaydi, balki muammo ustiga yangi chigalliklar paydo bo\u02bbladi. Yolg\u02bbonchilik insonga kulfat, g\u02bbam-tashvish keltiradi. Yolg\u02bbon tufayli inson betayin va beburd bo\u02bblib, jamoatchilik o\u02bbrtasida uyatga qoladi va sharmanda bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziy ta\u02bckidlagan ediki, \u201cKimki yolg\u02bbon so\u02bbzlashni, boshqa birovga bo\u02bbhton qilishni qo\u02bbymasa, uning tutgan ro\u02bbzasiga Alloh taolo muhtoj emas\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kaykovusning (1021-1099) \u201cQobusnoma\u201d (1068) asarida yozilishicha: \u201cAgar biror kishi kajlik (yolg\u02bbonchilik)ka odat qilmoqchi bo\u02bblsa, uning yoniga bormangki, u hargiz rost so\u02bbzlamas [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma asarida yana yozadiki, \u201c\u2026yolg\u02bbon va behuda so\u02bbz aytmak devonalikning bir ko\u02bbrinishidir\u201d [5:52], \u201cAgar sharmisor bo\u02bblmayin desang, qilmog\u02bbon ishni qildim dema\u201d [5:55], \u201cHargiz yolg\u02bbon demaginki, nojuvonmardlar yolg\u02bbon so\u02bbz aytmoqdadurlar\u201d [5:211].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cFisq-fasod qiluvchilar va fohishalar ko\u02bbpaysa, Alloh taolo vaboni yuboradi\u201d. Buyuk alloma Mahmud Zamaxshariy ta\u02bckidlaganki, \u201cYolg\u02bbonchining qasami bor (haqiqiy) ilmining soxtaligini oshiradi. Ey bo\u02bbtam, tilingni yomon so\u02bbzlardan saqla! Ba\u02bczi ba\u02bcni odamlar aldamchilik va hiylakorlik bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgan bursoq degan yirtqich hayvondan ham ko\u02bbproq aldoqchiroqdir\u201d; \u201cAgar bo\u02bbhton (yolg\u02bbon)chi durlaganda sen hammadan ko\u02bbra ham ko\u02bbp eshituvchisan (Ey, g\u02bbofil inson, haq gap so\u02bbylansa sen go\u02bbyo eshitmaganday bo\u02bblasan)\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon haqida she\u02bcriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ham alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtgan: \u201cHar kimningki so\u02bbzi yolg\u02bbonligi bilingach, uyatga qolgan, yolg\u02bbonni chindek gapiruvchi so\u02bbz ustomoni \u2013 kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg\u02bbon afsonalar bilan uyqu keltiruvchi yolg\u02bbonchi \u2013 uyquda alahlovchi yolg\u02bbon gapiruvchi g\u02bbaflatdadir; so\u02bbzning bir-biridan farqi ko\u02bbpdir, ammo yolg\u02bbondan yomonroq turi yo\u02bbqdir. Yolg\u02bbon gapirish bilan o\u02bbz vaqtini o\u02bbtkazuvchi odam bu qilig\u02bbi yomon tuyulishi o\u02bbrniga kishilarni aldagani bilan faxrlanadi ham. Yolg\u02bbonchi o\u02bbz gapiga go\u02bbllik bilan quloq soluvchi topsa, unga yolg\u02bbonni chinga o\u02bbtkazsa, murodiga yetgan bo\u02bbladi. Yolg\u02bbonchi \u2013 xalq oldida gunohkor. Bunday shaxsning beor yuzi yomonlikka o\u02bbgirilgan bo\u02bbladi, bunday nahsga botgan odam qutlug\u02bb uydan nari bo\u02bblgay\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Befoyda so\u02bbzni ko\u02bbp aytma,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chin ayta olur tilni yolg\u02bbonga bulg\u02bbama<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kimki ayladi yolg\u02bbon so\u02bbzin,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kizbdek el chin desa, qolg\u02bbon so\u02bbzin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har kimki so\u02bbzi yolg\u02bbon, yolg\u02bboni zohir bo\u02bblg\u02bboch uyolg\u02bbon (A.Navoiy).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fe\u02bcli xulqu-so\u02bbzlarida rostlik, ermas ayon,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Man muncha hayron, bu ne atvo ekandur, bilmadim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qilsalar har va\u02bcda shak yo\u02bbq munda yolg\u02bbondir bori,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muncha yolg\u02bbon so\u02bbz ne darkor ekandur, bilmadim (Bayoniy)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aql ahli makringga qachon o\u02bblg\u02bbay,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon karomatingni bayon qilma (Munis).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbondan ichilgan qasaming oxiri xorlikdir. O\u02bblim xavfi bo\u02bblsa ham hamisha rost so\u02bbzlamoq kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bayt:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Egri yurmoq bo\u02bblsa odating,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dilingdan hech g\u02bbussa ketmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbg\u02bbri bo\u02bblgil, egri o\u02bbq hech vaqt,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nishonga borib yetmaydi (Muiniddin Juvayniy).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrat Alisher Navoiy soxtalikni shunday ta\u02bcriflagan: \u201cMevaning mag\u02bbzi bo\u02bblgandan keyin uning po\u02bbsti ham bo\u02bbladi: odamning dushmani ham bo\u02bbladi, do\u02bbsti ham. Yomon yuzada bo\u02bbladi, yaxshi yashirin. Kimki to\u02bbg\u02bbrilik yo\u02bblini bilmoqchi bo\u02bblsa, bilsinki, bu ikki xil bo\u02bbladi. Biri shuki, kishining so\u02bbzi to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblsa, uning so\u02bbzi bilan birga o\u02bbzi ham to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblishi kerak. Yana biri shuki, yolg\u02bbon gapni ba\u02bczilar uyalganidan tasavvuf bilan \u201cTo\u02bbg\u02bbri!\u201d deydi. Oldingisi hech shubhasiz yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas. Kishi yolg\u02bbonni gapirsa ham kam gapirsa! Yolg\u02bbon egrilikdan, to\u02bbg\u02bbrilik haqiqatdan iboratdir. Sham o\u02bbz to\u02bbg\u02bbriligi bilan xursand, boshdan-oyoq kuysa ham u nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan bo\u02bblib, hammayoqni yoritsada, yerning ostiga kiradi\u201d [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zahiriddin Muhammad Bobur madh etganidek:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon so\u02bbz ila itob etarsen,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuz qahr birla xitob etarsen.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gar yolg\u02bboni bo\u02bblsa zohir, ey do\u02bbst,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharmanda bo\u02bblursen oxir, ey do\u02bbst.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Bahouddin Naqshband \u201cDiling Allohda, qo\u02bbling ishda bo\u02bblsin\u201d deb da\u02bcvat qilgan edi. Insonning suvrati va siyrati mushtarak bo\u02bblsa soxtakorlik, yuzakichilik, yolg\u02bbon razil illatlardan yiroq bo\u02bbladi. Binobarin, yolg\u02bbonchilik jamoa tomonidan qattiq qoralanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lofu yolg\u02bbon so\u02bbzlardan qochmoq va bema\u02bcni odatdan butunlay kechmoq lozimligi haqida donishmandlar asarlarida ko\u02bbplab purhikmat so\u02bbzlar bitilgan. Chunonchi \u201cG\u02bbanimning yolg\u02bboniga, laganbardorning shirin suhbatiga uchma, birinchisi ayyorlik turini tanlagan, ikkinchisi esa yovuz jig\u02bbildonini ochib turibdi\u201d (Sa\u02bcdiy).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon so\u02bbzdan so\u02bbzning qadri kam bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kimki rostgo\u02bby bo\u02bblsa, muhtasham bo\u02bbladi (Muhammad Jarroh Zaminiy).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonchilikdan saqlaning, chunki yolg\u02bbonchilik fitna-fasodga olib boradi. Rostlik bo\u02bblishini ixtiyor qiling, barcha ezgulikka yetasiz! (Ibn Hatab).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonchilik barcha gunohlarning boshidir. Yolg\u02bbonchi o\u02bbz orzusiga yetishish uchun yolg\u02bbondan iborat so\u02bbzlarni to\u02bbqiydi, uni rost deb isbotlash uchun qasamlar ichadi. Qasam bilan yolg\u02bbonni orasi bir qadam bo\u02bbladi. Biror kishi uning yolg\u02bbonchiligini oshkor qilsa, buni o\u02bbziga dushman hisoblaydi. Natijada, ikkisining orasida adovat sodir bo\u02bbladi. Bu jang esa ko\u02bbp kishilarga zarar keltiradi. Fisq-fasod qiluvchilar va fojirlar ko\u02bbpaysa Alloh taolo vabo yuboradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir hakim aytadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Kimki yolg\u02bbonchilikka o\u02bbrgangan bo\u02bblsa, bu boshqalarni ham yolg\u02bbonchi deb gumon qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbg\u02bbri so\u02bbz har narsadan yaxshi. Biron yolg\u02bbonchi va chaqimchidan eshitilgan to\u02bbg\u02bbri so\u02bbz ham, yoqimsizdir. (Favoqih al-julaso).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon va bo\u02bbhton axloq buzilganidan darak beruvchi eng qabih fe\u02bcllardandir. Bu fe\u02bcl sohiblari odamlar haqida turli-tuman bema\u02bcni so\u02bbzlarni tarqatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon bilan bo\u02bbhtonning farqi shundaki, yolg\u02bbonchi o\u02bbz ishi haqida yolg\u02bbon gapirsa, bo\u02bbhtonchi boshqalar haqida yolg\u02bbon gaplarni tarqatib yuradi. Bu xildagi odamlar xalqning obro\u02bbsiga, kasb-koriga daxldor bo\u02bblmagan so\u02bbzlarni tarqatishi bilan oqibat natijada ko\u02bbpchilikning nafratiga uchraydi (Xayoliddin Hasaniy).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonchining do\u02bbsti bo\u02bblmaydi (\u201cOtalar so\u02bbzi\u201d).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar sen yolg\u02bbonchilik balosiga duchor bo\u02bblmayin desang, o\u02bbzingga rostgo\u02bbylik xislatini ixtiyor qil (Barzu al-Hakim).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonchi kishining o\u02bblikdan farqi yo\u02bbq, chunki tirik kishining fazilati uning to\u02bbg\u02bbrigo\u02bbyligidadur. Tirik kishi yolg\u02bbon so\u02bbzlayvergani uchun, uning so\u02bbzlariga hech kim quloq solmay qo\u02bbygach, endi uning chindan o\u02bblikdan farqi yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbonchining do\u02bbsti ham yolg\u02bbonchi,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon va\u02bcda berish bekorga dushman orttirishdir (\u201cOtalar so\u02bbzi\u201d).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xullas yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko\u02bbrinib turibdiki, tarixiy-etnografik manbalarda va ulug\u02bb ajdodlarimizning boy merosida yolg\u02bbon, yolg\u02bbonchilik illat sifatida keskin qoralangan. Shu boisdan jamoatchilik, ayniqsa yoshlar orasida bu salbiy xislatning yomon oqibatlari to\u02bbg\u02bbrisida tushuntirish ishlari olib borish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati. 2-j. \u2013T.: O\u02bbzME DIN, 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Axloq-odobga oid hadislar. \u2013T.: Fan, 1990.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hadis. 2-j. \u2013T., 1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yuz bir hadis. \u2013T.: Mehnat 1990.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kaykovus. Qobusnoma. \u2013T., 2016.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Q.Nazarov. Jahon falsafasi qomusi. 2-j. \u2013T.: Ma\u02bcnaviyat, 2019.<strong>\u00a0<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O.Bo\u02bbriyev<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>prof<\/strong><strong>yessor<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>A.Muhammadiyeva<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>QarDU<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cYolg\u02bbonchilikdan saqlaninglar, chunki u yomonlik bilan birga do\u02bbzaxda bo\u02bbladi\u201d. Hadisdan. Jamiyat sarvari insonning tabiatida ijobiy va salbiy xulqiy sifatlar mavjud bo\u02bbladi. Odam doimo o\u02bbzidagi ijobiy xulqiy fazilatlarni asrash, salbiy xulqiy odatlaridan saqlanishga intiladi. Kishilardagi eng salbiy xulqiy odatlardan biri yolg\u02bbonchilik hisoblanadi. Inson har qanday fikrning noto\u02bbg\u02bbriligini bilgani holda tasvirlashi yolg\u02bbon hisoblanadi. Lekin har qanday noto\u02bbg\u02bbri &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22421,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-13T05:42:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-06-13T05:43:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"414\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz\",\"name\":\"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-13T05:42:55+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-13T05:43:12+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg\",\"width\":660,\"height\":414},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-13T05:42:55+00:00","article_modified_time":"2022-06-13T05:43:12+00:00","og_image":[{"width":660,"height":414,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz","name":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg","datePublished":"2022-06-13T05:42:55+00:00","dateModified":"2022-06-13T05:43:12+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/yolgonn.jpg","width":660,"height":414},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22422&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"AJDODLARIMIZ M\u0415ROSIDA YOLG\u02bbONCHILIK ILLATINING QORALANISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22422"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22422"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22424,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22422\/revisions\/22424"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22421"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}