{"id":22360,"date":"2022-06-09T07:37:02","date_gmt":"2022-06-09T02:37:02","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22360"},"modified":"2022-06-08T17:37:27","modified_gmt":"2022-06-08T12:37:27","slug":"sahobalar-davrida-hadislarning-yozilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz","title":{"rendered":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barchamizga yaxshi ma\u02bclumki, sahobalar Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning hayotlik davrida yaqin ko\u02bbmakdosh bo\u02bblgan. Vafotlaridan keyin yo\u02bbllarini mahkam tutib, himoya qilgan. Bu muborak avlodning sa\u02bcy-harakatlari sunnatni yozib, asrab-avaylash va ummatga yetkazishda birinchi asos bo\u02bblgan. Ular dinni yoyish, e\u02bctiqodni mustahkamlash va sunnatni barcha nopok narsalardan himoya qilishda bayroqdorlik vazifasini o\u02bbtagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida sahobalarning sunnatni himoya qilishi va saqlash yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatlaridan misollar manbalarga asoslangan holda qisqacha bayon etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dastlabki tamoyil shuki, hadis yodlashga undash va yod olingan hadisga qat\u02bciy rioya qilish. Sahobalarning aksari shogirdlariga yod olish chog\u02bbida hadislarni yozib olishni buyurar, so\u02bbng sahifaga ishonib qolmasligi uchun yozganlarini o\u02bbchirtirar va yodda saqlashni amr etardi.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatib Bag\u02bbdodiy: \u201cSalaflar hadisni yod olishda avval uni yozib olib, kitobatidan o\u02bbrganib, foydalanar, o\u02bbzlashtirib bo\u02bblgach, sahifaga tayanib qolishdan xavfsirab, yozganlarini o\u02bbchirib tashlar edi. Chunki bu yodlash darajasining pasayishiga, yod olinganlarga nisbatan kam diqqat-e\u02bctibor berilishiga olib keladi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi tamoyil sunnatni bir-biriga yozishish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, Usayd ibn Huzayr Ansoriy Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir qancha hadislarini yozgan. Vaqti kelib, Abu Bakr, Umar va Usmon shular bilan hukm chiqargan va uni Marvon ibn Hakamga yuborgan\u00a0<em>(Ahmad rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jobir ibn Samura Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba\u02bczi hadislarini kitobat qilib, talabiga ko\u02bbra, Omir ibn Sa\u02bcd ibn Abu Vaqqosga jo\u02bbnatgan\u00a0<em>(Muslim va Ahmad rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zayd ibn Arqam Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir qancha hadislarini yozib olib, Anas ibn Molikka yuborgan\u00a0<em>(Ahmad rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zayd ibn Sobit Umar ibn Xattobning talabiga binoan unga merosda boboning hukmi to\u02bbg\u02bbrisida, (hadis) yozib bergan\u00a0<em>(Doroqutniy rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samura ibn Jundab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o\u02bbzi to\u02bbplagan hadislarini jamlab, oqqa tushirib, o\u02bbg\u02bbli Sulaymonga jo\u02bbnatgan. Imom Muhammad ibn Sirin bu to\u02bbplamni olqishlab: \u201cSamuraning o\u02bbg\u02bbliga yuborgan risolasida ko\u02bbp ilm mavjuddir\u201d, degan\u00a0<em>(Abu Dovud rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Abu Avfo Umar ibn Ubaydullohga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini yozib bergan\u00a0<em>(Buxoriy va Muslim rivoyati<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi tamoyilga keladigan bo\u02bblsak, sahobalar shogirdlarini hadislarni yozma ravishda qayd etib borishga undagan. Shu orqali kelajak avlodlar uchun muhim manbalar hosil bo\u02bblishiga xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu xususda Anas ibn Molik Ansoriyni misol keltirish mumkin. U farzandlarini ilmni yozib borishga undab: \u201cEy o\u02bbg\u02bbillarim, ilmni yozish bilan bog\u02bblab qo\u02bbying\u201d, der edi. Anas ibn Molikning: \u201cBiz ilmini yozib bormagan kishining ilmini ilm deb hisoblamas edik\u201d, degan gapi mashhurdir\u00a0<em>(\u201cTaqyidul ilm\u201d va \u201cTabaqot ibn Sa\u02bcd\u201d asarlaridan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatib Bag\u02bbdodiy sanadi bilan ummat olimi Abdulloh ibn Abbos shogirdlaridan bir qanchasi rivoyat qiladi: \u201cU (Abdulloh): \u201cIlmni yozish bilan bog\u02bblab qo\u02bbying. Ilmni bog\u02bblaydigan eng yaxshi narsa kitobatdir\u201d, deb aytar edi\u201d<em>\u00a0(\u201cTaqyidul ilm\u201d va \u201cJomi\u02bc bayonil ilm\u201d asarlaridan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umar ibn Xattobning ham: \u201cIlmni yozish bilan bog\u02bblab qo\u02bbying\u201d, degani rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisni sahifalarga yozish va ustoz-shogird orasida naql qilish, sahobalar orasida hukm surgan yana bir tamoyildir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular qoldirgan sahifalar hijriy II-III asrlarda yozilgan \u201cJomi\u02bc\u201d, \u201cMusnad\u201d, \u201cSunan\u201d va boshqa tasnifdagi asarlar uchun o\u02bbta muhim va aniq manba bo\u02bblib xizmat qilgan. Quyida shunday sahifalarning ayrimlariga to\u02bbxtalib o\u02bbtamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Siddiqning sahifasi. Unda zakotning farzlari haqida hujjatlar kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anas ibn Molikdan bunday rivoyat bor: \u201cAbu Bakr Siddiq uni zakot yig\u02bbuvchi qilib yuborganida, zakotning farzlari haqida maktub yozib bergan. Maktubda, jumladan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuk (muhr)lari va: \u201cBu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning musulmonlarga farz qilgan va Alloh O\u02bbz Rasuliga amr qilgan farz zakotdir\u2026\u201d deyilgan\u201d\u00a0<em>(Buxoriy rivoyati)<\/em>.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali ibn Abu Tolibning sahifasi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali ibn Abu Tolib to\u02bbg\u02bbrisida bunday rivoyat qilinadi. U odamlarga xitob qilib bunday degan: \u201cKim biz o\u02bbqiyotgan narsalar va mana bu sahifa Alloh taoloning Kitobida yo\u02bbq, deb da\u02bcvo qilsa, yolg\u02bbonchi bo\u02bblibdi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy u haqda: \u201cSahifa qilichida osig\u02bbliq turardi. Unda zakot tuyalarining yoshi, jarohatlar (borasidagi hukmlar) va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: \u201cMadina Ayrdan (Madina janubidagi qizg\u02bbish-qora tog\u02bbning nomi) Savrgacha haramdir Kim unda bir bid\u02bcat paydo qilsa, unga Allohning, farishtalarning, odamlarning \u2013 barcha-barchaning la\u02bcnati bo\u02bblsin!\u201d degan so\u02bbzlari bor edi\u00a0<em>(Buxoriy rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Amr ibn Osning sahifasi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mujohiddan rivoyat qilinadi: \u201cAbdulloh ibn Amrning huzuriga keldim va to\u02bbshagi ostidan bir sahifani oldim. U meni bundan qaytardi. \u201cMeni hech narsadan to\u02bbsmas edingiz-ku?\u201d dedim. \u201cBu eng haqqoniy (sahifa)dir. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan men bilan u zot o\u02bbrtasida hech kim bo\u02bblmagan vaqtda eshitganlarimdir\u201d, dedi\u00a0<em>(\u201cTaqyidul ilm\u201d asaridan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Abu Avfoning sahifasi. Buni Imom Buxoriy o\u02bbzining \u201cSahih\u201dida, \u201cJihod kitobi\u201dning \u201cJang vaqtida sabr qilish\u201d bobida keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muso Ash\u02bcariyning sahifasi. Bu qo\u02bblyozma Turkiyadagi Shahid Ali kutubxonasida saqlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jobir ibn Abdullohning sahifasi. Bu haqda Hofiz ibn Hibbon \u201cMashohir ulamoil amsor\u201dda va Imom Zahabiy \u201cTazkiratul huffoz\u201dda aytib o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammom ibn Munabbihning Abu Hurayradan rivoyat qilgan sahifasi. Unda jami 138 hadis keltirilgan. Imom Ahmad ibn Hanbal o\u02bbz \u201cMusnad\u201dida Hammomning mana shu hadislaridan ham rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda sahobalarning hadis yozgani yoki shogirdlariga yozdirgani haqida ko\u02bbplab ma\u02bclumotlar mavjud. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin mutlaqo yangi ish edi. Ammo sahobalar bunda ham Payg\u02bbambar alayhissalomning amrlariga asoslangan. Ya\u02bcni,\u00a0 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog\u02bblarida hadislarni yozib borishga buyurganlar. Bunga misol Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilingan hadisda o\u02bbz aksini topgan: \u201cMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan har bir narsani yodlash uchun yozib yurardim. Qurayshliklar: \u201cSen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan\u00a0 har bir narsani yozib yurasan. Rasululloh ham inson, g\u02bbazablanganlarida ham, xursand bo\u02bblganlarida ham gapiradilar\u201d dedi. Yozishdan to\u02bbxtadim. Buni Rasululloh\u00a0 sollallohu alayhi vasallamga eslatganimda, \u201cJonim\u00a0 qo\u02bblimda bo\u02bblgan Zot nomi bilan\u00a0 qasam ichamanki, mendan haqdan boshqasi chiqmaydi\u201d, dedilar\u201d\u00a0<em>(Ahmad rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, sahobalar keyingi ummatga o\u02bbz hifz va qaydlari orqali o\u02bbta muhim xabarlar, dinimiz tayanchi bo\u02bblgan hadisi shariflarni meros qoldirgan. Ulardan to\u02bbg\u02bbri va oqilona foydalanib, hayotga tatbiq qilish bugungi kunning ham dolzarb vazifalaridandir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qodirxon MAHMUDOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Barchamizga yaxshi ma\u02bclumki, sahobalar Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning hayotlik davrida yaqin ko\u02bbmakdosh bo\u02bblgan. Vafotlaridan keyin yo\u02bbllarini mahkam tutib, himoya qilgan. Bu muborak avlodning sa\u02bcy-harakatlari sunnatni yozib, asrab-avaylash va ummatga yetkazishda birinchi asos bo\u02bblgan. Ular dinni yoyish, e\u02bctiqodni mustahkamlash va sunnatni barcha nopok narsalardan himoya qilishda bayroqdorlik vazifasini o\u02bbtagan. Quyida sahobalarning sunnatni himoya qilishi va saqlash &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22358,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-09T02:37:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-06-08T12:37:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz\",\"name\":\"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-09T02:37:02+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-08T12:37:27+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-09T02:37:02+00:00","article_modified_time":"2022-06-08T12:37:27+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz","name":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg","datePublished":"2022-06-09T02:37:02+00:00","dateModified":"2022-06-08T12:37:27+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_96.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22360&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22360"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22360"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22360\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22361,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22360\/revisions\/22361"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22358"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22360"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22360"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22360"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}