{"id":22306,"date":"2022-06-07T09:56:35","date_gmt":"2022-06-07T04:56:35","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22306"},"modified":"2022-06-07T09:56:35","modified_gmt":"2022-06-07T04:56:35","slug":"imom-nasoiy-buyuk-muhaddis","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix sahifalaridan ma\u02bclumki, Markaziy Osiyo hududidan islom ilmlari rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab allomalar yetishib chiqqan. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislari Qur\u02bconi karim oyatlarining ma\u02bcno-mohiyatini to\u02bbg\u02bbri anglashda, islom ta\u02bclimotini to\u02bbg\u02bbri tushunish borasida asosiy manba hisoblanadi. Hadis ilmi borasida oltita mashhur sahih to\u02bbplam mavjud bo\u02bblib ular ilm ahli orasida mashhur va katta ahamiyatga ega. Imom Nasoiy to\u02bbplagan hadislar ana shu olti sahih to\u02bbplamning biri sanaladi. Ulamolar uni uchinchi muhaddis sifatida e\u02bctirof etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Nasoiy 215\/830 yilda Naso shahrida dunyoga kelgan. To\u02bbliq ismi Abu Abdurahmon Ahmad ibn Shuayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr Nasoiydir. \u201cO\u02bbz asrining imomi\u201d, \u201cQozi\u201d va \u201cHofiz\u201d unvonlariga ega bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Naso shahri tarixi haqida turli xil ma\u02bclumotlar mavjud. U hozirgi Turkmanistonning Ashxobod shahri yaqinida bo\u02bblgan. Endilikda Nisa nomi bilan tarixiy obidaning xarobalari sifatida saqlanib qolgan joy mavjud. Yoqut Hamaviy \u201cMo\u02bbjamul buldon\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0asarida bu shaharning o\u02bbsha davrda Naso deb nomlanishiga bir necha sabablarni ko\u02bbrsatgan. Musulmonlar Xurosonga yurishni maqsad qilganida, bu shahar aholisi faqat ayollardan iborat edi. Buni ko\u02bbrgan musulmonlar: \u201cBular faqat ayollar ekan, ular bilan to erkaklari qaytmagunicha bahs-munozaraga kirishmaymiz. Bu masalani hozircha unutib turamiz, bu yer \u201cMadinatun naso\u201d (\u201cUnutilgan shahar\u201d)\u201d, degan. Ikkinchi taxmin ham e\u02bctiborli bo\u02bblib, shahar aholisi faqat ayollardan iborat bo\u02bblgani uchun \u201cMadinatun niso\u201d (\u201cAyollar shahri\u201d) deb atalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xuroson hududida joylashgan Niso bilan Saraxs oralig\u02bbi ikki kunlik, Marv bilan \u2013 besh kunlik, Nishopur bilan \u2013 yetti kunlik masofani tashkil etgan. Bu yerda ko\u02bbplab mashhur olimlar yetishib chiqqan. \u201cSunan\u201d muallifi Imomi Nasoiy ham shular jumlasidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Nasoiy haybatli, qizil yuzli, ochiq chehrali kishi bo\u02bblgan. Uzoq vaqt Misrning kitob va daftarlar bozori joylashgan \u201cZuqoqul qanodil\u201d nomi bilan mashhur mahallasida yashagan. Xulqi go\u02bbzal, katta-kichikka iltifotli bo\u02bblgan. Ilm o\u02bbrganish maqsadida ko\u02bbplab shaharlarga safar qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy \u201cSiyar a\u02bclomin Nubalo\u201d asarida Imom Nasoiyning 70 dan ortiq mashhur ustozini sanab o\u02bbtgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Muhaddis dastlabki tahsilini o\u02bbz yurtining ulamolaridan olgan. Manbalarda keltirilishicha, Nasoiy 230\/845 yili Balxda Qutayba ibn Said Bag\u02bbloniydan ta\u02bclim olayotganda 15 yosh bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma uchun Nishopur safari ham muvaffaqiyatli kechgan. U Ibn Rohavayh deb tanilgan Is\u02bchoq ibn Ibrohim Xanzaliy Abu Husayn ibn Mansur va Muhammad ibn Rofe\u02bc kabi olimlar bilan uchrashib, ulardan hadis ilmini o\u02bbrgangan va ko\u02bbplab yangi hadislar yozib olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbdod shahrida adib, faqih, muhaddis, muarrix olim Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdulmajid ibn Muslim ibn Qutayba Daynuriy (213\/828-276\/889)dan ko\u02bbplab hadislar tinglagan. 235\/850 yilda Ibn Qutayba huzurida hadis ilmiga oid ilmlarini boyitgan. So\u02bbng Marvga borib, Ali ibn Hajar va boshqa muhaddislardan hadis yozib olgan. So\u02bbng Iroqqa borib, o\u02bbz davrining mashhur muhaddislaridan Abu Qurayb nomi bilan mashhur Muhammad ibn A\u02bclo ibn Qurayb yoki Kariyb Hamadoniy Kufiy (161\/778-248\/862) bilan uchrashgan. Abu Qurayb siqa (ishonchli) hofiz (100\u00a0000 dan ortiq hadisni yoddan bilgan) bo\u02bblib, 9 ta sahih hadis to\u02bbplamining mashoyixlaridan biridir. Nasoiydan keyin uning shogirdlari va ayrim muhaddislar o\u02bbz to\u02bbplamlarida u rivoyat qilgan hadislardan foydalangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasoiyning Imom Buxoriy bilan uchrashgani haqida tadqiqotchilar turlicha fikr yuritadi. Ularning ba\u02bczilari: \u201cImom Nasoiy Imom Buxoriy bilan uchrashgan va undan hadis tinglagan\u201d deb, \u201cSunan\u201ddagi \u201c<em>Muhammad ibn Ismoildan\u201d<\/em>\u00a0deb rivoyat qilingan hadislarni dalil sifatida keltiradi. Boshqalar esa\u00a0<em>\u201cMuhammad ibn Ismoil\u201d<\/em>\u00a0aynan Imom Buxoriy emas, balki\u00a0<em>Muhammad ibn Ismoil Abu Bakr Tabaroniy\u00a0<\/em>kabi bu nom bilan sanadlarda uchraydigan boshqa muhaddis bo\u02bblishi mumkinligini ta\u02bckidlaydi. Tadqiqotlar jarayonida \u201cSunan\u201dda\u00a0<em>\u201cMuhammad ibn Ismoil\u201d\u00a0<\/em>sanadi bilan beshta hadis rivoyat qilingani aniqlandi. Ularning to\u02bbrttasida\u00a0<em>\u201cMuhammad ibn Ismoil\u201d\u00a0<\/em>nomining o\u02bbzi keltirilgan (627, 2203, 5029 va 5671 hadislar)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Bu ismlar Imom Buxoriyga tegishli emas, deb bo\u02bblmaydi. Chunki beshinchisida aynan\u00a0<em>\u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriy\u201d\u00a0<\/em>nomi nisbasi bilan aniq keltirilgan. Bu hadis 295 betda 3098 raqam bilan yozilgan. Bu dalilga asosan Imom Nasoiy Imom Buxoriy bilan uchrashgan, deb xulosa qilish mumkin<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Demak, Imom Nasoiy Muhaddislar sultonidan hadis tinglab, uning suhbatlarida ishtirok etgan. Bu fikrni \u201cSunan\u201dni boblarga ajratishda muallif aynan Imom Buxoriy uslubini qo\u02bbllagani ham tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Nasoiy Shom va Misrga ham safar qilgan. Hishom ibn Ammor, Iso ibn Zug\u02bbba, Muhammad ibn Nasr Marvaziy, Is\u02bchoq ibn Muso Ansoriy, Ibrohim ibn Sa\u02bcd Javhariy, Ibrohim ibn Ya\u02bcqub Javzajoniy, Ahmad ibn Bakkor, Hasan ibn Muhammad ibn Za\u02bcfaroniy, Amr ibn Zurora, Abu Yazid Jurmiy, Yunus ibn Abdula\u02bclo, Homid ibn Mas\u02bcada, Ali ibn Hishrom, Muhammad ibn Abdula\u02bclo, Horis ibn Miskin, Hannod ibn Sufiy, Muhammad ibn Bashshor, Muhammad ibn G\u02bbiyxon, Abu Dovud Sulaymon ibn Ash\u02bcas Sijistoniy kabi allomalardan ta\u02bclim olgan. Shuningdek, Xuroson, Hijoz, Iroq va Arabiston yarimorolining hadis hofizlaridan ham hadis tinglab, ularni saralab jamlagan, natijada \u201c<em>iyqon ilmi\u201d<\/em>\u00a0(hadislarning ishonchliligini saralash ilmi), \u201c<em>uluvvul isnod\u201d<\/em>\u00a0(hadis roviylari isnodining bir-biriga bog\u02bblanishi, sanadlar salomatligini aniqlash) kabi ilmlarda mashhur muhaddis darajasiga yetgan. Imom Nasoiydan hadis rivoyat qilgan Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>\u00a0va Ibn Hallikonning ta\u02bckidlashicha, uning otasi mashhur faqih bo\u02bblgan. Ahmad ibn Hanbal va Ibn Xajar Asqaloniyning bildirishicha, Imom Buxoriy ham uning ustozlaridan hisoblanadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Adiy: \u201cFaqih Mansur va Ahmad ibn Muhammad ibn Salloma Tahoviyning: \u201cAbu Abdurrahmon Imom Nasoiy musulmonlarning mashhur imomlaridan biridir\u201d degan ta\u02bcrifini eshitdim\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali Naysoburiy: \u201cImom Nasoiyning hadis ilmi borasida imom ekaniga shubha yo\u02bbq\u201d, deb aytgan. Undan keltirilgan boshqa bir rivoyatda bunday deyilgan: \u201cYurtimda va xorijda hadis ilmining to\u02bbrt buyuk imomiga guvoh bo\u02bblganman, ular Nishopurda Muhammad ibn Is\u02bchoq va Ibrohim ibn Abu Tolib, Misrda Imom Nasoiy va Ahvazda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0Abdan ismli muhaddislardir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Hokim deydi: \u201cHofiz Ali ibn Umar Doroqutniydan bir emas, bir necha marta: \u201cAbu Abdurrahmon hadis ilmi borasida o\u02bbz asrining ko\u02bbzga ko\u02bbringan imomlarining eng mashhuridir, u Misr shayxlarining bilimdoni, hadislarning sahih yoki zaiflarini ajratish borasida ilmlirog\u02bbi, shuningdek, \u201cJarh va ta\u02bcdil\u201d, \u201cRijol\u201d, ya\u02bcni hadis roviylarining ishonchli yoki ishonchsizligi haqidagi ilmlarda ham bilimdondir\u201d, deganini eshitdim\u201d. U shu darajaga yetgandan keyin unga hasad qiladiganlar ham bo\u02bblgan. Ma\u02bcmun Misriy: \u201cTarsus<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>ga birga bordik, u yerda mashhur hofizlardan Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Murabba\u02bca, Abul Avzon va boshqalar to\u02bbplangan edi. Ular hadis ilmi borasida o\u02bbziga kimni shayx qilib tanlash masalasini bahs qilayotgan edi. Barchasi bir ovozdan Imom Nasoiyni saylab oldi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>\u201d, deb hikoya qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Abu Husayn Muhammad ibn Muzaffar: \u201cMen Misrdagi shayxlarimizdan Imom Nasoiyni hadis ilmi borasida peshqadam, omonatdor deb e\u02bctirof etib, uni tunu kun ibodatda tirishqoq, haj va ijtihodda bardavom deb ta\u02bcriflaganlarini eshitdim\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tojuddin Subkiy esa bunday ta\u02bcrif bergan: \u201cImom Nasoiy hadis ilmida dunyo imomlarining biri, uning ismi bu ilm sohasida mashhurdir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Kasir: \u201cImom Nasoiy o\u02bbz asrining imomi, zamonasining o\u02bbzi kabi hadis ilmi olimlarining peshqadami va fozillaridan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Asir: \u201cImom Nasoiy hofiz, shayxulislom va mashhur imomlarning biri\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarning e\u02bctiroflari orasida Tojuddin Subkiyning quyidagi so\u02bbzlari alohida e\u02bctiborga sazovor: \u201cMen shayximiz Hofiz Abu Abdulloh Zahabiydan so\u02bbradim: \u201cSahih\u201d sohibi Imom Muslim hofizroqmi yoki Imom Nasoiymi?\u201d U: \u201cImom Nasoiy\u201d, dedi. So\u02bbng shayx Imom Voliddan so\u02bbradim, u ham shayximizning fikrini tasdiqladi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Nasoiy ko\u02bbp shogird tarbiyalagan. Ulardan 277\/890 yilda Misrda tug\u02bbilgan o\u02bbg\u02bbli Abdukarim, \u201cAqidaut Tahoviya\u201d va \u201cSharhi ma\u02bconiyal osor\u201d asarlari muallifi Imom Tahoviy, \u201cMaojim\u201d (\u201cMo\u02bbjamul kabir avsatus sag\u02bbir\u201d) Tabaroniy, \u201cAsmo val kuna\u201d muallifi Abu Bishr Dulabiy, \u201cSahih\u201d to\u02bbplami muallifi Ibn Hibbon, Abu Ali Naysoburiy va \u201cAmalul yavm val layla\u201d muallifi Muhammad ibn Sunniy kabi ko\u02bbplab mashhur allomalarni keltirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasoiy tafsir, hadis, qiroat, ilmi jadal (bahs-munozara ilmi), mustalahul hadis (hadis ilmi atamalari), fiqh, nahv, usul, bayon, tarix, adabiyot, tabobat va boshqa sohalarga tegishli besh yuzdan ortiq asar yozgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Ayniqsa \u201cSunan\u201d asari bilan hadis ilmi rivojiga juda katta hissa qo\u02bbshgan. Ulamolar \u201cSunan\u201dda ikki buyuk muhaddis Imom Buxoriy va Imom Muslimning yo\u02bbllari jam qilinganini ta\u02bckidlaydi. Asarda mavzularni boblarga ajratish va tartiblashda Imom Buxoriy, hadislarni rivoyat qilishda \u201chaddasana\u201d (\u201cbizga aytishlaricha\u201d), \u201chaddasaniy\u201d (\u201cmenga aytishlaricha\u201d), \u201caxbarana\u201d (\u201cbizga xabar berishlaricha\u201d), \u201caxbaraniy\u201d (\u201cmenga xabar berishlaricha\u201d), \u201cquria alayhi va ana asma\u02bc\u201d (\u201cunga o\u02bbqildi va men eshitdim\u201d) kabi lafzlarda Imom Muslim uslubi qo\u02bbllangan. Muallif hadislarning sanad yoki roviylarida illat bo\u02bblsa, ularni ko\u02bbrsatib ketgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddis hayotida ko\u02bbp sinovlarga uchradi, uning qayerda vafot etgani haqida manbalarda turli xil ma\u02bclumotlar bor. Shulardan haqiqatga yaqinrog\u02bbi bunday: u 303\/915 yili 88 yoshida Makka shahrida vafot etib, Safo va Marva yaqinidagi qabristonga dafn qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa sifatida aytish mumkinki, Imom Nasoiy hadis ilmi rivojlangan davrda yashab ijod etgan shaxs sifatida bu ilmga katta hissa qo\u02bbshgan muhaddislardan hisoblanadi. O\u02bbsha zamonlarda ko\u02bbplab to\u02bbqima hadislardan sahihlarini ajratib olish va to\u02bbplam holiga keltirish o\u02bbta mushkul va sharafli ish bo\u02bblgan. Imom Nasoiy hadis yig\u02bbish maqsadida ko\u02bbplab yurtlarga borib, olti sahih to\u02bbplamdan birini yozishga muvaffaq bo\u02bblgan. Islom olamida mashhur o\u02bbnlab shogirdlarni tarbiyalagan. Imom Nasoiy kabi buyuk allomalarning hayot yo\u02bbli, qoldirgan bebaho merosini o\u02bbrganish, kun sayin muammo bo\u02bblib borayotgan diniy bahs-munozaralarning ijobiy yechimida katta ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">1.Imom Nasoiy. \u201cSunanun Nasoiy\u201d muqqaddimasi. Muhaqqiq Shayx Solih ibn Ablulaziz. Ar-Riyod. Dorus salom. 1999.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u00a02.Jaloliddin Suyutiy. \u201cSunanun Nasoiy\u201d sharhi. Bayrut.Dorul kutubil mlmiya. 1995.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">3.Ali ibn Odam Vallaviy. \u201cZaxiratul uqbo fi sharhil Mujtabo\u201d (Imom Nasoiyning \u201cMujtabo\u201dasariga sharh). J:1. Makka sh. Dor ibn Javziy. 2015.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">4.Yoqut Hamaviy. \u201cMo\u02bbjamul buldon\u201d. J: 5. Bayrut. Dorul kutubil ilmiya.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">5.Shamsiddin Muhammad Zahabiy. \u201cSiyar a\u02bclomun nubalo\u201d. J:11. Qohira. Dorul hadis. 2006.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>Yoqut Hamaviy. Mo\u02bbjamul buldon. J: 5. \u2013 B. 279, 280.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Shamsiddin Muhammad Zahabiy. \u201cSiyar a\u02bclomin nubalo\u201d. J:11. B-79. 2006.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>Sunanun Nasoiy. B.295. Dorus salom. Ar-Riyod. 1999.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>Sunanun Nasoiy. Dorus salom. Ar-Riyod. 1999.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Sunanun Nasoiy. B.672. Dorus salom. Ar-Riyod. 1999.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Sunanun Nasoiy. Muqaddima. Dorus salom. Ar-Riyod. 1999<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>Eronning janubi-g\u02bbarbiy qismlariga to\u02bbg\u02bbri keladigan qadimiy shahar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u201cHozirgi Turkiyaning janubida joylashgan qadimiy shahar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>Sunanun Nasoiy. Muqqaddima. Dorus salom. Ar-Riyod. 1999.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Sunanun Nasoiy. Muqqaddima. Dorus salom. Ar-Riyod. 1999.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22303#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>Sunanun Nasoiy. Jaloliddin Suyutiy sharhi. \u2013 Bayrut. 1995.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mahammadsidiq USMANOV<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Xalqaro islom akademiyasi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manbalar xazinasi mudiri<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tarix sahifalaridan ma\u02bclumki, Markaziy Osiyo hududidan islom ilmlari rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab allomalar yetishib chiqqan. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislari Qur\u02bconi karim oyatlarining ma\u02bcno-mohiyatini to\u02bbg\u02bbri anglashda, islom ta\u02bclimotini to\u02bbg\u02bbri tushunish borasida asosiy manba hisoblanadi. Hadis ilmi borasida oltita mashhur sahih to\u02bbplam mavjud bo\u02bblib ular ilm ahli orasida mashhur va katta ahamiyatga ega. Imom &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22304,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-07T04:56:35+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz\",\"name\":\"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-07T04:56:35+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-07T04:56:35+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-07T04:56:35+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz","name":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg","datePublished":"2022-06-07T04:56:35+00:00","dateModified":"2022-06-07T04:56:35+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_93.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22306&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM NASOIY \u2013 BUYUK MUHADDIS"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22306"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22306"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22306\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22307,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22306\/revisions\/22307"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22304"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22306"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22306"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22306"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}