{"id":22264,"date":"2022-06-02T11:07:14","date_gmt":"2022-06-02T06:07:14","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22264"},"modified":"2022-06-02T11:07:14","modified_gmt":"2022-06-02T06:07:14","slug":"diniy-bag%ca%bbrik%d0%b5nglik-tinchlik-totuvlik-taraqqiyot-kafolati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz","title":{"rendered":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston qadimdan turli millat va elat hamda konfessiya vakillari o\u02bbzaro tinch-totuv yashab, o\u02bbz diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etib kelgan bag\u02bbrikeng diyor sifatida qadrlanadi. Mamlakatimizning ushbu yo\u02bbnalishda olib borayotgan izchil siyosati xalqimiz va jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e\u02bctirof etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d xalqaro forumi doirasida o\u02bbtkazilgan ko\u02bbp millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida tajriba almashish, diniy erkinlik masalalarida qonun ustuvorligini ta\u02bcminlash, turli din vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro ishonch va hurmatni mustahkamlash bo\u02bbyicha ilg\u02bbor amaliyot bilan tanishishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarda bunga yana bir karra guvoh bo\u02bbldik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d xalqaro forumi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018 yili qabul qilingan \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d maxsus rezolyutsiyasida mustahkamlangan tamoyil va qoidalarni hayotga tatbiq etish bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston Respublikasi olib borayotgan izchil ishlarning bir qismi bo\u02bblib, 2020 yilda davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan Inson huquqlari bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi maqsadlariga erishishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman doirasida turli mamlakatlar dinshunos olimlari, amaliyotchi mutaxassislariga jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlab turishning muhim sharti sifatida dinlar va madaniyatlar o\u02bbrtasida samarali muloqot o\u02bbrnatish sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyot, ilg\u02bbor xorijiy tajriba namoyish etildi. Mazkur xalqaro forum jahon hamjamiyatining e\u02bctiqod erkinligini ta\u02bcminlash va dinlararo muloqotni mustahkamlash yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatini birlashtirish jarayonining ajralmas qismi bo\u02bblib, davlatimizning inson huquq va erkinligi bo\u02bbyicha xalqaro majburiyatlarga qat\u02bciy sodiqligi, BMT Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengashi a\u02bczosi sifatida O\u02bbzbekistonning ayni yo\u02bbnalishda e\u02bctirof etilgan umumiy standartlarni xalqaro miqyosda faol targ\u02bbib qilishga tayyorligi ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu mamlakatimizda shu mavzuda tashkil etilgan ikkinchi xalqaro tadbir hisoblanadi. Forum maydonchasida 2019 yilda bo\u02bblgani kabi Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSHning yetakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslari, huquqshunoslari, rasmiylari to\u02bbplandi. Anjuman kun tartibi bir necha bosqichdan iborat bo\u02bbldi. Dasturning birinchi qismiga ko\u02bbra, Toshkentda ko\u02bbp millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida tajriba almashish, diniy erkinlik masalasida qonun ustuvorligini ta\u02bcminlash, turli din vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro ishonch va hurmatni mustahkamlash bo\u02bbyicha ilg\u02bbor amaliyot bilan tanishish yuzasidan ilmiy-amaliy seminarlar o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dasturning ikkinchi qismida xorijiy delegatsiyalar mamlakatimizdagi eng qadimiy shaharlardan biri bo\u02bblgan Samarqandda bo\u02bblib, bebaho madaniy merosimiz namunalari bilan tanishdi. Turli konfessiyalar diniy maskanlariga tashrif buyurib, diniy hamjamiyat vakillari bilan uchrashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman Buxoro shahrida \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d mavzuidagi xalqaro konferensiya bilan o\u02bbz ishini yakunladi. Tadbirda ilmiy-amaliy seminarlar sarhisob qilindi, e\u02bctiqod erkinligi va dinlararo muloqotni ta\u02bcminlash masalasi bo\u02bbyicha fikr almashildi, kelgusi hamkorlik istiqboli belgilandi. Xalqaro uchrashuvning yakunida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi. Ilgari Marokash, Makka, Jakarta, Potomak va Puntodel-Esteda qabul qilingan deklaratsiyalarni to\u02bbldiradigan ushbu hujjat O\u02bbzbekistonning diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik g\u02bboyalarini xalqaro darajada qaror toptirishga qo\u02bbshgan muhim hissa bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forum orqali O\u02bbzbekiston bir qator vazifalarning uddasidan chiqdi. Avvalo, davlat siyosatining ustuvor yo\u02bbnalishlaridan biri sifatida dinlararo bag\u02bbrikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to\u02bbg\u02bbrisida xalqaro hamjamiyatga ishonchli va xolis ma\u02bclumotni yetkaza oldik. Sir emas, yurtimizda jamiyat va davlat hayotining barcha yo\u02bbnalishida, jumladan, din sohasida ham sezilarli ijobiy o\u02bbzgarishlar ro\u02bby berdi. Bundan hech kim ko\u02bbz yumolmaydi. Prezidentimiz rahbarligida din sohasini erkinlashtirish borasida izchil siyosat olib borilmoqda, aholining diniy ehtiyojlarini to\u02bbg\u02bbri qondirish, bag\u02bbrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonning diniy sohadagi siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan keng olqishlandi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy-ma\u02bcrifiy sohada olamshumul ishlar olib borilmoqda. Jumladan, dindorlarning \u201cqora ro\u02bbyxati\u201d bekor qilindi, oldin qamoqqa tashlangan ko\u02bbplab mahbuslar afv etildi, Qoraqalpog\u02bbistondagi sharoiti o\u02bbta og\u02bbir bo\u02bblgan \u201cJasliq\u201d qamoqxonasi yopildi. Ekstremizmda ayblangan 18 ming nafardan ziyod hamyurtlarimiz \u201cqora ro\u02bbyxat\u201ddan chiqarilganining o\u02bbzi ko\u02bbp narsadan dalolat beradi. Mamlakat bo\u02bbylab birinchi marta barcha bosqichdagi Qur\u02bcon musobaqalari o\u02bbtkazildi. Toshkentda ilk marta Qur\u02bconi karimning xususiy nashriyotda chop etilishiga ruxsat berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda O\u02bbzbekistonda 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2 ming 333 ta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom instituti, \u201cMir Arab\u201d oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 10 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar bilim yurti, Toshkent pravoslav diniy seminariyasi, Toshkent protestant seminariyasi kabi o\u02bbquv muassasalari mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy, Imom Termiziy hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgan. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida va tasavvuf ilmi maktablari ochilgan. Shuningdek, O\u02bbzbekiston to\u02bbliq Injil xristianlari markazi, O\u02bbzbekiston Injil xristian-baptistlar cherkovlari ittifoqi faoliyat olib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasida \u201cDinshunoslik\u201d, \u201cFiqh\u201d, \u201cQur\u02bcon\u201d, \u201cHadis\u201d kabi yangi diniy mutaxassisliklar bo\u02bbyicha o\u02bbquv rejasi joriy etildi. Akademiyada diniy ta\u02bclim sohasida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Qur\u02bconshunoslik va hadisshunoslik, Islom tarixi va manbashunoslik, Aqida kabi kafedralar ochildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda dinlar va millatlararo totuvlik hamda bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston tajribasini bugun dunyo jamoatchiligi, xalqaro ekspert va mutaxassislar alohida e\u02bctirof etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, O\u02bbzbekiston bu sohada ko\u02bbp asrlik ijobiy tajribaga ega. Shu bilan birga, mamlakatimizda turli din tarafdorlarining diniy ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyatlar doimiy ravishda kengayib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida dinlararo ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir vaziyatda ko\u02bbplab xorijiy ekspertlar xalqaro munosabatlarda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlikni ta\u02bcminlashga asoslangan o\u02bbzbek modelini o\u02bbrganishga foydali va o\u02bbrnak olsa arziydigan omil sifatida qaramoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forumning yana bir ahamiyati shunda-ki, uning doirasida ko\u02bbp millatli jamiyatlarda diniy erkinliklar va dinlararo totuvlikni ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha fikr almashish, xalqaro tajribani muhokama qilish imkoniyati tug\u02bbildi. Shu o\u02bbrinda O\u02bbzbekistonda dinga munosabatidan qat\u02bci nazar, mamlakatning har bir fuqarosi vijdon va din erkinligiga, teng huquqliligini ta\u02bcminlashga qaratilgan mukammal qonunchilik bazasi mavjudligini alohida ta\u02bckidlash joiz. O\u02bbzbekistonning konstitutsiyaviy normalari fuqarolarning biror dinga e\u02bctiqod qilish yoki qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Shu bilan birga, bir din yoki mazhabning boshqalarga nisbatan har qanday ko\u02bbrinishdagi ustuvorligi yoki cheklovlarini o\u02bbrnatishga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forum tufayli, yuqorida aytib o\u02bbtganimizdek, ma\u02bcrifat va bag\u02bbrikenglik madaniyati g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilish, turli din tarafdorlarining milliy an\u02bcanalariga hurmat hamda ularning huquqlarini ta\u02bcminlashga qaratilgan \u201cBuxoro deklaratsiyasi\u201d qabul qilindi. Ushbu deklaratsiya o\u02bbzaro hamjihatlikni mustahkamlash va xalqaro hamjamiyatning dunyoda diniy erkinliklarni ta\u02bcminlash borasidagi sa\u02bcy-harakatlarini birlashtirish uchun ham muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro dunyoning eng ko\u02bbhna shaharlaridan biri ekanligi hammaga ma\u02bclum. U bir necha tamaddunlar, diniy jamoalar, madaniyatlar va e\u02bctiqod tizimlarining chorrahasida joylashgan. Buxoro, shuningdek, ming yillar davomida atoqli olimu ulamolarning Vatani bo\u02bblib kelgan. Bu yerdagi madrasalar bitiruvchilari islom ilohiyoti rivojiga benazir hissa qo\u02bbshgan. Bu tabarruk zaminda islom dinining salmoqli intellektual salohiyati yaratilgan. Shuni inobatga olgan holda, forum ishtirokchilari xalqaro hamjamiyatni dunyoning barcha mintaqasida millatlararo va fuqarolar totuvligining muhim sharti sifatida dinlararo muloqotni kengaytirishga yanada ko\u02bbproq e\u02bctibor qaratishga chaqirish maqsadida ushbu shaharda tegishli deklaratsiyani qabul qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Adolat nuqtai nazaridan aytganda, O\u02bbzbekistonning nufuzli xalqaro anjumanga mezbonlik qilishi barchamizning ko\u02bbnglimizni tog\u02bbdek ko\u02bbtardi. Axir dinga va ilmga qiziqish kuchli bo\u02bblgan O\u02bbzbekistonda dinga nisbatan o\u02bbtmishda zug\u02bbum va qatag\u02bbonlar kam bo\u02bbldimi?! Shunday davrlar ham bo\u02bbldiki, din qatag\u02bbonga uchradi. Ayniqsa, sobiq Ittifoq davrida odamlarning e\u02bctiqodi \u201cbo\u02bbg\u02bbib qo\u02bbyilgan\u201d, diniy ulamolar qatag\u02bbon qilingan edi. Qatag\u02bbon avvalo, ziyolilar, din xizmatchilariga qarshi qaratilgan edi. 1937 yilning dekabr oyida \u201cuchlik\u201d qarori bilan hukm qilingan 3 ming 644 kishidan 1 ming 464 nafari imom, eshon, mulla va boshqa diniy xizmatchi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xudosizlikka asoslangan tuzumning tazyiqlari o\u02bbtgan asrning 80-yillarigacha davom etdi. Umuman, o\u02bbsha yillarda ham diniy urf-odatlarni oshkora bajarish qiyin kechdi, hatto \u201cxudojo\u02bbyman\u201d, deyishga ham botinolmasdi. Ziyolilar masjidga borgani, janoza namozlarida qatnashgani uchun kommunistik firqadan va egallab turgan lavozimidan haydalardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik e\u02bclon qilinib, mafkuraviy zanjirdan xalos bo\u02bblingach, \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonun qabul qilindi, respublikamizda ko\u02bbplab masjidlar qurilib, diniy tashkilotlar tuzishga ruxsat berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi tahrirda qabul qilingan \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonun mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha diniy konfessiyalar vakillariga birdek imkoniyat berdi. Bu bilan dinning yuksak madaniyat va ma\u02bcnaviyat vositasi ekanligi, beqiyos axloqiy-tarbiyaviy qudrati, shuningdek, insonlarning kamtarlik, kamsuqumlik, halollik va poklikka undovchi qadriyatlari milliy qadriyatlar qatorida qonunan tan olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda dinga e\u02bctiqod qiluvchilar barcha diniy bayramlarni erkin nishonlamoqda. Yildan-yilga musulmonlarning Ramazon va Qurbon hayitlari, xristianlarning Pasxa va Rojdestvo, yahudiylarning Pasxa, Purim va Xanuka bayramlari keng ko\u02bblamda nishonlanmoqda. Bundan tashqari, har yili mamlakatimiz hukumatining har tomonlama ko\u02bbmagi bilan musulmonlar Xaj va Umra amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga, xristianlar Rossiya, Gretsiyaga, yahudiylar esa Isroilga ziyoratga yuborilmoqda. Avvallari fuqarolarimiz Umra safariga borish uchun yillab navbat kutishar, turli xil boshqa yo\u02bbllar bilan borish imkoniyatlarini qidirishar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi yurtimiz aholisi muqaddas ziyoratga bo\u02bblgan ehtiyojlarini to\u02bblaqonli qondirish maqsadida jamoatchilik kengashi qarori asosida Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo\u02bbyicha (kvota) cheklovlar olib tashlandi. Ilgarigi tartibga ko\u02bbra, Umra safariga borishi mumkin bo\u02bblgan ziyoratchilar kvotasi har yili o\u02bbn ming kishi etib belgilangan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, davlat tomonidan har bir konfessiya bilan o\u02bbzaro munosabatlar diniy tuyg\u02bbularni hurmat qilish, diniy e\u02bctiqodni fuqarolarning shaxsiy ehtiyoji sifatida e\u02bctirof etish, dindan g\u02bbayriqonuniy maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanishga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik, fuqarolarning har qanday dinga e\u02bctiqod qilishi yoki hech bir dinga e\u02bctiqod qilmasligidan qat\u02bci nazar, teng huquqliligini ta\u02bcminlash, ularni ta\u02bcqib qilishga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik kabi tamoyillarga asoslanishi belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur tamoyillar asosida esa davlat turli dinlarga e\u02bctiqod qiluvchi va ularga e\u02bctiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e\u02bctiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro murosa va hurmat o\u02bbrnatilishiga ko\u02bbmaklashmoqda, shuningdek, diniy konfessiyalar o\u02bbrtasidagi tinchlik va totuvlikni qo\u02bbllab-quvvatlamoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston hukumatining hozirgi kunda halok bo\u02bblgan yoki Suriyada qochqinlar lagerlarida bo\u02bblgan o\u02bbzbek \u201cjihodchilari\u201dning ayollari va farzandlarini Vatanga qaytarish borasidagi ishlari ommaviy qatag\u02bbonlar qaytmasligining va inson huquqlariga qat\u02bciy rioya etayotganining isboti hisoblanadi. Bu insonparvarlik va ramziy belgi bo\u02bblib, murosa davri kelganini hamda avvalgi zo\u02bbravonliklarning tugaganini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda diniy erkinliklar berilganini xalqaro hamjamiyat ham tan oldi. O\u02bbzbekiston diniy erkinlik bo\u02bbyicha maxsus kuzatuvdagi davlatlar safidan chiqarildi. Chunki o\u02bbtgan bir necha yil mobaynida mamlakatda fuqarolarning e\u02bctiqod erkinligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha aniq va amaliy choralar ko\u02bbrildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq vijdon erkinligi kafolatlangan. Bunday sharoitda bag\u02bbrikenglik, totuvlik, erkinlik haqida gapirmaslikning iloji ham yo\u02bbq. Zotan, yuksak ma\u02bcnaviyat sari intilayotgan dunyoviy davlatda diniy qadriyatlar oxirgi masala emas. Ularni hurmat qilish, to\u02bbg\u02bbri talqin etish, e\u02bctiborsiz qoldirmaslik, lekin bir vaqtning o\u02bbzida dinga yondashuv huquqiy me\u02bcyorlarini buzmaslik lozim. Bunday yondashuv ham mamlakat ichida, ham mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta\u02bcminlashga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz dinni hamisha ijtimoiy madaniyatning ajralmas va muhim bo\u02bblagi sifatida qabul qilgan. Din xalq ma\u02bcnaviyatini oziqlantiruvchi chashmadir. Har kim xohlagan dinga e\u02bctiqod qilish yoki hech qaysi dinga e\u02bctiqod qilmaslik huquqiga ega. Mazkur norma O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida ham aks etgan. Umuman olganda, diniy e\u02bctiqod erkinligi gumanistik madaniyatning eng buyuk yutug\u02bbi hisoblanadi. Bu tushuncha inson dindan mutlaqo yuz o\u02bbgirishi mumkinligini anglatmaydi. Hech qaysi dinga e\u02bctiqod qilmaslik huquqini biz \u201cvijdon erkinligi\u201d tushunchasi bilan ifodalaymiz. Hozir u barcha dunyoviy davlatlar, jumladan, O\u02bbzbekistonda ham amalda. Biroq vijdon erkinligi niqobi ostida terroristik yoki ekstremistik qarashlarni targ\u02bbib qilish hamisha qattiq qoralangan. Darvoqe, 2018 yilda yurtimizda \u201cEkstremizmga qarshi kurashish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonun qabul qilinganini eslatmoqchiman. Hujjatda \u201cekstremizm\u201d, \u201cterrorizm\u201d, \u201cradikalizm\u201d tushunchalariga ta\u02bcrif berilgan. Bu juda muhim. Sababi ularni farqlamaslik yoki turlicha talqin qilish global illatlarga qarshi kurashishni qiyinlashtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz azaldan bag\u02bbrikeng xalqmiz. Tarixga nazar tashlang: qadimda Xitoy, Hindiston, Yevropa, Erondan keluvchi savdo karvonlari Buyuk Ipak yo\u02bbli orqali yurtimiz hududini kesib o\u02bbtgan. O\u02bbsha vaqtda karvon-saroylarimiz haqiqiy bag\u02bbrikenglik o\u02bbchoqlariga aylangandi. Hozir ham O\u02bbzbekistonda o\u02bbnlab millat va elat vakillari bahamjihat yashamoqda. Boshqa mamlakatlardagi o\u02bbzbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanyapti. Xorijdagi vatandoshlarimiz ishtirokida turli xalqaro anjuman va simpoziumlar tashkil qilinmoqda. Oxirgi yillarda islom mamlakatlari bilan hamkorlikka ham alohida e\u02bctibor qaratildi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining ma\u02bcrifiy islomni tiklash va targ\u02bbib etish, bu bo\u02bbyicha bebaho ilmiy asarlar yaratgan buyuk mutafakkir bobolarimiz merosini o\u02bbrganish hamda ommalashtirishga doir tashabbuslari xalqaro jamoatchilik tomonidan qizg\u02bbin kutib olingani behad quvonarli hol. Ma\u02bcrifiy islom bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston dunyoga ibrat bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu asosda jamiyatimizda diniy bag\u02bbrikenglik ham chuqur qaror topgan. O\u02bbtgan qisqa davr ichida jamiyatimizning bosh mezoni \u2014 ma\u02bcnaviyat hamda muqaddas dinimizning insonparvarlik g\u02bboyalarini targ\u02bbib etish, \u201cjaholatga qarshi \u2014 ma\u02bcrifat\u201d tamoyili asosida beqiyos o\u02bbzgarishlar bo\u02bbldi. Bu ijobiy o\u02bbzgarishlar barcha jabhada, jumladan, dinimiz sohasida ham imkoniyatlarning tojiga aylandi. Xalqimizning boy diniy-ma\u02bcnaviy merosini chuqur o\u02bbrganish va dunyoga targ\u02bbib etish, yosh avlodni milliy hamda umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarimizning yot oqimlar ta\u02bcsiriga tushishining oldini olish, ularni ilm-fanga rag\u02bbbatlantirish, yuksak axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalash bundan keyin ham izchillik bilan olib borilishi bizni taraqqiyotga eltadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ibrohimjon INOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2022 yil 2 iyun, \u2116114(8176)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston qadimdan turli millat va elat hamda konfessiya vakillari o\u02bbzaro tinch-totuv yashab, o\u02bbz diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etib kelgan bag\u02bbrikeng diyor sifatida qadrlanadi. Mamlakatimizning ushbu yo\u02bbnalishda olib borayotgan izchil siyosati xalqimiz va jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e\u02bctirof etilmoqda. Yurtimizda \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d xalqaro forumi doirasida o\u02bbtkazilgan ko\u02bbp millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida tajriba almashish, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22262,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0414\u0418\u041d\u0418\u0419 \u0411\u0410\u0492\u0420\u0418\u041a\u0415\u041d\u0413\u041b\u0418\u041a \u2014 \u0422\u0418\u041d\u0427\u041b\u0418\u041a \u0422\u041e\u0422\u0423\u0412\u041b\u0418\u041a, \u0422\u0410\u0420\u0410\u049a\u049a\u0418\u0401\u0422 \u041a\u0410\u0424\u041e\u041b\u0410\u0422\u0418\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0414\u0418\u041d\u0418\u0419 \u0411\u0410\u0492\u0420\u0418\u041a\u0415\u041d\u0413\u041b\u0418\u041a \u2014 \u0422\u0418\u041d\u0427\u041b\u0418\u041a \u0422\u041e\u0422\u0423\u0412\u041b\u0418\u041a, \u0422\u0410\u0420\u0410\u049a\u049a\u0418\u0401\u0422 \u041a\u0410\u0424\u041e\u041b\u0410\u0422\u0418\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-02T06:07:14+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"605\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz\",\"name\":\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-02T06:07:14+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-02T06:07:14+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u0414\u0418\u041d\u0418\u0419 \u0411\u0410\u0492\u0420\u0418\u041a\u0415\u041d\u0413\u041b\u0418\u041a \u2014 \u0422\u0418\u041d\u0427\u041b\u0418\u041a \u0422\u041e\u0422\u0423\u0412\u041b\u0418\u041a, \u0422\u0410\u0420\u0410\u049a\u049a\u0418\u0401\u0422 \u041a\u0410\u0424\u041e\u041b\u0410\u0422\u0418\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg\",\"width\":660,\"height\":605},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u0414\u0418\u041d\u0418\u0419 \u0411\u0410\u0492\u0420\u0418\u041a\u0415\u041d\u0413\u041b\u0418\u041a \u2014 \u0422\u0418\u041d\u0427\u041b\u0418\u041a \u0422\u041e\u0422\u0423\u0412\u041b\u0418\u041a, \u0422\u0410\u0420\u0410\u049a\u049a\u0418\u0401\u0422 \u041a\u0410\u0424\u041e\u041b\u0410\u0422\u0418","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u0414\u0418\u041d\u0418\u0419 \u0411\u0410\u0492\u0420\u0418\u041a\u0415\u041d\u0413\u041b\u0418\u041a \u2014 \u0422\u0418\u041d\u0427\u041b\u0418\u041a \u0422\u041e\u0422\u0423\u0412\u041b\u0418\u041a, \u0422\u0410\u0420\u0410\u049a\u049a\u0418\u0401\u0422 \u041a\u0410\u0424\u041e\u041b\u0410\u0422\u0418","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-02T06:07:14+00:00","og_image":[{"width":660,"height":605,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz","name":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg","datePublished":"2022-06-02T06:07:14+00:00","dateModified":"2022-06-02T06:07:14+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u0414\u0418\u041d\u0418\u0419 \u0411\u0410\u0492\u0420\u0418\u041a\u0415\u041d\u0413\u041b\u0418\u041a \u2014 \u0422\u0418\u041d\u0427\u041b\u0418\u041a \u0422\u041e\u0422\u0423\u0412\u041b\u0418\u041a, \u0422\u0410\u0420\u0410\u049a\u049a\u0418\u0401\u0422 \u041a\u0410\u0424\u041e\u041b\u0410\u0422\u0418","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/xs0206.jpg","width":660,"height":605},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22264&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK \u2014 TINCHLIK TOTUVLIK, TARAQQIYOT KAFOLATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22264"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22264"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22264\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22265,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22264\/revisions\/22265"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22262"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22264"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22264"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22264"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}