{"id":22254,"date":"2022-06-02T09:38:23","date_gmt":"2022-06-02T04:38:23","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22254"},"modified":"2022-06-02T09:38:23","modified_gmt":"2022-06-02T04:38:23","slug":"sahihul-buxoriyning-zamonlar-osha-saqlanishi-va-tarqalishida-firabriyning-xizmatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni muallifdan eshitgan roviylarning orasida Abu Abdulloh Firabriy (231-320\/846-932) alohida o\u02bbrin tutadi. Alloh taolo unga Imom Buxoriy bilan uchrashish va undan hadis eshitish uchun bir nechta sabablarni taqdir qilgan va ko\u02bbp xayrli ishlarga muyassarlik bilan xoslagan. Shu sabab uning rivoyati rivoyatlarning eng yaxshisi, eng to\u02bblig\u02bbi va sanadi oliysiga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilgan birinchi tabaqadagi roviylarning eng mashhuri Abu Abdulloh Firabriydir. To\u02bbliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mator ibn Solih ibn Bishr Firabriy bo\u02bblib, 231\/846 yili Buxoro qishloqlaridan biri Firabrda tug\u02bbilgan. Imom Sam\u02bconiy \u201cAnsob\u201d asarida: \u201cFirabr Amudaryo bilan Buxoroning o\u02bbrtasidagi shahardir. Firabr shahri bilan Amudaryoning o\u02bbrtasidagi masofa bir farsax atrofidadir. Men Movarounnahrdan qaytayotganimda Firabrda bir necha kun turganman\u201d, deb aytgan [5:4\/359].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy esa o\u02bbzining \u201cSiyaru a\u02bclomin nubalo\u201d asarida: \u201cFirabr Buxoro qishloqlaridan biridir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda Firabr \u2013 hozirgi Turkmanistonning Lebob viloyatidagi Firabr mintaqasining ma\u02bcmuriy markazi. Firabr qadimda Tohir ibn Alining musofirxonasi (karvonsaroyi) sifatida tanilgan. U yerdan ko\u02bbplab ulamolar yetishib chiqqan. Imom Buxoriy hazratlari ham shu yerda bir muddat yashagan va dars bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Firabriy Qutayba ibn Said va Ali ibn Xashram Marvaziydan ham hadis eshitgan. Abu Bakr Sam\u02bconiy (vaf. 510\/1116) \u201cAmoliy\u201d asarida bunday degan: \u201cAbu Abdulloh Firabriy Qutayba ibn Said va Ali ibn Xashram Marvaziydan hadis eshitgan. U \u201cSahihul Buxoriy\u201d va \u201cSahihi Muslim\u201d kitoblarini Qutayba ibn Said va Ali ibn Xashram Marvaziydan rivoyat qilgan roviylarning orasida bordir\u201d [2:1\/175-176].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Nuqta (vaf. 629\/1232) Firabriyga bog\u02bblangan sanad bilan rivoyat qiladi. Abu Abdulloh Firabriy: \u201cMen 258\/872 yili Firabrda bo\u02bblganimda Ali ibn Xashram Marvaziydan hadis eshitgan edim\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy (vaf. 748\/1347): \u201cAbu Abdulloh Firabriy Qutayba ibn Saiddan hadis eshitgan deb hisoblagan kishi xato qilibdi. Chunki, u Qutayba ibn Saidni ko\u02bbrmagan. Abu Abdulloh Firabriy 231\/846 yilda tug\u02bbilgan. Qutayba ibn Said esa 240\/855 yili boshqa shaharda vafot etgan\u201d, deb yozadi [9:15\/11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida o\u02bbtgan gaplarning xulosasi shuki, Abu Abdulloh Firabriy uch kishidan hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchisi: Imom Buxoriy (810-870 y.);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ikkinchisi: Qutayba ibn Said (150-240\/767-854);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">uchinchisi: Ali ibn Xashram Marvaziydir (160-257\/776-871).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Sam\u02bconiy (vaf. 510\/1116) \u201cAmoliy\u201d asarida Abu Abdulloh Firabriy Qutayba ibn Saiddan hadis eshitganiga dalil keltirgan. Buni Imom Navaviy (631-676\/1233-1277) ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dning sharhida zikr qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Abdulloh Firabriyning Ali ibn Xashram Marvaziydan hadis eshitgani sobitdir. Firabriyning tarjimai holini yozgan ko\u02bbplab ulamolar bunga dalil keltirgan. Asosiy hadis kitoblarida Abu Abdulloh Firabriyning Ali ibn Xashram Marvaziydan rivoyat qilgan hadislari bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Bayhaqiy (384-458\/994-1066) \u201cAs-Sunanul kubro\u201d va \u201cSho\u02bbbul iymon\u201d kitobida Hofiz Abu Ahmad ibn Adiyning Abu Abdulloh Firabriydan, uning Ali ibn Xashram Marvaziy va boshqalardan rivoyat qilgan hadislarini keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Abdulloh Firabriyning Ali ibn Xashram Marvaziydan hadis eshitgani \u201cSahihul Buxoriy\u201dning ba\u02bczi nusxalarida sobitdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Valid Bojiy (vaf. 474\/1082): \u201cAbu Abdulloh Firabriy siqa (ishonchli) va mashhur kishidir\u201d, degan [4:1\/173].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muhammad Rishotiy (vaf. 547\/1179): \u201cAbu Abdulloh Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201dning rivoyatida asosiy tayanchdir\u201d, degan [1:15-16].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Sam\u02bconiy (vaf. 510\/1116) \u201cAmoliy\u201d asarida: \u201cAbu Abdulloh Firabriy siqa (ishonchli) va parhezkor kishidir\u201d, degan [3:1\/126].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Mustamliy Muhammad ibn Yusuf Firabriydan rivoyat qilib bunday deydi: \u201cMuhammad ibn Ismoilning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d [7:11\/28]. Firabriyning bu gapini hamma ulamolar birdek e\u02bctirof etmasa ham, Imom Buxoriydan rivoyat qilgan roviylarning ko\u02bbpligiga dalil bo\u02bbla oladi. Chunki, o\u02bbsha paytda Firabriydan uzoqroq umr ko\u02bbrgan boshqa roviylar ham bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Firabriy rivoyatining mashhur bo\u02bblishi va boshqalaridan ajralib turishi bejiz emas, albatta. Bu variantda \u201cSahihul Buxoriy\u201dning boshqa rivoyatlarida uchramagan jihatlar bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolar Firabriyning rivoyatini \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobi borasida musulmonlarning asosiy tayanchi va mustahkam arqoni deb hisoblagan. Xususan, Ibn Rushayd Fihriy (vaf. 721\/1321): \u201cAbu Abdulloh Firabriy siqa (ishonchli), amiyn (ishonarli), \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobida musulmonlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha bo\u02bblgan vositasi va ularning mustahkam arqonidir\u201d, degan [1:10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rivoyatlar va nusxalar orasidagi tafovutning sabablari juda ko\u02bbp. Ularni birma-bir sanab o\u02bbtish bir maqola doirasiga sig\u02bbadigan ish emas. Bu sabablar roviylarning shaxsiyatidagi va kitob nusxalarini diqqat bilan tekshirishdagi tafovutlarga borib taqaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Firabriyning rivoyati haqidagi ma\u02bclumotlar to\u02bbplanganida, uni boshqalardan ajratib turadigan bir nechta omil ayon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Birinchisi.<\/strong>\u00a0Firabriydagi odillik, ma\u02bclumotlarni diqqat bilan tekshirishi va ulamolarning u haqida aytgan yaxshi so\u02bbzlari.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shak-shubhasiz, bir odamning xabari qabul qilinishi uchun u adolatli va ishonchli inson sifatida nom qozongan bo\u02bblishi kerak. Firabriy haqida ulamolar juda yaxshi gaplarni aytgan. Bu o\u02bbrinda Ibn Rushayd Fihriyning (vaf. 721\/1321): \u201cAbu Abdulloh Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobida musulmonlarning asosiy tayanchidir\u201d, degan [1:14] so\u02bbzini keltirishning o\u02bbzi kifoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ikkinchisi.<\/strong>\u00a0Firabriyning qo\u02bblidagi nusxa to\u02bbliq bo\u02bblgan va kamchiligi yo\u02bbqdir. Rivoyatning to\u02bbliqligi va kamchiliklardan xoli ekani afzallik belgisidir. Chunki, keyin kelgan har qanday roviy imkon qadar to\u02bbliq va mukammal nusxaga murojaat qilishi tabiiy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali Jayyoniy \u201cTaqyidul muhmal\u201dda bunday deydi: \u201cAbu Fazl Solih ibn Muhammad ibn Shazon Isbahoniy Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiydan: \u201cImom Buxoriy to\u02bbplamning oxirida menga \u201cHukmlar kitobi\u201dning avvalidan kitobning oxirigacha ijozat bergan edi\u201d, deb rivoyat qiladi\u201d. Lekin Nasafiyning rivoyatida to\u02bbplamning oxiridagi varaqlari Firabriynikiga qaraganda kamroqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Xattobiy \u201cSahihul Buxoriy\u201dga yozgan \u201cA\u02bclomul hadis\u201d nomli sharhida: \u201cBiz bu kitobning ko\u02bbp qismini Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning Imom Buxoriydan rivoyat qilgan yo\u02bbliga ko\u02bbra eshitdik. Faqat oxiridagi hadislarnigina Muhammad ibn Yusuf Firabriyning yo\u02bbli orqali eshitdik\u201d, degan [6:1\/105-106]. Demak, Imom Xattobiy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Nasafiy yo\u02bbli orqali rivoyat qilgan roviylardan biri hisoblanadi. Lekin kitobning oxiridagi hadislarni Firabriydan rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Burhonuddin Abnosiy (vaf. 802\/1400) o\u02bbzining \u201cAsh-Shazol fiyah min ulumi Ibn Saloh\u201d kitobida Ibn Salohning \u201cSahihul Buxoriy\u201ddagi hadislarning soni haqidagi \u201cUnda to\u02bbrt mingta hadis bor\u201d degan so\u02bbzlarini sharhlab bunday deydi: \u201cBu Firabriyning rivoyati. Ammo Hammod ibn Shokirning rivoyati Firabriyning rivoyatidan ikki yuzta hadisga kam. Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning rivoyati Hammod ibn Shokirning rivoyatidan yuzta hadisga kam\u201d. Bu gapni Iroqiy, Abnosiy, Saxoviy va Shayxulislom Zakariyo Ansoriy zikr qilgan. Bu va boshqa dalillar Firabriyning rivoyati rivoyatlarning eng to\u02bblig\u02bbi ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Uchinchisi.<\/strong>\u00a0Firabriyning rivoyatini boshqalardan ajratib turadigan yana bir jihati qo\u02bblidagi asl nusxaning sahih bo\u02bblganidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dning asl nusxasi Imom Buxoriyning vafotidan keyin mashhur shogirdi Abu Abdulloh Firabriyning qo\u02bblida qolgan. Firabriyning shogirdlari \u201cSahihul Buxoriy\u201dning matnini ustozidagi asl nusxadan ko\u02bbchirib olgan. Ular Abu Is\u02bchoq Mustamliy, Abu Muhammad Hammuviy, Abu Haysam Kushmihaniy, Abu Zayd Marvaziy va boshqalar. Birorta tahqiqchi va ilm ahli ular yozgan nusxalarga shak-shubha qilmagan va e\u02bctiroz bildirmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Valid Bojiy (vaf. 474\/1082) \u201cAt-Ta\u02bcdil vat tajrih\u201d kitobida Firabriyning qo\u02bblida \u201cSahihul Buxoriy\u201dning Imom Buxoriy o\u02bbz qo\u02bbli bilan yozgan asl nusxasi borligiga dalil bo\u02bbladigan gapni keltirib, bunday deydi: Hofiz Abu Zarr Abdurahmon ibn Ahmad Haraviy bizga Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliydan rivoyat qiladi. Abu Is\u02bchoq Mustamliy: \u201cMen \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini Muhammad ibn Yusuf Firabriyning qo\u02bblidagi asl nusxadan ko\u02bbchirib oldim. Shunda uning hali to\u02bbliq emasligini ko\u02bbrdim. Kitobda ko\u02bbplab yozilmagan bo\u02bbsh joylar bor edi. Ketidan biror narsa yozilmagan roviylar silsilasi va sanadi yozilmagan hadislar bor edi. Shunda ba\u02bczisini ba\u02bczisiga qo\u02bbshib qo\u02bbydik\u201d, degan [4:1\/287].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dga yozgan sharhlaridan biriga \u201cHadyus soriy\u201d deb nomlangan muqaddimasida bu gapni Abu Valid Bojiydan naql qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz ibn Hajar Asqaloniy (vaf. 852\/1448): \u201cBu asrda va undan oldingi asrlarda \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini eshitishda sanadi uzluksiz bog\u02bblangan rivoyat Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mator ibn Solih ibn Bishr Firabriyning rivoyatidir\u201d, degan [8:1\/491-492].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Rushayd Fihriy bunday deydi: \u201cBugun mashriq va mag\u02bbribda \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitishda sanadi Imom Buxoriyga bog\u02bblangan yo\u02bbl Abu Abdulloh Firabriyning yo\u02bblidir. Rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining mashhurligi uchun insonlar unga ko\u02bbproq suyanadi. Abu Abdulloh Firabriyning qo\u02bblida \u201cSahihul Buxoriy\u201dning asl nusxasi bo\u02bblgan va undan shogirdlari nusxa ko\u02bbchirgan. Bu esa Firabriyni qo\u02bbllab-quvvatlaydigan hujjat va uning to\u02bbg\u02bbriligiga guvohdir. Shu tariqa \u201cSahihul Buxoriy\u201d Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir yo\u02bbl bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam ushlagan va unga ijmo bog\u02bblangan. Natijada aniq hujjat bo\u02bblgan\u201d [1:18-19].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu rivoyatlar Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni uning asl nusxasidan o\u02bbrganganiga yetarli dalildir. Shak-shubhasiz, bu kabi asl nusxaga boshqa nusxalar tenglasha olmaydi. Firabriy ham Imom Buxoriyning bevosita o\u02bbzidan tinglagan \u201cSahihul Buxoriy\u201dning asl nusxasidan yozib olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>To\u02bbrtinchisi.<\/strong>\u00a0Firabriyning rivoyatini boshqalardan ajratib turadigan yana bir jihati Imom Buxoriydan keyin uzoq umr ko\u02bbrgani uchun sanadi oliy bo\u02bblganidir. Imom Buxoriy 256\/870 yil shavvol oyining boshida vafot etgan. Firabriy esa 320\/932 yil shavvol oyining o\u02bbninchi kuni to\u02bbqson yoshida Firabrda vafot etgan. Ibn Rushayd Fihriy \u201cIfodatun nosih\u201d kitobida bunday deydi: \u201cBiz Abu Abdulloh Firabriyning vafot etgan kunini Abu Zar Haraviyga bog\u02bblangan oliy sanad bilan rivoyat qildik. Abu Zar Haraviy (355-434\/966-1042) bunday deydi: \u201cMen Abu Is\u02bchoq Mustamliy (vaf. 376\/986)dan eshitgan edim. U: \u201cMenga yetib kelgan ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mator Firabriy 320\/932 yil shavvol oyining o\u02bbninchi kuni vafot etgan\u201d, dedi\u201d [1:23]. Demak, Firabriy Imom Buxoriyning vafotidan keyin hijriy hisob bilan 64 yil yashagan. O\u02bbsha davrda yashagan muhaddis va talabalarning aksariyati \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Firabriydan eshitishga intilgan. Zero, oliy sanadni talab qilish muhaddislar odobidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu sababli bo\u02bblsa kerak, Firabriy: \u201cMuhammad ibn Ismoilning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, degan. U o\u02bbzini Imom Buxoriydan hadis o\u02bbrganganlarning eng oxirgisi deb hisoblagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Beshinchisi.<\/strong>\u00a0Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan bir necha marta eshitgan. Uning o\u02bbzi muallifdan ikki marta eshitganini zikr qilgan. Bir marta \u2013 248\/862 yili Firabrda, ikkinchi marta \u2013 252\/866 yili Buxoroda. 253\/867 yili ham Imom Buxoriydan eshitganiga dalil bo\u02bbladigan ba\u02bczi rivoyatlar bor. Abu Ali Jayyoniy o\u02bbz asarida Abu Zayd Marvaziyning Imom Firabriydan: \u201cO\u02bbsha yili ham eshitganman\u201d, degan rivoyatini keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">253\/867, 254\/868 yilda va Imom Buxoriyning vafotidan bir yil oldin \u2013 255\/869 yilda ham eshitganidan dalolat beradigan ma\u02bclumotlar bor. Demak, Firabriy Imom Buxoriydan umrining oxirida \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitgan bo\u02bblsa, bundan undagi nusxa eng to\u02bbliq ekanini, Imom Buxoriy o\u02bbz qo\u02bbli bilan yozgan \u201cSahihul Buxoriy\u201dning eng oxirgi asl nusxasi Firabriyning qo\u02bblida qolganini bilib olamiz. Keyinchalik aynan Firabriydan juda ko\u02bbp shogirdlari ta\u02bclim olgan va asar matnini ustozining qo\u02bblidagi asl nusxadan ko\u02bbchirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dning versiyalari orasida Firabriyning rivoyati juda mashhur bo\u02bblib ketgani ana shundan. Insonlar hozirgacha \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Firabriyning rivoyatidagi sanad bilan o\u02bbrganib kelayotgani esa oltinchi omil bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Rushayd Sabtiy Fihriy Andalusiy. Ifodatun nosih fit ta\u02bcrif bi sanadi al-Jome\u02bc as-sahih. \u2013 Tunis: Dorut tunisiya, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Juma Fathiy Abdulhalim. Rivoyatu al-Jome\u02bc as-sahih: 2 jildli. \u2013 Qatar: Dorul faloh, 1434\/2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Nuqta Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbani Bag\u02bbdodiy. At-Taqyid li ma\u02bcrifatir ruvoti vas sunani val masonid: 2 jildli. \u2013 Haydarobod: Doiratul ma\u02bcorifil Usmoniya, 1403\/1983.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Valid Sulaymon ibn Xolaf ibn Sa\u02bcd ibn Ayyub Bojiy. At-Ta\u02bcdil vat tarjih: 3 jildli. 1550 sahifali. \u2013 Mag\u02bbrib: Vizarotul avqof vash shu\u02bcunil islomiya, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Sa\u02bcd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur Sam\u02bconiy. Ansob: 13 jildli. \u2013 Haydarobod: Doiratul ma\u02bcorifil Usmoniya, 2016.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Sulaymon Hamd ibn Muhammad Xattobiy. A\u02bclomul hadis fi sharhi Sahihul Buxoriy: 2 juzli. Doktor Muhammad ibn Said ibn Abdurahmon tahqiqi. \u2013 Makka: Jomi\u02bcatu ummil quro, 1409\/1988.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Al-Bidoya van nihoya: 15 jildli. Ustozlar jamoasining tahqiqi. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1407\/1986.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hofiz Ahmad ibn Ali ibn Hajar Asqaloniy. Hadyus soriy muqaddimatu Fathil Boriy: 2 jildli. \u2013 Riyoz: Doru toyba, 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a\u02bclomin nubalo: 25 jildli. \u2013 Bayrut: Doru muassasatir risola, 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cSahihul Buxoriy\u201dni muallifdan eshitgan roviylarning orasida Abu Abdulloh Firabriy (231-320\/846-932) alohida o\u02bbrin tutadi. Alloh taolo unga Imom Buxoriy bilan uchrashish va undan hadis eshitish uchun bir nechta sabablarni taqdir qilgan va ko\u02bbp xayrli ishlarga muyassarlik bilan xoslagan. Shu sabab uning rivoyati rivoyatlarning eng yaxshisi, eng to\u02bblig\u02bbi va sanadi oliysiga aylangan. Imom Buxoriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22253,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-06-02T04:38:23+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg\",\"datePublished\":\"2022-06-02T04:38:23+00:00\",\"dateModified\":\"2022-06-02T04:38:23+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-06-02T04:38:23+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz","name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg","datePublished":"2022-06-02T04:38:23+00:00","dateModified":"2022-06-02T04:38:23+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/bukhari_buxoriy2022_91.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22254&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING ZAMONLAR OSHA SAQLANISHI VA TARQALISHIDA FIRABRIYNING XIZMATLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22254"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22254"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22254\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22255,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22254\/revisions\/22255"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22253"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22254"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22254"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22254"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}