{"id":22122,"date":"2022-05-26T08:42:02","date_gmt":"2022-05-26T03:42:02","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22122"},"modified":"2022-05-25T19:42:19","modified_gmt":"2022-05-25T14:42:19","slug":"din-nasihatdir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz","title":{"rendered":"DIN NASIHATDIR"},"content":{"rendered":"<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0642\u064e\u0627\u0644 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 ( \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645 ) : \u0627\u0644\u062f\u0651\u0650\u064a\u0646\u064f \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0635\u0650\u064a\u062d\u064e\u0629\u064f \u0644\u0650\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0644\u0650\u0631\u064e\u0633\u064f\u0648\u0644\u0650\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0644\u0623\u0626\u0650\u0645\u0651\u064e\u0629\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u0633\u0652\u0644\u0650\u0645\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e\u0639\u064e\u0627\u0645\u0651\u064e\u062a\u0650\u0647\u0650\u0645\u0652<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: \u201c<strong>Din Alloh va uning Rasuli uchun hamda musulmonlarning rahbarlari va barcha musulmonlar uchun\u00a0 qilinadigan nasihatdir!\u201d.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolar Islom dinining mohiyati shu hadisda jamlangan, deb aytgan. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qisqa iboralar bilan ma\u02bcnolarni ifodalab,\u00a0 islom dinining asosi nasihat uzra qurilganligini ta\u02bckidladilar. Darhaqiqat, islom dinining asosiy manbasi hisoblangan Qur\u02bconi karimda ham\u00a0<strong>\u201c\u2026\u00a0<\/strong><strong>Allohga va Rasuliga\u00a0<\/strong><strong>sodiq<\/strong><strong>\u00a0bo\u02bblsalar, nasihat qilsalar, gunoh yo\u02bbq<\/strong><strong>\u2026 \u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><\/strong>\u00a0deb ta\u02bckidlanadi.\u00a0<strong>\u201cBiz ushbu kitobda biron narsani bayonsiz qoldirmadik\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a><\/strong>\u00a0oyatida ta\u02bckidlanganidek, Alloh taoloning Kitobi dinning barcha masalalarini o\u02bbzida mujassam etgan. Inson o\u02bbziga berilgan hayot davomida qanday umrguzaronlik qilishi, nimalardan saqlanishi va barcha-barchasi Kitobda o\u02bbz ifodasini topgan. Shuning uchun kim unga imon keltirib amal qilsa, shariatning hammasini ijro etgan bo\u02bbladi. Alloh taolodan savob umidida diniy va dunyoviy nasihatlarni so\u02bbzlaydigan har bir nasihatgo\u02bby musulmon hidoyatga chaqiruvchidir.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis matnida kelgan \u201cdin\u201d so\u02bbzi arabcha so\u02bbz bo\u02bblib, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo\u02bbysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo\u02bbl tutish, odat qilish, e\u02bctiqod qilish kabi ma\u02bcnolarni anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Shuningdek, \u201cdin\u201d so\u02bbzi arab tilida turli ma\u02bcnolarda ham qo\u02bbllaniladi, Masalan, Qur\u02bconi karimda \u201cdin\u201d so\u02bbzi turli ma\u02bcnolarda100dan ortiq marotaba keltirilgan bo\u02bblib, bu ma\u02bcnolarning hammasi ayni vaqtdagi din atamasida ham o\u02bbz aksini topgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cDin\u201dda Allohning mulki, hukmi, qiyomatdagi hisob-kitobi, osiylarni jazolashi, tadbir qilish kabi ma\u02bcnolari mavjud. Shuningdek, bandaning bo\u02bbysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi, Alloh ko\u02bbrsatgan\u00a0 yo\u02bblni\u00a0 tutishi,\u00a0 ma\u02bclum\u00a0 ishlarni odat va e\u02bctiqod qilishi kabi ma\u02bcnolarni ham o\u02bbzida\u00a0 ifodalaydi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda \u201cdin\u201d Alloh bilan banda orasida bo\u02bblishi kerak bo\u02bblgan aloqalar yig\u02bbindisi ekanligini anglash mumkin.\u00a0<em>Musulmon\u00a0 ulamolar\u00a0 mazkur\u00a0 ma\u02bcnolarni e\u02bctiborga olgan holda \u201cdin\u201dni \u201cSog\u02bblom aql egalarini ularning o\u02bbz ixtiyorlariga binoan bu dunyoda salohiyatga, u dunyoda najotga eltuvchi ilohiy ko\u02bbrsatmalar\u201d deb ta\u02bcriflagan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><strong>[4]<\/strong><\/a><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, din \u2013 insonlarni ezgu va xayrli amallarga chorlab, yomon va qabih ishlardan qaytarib turuvchi, e\u02bctiqod va amal borasida insonning butun bir hayot yo\u02bblini belgilab beruvchi ilohiy dasturdir. Imom Buxoriy ham bu hadisni muhim ahamiyatga ega ekanligi uchun \u201cImon kitobi\u201dda alohida bob ochib, ushbu hadis bilan boshladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u201cNasihat\u201d so\u02bbzi ham xulus (xolis) \u2013 pokiza, toza\u201d degan ma\u02bcnolarni anglatib, biror kishiga nasihat qilmoqchi bo\u02bblgan inson o\u02bbz qalbidagi pokiza narsalarini unga berishidir. Nasihat qilayotgan odam o\u02bbzi pokiza bo\u02bblmog\u02bbi va qalbidagi pokiza narsalarni birovga ulashmog\u02bbi darkor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatimizdagi ziyoli olimlar ulg\u02bbayib kelayotgan yosh avlodni nasihat bilan ziynatlamog\u02bbi, o\u02bbzlarining xayrli ishlari bilan o\u02bbrnak bo\u02bblmog\u02bbi lozim.\u00a0 Chunki, nasihat bilmagan kishiga bilmaganini o\u02bbrgatadi, bilganga bilganini yodiga soladi. Din nasihat bilan qoim turadi. Nasihat tinglaganlar ikki dunyoda saodatli bo\u02bbladi. Dono xalqimizda aytilganidek:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasihat tinglaganlar, bilingkim ahli davlatdur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini insonlarni, o\u02bbzaro hamjihatlikda yashashga, bir-birlariga samimiy munosabatda bo\u02bblib, yaxshi ishlarga buyurishga va yomon ishlardan qaytarishga targ\u02bbib etadi. Zero, muqaddas dinimizning bosh g\u02bboyasi nasihat, ya\u02bcni samimiylikdan iborat bo\u02bblib, barcha payg\u02bbambarlar mana shu burch bilan yuborilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shariati islomda har bir amalning shartlari va tartibi bo\u02bblganidek, nasihatning ham o\u02bbz shartlari va odoblari bor;<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon kishi birodariga pandu nasihat qilmoqchi bo\u02bblsa, buni boshqalardan pinhon ravishda bajarishi shart. Zero, birodarining aybini berkitgan kishining gunohini Alloh taolo dunyo va oxiratda o\u02bbzgalardan berkitadi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fozillar deydilarki:\u00a0<em>\u201cBoshqalarga eshittirmasdan birodarining yolg\u02bbiz o\u02bbziga mav\u02bciza qilmoq nasihatdir. Ammo xaloyiq o\u02bbrtasida birovga va\u02bcz o\u02bbqimoq nasihat emas, haqoratdir\u201d;<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fuzayl ibn Iyoz aytadi:\u00a0<em>\u201cMo\u02bbmin kishi birodarining aybini odamlar ko\u02bbzidan berkitib, unga nasihat qiladi. Fojir kimsa birovning aybini ovoza qilib, unga loy chaplaydi\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasihat qilishning eng muhim shartlaridan biri, biron masalada maslahat so\u02bbragan kishiga xolis maslahat berishdir.\u00a0<em>Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hada: \u201cBir musulmon o\u02bbzining birodaridan maslahat so\u02bbrasa, birodari albatta unga xolis maslahat bersin \u201d dedilar;<\/em><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon birodaringizga qilishingiz mumkin bo\u02bblgan nasihatdan yana biri \u2013 o\u02bbzi yo\u02bbq bo\u02bblgan o\u02bbrinda uning yonini olish, obro\u02bbsini himoya qilishdir. Chunki bunday nasihat musulmonning o\u02bbz birodariga sodiqligini ko\u02bbrsatadi.\u00a0<em>Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cBir musulmonning boshqa musulmon ustidagi haqlaridan biri o\u02bbzi yo\u02bbqligida unga xolislik qilishidir,\u201d dedilar;<\/em><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasihat faqat til uchida bo\u02bblmasligi lozim. Yaqin do\u02bbst-yor, qo\u02bbni-qo\u02bbshnilarimizning aybini berkitib, xatolarini tuzatishimiz, ularga zarar keltiradigan ishlardan tiyilishlik va manfaat keltiradigan ishlarni amalga oshirish, kattalarni hurmat qilib, kichiklarga shafqat ko\u02bbrsatish, xiyonat va hasad qilishdan yiroq bo\u02bblish kabi yomon illatlardan saqlanishliklarini tushuntirishimiz kerak. Nasihat orqali bir insonga jamiyatga to\u02bbg\u02bbri yashashligi uchun yo\u02bbl ko\u02bbrsatgan bo\u02bblamiz. Zero, Fuzayl ibn Iyoz aytganidek:\u00a0<em>\u201cBizning nazarimizda yuksak maqomli kishilarni ko\u02bbp namoz o\u02bbqish yoxud doim ro\u02bbza tutish orqali bu darajaga yetishmagan, aksincha ular qalb saxovati, ko\u02bbngil musaffoligi va ummatga yaxshilikni sog\u02bbinish bilan shu darajaga erishganlar\u201d.<\/em><\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hadisning umumiy ma\u02bcnosi:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cDin Alloh uchun nasihat\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis matnidagi \u201cAlloh uchun nasihat\u201d iborasini ulamolarimiz, qalbimizdagi eng pokiza narsalarni Alloh taologa yo\u02bbllamog\u02bbimiz, Alloh taoloni boru birligini e\u02bctirof etib imon keltirmog\u02bbimiz, unga amallarimiz, ibodatlarimiz, farzlarimizni muhabbat ila mukammal Alloh uchun xolis qilmog\u02bbimiz va harom qilgan narsalardan saqlanib,\u00a0 halolga rag\u02bbbat qilish, deya ta\u02bcrif bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, Alloh taolo nasihat qiluvchilarning nasihatidan hamisha azaliy va abadiy behojatdir. Tangri taologa nasihat quyidagi ishlar bilan amalga oshiriladi:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ilohlikda Unga biror narsani sherik qilmasdan xolis qalb bilan imon keltirish;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">zohirda ham botinda ham U uchun tavoze\u02bcli bo\u02bblish;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uni barcha barkamol va ulug\u02bb sifatlari bilan sifatlash;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uni har qanday nuqsondan poklash;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taoloning Kitobiga, shariatiga amal qilish. Qur\u02bconi karimda aytilganidek<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>\u00a0islom dini \u2013 Alloh taolo tomonidan rozi bo\u02bblingan, va eng so\u02bbnggi samoviy, to\u02bbg\u02bbri dindir;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ibodatni Unga xolis qilish;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan Kitob \u2013 Qur\u02bconi karimni o\u02bbqib o\u02bbrganmoq, agar bu ishga qodir bo\u02bblmasa shariat ilmi peshvolarini o\u02bbziga do\u02bbst tutmoq;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robbisiga itoatgo\u02bby bandalarni do\u02bbst tutish;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">o\u02bbzini va oilasini hamda atrofidagi insonlarni, shuningdek, Alloh taolodan mukammal holda nozil bo\u02bblgan bu dinni turli buzg\u02bbunchi va adashgan kimsalarning g\u02bboyalaridan himoya qilish.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Hasan Basriy aytadi: \u201cOdamlar xolis Alloh uchun bir-birlariga nasihat qilishda bardavom bo\u02bblib kelgan. Ulamolar insonlarning zimmasidagi haqqi haqida nasihat qilishib, Alloh uchun yo\u02bbldan adashib ketayotgan kishilarni adashib ketmasliklari uchun xayrli ishlarni bajarishga doim nasihat qilishlikka chaqiradilar.\u201d Inson qalbini sof, amalini xolis qilib, boshqalarni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga chaqirib yomon yo\u02bbllardan qaytarishi bilan buyuk ajru savoblarga erishadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cUning Rasuli uchun nasihat\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam risolatlarini tasdiqlagan, u zot olib kelgan Qur\u02bconi karim va sahih Sunnatdagi barcha xabarlarga iymon keltirgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nasihat qilgan bo\u02bbladi. Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko\u02bbrish va buyruqlariga itoat etish ham, u zotga qilingan nasihatdir. Aslida Rasulullohni yaxshi ko\u02bbrish Allohni yaxshi ko\u02bbrish demakdir:\u00a0<strong>\u201cAyting: \u201cAgar Allohni yaxshi ko\u02bbrsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh ham sizlarni yaxshi ko\u02bbradi\u2026\u201d<\/strong><em>(Oli-Imron surasi, 31-oyat).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam vafot topganlaridan so\u02bbng u kishiga nasihat qilish uchun musulmonlar quyidagilarni qilishi lozim:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayot yo\u02bbllari va turmush tarzi haqida ma\u02bclumot beruvchi tarix va siyrat kitoblarni o\u02bbqib-o\u02bbrganmoq;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloq va odoblari bilan o\u02bbzini ziynatlamoq, zero, Alloh taolo Rasulullohni \u201cxulqlari buyuk inson\u201d ekanligini Qur\u02bconi karimning \u201cQalam\u201d surasini 4-oyatida alohida ta\u02bckidlab keltirgan;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbz va amalda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga rioya qilmoq;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini odamlar orasida targ\u02bbib qilmoq;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini nodonlar va dushmanlar ig\u02bbvo-tuhmatidan, adashgan toifalarning da\u02bcvolaridan hamda dinda g\u02bbuluv ketuvchilar unga olib kirgan bid\u02bcat-xurofotlardan himoya qilmoq. Hozirgi vaqtda din va shariat nomidan o\u02bbz shaxsiy manfaatlari va g\u02bbarazli maqsadlari yo\u02bblida foydalanuvchi turli oqimlardan Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning pokiza sunnatlarini himoya qilish burchi ulamolarimizning zimmasiga ulkan mas\u02bculiyatlarni yuklaydi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Ojurriy aytadi: \u201cRasulullohga nasihat qilish ikki yo\u02bbl bilan bo\u02bbladi: u zotni ko\u02bbrib, u zotni o\u02bbziga do\u02bbst tutganlarga (sahobalarga) nasihat va u zotni ko\u02bbrmaganlarga nasihat. Sahobalarga nasihat qilish ularni ulug\u02bblash va hurmat qilish hamda so\u02bbzlarini bee\u02bctibor qoldirmaslik orqali hosil bo\u02bbladi. Ammo Rasulullohni ko\u02bbrmaganlarga nasihat qilish u zotning sunnati saniyalarini muhofaza qilish va uni ummatga yetkazish, Alloh taoloning shariatini odamlarga o\u02bbrgatish, ularni yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarish orqali hosil bo\u02bbladi. Agar shunday qilinsa, bu ishni qiluvchisi \u201cpayg\u02bbambarlarning merosxo\u02bbri\u201d bo\u02bbladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u201cHamda musulmonlarning rahbarlari uchun nasihat\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmonlarning rahbarlari hamda oqil kishilari o\u02bbz qo\u02bbl ostidagi kishilarga din va diyonatdan nasihat qilmog\u02bbi, bu nasihatlarida ularga jamiyatda fuqarolarning va rahbarning haqqi hamda burchlarini anglatmog\u02bbi, jamiyatda jaholatni tarqalib ketmasligi uchun harakat qilmog\u02bbi darkor. Shuningdek, Payg\u02bbambarimiz (s.a.v) boshqa hadislarda \u201cHar biringiz qo\u02bbl ostingizdagilardan mas\u02bculsiz\u201d deya doimiy ogohlikka chorlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fuqarolarga Allohning kitobi va Rasulining sunnatiga nasihat qilish borasida ayniqsa imom-xatiblar zimmasidagi mas\u02bculiyatlari nihoyatda ulkandir. Zero, musulmonlarning rahbari deganda musulmonlarning ham dunyoviy, ham diniy ishlarida rahbar bo\u02bblganlar ham tushuniladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu ko\u02bbrsatmalariga amal qilgan holda muhtaram prezidentimiz boshchiligida milliy va diniy qadriyatlarimizni, ma\u02bcnaviy merosimizni tiklash va ularga oid manbalarni keng jamoatchilikka yetkazish borasida (jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan) juda katta ishlar amalga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u201cVa barcha musulmonlar uchun\u00a0 nasihatdir!\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmonlar ommasiga nasihat ularga uxroviy hamda dunyoviy ishlarda foydali maslahat berish bilan bo\u02bbladi. Ommaning bir-birlariga nasihat qilmog\u02bbi ham vojib ham odatiy amallardan biri hisoblanadi. Masalan, sotuvchi xaridorga molini sotayotganda uning bor sifatlarini hamda aybini aytib \u201cxohlasang ol\u201d demoqligi ham, shu jumladan, otaning o\u02bbg\u02bbliga, onaning qiziga beradigan tarbiyasi ham bir nasihatdir. Imom Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda:\u00a0<em>\u201cMusulmonlarga nasihat qilib ularni yaxshilikka chorlamaydigan odam mo\u02bbminlardan emas,\u201d<\/em>\u00a0deyiladi. Jamiyatni yaxshilikka chorlash, yomon ishlardan qaytarish, ya\u02bcni amru ma\u02bcruf nahiy munkar har bir oqil musulmon kishining zimmasidagi burchidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo, musulmonlar jamiyatiga din-diyonatdan, xossatan Islom dinidan nasihat qiladigan kishilar avvalo bu nasihatning hosilasini o\u02bbzida namoyon etmog\u02bbi, shariat ilmini mukammal bilgan, din arkonlarini bajarishda, odob-axloqda boshqalarga namuna bo\u02bblmog\u02bbi kerak. Avvalo, tarbiyachining o\u02bbzi tarbiyalangan bo\u02bblishi, nasihat qiluvchi insonning o\u02bbzi nasihat qilishga yetarli bilim va axloqqa ega bo\u02bblishi, komil inson bo\u02bblishi kerak. Komil insonning ahloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do\u02bbstlik, g\u02bbamxo\u02bbrlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, bolajonlik, imonlilik, fidokorlik, xushmuomalalik, boadablik, iltifotlilik, kechirimlilik, mehmondo\u02bbstlik, halollik, to\u02bbg\u02bbrilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolardan iborat. Afsuski, musulmonlar bugungi kunda bir-birlariga nasihat qilmoq kabi ma\u02bcnaviy burchlariga beparvo bo\u02bblib qoldi, ayniqsa, uxroviy ishlarda loqaydlik qilib, barcha e\u02bctiborni faqat dunyo ishlari va uning ziynatiga qaratmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Battol aytganidek: \u201cDin \u2013 nasihatdir. Islom dini so\u02bbzlarda voqe\u02bc bo\u02bblgani kabi amallarda ham aks etadi. Nasihat imkoniyat darajasida amalga oshiriladi. So\u02bbzi qabul bo\u02bblishiga ko\u02bbzi yetgan va biror zarar tahdid solmagan kishi nasihat haqqini ado etishga kirishadi. Ammo nasihat ortidan o\u02bbziga ziyon-zahmat yetadigan bo\u02bblsa, nasihat qiluvchi ushbu amalni to\u02bbxtatishga haqqi bor\u201d. Ammo, din-diyonat rivoji, yurtning kelajagi va jamiyat ravnaqi nasihat bilan ekanini jamiyatning oqil kishilari hech qachon unutmasligi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday jamiyat ichra nasihat bardavom bo\u02bblsa, o\u02bbsha millatning kelajagi albatta buyuk, xalqi farovon, fuqarolari oqibatli, mamlakati qudratli bo\u02bblib boraveradi, insha Alloh taolo.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Sahihi Buxoriy. O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2008. 1-juz, Imon kitobi, 37-bob. \u2013B. 48.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>Tavba, 91.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0An\u02bcom, 38.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>Islom ensiklopediyasi. \u2013 B 135-136. Yana qarang; Shamsiddin\u00a0 Ko\u02bbhistoniy,\u00a0 Jome\u02bc ar-rumuz, Qozon, 1902; Al-Munjid, Bayrut, 1986.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22119#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>Moida surasining 3-oyatida bu haqda bayon qilingan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodir QOBILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u0642\u064e\u0627\u0644 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 ( \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645 ) : \u0627\u0644\u062f\u0651\u0650\u064a\u0646\u064f \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0635\u0650\u064a\u062d\u064e\u0629\u064f \u0644\u0650\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0644\u0650\u0631\u064e\u0633\u064f\u0648\u0644\u0650\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0644\u0623\u0626\u0650\u0645\u0651\u064e\u0629\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u0633\u0652\u0644\u0650\u0645\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e\u0639\u064e\u0627\u0645\u0651\u064e\u062a\u0650\u0647\u0650\u0645\u0652 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: \u201cDin Alloh va uning Rasuli uchun hamda musulmonlarning rahbarlari va barcha musulmonlar uchun\u00a0 qilinadigan nasihatdir!\u201d.[1] Ulamolar Islom dinining mohiyati shu hadisda jamlangan, deb aytgan. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qisqa iboralar bilan ma\u02bcnolarni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22120,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DIN NASIHATDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0414\u0418\u041d \u041d\u0410\u0421\u0418\u04b2\u0410\u0422\u0414\u0418\u0420\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DIN NASIHATDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0414\u0418\u041d \u041d\u0410\u0421\u0418\u04b2\u0410\u0422\u0414\u0418\u0420\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-05-26T03:42:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-05-25T14:42:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz\",\"name\":\"DIN NASIHATDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg\",\"datePublished\":\"2022-05-26T03:42:02+00:00\",\"dateModified\":\"2022-05-25T14:42:19+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u0414\u0418\u041d \u041d\u0410\u0421\u0418\u04b2\u0410\u0422\u0414\u0418\u0420\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DIN NASIHATDIR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DIN NASIHATDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u0414\u0418\u041d \u041d\u0410\u0421\u0418\u04b2\u0410\u0422\u0414\u0418\u0420","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DIN NASIHATDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u0414\u0418\u041d \u041d\u0410\u0421\u0418\u04b2\u0410\u0422\u0414\u0418\u0420","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-05-26T03:42:02+00:00","article_modified_time":"2022-05-25T14:42:19+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz","name":"DIN NASIHATDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg","datePublished":"2022-05-26T03:42:02+00:00","dateModified":"2022-05-25T14:42:19+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u0414\u0418\u041d \u041d\u0410\u0421\u0418\u04b2\u0410\u0422\u0414\u0418\u0420","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_85.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22122&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DIN NASIHATDIR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22122"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22122"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22122\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22123,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22122\/revisions\/22123"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22120"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22122"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22122"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22122"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}