{"id":22083,"date":"2022-05-25T08:48:07","date_gmt":"2022-05-25T03:48:07","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22083"},"modified":"2022-05-25T08:48:07","modified_gmt":"2022-05-25T03:48:07","slug":"imom-buxoriyning-hadis-qabul-qilishdagi-shartlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Ismoil Buxoriy yashab ijod etgan davrda hadis ilmi juda keng taraqqiy etgan. U kishining vafotidan keyin ham bir qancha muhaddislar yetishib chiqqan. Shunday bo\u02bblsa-da, ulamo va muhaddislar nazdida faqat \u201cSahihul Buxoriy\u201d asari eng sahih va eng mukammal deb e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buning sababi shuki, Imom Buxoriyning roviylardan hadis qabul qilib olishdagi shart va talablari boshqa muhaddislarnikidan keskin farqlangan. U hadis yetkazuvchi roviylarning sifati va axloqiga juda katta e\u02bctibor qaratgan. Ular talabga javob bermasa, hadisini qabul qilmagan. Sifati majhul va jarhlangan, nasl-nasabi nuqsonli roviylardan, shu jumladan, sanad tabaqasida yolg\u02bbiz bo\u02bblib qolgan roviydan umuman hadis rivoyat qilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy shartlarining kuchlilik darajasini uning: \u201cMen kitobimga faqatgina sahih hadislarni kiritdim. Kitob cho\u02bbzilib ketmasligi uchun ba\u02bczi o\u02bbrinlarda sahih hadislarni ham tark qildim\u201d,\u00a0degan so\u02bbzlaridan bilsa bo\u02bbladi. U qidirib, surishtirib topgan har bir hadisini shu shartlar asosida o\u02bbrganib, keyin sahih to\u02bbplamiga kiritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmi tarixida biror muhaddisning to\u02bbplam tuzishdagi aniq shartlari bo\u02bbyicha ochiq dalil naql qilinmagan. Shular qatori Imom Buxoriy ham hadis qabul qilishdagi shartlarini ochiq-oydin bayon etmagan. Ammo mashhur muhaddislarning kitoblarini diqqat bilan o\u02bbqib o\u02bbrganish davomida har birining hadisni qabul qilishdagi shartlariga guvoh bo\u02bblishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislarni sahih deb qabul qilishda muhaddislarning sahihlik shartlari turlicha bo\u02bblgan. Hadislarning sahih deb e\u02bctirof etilishida asosan beshta shart mavjud. Ushbu shartlar quyidagilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1) Sanaddagi roviylarning ishonchli va adolatli bo\u02bblishi. Adolatli kishi taqvodor, odil va yomon ishlardan yiroqda bo\u02bblgan odamdir. 2) Sanaddagi roviyning xotirasi mustahkam bo\u02bblishi. Ya\u02bcni, eshitgan narsasini yodida saqlay bilishi va keyinchalik uni shundayligicha rivoyat qila olishi.\u00a03) Sanadning uzluksiz bo\u02bblishi. Ya\u02bcni, rivoyat qilingan hadisda Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan muhaddisgacha bo\u02bblgan roviylar silsilasi uzilmasligi kerak. Sanadning halqasidan birorta roviy tushib qolmasligi lozim. 4) Hadis o\u02bbz matni va roviylari martabasiga zarar yetkazuvchi sabablardan xoli bo\u02bblishi. 5) Hadis matni va sanadi tarqoq bo\u02bblmasligi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, muhaddis roviylarning qaysi biri ishonchliroq ekanini ajrata bilishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadisni qabul qilishda boshqa ulamolardan ko\u02bbra ko\u02bbproq shartlarni qo\u02bbllagan. Bularning asosiylari quyidagilar:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir-biridan hadis rivoyat qilayotgan roviylar bir shahardan, zamondosh bo\u02bblishi, agar bir shaharda zamondosh bo\u02bblib istiqomat qilmagan bo\u02bblsa, hadis muttasil sanadli deb hisoblanmagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir-biridan hadis rivoyat qilayotgan roviylar bir marta bo\u02bblsa ham uchrashgan bo\u02bblishi zarur. Agar bir shaharda istiqomat qilib uchrashmagan bo\u02bblsa, ularning bir-biridan hadis rivoyat qilishi muttasil sanad deb qaralmagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sanaddagi roviy hadisni o\u02bbzidan oldingi roviydan ijozatan yuzma-yuz holatda og\u02bbzaki yoki yozma ravishda olgan bo\u02bblishi. Bunga misol qilib, Molikning Nofe\u02bcdan, uning Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadis sanadini olish mumkin. Bu sanad Imom Buxoriy nazdida roviylarning bir-biri bilan zamondosh bo\u02bblgani sababli \u201cOltin silsila\u201d deb e\u02bctibor qilinadi. Shu bilan birga, bu roviylar bir-biridan hadisni yuzma-yuz so\u02bbzlashib, rivoyat qilgan. Shu sababli Imom Buxoriy bu sanadda Molikka hadisni \u201cBizga hadis aytib berdi\u201d yoki \u201cUndan eshitdim\u201d yoki \u201cMenga aytdi\u201d yoxud undan boshqacha yo\u02bbl bilan eshitishni ifodalaydigan lafzlar orqali rivoyat qilinishini shart qilib qo\u02bbygan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy musulmon bo\u02bblishi. Dinsiz yoki g\u02bbayridindan hadis qabul qilinmagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy balog\u02bbat yoshiga yetgan bo\u02bblishi. Ya\u02bcni, hadisni yod olib, boshqalarga yetkazishda mas\u02bculiyatni anglaydigan yoshda bo\u02bblishi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy aqlli bo\u02bblishi. Aqli zaifdan hadis rivoyat qilinmaydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy fosiq bo\u02bblmasligi. Fosiq kishining hadisi qabul qilinmaydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviylarning eng ishonchlilik, rostgo\u02bbylik va odamiylik kabi fazilatlar bilan sifatlangan bo\u02bblishi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy xotirasining kuchli bo\u02bblishi. Ya\u02bcni, eshitgan hadisini asl holida yod olib qolishi va yetkazishi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy xotirasi sust bo\u02bblsa, eshitganini yodlash bilan birga yozib ham qo\u02bbyishi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis sanadi va matni ixtilofdan xoli bo\u02bblishi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis sanadi va matni zarar yetkazuvchi sabablardan xoli bo\u02bblishi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi shartlar hadis ulamolari \u201cSahihul Buxoriy\u201dda kelgan hadislarni diqqat bilan o\u02bbrganganda, \u201cBu Imom Buxoriyning shartiga ko\u02bbra\u201d deb aytgan gaplaridan ilmiy jamoatchilikka ma\u02bclum bo\u02bblgan. Imom Buxoriy hadislarni sahih deb qabul qilishda mana shu o\u02bbn ikki shartga qat\u02bciy amal qilgan. Shu sababli ham butun dunyo olimlari \u201cSahihul Buxoriy\u201d asarini mutlaq sahih deb e\u02bctirof etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytish kerakki, qolgan muhaddislardan birortasining qo\u02bbygan sharti o\u02bbn ikkitaga yetmagan. Masalan, olti sahih to\u02bbplamga kiruvchi muhaddislardan Imom Muslimniki o\u02bbn bitta, Imom Termiziyniki esa o\u02bbnta bo\u02bblgan. Mana shu qiyosning o\u02bbziyoq Imom Buxoriyning to\u02bbplamidagi hadislar nechog\u02bbli yuksak maqomga ega ekanidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot\u00a0<\/strong><strong>markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammad ibn Ismoil Buxoriy yashab ijod etgan davrda hadis ilmi juda keng taraqqiy etgan. U kishining vafotidan keyin ham bir qancha muhaddislar yetishib chiqqan. Shunday bo\u02bblsa-da, ulamo va muhaddislar nazdida faqat \u201cSahihul Buxoriy\u201d asari eng sahih va eng mukammal deb e\u02bctirof etilgan. Buning sababi shuki, Imom Buxoriyning roviylardan hadis qabul qilib olishdagi shart va talablari &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11049,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-05-25T03:48:07+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"393\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg\",\"datePublished\":\"2022-05-25T03:48:07+00:00\",\"dateModified\":\"2022-05-25T03:48:07+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg\",\"width\":660,\"height\":393},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-05-25T03:48:07+00:00","og_image":[{"width":660,"height":393,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz","name":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg","datePublished":"2022-05-25T03:48:07+00:00","dateModified":"2022-05-25T03:48:07+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/07\/tuplam.jpg","width":660,"height":393},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22083&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22083"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22083"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22083\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22084,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22083\/revisions\/22084"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/11049"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22083"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22083"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22083"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}