{"id":22059,"date":"2022-05-24T08:33:50","date_gmt":"2022-05-24T03:33:50","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=22059"},"modified":"2022-05-23T20:34:11","modified_gmt":"2022-05-23T15:34:11","slug":"xx-asr-boshlarida-bosh-vaqf-boshqarmasining-siyosiy-faoliyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz","title":{"rendered":"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bclim va tarbiyaning shakllanishida oila va maktab alohida o\u02bbringa ega. Milliy tarbiya xalqning tarixiy tajribasi asosida vujudga kelib, yosh avlod mafkuraviy ongini shakllantirishga qaratilgan an\u02bcana, e\u02bctiqod va urf-odatlar tizimida namoyon bo\u02bbladi. Shuning uchun xalqimizning ilmiy-madaniy tarixini o\u02bbrganish muammosi hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. XIX asrda davom etgan siyosiy kelishmovchiliklar O\u02bbrta Osiyoning Chor Rossiyasi mustamlakasiga aylanishiga olib keldi. Bu holat ilm-fan va sivilizatsiya o\u02bbchoqlaridan biri bo\u02bblgan Turkiston mintaqasi siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chor imperiyasi bolsheviklar tomonidan ag\u02bbdarilgach, kommunizm jamiyatini qurish rejasi ishlab chiqildi. Ammo o\u02bbsha vaqtda Rossiya mustamlakalari u yoqda tursin, hatto uning o\u02bbz hududida ham bunday jamiyat qurish uchun bilimli kishilar juda ozchilikni tashkil etgan. Murakkab siyosiy holat bo\u02bblsa-da, bu davrda Turkistonda mahalliy maktablar, jadid maktablari (tazyiqlar ostida faoliyati taqiqlanayotgan edi \u2013 muallif), rus-tuzem maktablari va madrasalar faoliyat ko\u02bbrsatmoqda edi. XX asr boshida sovet hukumati tashabbusi bilan an\u02bcanaviy maktab va madrasalarni sovetlashtirish boshlandi. Bu yo\u02bbnalishdagi tadbirlar avval Ichki Ishlar Xalq Komissarligi (NKVD), keyin Maorif Xalq Komissarligi (NKP) tarkibiga o\u02bbtkazilgan Bosh Vaqf Boshqarmasi boshchiligida amalga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, ta\u02bclim va tarbiya muassasalarining asosiy qismi vaqf mablag\u02bblari asosida ta\u02bcminlab kelingan. Sovet hukumati bu tartibni o\u02bbz manfaatlari yo\u02bblida tubdan isloh qildi. Turkiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1920 yil 26 fevraldagi 87-sonli farmoni asosida barcha vaqf ishlari Ta\u02bclim boshqarmasi vakolatiga o\u02bbtkazildi [1]. Respublikaning barcha vaqflarini boshqarish uchun Maorif Xalq Komissarligi huzurida Turkiston Respublikasi Vaqf bo\u02bblimi tashkil etildi. Farg\u02bbona, Samarqand va Sirdaryo hududlari viloyat xalq ta\u02bclimi boshqarmasi huzurida Viloyat Vaqf bo\u02bblimlari tuzildi. Bu bo\u02bblimlarning ishini yurgizish bilan viloyatlardagi kafedra mudirlari shug\u02bbullandi. Vaqf mulkini bevosita boshqarish uchun Maorif kasaba uyushmasi va Sotsialistik madaniyat xodimlari tarkibidan boshliq va yordamchi saylandi. Saylov jarayonida eng asosiy e\u02bctibor \u2013 saylangan boshliq va yordamchi musulmon bo\u02bblishiga qaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur farmonda boshliq-rahbarning vazifasi ham belgilab berilgan. Rahbar har bir vaqf mulki hujjati batafsil yoritilgan inventarizatsiya kitobini yuritishi kerak bo\u02bblgan. Barcha mulklarning yozma hujjatlari asl nusxalari bilan birga rahbar tomonidan mintaqaviy Vaqf bo\u02bblimiga taqdim etib borilgan. Vaqf ko\u02bbchmas mulki gazetalar va bozor maydonlarida maxsus shaxslar tomonidan e\u02bclon qilish asosida ochiq savdolar orqali ijaraga berilgan. Bundan tushgan mablag\u02bb esa Xalq Ta\u02bclimi Komissariati depozitiga jamlangan. Bu mablag\u02bb o\u02bbzbek, qirg\u02bbiz va tatar xalq ta\u02bclimi institutlari ehtiyojlari uchun yo\u02bbnaltirilishi alohida qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sho\u02bbro hukumati Vaqf mulki bilan dastlab juda ehtiyotkorona munosabatda bo\u02bblgan. Har bir rahbarning mahalliy jamoat bo\u02bblimlari tomonidan yuritiladigan daromad va xarajatlar kitobi bo\u02bblishi alohida belgilab qo\u02bbyilgan. Shuningdek, ijara shartnomalari mahalliy kommunal soha bo\u02bblimi boshlig\u02bbi, Vaqf mulki rahbari va ijarachilar tomonidan imzolangan. Mulkni ekspluatatsiya qilish bo\u02bbyicha barcha ijara shartnomalari mulkni boshqarish bo\u02bbyicha boshliq qo\u02bblida saqlanadigan kitobda qayd etilgan. Smetasiz hech qanday xarajatga yo\u02bbl qo\u02bbyilmagani sababli Vaqf boshlig\u02bbi Vaqf mulkidan foydalanishi ham mumkin bo\u02bblmagan. Agar favqulotda mablag\u02bb kerak bo\u02bblib qolsa, rahbar mintaqaviy vaqf bo\u02bblimidan ruxsat so\u02bbrab, xarajatlarni tasdiqlaydigan bayonnomalarni taqdim etishi zarur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuni alohida ta\u02bckidlash lozimki, Vaqfning viloyat boshqarmalari vaqf mulkiga hujjati bor yoki yo\u02bbqligidan qat\u02bci nazar, har bir vaqf mulki oshkora taqdim etilayotganini qattiq nazoratga olgan. Viloyat boshqarmalari zimmasiga vaqf mulklarini podshohlik davrida rasmiylashtirilgan yo bunday qilinmaganidan qat\u02bci nazar, barcha volost va shaharlarga ma\u02bclum qilish taklifi bilan xabar yuborish yuklatilgan. Ular barcha hujjatsiz vaqf mulklari haqida batafsil ma\u02bclumotlar yig\u02bbilgach, ularni Markaziy Vaqf Bo\u02bblimiga yuborib, xabardor qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1922 yil 28 dekabrda Turkiston Markaziy Ijroiya Komitetining vaqf haqidagi 173-sonli qarori tasdiqlandi [2]. Hujjatda ro\u02bbyxatga olingan barcha vaqf ko\u02bbchmas mulki hamda madaniy-ma\u02bcrifiy va xayriya muassasalari to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri Bosh Vaqf boshqarmasi tasarrufi va boshqaruviga o\u02bbtkazilgani rasmiylashtirilgan. Boshqarma vaziyatni o\u02bbrganish, munosabat bildirish va sovetlashtirish ishlarini amalga oshiradigan bo\u02bbldi. Qarorda Bosh Vaqf boshqarmasi va uning mahalliy bo\u02bblimlari Sovet hukumati ma\u02bcmuriy institutlarining barcha huquqlaridan foydalanishi mumkinligi qayd etilgan. Ammo bu ish ziddiyatlarga ham olib kelishini oldindan anglab yetgan hukumat dasturga muttasil o\u02bbzgartirishlar kiritib borgan. Misol uchun, masjidlarga tegishli Vaqf mulki dastlab o\u02bbsha masjidlarning mutavallisi tomonidan nazorat qilinib, Vaqf bo\u02bblimi kassasiga tushmasligi belgilab qo\u02bbyilgan. Keyinchalik bu tartib to\u02bbliq bekor qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqf bo\u02bblimlarining daromadlari: a) kimoshdi savdosidan tushgan mol-mulk va ijara haqqi; b) Vaqf mulkidan olinadigan soliqlar; v) savdo va sanoatdan olinadigan foyda; d) turli xayr-ehsonlar hisobidan jamlanib borilgan. To\u02bbplangan mablag\u02bbni Bosh Vaqf boshqarmasi quyidagi xarajatlarga sarf etgan [2]:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">a) mutavallilar, mudarrislar, o\u02bbqituvchilar, ishchilar va talabalarni ish haqi va stipendiya bilan ta\u02bcminlash;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">b) Vaqf mulkini ta\u02bcmirlash va saqlash;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">v) Vaqf bo\u02bblimlaridagi operatsion xarajatlar;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">g) hukumat, davlat va mahalliy soliqlar;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">d) ijtimoiy sug\u02bburta;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ye) Bosh Vaqf boshqarmasi ehtiyojlari uchun belgilangan foiz;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">j) talabalarni RSFR (Rossiyaning o\u02bbsha paytdagi rasmiy nomi \u2013 muallif) va chet ellarga yuborish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">z) binolarni zamonaviy talablarga moslashtirish;<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">i) o\u02bbquvchi va talabalarga stipendiyalar va grantlar berish, u yoki bu Vaqf muassasasini Vaqf bo\u02bblimlarining qaroriga binoan qo\u02bbllab-quvvatlash va boshqa madaniy-ma\u02bcrifiy maqsadlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sovet hukumati o\u02bbzining kuch-qudrati, iqtisodiy yutuqlarini qo\u02bbl ostidagi davlatlarga ko\u02bbz-ko\u02bbz qilib, ularda hadik va xavotirni saqlash maqsadida Bosh Vaqf boshqarmasi mablag\u02bbi hisobidan Rossiyaga safarlar uyushtirgan. Talabalarni RSFR va chet ellarga jo\u02bbnatish uchun ularning Bosh Vaqf boshqarmasidan maxsus ruxsatnoma so\u02bbrashi oldindan belgilab qo\u02bbyilgan. Shuningdek, Vaqf bo\u02bblimi yangi binolarni jihozlash, yangi kurslar ochish kabi tadbirlar uchun ham Bosh Vaqf boshqarmasidan maxsus ruxsatnoma olishi belgilangan. Albatta, bu ishlar katta mablag\u02bb sarfi bilan ham bog\u02bbliq edi. Shuning uchun Bosh Vaqf boshqarmasi ehtiyojlarini qoplash maqsadida mahalliy bo\u02bblimlar umumiy daromadining qariyb 10% ni ajratishi belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bosh Vaqf boshqarmasi tekshiruvi va qat\u02bciy talabi asosida eski usul maktablari yopilganidan so\u02bbng, O\u02bbzbekistonda yagona mehnat maktablari tashkil etilgan[9]. Shuni ham ta\u02bckidlash lozimki, qishloqlarda o\u02bbsha yillarda 3 yillik ta\u02bclim belgilangan bir paytda amalda 2 yillik ta\u02bclim berib borilgani ta\u02bclimni tashkil etishdagi eng katta kamchilik edi. Chunki, mavjud holat boshlang\u02bbich va o\u02bbrta ta\u02bclim o\u02bbrtasidagi uzluksizlikni buzib, qishloqlarda II bosqichli (to\u02bbliqsiz o\u02bbrta) maktablarning rivojlanishiga to\u02bbsqinlik qilgan. 1923 yildagina Ittifoq davlatlarida umumiy ta\u02bclim tizimini joriy etish rejasini ishlab chiqish boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bosh Vaqf boshqarmasi raisi o\u02bbrtoq Axunov boshchiligida o\u02bbtkazilgan kengash Qaroriga binoan, Bosh Vaqf boshqarmasi 1924 yil 24 martda Vaqf tarkibidagi barcha maktablar istisnosiz Maorif Xalq Komissarligining Glavsosvos dasturiga o\u02bbtkaziladi [3]. Glavsosvos \u2013 1921 yilda RSFSR Xalq ta\u02bclimi komissarligi tarkibida tashkil etilgan Ijtimoiy ta\u02bclim va politexnika ta\u02bclimi bosh boshqarmasi [8]. Boshqarma maktabgacha ta\u02bclim muassasalari, umumiy ta\u02bclim maktablari, bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish va barchaning malakasini oshirish uchun mas\u02bcul bo\u02bblgan. Bosh Vaqf boshqarmasi qabul qilgan qarorda vaqf maktab va kurslariga dastur va qoidalarning rus va o\u02bbzbek tillarida tuzib berilishini ma\u02bcqul topilgani belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sho\u02bbro hukumati amalga oshirgan sovetlashtirish siyosati xalq manfaatiga xizmat qilmagan. Fayzullo Xo\u02bbjayevning \u201cSovet Rossiyasi hukumati va uning Buxorodagi vakillariga bizning xalqimiz sovetlashtirishni qabul qilolmayapti, xalq buni xohlamayotir, shuning uchun qo\u02bbliga qurol olib, uyuushib kurashga ko\u02bbtarilayapti,\u201d degan gapi buning isbotidir [4. B-19]. Hatto 1929 yilda ham eski maktablar faoliyat yuritgan. Bahluzoda o\u02bbzining \u201cQashqadaryo qishloqlarida maorif ishlari tuzilmayotir\u201d nomli maqolasida: \u201cButun joylarda bo\u02bblgan eski diniy maktablarni tamoman tugatish to\u02bbg\u02bbrisida O\u02bbzbekiston markaziy ijroqo\u02bbmi tomonidan chiqarilgan qaror hali bu yerlarda juda sust amalga oshayotir. Shahrisabz rayonining shahar va qishloqlarida 10-15 lab eski diniy maktablar davom qilayotir,\u201d deb ma\u02bclumot bergan [7. B-26]. Maqolada maktablardan faqat bittasi yaqindagina yopilgani, eski maktablar bilan kurashish \u2013 ularni yo\u02bbqotish ishlari juda ham sust olib borilgani yozilgan. Qashqadaryo okrugida faoliyat yuritayotgan ba\u02bczi yangi maktablar ham eski maktablardan farqi yo\u02bbq, deb xulosa chiqarilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xullas, sho\u02bbro davrida ta\u02bclim-tarbiya jarayoni mafkuraviylashtirilib, yangi mazmun kasb etdi. Bolsheviklar tashabbusi bilan sotsialistik baynalmilal madaniyat yaratish harakatlari tufayli barcha milliy qadriyatlar birxillashtirildi. Bu jarayon \u201cmadaniy inqilob\u201d nomi bilan xalq ta\u02bclimiga ham daxl qildi. Tadqiqot davomida Bosh Vaqf boshqarmasi ta\u02bclim muassasalarini qayta ro\u02bbyxatga olib, sovetlashtirish ishlarini olib borish maqsadida tashkil etilgani aniqlandi. Bosqichma-bosqich qo\u02bbllangan chora-tadbirlar tashkilot oldiga qo\u02bbyilgan vazifa amalga oshirilishida qo\u02bbl kelgan. Bosh Vaqf boshqarmasi o\u02bbziga berilgan imkoniyatlardan foydalanib, Turkiston mintaqasining boy madaniy qadriyatlariga zarba bergan. Bu siyosiy harakat natijasida jamiyatda ma\u02bcnaviy inqiroz chuqur ildiz ota boshlagan. An\u02bcanaviy maktab va madrasalar faoliyati taqiqlanib, sovetlashtirilgan yagona mehnat maktablari tashkil etilgan. \u201cButun dunyo proletarlari birlashingiz!\u201d shiori asosida xalqlar ongida bosqichma-bosqich \u201cbaynalmilal g\u02bboya\u201d targ\u02bbib etilib, sotsialistik jamiyat singdirib kelingan [6].<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANGAN ADABI<\/strong><strong>Yo<\/strong><strong>TLAR<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Milliy arxivi. Fond R-34, ro\u02bbyxat-1, ish-453, 30-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Milliy arxivi. Fond R-34, ro\u02bbyxat-1, ish-2272, 2-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Milliy arxivi. Fond R-34, ro\u02bbyxat-1, ish-2741, 27-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Fayzullo Xo\u02bbjayev (tarixiy esse). Q.K. Rajabov.-T.: \u201cAbu matbuot konsalt\u201d 2011. B.19<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cQizil O\u02bbzbekiston\u201d 3-noyabr 1933 yil \u2116 256 (2755)<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alanga jurnali. \u21161 son. 1928 yil yanvar<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cMaorif va o\u02bbqituvchi\u201d ijtimoiy-siyosiy, ta\u02bclim-tarbiyaviy, adabiy, fanniy, ilmiy jurnal. 9-10 son. Samarqand shahri.1929 yil sentyabr-oktyabr<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/www.booksite.ru\/fulltext\/1\/001\/008\/010\/817.htm<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/%D0%A2%D0%B5%D0%BC%D0%B0%205.%20%D0%92%D0%BE%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B5,%20%D0%BE%D0%B1%D1%80%D0%B0%D0%B7%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B5%20%D0%B8%20%D1%80%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B8%D1%82%D0%B8%D0%B5%20...%20http:\/reja.tdpu.uz%C2%A0%E2%80%BA%20views%20%E2%80%BA%20openlesson.%20\">http:\/\/reja.tdpu.uz\u00a0\u203a views \u203a openlesson.\u00a0<\/a>Vospitaniye, obrazovaniye i razvitiye pedagogicheskoy m\u044bsli v Uzbekistane v 1917-1991 gg. st. 9<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Suxrob Ergashev,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ta\u02bclim va tarbiyaning shakllanishida oila va maktab alohida o\u02bbringa ega. Milliy tarbiya xalqning tarixiy tajribasi asosida vujudga kelib, yosh avlod mafkuraviy ongini shakllantirishga qaratilgan an\u02bcana, e\u02bctiqod va urf-odatlar tizimida namoyon bo\u02bbladi. Shuning uchun xalqimizning ilmiy-madaniy tarixini o\u02bbrganish muammosi hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. XIX asrda davom etgan siyosiy kelishmovchiliklar O\u02bbrta Osiyoning Chor Rossiyasi mustamlakasiga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22057,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ta\u02bclim va tarbiyaning shakllanishida oila va maktab alohida o\u02bbringa ega. Milliy tarbiya xalqning tarixiy tajribasi asosida vujudga kelib, yosh avlod mafkuraviy ongini shakllantirishga qaratilgan an\u02bcana, e\u02bctiqod va urf-odatlar tizimida namoyon bo\u02bbladi. Shuning uchun xalqimizning ilmiy-madaniy tarixini o\u02bbrganish muammosi hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. XIX asrda davom etgan siyosiy kelishmovchiliklar O\u02bbrta Osiyoning Chor Rossiyasi mustamlakasiga &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-05-24T03:33:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-05-23T15:34:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"417\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz\",\"name\":\"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg\",\"datePublished\":\"2022-05-24T03:33:50+00:00\",\"dateModified\":\"2022-05-23T15:34:11+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg\",\"width\":660,\"height\":417},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ta\u02bclim va tarbiyaning shakllanishida oila va maktab alohida o\u02bbringa ega. Milliy tarbiya xalqning tarixiy tajribasi asosida vujudga kelib, yosh avlod mafkuraviy ongini shakllantirishga qaratilgan an\u02bcana, e\u02bctiqod va urf-odatlar tizimida namoyon bo\u02bbladi. Shuning uchun xalqimizning ilmiy-madaniy tarixini o\u02bbrganish muammosi hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. XIX asrda davom etgan siyosiy kelishmovchiliklar O\u02bbrta Osiyoning Chor Rossiyasi mustamlakasiga &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-05-24T03:33:50+00:00","article_modified_time":"2022-05-23T15:34:11+00:00","og_image":[{"width":660,"height":417,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz","name":"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg","datePublished":"2022-05-24T03:33:50+00:00","dateModified":"2022-05-23T15:34:11+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/vaqff.jpg","width":660,"height":417},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=22059&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22059"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22059"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22059\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22060,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22059\/revisions\/22060"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22057"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22059"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22059"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22059"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}