{"id":21894,"date":"2022-05-17T10:48:03","date_gmt":"2022-05-17T05:48:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21894"},"modified":"2022-05-17T10:48:16","modified_gmt":"2022-05-17T05:48:16","slug":"islomda-oila-munosabatlari-va-er-xotin-o%ca%bbrtasidagi-mushtarak-huquqlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun butun dunyo oila instituti inqiroziga, xususan, nikohlar beqarorligi, ajrashishlar soni ortishi, nikohsiz tug\u02bbilishlar ko\u02bbpayishi, oilaviy hayot va farzand tarbiyasiga toqatsizlik kabi muammolarga to\u02bbqnash kelyapti. Olimlar bunday muammolar millatning ma\u02bcnaviy tanazzuliga sabab bo\u02bblishi mumkinligini ilmiy jihatdan asosladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada Abdurauf Fitrat: \u201cHar bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog\u02bbliq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shuncha kuchli bo\u02bbladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo\u02bbl qo\u02bbysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi\u201d [1:8], deb ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oila borasidagi diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlarni kuzatsak, oila barqarorligida er-xotin munosabatlari asosiy o\u02bbrin tutishini ko\u02bbramiz. Masalan, islomda nikoh orqali inson va oilani ulug\u02bblashga, erkak va ayolning huquqlariga, ularning sha\u02bcniga va oilada tinchlikni saqlashga katta e\u02bctibor qaratilgan: \u201cAyollar (uchun belgilangan huquqlar) o\u02bbz me\u02bcyorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir\u201d [2:36].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Burhonuddin Marg\u02bbinoniyning \u201cHidoya\u201d asarida yozilishicha, oila va nikoh masalasida ma\u02bcrifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega hukmlardan biri ayolning nikohda qanday haq-huquqlari borligi haqidagi bilimga ega bo\u02bblishidir:\u00a0<strong>\u00ab<\/strong>Nikohning asl mohiyati haqida ilm bo\u02bblishi shart. Chunki, qiz bola faqat ilm bo\u02bblgandagina tasarruf eta oladi. Bu dunyo ilm olish dunyosi, bunda johillik uzr bo\u02bblolmaydi\u00bb [3:675]. \u201cHidoya\u201dda oila va nikohga oid hukmlarning ijtimoiy ahamiyatga ega tomoni erkak va ayolning ijtimoiy, iqtisodiy, ma\u02bcnaviy va aqliy jihatdan bir-biriga teng bo\u02bblishiga e\u02bctibor qaratilganidir: \u00abNikohda tenglik e\u02bctiborga olinadi. Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) aytganlarki:\u00a0<strong>\u201cOgoh bo\u02bblingki, ayollarni faqat o\u02bbzlariga teng bo\u02bblgan kishigagina bersinlar\u201d<\/strong>\u00a0[3:680].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda er-xotin o\u02bbrtasidagi munosabatning davomiyligini ta\u02bcminlash uchun o\u02bbziga xos qonun-qoidalar joriy qilingan. Bunda oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va a\u02bczolari bo\u02bblmish er va xotinning har biriga o\u02bbziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq-huquqlari ham belgilab berilgan. Bu haqda Qur\u02bconning bir qator suralarida oyatlar keltiriladi:\u00a0<strong>\u201cErkaklar xotinlar ustidan\u00a0<\/strong>(oila boshlig\u02bbi sifatida doimiy)<strong>\u00a0qoim turuvchilardir. Sababi \u2013 Alloh ularning ayrimlari\u00a0<\/strong>(erkaklar)<strong>ni ayrimlari\u00a0<\/strong>(ayollar)<strong>dan\u00a0<\/strong>(ba\u02bczi xususiyatlarda)<strong>\u00a0ortiq qilgani va\u00a0<\/strong>(erkaklar o\u02bbz oilasiga)<strong>\u00a0o\u02bbz mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir\u201d<\/strong>\u00a0(Niso surasi, 34-oyat) [4:390];\u00a0<strong>\u201cVa yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir\u201d<\/strong>\u00a0(Baqara surasi, 228-oyat) [3:398]. Agar er va xotin bu qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmasidagi burch va mas\u02bculiyatini his qilib sidqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday oilada tug\u02bbilgan farzandlar ham go\u02bbzal tarbiya topadi va ulardan jamiyatga foydasi tegadigan insonlar yetishib chiqadi. Islom dini har bir er va xotin uchun o\u02bbziga xos huquqlarni ishlab chiqish bilan birga, ularga muayyan majburiyatlarni ham yuklagan. Bularning ba\u02bczilari er va xotin o\u02bbrtasida mushtarak bo\u02bblsa, ba\u02bczilari erga, ba\u02bczilari xotinga tegishlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xotinning er zimmasidagi haqqi erning o\u02bbziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri zimmasida mahr va nafaqa singari shaxsiy va moliyaviy haqlari bor. Ular quyidagilar:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir.<\/em>\u00a0Zero, Alloh taolo O\u02bbz Kitobida:\u00a0<strong>\u201cAyollar bilan yaxshilik ila turmush kechiring. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko\u02bbplab yaxshiliklarni paydo qilsa!\u201d<\/strong>, deya amr etgan (Niso surasi, 19-oyat) [3:402]. Bu amr erning xotinga yaxshi muomalada bo\u02bblishini, tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishini, ba\u02bczi xatolariga ko\u02bbz yumishini taqozo etadi. Shuningdek, ayolni tarbiyalash va unga dunyoyu oxiratda foydasi tegadigan narsalarni o\u02bbrgatib, ta\u02bclim berishni ham nazarda tutadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir hadislarida:\u00a0<strong>\u201cMo\u02bbmin er mo\u02bbmina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini yomon ko\u02bbrsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi bo\u02bblib ketaveradi\u201d<\/strong>, deyiladi (Imom Muslim rivoyati). Ya\u02bcni, er xotinining ayrim fe\u02bclidan g\u02bbazablansa, oilani buzib yuborishga shoshilmasligi, shu tufayli xotinini yomon ko\u02bbrib qolmasligi lozimligi, balki uning yaxshi odatlarini ham ko\u02bbz oldiga keltirib, shu bilan ko\u02bbnglini to\u02bbq qilib yurishi kerak. Shuningdek, er xotiniga xushfe\u02bcl bo\u02bblishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot kechirishi, ozor yetkazmasligi kerak. Bu bilan er Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilgan bo\u02bbladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi mahrdir<\/em>. Bu \u2013 ayolni ikrom qilish, unga yaxshilik qilish bobidan. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda erlarni ayollarning bu haqqiga rioya qilishga chaqirib:\u00a0<strong>\u201cXotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz\u201d<\/strong>\u00a0(Niso surasi, 4-oyat), deb amr etgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Er xotinning ozorini ko\u02bbtarishi, u g\u02bbazablanganida va jahli chiqqanida muloyim bo\u02bblishi, uning xatolarini kechirishi kerak<\/em>. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: \u201cRasululloh (S.A.V.)dan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini ko\u02bbrmadim\u201d.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Erkak ayolining or-nomusini saqlashi kerak<\/em>. Oqibati buzuq bo\u02bbladigan har qanday holatga beparvo bo\u02bblmaslik lozim. Ammo yomon o\u02bby, o\u02bbta talabchanlik va gumonda haddan oshish durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan bunday rivoyat qiladi: \u201cRasululloh (S.A.V.) erni oilasini xiyonatda gumon qilib, uyga kechqurun kelishdan qaytarganlar\u201d.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli ta\u02bcminlashi kerak.<\/em>\u00a0Er oilasiga sarflagan xarjlari uchun ajr va savobga erishadi. Imom Buxoriy va Muslimning \u201cSahih\u201dlarida bunday keltirilgan: \u201cSa\u02bcd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning rivoyat qilishicha, Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) dedilar:\u00a0<strong>\u201d Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining og\u02bbziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor\u00bb<\/strong>. Shuningdek, bu masalada, ya\u02bcni nafaqa masalasida er o\u02bbzining iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib ish ko\u02bbradi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201cBoy-badavlat kishi o\u02bbz boyligidan<\/strong>\u00a0(ya\u02bcni, o\u02bbz boyligiga yarashadigan tarzda)\u00a0<strong>nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan\u00a0<\/strong>(kambag\u02bbal)\u00a0<strong>bo\u02bblsa, u holda Alloh o\u02bbziga ato etgan narsadan<\/strong>\u00a0(o\u02bbz holiga yarasha)\u00a0<strong>nafaqa bersin. Alloh hech bir jonga O\u02bbzi unga ato etgan narsadan boshqa narsani yuklamas. Alloh tanglik \u2013 kambag\u02bballikdan so\u02bbng yengillik \u2013 boylikni ham paydo qilur\u201d<\/strong>\u00a0(Taloq surasi: 7-oyat) [2:559].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Er xotinining iffatini saqlashi lozim<\/em>. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Er xotinini yaxshi ko\u02bbrsa, juda hurmatlashi lozim, yomon ko\u02bbrsa, zulm qilmasligi kerak.<\/em>\u00a0Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajrashsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar xo\u02bbrlaydi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Erning ham o\u02bbz xotini oldiga i shar\u02bciy haq-huquqlari belgilangan. Zero, oilaning davomiyligi er-xotinning bir-biridan roziligi va haqlarini ado etishiga bog\u02bbliq. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilar:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xotinning er oldidagi eng birinchi burchi yoxud erning o\u02bbz ayolidagi eng birinchi haqqi \u2013 bu ayol kishining eriga hurmatli va itoatkor bo\u02bblishidir.<\/em>\u00a0Ayol Allohga ma\u02bcsiyat hisoblanmaydigan barcha ishda eriga itoat qilishi lozim. Ayol kishi oilada o\u02bbjar-qaysar bo\u02bblsa, unday oilaning davomiyligi va mustahkamligi haqida gap ham bo\u02bblishi mumkin emas. Ayolning eriga hurmatli bo\u02bblishi naqadar buyuk fazilat va baxt ekani haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar:\u00a0<strong>\u201cAyol besh vaqt namozini o\u02bbqisa,<\/strong>\u00a0(yilda)\u00a0<strong>bir oy<\/strong>\u00a0(farz)\u00a0<strong>ro\u02bbzasini tutsa, o\u02bbz farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga \u201cjannatning istagan eshigidan kir!\u201d, deyiladi\u201d<\/strong>\u00a0(Tabaroniy rivoyati).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Erning ayol ustidagi bu haqqi, ya\u02bcni ayol kishi muboh ishlarda eriga itoat qilishi<\/em>\u00a0doirasiga ayol kishi erining ruxsatisiz nafl ro\u02bbza tutmasligi, uning ruxsatisiz nafl haj qilmasligi, unga aytmasdan uydan chiqmasligi, uning roziligisiz uydagi narsalardan birovlarga sadaqa va ehson qilmasligi ham kiradi. Shariatda erga itoat qilish ayol kishiga vojib bo\u02bblishining hikmatlaridan biri shuki, erning o\u02bbz ayolidagi haqlari va fazli oilaning boshqa a\u02bczolariga nisbatan buyukdir. Er tufayli ayol oilaning hurmatli bekasiga aylanadi, yomon ko\u02bbzlardan va yomonlardan muhofaza qilinadi, himoyalanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>A<\/em><em>yol kishi asosiy vaqtini farzand tarbiyasi bilan o\u02bbtkazishi<\/em>\u00a0lozim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong>\u201cBarchangiz rahbardirsiz va barchangiz qo\u02bbl ostingizdagilardan so\u02bbralursiz. Amir rahbardir. Er kishi o\u02bbz oilasiga rahbardir, ayol kishi erining uyida va uning farzandlariga rahbardir\u201d<\/strong>, deydilar [4:358].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xotin erining haqqini hurmat qilishi kerak<\/em>. Chunki zimmasidagi erining haqqi kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar:\u00a0<strong>\u201cAyol kishi uchun eri borida uning iznisiz uyiga begona erkakni kiritishi halol bo\u02bblmaydi\u201d<\/strong>\u00a0(Imom Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>X<\/em><em>otin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo\u02bblishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak.<\/em>\u00a0Xotin kishi nochorligi uchun g\u02bbazablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga o\u02bbtishidan qo\u02bbrqib, undan hojatdan ortig\u02bbini talab qilmasligi lozim. Aksincha, erini ham qanoatga undab, harom yo\u02bbllardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib bunday derdi:\u00a0<strong>\u201cHarom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo do\u02bbzax oloviga chiday olmaymiz\u201d<\/strong>.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayol kishi erining tuyg\u02bbularini hurmat qilishi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan ishlardan yiroq bo\u02bblishi va erining moliyaviy sharoitini hisobga olishi, erining uydan tashqaridagi mas\u02bculiyatini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta bo\u02bblmasligi yoki bu borada eriga bosim o\u02bbtkazmasligi lozim. Shuningdek, eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Ba\u02bczi ayollar nuqul boshqa oilalarda erning xotiniga sarflagan narsalarini misol qilib, eridan xuddi shunday ta\u02bcminot talab qiladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuyg\u02bbularini o\u02bbzining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"6\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xotin erining do\u02bbstiga notanishdek bo\u02bblishi<\/em>\u00a0lozim. Eri uyida bo\u02bblmaganida, uning do\u02bbsti eshik qoqsa, u bilan so\u02bbzlashmasin. Aks holda, bu rashk va janjalga sabab bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xotin go\u02bbzalligi bilan eriga faxrlanmasligi<\/em>, eri xunuk bo\u02bblsa, yomon ko\u02bbrmasligi, agar boy bo\u02bblsa, moli bilan g\u02bbururlanmasligi kerak. Erning qarindoshlarini hurmat qilishi va qadrlashi lozim.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xotin farzandlarini ham hurmat qilishi, ularni urishib, la\u02bcnatlashdan tiyilishi<\/em>\u00a0lozim. Bu farzand tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Er \u2013 oila rahbari. Ayol eriga hurmat va itoatda bo\u02bblsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan bo\u02bbladi. Natijada oilada ahillik, muhabbat hukm suradi va u mustahkam bo\u02bbladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishi va boshqa ko\u02bbplab noxushliklarga sabab bo\u02bbladi. Ammo bu ayol kishi xohlasa ham, xohlamasa ham oilada yashashga majbur, uning ajrashishga haqqi yo\u02bbq, degani emas. Islomda ayol kishi ham ajrashish huquqiga ega. U buni \u201cxulu\u02bc\u201d yo\u02bbli bilan bajaradi. \u201cXulu\u02bc\u201d \u201ckiyim yechish\u201d ma\u02bcnosini bildiradi. Shariatda esa, xotin kishining arz qilish orqali eri bilan ajrashishiga \u201cxulu\u02bc\u201d deyiladi, ya\u02bcni ayol ajrashmoqchi bo\u02bblsa, qozixonaga ariza berib ajrashish huquqiga ega bo\u02bbladi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2020 yil 6 avgust kuni O\u02bbzbekiston Xalqaro islom akademiyasida \u201cMusulmon jamiyatlarida oilaviy munosabatlardagi muammolar: Sabab va yechimlar\u201d [6:121] mavzusida xalqaro mutaxassislar va yurtimizdagi islomshunos olimlar, imom-xatiblar, diniy bilim yurtlari mudirlari va talabalar ishtirokida video-seminar o\u02bbtkazildi. Unda islom ilmlari bo\u02bbyicha yetuk olim, Tatariston Respublikasidagi Bulg\u02bbor islom akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi) professori Shayx Abdurazzoq Sa\u02bcdiy ishtirok etdi va ajrashishlarning yechimi sifatida quyidagi tavsiyalarni sanab o\u02bbtdi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 oila qurishdan avval kuyov yo kelinning mol-davlati, shon-shuhratiga emas, tarbiyasi va axloqiga, ma\u02bcnaviy go\u02bbzalligiga e\u02bctibor qaratish lozim;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 o\u02bbzaro kelishmovchiliklar kelib chiqqanda, darrov ajrashmasdan, o\u02bbrtani isloh qilish va yarashtirish uchun ikki tomondan vakillar chaqirish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 iqtisodiy kamchiliklar bo\u02bblganda, boriga qanoat qilish va sabrli bo\u02bblish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 diniy idora oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasi, taloqning oqibatlari kabi mavzularda juma tezislarini ishlab chiqishi va musulmon ommasiga yetkazishi;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 oilalarda vujudga kelayotgan nohaqlik, zulm va ajrashishlarning oldini olish maqsadida diniy idora tizimida fiqhiy ilmga ega 2-3 kishidan iborat yetuk mutaxassislar hay\u02bcatini tuzish va muammolarga o\u02bbz vaqtida yechim topish.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. \u2013T.: Ma\u02bcnaviyat, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi Karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. \u2013T.: Toshkent islom universiteti, 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Burxonuddin Marg\u02bbinoniy. Hidoya, I-jild, Nikoh kitobi: \u2013T.: Adolat, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Islom odoblari ensiklopediyasi. \u2013T.: Hilol-Nashr, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/hidoyat.uz\/49437\">https:\/\/hidoyat.uz\/49437<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Oybek Ne\u02bcmatulloh, Ilhomjon Murod Ali. \u201cIslomda oila\u201d muammo va yechimlar. \u2013T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Baxti OCHILOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Jizzax davlat pedagogika instituti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Falsafa fanlari doktori, professor<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun butun dunyo oila instituti inqiroziga, xususan, nikohlar beqarorligi, ajrashishlar soni ortishi, nikohsiz tug\u02bbilishlar ko\u02bbpayishi, oilaviy hayot va farzand tarbiyasiga toqatsizlik kabi muammolarga to\u02bbqnash kelyapti. Olimlar bunday muammolar millatning ma\u02bcnaviy tanazzuliga sabab bo\u02bblishi mumkinligini ilmiy jihatdan asosladi. Bu borada Abdurauf Fitrat: \u201cHar bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog\u02bbliq. Tinchlik &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21892,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-05-17T05:48:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-05-17T05:48:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz\",\"name\":\"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg\",\"datePublished\":\"2022-05-17T05:48:03+00:00\",\"dateModified\":\"2022-05-17T05:48:16+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-05-17T05:48:03+00:00","article_modified_time":"2022-05-17T05:48:16+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz","name":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg","datePublished":"2022-05-17T05:48:03+00:00","dateModified":"2022-05-17T05:48:16+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_77.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21894&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN O\u02bbRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21894"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21894"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21894\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21896,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21894\/revisions\/21896"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21892"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21894"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21894"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21894"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}