{"id":21764,"date":"2022-05-12T11:59:01","date_gmt":"2022-05-12T06:59:01","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21764"},"modified":"2022-05-12T12:00:01","modified_gmt":"2022-05-12T07:00:01","slug":"xiva-xonligida-biy-lavozimining-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz","title":{"rendered":"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbek davlatchiligiga bag\u02bbishlangan ilmiy ishlarda davlat, ma\u02bcmuriy [10:454] idora va boshqaruv tizimi bo\u02bbyicha ma\u02bclum darajada tadqiqotlar olib borilgan [3:143;368:71]. Xiva xonligidagi unvon va mansablar, mansab egalarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy mavqei kabi masalalarning ba\u02bczi jihatlari N.N.Muravyov, A.A.Semyonov, A.Vamberi, N.Veselovskiy, V.V.Bartold, P.P.Ivanov, A.Boltayev, M.Yo\u02bbldoshev, Q.Munirovning ishlarida o\u02bbz aksini topgan. Mualliflar bu masalani alohida tadqiqot obyekti sifatida ko\u02bbrib chiqmagan. Shunday bo\u02bblsa-da, ularning ishlari bu masala bo\u02bbyicha tadqiqotlarga asos bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz Xiva xonligining davlat boshqaruvida joriy etilgan unvon va mansablar ularning vazifalari, jumladan, <em>biy\u00a0<\/em>lavozimidagi shaxslar faoliyatining mexanizmi bilan bog\u02bbliq masalalarni ko\u02bbrib chiqamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Biylik.<\/em>\u00a0Bu mansab xonlikda martaba jihatidan otaliqdan keyin turgan. Biy qabila yoki urug\u02bbning peshvosi, boshlig\u02bbi hisoblangan. N.Veselovskiyning ta\u02bckidlashicha, beklar va biylar xonlik boshqaruvida katta rol o\u02bbynagan [7:142]. Yu.Bregelning qayd etishicha, qozoq, qoraqalpoq, o\u02bbzbek urug\u02bblarining boshliqlari \u201cbiy\u201d deb atalgan [6:124]. Biylik lavozimini xon turli xizmatlar uchun bergan. Jumladan, harbiy yurishlarda yaxshi xizmat ko\u02bbrsatganlarga ham biy unvoni berilgan. Manbalarda hukmdor Olloqulixon (1825-1842) qo\u02bbng\u02bbirotlardan hisoblangan Asqarbiyga uzoq yillik harbiy xizmati uchun, qipchoqlardan Rajabbiy esa Sayyid Muhammadxon (1856-1864) xizmatida qilgan ishlari sababli biy unvonini olgani keltirib o\u02bbtilgan [9:151-152].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biylik berish chog\u02bbida o\u02bbziga xos ramziy ashyolar taqdim etilgan. Xususan, \u201cFirdavsul iqbol\u201dda Rahmonquli ismli sardorga qozoq beboshlariga qarshi kurashda qilgan xizmatlari uchun biylik mansabi va chopqir ot, tilla kamarli to\u02bbn va tilla dastali xanjar berilgani haqida ma\u02bclumot keltirilgan [11:447].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biylar soliqchilik vazifasini ham bajargan \u2013 urug\u02bb jamoasidan xonning foydasiga soliq yig\u02bbish bilan shug\u02bbullangan. Urug\u02bb ichidagi ziddiyatli holatlarni hal qilishda, yer masalasi bo\u02bbyicha va sud ishlarini tartib bo\u02bbyicha hal qilishda asosiy o\u02bbrin tutgan [13:31].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biylikka tayinlash va ozod etishda turli sabablar asos qilib olingan. Manbalardan bu mansab xonning yaqin qarindoshlariga berilganini ko\u02bbrish mumkin. Bu haqda Ogahiyning \u201cGulshani davla\u201d asarida: \u201cSayyid Muhammad Rahimxon (1270\/1856 yilda taxtga o\u02bbtirgan) qolganlarga turli mansablar berdi. Bu voqea hijriy 1270 tovushqon yili jumodus soniyning 14ida (milodiy 1854 yil 14 martda) dushanba kuni hut avoxirida yuz ko\u02bbrguzdi. Va ulug\u02bb akosining o\u02bbg\u02bbli Sulton Mahmud to\u02bbra ibn Olloqulixonga biylik amalin suyurg\u02bbol etti\u201d, deb qayd qilingan [14:112;63-64;352].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi holatlarda yuqori lavozim egalarining yordami bilan biylikka o\u02bbtirganlar ham bo\u02bblgan. Munis va Ogahiyning \u201cFirdavsul iqbol\u201d asarida Xo\u02bbjamurod biyni \u201cko\u02bbp muddatdin beri hukumat mansabidin xala\u02bc qilib erdi, ba\u02bczi akobiri qo\u02bbng\u02bbirotiyaning savobi bila o\u02bbz mansabida o\u02bblturg\u02bbuzub\u201d, deb yozilgan [11:221]. Ma\u02bclumotdan shuni aytish mumkinki, Xo\u02bbjamurod biyning boshqaruvchilik salohiyati yuqori va amaldorlar undan manfaatdor bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biylik amalidagi kishi vafot etsa, mansab uning farzandlari va yaqinlariga olib berilgan. Xususan, \u201cJomeal voqioti sultoniyya\u201d asarida keltirilishicha, \u201cXivada rabbius soniyning 18ida mang\u02bbit ulusining sarasi o\u02bbz ajali bilan vafot etib, uning ukasi Bobo hudaychini biylik mansabi bilan siylaydi\u201d [14:61].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqaruvda o\u02bbziga xos tartib-qoidalar mavjud edi. Jumladan, mansabdor vafot etsa, hukmdor uning oilasiga mablag\u02bb ajratib, saroy mansabdorlaridan birini vakil qilib yuborgan. Mansabga tayinlash tartibotiga ko\u02bbra, marhumning o\u02bbg\u02bbillari bo\u02bblsa, ular mansab talablariga to\u02bbla javob bersa, otasining o\u02bbrniga tayinlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ogahiyning \u201cShohidul iqbol\u201d asarida qayd etilishicha, 1281\/1864-1865 yil shavvol oyi boshida Orol qo\u02bbng\u02bbiroti amaldorlaridan Muhammad Yusufboy kasalligi sababli vafot etadi. Bundan xabar topgan hukmdor Muhammad Rahimxon II Feruz hurmat yuzasidan o\u02bbz amaldorlaridan Muso ismli mutavvallini marhumning ma\u02bcrakalari uchun yuz tillo berib, xonning xizmatida bo\u02bblgan marhum biyning o\u02bbg\u02bbli Hayniyozbekni ham Qo\u02bbng\u02bbirotga otasining ta\u02bcziyasiga Muso mutavalli bilan birga jo\u02bbnatgan. Bir necha muddat u yerda qolib, marhum otasining ma\u02bcrakalarini o\u02bbtkazib, saroyga qaytib kelgan Hayniyozbekka otasining biylik lavozimi berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbada yana Pahlovon Niyozbiy bilan bog\u02bbliq voqea keltirib o\u02bbtilgan. Ma\u02bclumotda: \u201c1283\/1867 mazkur yil safar oyining avoyilida Qo\u02bbng\u02bbirot akobirining saromadlaridin Pahlavon Niyozbiy Orolda Qo\u02bbng\u02bbirot qo\u02bbrg\u02bbonida ajali mav\u02bcud yetib, jahon tangonosidin oxirat ma\u02bcvosiga rihlat qildi. Hazrat zilli subhoniy kamoli karamdin aning avlodi aqrobosiga va o\u02bbzga motamzodalariga diljo\u02bbyliq ko\u02bbrguzmak uchun umaroyi izomdin Qiyot dudmonining muntaxabi Bobobiyni o\u02bbz tarafidin fotihaxonligiga buyurib, oshi obi xarojati uchun tillo berib yubordi. Va aning o\u02bbrniga farzandlarining ulug\u02bbrog\u02bbi Sayyid Niyozbekni inoyati xusravoniga maxsus tutib, biylik mansabi oliysin berib, xushxol va shodkom qildi\u201d, deb qayd etilgan. [12:54-55;122]. Ma\u02bclumotlardan ko\u02bbrinadiki, hukmdor marhum mansabdorning ta\u02bcziya marosimiga mablag\u02bb ajratgan va xon nomidan vakil, ya\u02bcni hurmatli amaldorlardan birini jo\u02bbnatgan. O\u02bbrnatilgan tartibga muvofiq otaning o\u02bbrniga katta o\u02bbg\u02bbil biylik mansabiga tayinlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">A.Abdurasulovning ta\u02bckidlashicha, o\u02bbtroq hayot kechiruvchi qoraqalpoq va qozoqlar otaliq va biylar tomonidan idora qilingan. Muallif bu lavozimlarning hammasi merosiy sanalsa-da, albatta xon tomonidan tasdiqlanishi shart bo\u02bblgan, deb qayd etadi [2:62-63;113].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, biylik mansabi birinchi marta Oydo\u02bbstga berilgan. Unga yorliq topshirilib, soliqdan ozod qilingan [8:108]. \u201cFirdavsul iqbol\u201d asarida Oydo\u02bbstbiyning xizmatlari haqida bir qancha ma\u02bclumotlar bor [11:368-369;387].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biylik mansabini qo\u02bblga kiritish oson bo\u02bblmagan. Qayd etilishicha, 1855-1856 yillarda Terstamg\u02bbali Qobil biy bilan kenagas Ernazar biy xalqini xonga itoatda saqlash yo\u02bblida juda ko\u02bbp xizmat qilgan va qoraqalpoqlar isyonini bostirishda ishtirok etib, bir necha bor in\u02bcomlar olgan. Kenagas Ernazar biy 1855-1856 yillardagi qo\u02bbldovli Ernazar (Olago\u02bbz) boshchiligidagi qo\u02bbzg\u02bbolonni bostirishda qoraqalpoq navkarlariga rahbarlik qilgan. Xon vakili sifatida qo\u02bbldovli Ernazarni xonga bosh egishga da\u02bcvat etgan va boshqa shu kabi xizmatlarni bajargan [8:108;113-114]. Ma\u02bclumotlardan ko\u02bbrinadiki, biylikni qo\u02bblga kiritish uchun hukmdorning nazariga tushish va unga sadoqati, mardligi va jasurligini namoyish etish zaruriy shartlardan sanalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xonlikda biylar faqat o\u02bbzbek emas, boshqa urug\u02bb vakillaridan ham tayinlangan. XIX asrning o\u02bbrtalariga kelib, qipchoqlarni ham biylar boshqargan. Ular sirasiga tuyoqli urug\u02bbidan Hojiniyoz biy, uning naslidan bo\u02bblgan Erjon va Yo\u02bbldoshbiy kiradi. Keyinchalik Xiva xoni qipchoq boshliqlaridan ham hokimlar tayinlagan. Abdusattor Maqsum hamda Yorimbet biy shular jumlasiga kiradi [16:776.].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biylikda mansabning ikki kishiga yuklatilishi ham kuzatilgan [5:380]. Masalan, Murtazobiyning o\u02bbrniga uning amakisi Ibrohimxo\u02bbja Saidbiy va o\u02bbg\u02bbli Ma\u02bcdadulloxo\u02bbja Tursunxo\u02bbja o\u02bbg\u02bbillari bilan biy etib tayinlangan [1:361].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Murtazobiyning shaxsi haqida \u201cShajarai Xorazmshohiy\u201d asarida ma\u02bclumot berishilicha, unga hukmdor Feruz buyrug\u02bbi bilan asir tushgan ruslarni Kaufmanga olib borib topshirish vazifasi yuklatilgan. Asirlarni topshirib qaytmoqchi bo\u02bblganda, uning qaytib ketishiga ruxsat berilmagan. Kaufman Murtazobiyni o\u02bbzi bilan birga olib ketgan [4:208-209].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bitta mansabning ikki kishiga berishdan natijani yaxshilash ko\u02bbzda tutilgan. Ammo bu mansab mas\u02bculiyatli va qaltis bo\u02bblganini Murtazobiy misolida yaqqol ko\u02bbrish mumkin. Uning keyingi taqdiri haqida turli taxminlar bor: yo ruslar tomonidan o\u02bbldirilgan, yo asir qilib olingan va hokazo.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asirlikda qolgan biylarning taqdiri turlicha bo\u02bblgan. Muhammad Niyozbiyga to\u02bbxtalsak. Xiva xoni Qutlug\u02bbmurodxon (1856) yovmutlar bilan jangdan keyin halok bo\u02bblgan amaldorlar o\u02bbrniga yangilarini tayinlagan. Ba\u02bczilarining o\u02bbrnini almashtirgan. Bu urushda xivaliklar mag\u02bblub bo\u02bblgan edi. Muhammad Niyozbiy asir tushib, To\u02bbyli ismli turkmanning uyida qolgan. Hukmdor uning o\u02bbrniga Rahimberdi bekni biy etib tayinlagani haqidagi xabardan ogoh bo\u02bblgan. Shunda xonni o\u02bbldirishni niyat qilib, To\u02bbyli bilan til biriktiradi va niyatiga yetadi [17:57-58].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotdan jangdan keyin taqdiri noma\u02bclum bo\u02bblgan biyga nisbatan qo\u02bbllanilgan chorani turlicha izohlash mumkin. Birinchidan, boshqaruv tizimi qonunlariga binoan qat\u02bciy belgilangan tartibda ko\u02bbrsatilgan mansabdorning o\u02bbrni bo\u02bbsh turmasligi kerak edi, ikkinchidan, vaziyatdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, olti oygina hukmdor bo\u02bblgan o\u02bbn sakkiz yashar Qutlug\u02bbmurodxon (1271\/1856) boshqaruvda tajribasiz bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Voqealar tafsiloti ko\u02bbrsatadiki, xonlikning ma\u02bcmuriy boshqaruvida biylik mansabi alohida o\u02bbrin tutgan. Hatto biylar hukmdor poytaxtdan chiqishi zarur bo\u02bblgan paytlari vaqtincha xonning vazifasini o\u02bbtagan, ya\u02bcni noib etib ham qoldirilgan. \u201cFirdavsul iqbol\u201dasarida yozilishicha, 1150 yil zul-qa\u02bcda oyida (1738 yil 20 fevraldan 21 martgacha) Xiva xoni Elbarsxon (1728-1739) Eshmuhammad biyni Xivada noib qilib qo\u02bbyib, o\u02bbzi o\u02bbzbek va turkman askarlari bilan Xurosonga otlangan [11:103]. Zimmasiga davlat boshqaruvidek og\u02bbir mas\u02bculiyat yuklanadigan biyni tayinlashda qat\u02bciyat, jur\u02bcat, zarur vaqtlarda saroydagi har xil fitnalarga barham bera olish, tezkor strategik rejalar tuzish va amalda qo\u02bbllay olish kabi qobiliyatlar, umuman olganda, yuksak boshqaruvchilik salohiyati hisobga olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida aytish mumkinki, xonlikdagi mansab va unvonlar, nasldan naslga o\u02bbtadigan mansablar, mansabga tayinlashdagi tartib-qoidalar, vazifasidan ozod etish sabablari markaziy va mahalliy boshqaruv hayotida yuz bergan hodisa va sodir bo\u02bblgan o\u02bbzgarishlar haqida so\u02bbzlaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">XIX asr Xiva davlat hujjatlari II tom. M.Yu.Yo\u02bbldoshev tahriri ostida. O\u02bbzfan akad nashr. \u2013 T. 1960.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.Abdurasulov. Xiva (tarixiy-etnografik ocherklar) asari. T. O\u02bbzbekiston. 1997, O.Jalilov. XIX-XX asr boshlaridagi qoraqalpoq tarixidan (Xiva davlat hujjatlari asosida) \u2013T. Fan. 1986.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A.Abdurasulov. Xiva (Tarixiy-etnografik ocherklar) Toshkent. O\u02bbzbekiston. 1997; A.Ziyo. O\u02bbzbek davlatchiligi tarixi. (Eng qadimgi davrdan rus bosqiniga qadar). Mas\u02bcul muharir B.Ahmedov.Toshkent. Sharq. 2000; Sh.Vohidov, R.Xoliqova. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan. \u2013T., Yangi asr avlodi. 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bayoniy. Shajarai Xorazmshohiy \/ Tahrir hay\u02bcati: B.Ahmedov va boshq. \u2013 T. Kamalak. 1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bir vaqtning o\u02bbzida ikki mansabni bir kishiga berish holati ham bo\u02bblgan. Manbada qo\u02bbshko\u02bbpirlik domla Muhammadnazarning \u201cBesharig\u02bbda dor al-qazosi ma\u02bc ar-riyosat\u201d, ya\u02bcni biravarakayiga qozilik va raislik (diniy ishlar nazoratchisi) mansabiga tayin etilgan va mang\u02bbit Abdulloh oxunni mang\u02bbit ulusiga qozi va rais qildi, deb qayd etilgan. Qarang; Firdavsul iqbol, \u2013T. Yangi asr avlodi. 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yu.E.Bregel. Xorezmskiye turkmen\u044b v XIX veke. \u2013 M. Vostochnaya literatura. 1961.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">N.I.Veselovskiy. Ocherk istoriko-geograficheskix svedeniy v Xivinskom xanstve ot drevneyshix vremen do nastoya\u0449yego. \u2013 Sankt-Peterburg. 1877.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O.Jalilov. XIX-XX asr boshlaridagi qoraqalpoq tarixidan (Xiva davlat xujjatlari asosida) \u2013T. Fan. 1986.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Material\u044b i issledovaniya po etnografii karakalpakov. Pod redaksiyey T.A.Jdanko. \u2013 M. Akad. Nauk. 1958.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ma\u02bcmuriy so\u02bbzi \u2013 arab tilida ma\u02bcmuriyatga doir, boshqarish va ijro bilan shug\u02bbullanadigan, ma\u02bcmuriyat bilan amalga oshiriladigan kabi ma\u02bcnolarni anglatadi. Qarang; O\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati. Z.M.Ma\u02bcrufov. tahriri ostida. \u2013M. Rus tili. 1981.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Munis va Ogahiy. Firdavsul iqbol. \u2013T. Yangi asr avlodi. 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy. Shohidul iqbol \/ Nashrga tayyorlovchi, so\u02bbzboshi va izoh va ko\u02bbrsatkichlar muallifi N.Shodmonov. \u2013T. Ozbekiston. 2009.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">M.K.Nurmuhammedov, T.A.Jdanko, S.K.Kamalov. Karakalpaki. (Kratkiy ocherk istorii s drevneyshix vremen do nashix dney). \u2013T. Fan. 1971.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ogahiy Muhammad Rizo. Jomeul voqioti sultoniy \/ Nashrga tayyorlovchi G\u02bb.Karimov. Oltinchi jild. \u2013T. Adabiyot va san\u02bcati nashriyoti. 1980; Ogahiy. Muhammad Rizo. Gulshani davla\/Nashrga tayyorlovchi G\u02bb.Karimov. \u2014 T. Adabiyot va san\u02bcat nashriyoti. 1980; XIX asr Xiva davlat xujjatlari II tom. M.Yu.Yo\u02bbldoshev tahriri ostida. O\u02bbzfanakadnashr. \u2013T. 1960.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ogahiy Muhammad Rizo. Jomeul voqioti sultoniy \/ Nashrga tayyorlovchi G\u02bb.Karimov. Oltinchi jild. \u2013T. Adabiyot va san\u02bcati nashriyoti. 1980.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Trud\u044b Xorezmskoy arxeologo-etnograficheskoy ekspeditsii. Pod redaksiyey S.P.Tolstova. TXAE.II \u2013 M. Akad.Nauk.1958.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">K.Xudoyberganov. Xiva \u2013 dunyodagi eng ko\u02bbhna qal\u02bca. \u2013T. 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dilfuza B\u0415GALIYEVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tarix instituti tayanch doktoranti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbek davlatchiligiga bag\u02bbishlangan ilmiy ishlarda davlat, ma\u02bcmuriy [10:454] idora va boshqaruv tizimi bo\u02bbyicha ma\u02bclum darajada tadqiqotlar olib borilgan [3:143;368:71]. Xiva xonligidagi unvon va mansablar, mansab egalarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy mavqei kabi masalalarning ba\u02bczi jihatlari N.N.Muravyov, A.A.Semyonov, A.Vamberi, N.Veselovskiy, V.V.Bartold, P.P.Ivanov, A.Boltayev, M.Yo\u02bbldoshev, Q.Munirovning ishlarida o\u02bbz aksini topgan. Mualliflar bu masalani alohida tadqiqot obyekti sifatida ko\u02bbrib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21762,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbzbek davlatchiligiga bag\u02bbishlangan ilmiy ishlarda davlat, ma\u02bcmuriy [10:454] idora va boshqaruv tizimi bo\u02bbyicha ma\u02bclum darajada tadqiqotlar olib borilgan [3:143;368:71]. Xiva xonligidagi unvon va mansablar, mansab egalarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy mavqei kabi masalalarning ba\u02bczi jihatlari N.N.Muravyov, A.A.Semyonov, A.Vamberi, N.Veselovskiy, V.V.Bartold, P.P.Ivanov, A.Boltayev, M.Yo\u02bbldoshev, Q.Munirovning ishlarida o\u02bbz aksini topgan. Mualliflar bu masalani alohida tadqiqot obyekti sifatida ko\u02bbrib &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-05-12T06:59:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-05-12T07:00:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz\",\"name\":\"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg\",\"datePublished\":\"2022-05-12T06:59:01+00:00\",\"dateModified\":\"2022-05-12T07:00:01+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbzbek davlatchiligiga bag\u02bbishlangan ilmiy ishlarda davlat, ma\u02bcmuriy [10:454] idora va boshqaruv tizimi bo\u02bbyicha ma\u02bclum darajada tadqiqotlar olib borilgan [3:143;368:71]. Xiva xonligidagi unvon va mansablar, mansab egalarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy mavqei kabi masalalarning ba\u02bczi jihatlari N.N.Muravyov, A.A.Semyonov, A.Vamberi, N.Veselovskiy, V.V.Bartold, P.P.Ivanov, A.Boltayev, M.Yo\u02bbldoshev, Q.Munirovning ishlarida o\u02bbz aksini topgan. Mualliflar bu masalani alohida tadqiqot obyekti sifatida ko\u02bbrib &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-05-12T06:59:01+00:00","article_modified_time":"2022-05-12T07:00:01+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz","name":"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg","datePublished":"2022-05-12T06:59:01+00:00","dateModified":"2022-05-12T07:00:01+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/bukhari_buxoriy2022_74.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21764&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21764"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21764"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21766,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21764\/revisions\/21766"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21762"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}