{"id":21739,"date":"2022-05-10T10:48:09","date_gmt":"2022-05-10T05:48:09","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21739"},"modified":"2022-05-10T10:48:09","modified_gmt":"2022-05-10T05:48:09","slug":"samarqanddagi-mirzo-ulug%ca%bbbek-madrasasi-ta%ca%bcmirlanishiga-doir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz","title":{"rendered":"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand shahri o\u02bbzining qadimiyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. U o\u02bbzining salkam uch ming yillik tarixini o\u02bbzida mujassamlashtirgan. O\u02bbz tarixining turli yillarida bunyod etilgan muhtasham binolar shahar ko\u02bbrinishiga zeb bag\u02bbishlaydi. Ana shunday muhtasham inshootlardan biri Ulug\u02bbbek madrasasidir. U o\u02bbzining mahobatliligi, noyob me\u02bcmoriy xususiyati, boy qurilishi va ta\u02bcmirlash tarixi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning qadim va navqiron Samarqand shahrining boy madaniy merosini saqlash bo\u02bbyicha: \u201cSamarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ta\u02bcmirlash va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettiriladi \u201d[1] \u2013 deya bejizga aytmagan edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XV asr o\u02bbrtalarida shakllangan Registon ansamblidan hozirgi vaqtgacha saqlangan madrasalardan biri Ulug\u02bbbek madrasasi bo\u02bblib, u hijriy 820-823 yillarda (1417-1420 milodiy) bunyod etilgan. Oliy diniy o\u02bbquv yurti sifatida bunyod etilgan ushbu madrasa Ulug\u02bbbek zamonida dunyoviy ilm markaziga aylanib, uning darsxonalarida diniy ilmlardan tashqari astronomiya. falsafa. matematika kabi fanlardan ma\u02bcruzalar o\u02bbqilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqanddagi Registon maydoni haqida ikkita monografiya, bir necha o\u02bbnlab ilmiy maqolalar va ma\u02bcruzalar tayyorlanib chop etilgan. Registon maydoni haqidagi nashr etilgan monografiyalardan biri \u201cMavzaley Registan\u201d deb yuritilib, olimlar hammualifligi, M.E.Masson tahriri ostida yozilgan ilmiy maqolalar to\u02bbplamidan iborat. U 1958 yilda rus tilida chop etilgan. Kitobda yodgorlikka doir deyarli barcha masalalar: yodgorlikning me\u02bcmoriy rejaviy yechimi, uning naqshi-nigorlari, yodgorlik ustida olib borilgan me\u02bcmoriy-arxeologik izlanishlar natijalari, yodgorliklarning qurilish tarixi kabi masalalar yoritib berilgan. Mualliflarga G.A.Pugachenkova[17], M.E.Masson va boshqalar kiradi[4]. M.E.Masson rahbarligi ostida 1929 yilda nashr qilingan \u201cRegistan i yego medrese\u201d deb nomlangan kitob Samarqandda nashr etilgan bo\u02bblib, asosan Registon ansambli va uning madrasalari va ularning dastlab, qurilishdan oldingi loyihalaridan tortib, madrasalardagi har bitta hujralar haqida alohida ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan. Bundan tashqari, 100 yil oldingi eski shaharning bunyod etilishi bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgan ma\u02bclumotlar keltirib o\u02bbtilgan[5]. Mustaqilligimiz sharofati bilan me\u02bcmorchilik sohasida juda katta yutuqlarga erishildi va bu borada me\u02bcmorchilikka oid bir nechta kitoblar chop etilgan. Bulardan biri \u201cSamarqand asrlar chorrahasida\u201d deb nomlanib, 2001 yil nashrdan chiqqan bu kitob Samarqand shahriga \u201cAmir Temur\u201d orderi berilishi bilan bog\u02bbliq bo\u02bblib, bu erda mustaqillikdan keyingi olib borilgan ishlar to\u02bbg\u02bbrisida va me\u02bcmorchilikda bo\u02bblayotgan o\u02bbzgartirishlar to\u02bbg\u02bbrisida ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan[6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yodgorlik haqidagi ikkinchi monografiya R.Sh.Zohidovning \u201cRegiston maydoni tarixi\u201d deb ataladi. U 2007 yilda chop etilgan. Ushbu asarda muallif Registon maydoning ya\u02bcni Tillakori, Sherdor va Ulug\u02bbbek madrasalarining ta\u02bcmirlash jarayoni to\u02bbg\u02bbrisida umumiy ma\u02bclumotlar keltirib o\u02bbtilgan. Ammo to\u02bbliq holda ta\u02bcmirlashning yilma-yil olib borilganligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtilmagan[7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Madrasa loyihasi Shohruh Mirzoning saroy me\u02bcmori Qavmiddin Sherozoy hisoblanadi. Ulug\u02bbbek madrasasi binosi me\u02bcmorchilik asari jihatidan va sifat nuqtai nazardan ham musulmon Sharqida ana shu tipdagi binolarning klassik namoyondasidir. Ulug\u02bbbek madrasasining saqlanib qolgan qiyofasining o\u02bbzi, o\u02bbtmish me\u02bcmorchilik san\u02bcati naqadar yuksak ekanligidan darak beradi. Madrasa to\u02bbg\u02bbri to\u02bbrtburchak bo\u02bblib, sathi 56 x 81 metr to\u02bbrtburchak (chorburchak), hovlining sathi 30 x 40 metr, uning o\u02bbrtasida sakkiz qirrali hovuz bo\u02bblgan. Registonga qaragan tomoni bosh tomon bo\u02bblib, katta peshtog\u02bbi chuqur tokchadan iborat va 15 metrli nayzasimon ark bilan yopilgan. Keyinchalik peshtoq o\u02bbqida joylashgan bosh darvozadan yana ikki tomonidagi rovoq tokchalari o\u02bbrtasidan ikkita egri-bugri shakldagi yo\u02bblaklardan eshik ham o\u02bbtkazilgan. Ikki yonboshdagi ko\u02bbchalardan kirish uchun yordamchi eshiklar qilingan. Binoning burchaklarida to\u02bbrtta o\u02bbquv xonalari mavjud. Beshinchisi cho\u02bbzilgan shaklda bo\u02bblib asosiy tomonning ro\u02bbparasida joylashgan va masjid vazifasini o\u02bbtagan. Darsxonalarga kiradigan eshiklar, tepasi yopilgan yo\u02bblaklardan o\u02bbtadi va hovlining to\u02bbrt tomonida joylashadi, o\u02bbquv xonalariga yorug\u02bblik kichkina oynachalardan kiradi. Oynalar binoning tashqi yuzasida joylashgan. Kirish darvozalari, ayvon va darsxonalar balandligi ikki oshyonli hujralar balandligi bilan teng. Ikki oshyonli hujralar ichki hovlini o\u02bbrab olib, har tomondan oltitadan tutashtirilgan, faqat birinchi qavatdagi kirish yo\u02bblaklar to\u02bbrtta qanos enligini egallab bu tutashuvga kirmagan. Reja tuzilishi binoning o\u02bbqiga nisbatan simmetrik berilgan. Yashash hujralariga kirishdagi yo\u02bblaklarda tokchalar va peshayvonlar mavjud, xonalarning sathi 3&#215;3,7 yoki 3,2 x4,6 bo\u02bblib, to\u02bbrida yordamchi xona ham bor. Ulug\u02bbbek madrasasi yopiq to\u02bbrtburchakli hovli bo\u02bblib orqasida masjid va xonaqo bo\u02bblgan. Ansamblning to\u02bbrt burchagida to\u02bbrtta minora bo\u02bblgan. Hovlining atrofida hujra bo\u02bblib ulardan yuzdan ortiq madrasa talabalari yashaganlar. Boshlang\u02bbich ko\u02bbrinishda Ulug\u02bbbek madrasasi xonaqolar ustiga o\u02bbrnatilgan. To\u02bbrtta gumbazdan va ikki qavatli binodan iborat bo\u02bblgan. Madrasa maydonga ulkan ark ko\u02bbrinishida qaratilgan. Ularning qolgan uchta tomoni xam o\u02bbqsimon ark bilan bezatilgan. Orqa portal minoraning kirish qismidir. Portallar ushbu inshootlarning eng ajoyib elementlari hisoblanib bezak vazifasini bajargan, inshootga ulug\u02bbvorlik baxshida etgan. Bu ulug\u02bbvorlik juda oddiy usul bilan eshik o\u02bbyiqlarini katta qilib ko\u02bbrsatish bilan amalga oshirilgan. Inshoot odamda nafosat va yengillik hislarini uyg\u02bbotadi. Devorlarda releyef bezaklari va uning qalinligi ishora qiladi, ba\u02bczida bu narsa yo\u02bbqqa chiqadi geometrik bezak ornamentlari arkning bezak pannosi, devorning ko\u02bbk, havorang bezaklari insonlarning binoning og\u02bbir g\u02bbisht qatlamlaridan iborat ekanligi haqida o\u02bbylantirmaydi. V.L.Vyatkinning so\u02bbzlariga qaraganda u \u201cO\u02bbrta Osiyodagi saqlanib qolgan qadimgi madrasalardan biri hisoblanadi\u201d[2]. XV asrning 20-40 yillarida Registon maydonida ko\u02bbplab monumental binolar qad ko\u02bbtarib, bu maydon Samarqand shahrining bosh maydoniga aylanadi. XVI asrlarda Ulug\u02bbbek madrasasidan qolgan binolar vayronaga aylanganligi tufayli ular yig\u02bbishtirib olinadi. XVII asrda esa bu yerda Yalangtushbiy Bahodir tomonidan ikkita madrasaning bunyod etilishi natijasida Registon maydoni hozirgi ko\u02bbrinishga keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Temuriylardan keyin Samarqand taxtiga o\u02bbtirgan shayboniylar bu shaharning obodonchiligi borasida katta ishlar qildilar. Tarixchi Xofiz Tanish Buxoriyning yozishicha, Abdullaxon II 1581 va 1587 yillarda, ikki marta, Samarqanddagi me\u02bcmorchilik yodgorliklarini ta\u02bcmirlashga farmon bergan, shu maqsadda katta mablag\u02bblar sarflangan. Registon maydoni XVIII asrning boshlarida yana ulkan qurilish maydoniga aylandi[3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1868 yilda madrasa minorasining biri qulab tushadi. Qolgan uchtasi hozirgacha saqlangan bo\u02bblsada ularning yuqori qismi buzilgan. 1932 yilda madrasaning qariyb 2 metrga og\u02bbgan shimoli-g\u02bbarbiy minorasi tiklanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Professor A.S.O\u02bbrolov bu davr arxitekturasini quyidagicha ta\u02bcriflaydi: \u201cMirzo Ulug\u02bbbek o\u02bbzining bunyodkorlik faoliyatini shaharsozlik, me\u02bcmorchilik, bog\u02bb-landshafti, qayta tiklash va ta\u02bcmir ishlari, tasviriy san\u02bcat va naqqoshlik kabi sohalarda keng ko\u02bblamda olib bordi. Muhimi shundaki, u bu ishlarni nafaqat poytaxt Samarqandda, balki Shahrisabz, Buxoro, G\u02bbijduvon, Yassa, Marv, Zangi ota kabi shaharlar va qasabalarda olib bordi. Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarining mavqei va unda qo\u02bblga kiritilgan yutuqlar bu yerda o\u02bbziga xos me\u02bcmoriy maktab yaratilganligining dalilidir\u201d[8]. 1420 yilda madrasa qurilishi nihoyasiga yetganligi haqida binoning bosh ark peshtoqidagi yozuv xabar beradi. \u201cBu ilm binosining asoschisi ulug\u02bb sulton, sultonning o\u02bbg\u02bbli, dunyoning va asrlarning mutafakkiri Ulug\u02bbbek Ko\u02bbragoniy, balandligi osmonga qadar ikki o\u02bblcham, og\u02bbirligidan yer yuzining cho\u02bbqqisi titraydi\u201d, degan so\u02bbzlar madrasa peshtog\u02bbida yozilgan. Ammo bu so\u02bbzlar Ulug\u02bbbek madrasasining hozirgi holatining asl nisbatlari va sifatlari haqida yetarli darajada xabar bera olmaydi. Hovli perimetri bo\u02bbylab binoning ikkinchi qavati mavjud emasligi, Sherdorga o\u02bbxshagan baland gumbazlari yo\u02bbqligi, to\u02bbrtta minoralardan faqat ikkitasi saqlanib qolganligi, bosh peshtoq va minoralarning tojlari buzilib ketganligi sababli madrasaning oldingi holatini tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. Yuzlab yillar davomida yonidan o\u02bbtgan ko\u02bbchalarga nisbatan bino ancha cho\u02bbkkan. Hovlining sathi maydondan 2,2 metrga pastdir. Lekin, hozirgi kungacha saqlanib qolgan bino shakllari Ulug\u02bbbek madrasasining bunyodkorlari va quruvchilarining me\u02bcmorchilik mahorati yuqori bo\u02bblganligidan dalolat beradi. Madrasaning chap va o\u02bbng tomonida qad ko\u02bbtarib turgan minoralariga nazar solsak, minorani qiyshayib turganligining guvohi bo\u02bblamiz. Asosan buni quyosh botayotganida madrasani yonida tik turmaganini yaqqol kuzatish mumkin. Ulug\u02bbbek madrasasini olti asr davomida 2 metrga cho\u02bbkkan degan taxminlar bor. Har bir minoralarning og\u02bbirligi 400 tonna bo\u02bblib, balandligi 33 metrdan bo\u02bblsa, ularning poydevori 9 metrni tashkil etadi. Har bir minoralarning ichida 56 tadan zinalari bor. Shuning uchun bu madrasani ba\u02bczida \u201cMinoralari cho\u02bbkayotgan madrasa\u201d deb yuritiladi. Aslida, ushbu minoralarni ustida sharafalari bo\u02bblgan ya\u02bcni, ikki pog\u02bbonali bo\u02bblishgan. Lekin afsuski, yuqori pog\u02bbonalari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Demak, minoralar orqali yana ham balandga chiqishgan degan ma\u02bclumotlar ham bor[9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Registonda qurilgan Ulug\u02bbbek madrasasidan 1752 yilda Amir Muhammad Rahim davriga kelib non ombori sifatida foydalanishgan. Keyinchalik XIX asrga kelibgina Ulug\u02bbbek madrasasi yana talabalar bilim olishi maskanida aylantirilgan. Aynan mana shu davrda hovlidagi tashqi ayvonchalarni ta\u02bcmirlash ishlari olib borilgan. Ulug\u02bbbek madrasasi yillar to\u02bbfoni, zilzila va ayniqsa XVIII asrdagi jangu-jadallar ta\u02bcsiridan ancha talafot ko\u02bbradi. Tashqi minora, gumbaz, ikkita minora va bir necha turar joylari vayron bo\u02bblgan. 1907 yilda zilzila oqibatida hovlidagi ayvonlarning deyarli hammasi shikastlangan. Shu yilda zararlangan joylarni ta\u02bcmirlash uchun maxsus komissiya tuzilgan. Unga rahbar qilib V.L.Vyatkin tayinlangan edi, ammo uning rahbarligi ostidagi guruhning faoliyati samarasiz bo\u02bblgan. 1918 yil birinchi bo\u02bblib shimoliy sharqiy minoraning og\u02bbayotganini, har kuni bu minora asosiy binodan ajralib qiyshayayotganini sezishadi. Aniq ediki agar chora ko\u02bbrilmasa minora vayrona bo\u02bblar edi. Minorani o\u02bbzlarining do\u02bbkonlari ustiga qulashidan qo\u02bbrqib bu ma\u02bclumotni Samarqandning muzeylarini va qadimiy yodgorliklarini himoya qilish bo\u02bbyicha qo\u02bbmitasi xodimi V.L.Vyatkinni xabardor qilishga qaror qiladi. V.L.Vyatkin Samarqanddagi yodgorliklarni qo\u02bbriqlash bo\u02bbyicha mutaxassis edi. Bu qo\u02bbmita tomonidan 1920 yil may oyida Samarqanddagi qadimiy yodgorliklarni qutqarish va restavratsiya qilish bo\u02bbyicha maxsus komissiya \u201cSamKomistaris\u201d ish boshladi. Komissiya tarkibi uchta bo\u02bblimdan iborat bo\u02bblib, qurilish, badiiy va arxeologik yo\u02bbnalishlarda bo\u02bblgan[10]. Vaqtinchalik minorani qutqarish uchun uni yog\u02bboch karset bilan o\u02bbrab qo\u02bbyadi. 36 tonnali 24 ta po\u02bblat arqon bilan minorani shimoli-sharqiy podium tomonga yog\u02bboch langarlarga mahkamlab qo\u02bbyiladi. Buning natijasida minora og\u02bbishdan to\u02bbxtab normal holatidagi 108 belgida to\u02bbxtaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yodgorlikni saqlab qolishning muhimligi haqida M.E.Masson shunday deydi: \u201cKomissiya a\u02bczolari mashhur Ulug\u02bbbek madrasasining katta ilmiy va badiiy mazmunga ega ekanligini va uning fasadi bitta minorasiz yomon ko\u02bbrinishga ega bo\u02bblishini tushunishadi. Shusiz ham 1870 yilda 4ta minoradan 2 tasi birin-ketin qulab tushadi\u201d. Minorani tiklashning ikkita yo\u02bbli ko\u02bbrib chiqiladi. Muhandis B.N.Kastalskiy minorani g\u02bbishtlarini yig\u02bbib qayta tiklashni aytadi. Viloyat arxitektori M.F.Mauer bunday restavratsiya qadimiy yodgorlikni vayron qiladi degan fikrni ilgari suradi. Uning o\u02bbrniga hech qanday qiymatga ega bo\u02bblmagan inshoot vujudga keladi. Ikkinchi usul esa M.F.Mauer tomonidan ilgari suriladi bu usul minorani asosiy binodan ajratib og\u02bbdirib yana joyiga qo\u02bbyishdan iborat edi. Bu ikki muhandis o\u02bbrtasidagi bahs uzoq davom etadi. 1920 yil 5 iyunda M.F.Mauer tomonidan tezlik bilan ishga kirishishi talab qilindi. Komissiya texnik qurilish bo\u02bblimiga minorani tiklash va uni hech bir navbatsiz amalga oshirishni yukladi. B.N.Kastalskiy va M.F.Mauer o\u02bbrtasida bahslar komissiyaning har bir yig\u02bbilishida davom etganidan markazdan, Toshkentdan texnik konsultantlar taklif etildi. Ularni ko\u02bbproq Mauerning fikrlari qoniqtiradi. Mauer katta tadqiqot ishlarini olib borish uchun madrasa haqidagi qo\u02bbshimcha ma\u02bclumotlar to\u02bbplaydi va fors tilini o\u02bbrgana boshladi. U Registonda shaxsan madrasaning arxitektura o\u02bblchamlarini tekshiradi va po\u02bblat tros arqonlar bilan bog\u02bblangan minoraning holatini ko\u02bbzgan kechiradi\u201d deb yozadi M.E.Masson o\u02bbsha yillar haqida. M.F.Mauerning taklifiga muvofiq Moskvada yodgorlikni qayta tiklash bo\u02bbyicha ikki marta loyiha ko\u02bbrib chiqiladi. Birinchi loyiha ma\u02bclumotlar to\u02bbliq bo\u02bblmagani uchun qoldiriladi. Ikkinchi marta esa loyiha ilg\u02bbor rus muhandisi Vladimr Grekorivich Shukov tomonidan tuziladi, Mauer bu loyihani Shukov bilan kelishgan holda taqdim etadi[13,14,15,16]. Bu g\u02bboya juda sodda edi. Umumiy ko\u02bbrinishda bu shunday edi: 37 metrlik balandlikka va 2,5 tonna og\u02bbirlikka ega bo\u02bblgan minora negiziga xodalar kiritib og\u02bbayotgan tomonini richaklar yordamida ko\u02bbtarish. Minorani tiklanganda hosil bo\u02bblgan bo\u02bbshliqni beton bilan to\u02bbldirish taklifi kiritildi. A.V.Kuznetsovning ko\u02bbrsatma berishicha bu fikr kutilmagan va bajarib bo\u02bblmaydigan edi. Lekin Shukov minorani ko\u02bbtarishdan ko\u02bbra tushirish osonroq ekanligini isbotlab berdi, chunki tushirish inshootning o\u02bbz og\u02bbirligi evaziga bajarilishi tashqi yordam ishlatilmasligi aytib o\u02bbtiladi. Ikkinchi usul minorani har qanday atrof ta\u02bcsiridan qo\u02bbriqlash ko\u02bbrsatildi. G\u02bboya amalga oshirishga kiritildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1927 yilda M.F.Mauer loyihasi bo\u02bbyicha V.G.Shukov boshchiligida Moskvaning \u201cMostet\u201d zavodidan metall konstruksiyalari yasaldi va Samarqandga yuborildi. Bu konstruksiyalar minoraning asosiga mahkamlanishi zarur edi. Konstruksiyalarni ko\u02bbzdan kechirgan Mauer ulardagi xatolarni belgilab, \u201cbu xatoliklar vazifani bajarish halokatga olib kelishini\u201d aytdi. Buning natijasida u Moskvaga qaytib borib, qo\u02bbyilgan xatoliklarni bartaraf etishga erishdi. 1931 yilga kelib minoraning og\u02bbishi 5,1 ga ko\u02bbpaydi, u uni vayron bo\u02bblishi xavfini ko\u02bbrsatar edi. Minoraning og\u02bbirlik markazi gorizontal tekislik yuzasidan fundament o\u02bbqiga nisbatan 1055 mm siljigan. Zudlik bilan ishni boshlash lozim edi. Shuxov loyihasi bo\u02bbyicha ishlar boshlanib ketdi. Minoraning asosidagi o\u02bbn beshta xoda ustunlarni olib tashlashdan oldin belgilangan marradan yuqoriroqda temir albastor quyib mahkamlash zarur edi. Xodalar kvadrat quti ko\u02bbrinishidagi konstruksiyaga mahkamlangan edi. Konstruksiya minoraning korpusini o\u02bbrab olgan har bir olib tashlangan xodalar temir albastor qorishma orasi 2-4 sm. Bu oraliq suv bilan aralashtirilgan va kley bilan to\u02bbldirib boriladi. Keyin xodalarni og\u02bbib ketishdan saqlash uchun ularni mahkamlash lozim edi. Har bir posongi uzunligi 1275 mm, qalinligi bir tarafi 89,2 mm, ikkinchi tomonida 147 mm og\u02bbir mahkamlangan xodalar progonlarga borib taqaladi. Bosimning bir tekisda taqsimlanishi uchun fasonli ostiga qalin svinets yo\u02bbl o\u02bbtgan[11]. Minorani og\u02bbib ketishini oldini olish va xavfsizlikni ta\u02bcminlash uchun posongilar tomonlariga (slindr yuzaga) ponalar qoqildi. Bu ponalar slindr yuzaga ega po\u02bblat yostiqchalardan iborat edi. Bu yostiqchalar yangi joylarga o\u02bbtkazib turiladi. Chetki yostiqchalar qayrag\u02bbochdan yasalgan, chunki qayrag\u02bboch emandek mustahkam hisoblanadi. Konstuksiyalarning barcha elementlari aniq hisob-kitob bilan yig\u02bbilgan. Minoraning aylanishi tros-arqonlar tizimi yordamida amalga oshiriladi. Minoraning bezaklari buzilmasligi uchun ular ostiga yumshoq daraxt yotqizildi. 1932 yil 11 martda V.G.Shuxov Samarqanddan Mauerdan xat oladi unda aytilishicha minoraning tiklanishi tugallandi va u siz loyihalashtirgan xodalar tizimi konstruksiyasi yordamida ustunlarga mustahkamlangan deb fotosuratlarni ilova tarzida kiritib o\u02bbtilgan edi. Shu tarzda madrasaning minorasi yana avvalgi holatiga keltirilgan edi[12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Madrasadagi eng katta ta\u02bcmirlash ishlari 1952 yilda olib borilgan, bunga ko\u02bbra binoning qayta ta\u02bcmirlanishi, hovlidagi arkalarning ko\u02bbchib tushgan joylarini to\u02bbg\u02bbrilash va binodagi kichik ta\u02bcmirlash ishlari ham to\u02bblaqonli ravishda olib borilgan. 1967 yilga kelib esa Gendel loyihasi asosida madrasaning sharqiy-janubiy minorasi qayta ta\u02bcmirlangan. Bunga ko\u02bbra minoraning asosini mustahkamlab, uning shikastlangan qismlarida konstruktiv ishlar amalga oshirilgan. Ulug\u02bbbek madrasasining katta peshtoqining ichida belbog\u02bblar mavjud, buning qo\u02bbyilishining sababi binoning ikkinchi etaji qulab ketadi va uning ikki tomonidagi qovirg\u02bbali gumbazlari umuman yo\u02bbq bo\u02bblib ketadi va shundan so\u02bbng katta ravoqli peshtoq o\u02bbzini ushlolmay ag\u02bbdarilib ketadi. Peshtoqning qulab ketishini oldini olish uchun o\u02bbrtasidan troslar bilan tortib qo\u02bbyilgan. 1977 yil oktyabr oyiga kelib, Ulug\u02bbbek madrasasi binosining asosiga suv sizib o\u02bbtishi sababli uni ta\u02bcmirlash ishlari olib borilgan. Bunga ko\u02bbra muhandislarga binoning g\u02bbarbiy devor qismining asosini ta\u02bcmirlashni vazifa qilib berilgan edi. Ayniqsa g\u02bbarbiy qismning shimoliy-janubiy qismi haddan ziyod yaroqsiz holatga tushib qolgan edi. Asosning zararlangani sababli shimoliy-sharqiy hamda janubiy-sharqiy minoralarni to\u02bbg\u02bbrilash ham zarur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash lozimki, mustaqillik yillarida Samarqand yurtimizning nafaqat madaniy, balki ko\u02bbplab halqaro anjumanlar, uchrashuv va muloqotlar o\u02bbtkaziladigan yirik ijtimoiy-siyosiy markazlaridan biriga ham aylandi. Istiqlol yillarida Samarqandni dunyoning eng go\u02bbzal sayyohlik maskanlaridan biriga aylantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, Ulug\u02bbbek madrasasida yillar davomida turi zilzila va suv toshqinlari va namgarchilik sabab kichik kichik konstruksiv ishlar amalga oshirilgan. Mustaqillik yillariga kelib madrasaning deyarli barcha joylari qayta ta\u02bcmirlanadi. 2011- 2012 yillarga kelib madrasaning g\u02bbarbiy-shimoliy tomon gumbazlari tiklangan. Mustaqilligimiz sharofati bilan madaniy yodgorliklarni saqlash va ta\u02bcmirlash jarayonini uzliksiz ravishda olib borilishida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2014 yilda Ulug\u02bbbek madrasasida olib borilgan so\u02bbnggi ta\u02bcmirlash ishlari va Sherdor madrasasining hovlisidagi qarama qarshi peshtoqning ta\u02bcmirlanayotganligi bunga yaqqol misol bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Foydalanilgan adabiyotlar ro\u02bbyxati<\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz\/\/ -T.:O\u02bbzbekiston, 2017. 187-bet.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">V.L.Vyatkin. Pamyatniki drevnostey Samarkanda. T., 1929. str 27.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Q. Mamarahimov. A.Berdimurodov. Samarqand tarixiy malumotnoma. Toshkent. 2000. 109-112 bet.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Aleskerov Yu.J. Samarkand. Stranis\u044b istorii. Tashkent. 1967 g<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Masson.M.Ye. Registon i yego medrese. Samarkand. 1929 g.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ro\u02bbziyev. E.M. Samarqand asrlar chorraxasida. A.Qodiriy. -Toshkent.2001. \u2013 B. 19-35.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zohidov.R.Sh. Registon maydoni tarixi. A.Qodiriy. -Toshkent.2007 y. B. 47-69<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbrolov A., Xojixonov M. Ulug\u02bbbek yaratgan ma\u02bcnaviyat -T.: 1994, 82-bet<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rempel L.I. Arxiketurn\u044by ornament Uzbekistana. Tashkent, 1961<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Pletnev. I.Ye. Obasnavaniye k proyektu restavratsii soffitov glavnogo portala Ulug\u02bbbeka. Tashkent. 1920 g<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bartold.V.V. Ulug\u02bbbek i yego vremya. Tashkent. 1915 g.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzRMDA, S\u201368-65\/A-90-fond, Albom Fotoilliustratsii. Medrese Ulugbeka v.g. Samarkande. 1994 y.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bartold V.V. Istoriya kulturnoy jizni Turkestana. Sochineniye, T.II. ch. 1. 1963. \u2013 S. 167-433.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sem\u0450nov A.A. Nekotor\u044bye osobennosti materialnoy kultur\u044b proshl\u044bx epox Sredney Azii \/\/ Izvestiya Sredazkomstaris. 1928. V\u044bp. 1. \u2013 S. 11-13.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Lunin B.V. Iz istorii russkogo vostokovedeniya i arxeologii v Turkestane. \u2013 Tashkent: Fan, 1958.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yego je. Nauchn\u044bye ob\u0449yestva Turkestana i ix progressivnaya deyatelnost. \u2013 Tashkent: Fan, 1962. \u2013 112 s.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Pugachenkova G.A.Samarkand. Buxara. (Po drevnim pamyatnikam). (Seriya \u00ab<a href=\"https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki\/%D0%90%D1%80%D1%85%D0%B8%D1%82%D0%B5%D0%BA%D1%82%D1%83%D1%80%D0%BD%D0%BE-%D1%85%D1%83%D0%B4%D0%BE%D0%B6%D0%B5%D1%81%D1%82%D0%B2%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B5_%D0%BF%D0%B0%D0%BC%D1%8F%D1%82%D0%BD%D0%B8%D0%BA%D0%B8_%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%BE%D0%B2_%D0%A1%D0%A1%D0%A1%D0%A0\">Arxitekturno-xudojestvenn\u044bye pamyatniki gorodov SSSR<\/a>\u00bb). M., Iskusstvo. 1961. 213 s.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dilmurod Mamarasulov,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand davlat universiteti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston tarixi kafedrasi o\u02bbqituvchisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samarqand shahri o\u02bbzining qadimiyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. U o\u02bbzining salkam uch ming yillik tarixini o\u02bbzida mujassamlashtirgan. O\u02bbz tarixining turli yillarida bunyod etilgan muhtasham binolar shahar ko\u02bbrinishiga zeb bag\u02bbishlaydi. Ana shunday muhtasham inshootlardan biri Ulug\u02bbbek madrasasidir. U o\u02bbzining mahobatliligi, noyob me\u02bcmoriy xususiyati, boy qurilishi va ta\u02bcmirlash tarixi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning qadim &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21737,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Samarqand shahri o\u02bbzining qadimiyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. U o\u02bbzining salkam uch ming yillik tarixini o\u02bbzida mujassamlashtirgan. O\u02bbz tarixining turli yillarida bunyod etilgan muhtasham binolar shahar ko\u02bbrinishiga zeb bag\u02bbishlaydi. Ana shunday muhtasham inshootlardan biri Ulug\u02bbbek madrasasidir. U o\u02bbzining mahobatliligi, noyob me\u02bcmoriy xususiyati, boy qurilishi va ta\u02bcmirlash tarixi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning qadim &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-05-10T05:48:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"292\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"14 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz\",\"name\":\"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg\",\"datePublished\":\"2022-05-10T05:48:09+00:00\",\"dateModified\":\"2022-05-10T05:48:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg\",\"width\":660,\"height\":292},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Samarqand shahri o\u02bbzining qadimiyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. U o\u02bbzining salkam uch ming yillik tarixini o\u02bbzida mujassamlashtirgan. O\u02bbz tarixining turli yillarida bunyod etilgan muhtasham binolar shahar ko\u02bbrinishiga zeb bag\u02bbishlaydi. Ana shunday muhtasham inshootlardan biri Ulug\u02bbbek madrasasidir. U o\u02bbzining mahobatliligi, noyob me\u02bcmoriy xususiyati, boy qurilishi va ta\u02bcmirlash tarixi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning qadim &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-05-10T05:48:09+00:00","og_image":[{"width":660,"height":292,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"14 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz","name":"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg","datePublished":"2022-05-10T05:48:09+00:00","dateModified":"2022-05-10T05:48:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/ulugbek.jpg","width":660,"height":292},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21739&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAMARQANDDAGI MIRZO ULUG\u02bbBEK MADRASASI TA\u02bcMIRLANISHIGA DOIR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21739"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21739"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21739\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21740,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21739\/revisions\/21740"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21737"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21739"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21739"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21739"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}