{"id":21726,"date":"2022-05-07T10:01:42","date_gmt":"2022-05-07T05:01:42","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21726"},"modified":"2022-05-07T10:01:42","modified_gmt":"2022-05-07T05:01:42","slug":"abu-amr-samarqandiyning-favoidul-muntaqot-asari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz","title":{"rendered":"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX-XII asrlar Movarounnahrda ilm-fan yuksak darajada rivojlangani bois ilm-fanning oltin davri deya e\u02bctirof etilgan. Aynan o\u02bbsha asrlarda bu zaminda hadis ilmining rivojiga o\u02bbzining benazir hissasini qo\u02bbshgan Abdulloh ibn Muborak Marvaziy, Ahmad ibn Hanbal Marvaziy, Is\u02bchoq ibn Rohavayh Marvaziy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Abd ibn Humayd Keshiy, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy singari yuzlab muhaddis allomalar yetishib chiqqan. Ular ta\u02bclif etgan hadis to\u02bbplamlarining ba\u02bczilari islom olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi manba sifatida qaralib, hanuzgacha musulmonlar tomonidan katta ehtirom va qiziqish bilan mutolaa qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday muhaddislardan biri IX asrda Samarqandda yashab, shayx va siqa \u2013 ishonchli rutbasini qozongan Abu Amr Samarqandiydir. Uning to\u02bbliq ismi Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun Samarqandiy bo\u02bblib, ayrim manbalarda Usmon ibn Ahmad deb ham keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Amr Samarqandiy 250\/864 yili tavallud topib, 345\/956 yili vafot etgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Ancha vaqt davomida Misrda istiqomat qilgani sababli unga Misriy nisbasi ham berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Amr Samarqandiy hadis to\u02bbplash maqsadida ko\u02bbplab mamlakat va shaharlarga ilmiy safar qilib, yetuk olimlarning suhbatlarida bo\u02bblgan. Jumladan, Ahmad ibn Shaybon Ramliy, Abu Umayya Muhammad ibn Ibrohim ibn Muslim Tarsusiy, Muhammad ibn Hammod Tehroniy, Muhammad ibn Abdulhakim Qitriy kabi ko\u02bbplab muhaddislarning suhbatida bo\u02bblib, ta\u02bclim olgan va hadis tinglagan. Ilm o\u02bbrganish bilan birga halol rizq topish maqsadida etikdo\u02bbzlik ham qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Amr Samarqandiy hadis ilmi borasida o\u02bbz davrining taniqli olimi bo\u02bblib yetishadi. Manbalarda u Misrda yashagan kezlari ta\u02bclim berish bilan shug\u02bbullangani keltirib o\u02bbtilgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0Undan Abu Abdulloh ibn Mandah, Hofiz Abdulg\u02bbani Azdiy, Abdurahmon ibn Umar ibn Nuhhos, Xusayb ibn Abdulloh ibn Muhammad, Ahmad ibn Muhammad ibn Hoj Ishbiliy, Muhammad ibn Zakvon Tinnisiy,<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0Abu Muhammad ibn Said Azdiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>\u00a0kabi ko\u02bbplab yetuk allomalar hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, Abu Amr Samarqandiy sanadi bilan rivoyat qilingan hadislar mashhur muhaddislarning kitoblarida ham keltirilgan. Jumladan, Abu Amr Doniy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>, Abu Farj Abdurahmon ibn Abu Hasan Javziy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>, Ibn Asokir<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>, Abu Qosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh Shofiiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>, Abu Husayn Muhammad ibn Ahmad ibn Jami\u02bc Saydoviy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>\u00a0va Abu Abdulloh Muhammad ibn Salloma ibn Ja\u02bcfar Quzzoiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0to\u02bbplamlarida undan rivoyat qilingan hadislar mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning ismini Usmon ibn Ahmad shaklda keltirgan holda esa Abu Qosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh Shofiiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>\u00a0va Abu Bakr Xatib Bag\u02bbdodiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>\u00a0o\u02bbz kitoblarida undan hadis rivoyat qilganini ko\u02bbrish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Yunus aytadi: \u201cAbu Amr Usmon Samarqandiy ishonchli roviy bo\u02bblib, unga otasidan sahih hadislar yozilgan bir necha sahifalardan iborat qo\u02bblyozma bitiklar qolgan. Abu Amr Samarqandiy ushbu qo\u02bblyozmadagi hadislardan ham rivoyat qilgan.\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrinib turibdiki, Abu Amr Samarqandiyni o\u02bbz zamonasining ishonchli va taniqli muhaddislaridan bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Amr Samarqandiyning eng mashhur asari \u201cFavoidul muntaqot avoliul hisan\u201d (\u201cTanlab olingan yuksak darajadagi go\u02bbzal foydalar\u201d) bo\u02bblib, qisqacha \u201cFavoidul muntaqot\u201d (\u201cTanlab olingan foydalar\u201d) deb ham atalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Huvayniy Usriy mazkur asar va undagi rivoyatlar haqida keltirilgan ma\u02bclumotlardan foydalangan holda Qohiradagi Ibn Taymiya kutubxonasida tadqiqot ishlarini olib borgan. Kitobning asl nusxasida 91 ta musnad<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>\u00a0rivoyat borligini aniqlagan. Ularni jamlab, alohida kichik risola holiga keltirgan. Ushbu risoladagi hadislar ishonarli \u2013 sahih bo\u02bblib, ular orasida martaba jihatidan hadisi qudsiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>, sanadlari marfu\u02bc<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>\u00a0va mavquf<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>\u00a0bo\u02bblgan hadislar ham bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Huvayniy asardagi rivoyatlardan bir qanchasini alohida ajratib olib, \u201cJuz\u02bcu fihi minal favoidil muntaqot hisanil avoli\u201d nomli kitob yozgan. 248 sahifadan iborat mazkur kitobni 1997 yil Livanda nashr ettirgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Huvayniy o\u02bbz tadqiqotida Abu Amr Samarqandiy haqiqatan ushbu kitobning muallifi ekanligini isbotlovchi dalillarni quyidagicha keltirgan:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishonchli va sahih manbalarda Abu Amr Usmon ibn Muhammad ushbu asarning muallifi ekanligi zikr etilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm ahlining ulug\u02bblari tomonidan mazkur asar Abu Amr Usmon ibn Muhammadga tegishli ekanligi haqida rad etib bo\u02bblmaydigan so\u02bbzlar aytilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz ibn Hajar Asqaloniy o\u02bbzining \u201cMo\u02bbjamul mufahris\u201d (\u201cMundarijalar qomusi\u201d) asarida ustozlaridan eshitganini rivoyat qilib, ushbu kitobning muallifi Abu Amr Usmon ibn Muhammad ekanligini ta\u02bckidlab o\u02bbtgan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Huvayniy \u201cFavoidul muntaqot\u201d haqida bunday deydi: \u201cMuallif kitobdagi rivoyatlarni bir tizimga keltirgan holatda yozgan. Ammo asarda mualliflikni tasdiqlovchi yozuv va belgilar uchramaydi. Bu holat salaf ulamolarning odati bo\u02bblib, ular aksar hollarda tasnif etgan asarlarida nomlarini keltirmagan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Amr Samarqandiy \u201cFavoidul muntaqot\u201ddagi birinchidan o\u02bbn sakkizinchigacha bo\u02bblgan rivoyatlarni mashhur ustozi Sufyon ibn Uyayna sanadi bilan rivoyat qilgan. Shuningdek, asardagi ko\u02bbproq rivoyatlar muallifning yana boshqa ustozlari Sho\u02bbba ibn Hajjoj va Abu Umayya Muhammad ibn Ibrohimlardan keltirilgan. To\u02bbplamda hadisning asl matnidan ko\u02bbra roviylarning sanadiga ko\u02bbproq e\u02bctibor qaratilgani bois sanadi zaif hadislar uchramaydi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Tabaroniy \u201cMo\u02bbjamul avsat\u201d (\u201cO\u02bbrtacha qomus\u201d) asarida 4802-raqamdagi hadisni quyidagi sanad bilan keltirgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u062d\u062f\u062b\u0646\u0627 \u0639\u0628\u064a\u062f\u064f \u0628\u0646 \u062e\u0644\u0641 \u0627\u0644\u0642\u0637\u064a\u0639\u0649\u0651\u064f\u060c \u0642\u0627\u0644: \u062d\u062f\u062b\u0646\u0627 \u0639\u0645\u0631\u0648 \u0628\u0646 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0627\u0644\u0646\u0627\u0642\u062f\u064f\u060c \u0642\u0627\u0644 \u062d\u062f\u062b\u0646\u0627 \u0645\u0639\u062a\u0645\u0631 \u0628\u0646 \u0633\u0644\u064a\u0645\u0627\u0646\u060c \u0639\u0646 \u0644\u064a\u062b \u0628\u0646 \u0623\u0628\u0649 \u0633\u0644\u064a\u0645\u060c \u0639\u0646 \u0648\u0627\u0635\u0644 \u0627\u0644\u0623\u062d\u062f\u0628\u060c \u0639\u0646 \u0623\u0628\u0649 \u0648\u0627\u0626\u0644\u060c \u0639\u0646 \u0627\u0628\u0646 \u0645\u0633\u0639\u0648\u062f \u0645\u0631\u0641\u0648\u0639\u0627\u064b: \u201c\u0625\u0646\u0651\u064e \u0622\u062e\u0631 \u0645\u0627 \u062d\u0641\u0638 \u0645\u0646 \u0643\u0644\u0627\u0645 \u0627\u0644\u0646\u0628\u0648\u0629: \u0625\u0630\u0627 \u0644\u0645 \u062a\u0633\u062a\u062d \u0641\u0627\u0635\u0646\u0639 \u0645\u0627 \u0634\u0626\u062a\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong>Bizga Ubayd ibn Xalaf Qat\u02bciy hadis aytdi. Ubayd dedi: Bizga Amr ibn Muhammad Noqid hadis aytdi. Amr dedi: Bizga Mo\u02bbtamar ibn Sulaymon Lays ibn Abu Salimdan, u Vosil Ahdabdan, u Abu Voildan, u Ibn Mas\u02bcud roziyallohu anhudan marfu\u02bc hadis aytdi: \u201cPayg\u02bbambarlarning so\u02bbzlaridan saqlanib qolganlarining oxirgisi \u201cAgar uyalmasang, xohlaganingni qil\u201d, degan so\u02bbzlaridir\u201d.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn22\" name=\"_ftnref22\">[22]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Tabaroniy bu rivoyat haqida: \u201cBu hadisni Vosildan Lays rivoyat qilib, Laysdan esa faqat Mo\u02bbtamar rivoyat qilgan. Shuningdek, Ibn Mas\u02bcuddan bu sanad bilan Mo\u02bbtamardan boshqa kishi rivoyat qilmagan\u201d, deydi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn23\" name=\"_ftnref23\">[23]<\/a>. Ya\u02bcni, ushbu rivoyatni Ibn Mas\u02bcuddan faqat Mo\u02bbtamar rivoyat qilgan deb, uning rivoyatini mufrad (yolg\u02bbiz roviy rivoyati) deb hisoblaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Huvayniy Usriy esa \u201cTanbihul hojid\u201d (\u201cTahajjud o\u02bbquvchini uyg\u02bbotish\u201d) asarida Imom Tabaroniyga raddiya berib; aynan shu rivoyat Abu Amr Usmon ibn Muhammad Samarqandiyning \u201cFavoidul muntaqot\u201d asarida 57- raqam bilan kelganini hamda Mas\u02bcuddan faqat Mo\u02bbtamar emas, balki Voil ham rivoyat qilganini dalil sifatida keltiradi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn24\" name=\"_ftnref24\">[24]<\/a>:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u062d\u062f\u062b\u0646\u0627 \u0623\u0628\u0648 \u0623\u0645\u064a\u0629\u060c \u062d\u062f\u062b\u0646\u0627 \u0637\u0644\u0642 \u0628\u0646 \u063a\u0646\u0627\u0645\u060c \u062d\u062f\u062b\u0646\u0627 \u0634\u0631\u064a\u0643\u060c \u0639\u0646 \u0645\u0646\u0635\u0648\u0631\u060c \u0639\u0646 \u0623\u0628\u064a \u0648\u0627\u0626\u0644\u060c \u0623\u0631\u0627\u0647\u060c \u0639\u0646 \u0627\u0628\u0646 \u0645\u0633\u0639\u0648\u062f\u060c \u0642\u0627\u0644: \u0642\u0627\u0644 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645:\u00a0<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>\u2026\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn25\" name=\"_ftnref25\">[25]<\/a><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizga Abu Umayya hadis aytdi. Abu Umayya dedi: Bizga Talq ibn G\u02bbinnom hadis aytdi. Talq dedi: Bizga Sharik hadis aytdi. U Mansurdan, u Abu Voildan, u Ibn Mas\u02bcuddan rivoyat qildi. Ibn Mas\u02bcud aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: \u201c\u2026\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, Abu Amr Samarqandiyning \u201cFavoidul muntaqot\u201d asarida keltirilgan rivoyatlarni bir qancha mashhur muhaddislarning asar va to\u02bbplamlarida ham uchratish mumkin. Jumladan, Muhammad ibn Iso Termiziyning \u201cJomi\u02bcut Termiziy\u201d to\u02bbplamida 829-raqamli,<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn26\" name=\"_ftnref26\">[26]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Qazviniyning \u201cSunan Ibn Moja\u201d to\u02bbplamidagi 2922-raqamli hadis,<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn27\" name=\"_ftnref27\">[27]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Abdulloh Xatib Tibriziyning \u201cMishkatul masobih\u201d (\u201cTokcha mehrobidagi chiroqlar\u201d) asaridagi 2549-raqamli,<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn28\" name=\"_ftnref28\">[28]<\/a>\u00a0Abulhasan Ali ibn Umar Doriqutniyning \u201cSunanu Doriqutniy\u201d to\u02bbplamida.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn29\" name=\"_ftnref29\">[29]<\/a>\u00a0Abu Bakr Ahmad ibn Husayn ibn Ali Bayhaqiyning \u201cSunanu kabir\u201d asarida 9277-raqamli,<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn30\" name=\"_ftnref30\">[30]<\/a>\u00a0Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali Nisaburiy \u201cMuntaqiy minas sunanil Musnad\u201d(\u201cTanlangan musnad hadislar\u201d) asarida 434-raqamli hadislar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftn31\" name=\"_ftnref31\">[31]<\/a>\u00a0buning yorqin tasdig\u02bbidir. Bu rivoyatlarning barchasi sanad bobida ham, matn borasida ham \u201cFavoidul muntaqot\u201d asaridagi 3-rivoyat bilan aynan bir xil.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu dalillar \u201cFavoidul muntaqot\u201ddagi hadislarning sahihligidan hamda muhaddis ulamolar orasida ishonarli manba sifatida keng isti\u02bcfoda etilganidan dalolat beradi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda \u201cFavoidul muntaqot\u201ddagi hadislardan iqtiboslar keltirsak:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u0646 \u0623\u0646\u0633 \u0642\u0627\u0644: \u062e\u0637\u0628\u0646\u0627 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645\u060c \u0641\u0642\u0627\u0644: \u201c\u0644\u0627 \u0625\u064a\u0645\u0627\u0646 \u0644\u0645\u0646 \u0644\u0627 \u0623\u0645\u0627\u0646\u0629 \u0644\u0647\u060c \u0648\u0644\u0627 \u062f\u064a\u0646 \u0644\u0645\u0646 \u0644\u0627 \u0639\u0647\u062f \u0644\u0647\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga xitob qilib: \u201cOmonati yo\u02bbq (omonat ishonib topshirilmaydigan) kishining imoni yo\u02bbqdir, ahdiga vafosi yo\u02bbq kishining dini yo\u02bbqdir\u201d, dedilar.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u0646 \u0627\u0628\u0646 \u0639\u0628\u0627\u0633 \u0631\u0636\u064a \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0646\u0647 \u0642\u0627\u0644: \u0642\u0627\u0644 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645: \u201c\u0645\u0646 \u0633\u0626\u0644 \u0639\u0646 \u0639\u0644\u0645 \u0641\u0643\u062a\u0645\u0647\u060c \u062c\u0627\u0621 \u064a\u0648\u0645 \u0627\u0644\u0642\u064a\u0627\u0645\u0629 \u0645\u0644\u062c\u0645\u0627 \u0628\u0644\u062c\u0627\u0645 \u0645\u0646 \u0646\u0627\u0631\u060c \u0648\u0645\u0646 \u0642\u0627\u0644 \u0641\u064a \u0627\u0644\u0642\u0631\u0622\u0646 \u0628\u063a\u064a\u0631 \u0645\u0627 \u064a\u0639\u0644\u0645\u060c \u0623\u0644\u062c\u0645 \u064a\u0648\u0645 \u0627\u0644\u0642\u064a\u0627\u0645\u0629 \u0628\u0644\u062c\u0627\u0645 \u0645\u0646 \u0646\u0627\u0631\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cKimki (bilgan) ilmidan so\u02bbralganda uni yashirsa, qiyomat kuni olovdan bo\u02bblgan yugan bilan jilovlanadi. Kimki Qur\u02bcon xususida ilmsiz holda so\u02bbzlasa, qiyomat kuni olovdan bo\u02bblgan yugan bilan jilovlanadi\u201d, dedilar.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u0646 \u0623\u0646\u0633 \u0642\u0627\u0644: \u0642\u0627\u0644 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645 : \u201c\u0627\u062a\u0642\u0648\u0627 \u0627\u0644\u0646\u0627\u0631 \u0648\u0644\u0648 \u0628\u0634\u0642 \u062a\u0645\u0631\u0629\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cYarimta xurmo (sadaqa qilish) bilan bo\u02bblsa ham do\u02bbzaxdan saqlaning\u201d, dedilar.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0642\u0627\u0644 \u0623\u0628\u0648 \u0628\u0643\u0631\u0629: \u0625\u0646\u064a \u0633\u0645\u0639\u062a \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645 \u060c \u064a\u0642\u0648\u0644: \u201c\u0627\u0644\u0645\u0633\u0644\u0645\u0627\u0646 \u0625\u0630\u0627 \u0627\u0633\u062a\u0642\u0628\u0644 \u0623\u062d\u062f\u0647\u0645\u0627 \u0635\u0627\u062d\u0628\u0647 \u0628\u0627\u0644\u0633\u064a\u0641\u060c \u0641\u0627\u0644\u0642\u0627\u062a\u0644 \u0648\u0627\u0644\u0645\u0642\u062a\u0648\u0644 \u0641\u064a \u0627\u0644\u0646\u0627\u0631\u201d \u0642\u064a\u0644 \u0644\u0647: \u064a\u0627 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0647\u0630\u0627 \u0627\u0644\u0642\u0627\u062a\u0644 \u0641\u0645\u0627 \u0628\u0627\u0644 \u0627\u0644\u0645\u0642\u062a\u0648\u0644\u061f \u0642\u0627\u0644: \u201c\u0625\u0646\u0647 \u0623\u0631\u0627\u062f \u0628\u0635\u0627\u062d\u0628\u0647 \u0645\u062b\u0644 \u0627\u0644\u0630\u064a \u0623\u0631\u0627\u062f \u0628\u0647\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: \u201cAgar ikki musulmon bir-biriga yo\u02bbliqqanda, ularning biri do\u02bbstiga qilich yalang\u02bbochlasa, o\u02bbldirgan ham, o\u02bblgan ham do\u02bbzaxiy bo\u02bbladi\u201d, deb aytayotganlarini eshitdim. U zotga: \u201cO\u02bbldirganning jazosi shunday (bo\u02bblishi tabiiy), ammo o\u02bblganga nima sababdan bunday jazo?\u201d deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cChunki do\u02bbsti unga xohlab turgan narsani u ham do\u02bbstiga xohlayotgan bo\u02bbladi\u201d, dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, \u201cFavoidul muntaqot\u201dning tarbiyaviy, ilmiy ahamiyati juda yuqori bo\u02bblib, mazkur asardagi rivoyatlarda ilm olish targ\u02bbib qilinib, insoniy fazilatlar ulug\u02bblangandir. Shu bilan birga, ota-ona va farzand haqqi, qo\u02bbshnilik munosabatlari, ba\u02bczi shar\u02bciy hukmlar hamda sof islomiy imon-e\u02bctiqod tushunchalari o\u02bbz ifodasini topgan. Bu esa uning ilmga chanqoq yoshlarimizni imon-e\u02bctiqodli, odob-axloqli, Vatanga sadoqatli, bilimli, dono va zukko bo\u02bblib voyaga yetkazishda asosiy tarbiya va ta\u02bclim manbalaridan biri bo\u02bblib xizmat qilishidan dalolatdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Shamsiddin Zahabiy. Siyar a\u02bclomin nubalo. 15-jild, 263 \u2013 bob. \u2013Bayrut. 1302 h. \u2013B. 419.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0O\u02bbsha asar. \u2013B. 424.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Abdulloh ibn Muhammad ibn Yunus Azdiy. Tarixul ulamo var ruvvat lil ilm bil Andalus. \u2013Qohira. 1998. \u2013B. 110.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Shamsiddin Zahabiy. Siyar a\u02bclomin nubalo. 15-jild, 263 \u2013 bob. \u2013 Bayrut, 1302 h. \u2013B. 424.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Qazoi\u02bciy. Musnadush shihob. 2-jild, \u2013Bayrut. 1407\/1986. \u2013B. 75.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Abu Amr Doniyning \u201cSunanul voridatu fil fitan\u201d asari 2-jild, \u2013Riyoz. 1416 h. 18 va 164-hadislar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Abu Farj Abdurahmon Javziy. Zammul havo. 1-jild, 46-bob. -B. 488.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Ibn Asokir. Tarixu Damashq. \u2013Bayrut. 1998. 36-jild,. \u2013B. 396 va 53-jild, \u2013B 99.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Abu Qosim Ali ibn Hasan. Tarixu madinati Damashq. \u2013Bayrut. 1995. 36-jild. \u2013B. 396 va 53-jild. \u2013B 99.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Abu Husayn Muhammad ibn Ahmad Saydoviy. Mu\u02bcjamush shuyux. \u2013Bayrut. 1405 h. \u2013B. 344.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Musnadush shihob. 2-jild, \u2013B. 75.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Abu Qosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh Shofe\u02bc. Torixu madinati Damashq va zikri fazliha va tasmiyati min hilliha minal amasi. \u2013Bayrut. 1995. 24-jild, \u2013B.282 va 27-jild, \u2013B.179 va 35-jild, \u2013B.483.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Abu Bakr Xatib Bag\u02bbdodiy. Tarixu Bag\u02bbdod. 11-jild, \u2013Bayrut. \u2013B.199.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Shamsiddin Zahabiy. Siyar a\u02bclomin nubalo. 15-jild, \u2013 Bayrut. 1302 h.\u2013B. 424.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>\u00a0Sanadi to\u02bbliq keltirilgan hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>\u00a0Hadisi qudsiy \u2013 lafzi Payg\u02bbambarimiz sollalohu alayhi vasallamga, ma\u02bcnosi esa Alloh taologa tegishli bo\u02bblgan hadislar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a>\u00a0Marfu\u02bc \u2013 sanadi Payg\u02bbambarimiz sollalohu alayhi vasallamgacha muttasil yetib borgan hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a>\u00a0Mavquf \u2013 sanadi sahobiygacha yetib borgan xabar, sahobiyning hikmatli so\u02bbzi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a>\u00a0www.alsunnah.com<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a>\u00a0<u>www.alsunnah.com<\/u><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a>\u00a0<u>www.balligho.com<\/u><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref22\" name=\"_ftn22\">[22]<\/a>\u00a0Abu Amr Usmon ibn Muhammad Samarqandiy. Favoidul muntaqot.\u00a0<u>http:\/\/www.alsunnah.com<\/u><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref23\" name=\"_ftn23\">[23]<\/a>\u00a0Abu Qosim Sulaymon ibn Ahmad Tabaroniy. Tanbihul hojid ila ma vaqaa minan nazar fi kutubil amojid. 5-jild, \u2013Qohira. 1415 h. \u2013B.104.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref24\" name=\"_ftn24\">[24]<\/a>\u00a0Abu Is\u02bchoq Huvayniy Usriy. Tanbihul hojid ila ma vaqaa minan nazar fi kutubil amojid. 4-jild, -B.1.\u00a0<u>www.almeshkat.net<\/u><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref25\" name=\"_ftn25\">[25]<\/a>\u00a0Favoidul-muntaqot.\u00a0<u>http:\/\/www.alsunnah.com<\/u><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref26\" name=\"_ftn26\">[26]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Iso Termiziy. Jomi\u02bcut Termiziy. \u2013Ar-Riyod. 1999. \u2013B. 207.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref27\" name=\"_ftn27\">[27]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Qazviniy. Sunan Ibn Moja. \u2013Ar-Riyod. 1999. \u2013B.423.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref28\" name=\"_ftn28\">[28]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Abdulloh Xatib Tibriziy. Mishkatul masobih. 2-jild, \u2013Bayrut. 1985. \u2013B.73.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref29\" name=\"_ftn29\">[29]<\/a>\u00a0Abu Hasan Ali ibn Umar Doriqutniy. Sunanud Doriqutniy. \u2013Bayrut. 1966. \u2013B. 238.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref30\" name=\"_ftn30\">[30]<\/a>\u00a0Abu Bakr Ahmad ibn Husayn ibn Ali Bayhaqiy. Sunanul kabir. 5-jild, \u2013Haydarobod. 1344 h. \u2013B.42.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21723#_ftnref31\" name=\"_ftn31\">[31]<\/a>\u00a0Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali Nisaburiy. Muntaqiy minas sunanil Musnad. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B. 144.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IX-XII asrlar Movarounnahrda ilm-fan yuksak darajada rivojlangani bois ilm-fanning oltin davri deya e\u02bctirof etilgan. Aynan o\u02bbsha asrlarda bu zaminda hadis ilmining rivojiga o\u02bbzining benazir hissasini qo\u02bbshgan Abdulloh ibn Muborak Marvaziy, Ahmad ibn Hanbal Marvaziy, Is\u02bchoq ibn Rohavayh Marvaziy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Abd ibn Humayd Keshiy, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21724,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0410\u0411\u0423 \u0410\u041c\u0420 \u0421\u0410\u041c\u0410\u0420\u049a\u0410\u041d\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u201c\u0424\u0410\u0412\u041e\u0418\u0414\u0423\u041b \u041c\u0423\u041d\u0422\u0410\u049a\u041e\u0422\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0410\u0411\u0423 \u0410\u041c\u0420 \u0421\u0410\u041c\u0410\u0420\u049a\u0410\u041d\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u201c\u0424\u0410\u0412\u041e\u0418\u0414\u0423\u041b \u041c\u0423\u041d\u0422\u0410\u049a\u041e\u0422\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-05-07T05:01:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz\",\"name\":\"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg\",\"datePublished\":\"2022-05-07T05:01:42+00:00\",\"dateModified\":\"2022-05-07T05:01:42+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u0410\u0411\u0423 \u0410\u041c\u0420 \u0421\u0410\u041c\u0410\u0420\u049a\u0410\u041d\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u201c\u0424\u0410\u0412\u041e\u0418\u0414\u0423\u041b \u041c\u0423\u041d\u0422\u0410\u049a\u041e\u0422\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u0410\u0411\u0423 \u0410\u041c\u0420 \u0421\u0410\u041c\u0410\u0420\u049a\u0410\u041d\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u201c\u0424\u0410\u0412\u041e\u0418\u0414\u0423\u041b \u041c\u0423\u041d\u0422\u0410\u049a\u041e\u0422\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u0410\u0411\u0423 \u0410\u041c\u0420 \u0421\u0410\u041c\u0410\u0420\u049a\u0410\u041d\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u201c\u0424\u0410\u0412\u041e\u0418\u0414\u0423\u041b \u041c\u0423\u041d\u0422\u0410\u049a\u041e\u0422\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-05-07T05:01:42+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz","name":"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg","datePublished":"2022-05-07T05:01:42+00:00","dateModified":"2022-05-07T05:01:42+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u0410\u0411\u0423 \u0410\u041c\u0420 \u0421\u0410\u041c\u0410\u0420\u049a\u0410\u041d\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u201c\u0424\u0410\u0412\u041e\u0418\u0414\u0423\u041b \u041c\u0423\u041d\u0422\u0410\u049a\u041e\u0422\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/samm.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21726&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABU AMR SAMARQANDIYNING \u201cFAVOIDUL MUNTAQOT\u201d ASARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21726"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21726"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21726\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21727,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21726\/revisions\/21727"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21724"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21726"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21726"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21726"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}