{"id":21601,"date":"2022-04-29T08:19:04","date_gmt":"2022-04-29T03:19:04","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21601"},"modified":"2022-04-28T22:24:26","modified_gmt":"2022-04-28T17:24:26","slug":"shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz","title":{"rendered":"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz tomonidan inson qadrini ulug\u02bblashga qaratilgan ezgu ishlar bugun hayotimizning barcha jabhasiga kirib bordi. Xoh siyosat, xoh iqtisodiyot bo\u02bblsin, xoh madaniyat, ma\u02bcrifat va ma\u02bcnaviyat sohasi bo\u02bblsin, ularning barchasida yangilanish yuz bermoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda keyingi yillarda diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi o\u02bbzgarishlar, e\u02bctiqod erkinligining mustahkamlangani, buyuk bobolarimiz merosini o\u02bbrganish va asrab-avaylash, targ\u02bbib qilish borasidagi chora-tadbirlar nafaqat xalqimizni g\u02bboyat mamnun etayotir, balki dunyo jamoatchiligi e\u02bctirofiga ham sazovor bo\u02bblyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu boradagi islohotlar orasida marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasining abadiylashtirilgani, hayoti va faoliyati, bebaho merosini o\u02bbrganish hamda targ\u02bbib etishga yuksak e\u02bctibor qaratilganini alohida qayd etish joiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi muhtasham majmuaning bunyod etilishiga jiddiy ahamiyat berib, bu yerga bir necha bor tashrif buyurgani, qurilish jarayonlarini qatiy nazoratga olgani ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotimizdagi unutilmas voqelik bo\u02bbldi. Zero, ilm ahliga, ulamolarga, din peshvolariga bunday g\u02bbamxo\u02bbrlik dinimizning tamal toshi bo\u02bblmish Qur\u02bcondagi \u201cYaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir\u201d degan oyati karimaning hayotiy ifodasi, deyish mumkin. Shu bilan birga bu O\u02bbzbekistonda diniy, ma\u02bcrifiy sohada olib borilayotgan ishlarning yangicha mazmun kasb etayotgani, yangi bosqichda yuksalayotganini ham ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari ta\u02bckidlaganidek,\u00a0<strong>shayx Muhammad Sodi<\/strong><strong>q<\/strong><strong>, Muhammad Yusuf nafa<\/strong><strong>q<\/strong><strong>at yurtimizda, balki butun islom olamida tan olingan olim edi. Hayotini muqaddas dinimiz arkonlarini o\u02bbrganishga va targ\u02bbib etishga, xalqimiz, yoshlarimizni diniy ma\u02bcrifat ruhida tarbiyalashga bag\u02bbishladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu insonning yozgan asarlari, hayot yo\u02bbli biz va kelajak avlod uchun nurli bir chiroqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan asrning 80-yillari yurtimiz mustabid sho\u02bbro tuzumi iskanjasida edi. 1989 yili O\u02bbrta Osiyo va Qozog\u02bbiston musulmonlarining 4-qurultoyi chaqirilib, Toshkent islom oliy mahadida rektorlik vazifasida ishlayotgan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf mazkur diniy idoraga rahbarlik lavozimiga saylandi. U kishi muftiylik vazifasini bajarishga kirisharkan, avvalo, xalq hayotidagi ma\u02bcnaviy bo\u02bbshliqni to\u02bbldirishga e\u02bctibor qaratdi. Chunki odamlardagi diniy ilmsizlik tufayli jamiyatda bid\u02bcat va xurofotlar ko\u02bbpaygan, qaysi tarafga yuz burmang xudosizlik targ\u02bbibotiga duch kelardingiz. Shu bois, birinchi galda odamlarga o\u02bbzlari e\u02bctiqod qo\u02bbygan muqaddas islom dini haqida to\u02bbg\u02bbri va to\u02bbliq ma\u02bclumot yetkazish zarur edi. Faqat shu yo\u02bbl bilangina diniy savodsizlikka barham berish, kishilar qalbida iymon nurini jonlantirish mumkin edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sobiq ittifoq hududi va yaqin xorijdagi musulmonlar uchun yagona diniy bilim yurti sanalgan Buxorodagi Mir Arab madrasasi va Toshkent oliy islom mahadi tayyorlayotgan diniy xodimlar bilan bu sharafli vazifani uddalash qiyin edi. Chunki ular ishga yuborilayotgan masjidlar soni beshala respublikada ham barmoq bilan sanarli bo\u02bblib, imomlarning din, iymon-e\u02bctiqod haqidagi vaz-nasihatlarini bu yerga keluvchi 50 \u2014 60 chog\u02bbli keksalardan boshqa hech kim eshitmasdi. Bu sobiq sho\u02bbro tuzumi tomonidan buyuk bir millatni ma\u02bcnaviy qashshoqlik iskanjasida ushlab turish uslublaridan biri edi. Shunchaki tomoshabin bo\u02bblish bilan xalqning diniy savodxonligini yo\u02bblga qo\u02bbyib bo\u02bblmasligini teran anglagan muftiy hazrat mavjud diniy o\u02bbquv muassasalaridagi ta\u02bclim berish jarayonlarini tubdan isloh qilish bilan bir vaqtda mamlakatdagi barcha ommaviy axborot vositalari, bosma nashrlar imkoniyatidan foydalanishni lozim topdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda Qur\u02bconi karim oyatlari mazmun-mohiyatini oddiy xalq tezda anglaydigan, sodda tilda mukammal tushuntiradigan tafsirga zarurat sezilardi. Buni anglagan muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri hilol\u201dni yozishga kirishdi. Bu kitob nashr etilarkan, oyning hiloli kabi ma\u02bcnaviy hayotimizga nur socha boshladi. O\u02bbrta Osiyo va Qozog\u02bbiston davlatlari aholisida bu kabi mukammal asarni o\u02bbqishga ehtiyoj kattaligidan kitoblar tezda ommalashardi. Qisqa muddatda respublikamiz va qo\u02bbshni davlatlarda, jumladan, Rossiyadagi qator bosma nashrlar, ommaviy-axborot vositalarida chop etilib, efirga uzatilgan diniy-ma\u02bcrifiy maqola hamda suhbatlari yaxlit to\u02bbplam sifatida nashrga tayyorlandi. \u201cPoklik iymondandir\u201d, \u201cIymon\u201d, \u201cShoyadki taqvodor bo\u02bblsak\u201d nomli kitoblar chop etilishi bilan qo\u02bblma-qo\u02bbl bo\u02bblib ketdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1989 yilgi saylovda SSSR Oliy Kengashi xalq deputatligiga saylandi. Diniy masalalar inon-ixtiyori hali Moskvaning qo\u02bblida bo\u02bblgani bois, uning harakati bilan O\u02bbrta Osiyo va Qozog\u02bbiston musulmonlari vakillarini muborak haj safariga yuborish uchun kvota olishga erishildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1990 yili Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor 500 nafardan oshiq hojilar Toshkent shahridan Makkai mukarramaga jo\u02bbnab ketishdi. Keyingi yili ularning soni 2 ming nafardan oshdi va ketma-ket uch yilgi safar davomida muttasil ko\u02bbpayib bordi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U kishi ilm-fan ahlini nihoyatda e\u02bczozlardi. Shu bois mamlakat ziyolilari bilan yaqin munosabatda edi. Shayx hazrat Toshkent islom oliy mahadiga rektorlik qilgan yillarida Qur\u02bcon ilmlari, hadis ilmlari, firqalar va yo\u02bbnalishlar haqidagi, notiqlik haqidagi fanlarni o\u02bbquv dasturiga kiritishga erishdi. Muftiylik lavozimiga saylangach, diniy ta\u02bclim dargohlari va masjidlarning moddiy-texnika ta\u02bcminotini yaxshilashga bel bog\u02bbladi. Shu maqsadda hududlarda vaqf yerlari olib, qishloq xo\u02bbjaligi va bog\u02bbdorchilik mahsulotlari yetishtirish orqali diniy idoraning moddiy ehtiyojini qoplash loyihasini ilgari surdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu inson 1989 \u2014 1993 yillarda diniy idoraga rahbarlik qilish bilan birga endigina mustaqillikka erishgan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga ham munosib hissa qo\u02bbshdi. Bir qator xorijiy davlatlar rahbarlarining o\u02bbz shaxsiga bo\u02bblgan ehtiromidan Vatan manfaati yo\u02bblida unumli foydalandi. 1992 yil boshlarida Liviya Jamohiriyasidagi Butun olam Islom da\u02bcvati jamiyati bosh kotibi doktor Muhammad Ahmad Sharif boshchiligidagi delegatsiya tashrifi asnosida Liviya davlati bilan O\u02bbzbekiston, Qirg\u02bbiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Koraqalpog\u02bbiston avtonom Respublikasida fan-ta\u02bclim, madaniyatni yuksaltirish, Orolbo\u02bbyidagi ekologik vaziyatni izga solish va boshqa hududlarda cho\u02bbllarni o\u02bbzlashtirish, suv chiqarish, yer osti tabiiy boyliklarini qidirib topish hamda bu hududlarda sanoatni rivojlantirish sohasida unumli loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etdi. Mamlakatimiz va yaqin qo\u02bbshni davlatlar aholisi turmush madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg\u02bbiz keksalarni moddiy qo\u02bbllab-quvvatlash borasida juda keng miqyosdagi loyihalar amalga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx hazrat taqdir taqozosi bilan 1993 \u2014 2001 yillari dastlab Saudiya Arabistonida, keyinchalik Liviya davlatida istiqomat qildi. Muhojirlikda yashagan yillarda \u201cTafsiri hilol\u201dning qolgan 27 juz\u02bcini va \u201cHadis va hayot\u201d to\u02bbplamini yozdi. Ustoz 2001 yilda Vatanga qaytgach, ilmiy faoliyati yanada serunum bo\u02bbldi. \u201cIslom tarixi\u201d, \u201cRasululloh sallollohu alayhi vasallam\u201d, \u201cOdoblar xazinasi\u201d, \u201cUsulul fiqh\u201d, \u201cKifoya\u201d, \u201cBaxtiyor oila\u201d, \u201cSog\u02bblom bola\u201d, \u201cIjtimoiy odoblar\u201d, \u201cOltin silsila\u201d turkumidagi kitoblar, \u201cZuhd va hayo\u201d singari 100 dan oshiq mukammal asarlar bitdi. Ular bugungi kunda qozoq, qirg\u02bbiz, qoraqalpoq, rus, uyg\u02bbur tillariga tarjima qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas dinimiz buyurgan amallar \u2014 Vatanga muhabbatli bo\u02bblish, ota-onaga izzat-hurmat, qo\u02bbshnilarga muruvvat ko\u02bbrsatish, Bahouddin Naqshband tariqatida ko\u02bbrsatilganidek qalbni doim zikr bilan oziqlantirish shayx hazrat yozgan asarlarda yorqin ifoda etiladi. Birgina Imom al-Buxoriyning \u201cAl-adab al-mufrad\u201d asari sharhiga bag\u02bbishlangan \u201cOdoblar xazinasi\u201dda kishilik jamiyati rivojida zarur bo\u02bbladigan amallar, odamlarning muqaddas sunnatga tayanib baxtli yashash yo\u02bbl-yo\u02bbriqlari ko\u02bbrsatib berilgan. Kitobda Abdulloh ibn Amrdan keltirilgan hadisda bunday deyiladi: \u201cBir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: \u201cHuzuringizga hijrat uchun bay\u02bcat qilgani ota-onamni yig\u02bblatgan holda tashlab keldim\u201d, dedi. Rasululloh<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">sollallohu alayhi vasallam unga: \u201cOldilariga qaytib borda, ularni qanday yig\u02bblatgan bo\u02bblsang, shunday kuldir\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx hazrat bu hadisni sharhlarkan, farzand uchun ota-ona rizoligidanda muhimroq narsa yo\u02bbqligiga qat\u02bciy ishora qiladi. Hatto Alloh uchun hijrat qilish lozim bo\u02bblganda ham ota-ona roziligidan ustun bo\u02bblolmasligini uqtiradi. Bu bugun hijratni mahkam tutib, muqaddas Vatanini tashlab, ota-onasini norozi qilib, xorijga chiqib, turli aqidaparast guruhlarga qo\u02bbshilib, umrini, izzat-hurmatini, oltinga ham topilmas qimmatli vaqtini zoye ketkazayotganlar uchun to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl ko\u02bbrsatuvchi yulduzdir. Ana shunday adashishlarning oldini olish, sof islomiy ta\u02bclim-tarbiyani targ\u02bbib qilish maqsadida ustozning ko\u02bbrsatmasi bilan ish boshlagan \u201cIslom.uz\u201d portali tarkibidagi turli yo\u02bbnalishlarda ilm-ma\u02bcrifat tarqatayotgan yigirmadan ortiq mustaqil sahifalardan bugun nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyodagi mo\u02bbmin-musulmonlar unumli foydalanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx hazrat o\u02bbz ilmiy faoliyatini ahli sunna va jamoa asosida olib bordi. Qur\u02bcon hukmlari, payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko\u02bbrsatmalarini qunt bilan o\u02bbrganish, unga amal qilish bugungi tahlikali zamonda musulmon ummati uchun hayotiy zarurat ekanligini ilgari surdi. U kishining bosh maqsadi odamlar orasida islomiy ma\u02bcrifatni yoyish edi. Bu ilm-ma\u02bcrifat millat va elat tanlamagani uchun butun dunyoda katta qiziqish, quvonch bilan kutib olindi. Aynan shu bois shayx hazrat millatlararo totuvlik, diniy bag\u02bbrikenglik, o\u02bbzaro birodarlikka da\u02bcvat etuvchi asarlari bilan islomga xayrixoh barcha davlatda katta shuhrat qozondi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyo olimlari tomonidan \u201cFazilatli shayx\u201d degan e\u02bczozga sazovor bo\u02bblgan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari islom dini ta\u02bclimoti yo\u02bblidagi sharafli mehnati tufayli Rossiya Federatsiyasi, Liviya davlati, Misr Arab Respublikasi kabi xorijiy mamlakatlarning orden va medallari bilan taqdirlandi. Makkai mukarramadagi Islom olami robitasi ta\u02bcsis majlisi, Butunjahon tasavvuf uyushmasi, Butunjahon musulmon ulamolar xalqaro uyushmasi, Butun dunyo islom uyushmasi, Butun dunyo mutafakkir ulamolari yig\u02bbinining ijroiy qo\u02bbmitasi, Iordaniyadagi Oliy Bayt \u201cIslomiy tafakkur\u201d qirollik akademiyasi kabi o\u02bbnlab nufuzli xalqaro tashkilotlar a\u02bczoligiga qabul qilingandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U kishining bebaho ilmiy faoliyati tufayli mamlakatimiz aholisi orasida diniy savodsizlikni bosqichma-bosqich bartaraf etishga kirishildi va bu jarayon hazrat qoldirgan ma\u02bcnaviy meros asosida davom etmoqda. Shayx hazrat har yili muborak Ramazon oyi kirishi bilan \u201cRuhiy tarbiya\u201d borasidagi turkum suhbatlarini boshlardi. Ustoz taklif qilingan masjidlarda shunchalik ko\u02bbp odam yig\u02bbilardiki, ular adadini bilish qiyin edi. Hatto suhbat boshlangandan keyin ham yarim tungacha odamlar oqimi to\u02bbxtamasdi. Chunki yoshlar va barcha toifadagi kishilar bu suhbatdan yuksak ma\u02bcnaviy ozuqa olardi. Yillar davomida qidirgan savollariga javob, turmushdagi ijtimoiy muammolariga yechim topardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom al-Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan bir hadisda bunday deyiladi: \u201cPayg\u02bbambar alayhissalom dedilar: \u201cAgar Alloh bir bandani yaxshi ko\u02bbrib qolsa, Jabroilga: \u201cAlloh falonchini yaxshi ko\u02bbradi, sen ham uni yaxshi ko\u02bbr\u201d, deydi. Jabroil ham uni yaxshi ko\u02bbradi. Jabroil osmon ahli orasida: \u201cAlloh falonchini yaxshi ko\u02bbradi, sizlar ham uni yaxshi ko\u02bbringlar\u201d deb, nido \u0449iladi. Shunda osmon ahli ham u bandani yaxshi ko\u02bbrib qolishadi. Keyin yer yuzidagi hamma odamlar u bandaning so\u02bbzini qabul \u0449iladigan bo\u02bblib qoladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu ishoralari shayx hazratning hayoti mazmuniga aylanib bo\u02bblgandi. Bu inson jamiyatga faqat ezgulik urug\u02bbini sochish bilan mashg\u02bbul bo\u02bbldi. Yurtimizga xorijiy davlatlardan suqilib kirgan, dinimizga yot turli g\u02bboyalar, aqidalar, oqimlar, firqalarni sof islomiy ta\u02bclimot asosida bartaraf etish-da beqiyos xizmat qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohga hamdu sanolar bo\u02bblsinki, har bir oilada, millionlab kishilar qo\u02bblida shayx hazrat bugungi va kelajak avlod uchun tasnif etgan bebaho xazina \u2014 kitoblar bor. Ular butun musulmon ummatini to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solib turgan Imom al-Buxoriy va u kishining safdoshlari qoldirgan ma\u02bcnaviy xazinalar qatoridan munosib o\u02bbrin olib, asrlar osha kelajak avlodlarga ilm-ma\u02bcrifat nurini sochib turadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shodiyor MUTAHAROV.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2022 yil 28 aprel, \u2116 88(8150)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezidentimiz tomonidan inson qadrini ulug\u02bblashga qaratilgan ezgu ishlar bugun hayotimizning barcha jabhasiga kirib bordi. Xoh siyosat, xoh iqtisodiyot bo\u02bblsin, xoh madaniyat, ma\u02bcrifat va ma\u02bcnaviyat sohasi bo\u02bblsin, ularning barchasida yangilanish yuz bermoqda. Mamlakatimizda keyingi yillarda diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi o\u02bbzgarishlar, e\u02bctiqod erkinligining mustahkamlangani, buyuk bobolarimiz merosini o\u02bbrganish va asrab-avaylash, targ\u02bbib qilish borasidagi chora-tadbirlar nafaqat xalqimizni g\u02bboyat mamnun etayotir, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21599,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-04-29T03:19:04+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-04-28T17:24:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz\",\"name\":\"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg\",\"datePublished\":\"2022-04-29T03:19:04+00:00\",\"dateModified\":\"2022-04-28T17:24:26+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-04-29T03:19:04+00:00","article_modified_time":"2022-04-28T17:24:26+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz","name":"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg","datePublished":"2022-04-29T03:19:04+00:00","dateModified":"2022-04-28T17:24:26+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/20220428_xalqsozi.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21601&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21601"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21601"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21601\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21603,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21601\/revisions\/21603"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21599"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21601"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21601"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21601"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}