{"id":21437,"date":"2022-04-21T09:54:24","date_gmt":"2022-04-21T04:54:24","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21437"},"modified":"2022-04-21T09:54:24","modified_gmt":"2022-04-21T04:54:24","slug":"ali-al-qorining-hayoti-va-ilmiy-m%d0%b5rosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz","title":{"rendered":"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning to\u02bbliq ismi Nuriddin Ali Ibn Sulton Muhammad Makkiy Hanafiy bo\u02bblib, \u201cAl-Qoriy\u201d kuniyasi bilan mashhurdir. \u00abAl<strong>\u2013<\/strong>Qoriy\u00bb nomining unga berilishiga sabab, u Qur\u02bconi karimni turli qiroatlarda o\u02bbqish bo\u02bbyicha peshqadamlardan bo\u02bblgan. Shuning uchun al-Qoriy nomi bilan shuhrat qozongan[1: 21]. Hofiz Sayyid Abdulhay Kitoniy (vaf. 1381\/1961y.) o\u02bbzining \u201cat-Tarotib al-idoriya va-l-amalot va-s-sinoot va-l-matojir va al-holot va-l-ilmiya allatiy konat alo ahdi ta\u02bcsis al-Madina al-munavvara\u201d[2: 21] kitobida: \u201cal-Qoriyning taxallusi Abu-l-Hasan bo\u02bblib, Nuriddin uning laqabidir, chunonchi, uning \u00abSharh Musnad Abi Hanifa rivoyat al-Hisfakiy\u201d asari Abu-l-Hasan Ali al-Qoriy ibn Sulton al-Makkiy nomi bilan ma\u02bclumdir\u00bb, \u2013 deb ta\u02bckidlaydi[3: 2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Abdulloh Rumiy o\u02bbzining \u201cFayz al-ahram va fath al-akram fi sharh al-hizb al-a\u02bczam va-l-vird al-afhom\u201d kitobida shunday yozadi: Ali ibn Sulton Muhammad al-Qoriy Hirot shahridan arab diyorlariga hijrat qilgan. Ajamliklar farzandlarini juft ism bilan atashga katta e\u02bctibor berganlar, jumladan, Fozil Muhammad, Sodiq Muhammad, uning otasining ismi Sulton Muhammad mana shu yo\u02bbsinda qo\u02bbyilgan. Sulton Muhammadning kelib chiqishi shohlar avlodiga borib taqaladi, biroq buni hech kim tadqiq etmagan[3: 3-4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali al-Qoriyning shajarasi shohlar avlodiga borib taqalishi haqidagi ma\u02bclumotni faqatgina tarixchi Abu Is\u02bchoqning unga bergan ta\u02bcrifida kelgan, ammo boshqa manbalarda bu xususda hech qanday ma\u02bclumot keltirilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq, ayrim manbalarda otasining ismi haqida to\u02bbxtalib uni faqat Sulton ekanligi ham ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan. Jumladan, tarixchi olim Abdulmalik Asomiy Shofe\u02bciy (vaf.1111\/1699y.) otasining ismi borasida o\u02bbzining \u201cSumt an-nujum al-avoli va at-tavoli\u201d[3: 4-5] asarida, al-Qoriyning otasining ismi Sulton, deb ma\u02bclumot beradi. Alloma Muhibbiddin Abu-l-Fayz Muhammad Murtazo Balkaromiy ham ushbu fikrni qo\u02bbllab- quvvatlaydi. Ammo, Zubaydiy o\u02bbzining \u201cToj\u00a0 al-arus min javohir al-qomus\u201d kitobi muqaddimasida va Shayx Muhammad Abdulhay Kuhnaviy \u201cTorb al-amosil bitarajim al-afozil\u201d asarlarida: Sulton Ali al-Qoriyning otasining ismi, Muhammad uning bobosini ismi Sulton \u2013 deb, uni Sulton ibn Muhammad deb ataydilar[4: 45]. Allomaning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda boshqa aniq ma\u02bclumotlar keltirilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Ali ibn Sulton al-Qoriy qadimgi Xurosonning ko\u02bbhna Hirot shahrida tavallud topib, umrining bir qismini o\u02bbsha yerda o\u02bbtkazgan. Rofiziylarning birinchi podshohi sulton Ismoil ibn Haydar safaviy Hirotni egallab, musulmonlarga haddan ziyod tazyiq o\u02bbtkazib, rofiziyl<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21434#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0shiorini majburan singdira boshlagach, Hirot olimlariga tug\u02bbilib o\u02bbsgan vatanlari torlik qilib qoladi va shu sababdan imkon topganlar hijrat qilishga majbur bo\u02bbldilar. Ilm talabi yo\u02bblida safarlarga chiqish yanada avj oldi. Bunga bir necha sabablar bor edi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a01.Olimlarni turli shaharlarga tarqalib ketganligi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a02.To\u02bbqima va uydirma hadislarning ko\u02bbpligi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatib Bag\u02bbdodiyning aytishicha: \u201cHadis o\u02bbrganishda safar qilishdan ikki maqsad ko\u02bbzlangan: 1. Oliy isnodni qo\u02bblga kiritish va uzoq muddat tinglashlik; 2. Hadislarni ko\u02bbp yodlaganlar bilan uchrashish va ulardan foydalanish. Agarda bu ikki jihat muhaddisning o\u02bbz shahrida bo\u02bblib boshqa shaharlarda bo\u02bblmasa, safar qilishdan foyda yo\u02bbq\u201d[5: 294].\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu qatorda Ali al-Qoriy ham Makkai mukarrama sari yuzlandi va o\u02bbsha joyda umrining oxirigacha yashadi. Bu haqida uning o\u02bbzi: \u201cMenga bid\u02bcat avj olgan diyordan payg\u02bbambarlik kelgan, vahiy ingan va sunnat keng tarqalgan o\u02bblkaga ko\u02bbchib, ul joyni vatan tutib yashashimga qudrat va imkon ato etgan Allohga hamd bo\u02bblsin\u201d, degan[6: 9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Makka shahri madaniyat, tijorat va hojilar ziyoratga keladigan muqaddas zamin bo\u02bblganligi sababli, ilm-fan gullab yashnagan va bu yerda ko\u02bbplab o\u02bbz davrining yirik ulamolari yig\u02bbilgan edilar. Ushbu ulamolarning ham ko\u02bbplari kitoblar yozish va sharhlar bitish bilan mashg\u02bbul bo\u02bblishardi hamda maktab va madrasalarda ilmi toliblarga ta\u02bclim berib kelardilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Makka va Madina shaharlari diniy markaz bo\u02bblganligi sababli atrofdan asosan Markaziy Osiyodan juda ko\u02bbp ilm egalari kelib ta\u02bclim olar edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning qachon dunyoga kelganligi haqidagi ma\u02bclumotlar saqlanib qolinmagan. Ali al-Qoriy haqidagi ma\u02bclumotlar olimning o\u02bbzi tomonidan yaratilgan asarlar muqaddimalarida keltiriladi. Shuningdek, Allomaning hayoti va faoliyatini yoritishda Muhammad Muhibbiyning \u201cXulosat al-asar fi ayon al-qarn al-hodiy ashar\u201d va ash-Shavkoniyning \u201cal-Badr at-tole\u02bc\u201d asarlari ham asosiy manba bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXulosat al-osor fi ayon al-qarn al-hodiy ashar\u201d kitobida keltirilishicha, Ali al-Qoriy fozil ilm peshvolari va eng namunali yetuk tadqiqotchilardan biri bo\u02bblib, o\u02bbz asrining benazir olimi, iboralarni tuzatish va tadqiq etishda mohir imom, faqih, muhaddis, usul va nahv bilimdoni, mufassir, mutakallim, mutasavvif, tarixchi va adabiyotshunos olim bo\u02bblgan. U o\u02bbzida aqliy va naqliy bilimlarni mujassamlashtirgan bo\u02bblib, shuhrati va dong\u02bbi butun islom dunyosiga taralgan edi. Sunnati nabaviyaga kelsak, u bu borada yetuk mutaxassis bo\u02bblgan[1: 26].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim Shavkoniy, \u201cAli al-Qoriy mazkur sifatlarga ega bo\u02bblgan asarlar tufayli hijratning birinchi ming yilligi boshlarida mujaddidlik rutbasiga ko\u02bbtarilgan \u201d, \u2013 deb ta\u02bcrif beradi[7: 90].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U zot 1014 hijriy sananing shavvol oyida (mil.1606 y. Mart oyida ) Makkai Mukarrama shahrida hayotdan ko\u02bbz yumdi va shu shahardagi mashhur \u201cal-Muallo\u201d qabristoniga dafn etildi. Uning vafoti haqidagi xabar Misrga yetib borganida, Misr ulamolari al-Azhar jome\u02bcsida u kishining ilm va dinda peshvoligini taqdirlagan holda, ko\u02bbpchilik bo\u02bblib \u201cSolat al-g\u02bboib\u201d namozini o\u02bbqidilar. Namozda qatnashganlar soni esa to\u02bbrt ming kishidan ortiqni tashkil qilgan [7: 91].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali al-Qoriy ko\u02bbp sohalar bilimdoni hisoblanib, juda ko\u02bbp ilmiy asarlar yaratgan. Ular jumlasiga, hadisshunoslik, fiqhshunoslik, Qur\u02bconni qiroatlarda o\u02bbqish, kalom ilmi, tasavvuf tarix, tarjima, adabiyotshunoslik sohalarini kiritishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma o\u02bbzining betakror, kamyob tarzda yozilgan hamda latif va mazmunli mulohazalarni o\u02bbz ichiga qamrab oluvchi asarlarining ko\u02bbpligi bilan ham shuhrat qozongan. Manbalarda keltirilishicha, ularning soni 125 tani tashkil etadi va ular bir necha jildlardan iborat kitoblar va ko\u02bbplab sahifalar hamda risolalardan iborat[6: 8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimning to\u02bbplamlarni yozishdagi o\u02bbziga xos uslubi shundaki, u barcha asarlardagi boblarni qimmatli ma\u02bclumotlar va mubohasalar bilan boyitgan. Ular barcha uchun tushunarli, ko\u02bbpchilik olimlar ijodida uchramaydigan yo\u02bbnalish bilan yozilgan bo\u02bblib, hech qanday mavhum iboralar ishtirokisiz amalga oshirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrinib turibdiki, Ali al-Qoriy shariat bilimlarining bilimdoni bo\u02bblibgina qolmay, husnixat bilan ham muntazam shug\u02bbullanib borgan. Shayx Muhammad Tohir ibn Abdulqodir Kurdiy o\u02bbzining \u201cTarix al-xat al-arabiy va odobihi\u201d kitobida shunday yozadi: \u201cAli al-Qoriy nasx, nastaliq va suls xatlari bo\u02bbyicha mohir xattot bo\u02bblgan va ko\u02bbplab bellashuvlar g\u02bbolibi bo\u02bblgan. Allomaning husnixat ilmidagi mahoratni Mar\u02bcashiyning shogirdi Shayx Hamidulloh Amosiydan o\u02bbrgangan bo\u02bblib yil bo\u02bbyi Qur\u02bcon mus\u02bchafi va \u00abJalolayn\u201d tafsirini yozib tugatgach, sotib pulini yil davomidagi o\u02bbzining sarf xarajatlari uchun ishlatardi\u00bb[6: 29].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shavkoniy \u201cAl-Badr at-tole\u02bc\u201d asarida yozishicha, Ali al-Qoriy o\u02bbninchi hijriy sananing boshlarida maydonga chiqqan mujaddid va mujtahiddir\u00bb[1: 20].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAli ibn Sulton Muhammad al-Qoriy, \u2013 deb yozadi mashhur faqih Husayn ibn Muhammad Said Abdulg\u02bbani al-makkiy al-Hanafiy \u00abIrshod as-soriy ila manosik al-Ali al-Qoriy\u201d asarida, o\u02bbz zamonasining buyuk allomasi, mashhur olim, aqliy va naqliy bilimlarni o\u02bbzida mujassamlashtirgan, Qur\u02bconi karim va hadis ilmi bo\u02bbyicha bildirilgan fikrlarni asosli tarzda sharhlovchi-tadqiqotchidir\u00bb[8: 34].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali al-Qoriy Makkadagi ko\u02bbplab allomalardan ilm oladi va o\u02bbzining tinimsiz izlanishlari natijasida yetuk olim bo\u02bblib yetishadi. O\u02bbsha paytda Makka shahri va xususan, Arab diyorlarida ko\u02bbproq shofe\u02bciy, molikiy va hanbaliy mazhablari tarqalgan edi. Mazkur mazhablarga mansub ba\u02bczi kishilar (ayniqsa, shofe\u02bciyga) yetuk alloma Imom A\u02bczam mazhabini kamsitib, uni faqat \u201cra\u02bcy\u201dga asoslangan, degan gaplarni aytishardi. Ba\u02bczilar esa hatto Abu Hanifaning o\u02bbziga ham malomat toshini otib, u zotni hadis ilmida ilmsizlikda ayblashardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiya mazhabiga mansub bo\u02bblgan Ali al-Qoriy ilm bobida shunday yuksak martabaga ko\u02bbtarildiki, bu salohiyat unga ayrim mazhab imomlari ortidan ergashib Abu Hanifa to\u02bbg\u02bbrisida noto\u02bbg\u02bbri fikrda yurganlar qarashlariga e\u02bctiroz bildirishga, keskin raddiyalar yozishga va Abu Hanifa sha\u02bcnini himoya qilishga va hatto, inkor etilish darajasiga yetgan hanafiya mazhabini himoya qilishga sabab bo\u02bbldi va u buning uddasidan chiqdi. Imom Molikka esa namozda qo\u02bblni pastga tushirib o\u02bbqish borasida qarshi chiqadi[3: 39].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq, bu chiqishlar Alloma oldida ko\u02bbplab qiyinchiliklarning paydo bo\u02bblishiga sabab bo\u02bbladi. Olim Shavkoniy, uning bu boradagi jasorati haqida gapirib, shunday deydi: \u201cUshbu qarash uning darajasini yana bir bor ko\u02bbkka ko\u02bbtarishning isbotidir, chunki mujtahidning oldida turuvchi vazifa ixtilofli masalalarda haqiqiy dalilni bayon qilish va unga o\u02bbz qarashlarini xolis holda avvalgi o\u02bbtgan olimlar tomonidan to\u02bbg\u02bbri yoki noto\u02bbg\u02bbri fikr bildirilganligini aniq bayon qilishdan iboratdir\u201d[7: 90].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomanning ijodi va faoliyatiga nazar soladigan bo\u02bblsak, u ko\u02bbproq matnlarga sharh yozishga bag\u02bbishlanganligini ko\u02bbrishimiz mumkin. Alloma\u00a0 o\u02bbz ilmiy va ijodiy faoliyatida arab tili va adabiyotiga chuqur hurmat bilan qaragan va o\u02bbz asarlarini arab tilida yozgan. Uning asarlari ilm-fanning ko\u02bbpgina sohalarini o\u02bbz ichiga qamrab olgan bo\u02bblib, ularning soni yuzdan ham ortiq ekanligini alohida ta\u02bckidlash mumkin. Olim fiqh, hadis, tafsir, qiroat, usul al-fiqh, kalom ilmi, tasavvuf, tarix, tabaqot, adabiyot, tilshunoslik va shu kabi ko\u02bbplab sohalarda ijod qilgan va asarlar yaratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning asarlari nafisligi, foydaliligi, qanoatbaxshligi, juda oson va yengil tilda yozilganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, uning asarlarga sharh yozishdagi o\u02bbziga xos uslubi shundaki, u insonlar uchun qiyinchilik tug\u02bbdiradigan iboralarni oddiygina hamda tushunarli tilda bayon qiladi va islom arkonlari yuzasidan bildirilgan fikrlarning to\u02bbg\u02bbri yoki noto\u02bbg\u02bbriligini Qur\u02bconi karim oyatlari va hadislarni hanafiy mazhabi usulul-fiqh qoidalari asosida isbotlab chiqadi[7: 89].<strong>\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa o\u02bbrnida<\/strong>:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali ibn Sulton al-Qoriy qadimgi Xurosonning ko\u02bbhna Hirot shahrida tavallud topib, umrining bir qismini o\u02bbsha yerda o\u02bbtkazgan. Rofiziylarning birinchi podshohi sulton Ismoil ibn Haydar safaviy Hirotni egallab, musulmonlarga haddan ziyod tazyiq o\u02bbtkazib, rofiziylar shiorini majburan singdira boshlagach, Hirot olimlariga tug\u02bbilib o\u02bbsgan vatani torlik qilib qoladi va shu sababdan imkon topganlar hijrat qilishga majbur\u00a0 bo\u02bblishi, alloma, arab diyorlaridan\u00a0 bo\u02bblgan Xijozda \u00a0umrini ko\u02bbp\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 qismini\u00a0 o\u02bbtkazishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim Shavkoniy, \u201cAli-al-Qoriy hijratning birinchi ming yilligi boshlarida mujaddidlik rutbasiga ko\u02bbtarilgan\u201d, \u2013 deb ta\u02bcrif berishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiya mazhabiga mansub bo\u02bblgan Ali al-Qoriy ilm bobida shunday yuksak martabaga ko\u02bbtarildiki, bu salohiyat unga ayrim mazhab imomlari, Abu Hanifa to\u02bbg\u02bbrisida noto\u02bbg\u02bbri fikrda yurganlar qarashlariga e\u02bctiroz bildirishga, keskin raddiyalar yozishga va Abu Hanifa sha\u02bcnini himoya qilishga va hatto, inkor etilish darajasiga yetgan hanafiya mazhabini himoya qilishga sabab bo\u02bbldi va u buning uddasidan chiqishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomanning ijodi va faoliyatiga nazar soladigan bo\u02bblsak, u ko\u02bbproq matnlarga sharh yozishga bag\u02bbishlanganligini ko\u02bbrishimiz mumkin. Alloma o\u02bbz ilmiy va ijodiy faoliyatida arab tili va adabiyotiga chuqur hurmat bilan qaragan va o\u02bbz asarlarini arab tilida yozgan. Uning asarlari ilm-fanning ko\u02bbpgina sohalarini o\u02bbz ichiga qamrab olgan bo\u02bblib, ularning soni 125 tadan ham ortiq ekanligini alohida ta\u02bckidlash mumkin. Olim fiqh, hadis, tafsir, qiroat, usul al-fiqh, kalom ilmi, tasavvuf, tarix, tabaqot, adabiyot, tilshunoslik va shu kabi ko\u02bbplab sohalarda ijod qilgan va asarlar yaratishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U o\u02bbz yurti Hirotda bo\u02bblganida ham, ilm yo\u02bblida o\u02bbzga yurtlarda bo\u02bblganida ham o\u02bbz davrining mashhur ulamolaridan ta\u02bclim olgan, hamma joyda olim va fozillar davrasidagi ilmiy uchrashuvlarda qatnashgan va muttasil ravishda o\u02bbz ilmini oshirishga harakat qilgan. Ali al-Qoriy Qur\u02bconi karim ilmini mukammal tarzda o\u02bbrganishni Makka shahridagi buyuk qorilar homiyligida ham davom ettirdi, shuningdek uni qismlarga ajratib yodlash va yetti qiroatda o\u02bbqishni a\u02bclo darajada davom ettirib\u00bb al-Qoriy\u00bb nomi bilan mashhur bo\u02bblishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz tadqiq qilayotgan manba \u201cMirqot\u201d asarining asli \u201cMishkot al-masobih\u201d hadislarining alloma o\u02bbz ustozlaridan qay yo\u02bbl bilan olgan ijozalarini keltirishi;<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN\u00a0 ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<ol>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Muhibbiy. Xulosat al-asar fi ayon al-qarni al-hadi ashar. O\u02bbzFASHI, toshbosma, inv.\u2116 8130.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hofiz Sayyid Abdulhay Kittoniy. at-Tarotib al-idoriy va al-amolat va as-sino\u02bcat va al-matojir va al-holat va al-ilmiyya alloti konat alo ahdi ta\u02bcsis al-madina al-munavvara. Al-maktaba ash-shomila.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali al-Qoriy. Mirqot al-mafotih sharh Mishkot al-masobih. \u2013Qohira: Dor al-kutub al-islomiy, 1966. J.1.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulmalik Asomiy ash-Shofe\u02bciy. Sumt an-nujum al-avali va at-tavali. Al-maktaba ash-shomila.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Muhammad Abu Zahra. Al-Hadis va al-Muhaddisun. \u2013 Bayrut-Livan: Dor al-kutub al-arabiy,1984.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali al-Qoriy. Mirqot al-mafotih sharh Mishkot al-masobih. \u2013 Bayrut: Dor al-fikr, 1994. J.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shavkoniy. al-Badr at-tole\u02bc.\u2013 Qohira: Dor al-kutub al-islamiy, 1909.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Husayn ibn Muhammad Said Abdulg\u02bbani makkiy Hanafiy. Irshod as-soriy ila manosik al-Ali al-Qoriy. Al-maktaba ash-shomila.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21434#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Rofiziy toifasi o\u02bbrta asrlarda islom ilohiyotida izchil yo\u02bbldan chetga chiqqan shialar oqimi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0Islom UBAYDULLAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom instituti hamda<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi ISESCO kafedrasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>mustaqil tadqiqotchisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Allomaning to\u02bbliq ismi Nuriddin Ali Ibn Sulton Muhammad Makkiy Hanafiy bo\u02bblib, \u201cAl-Qoriy\u201d kuniyasi bilan mashhurdir. \u00abAl\u2013Qoriy\u00bb nomining unga berilishiga sabab, u Qur\u02bconi karimni turli qiroatlarda o\u02bbqish bo\u02bbyicha peshqadamlardan bo\u02bblgan. Shuning uchun al-Qoriy nomi bilan shuhrat qozongan[1: 21]. Hofiz Sayyid Abdulhay Kitoniy (vaf. 1381\/1961y.) o\u02bbzining \u201cat-Tarotib al-idoriya va-l-amalot va-s-sinoot va-l-matojir va al-holot va-l-ilmiya allatiy konat alo &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21435,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Allomaning to\u02bbliq ismi Nuriddin Ali Ibn Sulton Muhammad Makkiy Hanafiy bo\u02bblib, \u201cAl-Qoriy\u201d kuniyasi bilan mashhurdir. \u00abAl\u2013Qoriy\u00bb nomining unga berilishiga sabab, u Qur\u02bconi karimni turli qiroatlarda o\u02bbqish bo\u02bbyicha peshqadamlardan bo\u02bblgan. Shuning uchun al-Qoriy nomi bilan shuhrat qozongan[1: 21]. Hofiz Sayyid Abdulhay Kitoniy (vaf. 1381\/1961y.) o\u02bbzining \u201cat-Tarotib al-idoriya va-l-amalot va-s-sinoot va-l-matojir va al-holot va-l-ilmiya allatiy konat alo &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-04-21T04:54:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz\",\"name\":\"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg\",\"datePublished\":\"2022-04-21T04:54:24+00:00\",\"dateModified\":\"2022-04-21T04:54:24+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Allomaning to\u02bbliq ismi Nuriddin Ali Ibn Sulton Muhammad Makkiy Hanafiy bo\u02bblib, \u201cAl-Qoriy\u201d kuniyasi bilan mashhurdir. \u00abAl\u2013Qoriy\u00bb nomining unga berilishiga sabab, u Qur\u02bconi karimni turli qiroatlarda o\u02bbqish bo\u02bbyicha peshqadamlardan bo\u02bblgan. Shuning uchun al-Qoriy nomi bilan shuhrat qozongan[1: 21]. Hofiz Sayyid Abdulhay Kitoniy (vaf. 1381\/1961y.) o\u02bbzining \u201cat-Tarotib al-idoriya va-l-amalot va-s-sinoot va-l-matojir va al-holot va-l-ilmiya allatiy konat alo &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-04-21T04:54:24+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz","name":"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg","datePublished":"2022-04-21T04:54:24+00:00","dateModified":"2022-04-21T04:54:24+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_68.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21437&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ALI AL-QORINING HAYOTI VA ILMIY M\u0415ROSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21437"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21437"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21437\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21438,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21437\/revisions\/21438"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21435"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21437"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21437"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21437"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}