{"id":21407,"date":"2022-04-18T11:28:45","date_gmt":"2022-04-18T06:28:45","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21407"},"modified":"2022-04-18T11:28:45","modified_gmt":"2022-04-18T06:28:45","slug":"o%ca%bbzr-fa-abu-rayhon-b%d0%b5runiy-nomidagi-sharqshunoslik-instituti-qo%ca%bblyozmalar-fondidagi-tajvid-ilmiga-oid-manbalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan allomalar, mutafakkirlar va islom ilmlarining bilimdonlari turli islomiy fanlar bo\u02bbyicha barakali ijod qilganlar. Tafsir ilmida Abullays Samarqandiy, Abulbarakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy; fiqh ilmida Abu Hafsi Kabir, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Bakr Kosoniy, Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud ibn Toj ash-shari\u02bca Buxoriy; kalom va aqida ilmida Abu Mansur Moturidiy, Abulmuin Nasafiy kabi ming-minglab mutafakkirlar yetishib chiqqanlar. Ana shunday islomiy fanlar qatorida Qur\u02bconni to\u02bbg\u02bbri o\u02bbqish qonun-qoidalariga bag\u02bbishlangan tajvid va qiroat ilmi ham bor bo\u02bblib, mazkur mintaqada ushbu sohada ham yuzlab olimlar ilmiy faoliyat olib borganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi Asosiy fondida saqlanayotgan nodir va noyob qo\u02bblyozma manbalarning bir qanchasi aynan tajvid ilmiga oiddir. Biroq, ular to\u02bbg\u02bbrisida umumiy tasavvur hosil qilish uchun ilmiy ma\u02bclumotlar yo\u02bbq hisobi. Birlamchi hisob-kitoblarga qaraganda, arabcha manbalarning 141 ta nusxasi, forscha va turkiycha manbalarning esa 182 ta nusxasi aynan tajvid ilmiga oid qo\u02bblyozmalarni tashkil qiladi. Ularning aksariyati Imom Shotibiy (1144-1194) \u201cHirz al-amoniy\u201d va Shamsiddin Jazariy (1350-1429) qalamiga mansub arabcha \u201cal-Muqaddima\u201d asari yoki Mirzo Zohid (XVIII asr) degan mahalliy qorining forscha \u201cQavoid al-Qur\u02bcon\u201d asarlari nusxalari bo\u02bblishiga qaramasdan dunyo ilmiy jamoatchiligiga noma\u02bclum, jahonning boshqa qo\u02bblyozma fondlarida topilmaydigan bir qancha manbalar ham bor. Ular haligacha ilmiy tadqiqotlar doirasiga tortilmagan, ko\u02bbpchiligining mukammal ilmiy tavsiflari ham yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulqosim Shotibiy qadim Andalusiyaning Shotiba shahrida tug\u02bbilgan. U ko\u02bbzlari ojiz xolda tug\u02bbilgan bo\u02bblishiga qaramasdan Qur\u02bconi karimni barcha qiroatlari bilan to\u02bbliq yod olgan edi. Shuningdek, \u201cSahihi Buxoriy\u201d, \u201cSahihi Muslim\u201d va \u201cal-Muvatto\u201d singari hadis to\u02bbplamlarini mukammal yod olganligi manbalarda qayd qilingan [17:\u00a0 180].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulqosim Shotibiyning butun dunyoga mashhur tajvid va qiroat ilmiga bag\u02bbishlangan asarining to\u02bbliq nomi \u201cHarz al-amoniy va vajh at-tahoniy fi-l-qiroat as-sab\u02bc al-masoniy\u201d deb atalgan va muallif nisbasi bilan \u201cShotibiya\u201d deb ham shuhrat qozongan. Mazkur asar she\u02bcriy manzuma shaklida tuzilgan bo\u02bblib, baytlarining barcha bandlari \u201clom\u201d harfi bilan tugatilgan. Shuning uchun ham asar ilm ahli orasida \u201cLomiya\u201d nomi bilan ham mashhur bo\u02bblgan. Asar 78 bobdan iborat bo\u02bblib, 1173 baytni o\u02bbz ichiga oladi. \u201cShotibiya\u201dning 18 ta noyob qo\u02bblyozma nusxasi O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalarining Asosiy fondida saqlanadi. Mazkur fondda asarning \u201cIbroz al-maoniy\u201d, \u201cMubarriz al-maoniy\u201d, \u201cKanz al-maoniy\u201d, \u201cSiroj al-Qori\u201d, \u201cKoshif al-maoniy\u201d va \u201cQutbiya\u201d kabi o\u02bbnga yaqin sharhlari nusxalari ham mavjud. Bu jihat asarning O\u02bbrta Osiyoda naqadar shuhrat qozonganini ham yoqqol ko\u02bbrsatadi. Imom Shotibiyning mazkur qasida manzumasidan tashqari \u201cKitob vuquf al-mudallal al-arois al-Qur\u02bcon bi-l-hall al-mukallal\u201d nomli asarining ham noyob qo\u02bblyozma nusxasi saqlanadi [3: 175].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsiddin Jazariy esa sohibqiron Amir Temur davrida Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandga kelib ilmiy faoliyat olib borgan qiroat olimi hisoblanadi. Uning o\u02bbndan ortiq asarlari shuhrat qozongan bo\u02bblsa-da, biroq eng muhim asari aynan tajvid ilmiga bag\u02bbishlangan. U \u201cal-Muqaddima al-jazariya\u201d deb ataladi. U ham \u201cShotibiya\u201d singari manzuma shaklida tuzilgan bo\u02bblib, aruzning rajaz bahrida yozilgan. U 108 baytdan iborat. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalarining Asosiy fondida uning 20 ga yaqin nusxalari bor. Mazkur asarning Toshkubrizoda (1495-1561) va Mavlono Ali al-qori (vaf. 1606) tomonidan qilingan sharhlaridan ham bir necha nusxalari mavjud. Shamsiddin Jazariyning yana qiroat ilmiga oid \u201cTiybat an-nashr\u201d va \u201can-Nihoya\u201d kabi asarlarining qo\u02bblyozma nusxalari ham mazkur fondda mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo madrasalarida XIX asrda juda mashhur bo\u02bblgan tajvidga oid asarlardan biri Mirzo Zohid degan olimning qalamiga mansubdir. U ham o\u02bbtmishdoshlariga o\u02bbxshab o\u02bbz asarini nazmda bitgan bo\u02bblib, \u201cNazm al-qavoid\u201d, \u201cQavoid al-qurro\u201d, \u201cQavoid al-Qur\u02bcon\u201d, \u201cMaxoriji yoron\u201d va \u201cMaxorij al-huruf\u201d kabi nomlar bilan ataladi. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismi arab harflarining maxrajlari, ya\u02bcni harflarni og\u02bbizning chiqaradigan o\u02bbrinlariga bag\u02bbishlangan. Bu qism 40 baytdan iborat. Ikkinchi qismi esa 57 baytdan iborat. U Abdurrauf degan shaxsga bag\u02bbishlangan. Asarda \u201cBahri Abdurrauf kardam nazm, Ba inoyoti hazrati Mavlo!\u201d (Hazrati Mavlo, ya\u02bcni Allohning yordami bilan Abdurrauf uchun nazm qildim) degan bayt bor [10: 43]. \u201cSobraniye vostochn\u044bx rukopisey Akademii nauk Uzbekskoy SSR\u201d katalogida mazkur Abdurraufni madrasaning talabasi bo\u02bblsa kerak, deyiladi [16: 270]. Bizningcha, u muallifning o\u02bbg\u02bbillaridan biri bo\u02bblishi kerak. Odatda bu xildagi asarlar farzandlar uchun atab yoziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cNazm al-qavoid\u201dning birinchi qismi: \u201cIn chihil baytro shuda ta\u02bcrix, Dar bayoni \u201cmaxoriji yoron\u201d (Ushbu qirq baytga \u201cmaxoriji yoron\u201d bayonida so\u02bbzi ta\u02bcrix bo\u02bblgan) degan bayt bilan tugatilgan. Bu yerda \u201cmaxoriji yoron\u201d so\u02bbzi ta\u02bcrix moddasi bo\u02bblsa, u abjad hisobida 1106 ni anglatadi. Demak, asar ushbu sanada bitilgan. Bu 1694-1695 yillarga to\u02bbg\u02bbri keladi. \u201cSobraniye vostochn\u044bx rukopisey Akademii nauk Uzbekskoy SSR\u201d katalogida ham ushbu sana qayd etilgan. Unda 1117 va 1112 sanalar ham ko\u02bbrsatilgan. Agar unga biz \u201cbayon\u201d so\u02bbzini ham qo\u02bbshib hisoblasak, u holda 1169 sanasi hosil bo\u02bbladi va u 1755 yilga to\u02bbg\u02bbri keladi. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi kartatekalarida esa asarning yozilgan vaqti bo\u02bbyicha 1101, 1111 kabi boshqa ham sanalar ko\u02bbrsatib o\u02bbtilgan. Hatto 3927\/I raqamli qo\u02bblyozma nusxasi kartatekasida 901\/1495, 2463\/VII raqamli qo\u02bblyozma nusxasi kartatekasida esa 1175\/1762 sanani yozilgan yili sifatida qayd qilingan. Demak, bu xildagi turliliklar asarni jiddiy tadqiq etish zaruratini tug\u02bbdiradi hamda muallif va asar to\u02bbg\u02bbrisida ilmiy ma\u02bclumotlar yetarli emasligini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cNazm al-qavoid\u201dning birinchi qismi arab harflarining maxrajlariga oid bo\u02bblib, muallif aytishicha, ular 16 ta maxrajga ega. Ikkinchi qismda esa \u201cg\u02bbunna\u201d, \u201ctafxim\u201d, \u201cqalqala\u201d, \u201cmad\u201d kabi tajvid qoidalari nazmda tushuntirib berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u201cNazm al-qavoid\u201dning 63 ta qo\u02bblyozma nusxasi O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalarining Asosiy fondida saqlanadi. Biroq, kartatekalarda ularning ayrimlarining muallifi sifatida Zohidiy yoki Abdurrauf deb ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyoda fors tilidan bitilgan manbalardan yana biri Ibn Imod degan muallif tomonidan yozilgan bo\u02bblib, \u201cXulosat at-tanzil\u201d deb ataladi [9]. U 803\/1400 yili yozilgan. Uning eng qadimgi nusxalaridan biri 929\/1522 sanada kitobat qilingan [8: 24]. \u201cHadyat ul-orifin\u201dda \u201cIbn Imod\u201d taxallusli andijonlik olim to\u02bbg\u02bbrisida xabar berilgan bo\u02bblib, uning to\u02bbliq nomini Kamoliddin Muhammad ibn Abu Muhammad Hajjoj ibn Yusuf ibn Imod ibn G\u02bbozi Andugoniy deb keltiradi. Uni 1326 yilda tavallud topganini va 1375 yili yozgan kalom ilmiga oid \u201cSidq al-kalom\u201d nomli asari to\u02bbg\u02bbrisida yozadi. Andugonni esa Farg\u02bbonaning bir qishlog\u02bbi sifatida keltiradi [7: 192]. Bizningcha, mazkur muallif umrining oxirlarida tajvidga oid manzuma ham yaratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tajvidga oid forsiy manbalardan yana biri \u201cQavoid al-Qur\u02bcon\u201d deb nomlanadi. Uning muallifi Yormuhammad ibn Xudoydod Samarqandiy bo\u02bblib, XVI asrda yashagan olim hisoblanadi. Mazkur manbaning 15 ga yaqin nusxalari mavjud. Eng qadimiy nusxasi asar yozilgan 920\/1514 sanadan bir yil keyin Muhammad Akbar Jomiy nomli xattot tomonidan nasx xatida 49 varaqli qilib ko\u02bbchirilgan [4: 49].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cal-Minah al-fikriya\u201d asari muallifi Ali al-qori o\u02bbz sharhini yozishda Yor Muhammad Samarqandiyning \u201cQavoid al-Qur\u02bcon\u201d kitobidan ham foydalangan. Jumladan, Yor Muhammad Samarqandiyning \u201cbuf\u201d (\u0628\u0648\u0641) harflariga sukunlik \u201cmim\u201d yo\u02bbliqqanda \u201cmim\u201dni izhor qilish to\u02bbg\u02bbrisidagi fikrini keltirib o\u02bbtgan [11: 198]. Biroq, mazkur \u201cal-Minah al-fikriya\u201dni nashrga tayyorlagan Usoma Atoyo Yor Muhammad Samarqandiyni samarqandlik boshqa bir qiroat va tajvid olimi, \u201cIzoh al-xavolif\u201d, \u201cRuh al-murid\u201d, \u201cAqd al-farid fi ilm at-tajvid\u201d, \u201cat-Tashjir\u201d va \u201cal-Mabsut va-l-mazbut\u201d asarlari muallifi\u00a0 \u2013 Muhammad ibn Mahmud ibn Muhammad Samarqandiy (vaf. 1378) bilan yanglishtirgan. Lekin, u holda uning ismiga \u201cYor\u201d qo\u02bbshimchasi nega qo\u02bbshilib qolganiga izoh bermagan. Bizningcha, Mulla Ali al-qori bu yerda aynan \u201cQavoid al-Qur\u02bcon\u201d asari muallifi Yor Muhammad Samarqandiyni nazarda tutgan. \u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Ismat nomi bilan shuhrat qozongan buxorolik adiblardan biri Ismatulloh ibn Mahmud ibn Ne\u02bcmatulloh Buxoriy (XVI asr) tomonidan tajvid ilmiga oid \u201cNajot al-qori\u201d nomli asar bitilgan. Shayboniy Abdullatifxonga bag\u02bbishlangan mazkur manba Qur\u02bcon o\u02bbqish xosiyatlari, ayrim oyatlarning fazilatlari va xato o\u02bbqish hukmlari bayon qilingan. Uning ikki qo\u02bblyozma nusxasi O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalarining Asosiy fondida saqlanadi [5]. Asar nasrda yozilgan bo\u02bblib, harflarning maxrajlari to\u02bbg\u02bbrisidagi muallifning manzumasi ham unga ilova qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofizi Kalon nomi bilan tanilgan buxorolik olimning \u201cad-Durrat al-farida\u201d hamda \u201cAnis al-qurro\u201d nomli asarlari mavjud [19]. U Ubaydullohxon davrida Buxoroda ilmiy faoliyat olib borgan olim hisoblanadi. \u201cAnis al-qurro\u201dning 927\/1521 yili ko\u02bbchirilgan nusxasi avtograf bo\u02bblishi ham mumkin. Muallifning \u201cXulosat al-hukamo\u201d nomli fors tilidagi asarni o\u02bbzbek tiliga tarjima qilgani ham ma\u02bclum [20: 78].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farg\u02bbonalik olimlardan biri Sidqiy taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Sodiq ibn Abdulboqi Farg\u02bboniy tomonidan 1000\/1591 yili \u201cRiyoz al-abror\u201d nomli asar bitilgan. 41 varaqdan iborat ushbu asar qo\u02bblyozmasi Qur\u02bcon qiroatiga bag\u02bbishlangan fors tilidagi noyob manba hisoblanadi [12: 41]. Yana shu yili muallifning \u201cHadoyiq al-axyor\u201d nomli asari ham yozilgan. Uning ham bir necha qo\u02bblyozma nusxalari O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalarining Asosiy fondida saqlanadi [13].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxorolik tarixchi, mutasavvif Sayyid Zinda nomi bilan tanilgan Ali ibn Azizon ibn Mir Husayn Buxoriy 1107\/1695 sanada bitgan \u201cTuhfai G\u02bbijduvoniy\u201d nomli asar ham Qur\u02bcon o\u02bbqish qoidalariga bag\u02bbishlangan. Asarning toshkentlik xattot Abdulvahhob Shoshiy tomonidan 1865 yili kitobat qilingan bir nusxasi 45 varaqdan iborat [15: 45]. Asar ashtarxoniylardan bo\u02bblgan Subhonqulixon davrida 1107\/1695 yili yozilgan. Kitob nomi aslida \u201cQiroat as-Sibtayn\u201d deb atalgan bo\u02bblib, fors tilida 635 baytdan iborat qilib tuzilgan manzuma hisoblanadi [14: 42]. Muallifning \u201cSamarot al-mashoyix\u201d nomli asari esa O\u02bbrta Osiyoda faoliyat yuritgan tasavvuf ahlining faoliyatini o\u02bbrganishda muhim manba hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIX asrga kelib ham tajvidga bag\u02bbishlangan bir qancha asarlar yozildi. Mazkur asarlarning aksariyatini Qur\u02bconi karimni to\u02bbliq yod olgan qorilar, hofizi Qur\u02bconlar bitganligi ularning mualliflari nomlaridan ham ko\u02bbrinib turadi. Ismoil qori degan muallif tomonidan ham \u201cQavoid al-qurro\u201d nomli asar bitilgan [6: 4]. Jalol qorining \u201cMuttafaq al-qiroat\u201d, Do\u02bbst qorining \u201cMajma\u02bc al-qavoid\u201d, Nuriddin Muhammad qorining \u201cMaqsud al-qori\u201d, Abdulkabir qorining \u201cMatlub al-qiroat\u201d, Muhammad Shodi qorining \u201cFayz ar-Rahmon\u201d, Hasan qorining \u201cAhsan al-qori\u201d, Hofiz Abdullohning \u201cMarg\u02bbub al-qori\u201d va Abdunnosir domla Sayfulloh o\u02bbg\u02bbli tomonidan bitilgan \u201cTuhfat at-tolibin\u201d nomli asarlarni ham misol keltirish mumkin [18].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bcon o\u02bbqish qoidalariga oid XIX asrda bitilgan manbalardan biri \u201cHujjat al-voqifin\u201d deb nomlangan. Uni Buxoro Arkidagi masjid imomi Qori Abdurrahim Torobiy Buxoriy 1300\/1883 yili bitgan. Asarning bir necha nusxalari mavjud [2: 6]. Shuningdek, olimning \u201cTuhfai Siddiqxoniy\u201d va \u201cSharh Qasidai Banot-suod\u201d nomli asarlarining ham qo\u02bblyozma nusxalari saqlanib qolgan [1: 17].\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqolaga\u00a0<strong>XULOSA<\/strong>\u00a0qiladigan bo\u02bblsak, yuqorida ham aytganimizdek, O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida hali ilmiy tadqiqotlarga jalb qilinmagan, ilmiy tavsiflari yaratilmagan qo\u02bblyozma manbalar juda ko\u02bbp. Ana shunday manbalar qatorida islomiy ilmlarga oid, ayniqsa, tajvid ilmiga bag\u02bbishlangan qo\u02bblyozmalar ham kiradi. Institut fondidagi tajvid ilmiga oid qo\u02bblyozma manbalar temuriylar davridan boshlanadi. XVI asrda esa muhim asarlar bitilgan edi. XIX asrga kelib bir qancha mo\u02bbjaz risolalar, aynan kichik yoshli bolalarga mo\u02bbljallangan fors va turkiy tildagi nazmiy va nasriy asarlar yozildi. XX asr boshlarida esa ularning o\u02bbndan ortig\u02bbi toshbosmalarda ham nashr qilib ko\u02bbpaytirilgan edi. Ularning mualliflari hayoti va ijodlari, asarlaridagi ma\u02bcno-mazmun haligacha to\u02bbliq o\u02bbrganilgan emas. Ularni o\u02bbrganish Markaziy Osiyo va uning yuragi bo\u02bblmish O\u02bbzbekiston tarixining hanuzgacha ochilmagan sahifalarini to\u02bbldirishda juda katta ahamiyati bor. Bu asarlarni tadqiq qilish natijasida yurtdosh bobokalon olimlarimizning islomiy ilmlarga qo\u02bbshgan hissasi yanada ko\u02bbproq bo\u02bblgani anglashiladi.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdurrahim Torobiy. Tuhfai Siddiqxoniy va Sharh Qasidai Banot-suod. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 3004\/I; 10390\/II; 2542.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdurrahim Torobiy. Hujjat al-voqifin. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 505\/XIII.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abulqosim Shotibiy. Kitob vuquf al-mudallal. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 12101.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yormuhammad as-Samarqandiy. Qavoid al-Qur\u02bcon. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 2451.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismatulloh Buxoriy. Najot al-qori. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116\u2116 12139\/II; 5096\/III.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil qori. Qavoid al-qurro. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 10685\/XIX.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil poshsho al-Bag\u02bbdodiy. Hadiyat al-orifin. 3-jild. \u2013 Istanbul: Bahiya, 1951.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mir Imod. Xulosat at-tanzil. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 10493\/XIII.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mir Imod. Xulosat at-tanzil. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116\u2116 5892\/II; 3468\/I.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirzo Zohid. Qavoidi qurro. \u2013T.: Breydenbax, 1896.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mulla Ali al-qori. Al-Minah al-fikriya fi sharh al-muqaddima al-jazariya \/ Tahqiq: Usoma Atoyo. \u2013Damashq: Dor al-g\u02bbavsoniy, 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Sodiq Farg\u02bboniy. Riyoz al-abror. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 6395\/II.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Sodiq al-Farg\u02bboniy. Hadoyiq al-axyor. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116\u2116 6385; 8383; 12118; 12185.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayyid Zinda Ali. Qiroat as-Sibtayn. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 1591\/III.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayyid Zinda. Tuhfai G\u02bbijduvoniy. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 1591\/III.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sobraniye vostochn\u044bx rukopisey Akademii nauk Uzbekskoy SSR. Tom XI, \u2116 7379. \u2013 T.: Fan, 1987.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xayriddin Zirikliy. Al-A\u02bclom. 5-jild. \u2013Bayrut: Dor al-ilm, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qo\u02bblyozma nusxalar uchun qarang: O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116 6374\/VII; 8487\/II; 11340\/V; 11340\/VII; 10745\/II; 11340\/VI; 10685\/XVIII; 12089\/III.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hofizi kalon. Ad-durrat al-farida. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116\u2116 10530; 10685\/XI; 2945.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hofizi kalon. Xulosat al-hukamo. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi, \u2116\u2116 5054\/I; 2892\/I.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abdumannon ISMATULLAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Xalqaro islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2-bosqich tayanch-doktoranti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan allomalar, mutafakkirlar va islom ilmlarining bilimdonlari turli islomiy fanlar bo\u02bbyicha barakali ijod qilganlar. Tafsir ilmida Abullays Samarqandiy, Abulbarakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy; fiqh ilmida Abu Hafsi Kabir, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Bakr Kosoniy, Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud ibn Toj ash-shari\u02bca Buxoriy; kalom va aqida ilmida Abu Mansur Moturidiy, Abulmuin Nasafiy kabi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21406,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan allomalar, mutafakkirlar va islom ilmlarining bilimdonlari turli islomiy fanlar bo\u02bbyicha barakali ijod qilganlar. Tafsir ilmida Abullays Samarqandiy, Abulbarakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy; fiqh ilmida Abu Hafsi Kabir, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Bakr Kosoniy, Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud ibn Toj ash-shari\u02bca Buxoriy; kalom va aqida ilmida Abu Mansur Moturidiy, Abulmuin Nasafiy kabi &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-04-18T06:28:45+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg\",\"datePublished\":\"2022-04-18T06:28:45+00:00\",\"dateModified\":\"2022-04-18T06:28:45+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan allomalar, mutafakkirlar va islom ilmlarining bilimdonlari turli islomiy fanlar bo\u02bbyicha barakali ijod qilganlar. Tafsir ilmida Abullays Samarqandiy, Abulbarakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy; fiqh ilmida Abu Hafsi Kabir, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Bakr Kosoniy, Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud ibn Toj ash-shari\u02bca Buxoriy; kalom va aqida ilmida Abu Mansur Moturidiy, Abulmuin Nasafiy kabi &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-04-18T06:28:45+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz","name":"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg","datePublished":"2022-04-18T06:28:45+00:00","dateModified":"2022-04-18T06:28:45+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/bukhari_buxoriy2022_64.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21407&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbzR FA ABU RAYHON B\u0415RUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21407"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21407"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21407\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21408,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21407\/revisions\/21408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21406"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21407"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21407"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21407"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}