{"id":21245,"date":"2022-04-09T17:22:34","date_gmt":"2022-04-09T12:22:34","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21245"},"modified":"2022-04-09T17:22:34","modified_gmt":"2022-04-09T12:22:34","slug":"ulug%ca%bb-ayyom-kunlaridagi-ezgu-ishlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz","title":{"rendered":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va mahallalarni obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2018 yil 15 iyun, Ramazon hayiti kuni Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toshi qo\u02bbygan edi. Bugungi muborak Ramazon kunlarida davlatimiz rahbari ushbu majmuaga yana tashrif buyurdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu markaz ham mahobati, ham mohiyati jihatidan ulkan loyiha. Uning qurilishi qariyb to\u02bbrt yildirki davom etmoqda. Majmua uch qavatli bo\u02bblib, qadimiy obidalarimiz shaklida barpo etilgan. Bino markazida ulkan gumbaz, to\u02bbrt tomonida simmetrik peshtoqlar qurilgan. Bugungi kunda pardozlash ishlari olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev shu ishlarni ko\u02bbzdan kechirdi. Binoni pardozlashda qadimiy madrasalarimizdagi belgilar va issiq ranglardan foydalanilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlatimiz rahbari majmuani chiroyli va sifatli qilib qurish bilan birga mazmuniga alohida e\u02bctibor qaratish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugun, muborak Ramazon oyida, juma kunida bu yerga kelishimiz bejiz emas. Bunday ulug\u02bb ayyom kunlarida qilingan niyatlar amalga oshadi. Oxirgi yillarda og\u02bbir-og\u02bbir sinovlardan o\u02bbtdik. Lekin bu yerda ish to\u02bbxtagani yo\u02bbq. Nima uchun buni qurayapmiz? Xalqimizning dunyoqarashini, g\u02bbururini ko\u02bbtarish, qanday buyuk el ekanimizni ashyoviy dalillar bilan namoyon etish uchun, \u2014 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ma\u02bcnaviy qudratini ko\u02bbrsatishi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbtgan yili Qashqadaryoda \u201cO\u02bbzbekiston GTL\u201d zavodini ochib, butun dunyoga mamlakatimizning iqtisodiy qudratini ko\u02bbrsatdik. Bu markaz xalqimizning ma\u02bcnaviy va ma\u02bcrifiy qudrati timsoli bo\u02bblib qoladi, \u2014 deya ta\u02bckidladi Prezident.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlatimiz rahbari devorlardagi ravoqlarning bezak va yozuvlari namunalari bilan tanishdi. Darvozalar tepasiga tinchlik, ilm, odobga<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">chorlovchi oyatlardan yozish maqsadga muvofiqligini aytdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom sivilizatsiyasi markazining tarkibiy qismlari to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot berildi. Birinchi qavatda muzey ombori, qadimiy qo\u02bblyozma va osori-atiqalarni saqlash hamda restavratsiya qilish xonalari, nashriyot va kitob do\u02bbkonlari joylashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ikkinchi qavat majmuaning asosiy ko\u02bbrgazma maydoni bo\u02bbladi. Bu yerdagi Islom tarixi muzeyi 9 ta bo\u02bblimdan tashkil topadi. Binoning markazida 65 metr balandlikdagi gumbaz ostida Islom olamining durdonasi hisoblangan Usmon mus\u02bchafi qo\u02bbyiladi. Bu zal atrofida yana 8 ta \u2014 \u201cIslomdan avvalgi davrda Markaziy Osiyo\u201d, \u201cIslomning Markaziy Osiyoga yoyilishi\u201d, \u201cTa\u02bclim\u201d, \u201cIlm-fan\u201d, \u201cMe\u02bcmorchilik va shaharsozlik\u201d, \u201cSan\u02bcat va badiiy hunarmandchilik\u201d, \u201cAn\u02bcanalar\u201d hamda \u201cUchinchi Renessans \u2014 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d bo\u02bblimlari joylashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, bu qavatda 550 kishiga mo\u02bbljallangan konferensiya zali bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimiz \u201cIlm-fan\u201d bo\u02bblimini ko\u02bbzdan kechirdi. Alloma bobolarimiz merosini keng va ta\u02bcsirchan targ\u02bbib etish bo\u02bbyicha tavsiyalar berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlatimiz rahbari uchinchi qavatga chiqib, kutubxona, Islom akademiyasi ilmiy kafedralari va ma\u02bcmuriy xonalar namunalarini ham ko\u02bbrdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Universitet mahallasiga bordi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ijtimoiy dasturlarni mahallabay amalga oshirish \u2014 davlatimiz rahbarining eng asosiy talabi. Universitet mahallasida ham ish shunday tashkil etilgan. Fuqarolar yig\u02bbini binosi zamonaviy ta\u02bcmirlangan. Uylar hovlisi, maydonchalar obod qilinib, ichki yo\u02bbllar beton bilan tekislangan, 700 metr uzunlikdagi velosiped yo\u02bblaklari qurilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, o\u02bbtgan yili noyabrda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi e\u02bclon qilingan edi. Davlatimiz rahbari bu jarayonda daraxt ko\u02bbchatlari ekish bilan birga mahallalarda ishkomli ko\u02bbchalar tashkil qilish zarurligini aytgan edi. Shunga muvofiq, Universitet mahallasida 750 metr uzunlikdagi ishkomlar o\u02bbrnatilib, uzum ko\u02bbchatlari ekilgan. Ko\u02bbp qavatli uylar oldidagi maydonlarga rayhon, namozshomgul kabi gullar yetishtirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Universitet mahallasida 4 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. 19 ta ko\u02bbp qavatli uyning qiyofasi, yo\u02bblaklari yaxshilandi. Bu yerda 150 o\u02bbrinli xususiy maktab ham bor. O\u02bbndan ortiq kichik biznes korxonasida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqsa.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimiz mahallada bajarilgan ishlarni ko\u02bbzdan kechirdi. Mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2014 Sizlarni avvalo Ramazon oyi bilan, mahallangiz shunday obod bo\u02bblgani bilan tabriklayman. Bu salgina harakat qilsa, rahbarlar pastga tushib ishlasa, natija bo\u02bblishining bir misoli. Ilgari mahallaning nomi bor edi, hokim xushi kelsa, gaplashardi. Hozir hamma tizimni mahallada mujassam qilayapmiz. Nima uchun? Har bir oilaga, har bir insonga yetib borish uchun. Bunday ishlar hamma mahallada tezroq bo\u02bblishini istardim, \u2014 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbtgan yili Toshkent shahridagi 579 ta mahallaga 2 milliard so\u02bbmdan berilgan edi. Bu yil ham yana shunchadan mablag\u02bb yo\u02bbnaltirilishi ma\u02bclum qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlatimiz rahbari mahalladagi \u201cOlmazor<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">xolding grand\u201d boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ko\u02bbp joylarda bo\u02bblgani kabi Universitet mahallasida ham kommunal xizmat ko\u02bbrsatishda muammolar bor edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2021 yil 19 iyunda O\u02bbzbekiston Prezidentining \u201cKo\u02bbp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori qabul qilingandi. \u201cOlmazor xolding grand\u201d kompaniyasi ushbu imkoniyatlar natijasida tashkil topdi. Uning ikki qavatli binosida qulay sharoitlar yaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kompaniya 7 mahalladagi 103 ta ko\u02bbp qavatli uyga xizmat ko\u02bbrsatadi. Ilgari bu uylarga 27 ta shirkat qaragan. Ularda direktordan boshqa mutaxassis, maxsus texnika bo\u02bblmagan. Hozir servis kompaniyasida 70 ta doimiy ish o\u02bbrni yaratilgan. Maxsus texnikalar sotib olingan. Kompaniya binosida kommunal xizmatlar bo\u02bbyicha o\u02bbquv markazi ham ochilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hisob-kitoblarda billing tizimi yo\u02bblga qo\u02bbyilgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida \u201cMening uyim\u201d mobil ilovasi joriy etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bundan tashqari, boshqaruv kompaniyasi binosidagi qo\u02bbshimcha xonalar hamda ko\u02bbp qavatli uylarning yerto\u02bblasida 30 ga yaqin maishiy xizmatlar tashkil etilgan. Prezidentimiz ushbu shoxobchalarni ham kirib ko\u02bbrdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu yerda Toshkent shahri tumanlarida tashkil etiladigan boshqaruv servis kompaniyalari bo\u02bbyicha taqsimot o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatni borib ko\u02bbrdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur ta\u02bclim muassasasi 1966 yilda tashkil etilgan bo\u02bblib, 2016 yilda kapital ta\u02bcmirlangan. Ayni paytda bu yerda 221 nafar o\u02bbquvchi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">tarbiyalanmoqsa. Ularga oliy ma\u02bclumotli defektolog va tarbiyachilar saboq bermoqda. O\u02bbtgan yili 21 nafar bitiruvchidan 3 nafari oliy ta\u02bclim muassasalariga o\u02bbqishga kirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Maktab-internatda 4 ta o\u02bbquv binosi, 280 o\u02bbrinli yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali, faollar zali mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlat rahbari o\u02bbqituvchilar bilan suhbatlashdi. Tarbiyalanuvchilarning mashg\u02bbulot jarayonlarini ko\u02bbzdan kechirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Toshkent shahar hokimligiga maktab-internatning oshxonasi va texnologiya xonalarini ta\u02bcmirlash, sport kompleksi va ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etish bo\u02bbyicha topshiriq berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xalq ta\u02bclimi vazirligiga \u201cZamin\u201d jamg\u02bbarmasi bilan birga 2 ming 600 dan ziyod zaif eshituvchi bolalarni tibbiy tekshiruvdan o\u02bbtkazib, ularni eshitish moslamalari bilan ta\u02bcminlash, eshitish qobiliyati tiklangan bolalarni bosqichma-bosqich umumta\u02bclim maktablariga o\u02bbtkazish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shundan so\u02bbng maktab-internatda yurtimizdagi shunday ijtimoiy muassasalardagi sharoitlarni yaxshilash bo\u02bbyicha videoselektor yig\u02bbilishi o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev so\u02bbzining avvalida Qur\u02bconi karimning \u201cRahmon\u201d surasidagi \u201cYaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir\u201d, degan oyatni yodga oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Keksalarga hurmat, muhtojparga mehr-muruvvat ko\u02bbrsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Pandemiya davrida \u201cSaxovat va ko\u02bbmak\u201d umumxalq harakati keng tarqalib, elimiz ehtiyojmandlarga beg\u02bbaraz yordam bergani, qiyinchilik va sinovlarni bahamjihat yengib o\u02bbtgani buning yorqin misoli bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Inson qadrini ulug\u02bblash, mehr va yordamga muhtoj aholini qo\u02bbllab-quvvatlash \u2014 davlatimiz<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ijtimoiy siyosatining muhim yo\u02bbnalishi. Bu borada juda ko\u02bbp xayrli ishlar qilinmoqsa.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbtgan yili 25 martda qabul qilingan Prezident farmoni asosida keksalar va nogironligi bo\u02bblgan shaxslarni ijtimoiy qo\u02bbllab-quvvatlash, \u201cSaxovat\u201d va \u201cMuruvvat\u201d internat uylarini yaxshilash choralari ko\u02bbrildi. Jumladan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojpantirish agentligi tashkil etilib, \u201cSaxovat\u201d va \u201cMuruvvat\u201d uylari, faxriylar sanatoriy va pansionatlari, boshqa qator tibbiy-ijtimoiy muassasalar uning tasarrufiga o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cSaxovat\u201d, \u201cMuruvvat\u201d uylari, Respublika faxriylar pansionatining rahbar va shifokorlari ish haqi 1,5 barobarga, kichik va o\u02bbrta tibbiyot xodimlari ish haqi 2 barobarga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu internat uylarda yashovchi 9 ming 400 nafar keksalar va nogironligi bo\u02bblgan shaxslar hamda 18 ming nafar yolg\u02bbiz fuqarolar tibbiy ko\u02bbrikdan o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cZamin\u201d jamg\u02bbarmasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bolalar raqamli eshitish moslamalari bilan ta\u02bcminlandi, 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlandi. Nogironligi bo\u02bblgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari, 1 ming 100 nafar shaxs pultli aravachalar bilan ta\u02bcminlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yig\u02bbilishda viloyat hokimlari o\u02bbz hududidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarga borib, u yerdagi ahvolni o\u02bbz ko\u02bbzi bilan ko\u02bbrgani, muammolarni o\u02bbrgangani haqida axborot berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jumladan, 12 ta \u201cSaxovat\u201d va \u201cMuruvvat\u201d uyida qo\u02bbshimcha bino, 7 tasida yotoqxona, oshxona, tibbiyot bo\u02bblimi, sport zali qurish, 21 tasida binolar va isitish-sovutish tizimini ta\u02bcmirlash zarurligi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, 6 ta \u201cMehribonlik uyi\u201d, imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan 11 ta maktab-internat ta\u02bcmirga muhtoj.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezident mutasaddilarga barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvolini yana bir bor chuqur o\u02bbrganib, zarur qurilish va ta\u02bcmirlash ishlarini qamrab olgan holda 2022-2024 yillarga mo\u02bbljallangan hukumat qarori loyihasini tayyorlashni vazifa qilib qo\u02bbydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bunday muassasalardagi keksalar, nogironligi bo\u02bblgan bolalar va shaxslarni to\u02bbliq tibbiy ko\u02bbrikdan o\u02bbtkazib, ularni manzilli davolanish va dam olishga yo\u02bbnaltirish bo\u02bbyicha topshiriq berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ota-ona qaramog\u02bbidan mahrum ko\u02bbplab bolalar oilalarga qaytayotgani, 10 ta Mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani sababli yopilgani qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2014 Bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani xalqimizning yuksak ma\u02bcnaviyati, iymon-insofini ko\u02bbrsatib turibdi. Lekin mamlakatimizda umuman, yetimlar bo\u02bblmasa, qanday yaxshi bo\u02bblar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berish choralarini ko\u02bbrish lozim, \u2014 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tibbiy-ijtimoiy muassasalar direktorlari so\u02bbzga chiqib, taklif va mulohazalarini bildirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yig\u02bbilishda mahallalarni ozoda va yashil makonga aylantirish, madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlarni ko\u02bbpaytirish vazifalari ham belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ziyodulla JONIB\u0415KOV, Abdulaziz MUSAYEV,<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzA muxbirlari<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va mahallalarni obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. 2018 yil 15 iyun, Ramazon hayiti kuni Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toshi qo\u02bbygan edi. Bugungi muborak Ramazon kunlarida davlatimiz rahbari ushbu majmuaga yana tashrif buyurdi. Bu markaz ham mahobati, ham mohiyati jihatidan ulkan loyiha. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-04-09T12:22:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"800\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"789\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz\",\"name\":\"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg\",\"datePublished\":\"2022-04-09T12:22:34+00:00\",\"dateModified\":\"2022-04-09T12:22:34+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg\",\"width\":800,\"height\":789},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-04-09T12:22:34+00:00","og_image":[{"width":800,"height":789,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz","name":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg","datePublished":"2022-04-09T12:22:34+00:00","dateModified":"2022-04-09T12:22:34+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/gazeta_uz_090422.jpg","width":800,"height":789},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21245&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ULUG\u02bb AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21245"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21245"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21245\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21246,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21245\/revisions\/21246"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21245"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21245"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21245"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}