{"id":21039,"date":"2022-04-01T10:03:52","date_gmt":"2022-04-01T05:03:52","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21039"},"modified":"2022-04-01T10:04:06","modified_gmt":"2022-04-01T05:04:06","slug":"xalqni-rozi-qilish-eng-ulug%ca%bbvor-maqsad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz","title":{"rendered":"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun O\u02bbzbekiston o\u02bbz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqdi. Buni yangi O\u02bbzbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohalardagi tub islohotlar misolida ham yaqqol ko\u02bbrish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda tinchlik-totuvlikni ta\u02bcminlashga qaratilgan izchil, puxta o\u02bbylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u02bbliq qo\u02bbllab-quvvatlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u02bctiborlisi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbus asosida 2018 yili BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. O\u02bbzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat BMTga a\u02bczo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma\u02bcqullandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rezolyutsiya jahonda ekstremizm, terrorizm muammosi avj olib, turli din va e\u02bctiqod vakillariga nisbatan toqatsiz, murosasiz munosabatlar kuzatilayotgan bir vaqtda global tahdidlarga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida ma\u02bcrifat, ta\u02bclim-tarbiya masalasini ilgari surgani bilan ahamiyatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sohadagi islohotlar inson qadri uchun<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur rezolyutsiyaning amaliy ifodasi mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarda yaqqol ifodasini topmoqda. Xususan, turli g\u02bbarazli kuchlar ta\u02bcsirida diniy-ekstremizm faoliyatiga adashib kirib qolgan 16 mingdan ziyod inson huquqni muhofaza qilish organlari \u201cqora ro\u02bbyxat\u201didan chiqarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kungacha o\u02bbtkazilgan \u201cMehr\u201d operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg\u02bbonistonda og\u02bbir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 500 dan ziyod ayol va bola O\u02bbzbekistonga olib kelindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ular yangilanayotgan, inson erki va huquqlari qadrlanadigan yurtimizda yangi hayot boshladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari Navro\u02bbz umumxalq bayrami arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag\u02bbrikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo\u02bblish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida \u201cOzodlikdan mahrum etish jazosini o\u02bbtayotgan, qilmishiga chin ko\u02bbngildan pushaymon bo\u02bblgan va tuzalish yo\u02bbliga qat\u02bciy o\u02bbtgan bir guruh shaxslarni afv etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi farmonni imzoladi. Hujjatga muvofiq, O\u02bbzbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, jazo muddatini o\u02bbtayotgan hamda qilmishiga chin ko\u02bbngildan pushaymon bo\u02bblgan va tuzalish yo\u02bbliga qat\u02bciy o\u02bbtgan 75 fuqaro afv etilganini e\u02bctirof etish joiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vijdon va din erkinligini ta\u02bcminlash O\u02bbzbekiston yuritayotgan siyosatning ustuvor yo\u02bbnalishlaridandir. Shu bois, so\u02bbnggi yillarda yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta\u02bcminlashga qaratilgan keng ko\u02bblamli demokratik islohotlar kechmoqda. Bu borada vijdon erkinligining huquqiy asoslarini mustahkamlash, qonunchilikni inson huquqlariga oid xalqaro andozalar asosida takomillashtirish ham islohotlarning eng dolzarb vazifalaridan, deb qaralmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson qadri ulug\u02bblanayotgan yurtimizda Prezidentimiz 2021 yil 5 iyulda imzolagan \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi yangi qonun qabul qilingani jamiyatdagi juda ko\u02bbp masalalarni yechdi. Mazkur hujjat o\u02bbzining xalqchilligi, jamiyatdagi barcha masalalarga eng haqqoniy va adolatli javob berishi bilan ahamiyatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi tahrirdagi ushbu qonun AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa ilg\u02bbor davlatlarning inson huquqlari bo\u02bbyicha markazlari hamda xalqaro tashkilotlari mutaxassislari taklif va tavsiyalarini o\u02bbrgangan holda ishlab chiqildi. Yangi qonunning oldingisidan asosiy farqli jihatlari shundaki, unda fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlari kuchaytirildi, har bir inson haq-huquqini ta\u02bcminlashning yangi mexanizmlari joriy etildi, shuningdek, davlatning din ishlari bo\u02bbyicha siyosati takomillashtirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir asosiy jihat \u2014 diniy ta\u02bclim tizimidagi yangiliklar alohida muhim o\u02bbrin tutadi. Islom dini rivoji yo\u02bblida beqiyos xizmat qilgan buyuk bobolarimizning diniy va ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish va targ\u02bbib etish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Toshkentda O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ochilgan. Shuningdek, uchta yirik oliy diniy ta\u02bclim va 10 ta o\u02bbrta maxsus islom bilim yurti faoliyat yuritmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, o\u02bbzining mahobati va Uchinchi Renessans davriga poydevor qo\u02bbyilayotgan yurtimizda ilmiy salohiyati tufayli ma\u02bcrifat maskaniga aylanishi kutilayotgan O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi xususida alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtish joiz. Zotan, xalqimizning boy diniy-ma\u02bcnaviy merosini chuqur o\u02bbrganish va dunyoga targ\u02bbib etish, yosh avlodni milliy va umum-bashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos o\u02bbrin tutadigan mazkur ilm-ma\u02bcrifat markazi hozirdanoq o\u02bbz mahobati, amalga oshirayotgan ma\u02bcnaviy, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan butun dunyo havasini keltirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz aholisining diniy-ma\u02bcrifiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda bir necha diniy oliy ta\u02bclim muassasalarida \u201cQur\u02bconi karim va tajvid\u201d o\u02bbquv kurslari tashkil etilgani yanada ahamiyatlidir. Bu bilan aholining diniy bilimlarni egallashga ehtiyoji to\u02bblaqonli ta\u02bcminlanishiga erishilmoqda. Ayni paytda mazkur kurslarda aholining turli qatlamlari va turli yoshdagi yuzlab tinglovchilar tahsil olmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbarining qat\u02bciyati, tashabbusi bilan Haj va Umra ziyorati qayta tiklandi. Pandemiya tufayli ushbu muqaddas diniy amallarni bajarish imkoniyati cheklangan edi. Biroq yurtimizda bu murakkab vaziyatni bartaraf etishdagi sa\u02bcy-harakatlar natijasida aholi dinimizning muqaddas amallarini bajarish imkoniga ega bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur islohotlar ko\u02bbp millatli xalqimiz hayoti, farovon turmushi, yorqin istiqboli, farzandlar kamoloti va orzu-istaklari ro\u02bbyobida o\u02bbz ifodasini topmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Islohotlar xalqaro maydonda keng e\u02bctirof etilmoqda<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl doimo ezgulikka yetaklaydi. U bir oz mashaqqatli, sinovlarga boy bo\u02bblishi tabiiy. Yurtimizdagi diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlar nafaqat vatandoshlarimiz, balki xalqaro maydonda nufuzli insonlar tomonidan e\u02bctirof etilayotgani quvonarlidir. Jumladan, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasida Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashuv bo\u02bblib o\u02bbtdi. Muloqot davomida so\u02bbnggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma\u02bcnaviy merosini har tomonlama o\u02bbrganish, eng muhimi, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish uchun xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqa ta\u02bclim muassasalari tashkil etilishi muhim qadam ekani alohida qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Do\u02bbstona kayfiyatda o\u02bbtgan suhbat davomida Yusuf al-Utaybiy so\u02bbnggi yillarda O\u02bbzbekiston va Saudiya Arabistoni o\u02bbrtasidagi hamkorlik barcha sohalarda rivojlanib borayotganini ta\u02bckidladi. U O\u02bbzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida diniy-ma\u02bcrifiy sohada kechayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Ta\u02bclim, fan, madaniyat yo\u02bbnalishlarida hamkorlik aloqalari muntazam rivojlanib, ikki tomonlama sheriklik munosabatlari yanada mustahkamlanayotgani, O\u02bbzbekiston Saudiya Arabistoni uchun muhim hamkor ekani e\u02bctirof etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misrdagi qator oliy ta\u02bclim va ilmiy-tadqiqot markazlari, jumladan, Ta\u02bclim, fan va madaniyat bo\u02bbyicha islom tashkiloti \u2014 ICESCO bilan O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi do\u02bbstona munosabatlar o\u02bbrnatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2021 yil dekabr oyida Misr poytaxti Qohira shahrida 60 dan ziyod a\u02bczo davlat ishtirokida ICESCO ijroiya kengashining 42-sessiyasi hamda XIV bosh konferensiyasi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Mazkur anjumanda yurtimiz delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashrif davomida Al-Azhar majmuasi rahbari o\u02bbrinbosari Abdurahmon Muhammad Duvayniy janoblari islom sivilizatsiyasi rivojida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy kabi o\u02bbzbek allomalari hissasi alohida ekanini, Al-Azharda o\u02bbqiydigan har bir talaba Abu Barakot Nasafiyning \u201cMadorikut tanzil va haqoiqut ta\u02bcvil\u201d asarini mutolaa qilishi, uni chuqur o\u02bbrganishi talab etilishini bildirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, konferensiya davomida ICESCO Bosh kotibi Salim Malik tashkilotga a\u02bczo davlatlarning ishlarini tahlil qilar ekan, eng tartibli a\u02bczo davlatlar qatorida O\u02bbzbekistonni e\u02bctirof etib, ICESCO O\u02bbzbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan mamnunligi, raqamli texnologiyalar, kosmik tadqiqotlar rivojida yurtimiz allomalari, xususan, Xorazmiyning beqiyos hissasi borligini alohida ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBugungi raqamli texnologiyalar rivojida, ayniqsa, fazo ilmlari, kosmik tadqiqotlar taraqqiyoti uchun insoniyat, eng avvalo, Xorazmiyga ta\u02bczim qilishi kerak. Zero, VIII-IX asrlarda yashagan qomusiy alloma Xorazmiyning ilm-fandagi kashfiyotlari va u kishi qo\u02bbygan mustahkam poydevor bugungi kunga kelib muhtasham majmuaga aylandi\u201d, deya qayd etdi Salim Malik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhit barqarorligi yo\u02bblida<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida ro\u02bby berayotgan ijtimoiy-siyosiy bo\u02bbhronlar tufayli mafkuralar to\u02bbqnashuvi keskin tus olmoqda. Bunday vaziyatda fikrga qarshi fikr, g\u02bboyaga qarshi g\u02bboya, jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashish har qachongidan ko\u02bbra, muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, joriy yil davomida yurtimiz bo\u02bbylab aholini qadimiy boy tariximizdan boxabar qilish, Vatanimizga muhabbat, yurtimizdagi islohotlarga daxldorlik tuyg\u02bbusini shakllantirish maqsadida soha mutaxassislari tomonidan \u201cJaholatga qarshi ma\u02bcrifat\u201d mavzusida ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbirlar o\u02bbtkazilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur tadbirlarda ishtirok etgan ekspertlar yurtdoshlarimizga hayotiy misollar, turli ibratli hikoyatlar orqali o\u02bbz fikr-mulohazalarini yetkazmoqda. Uchrashuvlarda milliy o\u02bbzligimiz, asriy qadriyatlarimizga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotgan \u201commaviy madaniyat\u201d niqobi ostidagi xurujlar, diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan xabardor bo\u02bblish kerakligi ta\u02bckidlanayotir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do\u02bbstlik kabi olijanob maqsadlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan g\u02bboyaviy xatarlar, globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalarida so\u02bbz yuritilib, ushbu jarayonda jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashish har qachongidan ham muhimligi qayd etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi barchamizni yanada birlashtirdi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida shahar va qishloqlarimizda joriy yil 1 martdan e\u02bctiboran o\u02bbtkazilayotgan \u201cYashil yillik\u201d umummilliy tadbiri yurtimizda yashayotgan turli millat va diniy konfessiyalar vakillarini yagona maqsad atrofida birlashtirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ezgu maqsadning amaliy qadamlari o\u02bblaroq, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasida 16 konfessiya vakillari ishtirokida bo\u02bblib o\u02bbtgan uchrashuvda irqi, millati, diniy e\u02bctiqodga mansubligidan qat\u02bci nazar, barcha yurtdoshlarimizni \u201cYashil yillik\u201d umummilliy tadbirida faol bo\u02bblishga undovchi bayonot qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakat bo\u02bbylab mazkur tadbir doirasida har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko\u02bbchatlar tanlanib, ularni yetishtirish uchun ko\u02bbchatxonalarni ko\u02bbpaytirish hamda aholiga kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt ko\u02bbchatini bepul tarqatish belgilandi. Quvonarlisi, xayrli tashabbusga xalqimiz chin dildan xayrixohligini ko\u02bbrsatmoqda. Ushbu tashabbusning amalga oshishida turli din va millat vakillari qo\u02bblni qo\u02bblga berib, yagona va ahil oila a\u02bczolaridek ishtirok etishi muhim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O\u02bbzbekiston yeparxiyasi rahbari Mitropolit Vikentiy mazkur bayonot haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: \u201cShu yurtni obod qilish, uning yashilligiga hissa qo\u02bbshish, tabiatni sof holda asrash, diniy e\u02bctiqodidan qat\u02bci nazar, har birimizning muqaddas burchimizdir. Ushbu ezgu maqsad yo\u02bblida barchani hamjihat bo\u02bblishga va tashabbuskorlikka chaqiramiz. Ta\u02bckidlash lozimki, har bir samoviy dinda tabiatga oqilona munosabat, uni asrab-avaylashga chaqiriq bot-bot takrorlanadi. Bu da\u02bcvatga \u201clabbay\u201d, deb javob qilish bizning vazifamizdir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasini qo\u02bbllab-quvvatlash, ushbu xayrli tashabbus doirasida hududlarni obodonlashtirish, ko\u02bbchat va gullar ekishni targ\u02bbib etishga qaratilgan bayonoti qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu kabi xayrli ishlarda har birimiz kamarbasta bo\u02bblib, atrof-muhitni himoya qilish, yurtimizni pokiza saqlashga munosib hissa qo\u02bbshishimiz zarur. Ayniqsa, dunyoda ro\u02bby berayotgan iqlim o\u02bbzgarishi bilan bog\u02bbliq global muammolar, fojialar qarshisida insoniyatning ojiz qolayotgani, bizdan talab etiladigani ne\u02bcmatlarga shukr qilib, uni asrab-avaylashga turtki beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>So\u02bbnggi so\u02bbz o\u02bbrnida<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ommaviy didsizlikka targ\u02bbib, milliy zehniyat o\u02bbtmaslashishiga yetaklovchi harakatlarga rag\u02bbbatning goh yashirin, goh oshkora shaklda kuchayib borishi kuzatilayotgan global makonda milliy o\u02bbzlikni anglash tuyg\u02bbusi tobora siyqalashib, tundlashayotgandek. Bu borada ulug\u02bb ajdodlarimiz faoliyati va merosidan faxr tuyishning o\u02bbzigina kamlik qiladi. Negaki, o\u02bbsha ilmiy merosning qadr-qimmatini anglamay, ular bilan shunchaki faxrlanish bilan uzoqqa borib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, imkon qadar mazkur ma\u02bcnaviy merosdan bahramand bo\u02bblishimiz kerak. Bu yo\u02bblda sohaning bilimdonlari, ahli ilm \u2014 ustozlarning bilimi bizga asqatadi. Buyuk allomalar hayoti va ijodini o\u02bbrganishga mo\u02bbljallangan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi kabi yirik ilm-fan loyihalari bunyod etilishi mana shu jihatlari bilan ham e\u02bctiborga molik. Ushbu markazlar ulug\u02bb allomalarimiz merosini o\u02bbrganish, hayotga tatbiq etishda, Prezidentimiz ta\u02bcbiri bilan aytganda, O\u02bbzbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurishdek ulug\u02bb maqsadlar ro\u02bbyobi yo\u02bblida hal etuvchi ilmiy-amaliy maskan sifatida bo\u02bby ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cInson qadrini ulug\u02bblash\u201d haqida so\u02bbz borar ekan, bu boradagi amaliy sa\u02bcy-harakatlar millat, xalq manfaatlarini ta\u02bcminlashga, uning qaddini ko\u02bbtarishga xizmat qiladigan chora-tadbirlar bilan hamohanglikda, uyg\u02bbunlikda olib borilsa, maqsadga muvofiq. Qaddini rostlagan xalq ona Vatani qadrini yuksaklarga ko\u02bbtara oladi. Pirovardida, har bir yurtdoshimiz qadr topadi, xalqni rozi qilishdek ulug\u02bbvor maqsad amalga oshadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sodiq TOSHBOYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raisi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 1 aprel, 65(587)-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun O\u02bbzbekiston o\u02bbz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqdi. Buni yangi O\u02bbzbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohalardagi tub islohotlar misolida ham yaqqol ko\u02bbrish mumkin. Mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda tinchlik-totuvlikni ta\u02bcminlashga qaratilgan izchil, puxta o\u02bbylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u02bbliq &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21038,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bugun O\u02bbzbekiston o\u02bbz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqdi. Buni yangi O\u02bbzbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohalardagi tub islohotlar misolida ham yaqqol ko\u02bbrish mumkin. Mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda tinchlik-totuvlikni ta\u02bcminlashga qaratilgan izchil, puxta o\u02bbylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u02bbliq &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-04-01T05:03:52+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-04-01T05:04:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"579\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz\",\"name\":\"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg\",\"datePublished\":\"2022-04-01T05:03:52+00:00\",\"dateModified\":\"2022-04-01T05:04:06+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg\",\"width\":660,\"height\":579},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bugun O\u02bbzbekiston o\u02bbz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqdi. Buni yangi O\u02bbzbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohalardagi tub islohotlar misolida ham yaqqol ko\u02bbrish mumkin. Mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda tinchlik-totuvlikni ta\u02bcminlashga qaratilgan izchil, puxta o\u02bbylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u02bbliq &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-04-01T05:03:52+00:00","article_modified_time":"2022-04-01T05:04:06+00:00","og_image":[{"width":660,"height":579,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz","name":"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg","datePublished":"2022-04-01T05:03:52+00:00","dateModified":"2022-04-01T05:04:06+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/SHABLON-GAZETA-37.jpg","width":660,"height":579},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21039&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XALQNI ROZI QILISH\u2013ENG ULUG\u02bbVOR MAQSAD"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21039"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21039"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21039\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21041,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21039\/revisions\/21041"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21038"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21039"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21039"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21039"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}