{"id":21003,"date":"2022-03-31T11:30:44","date_gmt":"2022-03-31T06:30:44","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=21003"},"modified":"2022-03-31T11:30:44","modified_gmt":"2022-03-31T06:30:44","slug":"m%d0%b5hr-oqibat-shukronalik-xayr-saxovat-oyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz","title":{"rendered":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Bismillahir Rohmanir Rohim.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati payg\u02bbambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlar bo\u02bblsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Butun dunyo mo\u02bbmin-musulmonlari intiqib kutadigan Ramazoni sharif oyi kirib kelmoqda. Ramazon oyi \u2014 rahmat, mag\u02bbfirat, gunohlardan yuvilib, do\u02bbzaxdan panoh bo\u02bbladigan oy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasulimiz alayhissalom marhamat qilib aytadilarki: \u201cRamazon oyi kirganda jannat eshiklari ochiladi, jahannamga qulf solinadi va shaytonlar kishanlanadi\u201d (Imom Buxoriy).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon fazilati haqida Salmon roziyallohu anhu qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cU avvali rahmat, o\u02bbrtasi mag\u02bbfirat va oxiri do\u02bbzaxdan ozod bo\u02bblish fursati bo\u02bblgan oydir\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mamlakatimizda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o\u02bbtkazishga alohida e\u02bctibor qaratiladi. Bu sharif oyda xalqimizga xos bo\u02bblgan mehr-oqibat, shukronalik tuyg\u02bbulari yana bir bor namoyon bo\u02bbladi. Ehtiyojmand kishilarni qo\u02bbllab-quvvatlash ishlariga alohida urg\u02bbu qaratiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu bois har yilgidek yurtdoshlarimiz Ramazon oyini ko\u02bbtarinki kayfiyat, o\u02bbzgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandchilik ila kutib olmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu oyda masjidlarda mo\u02bbmin-musulmonlar bilan taroveh namozlarini ado etamiz, xatmi Qur\u02bconlarni o\u02bbqiymiz, yurtimizga qut-baraka yog\u02bbilishini Haq taolodan so\u02bbraymiz. Bu yil yurtimizdagi 1 ming 520 dan ortiq masjidlarda xatmi Qur\u02bconlar qilinadi, insha Alloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi keng ko\u02bblamli islohotlar, yangidan ochilayotgan masjid-madrasalar, qayta chiroy ochayotgan qadamjolar mo\u02bbmin-musulmonlarni cheksiz mamnun etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Raqamlarga e\u02bctibor qaratadigan bo\u02bblsak, so\u02bbnggi 5 yilning o\u02bbzida 70 ga yaqin yangi masjidlar ochildi, 200 dan ziyodi qayta bunyod etildi. Bunday ishlar jadal davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Diniy ta\u02bclim muassasalariga ahamiyat berilib, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda Hadis ilmi oliy maktabi va Surxondaryoda Imom Termiziy madrasasi ta\u02bcsis etildi, qabul kvotalari bir necha baravar oshirildi. Shuningdek, umra ziyoratlari bo\u02bbyicha ham katta natijalarga erishildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dini ta\u02bclimotlarini ilmiy o\u02bbrganish va keng tarannum etish borasida Markaziy Osiyoda yagona bo\u02bblgan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda. Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy, Toshkentda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadkikot markazlari faoliyat yuritmoqda. Turli hududlarda hadis, kalom, aqida, tasavvuf, fiqh ilmiy maktablari ish olib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ta\u02bckidlash joizki, amalga oshirilayotgan islohotlardan ko\u02bbzlangan maqsad \u2014 ona Vatanimizni yanada obod etish, xalqimiz farovonligini ta\u02bcminlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash va yoshlarni komil inson etib tarbiyalashdir. Muxtasar aytganda, barcha soha va yo\u02bbnalishlardagi ishlar \u201cInson qadri uchun\u201d g\u02bboyasini hayotga tatbiq etishni ko\u02bbzda tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Allohning muborak kitobi \u2014 Qur\u02bconi karim nozil bo\u02bblgan oy, mohi sharifi Ramazon tashrif buyurayotgan shu kunlarda qalblarimiz nurafshon bo\u02bblib, ezgu orzu-umidlarga limmo-lim to\u02bblib turibdi. Binobarin, bu oyda ado etiladigan solih amallar evaziga mo\u02bbmin-musulmonlar juda katta ajr-savoblarga erishadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu ma\u02bcnoda, Ramazon \u2014 insonlarga yaxshilik qilish, xayr-saxovat oyidir. Payg\u02bbambarimiz alayhissalom bu oyda boshqa oylarga qaraganda yanada saxiyroq bo\u02bblib ketardilar. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: \u201cRasululloh (sollallohu alayhi vasallam) odamlarning eng saxovatlisi edilar. Ul zotning saxovatlari Ramazon oyida \u2014 har kecha Jabroil (alayhissalom) Ul zotga Qur\u02bconni ta\u02bclim berish uchun huzurlariga tashrif buyuradigan paytlarda \u2014 ayniqsa, cho\u02bbqqisiga chiqardi. Darhaqiqat, Allohning Rasuli (sollallohu alayhi vasallam) odamlarga yaxshilik bilan muruvvat ko\u02bbrsatishda shiddat bilan esayotgan shamoldan-da uchqurroq edilar\u201d (Imom Buxoriy).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuning uchun ham qadimdan musulmonlar Ramazon kirganda har galgidan saxovatliroq bo\u02bblishga odatlangan. Davlatmand kishilar zakotlarini ham aynan Ramazonda ado etishlari ham shundan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyida har bir kishi qalbini poklashi, o\u02bbzaro xusumat va ginalarni yo\u02bbqotish, qo\u02bbni-qo\u02bbshnilar va qavmu qarindoshlar orasida yordamga muhtojlarga muruvvat ko\u02bbrsatish, qarindoshlarga silai rahm qilish, bemorlarni ziyorat etish, yetimlar boshini silash, yolg\u02bbiz keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning holidan xabar olish kabi savobli ishlarga shoshilishi lozim. Birovning diliga ozor yetkazish, haqqiga tajovuz qilish kabi barcha gunoh ishlardan butunlay forig\u02bb bo\u02bblishga intiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyida farz qilingan ro\u02bbza tutiladi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda bu haqda shunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Ey, imon keltirganlar! Si<\/strong><strong>z<\/strong><strong>lardan oldingi (ummat)larga farz\u00a0<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza tutish farz\u00a0<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ilindi, shoyad (u sababli) ta<\/strong><strong>q<\/strong><strong>voli bo\u02bblsangiz<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0(Baqara surasi, 183-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo ushbu oyati karimada \u201cEy, insonlar\u201d deb emas, balki \u201cEy, imon keltirganlar\u201d deb xitob qildi. Bu shakldagi xitobda ulamolarimiz \u201cEy, menga imon keltirib, meni yaxshi ko\u02bbrgan bandalarim! Sizlarga ro\u02bbza tutishni farz qildim\u201d, degan ma\u02bcno borligini aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza \u2014 Alloh bilan banda orasida sir bo\u02bblgan ibodatdir. Hech kimsiz, yolg\u02bbiz o\u02bbzi qolganida ham ro\u02bbzador Alloh taolo ko\u02bbrib turganini his qilib, biror narsa yemaydi. Ana shular \u2014 ro\u02bbza Alloh uchun tutilishining belgisidir. Shuning uchun ham yolg\u02bbiz Alloh uchun bo\u02bblgan ibodatning mukofotini Alloh taoloning O\u02bbzi berishga va\u02bcda qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladi: \u201cAlloh taolo: \u201cOdam bolasining hamma amali \u2014 o\u02bbzi uchun, faqat ro\u02bbza \u2014 Men uchundir va uning mukofotini Men O\u02bbzim berurman\u201d, dedi. Ro\u02bbza \u2014 saqlovchidir. Qachon qaysi biringiz ro\u02bbzador bo\u02bblsa, fahshdan gapirmasin va baqir-chaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan so\u02bbkishmoqchi bo\u02bblsa, \u201cMen ro\u02bbzadorman\u201d desin. Muhammadning joni qo\u02bblida bo\u02bblgan Zot ila qasamki, albatta, ro\u02bbzadorning og\u02bbzining hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushbo\u02bbyroqdir. Ro\u02bbzadorga ikki marta xursandchilik bor: biri \u2014 iftor vaqtida og\u02bbzini ochganda va ikkinchisi \u2014 Qiyomat kunida Robbisiga ro\u02bbbaro\u02bb bo\u02bblganda\u201d (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hazrati payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir hadisida ro\u02bbzadorning sifatlari zikr etilib, ro\u02bbzadorning duosi maqbuldir, deyildi. Shuning uchun ham bu qutlug\u02bb oyda chin qalbdan, ich-ichdan, astoydil dunyo va oxirat saodatini so\u02bbrab duolar qilishimiz kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz Parvardigori olamning rahmat va mag\u02bbfirati jo\u02bbsh urib, Yer yuziga ilohiy nurlar yog\u02bbiladigan oy arafasida turibmiz. Ushbu oyni g\u02bbanimat bilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va rizqimiz to\u02bbkinligini Alloh taolodan so\u02bbraylik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog\u02bblik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu futuh olib kelsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barchamizga fazilatli Ramazon oyi muborak bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Nuriddin XOLIQNAZAROV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati payg\u02bbambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlar bo\u02bblsin. Butun dunyo mo\u02bbmin-musulmonlari intiqib kutadigan Ramazoni sharif oyi kirib kelmoqda. Ramazon oyi \u2014 rahmat, mag\u02bbfirat, gunohlardan yuvilib, do\u02bbzaxdan panoh bo\u02bbladigan oy. Rasulimiz alayhissalom marhamat qilib aytadilarki: \u201cRamazon oyi kirganda jannat eshiklari ochiladi, jahannamga qulf &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21001,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-03-31T06:30:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"800\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"711\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz\",\"name\":\"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg\",\"datePublished\":\"2022-03-31T06:30:44+00:00\",\"dateModified\":\"2022-03-31T06:30:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg\",\"width\":800,\"height\":711},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-03-31T06:30:44+00:00","og_image":[{"width":800,"height":711,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz","name":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg","datePublished":"2022-03-31T06:30:44+00:00","dateModified":"2022-03-31T06:30:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/gazeta_xs_310321.jpg","width":800,"height":711},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=21003&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"M\u0415HR-OQIBAT, SHUKRONALIK, XAYR-SAXOVAT OYI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21003"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21003"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21003\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21004,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21003\/revisions\/21004"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21001"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21003"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21003"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21003"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}