{"id":20955,"date":"2022-03-29T18:14:57","date_gmt":"2022-03-29T13:14:57","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20955"},"modified":"2022-03-29T18:19:37","modified_gmt":"2022-03-29T13:19:37","slug":"o%ca%bbrta-asrlarda-sog%ca%bbarjdan-chiqqan-allomalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbrta asrlarda Movarounnahrning butun dunyoga dong\u02bbi ketgan Samarqand, Buxoro, Nasaf, Shosh va Termiz kabi qadimiy shaharlari bilan bir qatorda ko\u02bbplab katta-kichik qishloq-qo\u02bbrg\u02bbonlarida ham ilm-fan, madaniyat yuqori darajada rivojlangan. Bu yerlardan ilm-fanning turli sohalarida ijod qilgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Qaffol Shoshiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg\u02bboniy, Burhonuddin Marg\u02bbinoniy kabi yuzlab allomalar yetishib chiqqan. Buyuk Ipak yo\u02bblida joylashgan mana shunday joylardan biri ko\u02bbhna Sog\u02bbarj qishlog\u02bbidir. Manbalarda qadimiy Sug\u02bbddagi Ishtixonga qarashli katta qishloq bo\u02bblgani qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulkarim Sam\u02bconiyning (v. 562\/1167) \u201cAnsob\u201d va Yoqut Hamaviyning (574\/1178-626\/1229) \u201cMo\u02bbjamul buldon\u201d kitoblarida keltirilgan ma\u02bclumotga ko\u02bbra, Sog\u02bbarj Sug\u02bbd hududidagi qishloqlardan biri bo\u02bblib, Samarqanddan besh farsah masofada, Ishtixonning nohiya \u2013 chekkasida joylashgan. U tabiati go\u02bbzal, havosi musaffo bo\u02bblgan katta qishloqdir. Bir necha alloma va hadis roviylariga bu qishloqning nisbati berilib, Sog\u02bbarjiy nisbasi bilan mashhur bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manbalarda Sog\u02bbarj XII-XVII aslarga kelib qarorgoh bo\u02bblgani ham qayd etilgan. Jumladan, Nizomiddin Shomiy \u201cZafarnoma\u201dda Sog\u02bbarj qo\u02bbshin to\u02bbplanadigan qarorgoh bo\u02bblganini keltirgan. Xususan, Amir Temur To\u02bbxtamish bilan bo\u02bblib o\u02bbtgan jangdan oldin Sog\u02bbarjda lashkar to\u02bbplagan. XV-XVII asrlardagi\u00a0<a href=\"https:\/\/qomus.info\/oz\/encyclopedia\/v\/vaqf\/\">vaqf<\/a>\u00a0hujjatlarida ham Sog\u02bbarj qayd etilgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Boturxon Valixo\u02bbjayev \u201cXoja Ahror tarixi\u201d risolasida Sog\u02bbarj qishloq yoki shahar bo\u02bblganini quyidagicha keltirgan: \u201cSug\u02bbd va Miyonkol tarixi bilan shug\u02bbullangan olimlardan akademik V.V.Bartold, V.L.Vyatkin, O.D.Chexovich, M.A.Salohiddinova, B.Ahmedovning manbalarga tayanib, ta\u02bckidlaganidek, tarixda Sog\u02bbarj qishloq, shahar, tuman va hatto, viloyat tarzida ma\u02bclum bo\u02bblgan. Jumladan, \u201cQandiya\u201d kitobi muallifining ta\u02bckidlashicha, VII-VIII asrlarda Buxorodan Samarqandga kelish yo\u02bblida eng mustahkam va katta qal\u02bca bu Sog\u02bbarj qal\u02bcasi bo\u02bblgan ekan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bundan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Sog\u02bbarj uzoq o\u02bbtmishda nafaqat qishloq, balki shahar, hatto viloyat bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Boturxon Valixo\u02bbjayev mazkur risolasida Sog\u02bbarj va Sog\u02bbarjiylar haqida ham talaygina ma\u02bclumotlarni keltirib o\u02bbtgan. Jumladan, X-XII asrlarga tegishli yozma manbalarga ko\u02bbra, Samarqanddan 7 farsah (taxminan 50 km) sharqda joylashgan Ishtixon mustaqil tuman sifatida mashhur bo\u02bblib, u shahriston, qo\u02bbrg\u02bbon-qal\u02bca va rabotga ega bo\u02bblgan. Uning shimoli-sharqiy chegarasi Sog\u02bbarj deb ataladigan tog\u02bblardan iborat bo\u02bblib, tumanning tog\u02bb yaqinidagi aholi yashaydigan joyi ham Sog\u02bbarj deb yuritilgan. Bundan ko\u02bbrinadiki, bir tomondan, Ishtixon tumanining shimoli-sharqiy chegarasi hisoblangan tog\u02bblar Sog\u02bbarj deyilgan bo\u02bblsa, ikkinchi tomondan, shu tumanning chegarasidagi qishloq ham Sog\u02bbarj deb atalgan. Ikki holatda ham Sog\u02bbarj nohiya va chegara joy ma\u02bcnosida ishlatilgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0Demak, Sog\u02bbarj tog\u02bbi ham, Sog\u02bbarj qishlog\u02bbi ham qadimgi Ishtixon hududining nohiyasi \u2013 chegarasida joylashgani uchun \u201cSog\u02bbarj\u201d nomi \u201cnohiya\u201d yoki \u201cchegaradagi joy\u201d ma\u02bcnosini anglatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qadimdan Sog\u02bbarj ko\u02bbrkam tabiati, musaffo havosi bilan mashhur bo\u02bblgan. Maqtovga sazovor tomonlaridan yana biri \u2013 uning tuprog\u02bbida ulg\u02bbaygan allomalardir, desak, xato bo\u02bblmaydi. Tarixiy yozma manbalarda bu qishloqdan bir necha ulug\u02bb alloma yetishib chiqib, ilm-fanning turli sohalarida ijod qilgani qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jumladan, Sog\u02bbarjdan chiqqan allomalar orasida eng mashhuri Shayx Burhonuddin ibn Alouddin Sog\u02bbarjiydir. Manbalarda Burhonuddin Sog\u02bbarjiy yashagan davr haqida turlicha ma\u02bclumotlar keltirilgan. Ayrim manbalarda Burhonuddin Sog\u02bbarjiy XIV asrda hayot kechirgani qayd etilgan bo\u02bblsa<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>, boshqalarida alloma XII-XIII asrda yashagan deyilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasida Sog\u02bbarjdan bir qancha ulamolar chiqqan (masalan, xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu naslidan bo\u02bblgan yirik olimlardan shayx Burhonuddin Sog\u02bbarjiy, XII asr deb, keltirilgan).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom ensiklopediyasida yozilishicha, Burhonuddin Sog\u02bbarjiy X asr Somoniylar davrida yashab, avliyolikda Qutb pog\u02bbonasiga ko\u02bbtarilgan zotdir. Amir Temur uni o\u02bbziga ma\u02bcnaviy pir deb qabul qilgan. Sog\u02bbarjiyning nasl-nasabi Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga borib taqaladi, deb keltirilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>. Burhonuddin Sog\u02bbarjiyni Amir Temur o\u02bbzining ma\u02bcnaviy piri deb bilgani yaxshi ma\u02bclum, lekin Sohibqiron u zotni ko\u02bbrmagan. Chunki, Amir Temur 1336-1405 yillarda Burhonuddin Sog\u02bbarjiydan keyin hayot kechirgan. Shunga asoslanib, Burhonuddin Sog\u02bbarjiy XII-XIII asrlarda yashagani haqiqatga yaqin, deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Burhonuddin Sog\u02bbarjiyning qabri Samarqandda Amir Temur maqbarasining shimol tomonida joylashgan. Qabr ustiga XIV asrning 80 yillarida Amir Temur chorqirra gumbazli, ulug\u02bbvor maqbara qurdirgan. Xalq orasida bu ziyoratgoh Ruhobod nomi bilan mashhurdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjiy allomalaridan yana biri faqih Abu Nasr Sog\u02bbarjiydir. Uning to\u02bbliq ismi Abu Nasr Ahmad ibn Faraj ibn Abdulaziz ibn Abulhaysam Sog\u02bbarjiy bo\u02bblib, Abu Nasr uning kunyasi (laqabi)dir. Abu Nasr Sog\u02bbarjiy faqih, fozil va solih kishi bo\u02bblgan. Alloh taolo allomaga olim farzandlar ato etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Nasr Sog\u02bbarjiy ustozi Yusuf ibn Solih Xatib va boshqa roviylardan hadislar rivoyat qilgan. O\u02bbz navbatida Abu Nasr Sog\u02bbarjiydan uning o\u02bbg\u02bbli va bir qancha ulamolar hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Nasr Sog\u02bbarjiy hijriy 524\/1130 yil rabiul-avval (fevral) oyida Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjda tavallud topib, Sog\u02bbarjiy nisbasi bilan mashhur bo\u02bblgan allomalardan yana biri Abu Muhomid Sog\u02bbarjiy bo\u02bblib, uning to\u02bbliq ismi Abu Muhomid Mahmud ibn Ahmad ibn Faraj ibn Abdulaziz Sog\u02bbarjiy Sug\u02bbdiy Samarqandiydir. Abu Muhomid\u00a0 \u2013 uning kunyasi. Alloma 480\/1087 yil jumodul-oxir (sentyabrda) oyida Sug\u02bbd vohasidagi Sog\u02bbarj qishlog\u02bbida yuqorida nomi zikr etilgan Abu Nasr Ahmad ibn Faraj xonadonida tug\u02bbilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Muhomid Sog\u02bbarjiy 11 yoshidan boshlab hadis o\u02bbrgana boshlagan. Allomaning quyidagi so\u02bbzi bunga dalildir: \u201c491 hijriy yilda menga hadisdan eng birinchi ta\u02bclim bergan kishi otamning ustozi Imom Yusuf ibn Solih Xatibiydir\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Muhomid Sog\u02bbarjiy Samarqandda Muhammad ibn Abu Bakr Attobiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>, Abu Ali Hasan ibn A\u02bcto ibn Hamza Sug\u02bbdiy, Abu Ibrohim Is\u02bchoq ibn Muhammad ibn Ibrohim Nuhiydan, Buxoroda \u201cTabsiratul adilla\u201d, \u201cBahrul kalom\u201d kabi bir qancha asarlar muallifi Abu Muin Makhul ibn Muhammad Nasafiy va Muhammad ibn Abu Bakr Attobiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>, Abu Qosim Ali ibn Ahmad ibn Ismoil Kiloboziy hamda boshqa bir qancha allomalardan hadis tinglagan. U yerdagi olimlaridan fiqh ilmini mukammal o\u02bbrgangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Muhomid Sog\u02bbarjiy o\u02bbz zamonasining zukko, fozil imomi, zabardast, o\u02bbtkir fikrli, hujjati kuchli notig\u02bbi va tafsir, fiqh ilmlarining bilimdoni bo\u02bblib, ixtilofli va muttafaq hadislarni ajrata bilgan. Samarqandda to\u02bbg\u02bbri so\u02bbz, faqih va odil muftiy bo\u02bblgani bois, shayxulislom darajasigacha ko\u02bbtarilgan. Shu bilan birga, xulqi chiroyliligi, qalbi musaffoligi, behuda so\u02bbzlarni aytmasligi va ibodatu yaxshilikda bardavomligi bilan ahli ilm orasida yuksak hurmatga sazovor bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Samarqandda ko\u02bbplab tolibi ilmlar Abu Lays Samarqandiyning \u201cTanbehul g\u02bbofilin\u201d kitobi va boshqa asarlarni aynan Abu Muhomid Sog\u02bbarjiydan o\u02bbrgangani manbalarda qayd etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>. Abu Muhomid Sog\u02bbarjiy 555\/1160 yil vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjning dovrug\u02bbini taratgan allomalardan yana biri Abu Fazl Sog\u02bbarjiydir. To\u02bbliq ismi \u2013 Abu Fazl Abbos ibn Tayyib Sog\u02bbarjiy Sug\u02bbdiy. Abu Fazl Sog\u02bbarjiy Ahmad ibn Hishom Ishtixoniy va bir qancha ulamolardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sog\u02bbarjiy kabi ulamolar hadis rivoyat qilgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Fazl Abbos ibn Tayyib Sog\u02bbarjiy Ahmad ibn Hoshim Ishtixoniydan quyidagi hadisni rivoyat qilgan<em>: Anas ibn Molik roziyallohu anhu bunday dedilar: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cKimki biror namozini unutib, uni o\u02bbz vaqtida o\u02bbqiy olmay qolsa yoki uxlab qolib, uni qazo qilib qo\u02bbysa, esiga tushgani hamon uni o\u02bbqib olsin! Alloh taolo: \u201c\u2026va yod qilingiz Parvardigoringizni qachon unutsangiz\u2026\u201d deydi\u201d,<\/em>\u00a0deb marhamat qilganlar\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjiy nisbasi bilan tanilgan yana bir alloma Abu Ahmad Sog\u02bbarjiydir. Uning to\u02bbliq ismi Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sog\u02bbarjiy Dehqon (yer egasi, mulkdor ma\u02bcnosida)dir. Abu Ahmad Sog\u02bbarjiy sohibi fazilat va faqih bo\u02bblib, Hanafiy mazhabining yetuk olimlaridan hisoblangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Ahmad Sog\u02bbarjiy fiqh ilmini ona tomondan bobosi Abbos ibn Tayyib Sog\u02bbarjiydan o\u02bbrgangan. Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan esa \u201cKitobut tafsir\u201dni o\u02bbqigan. Mazkur ustozlardan hadislar ham rivoyat qilgan. Manbalarda Abu Ahmad Sog\u02bbarjiydan ham bir qancha ulamolar hadis rivoyat qilgani qayd etilgan. Abu Ahmad Sog\u02bbarjiy 360\/971 yildan keyin vafot etgan\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjiy allomalaridan yana biri Abu Ya\u02bcqub Yusuf ibn Baxtiyor ibn Muhammad Sog\u02bbarjiydir. Abu Ya\u02bcqub Sog\u02bbarjiy Samarqandning G\u02bbonfar to\u02bbg\u02bboni (ko\u02bbprigi) boshidagi Solih mahallasida yashagan. Hoit Hayyon mahallasidagi madrasada tahsil olgan. Alloma ko\u02bbplab ulamolardan, undan esa boshqalar hadis rivoyat qilgan. Abu Ya\u02bcqub Sog\u02bbarjiy 502 yil safar oyining 3 kuni juma oqshomida (1108 yil 11 sentyabrda) vafot etgan. G\u02bbonfar to\u02bbg\u02bbonidagi maqbaraga dafn etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjiy nisbasi bilan tanilgan allomalardan yana biri Yusuf ibn Solih ibn Muhammad ibn Ubaydulloh Sog\u02bbarjiy Xatibdir. Manbalarda Yusuf Sog\u02bbarjiy o\u02bbz zamonasining yetuk notig\u02bbi bo\u02bblgani qayd etilgan. U Abu Hasan Ali ibn Ahmad Sankabosiydan hadis rivoyat qilgan. O\u02bbz navbatida Yusuf Sog\u02bbarjiydan tarixchi, faqih, tilshunos, muhaddis, mufassir olim, o\u02bbndan ziyod kitoblar muallifi Abu Hafs Umar ibn Muhammad Nasafiy va boshqa ko\u02bbplab ulamolar hadis rivoyat qilgan. Yusuf Sog\u02bbarjiy Samarqandda vafot etgan va \u201cImomul faro\u02bc\u201d maqbarasida dafn etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjning dovrug\u02bbini taratgan allomalardan yana biri Ya\u02bclo ibn Anas ibn Mojid Sog\u02bbarjiydir. Mashhur olim Abu Sa\u02bcd Idrisiy bunday deydi: \u201cYa\u02bclo ibn Anas Sog\u02bbarjiy yaqin do\u02bbstim bo\u02bblib, u biz bilan birga Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Ibrohim ibn Hasan Farg\u02bboniydan hadis tinglar edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bundan tashqari, Ya\u02bclo ibn Anas Sog\u02bbarjiy ustozi Abu Ya\u02bclo Abdulmuin ibn Xollaf Nasafiydan va bir qancha ulamolardan hadis eshitgan va rivoyat qilgan. Abu Ahmad Sog\u02bbarjiydan esa Muhammad ibn Abdulloh Mustalamiy va bir qancha allomalar hadis rivoyat qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbarjiy nisbasi bilan tanilgan roviylardan biri Abu Nazr Muhammad ibn Hotam ibn Said Sog\u02bbarjiy Sug\u02bbdiydir. Alloma dastlabki tahsilni otasidan olgan. Manbalarda Abu Nazr Sog\u02bbarjiy bir qancha ulamolardan hadis rivoyat qilgani va o\u02bbz navbatida undan Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim Mustalamiy hadis rivoyat qilgani qayd etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u00a0\u201cXoja Ahror tarixi\u201d nomli risolada XV-XVII asrlarda yashab ijod qilgan Xoja Yahyo Sog\u02bbarjiy, Najjor Sog\u02bbarjiy, Amir Abu Bakr Sog\u02bbarjiy, Hajriy Sog\u02bbarjiy, Sa\u02bcdullo Sog\u02bbarjiy, Boqir Muhammad Sog\u02bbarjiy va Mirzo Qosim Sog\u02bbarjiy kabi o\u02bbnlab Sog\u02bbarjiy nisbasi bilan tanilgan roviy, faqih, shoir, xattot va hunarmandlarning nomlari sanab o\u02bbtilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa o\u02bbrnida shuni ta\u02bckidlash lozimki, O\u02bbrta asrlarda Movarounnahrning yirik shaharlari qatori qishloqlarida ham ilm-fan yuksak darajada rivojlangan. Buni Sog\u02bbarj qishlog\u02bbi misolida ko\u02bbrish mumkin. Undan chiqqan o\u02bbnlab allomalar, islom olamining taniqli olimlari tomonidan e\u02bctirof etilishi buning isbotidir. Sog\u02bbarjdan chiqqan allomalar ko\u02bbp asrlar davomida ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-madaniy hayotda katta iz qoldirib, tarix sahifalaridan munosib o\u02bbrin egallagan. Ularning hayoti va bizga qoldirgan ulkan ma\u02bcnaviy merosini ilmiy asosda chuqur o\u02bbrganib, keng xalq ommasiga yetkazish bizning oldimizda turgan sharafli vazifalardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV<br \/>\n<\/strong><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Yoqut Hamaviy. Mo\u02bbjamul buldon. J 3. \u2013Bayrut. Dar Sadr. 1977. \u2013B.171, 389; Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B.198, 509. Ansobda Ishtixon shahri va u yerdan chiqqan allomalar haqida ko\u02bbplab ma\u02bclumotlarni topish mumkin. Jumladan, \u201cIshtixoniy\u201d degan so\u02bbz yigirma to\u02bbrt o\u02bbrinda, o\u02bbn beshdan ortiq olim haqida ma\u02bclumotlar keltirilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Qarang: O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi. \u2013T.: \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. \u2013B.549. www.ziyouz.com kutubxonasi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Valixo\u02bbjayev B. Xoja Ahror tarixi. \u2013T.: Yozuvchi, 1994. \u2013B. 54.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Valixo\u02bbjayev B. Xoja Ahror tarixi. \u2013T.: Yozuvchi, 1994. \u2013B. 53-54.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Valixo\u02bbjayev B. Xoja Ahror tarixi. \u2013T.: Yozuvchi, 1994. \u2013B.54.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Suvonqulov I. Samarqand qadamjolari. \u2013T.: O\u02bbzbekiston Respublikasi FA.\u201cFan\u201d nashriyoti, 2007. \u2013B.13.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Islom ensiklopediyasi. \u2013T.: \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. 2004. \u2013B.200.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B. 198,199.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1998. \u2013B. 199; Qutbiddin Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulloh Xayziriy. Iktisob fiy ma\u02bcrifatil ansob. J. 4. \u2013Kuvayt. 2019. \u2013B.2330.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. Tarixul islom va vafoyootul mashahiri val a\u02bclom. J 38. \u2013Bayrut. 1987. \u2013B. 434<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1998. \u2013B. 199;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B.199.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. Tarixul islom va vafoyootul mashahir val a\u02bclom. J 38. \u2013Bayrut. 1987. \u2013B.434; Abdulkarim Sam\u02bconiy. Tajbir fil mo\u02bbjamil kabir J 2. \u2013Bag\u02bbdod. 1975. \u2013B. 271-273;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Yoqut Hamaviy. Mo\u02bbjamul buldon. J 3. \u2013Bayrut. \u2013B.389.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>\u00a0Najmiddin Umar Nasafiy. Samarqandiya. \u2013T:. \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. 2001. \u2013B.183.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B. 509; Suyundik Mustafoyev. Xatirchilik tabarruk siymolar. \u2013T.: Muharrir. 2010. \u2013B.29.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B. 199.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B. 199.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B. 198.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J 3. \u2013Bayrut. 1988. \u2013B. 198.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20952#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a>\u00a0Valixo\u02bbjayev B. Xoja Ahror tarixi. \u2013T.: Yozuvchi, 1994. \u2013B. 56.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbrta asrlarda Movarounnahrning butun dunyoga dong\u02bbi ketgan Samarqand, Buxoro, Nasaf, Shosh va Termiz kabi qadimiy shaharlari bilan bir qatorda ko\u02bbplab katta-kichik qishloq-qo\u02bbrg\u02bbonlarida ham ilm-fan, madaniyat yuqori darajada rivojlangan. Bu yerlardan ilm-fanning turli sohalarida ijod qilgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Qaffol Shoshiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg\u02bboniy, Burhonuddin Marg\u02bbinoniy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20953,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-03-29T13:14:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-03-29T13:19:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg\",\"datePublished\":\"2022-03-29T13:14:57+00:00\",\"dateModified\":\"2022-03-29T13:19:37+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-03-29T13:14:57+00:00","article_modified_time":"2022-03-29T13:19:37+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz","name":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg","datePublished":"2022-03-29T13:14:57+00:00","dateModified":"2022-03-29T13:19:37+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_55.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20955&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbRTA ASRLARDA SOG\u02bbARJDAN CHIQQAN ALLOMALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20955"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20955"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20955\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20962,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20955\/revisions\/20962"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20953"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20955"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20955"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20955"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}