{"id":20822,"date":"2022-03-16T11:30:05","date_gmt":"2022-03-16T06:30:05","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20822"},"modified":"2022-03-16T11:30:05","modified_gmt":"2022-03-16T06:30:05","slug":"burhonuddin-marg%ca%bbinoniyning-hidoya-asari-muhim-fiqhiy-manba-sifatida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz","title":{"rendered":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi O\u02bbzbekiston davlati va huquqining poydevori \u2013 milliy davlatchilik asoslari juda qadim va mustahkam bo\u02bblib, ko\u02bbp asrlik tarixga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mintaqamizning boy madaniyati asrlar davomida ajdodlarimizning ijodi bilan takomillashdi, boyidi va taraqqiyotning yuksak pog\u02bbonalariga ko\u02bbtarilib, butun bashariyat uchun bebaho meros bo\u02bblib qoldi. O\u02bbzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqda quyidagi fikrni bildirgan edi: \u201cO\u02bbtmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan qancha avlodlarning ma\u02bcnaviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmoqda\u201d [1: 40-41].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asrlar davomida turli mamlakatlarda yuzlab olimu ulamolar islom huquqshunosligi bilan mashg\u02bbul bo\u02bblib kelgan. Jumladan, mavoraunnahrlik faqihlar o\u02bbz asarlari va huquqiy nazariyalari bilan islom huquqi sohasida ulkan ishlarni amalga oshirgan va fiqh ilmining har tomonlama rivoj topishiga ulkan hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Faqihlar mujtahidlardan so\u02bbng nafaqat taxrij va tarjih zamoni, balki taqlid davrida ham islom huquqshunosligini takomillashtirish yo\u02bblida faxrlanishga arzigulik ilmiy muvaffaqiyatlarga erishgan. Ular kalom va huquq sohasida yangi fan va maktablarga asos solish bilan birga, yangi huquqiy nazariyalarni ham yaratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">XII asrda Movarounnahrda fiqh ilmi rivoji uchun ta\u02bcsirchan omillar yuzaga kela boshladi. Ulardan biri, A.Mo\u02bbminov fikricha, Qoraxoniylar davlati qaror topishi natijasida \u201cMovarounnahrning Xuroson bilan aloqalari zaiflashib, oyoqqa turgan mahalliy maktablarning mustaqil rivojlanishiga asos yaratilganidir. Markaziy shaharlarda avtonom boshqaruv kuchayishi ulamolar ta\u02bcsir doirasining kengayishiga olib keldi. Bu bilan fiqh normalarini hayotga tatbiq etishga real sharoit yaratildi. Buxoro va Samarqand haqiqiy ilm markazlariga aylandi. Bu shaharlarda nasaflik, marvlik va farg\u02bbonalik faqihlar ham faoliyat ko\u02bbrsatardi\u201d [3: 42].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Turk tadqiqotchilarining xulosasiga ko\u02bbra, bu davrda 300ga yaqin faqih yashagan va 150dan ko\u02bbproq fiqhiy (huquqiy) asar, 20ta fatovo (fatvolar majmuasi) yozilgan, ularning asosiy qismi hanafiy mazhabiga tegishli bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu davrda yaratilgan bebaho asarlardagi ma\u02bclumotlarni hanafiy fiqhining an\u02bcanaviy qobig\u02bbiga kiritish 3 yo\u02bbl bilan amalga oshirilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1) Muhammad ibn Hasan Shayboniyning \u201cZohirur rivoya\u201d turkumidagi asarlariga sharhlar yozilgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2) fiqh ilmiga oid yangi kitoblar tuzilgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">3) avvalgi davr va zamondosh faqihlarning fatvolari to\u02bbplamlarga yig\u02bbilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu ishlarni umumlashtiruvchi darslik sifatida Marg\u02bbinoniyning \u201cKitobul Hidoya fi sharhil Bidoya\u201d asari paydo bo\u02bbldi [3: 42]. U ixchamligi, mukammalligi, hanafiy mazhabini boshqa sunniy mazhablar bilan qiyosiy o\u02bbrganib, har tomonlama yoritgani uchun o\u02bbziga xos nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhonuddin Marg\u02bbinoniy hanafiy mazhabining son-sanoqsiz huquqiy masalalarini hal qilish yo\u02bblini topishga muvaffaq bo\u02bbldi. U mustaqil ijtihod qilish vakolatiga ega bo\u02bblmasa ham o\u02bbz ilmiy-huquqiy asarlarini yaratishda qiyosdan (qiyosi jaliydan), ayniqsa qiyosning ikkinchi turi bo\u02bblmish \u201cqiyosi xafiy\u201d yoki \u201cistihson\u201ddan keng foydalandi [5: 90]. Shuning uchun ayrim olimlar Marg\u02bbinoniyni \u201cMujtahid fil mazhab\u201d, mazhabdagi mujtahid deb bilgan [6: 18].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Marg\u02bbinoniyning fikricha, bilim uch manbadan hosil bo\u02bbladi. Birinchisi \u2013 nass. U shar\u02bciy hukm manbai bo\u02bblmish Qur\u02bcon oyatlari va Payg\u02bbambar (S.A.V.)ning hadisi shariflaridir. Ikkinchisi \u2013 aql va tafakkur, uchinchisi \u2013 his-tuyg\u02bbu (sezgi) organlarida hosil bo\u02bbladigan ma\u02bclumotlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloma \u201cHidoya\u201dda fiqhiy masalalarni yoritishda qiyosiy uslubdan foydalanib, turli mazhabdagi nazariyalarni solishtirgan. Avval, Qur\u02bcon, so\u02bbng sunnatga asoslangan, keyin ijmo va qiyosga o\u02bbtgan. Qiyos muammoni hal etishda yordam bermasa, istihson (qiyosi xafiy)ga o\u02bbtgan. Yechimi topilmagan holatda urf-odatga tayanib, xulosa chiqargan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qiyos, istihson va urfga tayanish huquqiy masalalarni hal etishda Marg\u02bbinoniyga katta imkoniyatlar ochib bergan. Alloma ibodatlardan tashqari insonning kundalik hayotiga tegishli huquqiy masalalarni boshqa dalillar bilan birga, o\u02bbziga xos mezonlar orqali ham baholagan. Mantiqiy tahlildan o\u02bbtkazgan. Istiqro (deduksiya) va ilmiy tahlil (analiz)dan keng foydalangan. Har bir masalani turli mazhablar orasida qiyosiy uslubda o\u02bbrganib, xulosa chiqargan va eng ma\u02bcqul deb topgan fikrini tahlil oxirida zikr etib, shuni ustun qo\u02bbygan. Shundan xulosa qilib \u201cHidoya\u201d islom huquqining falsafiy tahlilidir, desak, to\u02bbg\u02bbri bo\u02bbladi [6: 18].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cHidoya\u201d Marg\u02bbinoniyning shoh asaridir. Buni uning zamondoshlari ham e\u02bctirof etgan. Xususan, Xaddod: \u201cHidoya ham Qur\u02bcon singari shariat bo\u02bbyicha o\u02bbzidan avval yozilgan kitoblarni e\u02bctibordan qoldirdi\u201d [4: 3], degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asar 13 yil davomida yozilgan. Buning sababi: birinchidan<em>,\u00a0<\/em>\u201cBidoyatul mubtadiy\u201dga Imom Muhammad Shayboniyning \u201cJomius sag\u02bbir\u201d va Quduriyning \u201cMuxtasar\u201d asarlari asos qilib olingan. \u201cBidoyatul mubtadiy\u201dda minglab far\u02bciy masalalar mavjud bo\u02bblib, ular orasida insonning kundalik hayotiga bog\u02bbliq, o\u02bbz yechimini topmagan ko\u02bbplab muammolar ko\u02bbp edi. O\u02bbsha davrning o\u02bbzgaruvchan sharoitini sinchiklab o\u02bbrganish, birinchi darajali muammolarni ikkinchi darajalisidan ajratib olib, ularni yechish yo\u02bbllarini belgilab berish muallifdan katta diqqat-e\u02bctibor, har tomonlama sinchkovlik va chuqur kuzatishlarni talab qilardi. Ikkinchidan, Burhonuddin Marg\u02bbinoniy fiqh ilmi bosib o\u02bbtgan olti davrning (Payg\u02bbambar alayhissalom, sahobalar, tobeinlar, mujtahidlar, muxarrijlar va muqallidlar) beshinchi bosqichi bo\u02bblmish muxarrijlar (avval o\u02bbtgan mujtahid va buyuk huquqshunos olimlar asarlariga murojaat qilish orqali mazhab doirasidagi yangi murakkab huquqiy muammolarni yechish yo\u02bbllarini topuvchilar) zamonida yashagani uchun ijtihod qilish vakolatiga ega emas edi. Chunki IV hijriy asrning boshida (milodiy X asrda) hech kimda islom huquqi bo\u02bbyicha ijtihod qilish vakolati yo\u02bbq, degan fikr bor edi. Huquqshunoslik bo\u02bbyicha barcha faoliyat buyuk olimlar belgilab bergan asosiy qonun-qoidalarni izohlash, tafsir etishdan iborat bo\u02bblishi kerak, degan qarash mavjud edi [2:105]. Lekin Abdulhay Laknaviy \u201cFavoidul bahiya\u201d asarida hanafiy mazhabi olimlarini olti guruhga bo\u02bblib, Burhonuddin Marg\u02bbinoniy va Quduriyni \u201cas\u02bchobut tarjih\u201d, ya\u02bcni ba\u02bczi rivoyatlarni ba\u02bczilaridan tarjih berish (ustun qo\u02bbyish) salohiyatiga ega olimlar qatorida zikr etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhonuddin Marg\u02bbinoniyda turli mualliflar yozgan ko\u02bbplab fatovolar (huquqiy majmualar) bor edi. Ularda minglab masala, ayrim muammolar bo\u02bbyicha o\u02bbnlab mulohaza, hatto bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar ham mavjud edi. Muallif biror huquqiy masalani yoritish uchun, birinchidan, shariatning asosiy manbalari, undan keyin Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofi\u02bciy, Imom Ahmad ibn Hanbalning asarlari, Shayboniyning \u201cZohirur rivoya\u201d kitobi, Abu Yusufning \u201cKitobul xiroj\u201d, \u201cAdabul qoziy\u201d, \u201cAbu Hanifa va Ibn Abu Laylo o\u02bbrtasidagi ixtiloflar\u201d, \u201cAvzoiy va Anas ibn Molikning ayrim huquqiy masalalar bo\u02bbyicha bildirgan fikrlariga yozilgan raddiya\u201d kitoblari, Imom Zufar asarlari, shuningdek, islom huquqiga oid son-sanoqsiz kitob va to\u02bbplamlarni o\u02bbqib chiqib, ularda bildirilgan fikr-mulohazalarni bir-biri bilan solishtirib, asosli xulosalar chiqarishi kerak edi [6: 22].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Albatta, eng hayotiy va zarur rivoyatlarni tanlab olib, ularning to\u02bbg\u02bbriligini naqliy dalillar bilan isbotlab, aqliy dalillar bilan mustahkamlash, mumtoz asarlarning mazmuniga chuqur kirib borib, ularning huquqiy asoslarini belgilab olish katta mehnat va izchil izlanishni talab qilar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhonuddin Marg\u02bbinoniy \u201cHidoya\u201dda huquqiy muammolarni yechish jarayonida faqat uch asosiy mazhab (hanafiy, molikiy, shofe\u02bciy) emas, balki zohiriy va avzoiy mazhablariga oid mulohazalarini ham keltirib o\u02bbtadi va har biri haqida o\u02bbz nuqtai nazarini bildiradi. Shu jihatdan \u201cHidoya\u201d ilmul xilof (qiyosiy huquqshunoslik)ni keng ko\u02bblamda o\u02bbrganish uchun muhim va e\u02bctiborli manba hisoblanadi. Hanbaliy mazhabiga tegishli masalalar \u201cHidoya\u201d va boshqa yirik faqihlar yozgan asarlarga kiritilmaganining sababi shuki, ahli sunna faqihlari XII asrgacha hanbaliylarni faqih emas, muhaddis deb bilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday qilib, Marg\u02bbinoniy yozgan to\u02bbrt jildlik \u201cHidoya\u201d kitobi hanafiy mazhabi bo\u02bbyicha muhim va mukammal huquqiy asar sifatida 55dan ortiq kitob, yuzlab bobu fasllardan tarkib topgan bo\u02bblib, meros huquqidan tashqari, islom huquqining barcha sohacini qamrab olgan. Alloma meros huquqini kiritmaganining sababi shundaki, Abu Hanifa bu mavzuni maxsus fan sifatida fiqh ilmidan ajratib, uni faroiz deb atagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cHidoya\u201dning birinchi jildi tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro\u02bbza, zakot va haj)ga, ikkinchi jildi oila huquqi, qul saqlash muammosi, hadlar (Alloh tomonidan belgilangan jazolar), xalqaro huquq me\u02bcyorlari, shirkat, islom huquqiga xos bo\u02bblgan vaqf huquqi kabi masalalarga, uchinchi jildi muomalot turlari (fuqarolik huquqi), sud, sud jarayoni, to\u02bbrtinchi jildi esa dehqonchilik va yer muammosi, jinoyat turlari, guvohlik va boshqa ko\u02bbplab mavzularga bag\u02bbishlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tahlillardan xulosa qilib aytish mumkinki, hanafiy mazhabi Movarounnahr hududida keng tarqalgan bo\u02bblib, uning Marg\u02bbinoniydek juda ko\u02bbp yirik va salohiyatli vakillari va imomlari ham e\u02bctiqod, ham huquq bobida kamolot darajasiga yetishgan. Ular hanafiy mazhabining huquqiy, aqidaviy asoslarini tashkil etuvchi Abu Hanifaning asarlari va uning iqtidorli shogirdlari Muhammad ibn Hasan Shayboniy va Abu Yusufning \u201cZohirur rivoya\u201d, \u201cKitobul xiroj\u201d kabi fiqhiy kitoblariga asoslangan holda, nihoyatda muhim huquqiy risolalar yaratib, mazhabning rivoji va gullab-yashnashiga munosib hissa qo\u02bbshib kelgan. Masalan, Movarounnahrning buyuk faqihlaridan sakkiztasi fiqh ilmi sohasida \u201cMabsut\u201d nomi bilan ilmiy asarlar yozgan. Ulardan Faxrulislom Bazdaviy 11 jildlik, shayxulislom Muhammad ibn Husayn Buxoriy Hanafiy va Shamsulaimma Saraxsiy 15 jildlik asarlar yozgan. Bular islom huquqining barcha sohalari, jumladan, oila va nikoh, jinoyat, mulkiy munosabatlar, xalqaro huquq kabi ko\u02bbplab masalalarni qamrab olgan bebaho meros hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida o\u02bbzbek xalqining ma\u02bcnaviyatini, jumladan, diniy savodxonligini oshirish jarayonida islom huquqining yuqorida sanab o\u02bbtilgan sohalarini, ayniqsa, oilaviy munosabatlarga oid qoidalarini ilmiy tahlil qilish ijtimoiy zaruratga aylanmoqda. Chunki, islomda oilaviy munosabatlarga oid normalarning ijtimoiy mohiyatini tadqiq etish va hozirgi kunda ildiz otib borayotgan fundamentalistik oqimlarning bu boradagi qarashlari mutlaqo noto\u02bbg\u02bbri ekanini va ijtimoiy salbiy oqibatlarini ilmiy tahlil qilish amaliy jihatdan o\u02bbta muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bcon oyatlari va hadislarda belgilab berilgan, faqihlarimizning asarlarida bayon qilingan oilaviy munosabatlarga oid adolat, burch, majburiyat kabi tushunchalar, er-xotin, ota-ona va farzandlar, qarindoshlar o\u02bbrtasidagi munosabatlar, umuminsoniy axloq qadriyatlaridan kelib chiqqan asosiy talablar totalitar tuzum hukmronlik qilgan davrda buzib talqin qilingan. Shu bois islom huquqi normalarida oilaviy munosabatlarning umumijtimoiy jihatlari \u2013 ijtimoiy-tarixiy negizlari, madaniy-ma\u02bcnaviy va huquqiy xususiyatlari, islomning asosiy manbalari va klassik fiqhiy kitoblarning XII asrda yozilgan \u201cHidoya\u201d asari asosida ilmiy tadqiq etilishi, odat huquqi bilan qiyosiy o\u02bbrganilishi diniy-siyosiy, g\u02bboyaviy kurashlar ketayotgan hozirgi kun uchun o\u02bbta ahamiyatlidir. Chunki, islom huquqi hozirgi kunda odat huquqining bir turi sifatida qaralmoqda va uning xalqqa ta\u02bcsir darajasi chuqur ekani barchaga ma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa qilib aytadigan bo\u02bblsak, XII asrda islomiy ilmlarni har tomonlama rivojlantirib, mo\u02bbtabar asarlar qoldirgan allomalarimizning merosini o\u02bbrganish tadqiqotchilar oldida turgan muhim vazifadir. Chunki, Burhonuddin Marg\u02bbinoniy kabi ko\u02bbplab allomalarning merosi islom huquqshunosligi tarixida muhim manba hisoblanadi. Bu meros nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun musulmon olami huquqshunosligida katta o\u02bbrin tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Karimov I.A. O\u02bbzbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. \u2013 T., O\u02bbzbekiston, 1996.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majid Xadduriy, Xerbert Lebisni. \u201cIslomda huquq\u201d, Tehron \u2013 Nyu York, 1958.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mo\u02bbminov A. Movarounnahr ulamolari<strong>:\u00a0<\/strong>hanafiylar \/\/ Sharqshunoslik. \u21169 \/1999.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad Abdulhay. Hidoya muqaddimasi sifatida yozilgan risola. \u2013 Lakhnau: 1394 h.y.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Toshqulov. J., Yusupova N., Bekmirzayev I., Sarsenboyev O., Masaidov S. Islom huquqshunosligi. O\u02bbquv qo\u02bbllanma. \u2013 T.; Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi, 2014.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yusupova N.J., Juzjoniy A.Sh. Burhonuddin Marg\u02bbinoniy: Hayoti va ilmiy merosi. \u2013 T.: Akademiya, 2007.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Nigora YUSUPOVA<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yu.f.d.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi O\u02bbzbekiston davlati va huquqining poydevori \u2013 milliy davlatchilik asoslari juda qadim va mustahkam bo\u02bblib, ko\u02bbp asrlik tarixga ega. Mintaqamizning boy madaniyati asrlar davomida ajdodlarimizning ijodi bilan takomillashdi, boyidi va taraqqiyotning yuksak pog\u02bbonalariga ko\u02bbtarilib, butun bashariyat uchun bebaho meros bo\u02bblib qoldi. O\u02bbzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqda quyidagi fikrni bildirgan edi: \u201cO\u02bbtmishdagi allomalarning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20820,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-03-16T06:30:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz\",\"name\":\"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg\",\"datePublished\":\"2022-03-16T06:30:05+00:00\",\"dateModified\":\"2022-03-16T06:30:05+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-03-16T06:30:05+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz","name":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg","datePublished":"2022-03-16T06:30:05+00:00","dateModified":"2022-03-16T06:30:05+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_52.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20822&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BURHONUDDIN MARG\u02bbINONIYNING \u201cHIDOYA\u201d ASARI MUHIM FIQHIY MANBA SIFATIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20822"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20822"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20822\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20823,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20822\/revisions\/20823"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20820"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20822"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20822"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20822"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}