{"id":20750,"date":"2022-03-14T12:59:54","date_gmt":"2022-03-14T07:59:54","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20750"},"modified":"2022-03-14T12:59:54","modified_gmt":"2022-03-14T07:59:54","slug":"movarounnahrlik-faqihlarning-asarlarida-k%d0%b5ltirilgan-moliyaviy-masalalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz","title":{"rendered":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi hayot buyuk allomalarimizning ilmiy merosini o\u02bbrganish va keng jamoatchilikka yetkazish muhim vazifa ekanini yanada yaqqol ko\u02bbrsatmoqda. Ayniqsa, fiqhiy manbalardagi moliyaviy masalalarni hozirgi davr ehtiyojlariga mos holda tadqiq etish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki jamiyat a\u02bczolari o\u02bbrtasidagi munosabatlarning aksariyati moliyaviy masalalar bilan bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosida jamiyatdagi moliyaviy masalalarga oid tushunchalar va moliyaviy munosabatlar keng yoritilgan. Xususan, Burhonuddin Marg\u02bbinoniyning \u201cHidoya\u201d, Alouddin Abu Bakr ibn Mas\u02bcud ibn Ahmad Kosoniyning \u201cBadoi\u02bcus sanoi\u02bc fi tartibish sharoi\u02bc\u201d va Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Saraxsiyning \u201cMabsut\u201d asarlarida moliyaviy masalalar o\u02bbz davriga mos uslubda bayon etilgan. Bu manbalarda qayd etilgan moliyaviy masalalar sirasiga bay\u02bc, kafola, havola, vakola, shirka (mushoraka), muzoraba, murobaha, muzora\u02bca, hiba, oriyat, vadi\u02bca, ijara, rahn (garov) kabilar kiritilgan. Bu masalalar davrlar osha olimlar va mutaxassislarning o\u02bbrganishi, insonlar hayoti va moliyaviy muassasalar faoliyatida qo\u02bbllanishi natijasida taraqqiy etdi va bugungi kunda Islom moliyasi-Islamic Finance nomi bilan dunyoga mashhur bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida \u201cMamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo\u02bbyicha huquqiy bazani yaratish vaqti keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi\u201d, deb ta\u02bckidlagan fikri bu masalaning dolzarbligini yana bir marta ko\u02bbrsatib berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, joriy yil 1-4 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 46-yillik yig\u02bbilishida Prezident Sh.Mirziyoyev ishtirok etgani va ushbu moliya muassasasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida fikr bildirgani mazkur sohaga katta e\u02bctibor berilayotganidan dalolat bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom moliyasi bilan bog\u02bbliq dastlabki tushuncha VII asrda shakllangan bo\u02bblsa-da, uning yagona tizim holatiga kelishi XX asrning 60-yillarida boshlangan. 1963 yili Misrning Mit G\u02bbamr shaharchasida foydada sheriklik asosida ochilgan bank, keyinchalik 1975 yili Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tashkil etilgan Islom taraqqiyot banki (ITB), 1975 yili asos solingan Dubay islom banki, 1977 yili tuzilgan Misrning Faysal islom banki va Sudan Faysal islom banki, 1979 yili asos solingan Bahrayn islom banki va Sudan islomiy sug\u02bburta (takoful) kompaniyasi kabi muassasalar zamonaviy islom moliyasini shakllantirish yo\u02bblidagi asosiy qadamlardan bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozir dunyo bo\u02bbyicha islom moliya muassasalarining aktivlari hajmi 2,5 trillion dollardan oshadi. Islom moliyasi hisobotiga ko\u02bbra, 2024 yili ushbu ko\u02bbrsatkichni 3,4 trillion dollarga yetkazish ko\u02bbzda tutilgan. Moliyaviy aktivlarning 70 foizi islom bankiga, 19 foizi sukuk sohasiga, 4 foizi islom fondiga, 2 foizi takoful sohasiga, 5 foizi boshqa moliya mussasalariga tegishli. 2018 yil holatiga ko\u02bbra, islom moliya sohasining tarkibiga 1447 ta moliya muassasasi, islom moliyasi bo\u02bbyicha mutaxassis bo\u02bblgan 1166 nafar shariat olimi, islom moliyasi bo\u02bbyicha 968 ta ta\u02bclim muassasasi, 2550 ta tadqiqot ishi, 439 ta tadbir kiritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston 2003 yilda Islom taraqqiyot banki a\u02bczosi bo\u02bblgan. Shu choqqacha umumiy qiymati 2,5 milliard dollardan ortiq 30 ta investitsion loyiha bo\u02bbyicha kelishuvga erishilgan. Investitsiyalar asosan ijtimoiy ahamiyatga molik sohalar, xususan, maktablar, arzon uy-joylar, avtomobil yo\u02bbllari, elektr va ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlar bilan ta\u02bcminlashga yo\u02bbnaltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom moliyasining o\u02bbziga xos xususiyati shundaki, unda moliyaviy munosabatlar ijtimoiy mas\u02bculiyat va odob-axloq kabi insoniy qadriyatlarga asoslanadi, unda muayyan ishlab chiqarish yoki xizmat ko\u02bbrsatish moliyalashtiriladi. Shuningdek, sudxo\u02bbrlik, qimor va g\u02bbararni<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20747#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0cheklash, insonlar va atrof-muhit uchun zararli faoliyatni moliyalashtirmaslik, ham, foyda, ham zararda sheriklik, risklarni adolatli taqsimlash kabi bir qancha insonparvarlik tamoyillari amal qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Fiqhiy manbalarda keltirilgan moliyaviy masalalarning ta\u02bcrifini o\u02bbrganish orqali ularning mohiyatini yanada yaxshiroq anglash mumkin bo\u02bbladi. Xususan, quyida muzoraba va mushoraka bitimlari bo\u02bbyicha manbalarda kelgan ma\u02bclumotlar keltiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Muzoraba<\/strong>. \u201cHidoya\u201dda unga \u201cBir tomon mol-mulk, ikkinchisi ish-mehnat bilan sheriklik qilishi haqidagi kelishuvdir\u201d, deb ta\u02bcrif berilgan. Birinchi tomon robbul-mol, deb ataladi, ikkinchisi muzorib, deb ataladi. Muzoraba bitimi to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblishi uchun bir nechta shart qo\u02bbyiladi: Kiritilayotgan mablag\u02bb sheriklik uchun mos bo\u02bblishi, foyda ikki tomonga taqsimlanishi, biror tomon uchun aniq miqdorda foyda belgilanmasligi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20747#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>, mol muzoribga topshirilgan bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muzoraba muzoribga faoliyat bo\u02bbyicha erkinlik yoki cheklovlar belgilash nuqtai nazaridan ikki turga bo\u02bblinadi. Bular mutlaq va cheklangan muzorabadir. Mutlaq muzorabada muzoribga to\u02bbliq tasarruf vakolati beriladi. Muzorib molni sotishi, boshqa narsa sotib olishi, ishni bajarishda boshqa bir kishini vakil qilishi, mol bilan biror joyga safar qilishi, molni tijorat tovari sifatida ishlatishi, omonatga qo\u02bbyishi mumkin bo\u02bbladi. Bu holatda eng muhimi foyda olish hisoblanadi. Cheklangan muzorabada robbul-mol tasarrufga muayyan cheklovlar qo\u02bbyadi. Misol uchun, muzoraba qilish joyi, tovar turi va vaqtni belgilab qo\u02bbysa, muzorib shu shartlar doirasidan chiqmaydi. Bunga amal qilmasa, tovon to\u02bblaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Robbul-mol va muzoribning foydadagi ulushi va uni taqsimlash tartibi oldindan kelishib olinadi. Muzoribga bog\u02bbliq bo\u02bblmagan holda, ya\u02bcni fors-major holatida zarar yuzaga kelsa, xarajatlar robbul-molning zimmasiga tushadi. Muzorib esa qilgan mehnati va sarflagan vaqtini yo\u02bbqotgan bo\u02bbladi. Ishga sovuqqonlik, ishni to\u02bbg\u02bbri tashkil eta olmaslik kabi muzoribga bog\u02bbliq sabablar tufayli zarar ko\u02bbrilsa, uni qoplash muzorib zimmasiga yuklatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Mushoraka.<\/strong>\u00a0\u201cBadoi\u02bcus sanoi\u02bc fi tartibish sharoi\u02bc\u201dda sheriklik bitimi \u2013 sharika ikki turga ajratilgan: shirkatul amlok (mulk bo\u02bbyicha sheriklik) va sharikatul uqud (shartnomalar bo\u02bbyicha sheriklik). Sharikatul uqudning o\u02bbzi shirkatul amvol, shirkatul a\u02bcmol<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20747#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>, shirkatus soni\u02bc, shirkatut taqabbul va shirkatul vujuh kabi turlarga bo\u02bblinadi. Islom banklari odatda o\u02bbz faoliyatida shirkatul amvolni qo\u02bbllaydi. Shirkatul amvol sherikligiga \u201cIkki kishining sarmoyada ulush bilan ishtirok etishi\u201d deb ta\u02bcrif berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad Taqiy Usmoniy bu haqda quyidagilarni qayd etgan: \u201cMushoraka biznes va savdo amaliyotida qo\u02bbshma korxona faoliyatini anglatadi, bunda ishtirokchilar umumiy ishdagi foyda va zararga teng sherik bo\u02bbladi. Mushoraka islom fiqhidagi \u201cshirkat\u201dning turlaridan biri bo\u02bblgan \u201cshirkatul amvol\u201d sifatida qo\u02bbllash bilan chegaralangan. Unga ko\u02bbra, ikki va undan ortiq shaxs o\u02bbz kapitalini qo\u02bbshma tijoriy korxonaga investitsiya sifatida kiritadi. Ba\u02bczan u \u201cshirkatul a\u02bcmol\u201dni ham o\u02bbz ichiga oladi, bu holatda sheriklik xizmat ko\u02bbrsatish sohasida amalga oshiriladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom moliya muassasalarining buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (\u201cAccounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions\u201d \u2013 AAOIFI) standartiga ko\u02bbra, mushoraka sheriklik shartnomasi bo\u02bblib, ikki va undan ortiq tomon o\u02bbrtasida foyda olish maqsadida mehnat resursi yoki majburiyatini, aktivlarini birlashtirish to\u02bbg\u02bbrisidagi kelishuvni anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Moliyaviy bitimlarning hozirgi kunda qo\u02bbllanishi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom banklari muzorabadan asosan ikki xil shaklda foydalanadi. Birinchisi, bank robbul-mol, ya\u02bcni sarmoyador sifatida mablag\u02bbni muayyan biznes loyihani amalga oshirish uchun muzorib-tadbirkorga taqdim etadi va olingan foyda ikki tomon o\u02bbrtasida shartnomada kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Ikkinchisi, mijoz robbul-mol, ya\u02bcni sarmoyador sifatida o\u02bbz jamg\u02bbarmasini islom bankiga muzoraba shartnomasi asosida taqdim etadi. Bunda mijoz investitsiya hisob raqamiga depozit mablag\u02bbini joylashtiradi, bank bu mablag\u02bbni muzorib sifatida muayyan biznes loyihani amalga oshirish uchun ishlatadi, olingan foyda tomonlar o\u02bbrtasida taqsimlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom banklari amaliyotida bu shakldagi loyihalar odatda foyda bilan yakunlanadi va foyda miqdori an\u02bcanaviy banklar tomonidan depozitlarga va\u02bcda qilinadigan miqdordan sezilarli darajada yuqori bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cThe Economist\u201d jurnalida ishtirokchilar o\u02bbrtasida mas\u02bculiyat o\u02bbzaro taqsimlanishi hamda erkin bozor tizimini yanada ochiq va demokratik shaklga keltirishga sabab bo\u02bblishi muzorabaning afzalligi sifatida qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mushorakada har bir ishtirokchi loyihaga ma\u02bclum bir pul miqdorini ulush sifatida kiritadi va bu ulush ularning har biriga sheriklik aktivlarini tasarruf qilish imkonini beradi. Faoliyat natijasida olingan foyda sheriklikni tashkil etish to\u02bbg\u02bbrisidagi kelishuvga muvofiq, zararlar esa har bir ishtirokchining sheriklik kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mushoraka shartnomasiga kiruvchi tomonlar loyihani boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega bo\u02bbladi. Sheriklar soni ikki yoki undan ortiq bo\u02bblganda boshqaruvda ishtirok etadigan tomon \u201cfaol sherik\u201d, boshqaruvda ishtirok etmaydigan tomon \u201csokin sherik\u201d deb ataladi. Faol sheriklar foydadan oladigan ulushidan tashqari boshqaruv faoliyati uchun qo\u02bbshimcha haq oladi. Shartnoma egalari ishni yuritish uchun boshqa bir tomonni menejer sifatida yollashi mumkin. Bunda menejer o\u02bbz mehnatiga munosib haq oladi, foydadan ulushga ega bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirgi kunda banklar tomonidan mushoraka shartnomasi quyidagi shaklda qo\u02bbllanadi:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bank va mijoz muayyan biznes-rejani amalga oshirishda sheriklik qilish to\u02bbg\u02bbrisida kelishuv tuzadi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tuzilgan shartnomaga muvofiq, biznes-rejani amalga oshirish uchun kelishilgan ulushda moliyalashtirishni amalga oshiradi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biznes-reja natijasida foyda yoki zarar yuzaga keladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Foyda yoki zarar mutanosib ulushda bank va mijoz o\u02bbrtasida taqsimlanadi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Umuman olganda, hozir islom moliya tizimida qo\u02bbllanadigan bitimlar ikki turga bo\u02bblinadi. Birinchisi vositachilik bitimi bo\u02bblib, qo\u02bbyidagilarni o\u02bbz ichiga oladi: muzoraba, muzora\u02bca, omonat, ju\u02bcala, kafolat, vakolat, takoful, bevosita investitsiyalar. Ikkinchisi tranzaksion bitim bo\u02bblib, uning tarkibiga ham uch xil turdagi: 1) ulushda ishtirok etish bitimlari (mushoraka, musoqot); 2) mulk bilan bog\u02bbliq bitimlar (murobaha, musovama, bay muajjal, bay salam, tavarruq, ijara, ijara val iqtino, istisno\u02bc, ijara summa bay); 3) qo\u02bbshma bitimlar (qarzi hasan) qiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqoridagi tasnifdan kelib chiqib islom moliya muassasalari ishlatadigan moliyaviy vositalarni quyidagicha uch guruhga bo\u02bblish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1-guruh. Kapitalda ishtirok etishga asoslangan vositalar: muzoraba va mushoraka.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2-guruh. Qarz asosida moliyalashga asoslangan vositalar: murobaha, istisno\u02bc, ijara, salam, sukuk.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">3-guruh. Bank komissiyasini to\u02bblashga asoslangan vosita: vakolat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tasniflarga e\u02bctibor berilsa, unda qayd etilgan bitimlarning barchasi fiqhiy manbalarda keltirilgan moliyaviy masalalardir. Zamonaviy islom moliya tashkilotlari ularni bugungi kunga moslashtirgan holda o\u02bbz faoliyatida qo\u02bbllayotganini kuzatish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bayon etilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning fiqhiy asarlaridagi moliyaviy masalalarni chuqur o\u02bbrganib, ulardan bugungi kunda jamiyat ehtiyojini qondirish uchun samarali foydalanish zarur. 2020 yilning birinchi yarmida O\u02bbzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining qo\u02bbshma loyihasi doirasida yurtimizda islom moliya vositalarini qo\u02bbllashning imkoniyat va istiqbolini o\u02bbrganishga bag\u02bbishlangan so\u02bbrovnoma o\u02bbtkazildi. Uning natijasiga ko\u02bbra, tadbirkorlarning 61 foizi va jismoniy shaxslarning 75 foizi islom moliya vositalaridan foydalanish istagini bildirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Fiqhiy manbalarda keltirilgan moliyaviy masalalardan mamlakatimizda samarali foydalanish orqali quyidagilarga erishish mumkin:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom taraqqiyot banki guruhi va Islom hamkorlik tashkilotiga a\u02bczo boshqa mamlakatlardan sarmoya jalb qilish imkoniyati oshadi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">aholining bo\u02bbsh pul mablag\u02bblarini bank-moliya tizimiga jalb qilishni keskin oshiradi va bu mablag\u02bblar \u201cyashirin iqtisodiyot\u201dga oqib o\u02bbtishining oldini oladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">bank-moliya tizimiga jalb etilgan mablag\u02bblar yangi ishlab chiqarish quvvati va ish o\u02bbrinlari tashkil etishga yo\u02bbnaltiriladi, bu esa o\u02bbz navbatida byudjet tushumi ortishiga yordam beradi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom ijtimoiy moliyasini tatbiq qilish orqali kambag\u02bballikka qarshi kurashish davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo\u02bbshiladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">yurtimizda ziyorat turizmi yanada rivojlanishiga yordam beradi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2. Prezident Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish bo\u02bbyicha takliflar bildirdi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">3. Imom Ali bin Abi Bakr al Marg\u02bbinoniy. Al-Hidoya sharhu bidoyatul mubtadi. Madinai Munavvara, \u2013Dorus Siroj, 2019 y. 5-jild.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">4. Alouddin Abu Bakr ibn Mas\u02bcud ibn Ahmad Kosoniy. Badoi\u02bcus sanoi\u02bc fi tartibish sharoi\u02bc. \u2212 Qohira: Maktabat dorul-hadis, 1426\/2005. \u2013 J. VII.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">5. Usmani, M.T. (1998). An Introduction to Islamic Finance. Karachi, \u2013Pakistan: Idaratul Ma\u02bbarif.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">6. Ahmed G. Khiyar A.(2012) Islamic Banking and Economic Growth: a Review. The Journal of Applied Business Research- September\/October 2012.V 28, #5.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">7. Rammal, H.G. (2003). Mudaraba in Islamic Finance: Principles and Application Business Journal for Entrepreneurs, 16(4).<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">8.\u00a0Baydaulet Ye.A. Islomiy moliya asoslari. \u2013T.: O\u02bbzbekiston NMIU, 2019.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">9. ITB tarkibiga kiruvchi Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi tomonidan 2019 yilda nashr etilgan \u201cIslom moliyasi rivojlanishi hisoboti\u201d.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">10. Sharikah (Musharakah) and Modern Corporations. Shari\u02bbah Standard \u2116. (12)<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ilhom B\u0415RDIYAROV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi bo\u02bblim boshlig\u02bbi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o\u02bbrganish<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ICESCO kafedrasi tadqiqotchisi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">_________________________________________________________________<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20747#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0G\u02bbarar \u2013 haddan tashqari noaniqlik, mavhumlik<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20747#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Lekin umumiy foydadan muayyan foiz \u2013 masalan, robbul molga 60 foiz, muzoribga 40 foiz shaklida belgilash yoki muayyan ulush hisobida \u2013 masalan, robbul molga uchdan ikki, muzoribga uchdan bir shaklida belgilash mumkin.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20747#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Shirkatul abdon deb ham ataladi.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi hayot buyuk allomalarimizning ilmiy merosini o\u02bbrganish va keng jamoatchilikka yetkazish muhim vazifa ekanini yanada yaqqol ko\u02bbrsatmoqda. Ayniqsa, fiqhiy manbalardagi moliyaviy masalalarni hozirgi davr ehtiyojlariga mos holda tadqiq etish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki jamiyat a\u02bczolari o\u02bbrtasidagi munosabatlarning aksariyati moliyaviy masalalar bilan bog\u02bbliq. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosida jamiyatdagi moliyaviy masalalarga oid tushunchalar va moliyaviy munosabatlar keng &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20748,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-03-14T07:59:54+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz\",\"name\":\"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg\",\"datePublished\":\"2022-03-14T07:59:54+00:00\",\"dateModified\":\"2022-03-14T07:59:54+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-03-14T07:59:54+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz","name":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg","datePublished":"2022-03-14T07:59:54+00:00","dateModified":"2022-03-14T07:59:54+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_50.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20750&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MOVAROUNNAHRLIK FAQIHLARNING ASARLARIDA K\u0415LTIRILGAN MOLIYAVIY MASALALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20750"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20750"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20750\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20751,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20750\/revisions\/20751"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20748"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20750"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20750"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20750"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}