{"id":20667,"date":"2022-03-09T11:36:48","date_gmt":"2022-03-09T06:36:48","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20667"},"modified":"2022-03-09T11:36:48","modified_gmt":"2022-03-09T06:36:48","slug":"firabriy-rivoyati-mashhurligining-sabablari-nimada","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz","title":{"rendered":"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni muallifdan eshitgan roviylar orasida Abu Abdulloh Firabriy (231-320\/846-932) alohida o\u02bbrin tutadi. Alloh taolo unga Imom Buxoriy bilan uchrashish va undan hadis eshitish uchun bir necha sabablarni taqdir qilgan va ko\u02bbp xayrli ishlarga muyassarlik bilan xoslagan. Shu sababli uning rivoyati rivoyatlarning eng yaxshisi, eng to\u02bblig\u02bbi va sanadi oliyrog\u02bbiga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Is\u02bchoq Mustamliy Muhammad ibn Yusuf Firabriydan rivoyat qilib bunday deydi: \u201cMuhammad ibn Ismoilning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d. Firabriyning bu gapi hamma ulamolar tomonidan birdek e\u02bctirof etilmasa ham, Imom Buxoriydan rivoyat qilgan roviylarning ko\u02bbpligiga dalil bo\u02bbla oladi. Chunki, o\u02bbsha paytda Firabriydan uzoqroq umr ko\u02bbrgan boshqa roviylar ham bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Firabriy rivoyatining mashhur bo\u02bblishi va boshqalaridan ajralib turishi bejiz emas, albatta. Bu variantda \u201cSahihul Buxoriy\u201dning boshqa rivoyatlarida uchramagan jihatlar bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ulamolar Firabriyning rivoyatini \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobi borasida musulmonlarning asosiy tayanchi va mustahkam arqoni deb hisoblagan. Xususan, Ibn Rushayd Fihriy (vaf. 721\/1321): \u201cAbu Abdulloh Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobida musulmonlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha bo\u02bblgan vositasi va ularning mustahkam arqonidir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rivoyatlar va nusxalar orasidagi tafovut sabablari juda ko\u02bbp. Ularni birma-bir sanab o\u02bbtish bir maqola doirasiga sig\u02bbadigan ish emas. Bu sabablar roviylarning shaxsiyatidagi va kitob nusxalarini diqqat bilan tekshirishdagi tafovutlarga borib taqaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Firabriyning rivoyati haqidagi ma\u02bclumotlar to\u02bbplanganida, uni boshqalardan ajratib turadigan bir necha omil ayon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Birinchi.<\/strong>\u00a0Firabriydagi odillik, ma\u02bclumotlarni diqqat bilan tekshirish va ulamolar u kishi haqida yaxshi so\u02bbzlarni aytgani.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shak-shubhasiz, bir odamning xabari qabul qilinishi uchun u adolatli va ishonchli inson sifatida nom qozongan bo\u02bblishi kerak. Firabriy haqida ulamolar juda yaxshi gaplarni aytgan. Bu o\u02bbrinda Ibn Rushayd Fihriyning: \u201cAbu Abdulloh Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobida musulmonlarning asosiy tayanchidir\u201d, degan so\u02bbzini keltirishning o\u02bbzi kifoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ikkinchi.<\/strong>\u00a0Firabriyning qo\u02bblidagi nusxa to\u02bbliq bo\u02bblgan va kamchiligi yo\u02bbqdir. Rivoyatning to\u02bbliqligi va kamchiliklardan xoli ekani afzallik belgisidir. Chunki, keyin kelgan har qanday roviy imkon qadar to\u02bbliq va mukammal nusxaga murojaat qilishi tabiiy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Ali Jayyoniy \u201cTaqyidul muhmal\u201dda bunday deydi: \u201cAbu Fazl Solih ibn Muhammad ibn Shazon Isbahoniy Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiydan: \u201cImom Buxoriy to\u02bbplamning oxirida menga \u201cHukmlar kitobi\u201dning avvalidan kitobning oxirigacha ijozat bergan edi\u201d, deb rivoyat qiladi\u201d. Lekin Nasafiyning rivoyatida to\u02bbplamning oxiridagi varaqlari Firabriynikiga qaraganda kamroqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Xattobiy \u201cSahihul Buxoriy\u201dga yozgan \u201cA\u02bclomul hadis\u201d nomli sharhida: \u201cBiz bu kitobning ko\u02bbp qismini Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning Imom Buxoriydan rivoyat qilgan yo\u02bbliga ko\u02bbra eshitdik. Faqat oxiridagi hadislarnigina Muhammad ibn Yusuf Firabriyning yo\u02bbli orqali eshitdik\u201d, degan. Demak, Imom Xattobiy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Nasafiy yo\u02bbli orqali rivoyat qilgan roviylardan biri hisoblanadi. Lekin kitobning oxiridagi hadislarni Firabriydan rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhonuddin Abnosiy (vaf. 802\/1400) o\u02bbzining \u201cAsh-Shazol fiyah min ulumi Ibn Saloh\u201d kitobida Ibn Salohning \u201cSahihul Buxoriy\u201ddagi hadislarning soni haqidagi: \u201cUnda to\u02bbrt mingta hadis bor\u201d degan so\u02bbzlarini sharhlab bunday deydi: \u201cBu Firabriyning rivoyati. Ammo Hammod ibn Shokirning rivoyati Firabriyning rivoyatidan ikki yuzta hadisga kam. Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning rivoyati Hammod ibn Shokirning rivoyatidan yuzta hadisga kam\u201d. Bu gapni Iroqiy, Abnosiy, Saxoviy va Shayxulislom Zakariyo Ansoriy zikr qilgan. Bu va boshqa dalillar Firabriyning rivoyati rivoyatlarning eng to\u02bblig\u02bbi ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Uchinchi.<\/strong>\u00a0Firabriyning rivoyatini boshqalardan ajratib turadigan yana bir jihati qo\u02bblidagi asl nusxa sahih bo\u02bblganidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Valid Bojiy (vaf. 474\/1082) \u201cAt-Ta\u02bcdil vat tajrih\u201d kitobida Firabriyning qo\u02bblida \u201cSahihul Buxoriy\u201dning Imom Buxoriy o\u02bbz qo\u02bbli bilan yozgan asl nusxasi borligiga dalil bo\u02bbladigan gapni keltirib, bunday deydi: Hofiz Abu Zarr Abdurahmon ibn Ahmad Haraviy bizga Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliydan rivoyat qiladi. Abu Is\u02bchoq Mustamliy: \u201cMen \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini Muhammad ibn Yusuf Firabriyning qo\u02bblidagi asl nusxadan ko\u02bbchirib oldim. Shunda uning hali to\u02bbliq emasligini ko\u02bbrdim. Kitobda ko\u02bbplab yozilmagan bo\u02bbsh joylar bor edi. Ketidan biror narsa yozilmagan roviylar silsilasi va sanadi yozilmagan hadislar bor edi. Shunda ba\u02bczisini ba\u02bczisiga qo\u02bbshib qo\u02bbydik\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Hajar ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dga yozgan sharhlaridan biriga \u201cHadyus soriy\u201d deb nomlangan muqaddimasida bu gapni Abu Valid Bojiydan naql qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hofiz ibn Hajar Asqaloniy: \u201cBu asrda va undan oldingi asrlarda \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini eshitishda sanadi uzluksiz bog\u02bblangan rivoyat Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mator ibn Solih ibn Bishr Firabriyning rivoyatidir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Rushayd Fihriy bunday deydi: \u201cBugun mashriq va mag\u02bbribda \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitishda sanadi Imom Buxoriyga bog\u02bblangan yo\u02bbl Abu Abdulloh Firabriyning yo\u02bblidir. Rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining mashhurligi uchun insonlar unga ko\u02bbproq suyanadi. Abu Abdulloh Firabriyning qo\u02bblida \u201cSahihul Buxoriy\u201dning asl nusxasi bo\u02bblgan va undan shogirdlari nusxa ko\u02bbchirgan. Bu esa Firabriyni qo\u02bbllab-quvvatlaydigan hujjat va uning to\u02bbg\u02bbriligiga guvohdir. Shu tariqa \u201cSahihul Buxoriy\u201d Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir yo\u02bbl bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam ushlagan va unga ijmo bog\u02bblangan. Natijada aniq hujjat bo\u02bblgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu rivoyatlar Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni uning asl nusxasidan o\u02bbrganganiga yetarli dalildir. Shak-shubhasiz, bu kabi asl nusxaga boshqa nusxalar tenglasha olmaydi. Firabriy ham Imom Buxoriyning bevosita o\u02bbzidan tinglagan ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dni asl nusxasidan yozib olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>To\u02bbrtinchi.<\/strong>\u00a0Firabriyning rivoyatini boshqalardan ajratib turadigan yana bir jihati Imom Buxoriydan keyin uzoq umr ko\u02bbrgani uchun sanadi oliy bo\u02bblganidir. Imom Buxoriy 256\/870 yil shavvol oyining boshida vafot etgan. Firabriy esa 320\/932 yil shavvol oyining o\u02bbninchi kuni to\u02bbqson yoshida vafot etgan. Demak, Firabriy Imom Buxoriyning vafotidan keyin hijriy hisob bilan 64 yil yashagan. O\u02bbsha davrda yashagan muhaddis va talabalarning aksariyati \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Firabriydan eshitishga intilgan. Zero, oliy sanadni talab qilish muhaddislar odobidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu sababli bo\u02bblsa kerak, Firabriy: \u201cMuhammad ibn Ismoilning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, degan. U o\u02bbzini Imom Buxoriydan hadis o\u02bbrganganlarning eng oxirgisi deb hisoblagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Beshinchi.<\/strong>\u00a0Firabriy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan bir necha marta eshitgan. Uning o\u02bbzi muallifdan ikki marta eshitganini zikr qilgan. Bir marta \u2013 248\/862 yili Firabrda, ikkinchi marta \u2013 252\/866 yili Buxoroda. 253\/867 yili ham Imom Buxoriydan eshitganiga dalil bo\u02bbladigan ba\u02bczi rivoyatlar bor. Abu Ali Jayyoniy o\u02bbz asarida Abu Zayd Marvaziyning Imom Firabriydan: \u201cO\u02bbsha yili ham eshitganman\u201d, degan rivoyatini keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">253\/867, 254\/868 va Imom Buxoriyning vafotidan bir yil oldin \u2013 255\/869 yillarda ham eshitganidan dalolat beradigan ma\u02bclumotlar ham bor. Demak, Firabriy Imom Buxoriydan umrining oxirida \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitgan bo\u02bblsa, bundan undagi nusxa eng to\u02bbliq ekanini, Imom Buxoriy o\u02bbz qo\u02bbli bilan yozgan \u201cSahihul Buxoriy\u201dning eng oxirgi asl nusxasi Firabriyning qo\u02bblida qolganini bilib olamiz. Keyinchalik aynan Firabriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni juda ko\u02bbp shogirdlar ta\u02bclim olgan va asar matnini ustozining qo\u02bblidagi asl nusxadan ko\u02bbchirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201d versiyalari orasida Firabriyning rivoyati juda mashhur bo\u02bblib ketgani ana shundan. Insonlar hozirgacha \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Firabriyning rivoyatidagi sanad bilan o\u02bbrganib kelayotgani esa oltinchi omil bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ABDUVOSI SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cSahihul Buxoriy\u201dni muallifdan eshitgan roviylar orasida Abu Abdulloh Firabriy (231-320\/846-932) alohida o\u02bbrin tutadi. Alloh taolo unga Imom Buxoriy bilan uchrashish va undan hadis eshitish uchun bir necha sabablarni taqdir qilgan va ko\u02bbp xayrli ishlarga muyassarlik bilan xoslagan. Shu sababli uning rivoyati rivoyatlarning eng yaxshisi, eng to\u02bblig\u02bbi va sanadi oliyrog\u02bbiga aylangan. Abu Is\u02bchoq Mustamliy Muhammad ibn &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20665,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0424\u0418\u0420\u0410\u0411\u0420\u0418\u0419 \u0420\u0418\u0412\u041e\u042f\u0422\u0418 \u041c\u0410\u0428\u04b2\u0423\u0420\u041b\u0418\u0413\u0418\u041d\u0418\u041d\u0413 \u0421\u0410\u0411\u0410\u0411\u041b\u0410\u0420\u0418 \u041d\u0418\u041c\u0410\u0414\u0410?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0424\u0418\u0420\u0410\u0411\u0420\u0418\u0419 \u0420\u0418\u0412\u041e\u042f\u0422\u0418 \u041c\u0410\u0428\u04b2\u0423\u0420\u041b\u0418\u0413\u0418\u041d\u0418\u041d\u0413 \u0421\u0410\u0411\u0410\u0411\u041b\u0410\u0420\u0418 \u041d\u0418\u041c\u0410\u0414\u0410?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-03-09T06:36:48+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz\",\"name\":\"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg\",\"datePublished\":\"2022-03-09T06:36:48+00:00\",\"dateModified\":\"2022-03-09T06:36:48+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u0424\u0418\u0420\u0410\u0411\u0420\u0418\u0419 \u0420\u0418\u0412\u041e\u042f\u0422\u0418 \u041c\u0410\u0428\u04b2\u0423\u0420\u041b\u0418\u0413\u0418\u041d\u0418\u041d\u0413 \u0421\u0410\u0411\u0410\u0411\u041b\u0410\u0420\u0418 \u041d\u0418\u041c\u0410\u0414\u0410?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u0424\u0418\u0420\u0410\u0411\u0420\u0418\u0419 \u0420\u0418\u0412\u041e\u042f\u0422\u0418 \u041c\u0410\u0428\u04b2\u0423\u0420\u041b\u0418\u0413\u0418\u041d\u0418\u041d\u0413 \u0421\u0410\u0411\u0410\u0411\u041b\u0410\u0420\u0418 \u041d\u0418\u041c\u0410\u0414\u0410?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u0424\u0418\u0420\u0410\u0411\u0420\u0418\u0419 \u0420\u0418\u0412\u041e\u042f\u0422\u0418 \u041c\u0410\u0428\u04b2\u0423\u0420\u041b\u0418\u0413\u0418\u041d\u0418\u041d\u0413 \u0421\u0410\u0411\u0410\u0411\u041b\u0410\u0420\u0418 \u041d\u0418\u041c\u0410\u0414\u0410?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-03-09T06:36:48+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz","name":"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg","datePublished":"2022-03-09T06:36:48+00:00","dateModified":"2022-03-09T06:36:48+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u0424\u0418\u0420\u0410\u0411\u0420\u0418\u0419 \u0420\u0418\u0412\u041e\u042f\u0422\u0418 \u041c\u0410\u0428\u04b2\u0423\u0420\u041b\u0418\u0413\u0418\u041d\u0418\u041d\u0413 \u0421\u0410\u0411\u0410\u0411\u041b\u0410\u0420\u0418 \u041d\u0418\u041c\u0410\u0414\u0410?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_46.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20667&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"FIRABRIY RIVOYATI MASHHURLIGINING SABABLARI NIMADA?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20667"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20667"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20667\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20668,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20667\/revisions\/20668"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20665"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20667"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20667"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20667"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}