{"id":20606,"date":"2022-03-02T13:53:48","date_gmt":"2022-03-02T08:53:48","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20606"},"modified":"2022-03-03T18:21:44","modified_gmt":"2022-03-03T13:21:44","slug":"tinchlikning-qadriga-yetib-shukrini-ado-eting","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz","title":{"rendered":"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>ULUG\u02bb NE\u02bcMAT<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlikni qo\u02bbllab-quvvatlash, siyosiy huquq va erkinliklarni ta\u02bcminlash, demokratiya va qonuniylikni qaror toptirish, ijtimoiy muhofaza va aholining salomatligini asrash, ilm-fan va ta\u02bclim-tarbiya, madaniyat va diniy-ma\u02bcrifat, shaharsozlik va qurilish, san\u02bcat va sport kabi sohalarda erishilgan ulkan yutuqlar, xalqaro hamjamiyat va nufuzli tashkilotlar bu boradagi e\u02bctirofi har bir yurtdoshimiz qalbini faxr va g\u02bbururga to\u02bbldirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xususan, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan turli dinlarga mansub qadriyatlarni avaylab-asrash, barcha fuqarolarga vijdon erkinligi va o\u02bbz e\u02bctiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e\u02bctibor qaratilib, ushbu yo\u02bbnalishda boshqa davlatlarga namuna bo\u02bbladigan boy tajriba orttirildi. Mazkur yo\u02bbnalishlarda ko\u02bbplab huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga joriy qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar, tarixiy natijalar zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik yotibdi. Tarixiy haqiqat shundan iboratki, ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida davlat va jamiyat rivojlanishi barqarorlik va tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog\u02bbliq bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, islom dinida tinchlik Alloh taolo tomonidan butun insoniyatga in\u02bcom etilgan ulug\u02bb ne\u02bcmat sifatida qadrlanadi. Ulamolar Qur\u02bconi karimning 50 dan ziyod surasidagi oyatlar mo\u02bbminlik, tinchlik va bag\u02bbrikenglik mavzulariga bag\u02bbishlanganini e\u02bctirof etadi. Jumladan, Qur\u02bconi karimda bayon qilinadiki: \u201cEy imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir\u201d\u00a0<em>(Baqara surasi, 208-oyat).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlikning ilohiy ne\u02bcmat ekani Muhammad alayhissalomning quyidagi hadislarida ham qayd etilgan: \u201cAllohdan afv va tinchlik-omonlikni so\u02bbranglar. Chunki biror kishiga imondan keyin tinchlik-omonlikdan afzalroq ne\u02bcmat berilgani yo\u02bbq\u201d (\u201cSunani Termiziy\u201d, 3558-hadis).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e\u02bctiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o\u02bblka bo\u02bblib kelgani tarixiy haqiqat. Ajdodlarimiz turli millat va din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo\u02bblgani, el-yurt taraqqiyoti yo\u02bblida yelkadosh bo\u02bblib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko\u02bbp qayd etilgan. Bugungi kunda Vatanimizda 130 dan ziyod millat, 16 konfessiyaga mansub fuqarolar yagona va ahil oila bo\u02bblib, tinchlik-xotirjamlikda, yurtimiz mustaqilligi va xalqimiz farovonligi yo\u02bblida hamjihat faoliyat olib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Taassufki, bugun jahon hamjamiyati, xususan, musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechayotir. Insoniyat muayyan siyosiy doiralar tomonidan o\u02bbz ta\u02bcsir doiralarini kengaytirish maqsadida amalga oshirayotgan g\u02bboyaviy kurashlar va mafkuraviy tahdidlar avj olgan bir vaziyatda yashayapti. Qator davlatlar, xususan, musulmon yurtlari o\u02bbtkir siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli nizolarni boshidan o\u02bbtkazmoqda. Mazkur mamlakatlarda odamlar og\u02bbir iqtisodiy muammolar girdobida, nochorlik, oziq-ovqat tanqisligi, ochiqdan-ochiq zo\u02bbravonliklar va xavfli bir sharoitda kun kechirmoqda. Oqibatda bunday hududlardan qochqinlar soni ortib, keng miqyosda gumanitar tangliklar yuzaga kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darhaqiqat, Payg\u02bbambar alayhissalomning \u201cTinchlik va xotirjamlik ikki ulug\u02bb ne\u02bcmatdurki, bundan ko\u02bbp odamlar mahrumdirlar\u201d (Imom Buxoriy, 6412-hadis) degan hadislarini eslagan holda, bugungi kunda yurtimizdagi tinch-osoyishta hayot qator mamlakatlarning xalqlari uchun orzu bo\u02bblib qolayotgani guvohi bo\u02bblmoqdamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu holat dunyo davlatlarining katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat\u02bci nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne\u02bcmat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda. Shu o\u02bbrinda Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisni eslash o\u02bbrinlidir: \u201cKim oilasi tinch, tanasi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to\u02bblig\u02bbicha berilibdi\u201d (\u201cSunani Termiziy\u201d, 2346-hadis).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ta\u02bckidlash joizki, ijtimoiy barqarorlik jamiyat hayotining osoyishtaligi bilan tavsiflanadi. Barqarorlikka tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratish, turli ijtimoiy qatlamga mansub fuqarolar va siyosiy partiyalar o\u02bbrtasidagi hamjihatlikni, davlat, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolar o\u02bbrtasidagi ijtimoiy kelishuv va sherikchilik bardavomligini ta\u02bcminlash orqali erishiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aksincha, xalq orasida buzg\u02bbunchilik g\u02bboyalarini tarqatish orqali beqarorlik keltirib chiqarish esa tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqaradi. Islom ta\u02bclimotida aholi osuda hayot kechirib turgan jamiyatda halovat va tinchlikka raxna soladigan har qanday fitna harakatlari odamlarning qonini to\u02bbkishdan ham og\u02bbir gunoh sanaladi: \u201cSizlardan faqat zolimlargagina xos bo\u02bblmagan (balki hammalaringizga ommaviy bo\u02bbladigan) fitna (azob)dan saqlaningiz va bilib qo\u02bbyingizki, Alloh jazosi qattiq (zot)dir\u201d\u00a0<em>(\u201cAnfol\u201d surasi, 25-oyat).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom ulamolari Qur\u02bconi karimda tinchlikka, odamlarning osoyishtaligi va xavfsizligiga raxna soluvchi amallarni qilmaslik buyurilganini ta\u02bckidlaydilar: \u201c\u2026 Alloh esa, fasodni (buzg\u02bbunchilikni) yoqtirmaydi\u201d (Baqara surasi, 205-oyat). Mazkur suraning 60-oyatida: \u201c\u2026 Allohning rizqidan yeb-ichingiz, Yer yuzida buzg\u02bbunchilik qilmangiz!..\u201d, deb marhamat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, islom ta\u02bclimoti odamlarni millati, dini, jinsi yoki qarashlaridan qat\u02bci nazar, huquq va erkinliklarini himoya qiladi hamda ularga zulm qilishdan qaytaradi. Qur\u02bconi karimda: \u201c\u2026biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilishga undamasin!..\u201d\u00a0<em>(\u201cMoida\u201d surasi, 8-oyat)<\/em>\u00a0deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlikni saqlash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Bugungi tahlikali zamon tinchlikni ta\u02bcminlash faqat davlatning vakolatli idoralari vazifasi degan noto\u02bbg\u02bbri tushunchalardan voz kechish, Vatan taqdiri uchun astoydil qayg\u02bburib yashashni taqozo etayotganiga barchamiz guvohmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alohida qayd etish lozimki, tinchlikning shukronasi amaliy bo\u02bblishi lozim. Ya\u02bcni, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishi, balki unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishi, kelib chiqishi mumkin bo\u02bblgan notinchlikning oldini olishda ham faol ishtirok etishlari lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayniqsa, axborot manbalari, xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va Islom dini mohiyatini soxtalashtirishga, ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifatdan yiroqlashtirishga qaratilgan g\u02bbarazli urinishlarga qat\u02bciy qarshi turishimiz lozim. Mazkur yo\u02bbnalishda jamiyatning ziyoli qatlamlari, olim va ulamolar oldingi safda bo\u02bblishlari lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Vatanparvarlik ota-bobolardan meros qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o\u02bbz ona Vatanini dushmanlardan, yot va begona g\u02bboyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikni nazarda tutadi. Ulamolarimiz vatanparvarlik oddiy shior yoki his-tuyg\u02bbu emasligi, balki uni quyidagi xayrli amal va ibratli ishlarda ifoda etish lozim ekanini ta\u02bckidlaydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Vatan haqqiga bor yaxshiliklarni tilab duo qilish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 jamiyatda ahillikni kuchaytirish yo\u02bblida harakat qilish (silai rahm, qo\u02bbshnilarga yaxshilik, o\u02bbzaro yordam, bir-biriga yaxshilikni sog\u02bbinish, salbiy axloq va ijtimoiy illatlardan saqlanish va h.k.);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Vatan salohiyatini oshirish va uni muhofazasi uchun jonkuyarlik qilish (Vatan mulkini avaylab-asrash, uning yuksalishi uchun halol mehnat qilish, o\u02bbzini bag\u02bbishlash, bu yo\u02bblda ta\u02bcmani yaqinlashtirmaslik va h.k.);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Vatan erki, hududi yoki obro\u02bbsiga qarshi g\u02bboyaviy yoki harbiy hujumga qarshi mudofaada turish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Vatan oiladan boshlanadi. Oilada tinchlik bo\u02bblsa, mahalla, qishloq, shahar, viloyat va nihoyat mamlakatda osoyishtalik bo\u02bbladi, yurt ravnaq topadi. Masalaning e\u02bctiborli jihatlaridan biri shuki, tinchlikni ulug\u02bb ne\u02bcmat deb e\u02bclon qilgan dinimizda bu yo\u02bblda nafaqat amal bilan, balki so\u02bbz bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu nuqtai nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni asrab-avaylash yo\u02bblida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa\u02bcyharakatlarni nafaqat to\u02bbg\u02bbri qabul qilishlari, balki e\u02bctiqodan qo\u02bbllab-quvvatlashlari hamda bor imkoniyatlari bilan yordam berishlari lozim. Tahdidlarning oldini olishga qaratilgan mana shunday chora-tadbirlar hisobiga yurtimiz tinch, xalqimiz farovon yashab, dindorlarimiz ibodatlarini xotirjamlik va emin-erkinlikda ado etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi tahlikali zamonning o\u02bbzi voqelikka hushyorlik, teran va chuqur mushohada yuritgan holda nazar tashlashni, jahonda kuchayib borayotgan xatarlarni to\u02bbg\u02bbri baholab, ulardan tegishli saboq olib yashashni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ongi va shuurida murakkab va tahlikali dunyo va mintaqada ro\u02bby berayotgan turli voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida biryoqlama va noxolis tasavvur shakllanishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik zarur sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, qadriyatlarimiz, milliy-diniy an\u02bcanalarimiz, mentalitetimizga zid tushuncha va g\u02bboyalar kirib kelishining oldini olish barcha fuqarolarimizning burchi hisoblanadi. Ayniqsa, har bir fuqaro yoshlarimiz ongiga, birinchi navbatda, ona Vatani va oilasi oldidagi mas\u02bculiyatni singdirishga, ularni insonparvarlik, vatanparvarlik va mamlakatimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga ustuvor vazifa sifatida qarashi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O\u02bbzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta\u02bckidlaganidek:\u00a0<strong>\u201cMa\u02bcnaviy uyg\u02bboq jamiyatni, o\u02bbz oldiga ulkan vazifalar qo\u02bbyib, kelajak sari ishonch bilan borayotgan xalqni hech kim o\u02bbz yo\u02bblidan to\u02bbxtata olmaydi. Bunday xalqni Yaratganimiz ham qo\u02bbllab-quvvatlaydi, doimo yo\u02bblini ochib beradi\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Homidjon<\/strong><strong>\u00a0ISHMATBEKOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 2 mart, 44-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ULUG\u02bb NE\u02bcMAT So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlikni qo\u02bbllab-quvvatlash, siyosiy huquq va erkinliklarni ta\u02bcminlash, demokratiya va qonuniylikni qaror toptirish, ijtimoiy muhofaza va aholining salomatligini asrash, ilm-fan va ta\u02bclim-tarbiya, madaniyat va diniy-ma\u02bcrifat, shaharsozlik va qurilish, san\u02bcat va sport kabi sohalarda erishilgan ulkan yutuqlar, xalqaro hamjamiyat va nufuzli tashkilotlar bu boradagi e\u02bctirofi har bir yurtdoshimiz qalbini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20604,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0422\u0438\u043d\u0447\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 \u049b\u0430\u0434\u0440\u0438\u0433\u0430 \u0435\u0442\u0438\u0431, \u0448\u0443\u043a\u0440\u0438\u043d\u0438 \u0430\u0434\u043e \u044d\u0442\u0438\u043d\u0433\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0422\u0438\u043d\u0447\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 \u049b\u0430\u0434\u0440\u0438\u0433\u0430 \u0435\u0442\u0438\u0431, \u0448\u0443\u043a\u0440\u0438\u043d\u0438 \u0430\u0434\u043e \u044d\u0442\u0438\u043d\u0433\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-03-02T08:53:48+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-03-03T13:21:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1213\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz\",\"name\":\"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg\",\"datePublished\":\"2022-03-02T08:53:48+00:00\",\"dateModified\":\"2022-03-03T13:21:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u0422\u0438\u043d\u0447\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 \u049b\u0430\u0434\u0440\u0438\u0433\u0430 \u0435\u0442\u0438\u0431, \u0448\u0443\u043a\u0440\u0438\u043d\u0438 \u0430\u0434\u043e \u044d\u0442\u0438\u043d\u0433\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg\",\"width\":1280,\"height\":1213},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u0422\u0438\u043d\u0447\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 \u049b\u0430\u0434\u0440\u0438\u0433\u0430 \u0435\u0442\u0438\u0431, \u0448\u0443\u043a\u0440\u0438\u043d\u0438 \u0430\u0434\u043e \u044d\u0442\u0438\u043d\u0433","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u0422\u0438\u043d\u0447\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 \u049b\u0430\u0434\u0440\u0438\u0433\u0430 \u0435\u0442\u0438\u0431, \u0448\u0443\u043a\u0440\u0438\u043d\u0438 \u0430\u0434\u043e \u044d\u0442\u0438\u043d\u0433","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-03-02T08:53:48+00:00","article_modified_time":"2022-03-03T13:21:44+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":1213,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz","name":"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg","datePublished":"2022-03-02T08:53:48+00:00","dateModified":"2022-03-03T13:21:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u0422\u0438\u043d\u0447\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 \u049b\u0430\u0434\u0440\u0438\u0433\u0430 \u0435\u0442\u0438\u0431, \u0448\u0443\u043a\u0440\u0438\u043d\u0438 \u0430\u0434\u043e \u044d\u0442\u0438\u043d\u0433","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/tinchlik_ulug_nemat.jpg","width":1280,"height":1213},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20606&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20606"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20606"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20650,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20606\/revisions\/20650"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20604"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}