{"id":20567,"date":"2022-03-01T11:07:33","date_gmt":"2022-03-01T06:07:33","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20567"},"modified":"2022-03-01T11:07:33","modified_gmt":"2022-03-01T06:07:33","slug":"mo%ca%bbminjon-hakim-xotiralarida-abduroziq-marg%ca%bbinoniy-ta%ca%bcrifi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz","title":{"rendered":"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabobat ilmining bilimdoni, buyuk hakim O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan vrach, tibbiyot fanlari nomzodi Buxoro amiri Olimxonning xos tabibi \u201cHakim\u201d taxallusi bilan ijod qilgan Mo\u02bbminjon Hakim o\u02bbz xotiralarida Buxorodagi mashhur o\u02bbn bir muftiyning biri shayx, faqih, muhaddis, mufassir domlo Abduroziq Marg\u02bbinoniy to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli ma\u02bclumotlarni bayon etganki, bu ma\u02bclumotlar boshqa\u00a0 adabiyotlarda uchramaydi. Mo\u02bbminjon Hakimning 1910 yili ilm olish uchun Buxoroga kelgan ilk kunlardanoq Abduroziq Marg\u02bbinoniy bilan uchrashadi va shu tarzda bir muddat uning xonadonida yashab qoladi. Natijada, Abduroziq Marg\u02bbinoniy bilan\u00a0 yaqindan tanishib, uning fe\u02bcl-atvori, turmush tarzi, ko\u02bbrinishi, oilasi va vafoti xususida bizga noma\u02bclum bo\u02bblgan jihatlarini keyinchalik o\u02bbz xotiralarida bayon etadi [1: 116].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda A. Inoyatov va M.Soliyevalarning \u201cZulmatdagi ziyokorlar\u201d kitobidagi Muftiy Abduroziq to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotga e\u02bctibor beraylik:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cDomlo Abduroziq Sodiq o\u02bbg\u02bbli qadim Marg\u02bbilon shahrida dunyoga kelganlar. Boshlang\u02bbich ta\u02bclimni Marg\u02bbilonda o\u02bbz mahallalaridagi maktabda olib, keyin Buxoroi sharifdagi katta ilm dargohi \u2013 Mir Arab madrasasida o\u02bbqiydilar. Domlo Abdushukurning xos shogirdlaridan bo\u02bbladilar. O\u02bbqishda, odobda, ilm-ma\u02bcrifatda o\u02bbrnak bo\u02bblganlari uchun shu madrasada qolib mudarrislik qiladilar. Amir saroyida muftiy lavozimida ishlaganlar. Buxorodan uylanib, Chor Minor mahallasida yashaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx, faqih, muhaddis, mufassir domlo Abduroziq o\u02bbz davrlarida Buxorodagi mashhur o\u02bbn bir muftiyning biri bo\u02bblganlar. Jussalari kichik bo\u02bblgani uchun u kishini xalq orasida \u201cAbduroziqcha\u201d deb atashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Otalari Sodiq o\u02bbz zamonasining yetuk shayxi bo\u02bblganlar. U zoti bobarakot farzandlarining ilmli, ma\u02bcnan barkamol bo\u02bblib voyaga yetishiga harakat qilganlar. Domlo Abduroziqning Inoyatxon, Oishaxon, Hidoyatxon ismli nevaralari bo\u02bblgan. Hidoyatxon Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1942 yilda u kishidan qora xat keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oishaxondan to\u02bbrt farzand: Bahodirjon (marhum), Sojidaxon, Baxtiyorjon va Ozodaxonlar tug\u02bbiladi. Bular domlo Abduroziqning evaralari.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Domlo Abduroziq ko\u02bbplab shogird tayyorlaganlar. Shulardan biri shayx, mutasavvif olim, muhaddis, tarixchi, xattot, jamoat arbobi toshkentlik Abdulaziz qori (1902-2006) bo\u02bblib, u kishi mo\u02bbmin-musulmonlar orasida taniqli ulamolardan edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Domlo Abduroziq yoshlari 70 dan o\u02bbtgan bo\u02bblsa-da, Buxoro amiridan bir necha marta hajga borish uchun ruxsat so\u02bbraydilar. Lekin amir har gal: \u201cSiz ketsangiz, Buxoro ilm-ma\u02bcrifatsiz qoladi\u201d, \u2013 deb, u kishiga ruxsat bermaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckid joizki, ushbu kitobda Muftiy Abduroziq to\u02bbg\u02bbrisida ilk bor batafsilroq ma\u02bclumotlar keltirilgan. Shunday bo\u02bblsada, undagi ayrim berilgan ma\u02bclumotlarga Mo\u02bbminjon Hakim xotiralari orqali aniqlik kiritish lozim bo\u02bbladi. Chunonchi, Mo\u02bbminjon Hakimning yozishicha, Abduroziq domlaning ikki o\u02bbg\u02bbil, bir qizi bo\u02bblgan. Birinchi o\u02bbg\u02bblining ismi Abdulloh bo\u02bblib 1912 yilda 35 yoshda bo\u02bblgan. Ikkinchi o\u02bbg\u02bblining ismi Abduqayum\u00a0 bo\u02bblib o\u02bbsha vaqtda to\u02bbrt yoshda edi. Alomat nomli qizlari 6 yoshlarda bo\u02bblgan.Oradan sal o\u02bbtmay, domlo Abduroziq bir kechada g\u02bboyib bo\u02bbladilar. Ikki yil Marg\u02bbilon shahrida qarindoshlarinikida yashab, so\u02bbngra haj safariga boradilar va 1918 yili Madinada vafot etadilar. Qabrlari \u201cJannat ul-baqi\u02bc\u201d qabristonida\u201d [2: 40-41].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Mo\u02bbminjon Hakimga ko\u02bbra, Muftiy Abduroziq domla 1331 hijriy yilning zulhijja oyining 27-kuni (1912) Makkada vafot etgan. Mo\u02bbminjon Hakim Muftiy Abduroziq domla hajga borishi vaqtida bo\u02bblib o\u02bbtgan voqealarni ham batafsil hikoya qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Muftiy domla Mulla Abduroziq<\/em><\/strong><strong><em>cha sudurni shaxsiy hayoti va turmushi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Domlani asli tug\u02bbilgan joyi Marg\u02bbilonni Kosagiron mahallasidan. Bolalarga oyog\u02bb kiyim tikiyim tikadirgan kosib oilasidandir.\u00a0 Yosh vaqtida ota va onasi vafot etib bir nomehribon akani qo\u02bbliga qoladir. Akasini o\u02bbz bolalari ko\u02bbb bo\u02bblg\u02bboni uchun ukasiga yaxshi qaramaydir. Hatto akasini xotuni o\u02bbz bolalarini alohida\u00a0 ovqatlantirib, bolalaridan qoldiq ovqatlarni beradir va og\u02bbir ishlarni buyuradir.\u00a0 Xulosa,\u00a0 shunday sharoit tug\u02bbdiradirkim, boshqa toqat qilish imkoniyatdan ortadir. Lekin bu bolani tabiatida o\u02bbqushga ortuqcha muhabbati bo\u02bblib, hamma vaqt fikri yodi nima qilsaki o\u02bbqisa. Bir kun tasodifan eshitadiki, bir guruh savdogarlar savdo bilan Toshkandga jo\u02bbnar emish. Bu bola bular qaysi kuni va\u00a0 qaysi vaqtda jo\u02bbnashlarini bilib, o\u02bbsha kun kechasi uxlamay to sahargacha o\u02bblturib, sahar vaqtida karvon mol tovarini ortib, yigirmaga yaqin kishilar safarga jo\u02bbnaydilar. Bu bola ham savdogarlarga bildirmay orqalaridan qaramoqda piyoda ketaveradir. Xo\u02bbqandlardan o\u02bbtganda savdogarlar payqaydurlar. Bir bola doim alarning izidan kelayotur. Ta\u02bcjjublangan bir kishi boladan so\u02bbrasa, u o\u02bbz ahvolini va yetimligini aytib, o\u02bbqumoqqa ketayotganini bildiradir. Mazkur savdogarlar bolani Toshkandgacha ovqatlanturib borib, bu bola Toshkand shahrida bir boyni molini boqadir. Ammo doim karvonsaroylardan so\u02bbrab yurib, Samarqandga jo\u02bbnaydigan savdogarlarni safar asboblarini tayyorlaganlarga duch kelib qolib, ularni orqasidan yana piyoda cho\u02bbllarda ergashib,\u00a0 qoldiq ovqatlarni yeb piyoda jo\u02bbnaydilar.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cMalik cho\u02bblida \u201cCho\u02bbli malikda\u201d (hozir Mizacho\u02bbldir) charchab, havoni haroratidan chanqab, oyoqlarim og\u02bbrib savdogarlar karvonidan ko\u02bbrinmaslik darajada keyinda qoldim. Biroq cho\u02bblda ko\u02bbb yovvoyi itlar bor ekan. Bir o\u02bbntacha it menga qarab yiroqdan yugurib \u201cav-av\u201dlashib kela boshladilar. Umidim uzilgan holda hayolimga bir eshitganim keldi. \u201cIt va ot yalang\u02bboch odamdan ziyoda qo\u02bbrqadir\u201d,\u2013 deb. Darhol eski ko\u02bbylak, lozim va to\u02bbfidan boshqa ustimda\u00a0 hech nima yo\u02bbq edi. Darhol men qib yalang\u02bboch bo\u02bblib, ularga qarab jon xalfida yugurdim. Shu ondan itlar qichqirub, chunon qochdilarki, qutulib qoldim\u201d deydilar va\u00a0 bir kulib: \u201cHaqiqatdan ham inson qib yalang\u02bboch bo\u02bblsa, undun xunuk narsa yo\u02bbqda\u201d, \u2013 dedi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Samarqandga kelib, Shohizinda mozorini birinchi ko\u02bbchasi darvozasidan kirganda, o\u02bbng qo\u02bblda birinchi to\u02bbb chilonjiydalar (ziziviya unnobi) borlar (hozirda ham). Ul daraxtlar oldida o\u02bbng tarafda bir kichik eshik bor. Ul eshikdan kirsangiz 6-7 hujralik madrasacha bordir. \u201cUni keyinroq yana o\u02bbzimni ahvolimda takror o\u02bbqursiz). Shul madrasada bir tolibi ilm iflos hujraga joylashadir\u2026<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bizni suhbatimiz bu yerga yetganda darvozadan ikki-uch kishi domlani ziyoratlariga kelib qoldilar. Afsuski, so\u02bbray olmadim, kimda o\u02bbquganlarini. Bu xil necha soatlab xoli vaqt kam bo\u02bblar edi. Chunki, har shahardan kelgan odamlar uzulmay ziyoratga kelib turar. Bemehmon soatlar kam bo\u02bblar edi[2: 61]..<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbminjon Hakim Abduroziq Marg\u02bbinoniyning shaxsiy sifatlari haqida so\u02bbzlar ekan, uni barcha ilmlarni bilguvchi ulamo sifatida e\u02bctirof etibgina qolmay, balki har doim kambag\u02bballarga yordam berib keluvchi saxovatpesha zot\u00a0 ekanligini alohida ta\u02bckidlab o\u02bbtadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cMuftiy domlani shaxsiy xususiyatlariga kelganda, ul\u00a0 kishi o\u02bbz davrini ilm um<\/em><em>m<\/em><em>onini eng buzrugi, o\u02bbshal davrning hamma ilmlarini mukammal bilguvchi va har narsaga tabiat ko\u02bbzi bilan qarovchi va ba\u02bczi ulamolar masalan, Mullo Holmurod Toshkandiy kabi shogirdlariga \u201ckerosin va kavush o\u02bbrisniki\u201d deb man qilguvchilarga kuluvchi bir kishi bo\u02bblib, hamma vaqt kambag\u02bballarga maxfiy yordam qilguchi, mehmonsevar bir kishi bo\u02bblib, yoz kunlarida doim mehmon uzilmas edi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Har kechqurun yigirma kishidan kam bo\u02bbmagan mehmon va mullobachchalar oshga hozir bo\u02bblur erdilar. Shomdan keyin har kun uchta katta xitoy taboqda osh chiqar edi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Domla o\u02bbzini shaxsiy ko\u02bbrinishi: bo\u02bbylari metr 70 santimerdan ziyoda emas edi. Qotma, yuzida kamroq chechak o\u02bbrnilari bor. Siyrak oqsoqol. Yoshini yetmmishligiga qaramay chaqqon, tez harakat, kamgap kishi, juda oz ovqat yeb, kam uxlar edi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbqish davrida soat o\u02bbnlarda uxlab, kechasi soat ikkida turib, kitobxonasida qirq yillar ma\u02bcruzalar o\u02bbqushigg\u02bba qaramay, soat to\u02bbrtg\u02bbacha kitob ko\u02bbrish bilan mashg\u02bbul bo\u02bblib, soat to\u02bbrtda uyda bir guruh talablarga ma\u02bcruza o\u02bbqib, bomdod namozini shu guruh bilan uyda\u00a0 o\u02bbqib, ikkinchi guruh o\u02bbrtaga olib, u kishi otliq, talabalar piyoda darsxonasiga, Tursunjon madrasasiga borib, madrasada yana sakkiz<\/em>\u00a0<em>soat ma\u02bcruza o\u02bbqurdi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Har guruh 40-50 kishidan iborat bo\u02bblub, uydan ketarda qo\u02bbltuqlariga uy nonini to\u02bbrtdan birini, u ham bo\u02bblsa qattiq non bo\u02bblib, andak ko\u02bbk choy xaltachaga solib cho\u02bbntaklarida olib ketar, soat ikkida\u00a0 darsxona (auditoriya)da guruh bilan peshin o\u02bbqub, madrasa oldidagi samovardan suv quydirib kelardi. O\u02bbsha qo\u02bbltuqdagi to\u02bbrtdan bir qattig\u02bb nonni uyutib yer edilar. O\u02bblturgan joyda bir sholcha ustida bir qo\u02bbyni terisi hatto uni junlari ba\u02bczi joylarida andak-andak qolgan edi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Domlani vafotlaridan keyin Tursunjon madrasasiga Mullo Zokirjon muftiy Karruxiy ta\u02bcyin bo\u02bblib, domlani o\u02bbrnida\u00a0 o\u02bblturgan joyda bir shoyi ko\u02bbrpani to\u02bbrt qabat qilib, yangi gilam ustiga ikki yoniga ikki par yostiq qo\u02bbyub ma\u02bcruza o\u02bbqir edi. Vaholanki, domlani o\u02bbndan bir ilmi bo\u02bblmagan kishi edi. Ko\u02bbchada yuradirgan bir mo\u02bbysafid darvish kishi bo\u02bblar edi. Bir kuni darsxona (auditoriya) eshigidan kirib kelib qaradi(1-kitob. 47-bet). Domla Zokirni bu xil to\u02bbrt qabat shohi ko\u02bbrpalarini ko\u02bbrib: \u201cIn nameshavad tuf-f\u201d, ya\u02bcni \u201cbuning yaramaydi tuf-f\u201d deb qaytib ketgani xalq ichida darhol gap bo\u02bblib tarqaldi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Domla 8 darsdan bo\u02bbshab xufton namozini uyiga kelib o\u02bbqurdi. Eng kiyingi guruh yana uygacha uzaturlar edi. Bul vaqtda ichkaridan osh chiqardi. Ajoyib osh yerdilar. Kichkina qilib bir joydan o\u02bbyib taboqni taxtiga tushar edilar. Yeb bo\u02bblgandan qolgan oshda go\u02bbyoki sichqon<\/em><em>n<\/em><em>i uyini teshigiga o\u02bbxshab qolardi. Hammasi bo\u02bblib yegan oshlari oddiy odamlar olgan ikk-uch oshicha edi\u2026<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Muftiy domlani Ko\u02bbkaldosh madrasasida darvozadan kirib o\u02bbng tarafdan sharqiy-janubiy burchagida ikkinchi qabatda imorati bu vaqtda bo\u02bbsh bo\u02bblib, qolgan joyga alohida zina bilan kichkina 2&#215;2 metr hujrachasi bo\u02bblib, bunda qashshoq mullobachchalar istiqomat qilur edi. Bir kishilik vaqfini domla qayerda kamabag\u02bbal mullobachchalar bo\u02bblsa, maxfiy chaqirib, berar edilar. Mana men shul yerga borib turdim. Har kun kechqurun domlani hovlisiga kelishlaridan ilgari hovlidagi ishlarni qilib, mehmonlarni qabul qilib, kechqurun xuftondan keyin Ko\u02bbkaldoshda mashg\u02bbulotimni qilib uxlar edim.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbminjon Hakim xotiralarida Abduroziq Marg\u02bbinoniyning Haj safariga ketishi \u00a0bilan bog\u02bbliq voqealar va uning vafotida to\u02bbg\u02bbrisida tafsilotlar muhim keng o\u02bbrin olgan bo\u02bblib, mazkur ma\u02bclumotlar boshqa biron bir manbada qayd etilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cSha\u02bcbon oyini o\u02bbrtalari (iyul bo\u02bblsa kerak. Chunki musulmonlar oy hisobi har xil 12 kun ilgari keladir. Binobarin<\/em><em>,<\/em><em>\u00a0oylar hamma vaqt bir vaqtda bo\u02bblmaydir) birdan Hazrat Muftiy domladan menga teleg\u02bbrom (keldi) \u201cErtaga falon soatda Samarqand stansiyasida meni kuting\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bir, ikki, uch soatdan so\u02bbng butun Samarqandga ma\u02bclum bo\u02bbldiki, \u201cHazrat muftiy domla hajga ertaga falon poyezdda jo\u02bbnayaturlar\u201d, \u2013 deb. Chunki Buxoroda doimiy istiqomat har shaharlik o\u02bbz shaharlariga teleg\u02bbrom yuborib, domlani falon poyezda ketushlarini e\u02bclo<\/em><em>n<\/em><em>\u00a0qilibdurlar. Ammo domla taraflaridan faqat bir menga teleg\u02bbrom berilibdir. Bu menga oxirgi marhamat va shafqati bo\u02bblib, meni qancha ilm yo\u02bblida tortmish mehnat va mashaqqatlarim uchun meni ko\u02bbnglimga tasalli bermoq uchun ekan\u2026<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Domla bir kun tushlarida Muhammad payg\u02bbambar (s.a.v.)ni ko\u02bbradirlar. \u201cTezda meni oldimga kel\u201d degan ishorat\u00a0 bo\u02bbladir-da, erta bilan bomdod namozoni o\u02bbqub, soyis (otboqar)ni chaqirib \u201cOtini tayyorla\u201d deydilar va otga minib to\u02bbg\u02bbri \u201cSitorai Mohi xosa\u201dga Amir Olimxon huzuriga kirib, hajga ijozat so\u02bbrab, ijozat olib uyga kelib aytadirlar: \u201cErtangi poyezdga bilet olinglar. Men\u00a0 hajga jo\u02bbnaydurman\u201d. Darhol Buxoroga yoyiladir. Har kim har tarafga teleg\u02bbrom beradirlar\u2026<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u00a0Hazrat Domlani ko\u02bbrsatuvlaricha, Buxoroda domlaning eng yaxshi shogirdlaridan Asvad maxdum. Bu kishi Domladan keyin Bolorlik darajani egalladi. Domla o\u02bbzlari bilan bir nechta katta gilamlarni Madina va Makkaga joynamoz uchun olib ketdilar. Avval Madinaga borib, to mavsumi Hajgacha Madinada turib, haj mavsumida Makkaga boradilar. Makkaga borarda Makkai sharifga\u00a0 necha kilometrlar borib, istiqbol etadir. Haj marosimini tamom qilib, o\u02bbpka chumasi bilan og\u02bbrib 1331 yili 27<\/em><em>\u2013<\/em><em>zulhijja oyida Makkada vafot etadilar.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Makkai shahar tarafidan o\u02bbshal kun Buxoro qozikaloniga teleg\u02bbrom keladir. Buxoroda Mirzo Ulug\u02bbbek madrasasini sharqidagi Azizon masjidida Asvad maxdum domlani ma\u02bcruzusida edim. Bir talaba kelib xabar qildi: \u201cHazrat Domla vafot etibdilar\u201d.\u00a0 Darhol ma\u02bcruzasini to\u02bbxtadilar. O\u02bbshal yerdan talabalar va\u00a0 Asvad\u00a0 maxdum Domlani hovlilariga yugurdik. Kelsak hovliga emas\u00a0 ko\u02bbchalarga odam sig\u02bbmaydir. Men kirib, darhol hovli sahnilariga gilam, faloslar soldim. Guruh-guruh bo\u02bblib, xalq duoyi fotiha qilib qaytadilar. Chekkada bu kun payvasta uzluksiz fotihaxonlik bo\u02bbldi.\u00a0<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Uch kundan keyin bo\u02bblak yiroq shaharlardan ulamolar kela boshladilar to qirqig\u02bbacha\u2026<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>37<\/em><em>\u2013<\/em><em>kuni qirqisi bo\u02bbldi. Har kun men mehmon va fotihachilarni kuzatdim. Darslarga bora olmadim. Qirqi o\u02bbtgandan keyin fotihachilar tugadi. Mehmonxonaga odam kelishi to\u02bbxtadi\u201d [2: 63].<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbminjon Hakimning Buxoroga kelishi va muftiy Abduroziqcha bilan uchrashib, uning uyida yashab qolishi uning kelgusi hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo\u02bblgan. Shu sababdan u\u00a0 o\u02bbz xotiralarida mehribon ustozi muftiy Abduroziq to\u02bbg\u02bbrisida maroq bilan hikoya qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan,\u00a0 Mo\u02bbminjon Hakimning Muftiy Abduroziq domla to\u02bbg\u02bbrisida yozib qoldirgan xotiralari tadqiqotchilar uchun shubhasiz muhim manba sifatida ilmiy ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><em>\u00a0<\/em><em>\u00a0<\/em><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><em>\u00a0<\/em><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Fayzullayev R., Abdulahatov N. Foziljon Maxdum Marg\u02bbiloniy. IV. \u2013 T.: NOSHIR, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Inoyatov A., Soliyeva M. Zulmatdagi ziyokorlar.\u2013 T.: HILOL\u2013NASHR, 2016.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulahatov N. Xoja Marg\u02bbiloniy. \u2013 T.: ABU MATBUOT-KONSALT, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodirjon ABDULAHATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzXIA doktoranti,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari nomzodi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tabobat ilmining bilimdoni, buyuk hakim O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan vrach, tibbiyot fanlari nomzodi Buxoro amiri Olimxonning xos tabibi \u201cHakim\u201d taxallusi bilan ijod qilgan Mo\u02bbminjon Hakim o\u02bbz xotiralarida Buxorodagi mashhur o\u02bbn bir muftiyning biri shayx, faqih, muhaddis, mufassir domlo Abduroziq Marg\u02bbinoniy to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli ma\u02bclumotlarni bayon etganki, bu ma\u02bclumotlar boshqa\u00a0 adabiyotlarda uchramaydi. Mo\u02bbminjon Hakimning 1910 yili ilm olish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20566,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Tabobat ilmining bilimdoni, buyuk hakim O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan vrach, tibbiyot fanlari nomzodi Buxoro amiri Olimxonning xos tabibi \u201cHakim\u201d taxallusi bilan ijod qilgan Mo\u02bbminjon Hakim o\u02bbz xotiralarida Buxorodagi mashhur o\u02bbn bir muftiyning biri shayx, faqih, muhaddis, mufassir domlo Abduroziq Marg\u02bbinoniy to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli ma\u02bclumotlarni bayon etganki, bu ma\u02bclumotlar boshqa\u00a0 adabiyotlarda uchramaydi. Mo\u02bbminjon Hakimning 1910 yili ilm olish &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-03-01T06:07:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz\",\"name\":\"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg\",\"datePublished\":\"2022-03-01T06:07:33+00:00\",\"dateModified\":\"2022-03-01T06:07:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Tabobat ilmining bilimdoni, buyuk hakim O\u02bbzbekistonda xizmat ko\u02bbrsatgan vrach, tibbiyot fanlari nomzodi Buxoro amiri Olimxonning xos tabibi \u201cHakim\u201d taxallusi bilan ijod qilgan Mo\u02bbminjon Hakim o\u02bbz xotiralarida Buxorodagi mashhur o\u02bbn bir muftiyning biri shayx, faqih, muhaddis, mufassir domlo Abduroziq Marg\u02bbinoniy to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli ma\u02bclumotlarni bayon etganki, bu ma\u02bclumotlar boshqa\u00a0 adabiyotlarda uchramaydi. Mo\u02bbminjon Hakimning 1910 yili ilm olish &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-03-01T06:07:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz","name":"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg","datePublished":"2022-03-01T06:07:33+00:00","dateModified":"2022-03-01T06:07:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/bukhari_buxoriy2022_40.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20567&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MO\u02bbMINJON HAKIM XOTIRALARIDA ABDUROZIQ MARG\u02bbINONIY TA\u02bcRIFI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20567"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20567"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20567\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20568,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20567\/revisions\/20568"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20567"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20567"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20567"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}