{"id":20550,"date":"2022-02-28T09:36:37","date_gmt":"2022-02-28T04:36:37","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20550"},"modified":"2022-02-28T09:36:37","modified_gmt":"2022-02-28T04:36:37","slug":"musulmonning-hayotida-sharmu-hayoning-o%ca%bbrni-qanday-bo%ca%bblishi-k%d0%b5rak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz","title":{"rendered":"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini targ\u02bbib qilmagan biron bir yaxshilik va u taqiqlamagan biron bir yomonlik yo\u02bbq. U insonlarni targ\u02bbib qilgan va ziddidan qaytargan buyuk xulqlardan biri \u2013 bu, sharmu hayodir. U imon daraxtining shoxlaridan biri hamdir. Zotan, Payg\u02bbambar alayhissalom:\u00a0<strong><em>\u201cImon yetmish nechtadir shoxdan iborat. Hayo imon shoxlaridan biridir\u201d<\/em><\/strong>, deganlar\u00a0<em>(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)<\/em>. Binobarin, mo\u02bbmin kishi hayo va Allohdan qo\u02bbrqish bilan sifatlanmog\u02bbi, hayo uning axloqi bo\u02bblmog\u02bbi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Sharmu hayo inson ichki olamining go\u02bbzalligi va ma\u02bcnaviy barkamolligi alomatidir. Hayoli inson odamlar nazarida hurmatli va qadrli shaxs hisoblanadi. Zero, yomon narsalarni ko\u02bbrganda, ko\u02bbzini yumadi, yaxshi narsalarni ko\u02bbrganda esa, qabul qilishga shoshiladi. Birovlarga yomonligi yetishidan, zulm va dushmanlik qilishdan, fisq-fujur va ma\u02bcsiyat ishlarga qo\u02bbl urishdan yiroq bo\u02bbladi. Odamlar bilan muomala qilayotib ham hayosi bilinib turadi. Hayo libosini kiygan kishi odamlarning olqishiga sazovor bo\u02bbladi, ularning qalbi unga moyil bo\u02bblib qoladi, har bir istagiga erishadi. Hayosiz kimsaning chin do\u02bbsti ham bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar alayhissalom do\u02bbstini uyatchanligi uchun \u201cSen juda uyatchan va tortinchoq odamsan-da!\u201d deya koyib turgan bir kishining yonidan o\u02bbtib qoldilar. U bu gapi bilan uyatchanliging senga zarar beradi, demoqchi bo\u02bblgan edi. Shunda Payg\u02bbambar alayissalom unga:\u00a0<strong><em>\u201cUni o\u02bbz holiga qo\u02bby, chunki hayo imondandir\u201d<\/em><\/strong>, dedilar\u00a0<em>(Imom Buxoriy rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U zot alayhissalomning:\u00a0<strong><em>\u201cHayo faqat yaxshilik olib keladi\u201d<\/em><\/strong>\u00a0<em>(Muttafaqun alayh),<\/em>\u00a0<strong><em>\u201cHayoning turgan turmushi yaxshilik\u201d<\/em><\/strong>\u00a0<em>(Imom Muslim rivoyati),<\/em>\u00a0<strong><em>\u201cHayo qaysi narsada bo\u02bblsa, uni ziynatlaydi. Hayosizlik qaysi narsada bo\u02bblsa, uni bulg\u02bbaydi\u201d<\/em><\/strong>\u00a0<em>(Imom Buxoriy rivoyati),<\/em>\u00a0<strong><em>\u201cHayo va imon ikkalasi birga yaratilgan. Shunday ekan, ikkisidan biri ko\u02bbtarilsa, boshqasi ham ko\u02bbtariladi\u201d<\/em><\/strong><em>\u00a0(Hokim rivoyati)<\/em>, degan hadislari ham naql qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir kuni Payg\u02bbambar alayissalom:\u00a0<strong><em>\u201cAllohdan haqqoniy hayo qilinglar!\u201d<\/em><\/strong>\u00a0dedilar. Sahobalar: \u201cEy Allohning Payg\u02bbambari! Shubhasiz, biz Undan hayo qilamiz\u201d, dedi.\u00a0<strong><em>\u201cUnday emas, Allohdan haqqoniy hayo qilish, boshni va u o\u02bbz ichiga olgan narsalarni\u00a0<\/em><\/strong><em>(yomonlikdan)<strong>, qorinni va u o\u02bbz ichiga olgan narsalarni\u00a0<\/strong>(haromdan)<strong>\u00a0saqlamog\u02bbingizdir. O\u02bblim va\u00a0<\/strong>(qabrda)<strong>\u00a0chirishni yodda tutmog\u02bbingizdir. Kim oxirat diyorini istasa, dunyo ziynatini tark qiladi. Kim ana shunday yo\u02bbl tutsa, batahqiq, Allohdan haqqoniy hayo qilibdi\u201d<\/strong><\/em>, dedilar\u00a0<em>(Hokim rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharmu hayo borasida aytilgan eng mukammal nasihat Payg\u02bbambar alayhissalomning:\u00a0<strong><em>\u201cOdamlar payg\u02bbambarlik kalomidan birinchi idrok qilgan narsasi \u2013 agar hayo qilmasang, istaganingni qil\u201ddir\u201d\u00a0<\/em><\/strong><em>(Imom Buxoriy rivoyati),\u00a0<\/em>degan hadislari bo\u02bblsa ajab, emas. Mazkur hadis ikki xil ma\u02bcnoni ifodalaydi, har ikkisi ham go\u02bbzal va haqiqatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchisi, qilmoqchi bo\u02bblib turgan ishingda hayo qilish lozim va shart bo\u02bblmasa, unga hech qanday monelik yo\u02bbq. Qilayver!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchisi, Payg\u02bbambar alayhissalom bu gapni tahdid ma\u02bcnosida aytganlar. Ya\u02bcni, agar kimdir nimadir deyishiga e\u02bctiborsiz bo\u02bblsang, hech kimdan, hatto Allohdan qo\u02bbrqmasang, bilganingni qil. Chunki bu ishing uchun albatta javob berasan! Ehtimol, bu hadis xabar ma\u02bcnosida kelgan buyruqdir. U zot alayhissalom go\u02bbyo: \u201cSharmu hayosi yo\u02bbq kishi istaganini qiladi va Alloh uni albatta jazolaydi\u201d, demoqchilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning\u00a0<strong><em>\u201cShubhasiz, har bir dinning o\u02bbziga xos xulqi bor. Islomning xulqi hayodir\u201d<\/em><\/strong>, degan so\u02bbzlarida ham hayoga qattiq urg\u02bbu berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayo Alloh taoloning ham sifatlaridan biridir. Chin mo\u02bbmin banda esa hamisha Parvardigorning sifatlarini o\u02bbzida jo qilishga intiladi. Shuning o\u02bbzi ham hayoning qanchalar ahamiyatli ekanini ko\u02bbrsatadi. Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cAlbatta, Rabbingiz taboraka va taolo o\u02bbta hayoli, karamli zotdir. Qo\u02bbllarini Unga ko\u02bbtarib duo qilgan bandaning qo\u02bbllarini quruq qaytarishga hayo qiladi\u201d<\/em>,<\/strong>\u00a0deganlar\u00a0<em>(Abu Dovud rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharmu hayoli bandani Alloh taolo yaxshi ko\u02bbradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cAlbatta, Alloh azza va jalla bandasiga biror ne\u02bcmat bersa, uni bandasida ko\u02bbrishni xush ko\u02bbradi. U Zot kambag\u02bballikni va o\u02bbzini kambag\u02bbal qilib ko\u02bbrsatganni yomon ko\u02bbradi. Qat\u02bciyat bilan turib oluvchi tilanchidan g\u02bbazab qiladi. U hayoli, iffatli va\u00a0<\/em><\/strong><em>(odamlardan narsa so\u02bbrashdan)<strong>\u00a0o\u02bbzini tiyuvchi kishini yaxshi ko\u02bbradi\u201d,<\/strong><\/em>\u00a0deganlar (Bayhaqiy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201cAlbatta, Siz\u00a0<\/strong>(Ey Muhammad!)<strong>\u00a0buyuk xulq uzradirsiz\u201d\u00a0<\/strong>(\u201cQalam\u201d surasi, 4-oyat), deb maqtagan Payg\u02bbambar alayhissalom barcha axloq-odob masalalarida biz, mo\u02bbminlar uchun haqiqiy o\u02bbrnak va namuna bo\u02bblganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Said Xudriy roziyallohu anhu: \u201cPayg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning hayolari o\u02bbz chodiri ichidagi bokira qiznikidan ko\u02bbra kuchliroq edi. U zot o\u02bbzlari yoqtirmagan biror narsani ko\u02bbrib qolsalar, biz buni yuzlaridan darhol fahmlab olar edik\u201d, degan (Muttafaqun alayh).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamlar o\u02bbzlari yashab turgan jamiyat orasida ham hayoga juda muhtojdir. Chunki u ularni barcha go\u02bbzal va xayrli ishlarga undaydi, har qanday yomonlikdan qaytaradi. Orasidan sharmu hayo ko\u02bbtarilgan jamoat sof insoniy tabiatdan chiqib, hayvontabiat kimsalar guruhiga aylanib qoladi: avrati ochiq-yopiqligiga e\u02bctibor qilmaydi, erkak erkakligiga, ayol ayolligiga zid bo\u02bblgan ishlarni qilishdan tap tortmaydi, madaniyatsizlikni ommaviy madaniyat, inson erkinligi shiori ostida himoya va targ\u02bbib qilishga o\u02bbtadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayoning eng ulug\u02bbi, sharaflisi va yuksagi Alloh taolodan hayo qilishdir. Chunki mo\u02bbmin banda Alloh uni ko\u02bbrib turganini his qilib, Undan hayo qiladi.\u00a0<strong>\u201cAlloh uni ko\u02bbrib turishini bilmasmi?\u201d<\/strong>\u00a0(\u201cAlaq\u201d surasi, 14-oyat),\u00a0<strong>\u201cVa bilingki, Alloh ichingizdagini albatta biladi. Bas, Undan ogoh bo\u02bbling\u201d<\/strong>\u00a0(\u201cBaqara\u201d surasi, 235-oyat) va\u00a0<strong>\u201cAlbatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz\u201d<\/strong>\u00a0(\u201cQof\u201d surasi, 16-oyat) kabi oyatlarni xotiriga keltirgan kishi o\u02bby-xayollarini, tasarrufi va tasavvurini nazorat qilishga o\u02bbtadi. Son-sanoqsiz ne\u02bcmatlar bilan siylab qo\u02bbygan Parvardigorining ulug\u02bbligini, fazlu marhamatini ko\u02bbz oldiga keltiradi. O\u02bbziga yaxshilik qilgan insonga u yomon ko\u02bbradigan ish yoki xulq bilan ro\u02bbbaro\u02bb bo\u02bblishni istamaydigan inson qanday qilib Alloh taolodan hayo qilmasligi mumkin, axir?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu odamlarga xutba qilayotib: \u201cEy musulmonlar! Allohdan hayo qilinglar. Jonim qo\u02bblida bo\u02bblgan Zotga qasamki, hojatga borayotgan vaqtim Rabbim azza va jalladan hayo qilib, kiyimlarimga o\u02bbranib olaman\u201d, degan (Ibn Abu Dunyo rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oisha roziyallohu anho: \u201cGo\u02bbzal axloqlarning toji hayodir\u201d, deb aytadi (Ibn Abu Dunyo rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: \u201cHayosi komil bo\u02bblmagan kishi taqvoda ham komil bo\u02bblmaydi. Taqvoda komil bo\u02bblmagan kishining qalbi o\u02bbladi\u201d, degan (Ibn abu Dunyo rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu: \u201cOdamlardan hayo qilmagan kishi Allohdan ham hayo qilmaydi\u201d, deb aytadi (Muhammad ibn Hibbon rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hasan Basriy rahimahulloh: \u201cHayoli va saxovatli bo\u02bblmoq yaxshi xislatlardan ikkitasidir. Ular qaysi bir bandada topilsa, Alloh azza va jalla uning darajasini ko\u02bbtaradi\u201d, degan (Ibn Abu Dunyo rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh: \u201cHayo dinning hammasidir\u201d, deb aytadi (Ibn Abu Dunyo rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida aytadigan bo\u02bblsak, hayo azal-azaldan xalqimiz ma\u02bcnaviyatining o\u02bbziga xos ko\u02bbzgusi bo\u02bblib kelgan. Sharq ayoli o\u02bbzining iffati, sharmu hayosi bilan dunyo ayollariga o\u02bbrnak bo\u02bblgan. Erlar esa or-nomusi, mardligi va kuchli hamiyati bilan ajralib turgan. Shuning uchun ham G\u02bbarb yozuvchilari o\u02bbz asarlarida Sharq madaniyatini doim havas bilan tilga olgan. \u201cOmmaviy madaniyat\u201d nomi ostida keng targ\u02bbib qilinayotgan madaniyatsizlik avj olib turgan hozirgi kunda hayo atalmish go\u02bbzal bir xulqni yoshlarimiz ongiga chuqur singdirish bizning mas\u02bculiyatli va doimiy vazifamiz bo\u02bblmog\u02bbi kerak.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alouddin N\u0415MATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom dini targ\u02bbib qilmagan biron bir yaxshilik va u taqiqlamagan biron bir yomonlik yo\u02bbq. U insonlarni targ\u02bbib qilgan va ziddidan qaytargan buyuk xulqlardan biri \u2013 bu, sharmu hayodir. U imon daraxtining shoxlaridan biri hamdir. Zotan, Payg\u02bbambar alayhissalom:\u00a0\u201cImon yetmish nechtadir shoxdan iborat. Hayo imon shoxlaridan biridir\u201d, deganlar\u00a0(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Binobarin, mo\u02bbmin kishi hayo &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20549,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Islom dini targ\u02bbib qilmagan biron bir yaxshilik va u taqiqlamagan biron bir yomonlik yo\u02bbq. U insonlarni targ\u02bbib qilgan va ziddidan qaytargan buyuk xulqlardan biri \u2013 bu, sharmu hayodir. U imon daraxtining shoxlaridan biri hamdir. Zotan, Payg\u02bbambar alayhissalom:\u00a0\u201cImon yetmish nechtadir shoxdan iborat. Hayo imon shoxlaridan biridir\u201d, deganlar\u00a0(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Binobarin, mo\u02bbmin kishi hayo &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-28T04:36:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz\",\"name\":\"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-28T04:36:37+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-28T04:36:37+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Islom dini targ\u02bbib qilmagan biron bir yaxshilik va u taqiqlamagan biron bir yomonlik yo\u02bbq. U insonlarni targ\u02bbib qilgan va ziddidan qaytargan buyuk xulqlardan biri \u2013 bu, sharmu hayodir. U imon daraxtining shoxlaridan biri hamdir. Zotan, Payg\u02bbambar alayhissalom:\u00a0\u201cImon yetmish nechtadir shoxdan iborat. Hayo imon shoxlaridan biridir\u201d, deganlar\u00a0(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Binobarin, mo\u02bbmin kishi hayo &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-28T04:36:37+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz","name":"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg","datePublished":"2022-02-28T04:36:37+00:00","dateModified":"2022-02-28T04:36:37+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_38.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20550&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MUSULMONNING HAYOTIDA SHARMU HAYONING O\u02bbRNI QANDAY BO\u02bbLISHI K\u0415RAK?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20550"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20550"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20550\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20551,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20550\/revisions\/20551"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20549"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20550"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20550"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20550"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}