{"id":20507,"date":"2022-02-25T08:00:14","date_gmt":"2022-02-25T03:00:14","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20507"},"modified":"2022-02-24T16:20:50","modified_gmt":"2022-02-24T11:20:50","slug":"sharq-allomalarining-ilmiy-m%d0%b5rosida-bilimlar-int%d0%b5gratsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz","title":{"rendered":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta asrda Markaziy Osiyoda ijod etgan mutafakkirlar beqiyos ilmiy xazina yaratdilar va ularning durdona meroslari, boy ijodi, ilmiy va falsafiy fikrlari bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib o\u02bbrin olgan, jahon fani va madaniyati tarixida o\u02bbchmas iz qoldirgan. O\u02bbrta asr Markaziy Osiy mutafakkirlarining ijodini tadqiq etgan olimlarning ilmiy tadqiqotlarida bu o\u02bbz ifodasini topgan [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Markaziy Osiyo islom dunyosida yangi falsafiy va ilmiy bilim shakllangan markazlardan biriga aylandi. Bu yerdan chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlar falsafa xamda fanning shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo\u02bbshdilar. Jumladan, ularning ilmiy meroslarida zamonaviy ilmiy texnologiyalarning asosi bo\u02bblgan bilimlar integratsiyasi, fanlararo yondashuv namunalarini juda ko\u02bbplab ko\u02bbrishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday integratsiya matematika musiqa, arxitektura, san\u02bcat sohasida o\u02bbz aksini topgan. O\u02bbrta asrlarda O\u02bbrta Osiyoda matematikani boshqa fanlar bilan integratsiya qilish g\u02bboyasini anglagan buyuk mutafakkir Forobiy hisoblanadi. Aristoteldan farqli o\u02bblaroq Forobiy matematika metodlarini qo\u02bbllanish imkoniyatlarining cheksiz ekanligini e\u02bctirof etadi. Buyuk olimning mazkur g\u02bboyasi nafaqat matematika rivojidagina emas, balki fan tizimi taraqqiyotida ham buyuk hodisa edi. Shuningdek, Forobiy ushbu g\u02bboyani yanada kengroq qo\u02bbllash usullarini amaliyotda isbot etadi. Masalan, olim fanda birinchi bor musiqaviy (tebranuvchi) hodisalarni matematika usullari bilan tadqiq etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forobiyning boshlab bergan ushbu tashabbusini keyinchalik boshqa olimlar o\u02bbz tadqiqotlarida davom ettirib, yanada rivojlantiradilar. Bular qatorida Tusiy, Ibn Sino kabi buyuk olimlar ham bor edi. \u201cO\u02bbrta Osiyo mutafakkirlari arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani bitta fan doirasiga kiritganlar. Barcha traktatlarning asosida matematika tamoyillari yotar edi\u201d[3: 182-183] Keyinchalik esa mazkur ikki fan integratsiyasiga oid g\u02bboyani Yevropa olimi Bekon ilmiy merosida kuzatish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida qayd etganimizdek, matematikani boshqa sohalarda qo\u02bbllash g\u02bboyasi asosida yurtimizda dastlabki fanlararo yondashuv g\u02bboyasi rivojlantirildi. Fanlararo yondashuv nima? Zamonaviy fanda \u201cfanlararo yondashuv biron muammoni tadqiq etishda turli fan usullaridan foydalanishdir\u201d[9: 23]. Xalqaro Transditsiplinar tadqiqotlar Markazi Prezidenti fizik B.Nikolesku ta\u02bckidlashiga qaraganda, \u201cfanlararo yondashuv\u201d tushunchasi o\u02bbzida \u201cbilimlarning qayta birlashuv va integratsiyaga bo\u02bblgan zamonaviy talabini ifodalamoqda\u201d[11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fanlararo yondashuvning rivojlanish ildizlarini olimlar antik davr faylasuflari ijodi bilan bog\u02bblamoqdalar. Masalan, rus olimi Ye.Knyazeva fikriga ko\u02bbra, \u201cfanlararo yondashuv kurtaklarini yunon falsafasida ko\u02bbrish mumkin. Qadimgi Yunonistonda yashab ijod etgan faylasuflar Platon va Empedokl falsafa va meditsinani integratsiya qilganlar [5]. To\u02bbg\u02bbri, matematika va musiqa, falsafa va boshqa fanlar integratsiyasini qadimgi grek olimlari ijodida ham uchratamiz. Ammo biz bu fikrga qo\u02bbshila olmaymiz. Yurtimizda yashab ijod etgan mutafakkirlar ijodida fanlararo yondashuv nafaqat salmoqli bo\u02bblgan, balki rivojlantirilgan deb hisoblaymiz. Fanlararo yondashuv g\u02bboyasining mutafakkirlarimiz tomonidan rivojlantirilganligini ko\u02bbrib chiqamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, buyuk o\u02bbrta Osiyo olimlari bu g\u02bboyani nafaqat takrorladilar, balki transformatsiya qilib, yuqori pog\u02bbonaga olib chiqqanlar. Masalan, Forobiy o\u02bbzining \u201cMusiqa haqida katta traktatida\u201d antik davr mualliflarining izlanishlarini puxta o\u02bbrganib, ularda musiqaga oid ba\u02bczi noaniqliklar borligini aniqlaganligi sababli, yangi traktat yozishga kirishganligini bayon qilgan[3: 183]. Natijada, Forobiy matematik usullar asosida musiqa tovushlarining kelib chiqishi, ritm va tovushlarning musiqa sifatida birlashuviga oid qonuniyatlarni mukammal o\u02bbrganadi. Bu matematika va musiqa fanining integratsiyasi edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, matematika usullarni Forobiy she\u02bcriyatda ham mohirona qo\u02bbllaydi. Forobiyning bu ilmiy g\u02bboyasini Beruniy hind she\u02bcr yozish qoidalarida qo\u02bbllashni tadqiq qiladi va o\u02bbz xulosalarini beradi [4: 157-158]. Ilmiy izlanishlar natijasida Mirzo Ulug\u02bbbek ham integratsiya usulidan foydalanib, olamga mashhur \u201cZij\u201d asarini yaratdi [10: 121-122]. Demak, aytish mumkinki, fanda yangi ilmiy g\u02bboya kashf etildi. Bu fanlararo yondashuv g\u02bboyasi bo\u02bblib, matematika usullari boshqa fanlarda ham mohirona qo\u02bbllangan, natijada fanlar integratsiyasi yangi pog\u02bbonaga ko\u02bbtarilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar shu davrdagi Yevropa faniga e\u02bctibor qaratsak, Yevropada matematikani boshqa fanlar integratsiya qilish g\u02bboyasidan foydalanish faqatgina XVI-XVII asrlardagina boshlanadi. O\u02bbrta Osiyo mutafakkirlari tomonidan matematikani boshqa fanlar bilan integratsiya qilish g\u02bboyasi ancha oldin yaratiladi va bu ilmiy g\u02bboya rivojlantirilgan va muvaffaqiyatli ravishda amaliyotda qo\u02bbllanilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomalar tomonidan matematika usullari nafaqat musiqa, balki san\u02bcatshunoslik sohalarida ham samarali qo\u02bbllanila boshlangan. Masalan, o\u02bbrta asrlarda Markaziy Osiyoda matematika, geometriya va san\u02bcatning uyg\u02bbunligi zamirida betakror ornamental san\u02bcat paydo bo\u02bbladi. Arxitektura, ornamental san\u02bcatidagi matematik yondashuvlarning asosi bo\u02bblib falsafiy g\u02bboyalar xizmat qiladi. Masalan, Markaziy Osiy me\u02bcmorlik san\u02bcati asosida yotgan uyg\u02bbunlik g\u02bboyasi ana shunday universal xarakterga ega bo\u02bblgan g\u02bboyadir. U nafaqat koinot tizimi bilan, balki konkret fanlar bilan ham bog\u02bbliqdir. Shu sababli me\u02bcmorlik san\u02bcatida uyg\u02bbunlik geometrik ornament vositasida ifodalangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ornamental san\u02bcatdagi bu uyg\u02bbunlik mashhur \u201cgirix\u201d misolida namoyon bo\u02bblganini ko\u02bbrishimiz mumkin. Islom sivilizatsiyasining ornamental san\u02bcatida maqbara va masjidlarni \u201cgirix\u201d nomli naqshlar bilan bezatish an\u02bcanasi ilk bor XII\u00a0 asrda paydo bo\u02bblgan. Girixlar fanlararo yondashuvning amaliy ifodasidir. Chunki ular asosida ham matematik mahoratdan dalolat beruvchi nodavriylik, simmetriya, assimetriya kabi matematik g\u02bboyalar yotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Irrigatsiya tizimlari, turli qal\u02bca va ko\u02bbp qavatli saroylarni barpo etishda bajariladigan murakkab texnik vazifalar matematik hisob-kitoblarni talab etar edi. Natijada, o\u02bbrta asr Markaziy Osiyo falsafasida bilimning matematiklashuvi yangi bosqichga ko\u02bbtarildi. Bu jarayonga \u201calgoritm\u201d tushunchasi yorqin misol bo\u02bbla oladi. \u201cAlgoritm\u201d algebraga oid masalalarni yechishga mo\u02bbljallangan metod sifatida birinchi bo\u02bblib Xorazmiy tomonidan ishlab chiqildi va fanga kiritildi [7: 59].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAlgoritm\u201d atamasi buyuk mutafakkirning ismidan olingan bo\u02bblib, keyinchalik u pozitsiyali sanoq sistemasi bo\u02bbyicha tartiblash (raqamlashni), hozirda esa qo\u02bbyilgan masalani yechimga olib keluvchi ma\u02bclum qatiy tartib, shuningdek kengroq ma\u02bcnoda qo\u02bbyilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan ma\u02bclum operatsiyalar tizimidir\u201d [6: 59]. \u201c Xorazmiyga qadar chiziqli va kvadrat tenglamalar fanga ma\u02bclum edi. Ammo ular har doim turlicha va individual tarzda yechilar edi. Barcha uchun qabul qilingan umumiy, yagona qoida, algoritmlar mavjud emas edi\u201d[7: 55]. Xorazmiyning buyuk xizmati shundan iboratki, u bu tenglamalarni tafakkur uchungina emas, balki amaliy, kundalik vazifalarni bajarish uchun yaratadi, ya\u02bcni abstraktlik doimo konkretlikda o\u02bbz ifodasini topadi\u201d[7: 57].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, yurtimizdagi olimlar tomonidan trigonometrik elementlarning sintezi ham amalga oshiriladi. Trigonometriya o\u02bbrta asr allomalari tomonidan alohida fan sifatida shakllantirildi. Vaholanki, trigonometriya Yevropa ilmiy doirasiga XVI asrning ikkinchi yarmida kirib boradi va yanada rivojlantiriladi [10: 105].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunga kelib algoritm inson faoliyatining juda ko\u02bbplab sohalarida qo\u02bbllanib kelinmoqda. Ma\u02bclumki kibernetika, kompyuterlashtirish, axborotlashtirish algoritmga asoslangan, shu bois zamonaviy sivilizatsiyani algoritmlashtirishsiz tasavvur etib bo\u02bblmaydi. Matematik sanoq sistemasini fanning barcha tarmoqlarida qo\u02bbllash hamda algoritm, algoritmlashtirish g\u02bboyalari va ularning uyg\u02bbunlashuvi hozirda biz foydalanayotgan raqamli texnologiyalar inqilobining asosi bo\u02bblib xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi mulohazalarimizdan ko\u02bbrinib turibdiki, bilimlar integratsiyalashuvida o\u02bbrta asr mutafakkirlarining buyuk xizmatlari bor. Ularning xitoy va ayniqsa hind matematiklaridan farqlari va muvaffaqiyatlari shundaki, ularning ijodida induktiv metod juda ham keng qo\u02bbllanilgan [8: 13]. Forobiy tomonidan musiqaviy (tebranuvchi) hodisalar, she\u02bcriyat, matematika usullari bilan tadqiq etiladi. Matematika g\u02bboyalarining arxitektura, geometriya estetik san\u02bcat bilan uyg\u02bbunlashuvi sodir bo\u02bbladi. Bu uyg\u02bbunlashuv betakror ornamental san\u02bcat, girihlar yaratilishiga olib keladi. Mutafakkirlar ijodidagi bilimlar integratsiyasi zamonaviy fanlar rivojini yanada yangi bosqichga ko\u02bbtardi. Shu sababli mutafakkirlarimiz ilmiy ijodida yaratilgan\u00a0 fanlararo yondashuv namunalarini o\u02bbrganish olimlarimiz oldidagi vazifalardan biri deb hisoblaymiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<ol>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">1<strong>.\u00a0<\/strong>Karimova S.U. Markaziy Osiyo olimlarining o\u02bbrta asr Sharq ilmiy markazlardagi faoliyati \/\/ O\u02bbzbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo\u02bbshgan hissasi. \u2013Toshkent \u2013 Samarqand, 2007.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muminov I. O\u02bbrta Osiyoda, o\u02bbrta asrdagi ilg\u02bbor tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlar tarixiga oid. 3 jild. \u2013T.: Fan, 1972; Ocherki istorii ob\u0449yestvenno-filosofskoy m\u044bsli v Uzbekistane \u2014 T., 1997; Nauchnoye nasledstvo. T.6. Iz istorii fiziko-matematicheskix nauk na srednevekovom Vostoke. Traktat al-Xarazmi, al-Beruni, Ibn al- Xuseyna al-Shirozi. \u2013M.: Nauka, 1983.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xudojestvennaya kultura Sredney Azii IX-XIII vekov. Sb. statey. -Pod red. L.I.Rempelya. \u2013 T.: Lit.i iskusstva.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"4\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kubesov A. Matematicheskoye naslediye Al-Farabi. \u2013Alma-Ata.: Nauka, 1974.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Knyazeva Ye.N. Transdissiplinarn\u044bye strategii issledovaniy. Vestnik TGPU (TSPU Bulletin). 2011. 10 (112).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Klassicheskaya nauka Sredney Azii i mirovaya sivilizatsiya . \u2013T., 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ocherki istorii ob\u0449yestvenno filosofskoy m\u044bsli v\u00a0 Uzbekistane. Pod. red. I.M. Muminova. \u00a0\u2013T.: Fan, 1977.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Matviyevskaya G.P., Rozenfeld B.A. Matematiki i astronom\u044b musulmanskogo srednevekovya i ix trud\u044b (VIII-XVII vv.). Kniga 2. \u2013M.: Vostochnaya literatura, 1983.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Moren E. Metod. Priroda Prirod\u044b. \u2013M.: Progress-Traditsiya, 2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">R\u044bbn\u044bkov K.A.\u00a0 Istoriya matematiki. \u2013M.: MGU, \u00a01960.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Transdisiplinarity: BasarabNicolescu Talks with Russ Yolckmann \/\/ INTEGRAL REVIEW. 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Gulbahor JALALOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzMU katta ilmiy xodimi, fal.f.d. (PhD)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbrta asrda Markaziy Osiyoda ijod etgan mutafakkirlar beqiyos ilmiy xazina yaratdilar va ularning durdona meroslari, boy ijodi, ilmiy va falsafiy fikrlari bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib o\u02bbrin olgan, jahon fani va madaniyati tarixida o\u02bbchmas iz qoldirgan. O\u02bbrta &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":903,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbrta asrda Markaziy Osiyoda ijod etgan mutafakkirlar beqiyos ilmiy xazina yaratdilar va ularning durdona meroslari, boy ijodi, ilmiy va falsafiy fikrlari bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib o\u02bbrin olgan, jahon fani va madaniyati tarixida o\u02bbchmas iz qoldirgan. O\u02bbrta &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-25T03:00:14+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-02-24T11:20:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1000\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"664\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz\",\"name\":\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-25T03:00:14+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-24T11:20:50+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\",\"width\":1000,\"height\":664},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbrta asrda Markaziy Osiyoda ijod etgan mutafakkirlar beqiyos ilmiy xazina yaratdilar va ularning durdona meroslari, boy ijodi, ilmiy va falsafiy fikrlari bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib o\u02bbrin olgan, jahon fani va madaniyati tarixida o\u02bbchmas iz qoldirgan. O\u02bbrta &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-25T03:00:14+00:00","article_modified_time":"2022-02-24T11:20:50+00:00","og_image":[{"width":1000,"height":664,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz","name":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","datePublished":"2022-02-25T03:00:14+00:00","dateModified":"2022-02-24T11:20:50+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","width":1000,"height":664},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20507&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY M\u0415ROSIDA BILIMLAR INT\u0415GRATSIYASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20507"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20507"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20507\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20508,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20507\/revisions\/20508"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/903"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20507"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20507"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20507"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}