{"id":20494,"date":"2022-02-24T10:41:01","date_gmt":"2022-02-24T05:41:01","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20494"},"modified":"2022-02-24T10:41:01","modified_gmt":"2022-02-24T05:41:01","slug":"yozma-manbalar-b%d0%b5baho-boylik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz","title":{"rendered":"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ\u02bbib qilish tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor yo\u02bbnalishlardan biri sifatida katta e\u02bctibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 10 fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori bu borada muhim qadam bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qadimiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monitoring qilish bo\u02bbyicha mas\u02bcul davlat muassasalari etib belgilangan. Shuningdek, bu tashkilotlar qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini shakllantirish va davlat tasarrufidagi muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlari faoliyatiga integratsiya qilish, qadimiy yozma manba\u00adlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish nodir manbalar hisobini yuritadi, yo\u02bbqolishining oldini oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni paytda yozma manbalar va hujjatlarni raqamlashtirib, asl nusxalari bilan birga kelgusi avlodga yetkazish imkoniyati paydo bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan Farg\u02bbona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog\u02bbistonga uyushtirilgan arxeografik ekspeditsiyalar natijasida 80 ta tashkilotda arab imlosidagi 43081 ta qo\u02bblyozma, 70323 ta bosma kitob va 42870 ta tarixiy hujjat saqlanayotgani aniqlandi va ularning holati birlamchi monitoring qilindi. Mazkur qaror esa bu boradagi ishlarni nihoyasiga yetkazish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadimiy yozma manbalarni konser\u00advatsiya va restavratsiya qilish laboratoriyasini yaratish, uni zamonaviy texnik jihozlar, butlovchi materiallar va malakali kadrlar bilan ta\u02bcminlash vazifasi qo\u02bbyilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan birgalikda qadimiy yozma manbalarning konservatsiyasi va restavratsiyasi bilan shug\u02bbullanayotgan soha xodimlarining kasbiy salohiyati va malakasini oshirish hamda bu borada muntazam ravishda bakalavr va magistrlar tayyorlash ko\u02bbzda tutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ta\u02bclim yo\u02bbnalishi hamda mutaxassisligi bo\u02bbyicha ba\u00adkalavriat va magistratura bosqichlari uchun zarur kvotalar doimiy ajratiladi. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, filologiya va tillarni o\u02bbqitish (mumtoz filologiya) ta\u02bclim yo\u02bbnalishlari hamda mutaxassisliklari bo\u02bbyicha talabalarning o\u02bbquv jarayoni, amaliyoti, diplom ishi va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari Sharqshunoslik instituti, Islom sivilizatsiyasi markazi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi va boshqa qo\u02bblyozma fondlarida sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar ishtirokida o\u02bbtkaziladi. Bu talabalarning kasbiy tayyorlik darajasi, bilim va ko\u02bbnikmalari oshishiga ko\u02bbmaklashadi. Shuningdek, qarorda O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ta\u02bclim yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha tayanch oliy ta\u02bclim muassasasi hisoblanishi belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, qarorda yuqori malakali yetuk kadrlar tayyorlashning barcha bosqichi qamrab olingan. Darhaqiqat, qo\u02bblyozmalarni asrab-avaylash, ularni tadqiq etish va kelgusi avlodga yaxshi holatda yetkazishda malakali kadrlarga ehtiyoj katta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qarorning o\u02bbziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda ilk bor mamlakatimiz hududida yashab o\u02bbtgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yanada ommalashtirish, ular to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlarni zamonaviy usullar orqali jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, mazkur yo\u02bbnalishda olib boriladigan tadqiqotlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmog\u02bbida yurtimiz allomalari va mutafakkirlarining hayoti hamda ma\u02bcnaviy merosi haqidagi ilmiy-ma\u02bcrifiy portal va uning mobil ilovasini ishga tushirish lozimligi qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida birgina 2021 yilda 60 dan ziyod monografiya, shulardan 12 tasi xorijda (Rossiya, Turkiya, AQSH, Iordaniya, Qozog\u02bbiston, Tojikiston, Ozarbayjon) rus, turk, ingliz, arab, qozoq, tojik va ozarbayjon tillarida nashr etildi. Bundan tashqari, Gerda Henkel (Germaniya) fondi homiyligida 2008-2016 yillarda institutning asosiy fondidagi 13300 jild qo\u02bblyozmaning ingliz tilidagi elektron katalogi yaratildi. 24 000 dan ortiq ilmiy tavsif va 36 000 fotokadrdan iborat ushbu katalog institutning internetdagi veb-saytiga joylashtirildi. Bugun dunyoning xohlagan mintaqasidagi tadqiqotchi institutning veb-saytiga kirib, ajdodlarimizning ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi haqidagi ana shu ma\u02bclumot bilan yaqindan tanishish va buyurtma berishi mumkin. Mazkur qaror esa bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishga qulay zamin yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, ushbu me\u02bcyoriy hujjatda Sharqshunoslik instituti, Islom sivilizatsiyasi markazi, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi YUN\u0415SKO, Ta\u02bclim, fan va madaniyat masalalari bo\u02bbyicha Islom olami tashkiloti (ICESCO), Islom tarixi, madaniyati va san\u02bcatini tadqiq etish markazi (IRCICA) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda an\u02bcanaviy tarzda qadimiy yozma manbalarni muhofaza qilish va tadqiq etishning dolzarb masalalariga bag\u02bbishlangan xalqaro konferensiyani tashkil etishi alohida qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda aytish joizki, Sharqshunoslik instituti tomonidan qadimiy yozma manbalarni muhofaza qilish va tadqiq etishning dolzarb masalalariga bag\u02bbishlangan bunday xalqaro anjumanlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday anjumanlardan biri o\u02bbtgan yili o\u02bbtkazilgan edi. Bu anjuman ilmiy akademik darajani ko\u02bbtarishga vosita bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanda O\u02bbzbekiston va dunyoning turli mamlakatlaridan 120 nafar tadqiqotchi ishtirok etdi. Konferensiyaga taqdim qilingan materiallar \u201cO\u02bbzbekistonda islom madaniyati, tarixi va san\u02bcatini o\u02bbrganishning yangi istiqbollari. New Perspectives for the Study of Islamic Culture, History and Art in Uzbekistan\u201d nomli alohida to\u02bbplamda nashr etildi. Ilgari bunday xalqaro konferensiyalar muayyan bir institutning tashabbusi va sa\u02bcy-harakati bilan amalga oshirilgan bo\u02bblsa, endi ushbu qaror bunday xalqaro anjumanlarni o\u02bbtkazish va yurtimizdagi ixtisoslashgan tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ishonchli huquqiy manba bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorning alohida e\u02bctiborga molik jihatlaridan biri, unda Islom sivilizatsiyasi markazi Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish sohasida qo\u02bbshni davlatlar bilan hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbyish borasida takliflar taqdim qilishi xususida so\u02bbz boradi. Shubhasiz, bu Markaziy Osiyodagi davlatlarning ilmiy muassasalari o\u02bbrtasida hamkorlikni qayta tiklashga va bundan-da rivojlantirishga keng yo\u02bbl ochadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, ushbu qarorda belgilangan maqsad va vazifalar, eng avvalo, qadimiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash va tadqiq etishga hamda ularning davlat reyestrini tuzishga, qolaversa, shu soha bilan shug\u02bbullanadigan Islom sivilizatsiyasi markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi kabi qator tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib, ularni yagona maqsad sari yo\u02bbnaltirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, qo\u02bblyozmalarni bemalol o\u02bbqib, tadqiq qila oladigan va ta\u02bcmirlab, ularga qayta hayot baxsh eta oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishga asos bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu esa, shubhasiz, Prezidentimiz\u00adning 2022 yil 28 yanvardagi \u201c2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan Yangi O\u02bbzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi farmoni ijrosini ta\u02bcminlashga va O\u02bbzbekiston Respublikasi strategik rivojlanishining beshta ustuvor yo\u02bbnalishi doirasida olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirishga qulay zamin yaratadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bahrom ABDUHALIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari doktori, professor<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 24 fevral, 40(562) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ\u02bbib qilish tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor yo\u02bbnalishlardan biri sifatida katta e\u02bctibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 10 fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori bu borada muhim qadam bo\u02bbldi. Qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasining Abu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20493,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mamlakatimizda qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ\u02bbib qilish tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor yo\u02bbnalishlardan biri sifatida katta e\u02bctibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 10 fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori bu borada muhim qadam bo\u02bbldi. Qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasining Abu &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-24T05:41:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"596\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz\",\"name\":\"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-24T05:41:01+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-24T05:41:01+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":596},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mamlakatimizda qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ\u02bbib qilish tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor yo\u02bbnalishlardan biri sifatida katta e\u02bctibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 10 fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori bu borada muhim qadam bo\u02bbldi. Qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasining Abu &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-24T05:41:01+00:00","og_image":[{"width":660,"height":596,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz","name":"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg","datePublished":"2022-02-24T05:41:01+00:00","dateModified":"2022-02-24T05:41:01+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220224_yuz.jpg","width":660,"height":596},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20494&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YOZMA MANBALAR \u2013 B\u0415BAHO BOYLIK"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20494"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20494"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20494\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20495,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20494\/revisions\/20495"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20493"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20494"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20494"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20494"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}