{"id":20488,"date":"2022-02-24T09:38:24","date_gmt":"2022-02-24T04:38:24","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20488"},"modified":"2022-02-24T09:38:24","modified_gmt":"2022-02-24T04:38:24","slug":"ibn-davlat-d%d0%b5voni-qo%ca%bblyozmasining-xususiyatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz","title":{"rendered":"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Davlat devoni Sharq mumtoz devonchiligi an\u02bcanalari doirasida tartib berilgan she\u02bcrlar to\u02bbplami bo\u02bblish bilan birga, u XX asrning 40-yillarida tuzilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki, aynan shu davrda mumtoz merosga nisbatan bepisand qarash, uning juda ko\u02bbp jihatlarini rad etish tamoyillari sobiq sovet mustabid tuzumi adabiyotshunosligi va adabiyotida bo\u02bby ko\u02bbrsatayotgan edi. Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, Ibn Davlatni biz adabiy davra va matbuotda ko\u02bbrmaymiz. U tom ma\u02bcnoda o\u02bbzbek mumtoz adabiy an\u02bcanalarini o\u02bbziga xos ravishda davom ettirgan ijodkordir. Bu jihat uning devonida yaqqol ko\u02bbringan. Muallifning devoni tuzilishi, tarkibi va uning matniy xususiyatlari ham fikrimizni isbot etadi. Ibn Davlat devonining qo\u02bblyozmasi va uning matni haqida quyidagilarni aytish mumkin. Avvalo, devon muallifning o\u02bbzi tarafidan ko\u02bbchirilgan (qo\u02bblyozma, avtograf, dastxat). Manba hozircha yagona nusxa bo\u02bblib, boshqa nusxasi ma\u02bclum emas. Xati \u2013 nasta\u02bcliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, O\u02bbrta Osiyo xattotlik san\u02bcatida nasta\u02bcliqning Buxoro turi alohida ajralib turadi. U asosan harflarning yirikligi, yo\u02bbg\u02bbonroq yozilishi va botiqligi bilan boshqa joylarda ko\u02bbchirilgan nasta\u02bcliq xatidagi manbalardan farq qiladi.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20485#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0Mazkur xattiy belgilar biz tadqiq etayotgan devon matniga xos bo\u02bblib, unga ko\u02bbra Ibn Davlat devonidagi xat turini ham Buxoro nasta\u02bclig\u02bbi, deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, Ibn Davlat ham ma\u02bclum ma\u02bcnoda xattotlik malakasi va tajribasiga ega muallifdir. Albatta, devon qo\u02bblyozmasi matnidan tez va shoshilib yozilgan, bir xillikka amal qilinmagan o\u02bbrinlar ham uchraydi. Lekin yaxlit olinganda shoir kotib sifatida ma\u02bclum xattiy uslub va kitobat qilishdagi yozuv malakasiga ega xattot ekanligi, yaqqol sezilib turadi. Ushbu devon boshqa mumtoz devonlar kabi alohida jildga ega va Sharq qog\u02bbozi (Qo\u02bbqon qog\u02bbozi)ga yozilgan emas. U o\u02bbsha davr (o\u02bbtgan asrning 30-40 yillar) maktablarida o\u02bbquvchilarga yozuv uchun urfda bo\u02bblgan bir chiziqli daftar qog\u02bbozlariga yozilgan. Buni esa bizningcha, o\u02bbsha davr holati va muallifning imkoniyatidan kelib chiqib baholansa to\u02bbg\u02bbriroq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbashunoslikda qo\u02bblyozmaning holatini tavsif etishda qo\u02bblyozmaning alohida va uning matnining alohida o\u02bblchamlari mavjud. Shulardan kelib chiqiladigan bo\u02bblsa, Ibn Davlat devoni qo\u02bblyozmasining o\u02bblchami bir xil: 21&#215;16 sm. Chunki, daftar standart o\u02bblchamda bo\u02bbladi. Biroq, matn o\u02bblchamlari esa bir xil shaklda emas. Ular: 17&#215;12 sm, 18,5&#215;13 sm, 16&#215;10 sm hajmlaridadir. Ushbu jihatni ham shoirning devon qo\u02bblyozmasini kitobat etishda matnni tez va shoshilib yozilganidan, deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozmadagi\u00a0 varaqlarning soni esa 124 bo\u02bblib, 248 sahifani tashkil etadi. Keyinchalik har bir sahifa raqamlanib chiqilgan. (Balki muallifning o\u02bbzi amalga oshirgan bo\u02bblishi ham ehtimol).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozmaning zarar yetganini yana shundan ham bilish mumkinki, muallif har arab alifbosi harfi bilan boshlanadigan she\u02bcrlar boshlanadigan sahifaga alohida jumla bilan eskartishlar ilova qilgan. Masalan, \u201cdol\u201d harfi bilan tugallanadigan she\u02bcrlar boshiga\u00a0<em>\u201cBismillahir rohmanir-rohiym, radif \u201cdol\u201d<\/em>\u00a0(64-sahifa), \u201cmim\u201d harfi bilan tugallanadigan she\u02bcrlar boshlanmasiga\u00a0<em>\u201caz radifu mim\u201d<\/em>\u00a0(159-sahifa), \u201cyo\u201d harfi bilan tugallanadigan she\u02bcrlar boshiga esa\u00a0<em>\u201cBismillahir rohmanir-rohiym, radif \u201cyo\u201d\u201d<\/em>\u00a0(186-sahifa). Lekin, bunday eskartish jumlalarni hamma harflar boshlanadigan sahifalarda ham ko\u02bbrmaymiz. Aksar qismi qo\u02bblyozma zararlangani, matn siyohlari o\u02bbchib ketgani uchun o\u02bbqib bo\u02bblmaydi yoki o\u02bbsha joy qaysidir boshqa sabablar bilan yo\u02bbq bo\u02bblgan. Ko\u02bbrinadiki, muallif qaysidir jihatlardan mumtoz an\u02bcanani bardavom saqlashga intilgan. Lekin ayni o\u02bbrinlarda harflar boshlanadigan jumlalarni bir xil emas, qaysi o\u02bbrinlarda \u201cBasmala\u201d, qaysi o\u02bbrinlarda oddiy harf ta\u02bckidi bilan boshlamoqda. Bu ham shoirning o\u02bbz she\u02bcrlarini ma\u02bclum vaqtlar oralig\u02bbida bitib borganiga dalil bo\u02bbladi. Chunki, Ibn Davlat e\u02bctiqodli shaxs va o\u02bbz tasavvufiy maslagidan kelib chiqqan holda deyarli har she\u02bcrini Tangri nomi ila boshlashga kirishgan. Bu jihat ham devon matnida ko\u02bbrinadi. Qo\u02bblyozma ustida ishlashdagi ma\u02bclum tanaffuslardan so\u02bbng, shoir ishni davom ettirishga kirishar ekan, beixtiyor, albatta \u201cBasmala\u201dni qayd etib o\u02bbtadi. Garchand, \u201cBasmala\u201d devon tuzishda faqat bosh sahifada kelsa-da, Ibn Davlat yuqorida ta\u02bckidlangan jihatdan kelib chiqib ushbu kiritmani qilgan, deyishimiz mumkin. Masalan, qo\u02bblyozmaning 119-sahifasining yuqori qismida shunday ta\u02bckid uchraydi:\u00a0<em>\u201cKi bismillahir rohmanir-rohiym, Xudoni yod etay man, Yo Karim deb\u201d.<\/em>\u00a0Xuddi shunday kiritmani 127-sahifada ham ko\u02bbrishimiz mumkin. Ibn Davlat devonidagi matniy xususiyatlardan, aniqrog\u02bbi muallifga xos kiritmalardan, yana biri\u00a0<em>\u201cAfu anhu\u201d<\/em>\u00a0(U afv etsin) arabiy birikmasini bot-bot keltirilishidir (misol uchun, 147, 175, 191, 231-sahifalar). Devon quyidagi fard bilan nihoyasiga yetadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Nomi\u00a0<\/em><em>A<\/em><em>lloh birla aylay bu damda bahri \u201cqof\u201d,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Yo Iloho, aylag\u02bbil qulli isyonimmaof<\/em><em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fikrimizcha, bu o\u02bbrinda \u201cAlloh nomi bilan\u201d, \u201cbahri qof\u201d so\u02bbzlari bejizga keltirilmagan. Qur\u02bconi karimdagi \u201cQof\u201d surasini olib, tajriba o\u02bbtkazib ko\u02bbraylik. Bu surada nechta \u201cqof\u201d harfi borligini sanab chiqamiz. Ma\u02bclum bo\u02bblishicha, 57 ta ekan. Keyin shu harf bilan boshlangan \u201cSho\u02bbro\u201d surasini ham olib, undagi \u201cqof\u201d harflarini sanab chiqsak, bu ham 57 ta chiqdi. Endi ikkala raqamlarni qo\u02bbshilsa: 57+57=114. Qur\u02bconda ham shuncha sura bor-ku!<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20485#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0\u201cQof\u201d suraning boshlanishida: \u201cQof! Ulug\u02bb Qur\u02bconga qasamki\u201d, deyilsa, sura oxirida \u201cBas, ushbu Qur\u02bcon bilan mening vahdamdan qo\u02bbrqadiganlarga pand-nasihat qiling!\u201d deyilgan. Go\u02bbyoki, u bilan \u201cqof\u201d Qur\u02bconning ramziga aylanganga o\u02bbxshaydi. Ikki suradagi \u201cQof\u201d harflarning umumiy soni 114 ta \u2013 Qur\u02bcondagi jami suralar soniga teng chiqdi! Ibn Davlat devonning tugashidagi fardda Ulug\u02bb Qur\u02bconga qasam va Alloh vahmidan qo\u02bbrqadiganlarga pand-nasihat deya mohirlik bilan bahri \u201cqof\u201d so\u02bbzi tugatadi. Keyin shu \u201cqof\u201d harfi bilan boshlangan Ibn Davlat devonidagi 201 ta g\u02bbazal, 9 ta murabba, 32 ta muxammas, 2 ta musallas, 2 ta ruboiy va 2 ta fardga ham e\u02bctibor qilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunda biz shoirning diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan ilmu holu ilmu qol sohibi ekanligining guvohi bo\u02bblamiz. Shoir o\u02bbz ijodini mohiyatan inson qadri-sharafi va ma\u02bcnaviy kamolotini ulug\u02bblashga, ezgulik va go\u02bbzallikni madh etishga bag\u02bbishladi. Bunga doir qarashlarimizni devon qo\u02bblyozmasining xotimasi ham tasdiq etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Devonning 247-sahifasida muallif shunday nasriy xotimani bayon qilgan:\u00a0<em>\u201cManki sayyid Xalifa Yo\u02bbldoshdurman. Sanai bir ming oltmish uch bo\u02bblg\u02bbanda biradaron va yoron tolibulloh bir necha kunlar shab-ro\u02bbz alad-davom riyozalar o\u02bbz tab\u02bcimdin bir necha g\u02bbazal va muxammaslar aydim. Boyadki, o\u02bbqug\u02bban va eshitgan mo\u02bbmin va musulmon ahli iymon birodarlar amal qilsun. Zeroki,\u00a0 qutbi olam bir necha mashoyixlar faqirga irshod xalqga nasihat qil amr etgandur. Ul azizlarni amri sharifini vojib bilib Alloh taolo bizga tiloqot va fasohat zabon beribdur, lillahil hamd. Har kim masxara tutsa\u00a0<\/em><em>yu<\/em><em>zi qaro bo\u02bblsun\u201d<\/em><em>.<\/em><em>\u00a0\u00a0<\/em>Muallifning ushbu e\u02bctirofiga ko\u02bbra, 1363 (milodiy 1944) yilda ushbu devon tugallangan, undagi aytilgan she\u02bcrlar (g\u02bbazal va muxammaslar) xalqqa nasihat qilish uchun bitilgan, ularning hammasi din yo\u02bblida, musulmonlarni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solish uchun yozilgan fasohat asarlaridir; agar kimki, bularni masxara qilsa yuzi qora bo\u02bblsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclum bo\u02bblishicha, Ibni Davlat tasavvufiy maslak doirasida ushbu devonni amalga oshirgan, o\u02bbz qarashlarini she\u02bcriy yo\u02bblda ifoda etgan. Albatta, zamona taqozosi bilan ushbu bitiklar ustidan kulguvchi va ularni masxara etuvchilardan qattiq ranjishi ham bildirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Devonning eng so\u02bbnggi 248-sahifasida esa bir qiziq jumla bor. Unda shunday yozilgan:\u00a0<em>\u201cAlhamdullillahi rabb<\/em><em>i<\/em><em>l olamin. Xat g\u02bbalat, imlo g\u02bbalat, insho g\u02bbalat. Odamiyu oxiri dunyo g\u02bbalat\u201d<\/em>. Xulosa qilib aytish mumkinki, Ibn Davlat devoni 1944 yil muallif tarafidan kitobat qilingan. U Sharq mumtoz adabiyotida mavjud bo\u02bblgan devon tuzish qoidalari asnosida tartib berilgan o\u02bbzbek devonchilik namunalaridan biridir. Muallif avtografi orqali yetib kelgan devon orqali biz uni yaratish jarayoni, she\u02bcrlarni joylashuvi, matniy xususiyatlari va o\u02bbziga xos tartibiy tuzilishi haqida aniq tasavvurga ega bo\u02bbla olamiz.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">1.Murodov A. O\u02bbrta Osiyo xattotlik san\u02bcati tarixidan. \u2013T.: Fan,\u00a0 1971.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">2.Abdulg\u02bbafur Razzoq Buxoriy. Husnixat durdonalari. \u2013T.: Movarounnahr, 2008.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">3.Zufarov T. Xat ta\u02bclimi (husnixat qoidalari). \u2013T.: Meriyus, 2010.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">4.O.Jo\u02bbraboyev \u201cQoriy Xo\u02bbqandiyning dastxat devonlari\u201d maqolasi\u00a0 Adabiyot ko\u02bbzgusi. yillik ilmiy nashr. \u211610. \u2013T., 2008.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">5.Mustafo Mahmud \u201cDo\u02bbstim bilan bahs\u201d ruknida.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20485#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Murodov A. O\u02bbrta Osiyo xattotlik san\u02bcati tarixidan. \u2013T.: Fan, 1971; Abdulg\u02bbafur Razzoq Buxoriy. Husnixat durdonalari. \u2013T.: Movarounnahr, 2008; Zufarov T. Xat ta\u02bclimi (husnixat qoidalari). \u2013T.: Meriyus, 2010.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20485#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>Mustafo Mahmud \u201cDo\u02bbstim bilan bahs\u201d ruknida.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dilfuza TOSHNIYOZOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand davlat universiteti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>mustaqil tadqiqotchisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ibn Davlat devoni Sharq mumtoz devonchiligi an\u02bcanalari doirasida tartib berilgan she\u02bcrlar to\u02bbplami bo\u02bblish bilan birga, u XX asrning 40-yillarida tuzilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki, aynan shu davrda mumtoz merosga nisbatan bepisand qarash, uning juda ko\u02bbp jihatlarini rad etish tamoyillari sobiq sovet mustabid tuzumi adabiyotshunosligi va adabiyotida bo\u02bby ko\u02bbrsatayotgan edi. Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, Ibn Davlatni biz adabiy davra &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20487,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ibn Davlat devoni Sharq mumtoz devonchiligi an\u02bcanalari doirasida tartib berilgan she\u02bcrlar to\u02bbplami bo\u02bblish bilan birga, u XX asrning 40-yillarida tuzilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki, aynan shu davrda mumtoz merosga nisbatan bepisand qarash, uning juda ko\u02bbp jihatlarini rad etish tamoyillari sobiq sovet mustabid tuzumi adabiyotshunosligi va adabiyotida bo\u02bby ko\u02bbrsatayotgan edi. Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, Ibn Davlatni biz adabiy davra &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-24T04:38:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz\",\"name\":\"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-24T04:38:24+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-24T04:38:24+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ibn Davlat devoni Sharq mumtoz devonchiligi an\u02bcanalari doirasida tartib berilgan she\u02bcrlar to\u02bbplami bo\u02bblish bilan birga, u XX asrning 40-yillarida tuzilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki, aynan shu davrda mumtoz merosga nisbatan bepisand qarash, uning juda ko\u02bbp jihatlarini rad etish tamoyillari sobiq sovet mustabid tuzumi adabiyotshunosligi va adabiyotida bo\u02bby ko\u02bbrsatayotgan edi. Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, Ibn Davlatni biz adabiy davra &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-24T04:38:24+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz","name":"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg","datePublished":"2022-02-24T04:38:24+00:00","dateModified":"2022-02-24T04:38:24+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_37.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20488&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IBN DAVLAT D\u0415VONI QO\u02bbLYOZMASINING XUSUSIYATLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20488"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20489,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20488\/revisions\/20489"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20487"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}