{"id":20455,"date":"2022-02-23T10:49:40","date_gmt":"2022-02-23T05:49:40","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20455"},"modified":"2022-02-23T10:49:40","modified_gmt":"2022-02-23T05:49:40","slug":"qo%ca%bblyozma-manbalar-tadqiqotida-yangi-davr-boshlandi-yoxud-ko%ca%bbhna-ma%ca%bcrifat-o%ca%bbchog%ca%bbidagi-yorug%ca%bb-sahifalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz","title":{"rendered":"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muqaddas zaminimiz azaldan ilm-ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Allomalarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosning ma\u02bclum bir qismi, garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo\u02bblsa-da, hozirgi kungacha yetib kelganlarining sanog\u02bbi ham kishini hayratga soladi. Chorak asrki, mazkur noyob xazinani asrash va o\u02bbrganish ishtiyoqida izlanishlar olib borayotgan olim, filologiya fanlari doktori Aftondil ERKINOVni suhbatga chorlar ekanmiz, tadqiqotchining mana bu so\u02bbzlarini muqaddima sifatida tanladik:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cO\u02bbzbek mumtoz adabiyotiga, Alisher Navoiy asarlariga bo\u02bblgan mehrim tufayli o\u02bbzimni qiziqtirgan savollarga javoblarni yurtimizda, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlar fondlaridagi qo\u02bblyozmalarni o\u02bbrgandim va shunday xulosaga keldimki, ajdodlarimiz bizga qoldirgan ilmiy-ma\u02bcnaviy merosning kichik bir qismi o\u02bbrganilgan. Hatto O\u02bbzbekistonning o\u02bbzida mavjud bo\u02bblgan qo\u02bblyozmalar haqidagi tasavvurlarimiz ham yetarli darajada emas\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u2014\u00a0 Aftondil aka, yaqinda Prezidentimizning \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori e\u02bclon qilindi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o\u02bbqib, siz kabi olimlar va tadqiqotchilar o\u02bbzlarini o\u02bbylantirib yurgan muammolar yechimiga ham navbat yetib kelganligidan xursand bo\u02bbldilar. Shunday emasmi?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Chorak asrdan ko\u02bbproq vaqt davomida mumtoz adabiyotimizni, Alisher Navoiy asarlarini tadqiq etish bilan shug\u02bbullanib kelyapman. Afsuski, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy-ma\u02bcnaviy merosiga bepisandlik bilan munosabatda bo\u02bblgan ne-ne mansabdor shaxslarni, davrlarni ham ko\u02bbrdim. Bir necha yillar avval ustozlarimizdan biri mas\u02bcul shaxslarga murojaat qilib, yurtimizda mavjud bo\u02bblgan barcha qo\u02bblyozmalar miqdorini aniqlaylik, ularga doir ma\u02bclumotlarni bir markazga jamlaylik, deganida uning fikrlariga e\u02bctibor qaratilmagandi. Hozirgi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda O\u02bbzbekiston bilan bog\u02bbliq qanday qo\u02bblyozmalar borligini o\u02bbrganishga bo\u02bblgan qiziqishning ortib borayotgani ko\u02bbnglimizda o\u02bbzgacha xotirjamlik va quvonch uyg\u02bbotmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatining tashkil etilishi o\u02bbzbek zaminida tavallud topib, ilmiy faoliyat olib borgan buyuk alloma va mutafakkirlarning noyob merosini ilmiy tadqiq etish va uning natijalaridan amaliy foydalanishda yangi bosqichni boshlab berdi. Bunday xalqaro ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy maskanlar va ilmiy-tadqiqot markazlarining ochilishi chindan ham tarixiy voqeadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur markazlar Uchinchi Renessans poydevori vazifasini bajaruvchi ilm-ma\u02bcrifat maskanlari bo\u02bblishi, shubhasiz. Avvalo, shuni aytib o\u02bbtmoqchimanki, Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish g\u02bboyasi xalqimizning uzoq yillik orzusi, qolaversa, dunyo musulmonlariga bildirilgan yuksak hurmat-ehtirom ramzi bo\u02bbldi. Aslini olganda yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar nafaqat Islom sivilizatsiyasiga, balki jahon tamadduniga ham o\u02bbzlarining ilm-ma\u02bcrifati bilan juda katta hissa qo\u02bbshgan. Mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan bitib ketilgan ko\u02bbplab asarlar bugungi kunda jahonning turli nuqtalarida joylashgan muzeylarda saqlanmoqda. Buxoriy va Termiziy tufayli butun dunyo, jumladan, o\u02bbzbek xalqi ham hadislardan bahramand bo\u02bblib kelmoqda. Yurtimizga tashrif buyurayotgan musulmon davlatlari elchilari bilan ko\u02bbrishganimizda, ularning birinchi tilaklari ham Imom Buxoriy haqida tinglash, bilish va ziyoratlarini qilish bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u2014\u00a0 2020 yili Madaniyat vazirligi huzuridagi O\u02bbzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan \u201cO\u02bbzbekistonga oid xorijdagi qo\u02bblyozma asarlar reyestri\u201dning 1-jildi nashr etilgani kelgusida noyob merosimizni o\u02bbrganuvchi yosh tadqiqotchilarga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi, desak adashmagan bo\u02bblamiz, shunday emasmi?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 G\u02bboyat o\u02bbrinli gap bo\u02bbldi. Siz qayd etgan Markaz hozirda Turizm va madaniy meros vazirligi tarkibida faoliyat yurityapti. Bu yerda 2019-2022 yillarga mo\u02bbljallangan \u201cO\u02bbzbekistonga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklar reyestrini yaratish, nodir qo\u02bblyozma asarlarning faksimilesini nashr etish\u201d mavzusida Innovatsiya vazirligi tomonidan berilgan loyiha mavjud. 2020 yili loyiha doirasida \u201cO\u02bbzbekistonga oid xorijdagi qo\u02bblyozma asarlar reyestri\u201dning 1-jildi nashr etilgandi. Loyiha bo\u02bbyicha endilikda ushbu reyestrning 2- va 3-jildlari ham nashrga tayyorlab qo\u02bbyilgan va ular shu yili chop etiladi, degan umiddamiz. Ayni reyestr o\u02bbzbek, ingliz va rus tillarida tuzilgan bo\u02bblib, O\u02bbzbekiston va xorijdagi olimlar, yosh mutaxassislarga yurtimiz tarixini o\u02bbrganishda katta yordam beradi. Reyestr ustida ishlash munosabati bilan xorij fondlaridagi hozirgacha ilmiy jamoatchiligimizga ma\u02bclum bo\u02bblmagan o\u02bbnlab qo\u02bblyozma asarlar topildi va yangi xulosalarga kelindi. Masalan, Ibn Sino asarlari qo\u02bblyozmalari Turkiyadagi fondlarda mingdan ortiq nusxada mavjudligini bilib oldik. Yoki bo\u02bblmasa, Imom Buxoriyning yuzlab qo\u02bblyozmalari arab tilli mamlakatlar kutubxonalarida saqlanishi aniqlandi. Mazkur jarayonda allomalarimiz merosi dunyo bo\u02bbylab juda keng tarqalganiga yana bir bor ishonch hosil qildik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u2014 Yaqinda Turkiyaning Anqara shahrida sizning Navoiy ijodiga oid o\u02bbzbek tilidagi maqolalaringiz to\u02bbplami chop etildi. Ushbu to\u02bbplamni nashr etish jarayonida turkiyalik navoiyshunoslar o\u02bbzbekistonlik tadqiqotchilarning izlanishlarini qanday baholadi?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Xorijda olib borgan ilmiy izlanishlarim davomida shunga guvoh bo\u02bbldimki, XX asrda Navoiy ijodi ko\u02bbproq Rossiyada o\u02bbrganilgan. O\u02bbzbekiston mustaqilligidan keyin dunyo qo\u02bblyozma fondlari va kutubxonalari bilan tanishish imkoniyati ancha kengaydi. Chunonchi, xorijiy navoiyshunoslik bilan bog\u02bbliq tadqiqotlar ichida Turkiya Navoiy ijodiga bag\u02bbishlangan tadqiqotlari bilan yetakchilik qilishiga guvoh bo\u02bbldim. Shu bois, Navoiy ijodi va asarlari qo\u02bblyozmalariga oid yozgan maqolalarimni to\u02bbplab, Turkiyada nashr ettirdim. Ularning fikrlari umuman olganda ijobiy. Aniqrog\u02bbi, turklarning Alisher Navoiy ijodiga qiziqishi juda katta. Ular Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag\u02bbishlab o\u02bbzbek tadqiqotchilarining kitoblarini nashr etish istagida ekanini bildirganida quvondim. Anqaradagi \u201cAkchag\u02bb yayinlari\u201d nashriyoti Navoiy ijodiga bag\u02bbishlangan \u201cNavoiyni anglash sari\u201d nomli kitobimni 500 adadda o\u02bbz hisobidan nashr qilib, dunyo kutubxonalariga tarqatdi. Turkiyada ilmiy faoliyat olib borayotgan vatandoshimiz, navoiyshunos olim, doktor Saidbek Boltaboyev kitobimni chop etishda katta yordam berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u2014\u00a0 2006 yildan Angliyaning Kembrij shahrida joylashgan \u201cIslom davri qo\u02bblyozmalari\u201d xalqaro ilmiy tashkiloti (TIMA), 2015 yildan AQSHning forsiy tillilar jamiyatini o\u02bbrganish ilmiy assotsiatsiya (ASPS) hamda 2017 yildan AQSHning Markaziy Osiyo tadqiqotlari ilmiy jamiyati (CESS) a\u02bczosi sifatida ko\u02bbplab xalqaro ilmiy konferensiyalarda o\u02bbz ma\u02bcruzalaringiz bilan ishtirok etgansiz. O\u02bbzbekiston va uning tarixi bilan bog\u02bbliq manbalar ko\u02bbproq yana qaysi davlatlarda o\u02bbrganilmoqda?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014\u00a0 O\u02bbzbekiston va uning tarixi bilan bog\u02bbliq manbalar dunyoning ko\u02bbpgina mamlakatlarida katta qiziqish bilan o\u02bbrganilmoqda. Germaniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya birlamchi, ya\u02bcni qo\u02bblyozma kitoblar va ularning nashrlarini o\u02bbrganish jihatidan yetakchilik qiladi. Ushbu davlatlarda qo\u02bblyozma manbalarni o\u02bbrganishga ehtiyoj katta. Ayniqsa, Germaniya va Yaponiya tadqiqotchilari O\u02bbzRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida saqlanuvchi qo\u02bblyozmalar fihristini tuzish ishlarida yetakchilik qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrni kelganda shuni ham ta\u02bckidlash kerakki, Yevropa davlatlarida bizning adabiyotimiz, tariximiz bilan bog\u02bbliq anchagina qo\u02bblyozmalar saqlanmoqda. Masalan, men Sa\u02bcdiy Sheroziy qalamiga mansub \u201cGuliston\u201d asarining fanga noma\u02bclum bo\u02bblgan yangi nusxasi Berlin Davlat kutubxonasida saqlanayotganini aniqladim. Hozirda uning matni eski o\u02bbzbek yozuvidagi asliyatini ko\u02bbrsatuvchi faksimile \u2014 fotonusxasi va joriy yozuvimizga o\u02bbgirilgan ko\u02bbrinishida nashr qilinish arafasida. Demak, xorijda hali biz o\u02bbrganmagan ko\u02bbplab qo\u02bblyozmalarimiz mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u2014\u00a0 Manbashunos olimlarning ta\u02bckidlashicha, shu kungacha yurtimizda qo\u02bblyozma asarlarni restavratsiya qilish bilan shug\u02bbullanadigan maxsus mutaxassislarni tayyorlash bo\u02bbyicha ta\u02bclim tizimi yo\u02bblga qo\u02bbyilmagan ekan\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014\u00a0 Shu bois, biz so\u02bbz yuritayotgan qarorda ayni muammoga yechim bo\u02bbladigan vazifalar belgilangan. 2022\/2023 o\u02bbquv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida \u201cQadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi\u201d ta\u02bclim yo\u02bbnalishida kadrlar tayyorlash yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men chet davlatlarga borganimda shu narsaga guvoh bo\u02bbldimki, qo\u02bblyozmalarni restavratsiya qilish ishlari qo\u02bblyozma fondlarining alohida bir katta vazifasi hisoblanar ekan. Umuman olganda, qo\u02bblyozmalarni restavratsiya qilish, ularni konservatsiya qilish, ya\u02bcni bor holicha saqlab qolish masalasi hamisha dolzarb hisoblangan. Ustozimiz, professor Qosimjon Sodiqov bir vaqtlar \u201cAgar biz qo\u02bblyozmalarni o\u02bbrganmagan taqdirda ham ularni boricha saqlab, keyingi avlodlarga yetkazib bera olsak, katta bir muhim vazifani bajargan bo\u02bblamiz\u201d, degan edi. Bu juda to\u02bbg\u02bbri fikr. Chunki ming yillar davomida asrab kelingan noyob merosimizni buyog\u02bbiga ham avaylasak va qadriga yetsak, kelajak avlod oldida yuzimiz yorug\u02bb bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozma manbani saqlashning o\u02bbziga xos talablari va xalqaro me\u02bcyorlari bor. Ushbu manbaning barcha qismlari tabiiy ashyodan bo\u02bblgani bois, uni maxsus harorat, yorug\u02bblik va quyosh nuridan keladigan ultrabinafsha nurlaridan himoyalash zarur. Bu manbalarning bizdan keyin yana ming yillar saqlanib turishini ta\u02bcminlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizdagi fondlarning restavratsion laboratoriyasida asosan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilari faoliyat yuritadi. Lekin u yerda ham qo\u02bblyozma asarlarni restavratsiya qiluvchi maxsus yo\u02bbnalish yo\u02bbq. Shu ma\u02bcnoda, bu yo\u02bbnalishda milliy kadrlar yetishtirish muammo bo\u02bblib kelayotgan edi. Yaqinda O\u02bbzRFA Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondining restavratsiya bo\u02bblimi xodimlari bilan suhbatlashdim. Ular hozircha bu borada ustoz-shogird tizimi asosida bakalavr va magistrlarni fondga jalb etib, mutaxassis tayyorlab kelayotgan ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixiy hujjatlarni restavratsiya qilishda, avvalo, konservatsiya amaliyoti, ya\u02bcni qog\u02bbozni mustahkamlash amaliyoti bajariladi. Keyin qismlarni butlash uchun maxsus yapon qog\u02bbozidan foydalaniladi. Bu xodimdan katta mas\u02bculiyat talab etadi. Shuning uchun ham tajribaga ega, malakali, sinovlardan o\u02bbtgan xodimlarga asl nusxadagi manbalar beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odatda skaner bo\u02bblimida 20 ta mutaxassis ishlashi kerak. Mazkur fondda esa 3 kishi ishlayapti. Ko\u02bbrinib turibdiki, restavratsiya jarayonida kadrlar masalasi birinchi o\u02bbrinda. Oddiy mutaxassis bu jarayonda ishlab keta olmaydi. Qaysidir darajada qo\u02bblyozma manbani bilishi talab qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u2014 Qarorda ikki oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslardan qadimiy yozma manbalarni xarid qilish, ularni davlat tasarrufiga topshirish mexanizmini ishlab chiqish borasidagi muhim vazifalar belgilangan. Negadir keyingi paytlarda noyob qo\u02bblyozmalarni o\u02bbz yurtimizda istiqomat qilayotgan jismoniy shaxslardan izlab topish va ularni o\u02bbrganish borasida jon kuydirayotgan tadqiqotchilar haqida eshitmay qo\u02bbydik\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Shunday davrlar bo\u02bbldiki, qo\u02bblyozma manbalarni uyida saqlagan shaxslarga nisbatan juda yomon munosabatda bo\u02bblindi. Qo\u02bblyozma va undagi har bir asarda faqatgina diniy asar targ\u02bbibotini ko\u02bbrgandek bo\u02bblishdi va shu munosabat bilan uyida noyob merosimizni kutubxona shaklida asrayotgan odamlar yomonotliqqa chiqarildi. Har qancha ta\u02bcqiblarga qaramay, tariximizdan dalolat berguvchi yorug\u02bb sahifalar fidoyi yurtdoshlarimiz tomonidan asrab qolindi. Haligacha\u00a0<u>aholi o\u02bbrtasida saqlanayotgan qo\u02bblyozma\u00a0<\/u><u>manbalarni\u00a0<\/u><u>yig\u02bbib olish, xarid qilish\u00a0<\/u><u>ularni\u00a0<\/u><u>davlat hisobiga o\u02bbtkazish kerakli jarayon.\u00a0<\/u><u>Agar\u00a0<\/u><u>ushbu manba uy sharoitida saqlansa, vaqt o\u02bbtgani sayin sifatini yo\u02bbqotib boraveradi. Shu bois, aholidan qo\u02bblyozmalarni sotib olish va\u00a0<\/u><u>ularni davlat tasarrufiga\u00a0<\/u><u>o\u02bbtkazish bilan bog\u02bbliq ishlarni kuchaytirish o\u02bbrinli.<\/u><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida yurtdoshlarimiz qo\u02bblida muayyan miqdorda noyob qo\u02bblyozmalar, bosma nashrlar saqlanadi. Hatto tarixiy hujjatlar, xonlarning yorliqlarini ham topshirishyapti. Agar ayni mavzuda roliklar tayyorlanib, tez-tez telekanallarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilsa, yurtdoshlarimiz bu jarayonga e\u02bctiborsiz bo\u02bblmas edi. Aynan O\u02bbzRFA Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondi aholidan imkon qadar yuqori qiymatlarda sotib olishga harakat qiladi. Qo\u02bblyozma uchun eng kam ish haqining 15 barobari boshlang\u02bbich narx sifatida beriladi. Qo\u02bblyozmaning ko\u02bbchirilgan davri, bezagi, ilmiy ahamiyatiga qarab uning narxi oshib boraveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u2014 Qarorda Internet jahon axborot tarmog\u02bbida yurtimiz allomalari va mutafakkirlarining hayoti hamda ma\u02bcnaviy merosi haqidagi ilmiy-ma\u02bcrifiy portal va uning mobil ilovasi ishga tushirilishi borasida ham so\u02bbz yuritilgan. Mazkur portalni tashkil etish jarayonida qanday taklif va mulohazalarni o\u02bbrtaga tashlashingiz mumkin? Bu borada qaysi xorijiy davlat tajribasidan foydalanish o\u02bbrinli deb bilasiz?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Ilmiy-ma\u02bcrifiy portal yaratilishini biz, tadqiqotchilar orzu qilar edik. Axir internet asrida yashayapmiz. Menimcha, bu portal o\u02bbzbek, ingliz va rus tillarida yaratilsa kerak. Xorijda ilm-fan, adabiyot va san\u02bcatni targ\u02bbib qiladigan ko\u02bbplab ilmiy-ma\u02bcrifiy portallar, institutlar bor. Masalan, Toshkentdagi Gyote institutining asosiy maqsadi nemis tilini o\u02bbrgatish, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Germanshunoslar, talabalar, umuman, barcha qiziquvchilar institut o\u02bbquv zalida nemis tilidagi kitoblarni mutolaa qilishi, Germaniya davriy va vaqtli matbuot nashrlari bilan tanishishi mumkin. Kimda nemis tilini o\u02bbrganishga ishtiyoq paydo bo\u02bblsa, bu yerdagi kurslarda tahsil olish imkoniyati bor. Fransiyaning Gyugo nomidagi madaniyat markazi esa fransuz tilini va fransuz madaniyatini targ\u02bbib qilish bilan shug\u02bbullanadi. Biz ham kelgusida ana shunday vazifalarni bajaruvchi markazlarni, ilmiy-ma\u02bcrifiy portallarni ishga tushirishimiz zarur. Axir hozirgi kunda eng yaxshi targ\u02bbibot usuli internet tarmog\u02bbi bo\u02bblib qolmoqda. Ilmiy-ma\u02bcrifiy portalga yurtimiz tarixi, ajdodlarimiz ilmiy va ijodiy faoliyati bilan bog\u02bbliq rasmlar, qo\u02bblyozmalar haqidagi videolavhalar, tarixiy hujjatlarni joylashtirib borsak, maqsadga muvofiq bo\u02bblar edi. Mobil ilova yaratilishi ham juda o\u02bbrinli. Masalan, uyali telefondan foydalanayotgan yosh bolalar madaniy-ma\u02bcnaviy merosimiz haqidagi ma\u02bclumotlarni yo\u02bbl-yo\u02bblakay ko\u02bbrib o\u02bbtsa ham, hech bo\u02bblmasa, nomini eslab qoladi. Agar u yerda rasmlar va miniatyuralar bo\u02bblsa, farzandlarimizning ushbu sahifalarga bo\u02bblgan qiziqishi yanada oshishi mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d muxbiri<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muxtasar TOJIMAMATOVA suhbatlashdi.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 22 fevral, 38(560) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muqaddas zaminimiz azaldan ilm-ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Allomalarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosning ma\u02bclum bir qismi, garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo\u02bblsa-da, hozirgi kungacha yetib kelganlarining sanog\u02bbi ham kishini hayratga soladi. Chorak asrki, mazkur noyob xazinani asrash va o\u02bbrganish ishtiyoqida izlanishlar olib borayotgan olim, filologiya fanlari doktori Aftondil ERKINOVni suhbatga chorlar ekanmiz, tadqiqotchining &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20451,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Muqaddas zaminimiz azaldan ilm-ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Allomalarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosning ma\u02bclum bir qismi, garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo\u02bblsa-da, hozirgi kungacha yetib kelganlarining sanog\u02bbi ham kishini hayratga soladi. Chorak asrki, mazkur noyob xazinani asrash va o\u02bbrganish ishtiyoqida izlanishlar olib borayotgan olim, filologiya fanlari doktori Aftondil ERKINOVni suhbatga chorlar ekanmiz, tadqiqotchining &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-23T05:49:40+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz\",\"name\":\"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-23T05:49:40+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-23T05:49:40+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Muqaddas zaminimiz azaldan ilm-ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Allomalarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosning ma\u02bclum bir qismi, garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo\u02bblsa-da, hozirgi kungacha yetib kelganlarining sanog\u02bbi ham kishini hayratga soladi. Chorak asrki, mazkur noyob xazinani asrash va o\u02bbrganish ishtiyoqida izlanishlar olib borayotgan olim, filologiya fanlari doktori Aftondil ERKINOVni suhbatga chorlar ekanmiz, tadqiqotchining &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-23T05:49:40+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz","name":"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg","datePublished":"2022-02-23T05:49:40+00:00","dateModified":"2022-02-23T05:49:40+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220223_yuz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20455&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"QO\u02bbLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud ko\u02bbhna ma\u02bcrifat o\u02bbchog\u02bbidagi yorug\u02bb sahifalar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20455"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20455"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20455\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20456,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20455\/revisions\/20456"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20451"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20455"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20455"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20455"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}