{"id":20381,"date":"2022-02-18T08:04:25","date_gmt":"2022-02-18T03:04:25","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20381"},"modified":"2022-02-17T15:06:12","modified_gmt":"2022-02-17T10:06:12","slug":"abu-lays-samarqandiy-va-markaziy-osiyoda-ilmiy-tafakkur-taraqqiyoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz","title":{"rendered":"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilk o\u02bbrta asrlardan temuriylar davriga qadar Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy hayotida o\u02bbzining ilmiy-ijodiy merosi va pedagogik faoliyati bilan chuqur iz qoldirgan mutafakkirlardan bir guruhi\u00a0 Abulaysiylar xonadonining vakillaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boy ilmiy merosi bilan tarixda nom qoldirgan bu xonadon va uning taniqli namoyandalarining nomlari bugunga qadar turli mazmundagi ilmiy ishlarda: ensiklopediya, lug\u02bbat, ma\u02bclumotnomalarda, Samarqand tarixiga, Alisher Navoiy va uning Samarqanddagi hayoti hamda faoliyatiga bag\u02bbishlangan maqola va tadqiqotlarda tilga olinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sadriddin Ayniyning 1948 yilda tojik tilida nashr etilgan \u201cAlisher Navoiy\u201d monografiyasida, akademik Vohid Abdullayevning \u201cNavoiy Samarqandda\u201d (Toshkent, 1947), H.Hikmatullayevning \u201cSamarqand olimlari\u201d (Toshkent, 1960) asarida atoqli xonadon haqida ma\u02bclumotlar berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulaysiylar xonadoni va uning mashhur vakillari hayoti va faoliyati haqida o\u02bbtgan asrning 80-yillarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan olim akademik Botirxon Valixo\u02bbjayevdir. Olim Samarqand viloyatining \u201cLenin yo\u02bbli\u201d gazetasida (1988 y., 27-28 sentyabr) e\u02bclon qilingan \u201cAbulaysiylar xonadoni\u201d nomli ikki maqolasida \u201cSovet O\u02bbzbekistoni\u201d gazetasida nashr etilgan (1990 y., 2 dekabr) \u201c\u2026 farzand der edi\u201d nomli maqolasida shu mavzuga to\u02bbxtaladi. U olib borgan izlanishlari natijasida bu mashhur xonadonning shakllanishi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim voqealarga boy bo\u02bblgan X asrga mos kelishi, bu sulola asoschisining hayoti va faoliyati, uning avlodlari bo\u02bblmish uch nomdor shaxs haqida aniq ma\u02bclumotlar beradi. Bu sohada olimning Alisher Navoiy va Xoja Fazlulloh Abulaysiy Samarqandiy munosabatlari, Xojaning Mirzo Ulug\u02bbbek hukmronligi yillaridan boshlab, XV asrning 70-yillarigacha ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma\u02bcrifiy sohalarda faoliyat yuritgani haqida bergan keng\u00a0 ma\u02bclumotlari diqqatga sazovor. Bunga qadar bu xonadon haqidagi ma\u02bclumotlar tarqoqligi, ularning ko\u02bbplari hali to\u02bbplanmagani va aniqlanmaganligi sababli Abulaysiylar shajarasi va uning nafaqat Samarqand, balki Sharqning turli o\u02bblkalarida ilmiy tafakkurning rivojiga qo\u02bbshgan hissasi yaxlit tarzda yoritilmagan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asrimiz boshlarida ulug\u02bb faqih Abu Lays Samarqandiyning \u201cBo\u02bbstonul orifin\u201d asari va\u00a0 \u201cTanbehul g\u02bbofilin\u201d asarini tarixshunos Dilmurod Qo\u02bbshoqov tomonidan arab tilidan uch qayta tarjima qilinib, nashr ettirilishi ilm-fan sohasida va madaniy hayotimizda muhim voqealardan biri bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulaysiylar xonadonining asoschisi, ulug\u02bb faqih, mutakallim, muhaddis, mufassir, mutasavvuf olim Abu Lays Samarqandiyning to\u02bbliq ismi Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohimdir. U Faqih, Imomul huda, Shayxulislom unvonlari bilan ham mashhur bo\u02bblgan. \u201cAbu Lays\u201d u zotning kunyasi, bu \u201cLaysning otasi\u201d degani. \u201cLays\u201d lug\u02bbatda sher, arslon ma\u02bcnosini beradi, bu majoziy ma\u02bcnodagi, hurmat belgisi sifatidagi sharaflashdir. Abu Laysning tavallud yili 298, 301-310 hijriy, deb taxmin qilinadi. Vafoti ham manbalarda taxminan 396 h. yil deb keltiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim avval o\u02bbz otasi Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Tusiydan, so\u02bbng Abu Ja\u02bcfar Hindavoniy Balxiy, Xalil ibn Ahmad qoziy Sijziy, Muhammad ibn Fazl Balxiy kabi o\u02bbz zamonasining olimlaridan turli ilmlarni o\u02bbrgangan. Keyinroq mustaqil ravishda ilm bilan shug\u02bbullanib, bilim yoyib, ta\u02bclim berib, qator shogirdlar yetishtirgan. Bularning mashhurlari-Luqmon ibn Hakim Farg\u02bboniy, Naim Xatib Abu Molik, Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Abu Adbulloh Haddodiy va b.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Lays Samarqandiy ilmiy va ma\u02bcrifiy sohalarda, fiqh, usuli din, tib, falsafa, tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo\u02bbnalishlarida katta ilmiy meros qoldirdi. Uning 20ga yaqin kitobi bo\u02bblib, ba\u02bczilari ikki-uch xil nom bilan ataladi. Asarlari asosan arab mamlakatlarida, Hindistonda nashr etilgan. Mashhur asarlari quyidagilar:\u201cBahrul ulum\u201d (\u201cTafsirul Qur\u02bcon\u201d ham deyiladi), \u201cXizonatul fiqh\u201d, \u201cBo\u02bbstonul orifin\u201d, \u201cTanbehul g\u02bbofilin\u201d, \u201cQurratul uyun va mufrihu qalbul mahzun\u201d, \u00a0\u201cuyunul masoil\u201d, \u201cMuqaddimatu Abu Lays fis salot\u201d, \u201cFatovan Abu Lays\u201d, \u201cAn-navozimu fil fatovo\u201d, \u201cAl mabsut\u201d, \u201cSharhu jomi\u02bcus sag\u02bbiyr\u201d, \u201cUmdatul aqoid\u201d, \u201cUsulud din\u201d, \u201cBayonu aqidatul usul\u201d, \u201cAsrorul vahiy\u201d, \u201cRisolatu fil mag\u02bbfirati val iymon\u201d, \u201cRisolatu fil hukm\u201d, \u201cShir\u02bcatul Islom\u201d.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimning \u201cBo\u02bbstonul orifin\u201d asarida ilm o\u02bbrganish va uning foydalari, aql va aqllilik, odob va salom, tabobat va kasbu hunar singari axloq va insoniy fazilatlar haqida bildirilgan mulohazalar diqqatga sazovor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xizonatul fiqh\u00bb asarida o\u02bbsha davr huquqshunosligining muhim masalalaridan bo\u02bblgan nikoh, nafaqa, merosni taqsimlash haqida so\u02bbz yuritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Lays Samarqandiy asarlari keyingi asrlarda ham ko\u02bbchirilib, toshbosma tarzida nashr ettirilib, qo\u02bbllanma sifatida foydalanilgan. Sadriddin Ayniy o\u02bbzining bir she\u02bcriy asarida Samarqand va uning tarixi haqida fikr yuritar ekan, jumladan, bunday yozadi:\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">In Samarqand hamon ast, ki Bo\u02bb Laysi Faqeh,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kard siti sharafash to Arabiston isol.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: Bu o\u02bbsha Samarqandki, Faqih Abul Lays uning shuhrati Arabistongacha taralishiga sabab bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning \u201cTanbehul g\u02bbofilin\u201d kitobini Misrda nashr qildirgan olim Said Arabiy uning mo\u02bbtabar islomiy manbalardan keltirilgan hujjat-dalillar asosida yozilganini qayd etadi. Shu jihatdan faqihning uslubini eng mumtoz , deb baholaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faqih asarlarida, bir tomondan, o\u02bbz davri huquqshunoslarini qiziqtirgan masalalar xususida, asosan, Movarounnahrda keng yoyilgan hanafiya-moturidiya mazhabi bo\u02bbyicha muhim fikr-mulohazalar bildirilsa, ikkinchi tomondan, insonning odob-axloqi va fazilatlari, o\u02bbzaro \u00a0munosabatidagi me\u02bcyor va qonun-qoidalardan bahs yuritiladi. \u201cTanbehul\u00a0 g\u02bbofilin\u201d\u00a0 e\u02bctiborsizlarga, bexabarlarga, beparvolarga tanbeh deb nomlanib, unda insonning ma\u02bcnaviy huquq va burchlari, mas\u02bculiyati,\u00a0 hayoti va faoliyati uchun muhim bo\u02bblgan fazilat va qusurlar haqida so\u02bbz yuritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda keltirilgan hadisi shariflarning har biri\u00a0<em>sahih, marfu\u02bc, mavquf, muttafaqun alayh, hasan, g\u02bbarib, zaif, mursal, mu\u02bczal, munqoti\u02bc, mudallas, mavzu\u02bc, matruk, munkar,\u00a0<\/em>kabi darajalar bilan aniqlab beriladi. \u201cTanbehul g\u02bbofilin\u201dning \u201cSahihul Buxoriy\u201ddan farqi shundaki, unda muayyan mavzuda so\u02bbz yuritilganda, Faqih o\u02bbzining munosabatini ham bildirib o\u02bbtadi. Ya\u02bcni, rivoyatlarga munosabat bildirilib, \u201cFaqih aytadi\u201d, deya hadisi sharif ma\u02bcnolari sharhlab beriladi. Masalan, yigirma oltinchi bobda kelgan \u201cKambag\u02bballarning fazilatlari\u201d deb nomlangan 291-hadis sahih, Abu Zarr G\u02bbiforiydan rivoyat qilingan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qavllari bayon etilgach, \u201cFaqih aytadi: Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning \u201cMolini ko\u02bbpaytirishga urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past kishilardir\u201d, degan so\u02bbzlarining ma\u02bcnosi bunday: Agar boylar jannat ahlidan bo\u02bblsa, darajasi kambag\u02bbalnikidan past bo\u02bbladi. \u201cMana bunday, mana bunday\u201d, deb aytgan gapining ma\u02bcnosi ular o\u02bbng tomondan, chap tomondan, orqasidan, oldidan sadaqa qiladi, deganidir. \u201cLekin ular kamginadir\u201d, degan so\u02bbzining ma\u02bcnosi esa, bunday amal boylarda kam topilishiga, shayton ular uchun bu dunyoda mollarini ziynatli qilib ko\u02bbrsatishiga ishora qiladi. Ba\u02bczi hadislar sharhida Qur\u02bconi karim oyatlarining tafsiri keladi. Masalan, darajasi zaif sanalgan 294-hadis sharhida Faqih Qur\u02bconi karimning \u201cKahf\u201d surasi 28-oyatini keltirib, uning nozil bo\u02bblish sabablari va\u00a0 mufassal tafsirini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar uslubining o\u02bbziga xosligi yana shundaki, Faqih bir hadis sharhida yana boshqa bir hadisni keltiradi. Chunonchi, sanadi zaif sanalgan 446-hadisning: \u201cPayg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: \u201cKim zakot bersa, mehmon kutsa, omonatni ado qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi\u201d, ma\u02bcnosini tushuntirib bergach, ilmiy asoslaydi. Ya\u02bcni: \u201c \u2026 chunki, sadaqada o\u02bbnta xislat maqtalgan. Beshtasi bu dunyoda, beshtasi oxiratda. Dunyodagi beshtasi quyidagilar: 1. Sadaqa qilishda molni poklash bor \u2026 \u201d, der ekan, asoslarini quvvatlash uchun Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamdan sahih darajali 447-hadisni keltiradi: \u201cOgoh bo\u02bblinglar. Savdoda bema\u02bcni so\u02bbz, qasam va yolg\u02bbon bo\u02bblib turadi. Shuning uchun unga sadaqani ham qo\u02bbshinglar\u201d. Shundan so\u02bbng sadaqada maqtalgan o\u02bbnta xislatdan ikkinchisining sharhiga o\u02bbtadi. Bu xislatni Qur\u02bconi karimning \u201cTavba\u201d surasidagi 103-oyat bilan asoslaydi. Sadaqadagi uchinchi xislat sharhiga: \u201cSadaqa kasallik va balolarni daf qiladi\u201d \u2013 Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hasan darajali 448-hadisni asos sifatida keltiradi. Shuningdek, Faqihning \u201cTanbehul g\u02bbofilin\u201d asarida sadaqaning dunyodagi maqtalgan xislatlarining beshinchisiga Qur\u02bconi karim \u201cSaba\u02bc\u201d surasining 39-oyati asos sifatida keltiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayrim hadisi shariflar sharhida Faqih \u201cBir hakim aytar ekan \u2026 \u201d, \u201cZikr qilinishicha \u2026 \u201d, \u201cXabarda zikr qilinadi \u2026 \u201d kabi izohlar bilan saodat asrida bo\u02bblib o\u02bbtgan hodisalardan misollar keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTanbehul g\u02bbofilin\u201d asarining ilmiy va bayon uslubi xususiyatlarini tekshirish, uni boshqa mo\u02bbtabar manbalar bilan qiyoslab o\u02bbrganish fanimiz oldida turgan eng dolzarb sohalardan biridir.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">X asrdan XIV asrning ikkinchi yarmigacha bo\u02bblgan vaqt oralig\u02bbida bu xonadon vakillari haqida aniq bir ma\u02bclumotlar uchramaydi. XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abulaysiylar nomi yana ko\u02bbzga tashlanadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning \u201cZafarnoma\u201dsida 1370-1371 yillar voqealari bayonida oliynasab shaxslardan to\u02bbrt kishi Amir Temurga qarshi harakat qilgani voqeasi tafsilotlari bayon etiladi. Fitna Sohibqironga ayon bo\u02bblib, fosh etilgach, uning barcha nufuzli tashkilotchilari kechiriladi. Xususan, Saroymulkxonimning tog\u02bbasi Amir Muso qarindosh bo\u02bblgani uchun kechiriladi. Xonzoda Abdulmaoliy Termiziy Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam\u00a0 avlodi bo\u02bblgani uchun ozod qilinib, Abu Lays Samarqandiy makkaga hajga borish bahonasi bilan surgun qilinadi. Shibirg\u02bbon hokimi Zinda Chashm esa bandi etilib, Samarqandga jo\u02bbnatiladi.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Bu ma\u02bclumot XV asr tarixchisi Faseh Xavofiyning \u201cMujmali Fasehiy\u201d asarida ham uchraydi. Bu shayxning hayoti va faoliyatiga doir materiallar ham, uning keyingi taqdiri ham noma\u02bclum. Ammo bundan shunday xulosa qilish mumkinki, XIV asrda Abullaysiylar xonadonining namoyondalari katta mavqega ega bo\u02bblgan, davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida faoliyat yuritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurazzoq Samarqandiyning \u201cMatla ussa\u02bcdayn va majma ulbahrayn\u201d asarida 1407-1421 yillar voqealari, xususan, Samarqand va Mirzo Ulug\u02bbbek bilan bog\u02bbliq voqealar tasvirida Shohrux va Ulug\u02bbbekning ishonchli amaldorlaridan biri sifatida Abulays degan shaxs tilga olinadi. Agar Shohrux 1407-1408 yillarda Abullaysni Astrobod kutvoli \u2013 shahar soqchi otryadlari boshlig\u02bbi qilib tayinlagan bo\u02bblsa, 1409-1410 yil voqealari bayonida u Mirzo Ulug\u02bbbekning ishonchli navkari sifatida shu vazifani davom ettiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1419-1421 yillar voqealari bayonida esa Abulaysning Andijonda xizmat qilgani aytiladi. Demak, mashhur xonadonning uchinchi taniqli vakili bo\u02bblgan bu shaxs Shohruh va Mirzo Ulug\u02bbbek hukmronligida ishonchli amaldor sifatida harbiy lavozimlarda faoliyat ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulaysiylar xonadonining XV asr ikkinchi yarmida Samarqandda faoliyat ko\u02bbrsatgan, ilm-fan va adabiyot sohasida ko\u02bbzga ko\u02bbringan vakili Xoja Fazlulloh Abulaysiy edi. Bu\u00a0 shaxs haqida ham hozircha juda kam ma\u02bclumot yetib kelgan. Ammo manbalarda Xoja Fazlulloh Abulaysiy \u201cMovarounnahr akobirlaridan biri\u201d (Abdurazzoq Samarqandiy), o\u02bbz davrining\u201d Abu Hanifai soniysi\u201d (Alisher Navoiy), Ibn Hojib, Xondamir xullas, a\u02bclami ulamosi sifatida tilga olinadi. U Mirzo Ulug\u02bbbek nazdida juda e\u02bctiborli allomalardan biri bo\u02bblgan. Shuning uchun Xoja Fazlulloh Abulaysiy Mirzo Ulug\u02bbbek bilan birga bir necha marta Shohruh Mirzo huzurida bo\u02bblib, u yerda\u00a0 oylab qolib ketgan, Shohruh Mirzo saroyi akobirlari, jumladan, G\u02bbiyosiddin Bahodir (Alisher Navoiyning otasi) bilan ham uchrashgan va tanishgan. Ulug\u02bbbek fojeasidan so\u02bbng ham Xoja Fazlulloh Abulaysiy Samarqanddagi ajdodlari yashagan Faqih Abulays guzarida qurdirgan xonaqohida tolibi ilmlarga fiqh, tib, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo\u02bbyicha dars berishni davom ettirgan. Bu talabalar qatorida Alisher Navoiy ham bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zahiriddin Muhammad Boburning \u201cBoburnoma\u201dasarida yozilishicha, Abusaid Mirzo tomonidan Samarqandga \u201cixroj\u201d qilingan Alisher Navoiyning homiysi-shahar hokimi Ahmad Hojibek Vafoiy edi. Navoiy uning ko\u02bbmagida Xoja Fazlulloh Abulaysiy xonaqohidan hujra olib, ikki yil shu yerda yashab, mashhur olimdan tilshunoslik, adabiyotshunoslik, fiqhdan saboq oldi. O\u02bbzining qobiliyati tufayli ustozining e\u02bctiborini qozondi va shu darajaga yetdiki, Xoja Fazlulloh Abulaysiy uni \u201cfarzandim\u201d der edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Fazlulloh Abulaysiy va Alisher Navoiyning ustoz-shogirdlik munosabatlari, samimiy do\u02bbstligi, ularning ikkalasi uchun ham g\u02bboyaviy hammaslak va g\u02bboyatda aziz bo\u02bblgan inson Xoja Ahror Vali bilan bo\u02bblgan suhbatlari haqida akademik B.Valixo\u02bbjayev o\u02bbzining yuqorida qayd etilgan maqolalarida va \u201cBuyuk ma\u02bcnaviy murshid\u201d nomli monografiyasida ancha mufassal ma\u02bclumot beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy 1469 yilda Hirotga qaytib, davlat arbobi sifatida ish boshlaganida ham, umuman, umrining oxiriga qadar bu xonadonni unutmadi. Samarqand bilan aloqasini yanada mustahkamladi. Shuning uchun ko\u02bbpgina samarqandlik alloma va shoirlar Hirotga borganda Alisher Navoiyning iltifotidan bahramand bo\u02bblar edi. Abulaysiylar xonadonining ikki vakili \u2013 Xoja Fazlulloh Abulaysiyning farzandi Xoja Hovand Abulaysiy va shu xonadonga mansub Xoja Abulqosim Abullaysiy shular jumlasidan. Bularning ikkovi ham Navoiydan minnatdorligini kitoblar orqali ifoda etgan. Xoja Hovand ibn Fazlulloh Abulaysiy \u201cHoshiyai miftoh\u201d va \u201cHoshiyai talmeh\u201d asarlarini, Xoja Abulqosim Abulaysiy esa \u201cHoshiyai mutavval\u201d asarini Navoiyga bag\u02bbishlagan. Demak, Abulaysiy xonadonining bu ikki namoyandasi Alisher Navoiy ko\u02bbmagida shu xonadon ilmiy an\u02bcanalarini davom ettirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda Samarqand shahrida Xoja Fazlulloh Abulaysiy yashagan mahallada uning uy-muzeyi bunyod etilgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>Foydalanilgan adabiyotlar<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alfaqih Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\u02bbofilin. Uch kitob. \u2013Toshkent: 2003, 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Faqih Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\u02bbofilin. \u2013Toshkent: 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Faqih Abu Lays Samarqandiy. Bo\u02bbstonul orifin. \u2013Toshkent: 1996.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdullayev V. Navoiy Samarqandda. Saylanma. 2 jildlik: 1-jild. \u2013 Toshkent: Fan, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Valixo\u02bbjayev B. Abulaysiylar xonadoni \/\/ Lenin yo\u02bbli, 1988 yil, 27, 28 sentyabr. 4-bet. \u201c\u2026Farzandim der edi\u201d \/\/ Sovet O\u02bbzbekistoni,1990 yil, 2 dekabr. 4-bet.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Valixo\u02bbjayev B. Buyuk ma\u02bcnaviy murshid. \u2013 Toshkent: Fan, 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddiy Ayniy. Alisher Navoiy. \u2013Dushanbe, 1948.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hikmatullev H. Samarqand olimlari. \u2013Toshkent: 1960.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Salohiy Dilorom Isomiddin qizi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>filologiya fanlari doktori, professor.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand davlat Chet tillar instituti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yaqin sharq tillari kafedrasi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ilk o\u02bbrta asrlardan temuriylar davriga qadar Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy hayotida o\u02bbzining ilmiy-ijodiy merosi va pedagogik faoliyati bilan chuqur iz qoldirgan mutafakkirlardan bir guruhi\u00a0 Abulaysiylar xonadonining vakillaridir. Boy ilmiy merosi bilan tarixda nom qoldirgan bu xonadon va uning taniqli namoyandalarining nomlari bugunga qadar turli mazmundagi ilmiy ishlarda: ensiklopediya, lug\u02bbat, ma\u02bclumotnomalarda, Samarqand tarixiga, Alisher Navoiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20377,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ilk o\u02bbrta asrlardan temuriylar davriga qadar Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy hayotida o\u02bbzining ilmiy-ijodiy merosi va pedagogik faoliyati bilan chuqur iz qoldirgan mutafakkirlardan bir guruhi\u00a0 Abulaysiylar xonadonining vakillaridir. Boy ilmiy merosi bilan tarixda nom qoldirgan bu xonadon va uning taniqli namoyandalarining nomlari bugunga qadar turli mazmundagi ilmiy ishlarda: ensiklopediya, lug\u02bbat, ma\u02bclumotnomalarda, Samarqand tarixiga, Alisher Navoiy &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-18T03:04:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-02-17T10:06:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz\",\"name\":\"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-18T03:04:25+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-17T10:06:12+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ilk o\u02bbrta asrlardan temuriylar davriga qadar Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy hayotida o\u02bbzining ilmiy-ijodiy merosi va pedagogik faoliyati bilan chuqur iz qoldirgan mutafakkirlardan bir guruhi\u00a0 Abulaysiylar xonadonining vakillaridir. Boy ilmiy merosi bilan tarixda nom qoldirgan bu xonadon va uning taniqli namoyandalarining nomlari bugunga qadar turli mazmundagi ilmiy ishlarda: ensiklopediya, lug\u02bbat, ma\u02bclumotnomalarda, Samarqand tarixiga, Alisher Navoiy &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-18T03:04:25+00:00","article_modified_time":"2022-02-17T10:06:12+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz","name":"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg","datePublished":"2022-02-18T03:04:25+00:00","dateModified":"2022-02-17T10:06:12+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_33.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20381&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABU LAYS SAMARQANDIY VA MARKAZIY OSIYODA ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20381"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20381"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20381\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20382,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20381\/revisions\/20382"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20377"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20381"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20381"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20381"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}