{"id":20313,"date":"2022-02-15T11:19:09","date_gmt":"2022-02-15T06:19:09","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20313"},"modified":"2022-02-15T11:19:09","modified_gmt":"2022-02-15T06:19:09","slug":"islom-dinining-kor%d0%b5yada-tarqalishiga-doir-tarixiy-va-ijtimoiy-asoslar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Koreya davlatchilik tarixi o\u02bbziga xos xususiyat va mintaqa madaniyati umumiy manzarasiga hal qiluvchi ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan jihatlarga ega. Koreys manbalarida Koreya yarimoroli va musulmon dunyosi o\u02bbrtasidagi aloqalar XI asrdan, arab manbalarida esa musulmonlarning ushbu yarimorol bilan munosabatlari Birlashgan Silla (661-935 yy.) podsholigi davridan boshlangani qayd etilgan. Savdo maqsadida Xitoyga kelgan koreys tijoratchilari ish yuzasidan musulmonlar bilan muomalada bo\u02bblganlar. O\u02bbz navbatida, musulmon savdogarlari Xitoydagi koreys hamkasblari ko\u02bbmagida Koreya yarimoroliga o\u02bbz savdo yo\u02bbnalishlarini kengaytirishga erishganlar. Albatta, ikki tomon o\u02bbrtasidagi aloqalarda tijorat asosiy omil bo\u02bblsa-da, ayni paytda, islom madaniyati belgilaridan ba\u02bczilari Koreya yarimoroliga kirib kelgan. Ushbu davrga oid ma\u02bclumotlarni IX-XVI asrlarda hayot kechirgan musulmon olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlarida uchratish mumkin. Ibn Xurdazbih, Abul Fazl va boshqa olimlar Sillaning geografik joylashuvi, madaniy muhiti haqida yozib qoldirganlar [6: 24].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon olimlari Koreya yarimorolining geografik o\u02bbrni va tuzilishi haqida xabar berish bilan bir qatorda, koreys xalqining kelib chiqish tarixiga alohida e\u02bctibor qaratganlar. Koreys irqining kelib chiqishiga oid manbalar orasida 851 yilda Sulaymon al-Tojir tomonidan yozilgan \u201cXitoy va Hindistonga yo\u02bbllanma\u201d va Mas\u02bcudiyning \u201cBilim va umumiy kuzatuvlar\u201d asarlari uchraydi. Ikki muallif ham Silla xalqini oq irqqa mansubligini ta\u02bckidlagan: \u201cSilla xalqi Xitoy va uning atrofidagi millatlar bilan birgalikda yettinchi jamoatga tegishlidir. Ular Nuhning o\u02bbg\u02bbli Yofas, Yofas o\u02bbg\u02bbli Amur avlodlaridandir. Ular bir podshohga bo\u02bbysungan holda yagona tildan foydalanadilar\u201d [5: 24]. Mas\u02bcudiy esa o\u02bbzidan avvalgi olimlar fikrlaridan ta\u02bcsirlangan holda koreys millatini Amur avlodlari sifatida qayd etadi. Amur Yevropa tillaridagi Gomer ismining ekvivalenti bo\u02bblib, Eski Ahdga ko\u02bbra, u Nuh farzandi Yofasning to\u02bbng\u02bbich o\u02bbg\u02bblidir. Mas\u02bcudiy dunyo xalqlarini yetti guruhga ajratib, shundan Silla xalqini xitoyliklar bilan birga yettinchi guruhga kiritadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mas\u02bcudiy Sillada istiqomat qilgan ba\u02bczi musulmon xorijliklar, xususan, iroqliklardan u yerni tavsifi haqida eshitganlarini batafsil va aniq yozib qoldirgan: \u201cXitoy sohillaridan o\u02bbtilsa, Silla nomi bilan tanilgan orollar majmui ko\u02bbrinadi. U yerda iroqlik va boshqa xorijliklar muqim turib, o\u02bbzlarining vatani sifatida qabul qilganlar. Ular Sillani toza havosi, musaffo suvi, serunum tuprog\u02bbi, mineral va qimmatbaho toshlarga boyligi sababli tark etishni o\u02bbylamay, ba\u02bczilarni istisno etmaganda, u yerda ko\u02bbpchilik doimiy yashab qolganlar\u201d [4: 155-156].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dunyosida yetishib chiqqan olimlar tomonidan yozilgan asarlardan tashqari, Xitoy-Koreya tarixiy solnomalari ham musulmonlarning Koreya yarimoroliga kirishi haqida xabar beruvchi qadimgi manbalardan sanaladi. Koreya yarimorolida koreys va musulmonlar o\u02bbrtasida kechgan aloqalarni aks ettiruvchi ilk rasmiy hujjatlar to\u02bbplami, bu \u2013 Koryo sulolasi (936-1392) solnomasi \u201cKoryosa\u201d hisoblanadi. Unda musulmonlarning mamlakatga kelishi va ularning savdo faoliyati haqida quyidagi yillar kesimida ma\u02bclumot berilgan: \u201c1024 yil, Ar-Roziy va yuzga yaqin kishi Tashi (musulmon-arab xalifaligining o\u02bbrta asr xitoy manbalarida nomlanishi) davlatidan Koreyaga tashrif buyurib, o\u02bbzlari bilan keltirgan mahsulotlarni qirolga tortiq qilishdi. 1025 yilning sentyabrida Hasan va Roziy hamda yana yuz nafar kishi Tashi davlatidan kelib, o\u02bbzlari bilan keltirgan mahsulotlarni qirolga tortiq qilishdi\u201d [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1270 yilda mo\u02bbg\u02bbullar Koreya ustidan to\u02bbliq nazoratni o\u02bbrnatgach, Xitoydagi Yuan-mo\u02bbg\u02bbul imperiyasi hukumatiga xizmat qilib, ma\u02bcmuriy ishlarda o\u02bbz salohiyati va mahoratini namoyon qilgan hamda bu borada yuqori lavozimlarga ko\u02bbtarilgan ko\u02bbplab musulmonlar mo\u02bbg\u02bbullar bilan birgalikda Koreyaga kirib kelganlar. Mazkur musulmonlar tarkibida turli xalq vakillari, xususan, markaziy osiyoliklar ham bo\u02bblishgan. Ulardan biri \u2013 Koryo qiroli Chungnyoolga tuhfa qilingan mo\u02bbg\u02bbul malikasining yordamchisidir. Uning asl ismi Samga bo\u02bblib, Koreyada muqim qolishga qaror qilgach, qirol unga koreyscha Jang Sunnyong ismini bergan. Jang koreyalik ayolga uylanib, Deoksu Jang urug\u02bbining asoschisiga aylangan. Uning avlodlari ko\u02bbplab rasmiy davlat lavozimlarini egallab, asrlar davomida Koreyadagi konfutsiylik tarafdorlari hurmatiga sazovor bo\u02bblganlar [1: 195].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIII asr o\u02bbrtalarida Koryo mo\u02bbg\u02bbul imperiyasi tasarrufidagi avtonom davlatga aylanishi oqibatida Koreya yarimorolidagi musulmonlarga nisbatan Xitoyda bo\u02bblgani singari \u201cxuey\u201d tushunchasi (Xitoyda \u201c<em>huihui<\/em>\u201d shaklida) ishlatilgan. Ko\u02bbp yillar mobaynida koreys va musulmonlar o\u02bbrtasida aloqalarni mazkur atama misolida o\u02bbzgartirishga urg\u02bbu berilganligi Yuan-mo\u02bbg\u02bbul imperiyasida musulmonlar maqomi barqaror va ahamiyatli bo\u02bblgani hamda ular mahalliy hayotda faol ishtirok etganini ko\u02bbrsatadi. Demak, birinchi bosqichda musulmon va koreyslar o\u02bbrtasidagi munosabatlar tijorat asosida boshlanib, musulmonlar shunga monand ravishda \u201cdaesik\u201d deb atalgan. Keyingi bosqichda musulmonlarga nisbatan \u201choehoe\u201d atamasi ishlatilib, bu nom yagona geografik hududda yashab, shaxsiy taraqqiyot yo\u02bblida u yerning mahalliy aholisi bilan hamkorlik qiladigan va o\u02bbz navbatida, raqobatga kirashadigan xorijiy xalqlarning umumiy mazmunini ifodalagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbg\u02bbul imperiyasi tomonidan turli o\u02bblkalarning bosib olinishi mahalliy bilim va madaniyat belgilari keng hududlarga tarqalishiga ham asos bo\u02bblganligini ko\u02bbrsatadi. Koryo Yuan-mo\u02bbg\u02bbul imperiyasining mustamlaka hududiga aylanganidan e\u02bctiboran, mo\u02bbg\u02bbullarning istilo qilgan o\u02bblkalaridagi rasmiy vakili \u2013 \u201cdarugachi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0vazifasini Koreya yarimorolida ba\u02bczi musulmonlar bajarishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Koryo davrida musulmonlar jamiyat hayotida faol ishtirok etgani va mahalliy an\u02bcanalarga moslashib ketgani qabrtoshlarida ham ko\u02bbzga tashlanadi. 1985 yilda Guanjoudagi nohiyalardan birida joylashgan musulmonlar qabristonlari ustida qurilish ishlari boshlanishi natijasida o\u02bbziga xos konstruksiyaga ega qabrtoshlari topildi. Ularning shakli va tuzilishi Sharqiy Osiyo uslubini eslatsa-da, arab va xitoy tillaridagi kalligrafik yozuvlari bilan o\u02bbzaro farqlanib turadi. Arab yozuvida qabr toshiga Qur\u02bconi karimning \u201cBaqara\u201d surasi 255-oyati yozilgan bo\u02bblsa, xitoy yozuvi qabrtosh chetidagi naqsh chizig\u02bbi vazifasini bajargan va unda Koryo davrida koreys musulmonlari orasida tarqalgan \u201cRamazon\u201d ismi qayd etilgan. Shuningdek, qabrtoshida u Guansi provinsiyasida \u201cdarugachi\u201d lavozimida ishlagani yozilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Koryo davrida musulmonlarning turli ijtimoiy qatlam vakili sifatida faoliyat yuritganligi ikki madaniyat o\u02bbrtasida o\u02bbzaro ta\u02bcsir va tarixiy bog\u02bbliqlik mavjud bo\u02bblganidan dalolat qiladi. Ayni paytda, Choson sulolasi hukmronligining ilk yillariga qadar davom etgan mazkur birdamlik muhiti koreys musulmon identifikatsiyasi shakllanishi uchun dastlabki bosqichga aylandi. Ikkinchi bosqich esa nisbatan shiddatli kechib, Choson imperiyasi (1392-1910)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>ning assimilyatsiya siyosati ostida Koreyada yuqori ijtimoiy va iqtisodiy mavqega ega bo\u02bblgan musulmonlar muqaddam rioya qilingan milliy kiyimlar, urf-odatlar va marosimlaridan voz kechishga majbur bo\u02bbldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Choson imperiyasi davrida konfutsiylik jamiyat uchun g\u02bboyaviy asos vazifasini o\u02bbtagan bo\u02bblib, koreys xalqi mazkur falsafiy ta\u02bclimotga tegishli tushuncha va qarashlar orqali borliq va dinni anglashga harakat qilgan. Aslida, koreyslar IV asrdanoq konfutsiylik ta\u02bclimoti haqida muayyan ma\u02bclumotga ega bo\u02bblganlar. Choson imperiyasi hukmronligi davriga kelib, ushbu ta\u02bclimot qarashlari koreys jamiyatida hukmron mavqega ega bo\u02bbldi. Bunda ikki omil prinsipial o\u02bbrin tutdi: birinchidan, konfutsiylik rasman davlat dini, deb e\u02bclon qilindi. Ikkinchidan, Sun sulolasi (960-1279) hukmronligi davrida Xitoyda shakllangan konfutsiylikning yangi shakli Choson davrining dastlabki yillari Koreyada ham keng tarqaldi [7]. \u201cNeo-konfutsiylik\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0deb nomlangan bu ta\u02bclimot hukumat boshqaruvi bo\u02bbyicha axloqiy ko\u02bbrsatmalar va maslahatlar berish bilan bir qatorda, boshqa dinlarning faoliyat doirasini, jumladan, ulardagi bajarish mumkin bo\u02bblgan marosimlar va marosimlarda ishtirok etish huquqiga ega shaxslarni belgilab bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1427 yilda qirol Sejon (King Sejong, 1397-1450\/1418-1450) Marosimlar vazirligi (Yejo) tomonidan ishlab chiqilgan \u201cChoson hududidagi diniy ozchilik guruhlarning urf-odatlarini tartibga keltirish haqidagi\u201d qarorni imzolashi Koreyadagi musulmonlar uchun yanada noqulay muhitni yuzaga keltirgan. Ushbu qarorda musulmonlarning kiyinish tarzi mahalliy aholinikidan ajralib turishi boshqa millat vakillari bilan o\u02bbzaro nikoh aloqalarini bog\u02bblashga monelik qiluvchi omil sifatida qoralanib, ular an\u02bcanaviy kiyinish tarziga o\u02bbtish orqali mazkur farqni bartaraf etishlari va e\u02bctiqodlariga oid ibodatlarni bajarishni to\u02bbxtatishlari lozimligi qayd etilgan [8]. Boshqa tomondan, diniy ozchilik haqida chiqarilgan mazkur qaror orqali mamlakatda musulmonlar o\u02bbz o\u02bbrni va nufuziga ega bo\u02bblganini taxmin qilish mumkin. Chunki musulmonlarga mahalliy aholi bilan o\u02bbzaro turmush qurish talabi qo\u02bbyilishi, ular Koreya yarimorolida \u201cvaqtincha jamoa\u201d emas, \u201cdoimiy fuqaro\u201d sifatida e\u02bctirof etilganligini bildiradi. Shuningdek, bu davrda islom dinining mintaqaga xos xususiyati \u2013 musulmonlarning tub yerlik xalq turmush tarziga moslashib ketishi natijasida, diniy tushunchalarning mahalliy tilga muvofiq atash an\u02bcanasi tarqalgan. Masalan, musulmonlar orasida yetuk diniy bilimga ega olimlar \u201cxuey-samun\u201d, ya\u02bcni, \u201cmusulmon imom\u201d va ibodatlarni bajarishda bosh bo\u02bbluvchi ma\u02bcnosidagi \u201cdoro\u201d tushunchalari bilan atalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Madaniy o\u02bbziga xoslikka qarshi qaratilgan siyosat<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>\u00a0qarshisida musulmonlar konfutsiylik qarashlari va tub yerlik aholi orasida tarqalgan bilimlarni o\u02bbzlashtirish, Choson turmush tarzi asosida hayot kechirish, ismlarini o\u02bbzgartirish orqali assimilyatsiya jarayoniga kirishib ketib, koreys jamiyatining to\u02bblaqonli a\u02bczosiga aylanib bordilar. Sivilizatsiyalarni bir-biriga ta\u02bcsir qilib, o\u02bbzgarishlarga yuz tutib turishi va madaniyatlarning o\u02bbzaro sintezi tarixiy normal jarayondir. Shu ma\u02bcnoda, islom ham Sharq va G\u02bbarb sivilizitsiyalari o\u02bbrtasidagi o\u02bbziga xos ko\u02bbprik vazifasini bajargan. Masalan, ushbu davr davomida kashf qilingan astronomik harakatlar o\u02bblchovi (celestial globe), suv soati, quyosh o\u02bblchovi (sundial), astronomik soat va yog\u02bbingarchilik miqdorini o\u02bblchovchi (rainfall gange) uskunalar hamda islomiy san\u02bcat, tibbiyot va adabiyotga doir yangiliklar Sharqiy Osiyo xalqlarini orasiga kirib bordi [2: 57-75].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, ming yildan ortiq davrga borib taqaluvchi islom dunyosi va Koreya yarimoroli o\u02bbrtasidagi madaniy aloqalarda, Choson imperiyasi hukmronlik vaqtidagi diniy akkulturatsiya siyosatini hisobga olmaganda, jiddiy qarama-qarshilik hamda urushlar uchramagan. Yarimorolga islom dinining tarqalishi jarayoni mahalliy aholi bilan o\u02bbzaro tinch, ochiq va bag\u02bbrikenglikka asoslangan muloqot sharoitida kechgan.<\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDA<\/strong><strong>LA<\/strong><strong>NILGAN ADABIYOT<\/strong><strong>LAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<ol>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Grayson, James Huntley. Korea: A Religious History. \u2013 USA, Routledge, 2002.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hee-Soo Lee. The Spread of Islamic Culture to the East Asia Before the Era of Modern European Hegemony \/\/ Islam ara\u015ftirmalari dergisi,\u00a0 Sayi 7, 2002.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Koryosa.5, \u02bcSe-ga\u02bc Vol. l5, 15-16 th reign of King Hyun-jong.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abul Hasan ibn Ali Mas\u02bcudiy. Muruj az-zahab va ma\u02bcodin al-javhar. \u2013 Bayrut: Al-maktabat al-asriyat, 2005.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abul Hasan Ali Mas\u02bcudiy. Kitab al-tanbiyh va al-ishraf. \u2013 Qohira: Maktabat al-sharq al-islamiyat, 1938.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Qosim Muhammad ibn Xurdazbih. Kitab al-masalik va mamalik. \u2013 Leyden, 1882.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<ol>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/asianhistory.oxfordre.com\/view\/10.1093\/acrefore\/9780190277727.001.0001\/acrefore-9780190277727-e-192\">http:\/\/asianhistory.oxfordre.com\/view\/10.1093\/acrefore\/9780190277727.001.0001\/acrefore-9780190277727-e-192<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.islamawareness.net\/Asia\/KoreaSouth\/ks_article101.pdf\">https:\/\/www.islamawareness.net\/Asia\/KoreaSouth\/ks_article101.pdf<\/a><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0\u201cDaruga\u201d, \u201cdarugabek\u201d, \u201cdarugachi\u201d \u2013 o\u02bbrta asrlar Markaziy Osiyo xonliklarida xonning shaxsiy mulki tasarrufini nazorat qiluvchi rasmiy lavozim nomi. Uning asosiy vazifasi xonlik hududida soliq ishlarini boshqarishdan iborat bo\u02bblgan. \u201cDarugachi\u201d Buxoro va Xiva xonliklarida katta nufuzga ega bo\u02bblib, hatto, harbiy qo\u02bbshin faoliyati nazoratida ham ishtirok etgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Ilk bor mazkur qabrtoshni o\u02bbrganish ishlarini koreyalik olim Park Xyun-Gyu o\u02bbzining 2003 yil Xitoy janubiga amalga oshirgan ilmiy safari davomida olib borgan.\u00a0<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Choson qirolligi 1392 yilda Yi Seongge tomonidan tashkil qilinib, taxminan 1897 yilga qadar davom etgan. 1897 yil oktyabr oyida u rasman Koreya imperiyasi nomini olgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Neo-konfutsiylik e\u02bctiqodi tarafdorlari ajdodlar ruhi singari g\u02bbayritabiiy tushunchalarning mavjudligiga ishonishsa-da, ular \u201cMutlaq Qudrat sohibi\u201d \u2013 Xudo haqidagi e\u02bctiqodni qabul qilmaganlar. Shuningdek, bu ta\u02bclimotda butun borliqni yaratgan \u201cYaratuvchi\u201dga e\u02bctiqod ham mavjud emas. Neo-konfutsiylik ta\u02bclimotiga ko\u02bbra, dunyo o\u02bbz-o\u02bbzini hamisha yaratibgina qolmay, bu jarayon davomida o\u02bbzining axloq kodekslarini ham yuzaga keltiradi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20307#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0O\u02bbrta asrlarda Min sulolasi boshqaruvidagi Xitoy va Choson qirolligi hukmronligidagi Koreyada \u201cmilliylashtirish\u201d siyosati olib borilgan bo\u02bblsa-da, ushbu siyosatni amalga oshirish va unga yondashuv borasida ikki imperiya o\u02bbrtasida keskin farqlar uchraydi. Masalan, Min xitoyi o\u02bbz hududidagi \u201cxorijiy\u201d din va madaniyatlar vakillari turmush tarzi va savdo-sotiq faoliyatiga qisman mustaqillik berish (\u201claissez-faire policy\u201d) va ular o\u02bbrtasidagi madaniy chegaralarga hurmat ko\u02bbrsatish orqali \u201cxitoylashtirish\u201d siyosatini olib borgan. Aksincha, Choson imperiyasi esa xorijliklarni mahalliy urf-odat va madaniyatga moslashishga majburlash vositasida yaxlit jamiyat qurish yo\u02bblidan borgan.\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Odiljon ERNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzXIA Ilmiy tadqiqotlar,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash sektori boshlig\u02bbi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0tarix fanlari bo\u02bbyicha PhD<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Koreya davlatchilik tarixi o\u02bbziga xos xususiyat va mintaqa madaniyati umumiy manzarasiga hal qiluvchi ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan jihatlarga ega. Koreys manbalarida Koreya yarimoroli va musulmon dunyosi o\u02bbrtasidagi aloqalar XI asrdan, arab manbalarida esa musulmonlarning ushbu yarimorol bilan munosabatlari Birlashgan Silla (661-935 yy.) podsholigi davridan boshlangani qayd etilgan. Savdo maqsadida Xitoyga kelgan koreys tijoratchilari ish yuzasidan musulmonlar bilan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20309,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Koreya davlatchilik tarixi o\u02bbziga xos xususiyat va mintaqa madaniyati umumiy manzarasiga hal qiluvchi ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan jihatlarga ega. Koreys manbalarida Koreya yarimoroli va musulmon dunyosi o\u02bbrtasidagi aloqalar XI asrdan, arab manbalarida esa musulmonlarning ushbu yarimorol bilan munosabatlari Birlashgan Silla (661-935 yy.) podsholigi davridan boshlangani qayd etilgan. Savdo maqsadida Xitoyga kelgan koreys tijoratchilari ish yuzasidan musulmonlar bilan &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-15T06:19:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz\",\"name\":\"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-15T06:19:09+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-15T06:19:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Koreya davlatchilik tarixi o\u02bbziga xos xususiyat va mintaqa madaniyati umumiy manzarasiga hal qiluvchi ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan jihatlarga ega. Koreys manbalarida Koreya yarimoroli va musulmon dunyosi o\u02bbrtasidagi aloqalar XI asrdan, arab manbalarida esa musulmonlarning ushbu yarimorol bilan munosabatlari Birlashgan Silla (661-935 yy.) podsholigi davridan boshlangani qayd etilgan. Savdo maqsadida Xitoyga kelgan koreys tijoratchilari ish yuzasidan musulmonlar bilan &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-15T06:19:09+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz","name":"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg","datePublished":"2022-02-15T06:19:09+00:00","dateModified":"2022-02-15T06:19:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/bukhari_buxoriy2022_31.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20313&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOM DININING KOR\u0415YADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20313"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20313"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20313\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20314,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20313\/revisions\/20314"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20309"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20313"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20313"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20313"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}